Authors

  • Sarvinoz Ergasheva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32829

Abstract

In this thesis, the importance of modern technologies in the comprehensive development of children in pre-school educational organizations, their correct use, and the effectiveness of technologies are described. Preschool education organizations talk about the effect of taking a model from foreign experience.

background image


360

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR

VOSITASIDA TA’LIM MUHITINING RIVOJLANISHI

Ergasheva Sarvinoz

Andijon davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11215512

Annotatsiya.

Ushbu tezisda Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning har

tomonlama rivojlanishida zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati, ulardan to’g’ri foydalanish

hamda texnologiyalarning samaradorligi bayon qilingan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida

xorij tajribasidan andoza olishning samarasi haqida so‘z boradi.

Kalit so’zlar:

zamonaviy ta’lim, robotatexnika, loyihalashtirish, texnologik yondashuv,

innovatsion texnologiya, sun’iy intellect.

DEVELOPMENT OF EDUCATIONAL ENVIRONMENT USING DIGITAL

TECHNOLOGIES IN PRESCHOOL EDUCATION ORGANIZATION

Abstract.

In this thesis, the importance of modern technologies in the comprehensive

development of children in pre-school educational organizations, their correct use, and the

effectiveness of technologies are described. Preschool education organizations talk about the

effect of taking a model from foreign experience.

Key words:

modern education, robotics, design, technological approach, innovative

technology, artificial intelligence.

РАЗВИТИЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ СРЕДЫ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ЦИФРОВЫХ

ТЕХНОЛОГИЙ В ОРГАНИЗАЦИИ ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ

Аннотация.

В данной дипломной работе описано значение современных технологий

во всестороннем развитии детей в дошкольных образовательных организациях, их

правильное использование, эффективность технологий. Организации дошкольного

образования говорят об эффекте от использования модели из зарубежного опыта.

Ключевые слова:

современное образование, робототехника, проектирование,

технологический подход, инновационные технологии, искусственный интеллект.

Hozirgi davrda pedagogik texnologiyalar asosida ta’limni tashkil etishga katta e’tibor

qaratilmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar qobilyati, imkoniyati va ehtiyojlarini

hisobga ilgan holda, ta’lim shakllarini amalga oshirish uchun ko’zlangan natijaga erishishda eng

qulay yo’l va usullarni tanlash va ishlab chiqish mahorati bugungi kun talabi va bu pedagogik


background image


361

texnologiya hisoblanadi. Ta’limga texnologik yondashuv ta’lim jarayoni unumdorligini oshiradi,

bolalarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, ularning bilimga ishtiyoq va qiziqishlarini

oshiradi, bilimlarni mustaqil o’zlashtirishga imkoniyatlar yaratadi. Zamonaviy texnologiyalar

avvallari xalq xo‘jaligining turli sohalarida mexnat qilayotgan ota-onalarning ijtimoiy faolligini

oshirish uchun shart-sharoit yaratishga xizmat qilgan bo‘lsa, endilikda maktabgacha ta’lim

tashkilotlarida va boshqa turli sohalarda ish samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi asosiy vazifalardan biri kichkintoylarni maktab

bosqichida o‘qishga tayyorlashdir. Bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilariga ta’lim berishda

maktablar o‘quv dasturlariga yaqinlashtirilgan yangi dasturlar ishlab chiqilgani, sinovdan

o‘tkazilib, joriy etishga kirishildi. Bog‘chalarda bu dasturlarni ta’lim jarayonida qo‘llash orqali

ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Bolalar ushbu texnologiyalarni ishlatish jarayonlarini kuzatadi va

o’quv faoliyatida samarali foydalanishni o‘rganadi. Innovatsion ta'lim texnologiyasi - bu o'quv

jarayonining samaradorligini oshirish ta'lim va ta'lim faoliyati uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni

yaratish uchun mavjud usullar va vositalarni yangi yoki sifat jihatidan yaxshilashni o'z ichiga olgan

o'quv va ta'lim faoliyatini tashkil etish metodologiyasi.

Ta'limdagi innovatsiyalar ta'lim sohasidagi innovatsiyalarning paydo bo'lishiga qaratilgan

kompleks tadbirlarni o'z ichiga oladi. Bu innovatsiyalar ta’lim jarayonini tashkil etishning usul va

uslublari, ta’lim va tarbiya jarayonida foydalaniladigan resurslar, ilmiy nazariyalar va tushunchalar

bo‘lishi mumkin. Innovatsiya yangi ilmiy bilimlarni, qandaydir kashfiyotlarni, ixtirolarni olishga

qaratilgan

tadqiqot

faoliyatidan

foydalanish

orqali

rivojlanadi.

Bundan

tashqari,

innovatsiyalarning paydo bo'lishi loyihalash ishlarining natijasi bo'lishi mumkin, bunda mavjud

ilmiy nazariyalar va tushunchalar asosida amaliy harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini aks

ettiruvchi instrumental va texnologik bilimlar rivojlanadi. Shunday qilib, innovatsion loyihalar

yaratiladi, bu esa keyinchalik yangi texnologiyalarning paydo bo'lishiga olib keladi.

Innovatsiyalar ta'lim faoliyati jarayonida ham rivojlanadi. O'quv jarayonida talabalarning

nazariy va amaliy bilimlari rivojlanadi, keyinchalik ular amaliy hayotning innovatsiyalar yaratish

bilan bog'liq turli sohalarida qo'llanilishi mumkin.

Pedagogik texnologiyada ta’lim jarayonining maqsadini belgilash muhim bo’lib, u

rejalashtirilgan natijalarni kafolatlashi lozim.

1

Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’limni

kompyuterlashtirish samaradorligi, ishlatilayotgan vositalarining sifati va ularni o’quv jarayonida,

mashg’ulotlarida oqilona va mohirona ishlatilish qobiliyatga bog’liq.

1

Boshlang’ich ta’lim uchun didaktik materiallar. T. G‘afforova, Sh. Nurullayeva, O. Xaydarova Toshkent

“Innovatsiya-Ziyo”2022 7-bet.


background image


362

Ta’lim tizimining turli sohalarida xususan, Maktabgacha ta’lim tizimida ham xorijiy

mamlakatlardan andoza olinmoqda. Masalan bu texnologiya Amerikada ishlab chiqilgan bo’lib,

o‘quvchilarning va bolalarning iqtidorini inobatga olib, fan, texnologiya, muhandislik, matematika

kabi sohalarni birlashtirishga qaror qilishadi. Bolalarning har tomonlama rivojlanishida ushbu

texnologiya yordam beradi. Ayniqsa bolalarni atrof-olam, tabiat bilan bog‘laydi. Dunyoga bo’lgan

qiziqishlari ortib boradi. Maktabgacha ta’limda qo’llashni oladigan bo’lsak, har bir bola o’zi uchun

har kuni yangi qirralar, yangi olamni kashf qiladi.

Zamonaviy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, eng kichik yoshdan, maktabgacha davrdan

boshlab ijodkorlikni tadbiq etish muhim ekanligini ta’kidlamoqda. Bolaning eng kichik yoshidan

boshlab STEAM tizimiga olib kirishning ahamiyati, muvaffaqiyat ildizi hisoblanadi. O‘zbekiston

Respublikasida ta’lim tizimini isloh qilish borasida islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston

Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi”

davlat unitar korxonasining qo‘shimcha vazifalari belgilab qo‘yilgan. “Umumiy o‘rta ta’lim

muassasalarini “Zamonaviy maktab”ga qo‘yilgan talablar asosida baholash orqali ularga

muvofiqlik sertifikatini berish, zamonaviy va shaffof baholash uslublarini joriy etish bo‘yicha

ilg‘or tajribani ommalashtirish”

2

Bolalik-xilma-xillik, o‘z iste’dodlarini namoyon etuvchi davrdir. Bolalikning o‘ziga

xosligini inobatga olgan holda biz ularni qo‘llab-quvvatlashimiz zarur. Iste’dodlarini namoyon

etish uchun esa STEAM ta’lim texnologiyasi nihoyatda zarur va bu ishonchni oqlamoqda. O‘ziga

xoslik - insonning umumiy rivojlanishida muhim xususiyat sifatida qarash, bolalikni muhim

bo‘lgan hayot davri sifatida tushunish, bolalik davri keyingi davrga tayyorgarlik davri, bolalarda

insonparvarlikni tarbiyalash, bolaning ijodiy va tadqiqotchilik qobiliyatini rivojlantirish, o‘yin

orqali ixtirochilik, tadqiqotchilik xususiyatlarini shakllantirib, aqliy tarbiyani boyitish bularning

barchasi STEAM ta’lim tizimida aks etgan.

Aynan hozirgi davrda zamonaviy ta’lim tizimini yaratish uchun turli dasturlar ishlab

chiqilmoqda. Bundan maqsad ta’lim sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirishdir. Oliy ta’lim,

kollej, texnikum va maktablar singari Maktabgacha ta’lim tashkiloti ham zamonaviy ta’lim

tizimiga o’tmoqda. Bolalarning barkamol shaxs bo’lib voyaga yetishi uchun ularga yetarlicha

sharoitlar yaratilmoqda va tajribali mutaxasislar tomonidan mashg’ulotlar o’tilmoqda. Ta’lim

dasturi (quyida – Dastur) – MTT davlat o‘quv dasturiga asosan muayyan yosh guruhida tashkil

2

O‘zbekistonda “Zamonaviy maktab”lar tashkil etiladi – Prezident qarori Jamiyat 27 Noyabr 2019


background image


363

etiladigan ta’lim va tarbiya jarayonini amalga oshirishga xizmat qiluvchi muhim hujjat bo‘lib, u

davlat talablariga asosan kutilayotgan natijalarga erishishni ta’minlashi lozim.

3

21-asr axborot texnologiyalari jadallik bilan rivojlanmoqda. Xususan, raqamli iqtisodiyot,

elektron platformalar, texnologiyalar inson hayotiga shu qadar kirib keldiki, kundalik

turmushimizning ajralmas qismiga aylandi.

Ta’lim yo’nalishiga olib keladigan bo’lsak elektron texnologiyalardan foydalanish yaxshi

natija bermoqda. Davlatimiz rahbarining yuqorida qayd etilgan “Sun'iy intellekt texnologiyalarini

jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida’’gi hamda Vazirlar

Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi “Soliq ma'muriyatchiligida zamonaviy axborot-

kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi

qarorlariga asosan, 2022-yilning may oyiga borib, soliq sohasida yuridik shaxslarning soliq

tushumlarini tahlil qilish, soliq to'lovlaridagi tafovutlarni aniqlashda sun'iy intellekt

texnologiyalarini qo'llash dasturiy ta'minotni ishlab chiqish va tajriba-sinov loyihasini joriy etish

belgilangan

4

Sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish, raqamli ma'lumotlarni

yig'ish, saqlash va qayta ishlash tizimini takomillashtirish maqsadida hozirda yurtimizda ushbu

sohada malakali kadrlarni tayyorlash, mazkur yo'nalishdagi ilmiy-loyihalarni qo'llab-quvvatlash

bo'yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

O'z navbatida sun'iy intellektni ilm-fanga joriy etish uchun malakali kadrlar sonini oshirish

talab etiladi. Aynan shu kadrlarni tayyorlash Maktabgacha ta’lim tashkilotidan boshlanadi.

Bolalarni texnikaga qiziqtirish, zamonaviy axborot kommunikatsiyalaridan foydalanish,

kompyuterda amalga oshiriladigan dasturlarga qiziqtirish bolalarning ixtirochilik qobilyatlarini

namoyish etishga yordam beradi.

O'z kasbining ustasi bo'lgan mutaxassislar barcha jabhalarga sun'iy intellekt kirib borishida

asosiy omil bo'ladi. Hozirda yurtimizda shu yo'nalish bo'yicha “Raqamli texnologiyalar va sun'iy

intellekt” ixtisosligi oliy malakali kadrlarning ilmiy va ilmiy-pedagogik mutaxassisliklar

nomenklaturasi yaratilmoqda.

Xulosa qilib aytganda texnologiyalardan keraklicha, to’g’ri foydalanadigan bo’lsak va buni

maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga keraklicha o’rgatadigan bo’lsak bu kelajak

3

Ilk qadam davlat o’quv dasturi Toshkent 2022 Grosheva I.V., Mirziyoyeva Sh.Sh., Yevstafyeva L.G., Maxmudova

D.T. Nabixanova Sh.B., Pak S.V., Nazarova V.A., Isxakova M.R., Abdunazarova N.F.

4

O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qarori soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy axborot
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida soliq
ma’muriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to'g'risida


background image


364

avlodga yaxshi ta’sir qiladi. Bolalarning IQ darajasi yuqori bo’ladi, ijodkorlik qobilyati namoyon

bo’ladi. Har bir sohada mukammallikka erishishi nazarda tutiladi.

REFERENCES

1.

Boshlang’ich ta’lim uchun didaktik materiallar. T. G‘afforova, Sh. Nurullayeva, O.

Xaydarova Toshkent “Innovatsiya-Ziyo”2022 7-bet.

2.

O‘zbekistonda “Zamonaviy maktab”lar tashkil etiladi – Prezident qarori

3.

Jamiyat 27 Noyabr 2019

4.

Ilk qadam davlat o’quv dasturi Toshkent 2022 Grosheva I.V., Mirziyoyeva Sh.Sh.,

Yevstafyeva L.G., Maxmudova D.T. Nabixanova Sh.B., Pak S.V., Nazarova V.A.,

Isxakova M.R., Abdunazarova N.F.

5.

O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qarori soliq ma’muriyatchiligida

zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga doir qo‘shimcha

chora-tadbirlar to‘g‘risida soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarini keng joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to'g'risida

References

Boshlang’ich ta’lim uchun didaktik materiallar. T. G‘afforova, Sh. Nurullayeva, O. Xaydarova Toshkent “Innovatsiya-Ziyo”2022 7-bet.

O‘zbekistonda “Zamonaviy maktab”lar tashkil etiladi – Prezident qarori

Jamiyat 27 Noyabr 2019

Ilk qadam davlat o’quv dasturi Toshkent 2022 Grosheva I.V., Mirziyoyeva Sh.Sh., Yevstafyeva L.G., Maxmudova D.T. Nabixanova Sh.B., Pak S.V., Nazarova V.A., Isxakova M.R., Abdunazarova N.F.

O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qarori soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to'g'risida