ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1304
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TASVIRIY FAOLIYAT
MASHG‘ULOTLARI JIHOZLARIGA QO‘YILGAN TALABLAR
Ergasheva Sarvinoz Ulug'bek qizi
Andijon davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi
Tel: +998-94-651-36-34.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11372470
Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi kunda bolalarni maktabgacha ta’lim tahkilotida
tabiyalash, maktab ta’limiga tayyorlash jarayonida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari jihozlaridan
foydalanish bolaning aqliy qobiliyatini, xotira va diqqatini rivojlantirishda o’rni va afzalliklari
yoritib berilgan.
Kalit so’lar: tasviriy faoliyat, rasm, qalamlar, mo‘yqalamlar, bo‘yoqlar, texnologiya,
rangtasvir.
REQUIREMENTS FOR PICTURE ACTIVITY EQUIPMENT IN PRESCHOOL
EDUCATIONAL ORGANIZATIONS
Abstract. In this article, the role and advantages of the use of visual activity training
equipment in the process of naturalizing children in preschool education and preparing them for
school education in the development of a child's mental abilities, memory and attention are
highlighted.
Key words: visual activity, painting, pencils, brushes, paints, technology, painting.
ТРЕБОВАНИЯ К ИЗОБРАЖИТЕЛЬНО-ДЕЯТЕЛЬНОМУ ОБОРУДОВАНИЮ
В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ
Аннотация. В данной статье освещены роль и преимущества использования
средств обучения изобразительной деятельности в процессе обучения детей в дошкольном
образовании и подготовке их к школьному обучению в развитии умственных способностей,
памяти и внимания ребенка.
Ключевые слова: изобразительная деятельность, живопись, карандаши, кисти,
краски, технология, роспись.
Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bosqichi bo‘lishi bilan birga
keyingi ta’lim tizimida, bolani maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun
ham ta’lim sohasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi bejiz emas.
Bugungi kunda barkamol
avlodni tarbiyalashda intelektual salohiyatni ro’yobga chiqarish va ularni har tamonlama
rivojlangan shaxs etib voyaga yetkish davlatimiz siyosatini ustivor yo’nalishiga aylangan. Chunki
jismoniy sog’lom ma’naviy yetuk shaxslargina buyuk kelajakni yaratadi. Xalqimizning boy
madaniyati, rivojlanayotgan iqtisodiyoti, fan texnika va texnologiya sohasida erishilgan yutuqlari
asosida mutaxassislar tayyorlashning mukammal tizimini shakllnatirish, Vatanimiz rivojlanish
taraqqiyotining muhim shartidir.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev bu tizimni chuqur tahlil qilib, shu
paytgacha nazardan chetda bo‘lgan eng kichik jihatlarigacha e’tibor qaratdi. Bugungi kunda
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlari va o‘quv tarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan
davlat talablarini takomillashtirish bilan birgalikda ta’lim tashkilotida tarbiyalonayotgan
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1305
farzandlarimizni har tomonlama yetuk, komil qilib tarbiyalsh dolzarb masalaligicha qolayotganligi
aniqlandi.
Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari pedagogik o‘ylangan moddiy jihozlanishida maxsus
uskunalar, asboblar va tasviriy materiallari talab qilinadi. Mashg‘ulot o‘tkazish uchun sharoit
yaratuvchi barcha predmetlar taxtalar, molbertlar, tasviriy jarayonida kerak bo‘ladigan qalamlar,
mo‘yqalamlar, qaychilar tasvir yaratishda ishlatiladigan tasviriy materiallari – jihozlash
uskunalariga kiradi.
Direktor tarbiyachi-metodist
bilan birgalikda tasviriy faoliyat
mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli o‘tkazish va bolalar ijodiyotini o‘stirish uchun olingan borcha
kerakli narsalarini ko‘rib chiqadi, material hamda uskunalardan qanday foydalanilayotganligini,
bolalarda ularga nisbatan ehtiyotkorona munosabat tarbiyalanayotganligini tekshirib chiqadi.
Tasviriy faoliyatning har xil turlari turlicha jihozlanadi. Rasm
–
predmetli, mazmunli,
dekorativ, o‘ylangan fikr bo‘yicha solish mashg‘ulotlari uchun doskalar bolalar chizgan rasmlarni
namoyish qilish uchun uchta reykali doskalar, stolga qo‘yiladigan doskalar-yig‘ma molbertlar
(katta guruhlar uchun) va boshqalar kerak bo‘ladi. Bolalarning ko‘rish faoliyatini saqlash
maqsadida katta guruhlarda sathi qiya turadigan individual taxtalardan foydalanish maqbuldir,
chunki bunday taxtalar nurning ko‘zga burchak ostida emas, balki perpendikulyar yo‘nalishda
tushishni ta’minlaydi. Qalamlar
.
Rasm solish uchun bolalarga rangli qalamlar to‘plami kerak
bo’ladi. Kichik guruhda beshta qalamdan (qizil, ko‘k, yashil, sariq, va qora); o‘rta guruhda-oltita
qalamdan (qizil, ko‘k, yashil, sariq, qora va jigar rang) foydalaniladi; katta guruhlarda yuqorida
aytilganlardan tashqari-qizg‘ish, binafsha rang, to‘q qizil, pushti zangori, och yashil ranglar
qo‘shiladi. Kichik guruhlarda qalamlar dumaloq bo‘lishi kerak. Katta guruhlarning bolalariga
yumshoq grafitli qalamlar tavsiya qilinadi. Qalamni ishlatishga tayyorlashda yog‘och qatlami 25-
30 mm olinib, grafiti 8-10 mm ochiladi (rangli qalamlarning yog‘ochi kamroq olinishi kerak,
chunki ularning o‘zaklari yo‘g‘onroq, qattiqroq bosganda uvalanib, sinib ketadi).
Bolalarning mo‘yqalamlardan foydalanishlarini kuzatilar ekan, eng avvalo, ular uni to‘g‘ri
ushlashni bilishlariga, tarbiyachi buni eslatishi va ko‘rsatishiga mashg‘ulot vaqtida va tugagandan
so‘ng bolalar mo‘yqalamni taglikka qo‘yishlariga (tarbiyachi tagliklarni qalin kartondan yoki
uzunasiga ikkiga qirqilgan g‘altakdan tayyorlashi mumkin) e’tibor berish kerak. Bolalarga
mo‘yqalamni suvli bankada qoldirishga ruxsat bermaslik kerak, bundan qilinganda uning tuki
egiladi, har tomonga tarqab, shaklini yo‘qotadi. Agar tukli mo‘yqalamlarga tejamkorlik bilan
munosabatda bo‘linsa, ular uzoq muddat xizmat qiladi. Mashg‘ulot uchun bo‘yoq tayyorlashda uni
mo‘yqalam bilan aralashtirmaslik kerak, buni cho‘p bilan qilish ancha qulay. Akvarel bo‘yog‘i
bilan rasm solishda mo‘yqalamning tuklari yelpig‘ich singari tarqab ketmasligi uchun uni
bosmasdan, bo‘yoq yengil yarim aylana harakat bilan olinadi. Ish tugagandan keyin, bo‘yoq qurib
qolmasdanoq, mo‘yqalam yaxshilab yuviladi. Mo‘yqalamlarni stakanda mo‘yini yuqoriga qilib
saqlash tavsiya qilindi. Mudira mashg‘ulot boshlanishidan oldin, qog‘oz qanday
tayyorlanganligini ko‘radi.
Kichik guruh bolalariga rasm solish uchun yozuv qog‘ozi kattaligidagi qog‘ozni berish
tavsiya qilinadi u bolakay qo‘lini yozgandagi kenglikka muvofiq keladi. O‘rta va katta guruh
bolalariga alohida predmetlarni tasvirlashlari uchun yozuv qog‘ozining yarmini (butun qog‘ozdan
ham foydalanish mumkin) berish tavsiya qilinadi: mazmunli rasmlar uchun kattaroq formatdagi
qog‘ozni berish kerak. Rasm solish uchun qog‘oz tayyorlar ekan, tarbiyachi tasvirlanadigan
predmetning tuzilishini va bichimini hisobga olishi kerak.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1306
Guash bo‘yoqlar bilan rasm solishda to‘yingan va yumshoq tondagi rangli qog‘ozlardan
foydalaniladi. Katta guruh bolalari kerakli rangdagi qog‘ozlarni mustaqil tayyorlay oladilar
(qog‘ozga tus berishda guash va akvarel bo‘yoqlardan hamda yo‘g‘on, yumshoq mo‘yqalamlardan
foydalanadilar: bichimi unchalik katta bo‘lmagan yassi bo‘yoq mo‘yqalamlari – fleyslar qulaydir.
Bo‘yoq oldin gorizontaliga, so‘ngra uning ustidan vertikaliga beriladi).
Bo‘yoqlar rasm solishda suvli bo‘yoqning ikki turi – guash va akvareldan foydalaniladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun shaffof bo‘lmagan bo‘yoqlar – guash
qulaydir. Bo‘yoqni mo‘yqalamda turadigan, undan tomib tushmaydigan, suyuqroq qaymoq
quyuqligiday qilib aralashtirilishi kerak. Bo‘yoqlarni bolalar rangni ko‘rib turishlari uchun
qirralari past shaffof bankachalarga quygan ma’qul. Yopiq qopqoqchali polietilen bankachalardagi
guash bo‘yoqlaridan foydalanish qulay: tarbiyachilar bo‘yoqni ularning o‘zida tayyorlaydilar va
mashg‘ulotdan so‘ng ularni boshqa narsaga qo‘ymay qoldiraveradilar. Bunda bo‘yoq tejam bilan
sarflanadi va uni tayyorlashga ko‘p vaqt ketmaydi. Tarbiyachi bo‘yoqning kerakli rangini
chiqarishni bilishi kerak. Akvarel bo‘yoqlar katta va maktabga tayyorlov guruhlari bolalariga
tavsiya qilinadi. Akvarel bo‘yoqlarining farqlovchi xususiyati, bularning kukun qilib maydalangan
pigment va ko‘p miqdordagi yopishtiruvchi moddalardan (bog‘lovchi sifatida) iboratligidir.
Kukun qilib foydalanganligi tufayli akvarel bo‘yoqlar o‘zlarining asosiy fazilatlari –
shaffoflik kasb etadilar. Hozirga kunda akvarel har xil ko‘rinishlarda ishlab chiqarilmoqda.
Maktabgacha ta’lim muassasasi sharoitlarida yarim yumshoq akvareldan foydalanish
ma’qulroq. Bolalarning akvarel bo‘yoqlaridan xuddi guash bo‘yoqlari bilan rasm solganidek
foydalanishlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bolalar akvarel bo‘yoqlari bilan rasm solar ekanlar,
predmetlar konturini oldin qog‘ozga oddiy qalam bilan tushiradilar.
Mashg‘ulotlar va bolalarning mustaqil badiiy va ijodiy faoliyatlari uchun pastel – turli
rangdagi yo‘g‘on sterjenchalar tavsiya etiladi. Pastel yig‘masida har biri bir nechta tusga ega
bo‘lgan beshta rang bo‘ladi, buning o‘zi ish uchun tayyor palitradir. Pastel qattiq, yumshoq va
o‘rtacha turlarga bo‘linadi. Bolalar uchun yumshoq pastel tavsiya etiladi. Bu bo‘yoq ehtiyotkorlik
bilan munosabatda bo‘lishni talab etadi, chunki u oson uvalanadi, sinadi. Shuning uchun pastel
sterjenining har birini zar qog‘ozga o‘rash kerak bo‘ladi. Rangli mum bo‘rlar sterjen ko‘rinishida
12 dan 36 tagacha rangda bo’ladi. Uning bilan ham huddi pastel singari rasm chiziladi. Rangli
mum bo‘rlarning afzalligi shundaki, ular bilan qalam chizig‘i qalinligidagi chiziqni chizish
mumkin. Shuning uchun mum bo‘rlar bilan rasm chizishda oddiy qalamdan foydalanilmaydi.
Rangli bo‘rlardan mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtlarda rasm chizishda foydalaniladi.
O‘chirish uchun ikkita – quruq va ozgina namlangan latta kerak: qurug‘i bilan xatolar
yo‘qotiladi, rasmga bo‘r changi (kukuni) tushurilib, ayrim joylari xiralashtiriladi: xo‘li bilan eng
to‘q joylari oqartiriladi, oxirida esa rasm doskadan o‘chiriladi.
Rasm chizishga mo‘ljallangan ko‘mir uzunligi 10-12 sm va diametri 5-8 mm bo‘lgan yirik
sterjendan iborat bo‘ladi. U yumshoq, sinuvchan, uqalanuvchan material bo‘lganligi uchun zar
qog‘ozga o‘ralishi kerak. Ko‘mir to‘q xira-qora iz qoldiradi. Ko‘mir bilan ishlashda uning changini
saqlab qoladigan tukli qog‘ozlar – gulqog‘oz, o‘rash uchun ishlatiladigan va rasm chizish
qog‘ozlari ishlatiladi. Agar ko‘mir bilan ishlangan rasm ustidan paxta tamponi ozgina ho‘llab,
rasm solingan qog‘oz sathidan vertikaliga yengil surib chiqilsa, bo‘yoq yanada mustahkamlanadi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1307
Loy va plastilindan narsalar yasash uchun maxsus uskunalar: aylanadigan doirali dastgoh
(katta guruhlar uchun), suv solinadigan idishlar, latta; bolalar yasagan narsalarni bo‘yash uchun –
gruntovka; bundan tashqari, bo‘yashda ishlatiladigan maxsus bo‘yoqlar – angoblar kerak bo‘ladi.
Natura yoki namunani namoyish qilish uchun natura uchun mo‘ljallangan tagliklardan
foydalansa bo‘ladi. Karkaslar – turli uzunlik va kenglikdagi oddiy taxtalar ham uskunalarga
kiritiladi.
Karkaslardan foydalanish bolalarga jonivorlarning oyoqlarini mukammalroq tasvirlashda
va ularning figuralarini barqaror qilishga imkon beradi.
Narsalar yasash mashg‘ulotlari uchun plastik materiallar – loy, plastilin kerak bo‘ladi,
bunda asosiy yasash uchun eng maqbul material, bu loydir. Kichik guruhlarda faqat loydan
foydalaniladi, chunki bu yoshdagi bolalar plastilindan narsa yasashda qiynaladilar. O‘rta guruhda
ham bolalar asosan loydan narsalar yasaydilar. Rangli plastilindan katta guruhlarda mazmunli
narsalar yasashda foydalaniladi.
Turli joylardan olingan loy rangi bilan farqlanadi; u sarg‘ish, jigar rang, qizg‘ish, kul rang,
oq, yashil-ko‘kish, qo‘ng‘ir rang bo‘lishi mumkin. Loy, uning tarkibida qum kam bo‘lsa, kuchli
bo‘ladi, qum aralishmasi uni sochiluvchan qiladi. Loyni bevosita yerning o‘zidan tanlash mumkin.
Plastilin
– loy, mum, yog‘, bo‘yoq va boshqa qo‘shilmalardan tayyorlangan sun’iy plastik
massa. U yumshoq va qayishqoq, u uzoq qotmaydi, ammo temperatura oshganda yumshaydi va
eriydi. Narsalar yasashda plastilinni qo‘lda uzoq muddat ezish tavsiya qilinadi. Plastilin bilan
ishlashdan oldin uni qutisi bilan issiqroq joyga yaqin qo‘yib, bir oz isitiladi. Katta guruhlar
tarbiyalanuvchilarida plastilinning yakka tayyor to‘plamlari bo‘lishi kerak. Ular plastilinning
holatini o‘zlari nazorat qilib, qolgan plastilinni rangiga ko‘ra joylab qo‘yadilar.
Applikatsiya mashg‘ulotlari uchun qog‘oz, mo‘yqalamlar uchun taglik; to‘mtoq uchli
qaychilar kerak bo‘ladi. Applikatsiya ishlarida oq va rangli qog‘ozlardan foydalaniladi. Asos
uchun oq qalin qog‘oz: rasm albomlarning varaqlari yoki rangli qog‘oz, yupqa karton ishlatiladi.
Maktabgacha katta yoshdagilar har xil rang va tusdagi jilosiz rangli qog‘ozlardan ham
foydalanadilar. Katta guruhlarda har bir bola uchun turli rang va tusdagi qog‘ozlar yig‘masiga ega
bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Tasviriy faoliyatga mo‘ljallangan barcha ashyolar turlarga
ajratilgan va ma’lum tartib bilan har qaysisi joy-joyiga qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Qaychilar
qutichada saqlanadi. Tartibli joylashtirilgan ashyo kam joyni egallaydi, yaxshi saqlanadi, ulardan
foydalanish ham qulay bo‘ladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida tasviriy faoliyati bo‘yicha ishlarni rejalashtirishda asosiy
tamoyil – bu tasviriy faoliyatini ta’lim tarbiyaviy ishning eng muhim bo‘limlaridan biri sifatida
qarash hisoblanadi.
Tasviriy faoliyati turlari – rasm chizish, loy bilan ishlash, applikatsiya o‘ziga xos tasviriy
texnikasiga egadir. Tasviriy faoliyati bo‘yicha ishni rejalashtirishda tarbiyachi albatta har bir
turdagi mashg‘ulotlar soniga qat’iy rioya qilish lozim. Tasviriy faoliyati bo‘yicha mashg‘ulotlarni
rejalashtirish, yuqoridagilardan tashqari mashg‘ulot qanday materiallari bilan o‘tkazilsa,
maqsadga muvofiq bo‘lishlarini ham tarbiyachi nazarda tutmoq lozim.
Masalan, loy bilan ishlashda – loy yoki plastilin, rasm chizishda–guash, rangli qalam,
ko‘mir tayoqchasi va hokazo. Shuningdek, tarbiyachi mashg‘ulotning dastur mazmunini
tanlashda, bolalarga qanday predmetlarni chizdirish haqida emas, balki shu predmetni chizdirish
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1308
yoki loydan yasattirish orqali qanday bilim va ko‘nikma berish yoki o‘rgatish haqida ko‘proq
o‘ylashi lozim. Ixtiyoriy mashg‘ulotlari rejalashtirishda esa tarbiyachi bolalarning mustaqilligi
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi o‘rgatish usullari to‘g‘risida o‘ylab olish
kerakdir. Tarbiyachi ishlarni rejalashtirishda u yoki bu guruh bo‘yicha dastur qo‘ygan vazifalarni
barchasini e’tiborda tutgan holda ish rejasini tuzadi.
Shuningdek, tasviriy faoliyatlari bo‘yicha bir oyga mo‘ljallangan istikbol reja tuzish ham
maqsadga muvofiqdir. Bunda tarbiyachi tasviriy faoliyati mashg‘ulotlari o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘lanishni ham nazarda tutadi. Shunday qilgan taqdirdagina, bolalar ma’lum bilim, malaka va
ko‘nikmaga ega bo‘lishlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari tasviriy faoliyat turlari o‘rtasidagi
o‘zaro bog‘lanish natijasida tevarak-atrofni badiiy jihatdan o‘zlashtirishlarning yangi-yangi
yo‘llari vujudga keladi va bolalar tevarak atrofni obrazli qilib tasvirning turli xil usullari bilan
tanishadilar. Demak, tasviriy faoliyati turlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa ishlarini rejalashtirishda
katta ahamiyatga ega ekan, xo‘sh bu o‘zaro bog‘lanish qaysilar ekan?
1.Tasviriy faoliyatiga ta’lim-tarbiya ishining muhim bo‘lagi deb qarash hamda rasm
chizish, loy bilan ishlash, applikatsiya mashg‘ulotlarini rejalashtirishda dasturning barcha
bo‘limlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa, bog‘lanishni doimo diqqatda tutish lozim. Ya’ni, tevarak-atrof
bilan tanishtirish va musiqa mashg‘ulotlari va hokazo. Bular tasviriy faoliyati uchun qiziqarli
hodisalar va voqealarni tanlashga yordam beradi.
2.Tasviriy faoliyatining barcha turlari tevarak-atrof hayotni obrazlarda tasvirlaydi, ammo
har biri o‘ziga hos xususiyatga ega ekanligi hisobga olmoq zarur. Rasm chizish – predmet va
voqealarni rangda tekis yuzada tasvirlaydi, loy hajmlarda applikatsiya – rangda, siluet ravishda.
Shuningdek, har biri o‘ziga hos tasvir texnikasiga ega: rasm chizish chiziqli grafik
ravishda, rang tasvir usulida, loy-plastik ravishda applikatsiya - qog‘ozdan qirqish va alohida
qismlardan tuzish.
3. Dasturda tasviriy faoliyati turlari oldiga qo‘yilgan vazifalarning ham o‘zaro aloqada
ekanligidir. Masalan, bolalar rang bilan rasm chizishda va shu bilan bir vaqtda applikatsiyada ham
tanishib boradilar.
4.Tasviriy faoliyati turlari o‘rtasidagi bog‘lanish tarbiyachiga rasm chizish, loy,
applikatsiya bo‘yicha vazifalarni aniqlashga yordam beradi. Masalan, kichik guruh doiraviy
shakllarni o‘rgatishda, oldin tayyor doira shakllarini applikatsiyada bergan ma’qul, so‘ng esa rasm
chizish mashg‘ulotlarida bergan ma’qul.
5.Tasviriy faoliyati turlari o‘rtasidagi bog‘lanish ma’lum bir mavzudagi mashg‘ulotlar
asosida ham bo‘lishi mumkin. Masalan,“Bo‘g‘irsoq” ni bolalar ham chizish, applikatsiya va
loydan yasashi mumkin. Bu turdagi takrorlanish bolalarning mavzuga nisbatan qiziqishlarini
pasaytirmaydi, chunki har bir faoliyat turi jarayonida bolalar ertak qahramonlarini xilma-xil
tasvirning yangi usul va yo‘llari bilan tanishadilar.
6.Tasviriy faoliyati mashg‘ulotlarni to‘g‘ri rejalashtirishda, mashg‘ulotlar o‘rtasida
ularning dastur vazifalari, mavzular o‘rtasida bog‘lanish vujudga keladiki, buning natijasida
bolalarning yangi malaka va ko‘nikmalarini va bilimlarni egallashlarida ma’lum ketma-ketlik va
bog‘lanish vujudga keladi. Masalan, “Qushlar” mavzusi asosida olib borilgan mashg‘ulotlar
jarayonida bolalar don cho‘qiyotgan qushni loydan yasashni, shoxda o‘tirgan qushni rasmini
chizishni, afsonaviy qushni qanday qilib, qog‘ozdan qirqib olishni bilib oladilar.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1309
7. Shuningdek, tasviriy faoliyati bo‘yicha ishni rejalashtirishda faqatgina ularning turlari
o‘rtasidagi ketma-ketlikni nazarda tutmay, balki har bir turdagi mashg‘ulotlar o‘rtasida ham
bog‘lanish o‘rnatish va ularni diqqatda tutish lozim. Masalan, predmetli rasm chizish loy ishlaridan
keyin mazmunli ishlarni rejalashtirish lozim.
Tasviriy faoliyati bo‘yicha ishni rejalashtirishda tarbiyachi bolalar bilan ishlashda
foydalanadigan metod va usullariga ham ahamiyat bermog‘imiz lozim. Bular ko‘rsatmali va
og‘zaki metod hisoblanadi.
Ko‘rsatmali va og‘zaki metodning o‘zaro birgalikda olib borilishi lozim. Demak,
tarbiyachi tasviriy faoliyati bo‘yicha ishlarni rejalashtirishga juda katta ahamiyat bermog‘i lozim
ekan. Tarbiyachi ishni rejalashtirishga qanday ahamiyat bergan bo‘lsa ishni hisobga olishga ham
shunday e’tibor bermog‘i lozim bo‘ladi. Chunki bu narsa–tarbiyachiga tasviriy faoliyatiga
o‘rgatish bo‘yicha dastur vazifalari talablari qanday bajarilganligi aniqlashga va mashg‘ulotlarni
sifatli chiqishi uchun qanday tayyorgarlik ishlarini ko‘proq olib borish lozimligi, hamda
o‘rgatishlarning yangi xilma-xil metod va usullari ustida ko‘proq ishlash lozimligini aniqlab
olishga va keyinchalik ulardan bolalar bilan ishlashda foydalanish uchun yangi-yangi imkoniyat
yaratib beradi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda tasviriy faoliyat maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama
tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Rasm chizish, loydan buyumlar yasash va applikatsiya - bu
tasviriy faoliyat turlari bo’lib, ularning asosiy vazifasi-tevarak atrofni obrazli aks ettirish
hisoblanadi. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari-boshlagan ishini oxiriga
yetkazish, oldiga maqsad qo’yib, o’shani bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni yengish,
o’rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi. Shunday qilib, tasviriy faoliyat
mashg’ulotlarida bolalardagi badiiy did va ijodiy qobiliyatlar o’sadi va bu orqali maktabda
o’qishga tayyorlanib boriladi. Chunki bolalar predmetlar bilan uzviy bog’lanadilar, ularning o’ziga
xos sifatlari, shakli, rangi, katta kichikligi bilan tanishadilar, ularni farqini, o’xshashligini
aniqlaydilar, bu esa, bolalarni sensor tarbiyalashga, ko’rgazmali, obrazli fikr yuritishga imkon
beradi. Tasviriy faoliyat bolalarni axloqiy tarbiyalaydi. Bolalar ishlarida o’z hayotida, jamiyatda
bulayotgan voqea-xodisalarni aks ettiradilar, ulardan mamnun bo„ladilar, xayajonlanadilar.
Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari-boshlagan ishini oxiriga etkazish,
oldiga maqsad qo’yib, o’shani bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni engish, o’rtoqlariga
yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi. Jamoa ishini yaratish jarayonida bolalarga birbiriga
yordam, kelishib ishlash kabi sifatlari ishni baholash jarayonida, ularda o„rtoqlarining ishga
nisbatan real munosabatda bo’lish, to’g’ri baxolash, o’z ishidan va o„rtoqlarining ishidan xursand
bo’lish kabi axloqiy sifatlar shakllanadi.
REFERENCES
1.
Mirziyoyev Sh.M. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag’batlantirish va rivojlantirish
chora-tadbirlari to’g’risida. 05.04.2018 y. PQ-3651.
2.
O’zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida” gi Qonuni O'RQ-637-сон 23.09.2020. 8-
moddasi
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1310
3.
“Maktabgacha ta‟limni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” Xalq so’zi gazetasi
30.09.2020
4.
Ishmuxamedov R.J., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogic
texnologiyalar.T.: “Nihol” nashriyoti, 2013, 2016.
5.
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari. Toshkent
2018 yil ( Maktabgacha ta’lim vazirligi)
6.
Mamirova Z.U., Niyozova G.B. “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni tasviriy
faoliyat mashg’ulotlarida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish” Science and Education"
Scientific Journal January 2021 / Volume 2 Issue 1
7.
Sodiqova Sh.A. “Maktabgacha pedagogika”. T.: Tafakkur bo’stoni, 2013
8.
Nurmatova M.Sh. Xasanova Sh.T. “Rasm buyum yasash va bolalarni tasviriy faoliyatga
o’rgatish metodikasi”. “Cho’lpon”, T:.2010y.
9.
Ilm yo'li variativ dastur, Toshkent 2019
