373
XULQI OG’ISHGAN O’QUVCHILARNI PSIXODIANOSTIKA QILISH
Bobirova Maftuna Jo’rabek qizi
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar 1-sonli maktab amalyotchi psixologi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11215532
Annotatsiya
. Ushbu maqola orqali Xulqi o’g’ishgan o’quvchilarni aniqlash, ularni
psixodiagnostika qilish, Axloqiy tamoyiilar kabi fikrlar yoritilgan. Aniqroq qilib aytadigan
bo’lsam Jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyilligi bor o’quvchilarni aniqlash va ularga
psixalogik ko’mak berish haqida so’z boradi.
Kalit so'zlar
: Axloq, Og’ishgan xulq, Psixadiagnostik, deviant xulq, jamoa, maktab.
CONDUCTING PSYCHODIAGNOSTICS OF STUDENTS WITH DEVIANT
BEHAVIOR
Abstract.
Through this article, such ideas as identification of students with changed
behavior, their psychodiagnostics, ethical principles are covered. To be more specific, a word
about identifying students with a tendency to criminality and delinquency and providing them with
psychological support goes
Key words:
Ethics, Deviant behavior, Psychodiagnostics, deviant behavior, community,
school.
ПРОВЕДЕНИЕ ПСИХОДИАГНОСТИКИ СТУДЕНТОВ С ДЕВИАНТНЫМ
ПОВЕДЕНИЕМ.
Аннотация.
В данной статье будут освещены такие идеи, как выявление
студентов с измененным поведением, их психодиагностика, моральные принципы. Если
быть более конкретным, речь пойдет о выявлении студентов со склонностью к
преступности и правонарушениям и оказании им психологической поддержки.
Ключевые слова:
Этика, Девиантное поведение, Психодиагностика, девиантное
поведение, сообщество, школа.
Bugungi kunda Og’ishgan, deviant degan so’zlar begona bo’lmay qoldi. Chunki shu
fazilatli o’quvchilar ko’paymoqda. Nimaga? va nima qilish kerak? degan savollar ham o’rtaga
tashlanmoqda. "Axloq" tushunchasining barcha ko'rib chiqilgan tavsifnomalari uning shaxsning
faoliyat jarayonlaridagi turli ko'rinishlarida ham to'la ma'noda farqlana oladi. Biz pedagogika va
psixologiya mutaxasislari tomonidan amalga oshiriladigan jarayonlar asosan "Og'ishgan xulq"
tushunchasi bilan bog'liq bo'lgan jarayondir. Biz uchun muhim bo'lgan "shaxsning og'ishgan
xulqi" tushunchasini ta'riflashga o'tishdan oldin biz psixologik va pedagogik jarayonlarni ham
374
amaliy faoliyatda o'rganishimiz lozim. Shunga qaramay, bugungi kunda ilmda va kundalik
turmush faoliyatimizda ushbu tushunchalar birgalikda foydalaniladi. Bunda normal axloq atamasi
ostida, qoidadagidek, og'riqli va taqiqlangan xatti xarakatlar bilan bog'liq bo'lmagan, shu bilan
birgalikda, ko'pchilik odamlar uchun xarakterli bo'lgan me'yoriy-ma'qullangan axloq tushuniladi.
Shu o'rinda biz avvalllo meyor tushunchsiga o'z tarifimizni keltirib o'tsak, mavjud
jamiyatdagi vaziyat bizni meyor tushuncha va tarifini tavsifini keltirishimizda bir muncha
qarshiliklarga uchraymiz. "Me'yoriy" deb qat'iy mazmunda ushbu soxa yoki bir fanda ayni vaqtda
qabul qilingan me'yor va mezonlarga muvofiq keluvchi barcha narsa hisoblanadi. Me'yorlarni
qattiy belgilash va olish usullarini ko'pincha mezon deb ataymiz. Tushunchalarni izohlashning
turli ko'rinishlarini muhim belgilariniajratib o'tadi. Shaxsning og'ishgan xulqining shunday maxsus
xususiyatlarini ajratish maqsadga muvofiqki, u bizga bu xulqni boshqa fenomenlardan farqlashda,
shuningdek, aniq bir odamda uning mavjudligi hamda dinamikasini aniqlash zarurati sifatida
yordam berishi kerak. Shu o'rinda shuni malum qilamizki mavjud va aniqlangan tushuncha va
kelyirilgan tariflardan biz quyudagi qarashlarni sizga taqdim etishni lozim deb bildik. Shuningdek
bu Shaxs va uning og'ishgan xulqini quyudagi tarifda keltirib o'tamiz - bu umumqabul qilingan
yoki rasman o'rnatilgan ijtimoy me'yorlarga mos tushmaydigan axloq. Xulosa qilib aytganda, bu
mavjud xatti-harakat, mavjud qonunlar, vazifalar, qoidalar, an'analar va ijtimoiy buyruqlarga mos
tushmasligi yoki aslidan o'zgacha ifodalanishi mimkin? Bola shaxsidagi Deviant va deviatsiya
tushunchalari axloqni me'yoriy ortiq yoki meyordanko'p og'ishgan axloqiy xususiyat sifatida
aniqlaganda quyudagilarni esda saqlash kerakki, xar bir ijtimoiy me'yorlar o'zgarishi va
takrorlamas bolishini. Bu, o'z navbatida, biz pedagog va psixologlardan boy tajribani talab qiladi.
Shubhasiz, deviant axloq - bu har qanday me'yorlarni emas, balki ushbu jamiyat uchun va
ayni shu vaqtda birmuncha muqim bo'lgan ijtimoiy me'yorlarnigina buzilishi bilan tavsiflanadigan
hodisadir.
Shaxsning va deviant xatti xarakati va axloqiy ko'rinishlari, uning namoyon bo'lishidagi
muhum jarayonlarni boshqa bir odamlar tomonidan ijobiy yoki salbiy baholanishini ko'rishimiz
mumkin. Salbiy yoki ijobiy baho jamoatchilikning turli muhokamalari yoki ijtimoiy cheklovlarga,
shu jumladan, jinoiy yoki aksinchama'muriy jazo shakli ko'rinishida namoyon bo'lishi mumkin.
Dastavval, sanktsiyalar istalmagan axloqning oldini olish vazifasini bajaradi. Masalan, jazo
muddatini o'tab, "me'yoriy" tushunchasini anglagan va hayotga qaytgan odamning moslashuvdagi
qiyinchiliklarida biz bu xolatni yaqol ko'rishimiz mumkin.Insonning mavjud xatti harakatlarini
tuzatish orqali yangi hayot boshlashga intilishi, extiyojlarini ortishi ko'pincha atrofdagi mavjud
odamlarning yoki jamiyatning ishonmasligi, ularni rad etilishlari natijasida tubdan o'zgaradi.
375
Deviant (giyohvand, jinoyatchi, o'z-o'zini o'ldimvchi va h.k.) tamg'asi sekin-asta deviant
barobarlikni (o'z-o'zini qis qilishni) shakllantiradi. Shunday qilib, axmoqona shuxrat xavfli
yakkalanishni kuchaytiгadi, ijobiy o'zgarishlarga to'sqinlik qiladi va deviant axloqning
takrorlanishini chaqiradi. Og'ishgan xulqning xususiyatlariga to'xtaladigan bo'lsak bu shaxsning
o'zi yoki atrofdagilarga ahamiyatli tarzda hayot sifatini pasaytirgan holda real zarar keltirishi
hisoblanadi.
Deviant axloq o'zining eng keyingi ko'rinishlarida shaxs va uning atrofdagilari uchun
bevosita xavf tug'diradi, masalan, suitsidal axloq, zo'ravonlik jinoyatlari, "og'ir" giyohvand
moddalaг iste'mol qilish. Zaгaгning psixologik markeri o'sha odamning o'zi yoki uning
atrofidagilarning aziyat chekishidir. deviant xulqning yoki og'ishgan xulqning xar qanday
ko'rinishiga moyil bo'lgan shaxslar jamiyatni tubdan yangilashni maqsad qiladilar, bu esa
og'ishgan xulqning xususiyatlaridan biri bo'lgan jamiyat meyorlariga zid xatti-harakatlarda
namoyon bo'ladi. Ana u endi tibbiy me'yorlar chegarasida ko'rib chiqiladi. U garchi mutaxasislar
tomonidan kassalik yoki patologik xususiyatga ega deb qaralsa ham aslini olganda psixik
kasalliklarning patologik holat bilan tenglashtiriloqda bunga sabba ruhiy buzulishlar va ruhiy
tazyiqlar sabab bo'ladi. Psixik parokandalik holida psixik kasal odamning patologik axloqiga o'rin
bor. Shu o'rinda patologik axloqning turli ko'rinishlarini ham keltirib o'tsak tibbiy me'yordan
og'ish- birinchi darajasi tibbiy aralashuvni talab qilmaydi. Bunday toifadagi insonlarga belgilangan
mutaxasislar yani psixiatr o'z yordamini bera oladi agarki inson o'zida istak va xoxish bo'lsa.
masalan, psixik kasallarning deviant axloqi alohida sifati va xatti xarakat sifatida o'rganiladi.
Patologik axloq kasallik holati ta'siri ostida shaxsning o'z harakatlarini anglash va nazorat qilish
qobiliyati ahamiyatli tarzda pasayishini nazarda tutadi.
Xulosa qilamiz. Bugungi kunda yuqorida aytib o'tilgan keltirilgan fikrlar Jamiyatimizga
jiddiy xavf tug’dirmoqda. ularni tuzatish va kelib chiqaruvchi oqibatlarini oldini olish uchun
barcha mutaxasislar birgalikda xarakat qila olishimiz lozim. Shunday qilib, Bugungi kunda xulqi
og’ishgan o’quvchilar bilan ishlash, ularga psixalogik va ma’naviy ko’mak berish barchamizning
burchimizdir.
REFERENCES
1.
G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
2.
Югай А.Х., Мираширова Н.А. “Oбщая психология” – Ташкент 2014.
3.
Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003.
