Authors

  • Malika Xasanova
  • Maftuna Bobirova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.31577

Keywords:

psychological physical important activity study communication mental spiritual features changes appearance puberty serious attitude contradictions maturity.

Abstract

This article discusses methods of early detection of psychological changes in adolescent students and psychological explanations for them.

background image


476

O'SMIRLARDA SODIR BO'LADIGAN O'ZGARISHLARNI ERTA ANIQLASH

USULLARI

Xasanova Malika Ibragimovna

Yangiyer shahar 10-sonli maktab psixologi

Bobirova Maftuna Jo’rabek qizi

Yangiyer shahar 1-sonli maktab psixologi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11091792

Annotatsiya.

Ushbu maqolada o'smir yoshdagi o’quvchilar bo’ladigan psixalogik

o’zgarishlarni erta aniqlash usullari va ularga psixalogik tavfsiyalar haqida fikrlar yuritilgan.

Kalit so'zlar

: psixologik, jismoniy, muhim, faoliyat, o'qish, muloqot, ruhiy, ma'naviy,

xususiyatlar, o'zgarishlar, tashqi qiyofa, jinsiy balog'at, jiddiy munosabat, qarama-qarshiliklar,

yetuklik.

METHODS OF EARLY DETECTION OF CHANGES THAT OCCUR IN

ADOLESCENTS

Abstract.

This article discusses methods of early detection of psychological changes in

adolescent students and psychological explanations for them.

Key words:

psychological, physical, important, activity, study, communication, mental,

spiritual, features, changes, appearance, puberty, serious attitude, contradictions, maturity.

МЕТОДЫ РАННЕГО ВЫЯВЛЕНИЯ ИЗМЕНЕНИЙ, ВОЗНИКАЮЩИХ У

ПОДРОСТКОВ

Аннотация.

В статье рассматриваются методы раннего выявления

психологических изменений у студентов-подростков и психологические объяснения им.

Ключевые слова:

психологическое, физическое, важное, деятельность, учёба,

общение, психическое, духовное, особенности, изменения, внешний вид, половое созревание,

серьёзное отношение, противоречия, зрелость.

O'smirlik va O’spirinlik alohida termin bo’lib bunda o’spirinlik davri ertaroq ya’ni 11-12

yoshdan, O’smirlik esa 14-15 yoshgacha bo'lan davrni o'z ichiga oladi. Aksariyat o'quvchilarda

o'smirlik yoshiga o'tish, asosan, 5-sinfdan boshlanadi. O'smirlik bolalikdan kattalikka o'tish davri

bo'lib, fiziologik va psixologik jismoniy jihatdan o'ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu

bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga

qiziqishi, yangilikka intilishi ortadi, xarakteri shakillanadi, ma'naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar

avj oladi. O'smirlik balog'atga yetish davri bo'lib, yangi xislar, sezgilar va jinsiy hayotga taalluqli


background image


477

chigal masalalarning paydo bo'lishi bilan ham xarakterlanadi. Bular ta'sirida o'smirning xarakteri,

atrofdagi kishilar bilan muomalasi, jamiyatda sodir bo'layotgan voqealarga munosabati tez

o'zgarib boradi. Ba'zan ijtimoiy masalalar to'g'risida noto'g'ri tassavvur va yanglish fikrlar hosil

bo'lishi tufayli u muayyan tartib qoidalarga tanqidiy ko'z bilan qaraydi.

O’smir yoshidagi o’quvchilarda birinchi o’zgarishlardan ular o’zlarini kattalardek tutishni

boshlaydi. Ammo ota-onalari ularni hali ham bola hisoblashadi va shu kabi muomala qilishadi.

Natijada ular o’rtasida konflikt yuzaga keladi.Bola kamolotining bu davrini ko'pincha «qiyin»,

«murakkab», «muhim» davr deyiladi. Ota-onalar hamda hali tarbiyaviy ish sohasida yetarli

tajribaga, shuningdek o'smirlik yoshidagi bolalarning yosh va individual xususiyatlari haqida zarur

bilimlarga ega bo'lmagan yosh pedagoglar, odatda o'smirlarni tarbiya-lash juda qiyin deb

o'ylaydilar. Lekin hozirgi kunda o'smirlarni tarbiyalashni o'ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari,

imkoniyatlari, xatti harakat motivlarining ifodalanishi va vujudga kelishining murakkab

mexanizmlari fanga ma'lumdir. O'smirlik davri o'zining taqlidchanligi, muhim nuqtai nazarning

shakillanmagani, hissiyotga beriluvchanligi, mardligi, tantiligi bilan farqlanadi. Bu o'smirlarga xos

xususiyatdir. Shuning uchun tashqi ta'sirlarga beriluvchan o'smir o'g'il- qizlarga alohida e'tibor

berish talab qilinadi. Ana shunga o'xshash o'zgarishlar ko'pincha o'smir ruhiyatiga o'z ta'sirini

o'tkazadi. U tajangroq, ba'zida huda-behudaga injiqlik qiladigan, serzarda, gap ko'tarmas bo'lib

qoladi. O'smirlik davrida yetakchi faoliyat- bu o'qish, muloqot hamda mehnat faoliyatidir.

O'smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi bu - do'stlik, o'rtoqlikdagi elementar qoidalarni

aniqlash va egallashdir. O'smirda psixik jarayonlarning keskin o'zgarishi bilan aqliy faoliyatida

ham burilishlar seziladi. Shuning uchun shaxslararo munosabatlarda, o'quvchi bilan o'qituvchi

muloqotida, kattalar bilan o'smirlarning muomalasida qat'iy o'zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar

paydo bo'ladi, bular avvalo ta'lim jarayonida ro'y beradi, yangi axborotlar, ma'lumotlarni bayon

qilish shakli, uslubi va usullari o'smirni qoniqtirmay qo'yadi. Endi o'smirlar o'yin faoliyatiga

kamroq vaqtlarini ajratgan xolda ko'prok o'qish faoliyati va jiddiy ishlar bilan shug'ullana

boshlaydilar va ularning bilish jarayonlari jadal rivojlana boshlaydi. O'smirning psixik o'sishini

harakatga keltiruvchi kuch uning faoliyatini vujudga keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni

qondirish imkoniyatlari o'rtasidagi qarama-qarshiliklar tizimining namoyon bo'lishidir. Vujudga

kelgan ziddiyatlarni psixologik kamolotni ta'minlash, faoliyat turlarini murakkablashtirish orqali

o'smir shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib topdirish bilan asta-sekin yo'qotish mumkin.

O'smir o'quvchi ruhiy dunyosida paydo bo'ladigan bunday holatlar balog'at davri o'tishi bilan bir

me'yorga kelib qoladi. Lekin farzand o'stirayotgan har bir ota-ona bolaning o'sishi to'g'risida, uning

o'ziga xos xususiyati haqida zarur tushunchaga ega bo'lsalar foydadan holi bo'lmaydi, albatta. Shu


background image


478

narsani alohida ta'kidlash kerakki, bu yoshdagi o'smirlar o'ta ta'sirchan, ayniqsa tashqi ta'sirga,

tashqi voqealarga beriluvchan bo'ladilar. Ishqiy kitoblar o'qish, shunga o'xshash kinofilmlarni

tomosha qilishga juda qiziqadilar. O'zlarining tashqi qiyofalariga ko'prok e'tibor bera boshlaydilar.

O'g'il bolalarda soch qo'yish, durustroq kiyinish ishtiyoqi tug'iladi, qizlar esa oynaga ko'prok

qaraydigan bo'lib qoladilar. Ular o'zlariga oro berishni, malikalarday go'zal ko'rinishni istaydilar,

orasta ko'rinishga urinadilar. Bu tabiiy holdir. Yuqori sinf o'quvchilari o'zlarining ma'naviy

xususiyatlari bilan boshqa yoshdagi bolalardan keskin farq qiladilar. Ular ham jinsiy, ham

jismoniy, ham aqliy jihatdan yetilgan bo'ladilar. Shu tufayli ular vazmin tabiatli, mulohazali,

kattalarga hurmat-ehtirom bilan qaraydilar. Ota-onalar farzandlar bilan muomala qilishda ularning

shaxsiy xususiyatlari, yosh davrlari hislatlarini hisobga olgan holda ish tutsalar, oilada O'zaro

tushunish, totuvlik, hamjihatlik, umuman yaxshi ma'naviy vaziyat vujudga keladi. Otaning onaga

yoki onaning otaga qilgan munosabatlari ham shu vaziyat shart-sharoitlariga mos tushishi kerak.

Chunki ota-onaning o'zaro totuv hayot kechirishlari, inoq va barqaror, mustahkam oilaning bosh

omilidir. O'smirlik yoshining o'ziga xos xususiyatlari kattalardan ularga nisbatan jiddiy

munosabatda bo'lish lozimligini taqozo qiladi. Kattalar ular faoliyatini nazorat qilishlari, faoliyat

motivlarini doimo e'tibordan chiqarib qo'ymasliklari lozim, aks holda o'smir hayotida noxush

xususiyatlarning paydo bo'lishi ham mumkin.

O'smirlarda jinsiy yetilish munosabati bilan shu paytgacha ularga noma'lum bo'lgan va

qandaydir ma'noda ular uchun kutilmagan jinsiy moyillik va tegishli fikrlar, xislar, kechinmalar,

qarama-qarshi jinsga spetsifik qiziqish, ma'lum mazmundagi kitoblarga, kinofilmlarga,

kattalarning gaplariga b o'lgan qiziqishlarning paydo bo'lishi mutlaqo zarur, tabiiy va me'yoriy

holdir. Jinsiy tarbiyaning muhim vositalaridan biri o'smirlar diqqatini odamlar o'rtasidagi intilish

munosabatlar doirasidan boshqa ob'ektlarga ko'chirishdir. Bu o'smirlar diqqatining jinsiy

kechinmalar ustida to'rejaishini ozaytiradi. O'smirning hayot kechirish tarzi va uning psixik

taraqqiyotga ta'siri. Kichik yoshdagi o'quvchilardan farqli ravishda o'rta yoshdagi o'quvchilarning

hayot kechirish tarzida jiddiy o'zgarishlar ro'y beradi. Oilada, maktabda va o'quvchilar jamoasida

o'smirning mavqei sezilarli darajada o'ziga xos xususiyatlarni yuzaga keltiradi. O'smirlarning oila

a'zolari bilan ham yangicha munosabat o'rnatishlari lozim bo'ladi. O'smir shaxsining

takomillashuvi va shakillanishiga turtki bo'lgan omillardan biri o'quv faoliyati motivlaridagi sifat

o'zgarishlardir. O'smir endi faqat bilimlar tizimiga ega bo'lish, o'qituvchining maqtovini eshitish

va «5» baholarni ko'paytirish uchun emas, balki tengqurlari orasida ma'lum ijobiy mavqeni

egallash, kelajakda yaxshi odam bo'lish uchun o'quv motivlari ustuvor bo'lib boradi, lekin o'quv

faoliyati motivlari orasida bilish, yangi bilimlarga ega bo'lish motivi kuchsiz bo'lgani sababli, ular


background image


479

maktabga borgisi kelmaydi, o'qishga og'rinib kelib, salbiy xis tuyg'ular va xavotirlik xislarini

boshdan kechiradi. Kattalar tomonidan o'smirning yurish turishi, xulqiga javob berish talab

qilinadi. O'smirga uning ilgari qondirilib kelinayotgan ehtiyoj va xohishlari endi qondirilmasligi,

ularning ko'pidan voz kechish lozimligi uqtiriladi. O'smir qiyinchilik bilan bo'lsada, o'zining yangi

mavqeini tushuna boshlaydi, o'z xulqini o'zgartirib unga moslasha boradi. Maktabda o'smirning

mavqei yanada keskin o'zgaradi. Uni endi bir necha o'qituvchi o'qitadi. O'smir oldida har bir

o'qituvchining o'ziga xos metod va usullariga moslashish, ularning talablarini anglab, bilib olish

kabi murakkab vazifa turadi. Endi o'smir ko'pgina yangi o'quv fanlarini o'rganib olishi kerak

bo'ladi. O'smirning bolalar jamoasiga bo'lgan munosabati ham murakkablashadi. O'smirga

o'zining o'qishi, mehnati va xatti- harakatlariga mas'uliyat bilan qarash jamoat topshiriqlarini aniq

bajarish, bilim va ko'nikmalarni egallashda reja bo'yicha sistemali ravishda ko'tarila borish kabi

avvalgidan ko'ra jiddiyroq talab quyiladi. O'smirning oiladagi mavqeining o'zgarishi, maktabda

o'qishning yangi sharoiti, bolalarning ijtimoiy hayotida murakkab munosabat-lar o'rta yoshdagi

o'quvchilar oldiga ko'pgina yangi talablar qo'yadi va ularning butun psixik hayotida yangi

qiyinchiliklar tug'diradi. Avval mustahkam o'rnashib qolgan ko'nikma va malakalar yangi hayot

kechirish tarziga ko'p jihatdan mos kelavermaydi. Shuning uchun o'smirlarning psixik jihatdan

normal hayot kechirishi va o'sishini ta'minlash uchun o'smirlik yoshining o'ziga xos psixologik

xususiyatlari e'tiborga olingan ta'lim-tarbiyaviy tadbirlar qo'llanilishi zarur.

Xulosa.

O'smirlik davri qarama-qarshiliklarga boy davrdir. O’smirlik davrida duch

keladigan qiyinchiliklarga nafaqat ota-ona balki maktab, mahalla ham befarq bo’lmasligi lozim.

Ayniqsa psixologlar tomonidan to’g’ri tushuntirish ishlari olib borilishi lozim.Uni ba'zi olimlar

«krizislar» «tanazzullar» davri ham deb ataydilar. Sababi o'smir ruhiyatida shunday inqiroziy

holatlar ro'y beradiki, u bu inqirozni bir tomondan o'zi hal qilgisi keladi, ikkinchi tomon-dan, o'zi

hal qilishga imkoniyati, kuchi va aqli yetmaydi.shu boisdan ham yuqoridagi fikrlarimizni

bolalarda ro’y beradigan o’zgarishlarni erta aniqlash dolzarblik kasb etmoqda deya yakunlaymiz.

REFERENCES

1. Bolalar psixologiyasi va metodikasi.- Z.Nishanova, G.Alimov.

2. O’qituvchi qobiliyati va uni psixologiyada o’rganilishi- K.Qudratova

3. http://library.ziyonet.uz

4. https://www.open.edu

References

Bolalar psixologiyasi va metodikasi.- Z.Nishanova, G.Alimov.

O’qituvchi qobiliyati va uni psixologiyada o’rganilishi- K.Qudratova