Authors

  • Xalim Nazarov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33007

Abstract

Railway transport is a type of transport that transports cargo and passengers along the railway by means of locomotives and motorcars. This article deals with issues of effective logistics and supply chain management on the example of railways.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

814

LOGISTIKA VA YETKAZIB BERISH ZANJIRINI SAMARALI BOSHQARISH

Nazarov Xalim Barnoyevich

Bank-moliya akademiyasi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11236633

Annotatsiya.

Temir yoʻl transporti - yuk va yoʻlovchilarni lokomotiv va motorvagonlar

vositasida temir yoʻl boʻylab tashiydigan transport turi hisoblanadi. Ushbu maqolada temir
yo’llar misolida logistika va yetkazib berish zanjirini samarali boshqarish masalalari xususida
so’z boradi.

Kalit so‘zlar:

Logistika, yuklarni yetkazib berish zanjiri, tashuvchi, temir yo’l transporti.

EFFECTIVE LOGISTICS AND SUPPLY CHAIN MANAGEMENT

Abstract.

Railway transport is a type of transport that transports cargo and passengers

along the railway by means of locomotives and motorcars. This article deals with issues of effective
logistics and supply chain management on the example of railways.

Keywords:

Logistics, cargo supply chain, carrier, railway transport.

ЭФФЕКТИВНОЕ УПРАВЛЕНИЕ ЛОГИСТИКОЙ И ЦЕПОЧКАМИ ПОСТАВОК

Аннотация.

Железнодорожный

транспорт

это

вид

транспорта,

осуществляющий перевозки грузов и пассажиров по железной дороге с помощью
локомотивов и автомобилей. В данной статье рассматриваются вопросы эффективной
логистики и управления цепями поставок на примере железных дорог.

Ключевые

слова:

Логистика,

цепочка

поставок

грузов,

перевозчик,

железнодорожный транспорт.

Bugungi kunda mamlakatimizda barcha transport turlari jadal rivojlanayotganiga qaramay,

temir yo‘llar asosiy ommaviy yuk va yo‘lovchi tashish vositasi bo‘lib qolmoqda.

Bir necha yillar davomida yuk mashinalari ishlab chiqaruvchilari o'zlarining transport

vositalari zararli chiqindi gazlar chiqarilishi bilan bog'liq qat'iy me'yorlarga javob berishi uchun
zamonaviy texnologiyalarni ketma-ket tatbiq etib kelmoqdalar. Smog, issiqxona effekti va boshqa
ifloslantiruvchi moddalarga qarshi kurash transportning tobora ko'proq temir yo'l transportiga
yo'naltirilganligini anglatadi. Logistika xizmatining jozibador narxi va tashiladigan tovar turiga
bog'liq bo'lgan erkinlik uni to'liq qulay va foydali yechimga aylantiradi. Temir yo'l transporti butun
dunyoda tan olinadigan echimdir. O'ziga xosligi tufayli temir yo'l nafaqat xavfsiz, balki moliyaviy
jihatdan ham jozibali. Keng vagonlar cheksiz miqdorda yuk tashishga qodir. Katta diapazon tufayli
temir yo'l omborlari yuklarni bir-biriga bog'laydigan qit'alar bilan bir qatorda mamlakatlar
o'rtasida ham tashiy oladi.

Texnologik taraqqiyot tufayli bugungi poyezdlar kam energiya sarfi bilan ajralib turadi -

bu o'z navbatida atrof-muhitni samarali himoya qilishga aylanadi. Avtotransport bilan
taqqoslaganda, temir yo'l nafaqat katta yuk maydonini, balki yetkazib berish muddatini ham
qisqartiradi.

Temir yo'l transporti davlatimizning asosiy transport turlaridan biri hisoblanadi. Temir yo'l

transporti muhim davlat, xalq xo`jalik va mudofaa ahamiyatiga egadir. Umumiy uzunligi 4854
km. shundan 3833km bir izli va 1021km ikki izli boʻlgan mamlakatimiz temir yoʻllari turli xil
texnik qurilma va vositalardan, ya'ni temir yoʻl izlari, harakatdagi sostav (lokomotiv va vagon)lar,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

815

lokomotiv hamda vagon xoʻjalik inshootlari, signallar, aloqa qurilmalari, jihozlari, elektr, suv
ta'minoti xo'jaliklari; temir yo'l stansiyalari va uzellaridan iborat.

Temir yoʻl transportida yuk, yoʻlovchi va bagajlarni tashishda tijorat operatsiyalarni

ma'lum ketma-ketlikda bajarish oqibatida, ularning makondagi joylari oʻzgartiriladi, yuklar ishlab
chiqarish doirasidan iste'mol doirasiga, yoʻlovchi va uning bagaji tayinlangan manzilga yetkazib
beriladi. Bu operatsiyalarni me'yorlarda belgilangan muddatlarda, aniq, to'la-to'kis va lozim
darajada bajarish yuklarni tayinlangan manzillarga oʻz vaqtida to'la asrab yetkazib berishni,
yoʻlovchilarga esa sifatli xizmat koʻrsatishni ta'minlaydi.

Texnik operatsiyalar majmuasi tashish jarayonini boshqarishdagi temir yoʻlining ichki

faoliyati hisoblanib, ularni bajarishnitemir yoʻlining mutasaddi korxonalari amalga oshiradilar.

Yuk va tijorat operatsiyalari tashish jarayonini boshqarishdagi temir yoʻlining tashqi

faoliyati hisoblanib, ular majmuasi temir yo'l transportining davlat korxonalari, tashkilotlari,
boshqa turdagi transportlar va xususiy shaxslar bilan boʻlgan tarmoqlararo texnologik aloqalarini
hamda yuridik munosabatlarini tavsiflaydi. Yuk va tijorat operatsiyalariga: jo'natuvchilardan
yuklarni qabul qilib olish va oluvchilarga yuklarni topshirish, yuklarni tortish, ortish va tushirish,
yoʻl safarida yuklarni saralash va qayta yuklash, omborlarda yuklarni vaqtinchalik saqlash va
taxlash, tashish bilan bogʻliq boʻlgan yuk hujjatlarini rasmiylashtirish, yig imlarni hamda
zaruriyatli holatlarda kira haqlarini undirish, vagonlarni qabul qilib olishni hamda bu
operatsiyalarni lozim darajada rasmiylashtirish va va shu kabi operatsiyalar mansub boʻladilar.

Temir yo'l transportining tarmoqlararo munosabatlari sanoat va qishloq xoʻjalik

mahsulotlarini transport tashkilotlariga, tashishga topshirish paytida paydo bo’ladi. Ushbu
topshirish paytida mahsulotni birinchi aylanishi sodir bo’ladi. Keyinchalik yukni tovar, xomashyo
yoki fabrikat sifatida iste’mol qilish maqsadida foydalanish mumkin bo’lishligi uchun, uni
ikkilamchi aylanishi sodir bo'ladi. «Mahsulot-yuktovar» sxemasidagi bunday o'zgarishlarda yuk
tashish boʻyicha javobgarlik bilan bog`liq boʻlgan kompleks operatsiyalar va yuridik-tartibli
harakatlar (protseduralar) vujudga keladi. Tarmoqlararo aloqalar eng avvalo, yuk tashish
buyurtmanomalarini yuk joʻnatuvchilardan qabul qilib olishda va uni amalga oshirishda, dastlabki
va so'ngi operatsiyalarni bajarishda namayon bo'ladi. Tarmoqlararo munosabatlar temir yo’lining
eng muhim faoliyat turi boʻlgan tijorat ishlarini keltirib chiqārādi.

Temir yo'l transportiga turli, shu jumladan, ancha olis masofalarga tashish uchun juda katta

miqdorlarda - 5 mingdan ziyod nomdagi har xil tovar mahsulotlari taqdim etiladi. Bunday katta
miqdordagi, turli nomdagi yuklarni tashishda: ularni yetkazib berish muddatlarini qisqartirish,
tashish jarayonida ularni asrashni va poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash tashilayotgan
yuklarni atrof-muhitga boʻlgan salbiy ta'sirini kamaytirish hamda vagonlarni yuk koʻtarishidan va
sigʻimidan foydalanishni yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va uni amaliyotga
tatbiq qilish lozim boʻladi. Temir yo'1 transportida bunday muhim muammolarni hal qilish, tashish
shart-sharoitlarini belgilovchi, yuklarning transport tavsifnomalari bilan bog'liq boʻlgan ularning
fizika kimyoviy, biologik va boshqa xususiyatlarini, hajmiy-massa parametrlari hamda idish va
oʻrash materiallarining tavsif, tasnif vazifalarini oʻrganib bilishga bevosita bog’liq bo’ladi.

Temir yo'l ustavining 149-moddasida, Yuk jo‘natuvchilardan, yuk oluvchilardan va temir

yo‘lchilardan har bir nakladnoy bo’yicha eng kam ish haqining 1 baravaridan kam bo‘lgan
miqdordagi kamomad uchun da’vo arizalarini kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, jismoniy


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

816

shaxslarning (fuqarolarning) tashilayotgan uy-ro‘zg‘or buyumlarining yetishmasligi, yo‘qolishi,
buzilganligi, shikastlanganligi to‘g‘risidagi da’volari bundan mustasnoligi belgilab quyilgan.

Harakatdagi sostavni yuk ko'tarishidan va sigʻimidan yaxshiroq foydalanish masalalari va

yuklarni tashishda nobudgarchilikka qarshi kurash muammolarini hamda yuklarni yetkazib berish
muddatlarini qisqartırısh, harakat xavfsizligini ta'minlash, transportni atrof muhitga salbiy ta'sirini
kamaytirish, harakatdagi sostav turlarini, ombor jihozlarini, paketlash vositalarni tanlash, yuklarni
tashish shart sharoitlarini ishlab chiqish va shu kabi masalalarni yechiminı topishda yuklarni
hajmiy-massa parametrlarini, fizika-kimyoviy, mexanik va biologık xususiyatlarini bilish kerak
bo’ladi.

Yuklarni transportda yetkazib berishga tayyorlash operatsiyasini yuk jo’natuvchilar

bajaradilar. Transport jo'natish manzilida tovarlarni qabul qilib olib qoida va me'yorlarda
ko'rsatilgan sifat hamda miqdor koʻrsatkichlariga putir yetkazmay, ya'ni yuklarni asrab-avaylab
tayinlangan manziliga o’z vaqtida yetkazib berib, oluvchiga topshirishi kerak. Lekin juda ko’plab
tovarlar, mahsulotlar va xomashyolar ishlab chiqarilgan holatida yetkazishga tayyor emas.
Masalan, ulkan va og`ir vaznli yuklarni ortish gabariti chegarasida vagonlarga joylashtirishni
imkoniyati bo’lmasligi mumkin, bunday hollarda ularni qismlarga ajratiladi va bo’lib yetkaziladi,
ularni qismlarga ajratishni esa yuk jo’natuvchi oldindan amalga oshirishi kerak. Shakar, un va
shunga o’xshash mahsulotlarni qoplarga solish lozim. Demak, yuklarni yetkazib berishga
tayyorlash operatsiyalarini yuk egalari amalga oshıradilar. Lekin temir yo'li mas'ul xizmatchilari
bunday yuklarni yetkazib berish manzillarida qabul qilib olayotgan paytida bu masalaga, ya’ni
yuklarni yetkazib berishga tayyorlash qanday darajada amalga oshirganligiga e’tibor qaratishlari
kerak bo’ladi, chunki tashishga lozim darajada tayyorlanmagan yuklar, tashish jarayonida talay
nobudgarchiliklarni keltirib chiqarishi va bu nobudgarchiliklar keltirib chiqagan zarar temir yo’li
zimmasiga yuklanib qolishi ham mumkin.

Yuklarni ortish-tushirish va ombor operatsiyalarini hamda yuklarni yetkazib berish

operatsiyalarini bajarishda esa yuklarni nobudgarchilikdan asrashni ta’minlashga, poyezdlar
harakatini xavfsizligiga, yuklarni o'z muddatlarida yetkazib berishga, transportning atrof-muhitga
salbiy ta'sirini kamaytirishga va shunga o'xshash muammo va masalalarni ijobiy hal qilishga
transport xodimlari katta e'tibor berishlari kerak.

Xulosa qilib aytganda, temir yo'l transporti uchun muhim bo'lgan bu kabi muammo va

masalalarni ijobiy hal qilish ko'p jihatdan yuklarning transport tavsifnomasi yuklarni tashish shart-
sharoitlarini asrashni ta'minlash va tashishda nobudgarchiliklarni kamaytirish chora tadbirlarni
ishlab chiqishni belgilovchi yuklarning hajmiy-massa parametriari, fizika-kimyoviy, biologik va
boshqa xususiyatlarini oʻrganishni taqozo etadi.

REFERENCES

1.

A.SH. Shorustamov, R.YA. Abdullayev. Temir yo‘l bekatlari va tugunlari., Temir yo‘l
kollejlari uchun darslik. CHo‘lpon.T.-2007.182 bet.

2.

Корнаков A.M. Развязка железнодорожных линий в узлах. М., Транспорт, 1992.

3.

Ташматова М.С., Исматуллаев А.Ф. Tез бузилувчан юкларни етказиб бериш
занжирида совутиш омборларини ривожлантириш аҳамияти. Научный журнал


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

817

транспортных средств и дорог - The scientific journal vehicles and roads, 2022, № 2 (5),
pp. 32 – 39.

4.

Ташматова

М.С.,

Исматуллаев

А.Ф.

Oртиш-тушириш

ишларини

оптималлаштиришнинг омбор параметрларни таъсирини таҳлили. Научный журнал
транспортных средств и дорог - The scientific journal vehicles and roads, 2022, № 3 (1),
рр. 6 – 14.

References

A.SH. Shorustamov, R.YA. Abdullayev. Temir yo‘l bekatlari va tugunlari., Temir yo‘l kollejlari uchun darslik. CHo‘lpon.T.-2007.182 bet.

Корнаков A.M. Развязка железнодорожных линий в узлах. М., Транспорт, 1992.

Ташматова М.С., Исматуллаев А.Ф. Tез бузилувчан юкларни етказиб бериш занжирида совутиш омборларини ривожлантириш аҳамияти. Научный журнал транспортных средств и дорог - The scientific journal vehicles and roads, 2022, № 2 (5), pp. 32 – 39.

Ташматова М.С., Исматуллаев А.Ф. Oртиш-тушириш ишларини оптималлаштиришнинг омбор параметрларни таъсирини таҳлили. Научный журнал транспортных средств и дорог - The scientific journal vehicles and roads, 2022, № 3 (1), рр. 6 – 14.