Authors

  • Zarinabonu Mamajonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33008

Abstract

This article talks about the impact of marital relations and family disagreements on child upbringing and psychology, the symptoms of deviant behavior that may appear in them and the damage of incompetent families to society.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

818

NOQOBIL OILA VA DEVIANT XULQ-ATVOR

Mamajonova Zarinabonu Iqboljon qizi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti,

O’zbek tili ta’limi fakulteti, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi,

Sotsiologiya yo’nalishi 1-bosqich talabasi.

zarinabonumamazonova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.11236684

Annotatsiya.

Ushbu maqolada er-xotin munosabatlari va oilaviy kelishmovchiliklarning

farzand tarbiyasi va ruhiyatiga ta’siri, ularda paydo bo’lishi mumkin bo’lgan va keng tarqalgan
deviant xulq-atvor alomatlari hamda noqobil oilalarning jamiyatga ziyoni haqida so’z yuritiladi.

Kalit so’zlar:

Oila, noqobil, deviant, jamiyat, ruhiyat, vazifa, tarbiya.

INADEQUATE FAMILY AND DEVIANT BEHAVIOR

Abstract.

This article talks about the impact of marital relations and family disagreements

on child upbringing and psychology, the symptoms of deviant behavior that may appear in them
and the damage of incompetent families to society.

Key words:

Family, misfit, deviant, society, psyche, task, upbringing.

НЕАДЕКВАТНОЕ СЕМЕЙНОЕ И ДЕВИАНТНОЕ ПОВЕДЕНИЕ

Аннотация.

В статье говорится о влиянии супружеских отношений и семейных

разногласий на воспитание и психологию детей, о симптомах девиантного поведения,
которые могут у них проявиться, а также о вреде некомпетентных семей для общества.

Ключевые слова:

Семья, маргинал, девиант, общество, психика, задача,

воспитание.


Oila har qanday jamiyatda keyingi avlodlarni

dunyoga keltiruvchi, yangi tug’ilgan odamlarda yaxshilikni
rivojlantiruvchi, yomonlikni bostiruvchi eng tinch vositadir.
Agar oila kichik vaxshiylarni jilovlay olmasa, oilaning o’zi
aziyat chekadi, oxir-oqibat jamiyat ham vayron bo’ladi.

Fredrik Le-Pley

Kirish.

Oila biz uchun qadimdan muqaddas dargoh va ilohiy rishta sifatida qon-qonimizga

singib ketgan buyuk qadriyat hisoblanadi. Tarbiyaviy, maʼnaviy-maʼrifiy, ruhiy-axloqiy, iqtisodiy-
huquqiy munosabatlarga asoslangan ijtimoiy birlik hisoblanmish oila qanchalik mustahkam
boʻlsa, jamiyat ham shunchalik barqaror taraqqiy etishini ajdodlarimiz juda yaxshi anglashgan.

Bugungi shiddat bilan oʻzgarib borayotgan globallashuv davriga kelib ham Oʻzbekiston

oʻz istiqboli va kelajagini oilani rivojlantirish, uni eʼzozlashda, deb bilayotgani yuqoridagi
anʼanaviy qadriyatlarimizni yanada boyitgan holda zamonaviy, namunali va farovon oilani barpo
etish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylanganida ham yaqqol namoyon
boʻlmoqda. Oʻz navbatida, umuminsoniy va milliy oilaviy qadriyatlarni tahlil qilish asosida
zamonaviy, namunali oila mezonlarini belgilash hamda “Oila jamiyat va davlat himoyasida”
konstitutsiyaviy prinsipini keng targʻib etish va jamiyatga singdirish masalalariga kompleks
yondashish faoliyatimizda ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

819

Metod va materiallar.

«Oila men uchun muqaddas. Muqaddasligi shuki, inson

avvalambor qayerda ishlashidan qat’i nazar, kim bo‘lishidan qat’i nazar agar oilada tarbiya, oilada
muhit, oilada halollik, munosabat, tarbiyaga alohida e’tibor bermasa, hech qachon natija
bo‘lmaydi. Shuning uchun men farzandlarimning tarbiyasiga juda katta e’tibor beraman. Har bir
farzandimga ham, nevaramga ham alohida o‘zimning munosabatim bor. Har bir nevaramning
alohida xarakterini bilaman, orzusini, istagini bilaman. Odam baxtliman deyishga qanchalik haqqi
bor? Agar oilang bilan sen baxtli bo‘lsang, baxtliman deyishga haqqing bor. Faqat oilam emas,
xalqim baxtli bo‘lsa men o‘zimni baxtli deb bilaman» deya taʼkidlaydi yurtboshimiz oʻz
sahifasida

1

. 2023-yil 24-iyul kuni O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida davlat rahbari tavalludining 61 yilligiga
bag’ishlangan «Janob Prezident» nomli hujjatli film namoyish qilindi. Intervyuda O‘zbekiston
prezidenti oila va baxt haqidagi fikrlarini o‘rtoqlashdi.

Uning fikricha, har bir inson hayotida eng muhimi, bu — oila.
Haqiqatan ham, oila muqaddas dargoh, chunki u insonning eng yaqin qarindoshlaridan

tashkil topuvchi maskan, uning har bir a’zosi bir-birini qo’llab-quvvatlaydi, bir-biri bilan samimiy
munosabatda bo’ladi, bir-biriga ko’mak beradi, xatolarini anglashga va ko’maklashishga yordam
beradi va bu muhitda inson kamol topadi. Shuning uchun ham oila jamiyatning eng muhim bo’lagi
hisoblanadi va davlatimiz tomonidan doimo katta e’tibor qaratiladi.

Oilaviy munosabatlar farzandlar uchun katta ahamiyatga ega, ularning jismoniy va

ma'naviy rivojlanishiga ko'mak qiladi va ularning hayotga kirib borishini ta'minlaydi. Ota-ona
munosabatlari farzand tarbiyasida muhim ahamiyatga ega bo’lib, hattoki farzandlarining kelajakda
qanday inson bo’lib yetishishlari ham bunga bog’liq bo’ladi. Nafaqat ota-ona bilan bola, balki er
va xotin o’rtasidagi munosabat ham farzand psixologiyasiga juda katta ta’sir o’tkazadi. Masalan,
farzandga ota ham, ona ham birdek yaxshi munosabtda bo’lsa-yu lekin o’zaro munosabatlari salbiy
bo’lsa, bu farzand ongiga yaxshi ta’sir etmaydi albatta. Natijada esa bu munosabat bola
psixologiyasining buzilishiga olib keladi.

Bunda ota-onaning o’rni juda muhim ekanligi ko’p jihatdan o’z tasdig’ini topgan. Lekin

oiladagi aka-uka va opa-singil munosabati, yolg’iz va ko’p bolali oilalardagi bolalar psixik
xususiyatlarining bir-biridan farqi, bunday holatning bola psixikasiga qay darajada ta’sir etishiga
doir muammolar hali izchil ravishda o’rganilmagan. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, bugungi kunda
inson faoliyatining muvaffaqiyatli amalga oshishi uning avvalambor o’zini, shu bilan birga o’zga
insonlar hislarini tushuna olishi va bunga muvofiq ravishda munosabatlarni o’rnata olishiga
bog’liq.

Har qanday oila o'z hayoti davomida muammoli vaziyatlarga duch keladi, ularni hal qilish

qarama-qarshi individual ehtiyojlar, motivlar va manfaatlar sharoitida amalga oshiriladi. Ziddiyat
qarama-qarshi maqsadlar, manfaatlar, pozitsiyalar, fikrlarning to'qnashuvi sifatida tavsiflanadi.

Oilaviy mojarolar nizolarga bo'linadi: turmush o'rtoqlar, ota-onalar va bolalar, har bir

turmush o'rtog'ining turmush o'rtog'i va ota-onasi, bobosi va buvisi. Oilaviy munosabatlarda
oilaviy nizolar asosiy rol o'ynaydi. Ular, ehtimol, turmush o'rtoqlarning ehtiyojlarini
qondirmaslikdan kelib chiqadi.

1

www.gazeta.uz


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

820

Tashqi omillar oilaviy nizolarning paydo bo'lishiga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda: ko'p

oilalarning moddiy ahvolining yomonlashishi; turmush o'rtoqlardan birining (yoki ikkalasining)
ish joyida ortiqcha ish bilan ta'minlanishi; turmush o'rtoqlardan birini normal ish bilan
ta'minlashning iloji yo'qligi; uylarining uzoq vaqt yo'qligi; bolalarni uyushtirish uchun imkoniyat
yo'qligi-bolalar muassasasi va boshqalar

2

.

Ijtimoiy normalar jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi ekanligi, shaxs yoki ijtimoiy

guruh xulq-atvorini muayyan ijtimoiy muhit bilan uyg'unlashtiruvchi qoidalar majmui ekanligi,
globallashuv davrida ijtimoiy normalar tizimidagi jiddiy o'zgarishlar va tendensiyalarning
mohiyati, atvorlar og'ishiga ta'sir etuvchi zamonaviy omillarni o'rganish tamoyillarining rol,i
internet, virtual dunyo, axborot oqimining tahlili, uning sotsiologik jihatlarini o'rganish va yoshlar
muammolarini o'rganish shuni ko'rsatadiki, globallashuv jarayonida ma'naviy hayotimizni izdan
chiqarishga qaratilgan jiddiy xavflar va ularni oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish kerak.

Deviant xulq-atvor turlariga kiruvchi ichkilikbozlik, giyohvandlik, o'z-o'zini o'ldirish bilan

bog'liq ijtimoiy illatlarning har biri yuzaga kelishi va ijtimoiy oqibatlariga ko'ra mohiyatan turli
jihatlarga ega. Birinchi farq uzoq davom etadigan ijtimoiy zararli odatlar deviant xulq-atvor
turmush tarzining ajralmas qismiga aylanadi

3

. Doimiy oilaviy kelishmovchilik, oila va atrof-

muhitdan qoniqmaslik, uydagi tushunmovchilik va boshqalar ham bor. Bularning barchasi
bolaning ruhiyatini jarohatlaydi va u mavjud vaziyatni o'zgartirishga harakat qiladi. Bu o'rinda
kamchiliklar, jumladan, nizolar rivojlanishining oldini oluvchi va unga qarshi kurashuvchi ijtimoiy
nazorat tizimlari ijtimoiy institutlarda salbiy rol o'ynaydi.

Mulohaza va natijalar.

Shu oʻrinda har qancha achchiq boʻlmasin, ochiq aytish kerakki,

keyingi paytlarda xalqimizga xos boʻlmagan ayrim illatlar — oilaviy ajrashishlar, turli nizoli
vaziyatlar, ishsizlik, oiladagi nosogʻlom muhit, maʼnaviy tushkunlik, ehtiyojmandlik, jinoyatga
qoʻl urish holatlari kabi omillar notinch, noqobil, kemtik oilalar va qator ijtimoiy-maʼnaviy
muammolarni paydo qilmoqda. Ayniqsa, ajrashishlar sonining kamayish o’rniga tobora ko’payib
borishi kishida jiddiy tashvish uygʻotadi.

Respublikamizning uchta viloyatida olib borilgan tadqiqlarga ko’ra oilalar barbod

boʻlishiga quyidagi omillar asosiy sabab boʻlmoqda:

Psixologik omil — oiladagi ogʻir psixologik muhit, oʻzaro tushunishning yoʻqligi, oiladagi

doimiy nizolar, ota-onalarning yosh er-xotin hayotiga aralashishlari, yosh er-xotinlarni
begonalashtirib qoʻyish, bir-biriga befarqlik;

Ijtimoiy omil — ichkilikbozlik, farzandsizlik, er yoki xotinning salomatligi yaxshi

emasligi;

Maʼnaviy-axloqiy omil — er-xotindan birining uzoq vaqt davomidagi nikohdan tashqari

aloqalari;

Iqtisodiy omil — turarjoy sharoitlarining qoniqarli emasligi, moddiy yetishmovchilik,

ishsizlik, erning oilani taʼminlamasligi, mehnat migranti sifatida chet elga ketgan er-xotindan
birining oilasi bilan aloqasi uzilgani, qarzlarni uzolmaslik.

4

2

Sultonova D. “Oilaviy nizolar va ularning kelib chiqish sabablari”-1. Toshkent-2021

3

Adashboyev N.M. “Voyaga yetmaganlar deviant xulq-atvor profilaktikasi”-3. Toshkent-2021

4

www.stat.uz


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

821

Olib borilgan tadqiqotlar xulosalariga tayanib, ajrashishlarning oldini olish, oilalarni

mustahkamlashga qaratilgan takliflar kiritish lozim. Masalan, eng avvalo, mahalla fuqarolar
yigʻinlari huzuridagi Yarashtirish komissiyalari va “Ota-onalar universiteti” tuzilmalari uchun
malakali kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish zarur. Oila qurayotgan fuqarolarni tegishli
qonunchilik asosida er-xotinning huquq va majburiyatlari, xususan, nikoh shartnomasini tuzish
tartiblari, shart-sharoitlari, oqibatlari yuzasidan huquqiy savodxonligini oshirish lozim. Bu borada
keng qamrovli targʻibot ishlarini yuritish, tegishli uslubiy qoʻllanmalar yaratish, metodik
tavsiyalar ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Umumtaʼlim maktablaridan tortib, oliy oʻquv
yurtlarining dasturlarigacha oila saboqlarini oʻrgatuvchi dars mashgʻulotlarini kiritish foydadan
holi boʻlmaydi.

Xulosa.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, oiladagi kelishmovchiliklar, noto’g’ri tarbiya

yoxud e’tiborsizlik farzand tarbiyasiga judayam kuchli salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bu esa ayrim
shaxslarda deviant xulq-atvorning uyg’onishiga asos bo’lib xizmat qiladi. Deviantlik, ya’ni
noto’g’ri xulq-atvor eng avvalo shaxsning o’ziga, oilasiga, yaqinlari - do’stlari, qarindoshlari,
qo’shnilariga va oxir oqibatda esa jamiyatga xavf tug’diradi. Oila tarbiyasida otaning obroʻsi katta
ahamiyatga ega.

Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan bogʻlamasdan

muvaffaqiyatga erishib boʻlmaydi. Shuning uchun oila tarbiyasida maktab va ota-onalar
oʻrtasidagi taʼlim-tarbiyaga oid birgalikdagi ishlari katta ahamiyatga ega. Ota-onalarning
oʻqituvchilar bilan boʻlgan uchrashuvlarida aytilgan fikrlar, ayniqsa qimmatlidir. Chunki ular oʻz
farzandlari toʻgʻrisida koʻproq narsalarni bilib oladilar. Shuning uchun bola tarbiyasining tub
mohiyatini tushungan har bir ota-ona oila bilan maktab oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga
intiladi. Bola maktabni tamomlagunga qadar otaona maktab bilan yaqin aloqa oʻrnatishi,
farzandining darslarini oʻzlashtirishi, xulq-atvoridan xabardor boʻlib turishi, tarbiya masalalarida
oʻqituvchi, sinf rahbari bilan maslahatlashib turishi, bolaning darsdan soʻng nima bilan
mashgʻulligi haqida oʻqituvchi va sinf rahbarini xabardor qilib turishi lozim.


REFERENCES

1.

www.gazeta.uz

2.

Sultonova D. “Oilaviy nizolar va ularning kelib chiqish sabablari”-1. Toshkent-2021.

3.

Adashboyev N.M. “Voyaga yetmaganlar deviant xulq-atvor profilaktikasi”-3. Toshkent-
2021.

4.

Jiyanmuratova Gulnoz. Sotsiologiya tarixi. – T.: Innovatsiya-Ziyo, 2020. – 466 b. /
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAA
AAJ&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:W7OEmFMy1HYC

5.

www.stat.uz

6.

Tagiyeva G. Husanova H. “Oila va gender sotsiologiyasi” 303 bet. Samarqand-2021.

7.

Jiyanmuratova G.Sh. “Sotsiologiya tarixi”. 464 bet. Toshkent-2020.

References

www.gazeta.uz

Sultonova D. “Oilaviy nizolar va ularning kelib chiqish sabablari”-1. Toshkent-2021.

Adashboyev N.M. “Voyaga yetmaganlar deviant xulq-atvor profilaktikasi”-3. Toshkent-2021.

Jiyanmuratova Gulnoz. Sotsiologiya tarixi. – T.: Innovatsiya-Ziyo, 2020. – 466 b. / https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAAAAJ&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:W7OEmFMy1HYC

www.stat.uz

Tagiyeva G. Husanova H. “Oila va gender sotsiologiyasi” 303 bet. Samarqand-2021.

Jiyanmuratova G.Sh. “Sotsiologiya tarixi”. 464 bet. Toshkent-2020.