451
DEVIANT XULQ-ATVOR TURLARI: O‘Z - O‘ZINI O‘LDIRISH, GIYOHVANDLIK,
QONUNNI BUZISH VA BOSHQALAR
Mamajonova Zarinabonu Iqboljon qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti,
O’zbek tili ta’limi fakulteti, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi,
Sotsiologiya yo’nalishi 1-bosqich talabasi.
zarinabonumamazonova@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.11303942
Annotatsiya.
Ushbu maqolada deviant xulq-atvorning yoshlar o’rtasida keng tarqalishi,
jamiyatga ta’siri, turlari, kelib chiqish sabablari va ularga nisbatan ko’riladigan profilaktik
chora-tadbirlar to’g’risida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar:
Deviantlik, suiqasd, giyohvandlik, profilaktika, jamiyat, yoshlar, ijtimoiy,
jinoyat, ruhiyat.
TYPES OF DEVIANT BEHAVIOR: SUICIDE, DRUG ADDICTION, LAW BREAKING
AND OTHERS
Abstract.
This article discusses the prevalence of deviant behavior among young people,
its impact on society, its types, causes, and preventive measures taken against them.
Key words:
Deviance, assassination, addiction, prevention, society, youth, social, crime,
psychology.
ВИДЫ ДЕВИАНТНОГО ПОВЕДЕНИЯ: САМОУБИЙСТВО, НАРКОВАННОСТЬ,
НАРУШЕНИЕ ЗАКОНА И ДРУГИЕ
Аннотация.
В статье рассматривается широкое распространение девиантного
поведения среди молодежи, его влияние на общество, его виды, причины и меры
профилактики, принимаемые против него.
Ключевые слова:
Девиация, убийство, наркомания, профилактика, общество,
молодежь, социальное, преступность, психология.
Kirish.
Bugungi kunda yoshlar o’rtasida keng tarqalayotgan va hayot tarzining bir qismiga
aylanib borayotgan illatlar kam emas. Tobora deviantlikning ortib borishi nafaqat inson oxir-
oqibatda jamiyatga xavf tug’dira boshlaydi.
Deviatsiya
(lotincha “og’ish”, “og’ma”, “normadan chiqish”) – belgilangan norma va
me’yorlar doirasidan chetga chiqish, o’z vazifa va rollarida suistemol qilish. Deviantlik ko’pgina
hollarda sotsial sanktsiyalarga muhtoj bo’ladi. Deviant xulq-atvor jamiyatda o’rnatilgan axloq
452
me’yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo’lib,
yolg’onchilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o’z joniga qasd qilish, fohishabozlik va jinoyatning
har qanday turiga kiruvchi boshqa illatlardir. Deviatsiyaning shunday ko’rinishlari borki, ular
odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar normalarining buzilishi bilan bog’liq bo’lib, jamiyatga
jiddiy zarar yetkazmaydi. Ular ijtimoiy fikr va o’zaro munosabatlar qatnashchilarining o’zlari
tomonidan boshqariladi. Deviantlikning har qanday turi yosh avlod tarbiyasiga, insoniyat
kelajagiga katta zarar yetkazishi butun jahon hamjamiyatini tashvishga solmoqda. Shuning uchun
ham bu falokatga qarshi kurash hozirgi kunda yer maydonidagi global muammolardan biriga
aylandi. Asr vabosiga qarshi kurashish barchamizning ishimiz. O'zini shu yurt farzandi deb bilgan
har bir fuqaro bu harakatdan chetga chiqmasligi kerak. Bu jarayon umummilliy kurashga aylanishi
kerak. Shundagina minglab yoshlarning kelajagini, oilalarimiz tinchligini asrab-avaylaymiz.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya.
Yosh avlod o'rtasida deviant xulq-atvorning
rivojlanishi jamiyat uchun katta xavf sifatida jinoyatchilikning oliy bosqichi hisoblanadi.
Noqonuniy xatti-harakatlar qilish istagi bolalar va o'spirinlarning deviant xatti-harakatlari
rivojlanishi bilan ortib bormoqda. Zamonaviy dunyoda deviant xatti-harakatlar muammosi
ayniqsa keskin. Iqtisodiy tengsizlik, ommaviy globallashuv, axborotdan erkin foydalanish,
demokratiyaning rivojlanishi, shuningdek, ijtimoiy hodisalar ko'pincha o'smirlar muhitida salbiy
reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Yoshlar adolatsizlikka qarshi isyon ko'taradilar, axloqiy
me'yorlarni o'rnatdilar yoki o’rnatishga harakat qiladilar. Ko'pincha bu norozilik nafaqat yosh
"inqilob"iga, balki butun jamiyatga zarar keltiradigan o'ta xavfli shakllarga aylanadi.
O’smirlik yoshida deviatsiya namoyon bo’lishining tinimisiz oshib borishi ijtimoiy
pedagog oldida bu o’smirlar bilan ishlashning yangi usullari, texnologiyalarini izlash va ularga
tadbiq etish vazifasini qo’yadi. Ilmiy-nazariy va amaliyotda ikki asosiy texnologiya, ya’ni
profilaktika va reabilitatsiya keng tarqalgan. Profilaktika-o’smirlar xulq-atvorida ijtimoiy
normalardan og’ishning turli shakllarini keltirib chiqaruvchi asosiy sabab va sharoitlarni bartaraf
etishga qaratilga ijtimoiy, tibbiy, tashkiliy, tarbiyaviy va davlat tadbirlarining majmuasidir. U
asosan bolani o’rab turuvchi muhitga bog’liq bo’ladi
1
.
Profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirayotganda ijtimoiy pedagog quyidagi
qoidalarga suyanadi:
1
Panjizoda H.Z. “O’smirlar deviant xulq-atvorining profilaktikasi”-4. Toshkent-2021
453
1. Ijtimoiy madaniy normani o’zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonida amalga oshadi.
Qadriyatlar, g’oyalar va boshqa ramziy tizimlar majmuasini o’zlashtirmay inson jamiyatning to’la
qonli a’zosi sifatida faoliyat yurita olmaydi.
2. Ijtimoiy madaniy normaning muxolifi bolalarning ijtimoiy madaniy va pedagogic
qarovsizligi bo’lib, u nafaqat bola rivojining g’ayrinormal alomati balki uning zimmasiga anomal
ijtimoiy holatlarni yuklatishning natijasi sifatida qaraladi.
3. Bolalar qarovsizligining profilaktikasi nafaqat mavhum ijtimoiy madaniy normadan
balki muayyan sharoitda yashashga majbur bo’lgan boladan kelib chiqishi lozim.
4. Bola reabilitatsiyasi faoliyat sub’ekti, ijtimoiy sub’ekt va shaxs darajasida amalga
oshirilishi kerak.
Oʻzini oʻldirish jamiyatda hamon qattiq qoralanadi; biroq bedavo kasallikka chalingan
bemorlarning tibbiy yordamni qabul qilmay qoʻyish yoki evtanaziyani tanlash huquqi bahs
ostidadir.
Zamonaviy tibbiyot odatda oʻzini oʻldirishni ruhiy nosogʻlomlikka yoʻyadi va bunday
kishilarga ruhiy yordam koʻrsatilishi zarur, deb hisoblaydi.
Dunyoda har yili millionga yaqin odam oʻzini oʻldiradi, 10-20 millionta xudkushlikka
omadsiz harakat boʻladi
2
. Rossiyada har yili 60,000
3
, AQShda taxminan 30,000
4
, Yaponiyada
30,000 dan ziyod
5
va Xitoyda 250,000 nafar kishi xudkushlik oqibatida vafot etadi
6
.
Koʻpincha oʻzini oʻldirmoqchi boʻlganlar odatda oʻlishni istashmaydi, ular faqatgina
atrofdagilarning eʼtiborini oʻziga qaratmoqchi, yoxud shantaj qilmoqchi boʻlishadi. Bunday
kishilar odatda oʻlimga olib bormaydigan jarohatlar bilan oʻzlariga shikast yetkazadilar (masalan,
sirka kislotasi, uyqu dori ichish, ustara bilan bilak tomirlarini kesish) yoki namoyishkorona
harakatlar qiladilar (masalan, baland inshootlar tomiga chiqib, odam yigʻilishini kutib, oʻzini
pastga tashlamoqchidek boʻlish). Lekin baʼzan bu harakatlar ehtiyotsizlik tufayli oʻlimga olib
kelishi mumkin.
Giyohvandlik, narkomaniya, bangilik — narkotik moddalarga oʻrganib qolish, ruju qilish,
aniqrogʻi tabiiy yoki sintetik zaharli moddalar (ayrim dori moddalari)ni vaqtincha yoki
surunkasiga isteʼmol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik holati. Giyohvandlik organizm
somatic va ruhiy holatining chuqur oʻzgarishiga sabab boʻladi va giyohvandni tanazzulga olib
2
CIS: UN Body Takes On Rising Suicide Rates
3
60,000 people commit suicide in Russia annually 2013
4
https://www.cdc.gov/ncipc/factsheets/suifacts.htm
5
Suicides in Japan top 30,000 for 9th straight year
6
250,000 Chinese Kill Themselves Annually
454
boradi. Giyohvandlikda oʻzini toʻxtatib boʻlmaydigan darajada giyohvand moddalarni isteʼmol
qilish mayli paydo boʻladi, giyohvand moddaning miqdoriga nisbatan ehtiyoj, ruhiy va jismoniy
bogʻliqlik ortib boradi. Giyohvandlik asta-sekin boshlanib, surunkali davom etadi.
Giyohvandlikka, odatda, irodasi kuchsiz, oʻzini tiya olmaydigan, oʻtkir sezgilarni oʻzida
sinab koʻrishga qiziquvchan, ruhan zaif va oʻta xudbin kishilar beriluvchan boʻladi. Yoshlar
tarbiyasidagi nuqson va kamchiliklar, giyohvand moddalarni isteʼmol qilib yuruvchi katta
yoshdagilarga taklid va havas, oiladagi noxush sharoit (ota-onaning ichkilikboz yoki giyohvand
boʻlishi) hamda giyohvand moddalarning oson topilishi yoki qoʻl ostida boʻlishi ham
giyohvandlikka sabab boʻlishi mumkin. Giyohvandlikka mubtalo boʻlganlarda xastalik borgan sari
kuchaya borib, odatda, kutilmagan yomon oqibatlarga olib keladi. Giyohvandlik eyforiya
7
sida,
yaʼni kayfi chogʻlikda 2 bosqich kuzatiladi: qisqa muddatli —1-5 daqiqa davom etadigan oʻtkir
hissiyotli bosqich (haqiqiy eyforiya) va uzoq (1—3 soat) choʻziladigan boʻshashish, tinchlanish
davri. Bu bosqichlarning qisqa yoki uzoq boʻlishi qanday giyohvand modda qabul qilinganiga va
miqdoriga bogʻliq. Giyohvandlikning hamma turi ham oʻz rivojida giyohvand moddalarga
oʻrganib qolish yoʻli bilan giyohvandlik sindromining shakllanishiga olib keladi. Bu esa tobora
inson umrining zavolini tezlashtirishga olib keladi.
Xulosa.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, deviant xulq egasi bilan individual ishlash
barobarida ayni shu paytning o‘zida oila bilan ham ish olib borish kerak. Oiladagi
munosabatlarning ahvolini tahlil qilgach, nafaqat individual balki guruhda ham ish olib borish
kerak, ya’ni oila muhiti, do’stlar davrasida va o’sha shaxs ko’p muloqotda bo’lishi mumkin
bo’lgan barcha guruhlar bilan profilaktik tuzatish ishlari olib borilganda natijaga erishish va
deviantlikning asl kelib chiqish sababini o’rganish ancha qulaylashadi va bu holat boshqalarda
ham tarqalmasligi uchun kelib chiqqan sababning ildiziga nisbatan ham chora ko’riladi. Bolaning
bo‘sh vaqtini iloji boricha foydali ishlar bilan band etib, uni ijobiy shakllanish vositalari: kitob
o‘qish, o‘z – o‘zini takomillashtirish, uy ishlari, musiqa va san’at, sport bilan tarbiyalash kerak.
Shuni hisobga olish kerakki, deviant xulqli o‘smirlarga nisbatan olib borilgan tarbiyaviy
profilaktik ishlar faqatgina o‘smirlarning o‘zlariga qaratilgan bo‘lishi mumkin emas. O‘smirni
to‘liq tuzatish uchun uning atrofidagi muhitni o‘zgartirish darkor. Deviant xulqli o‘smirga
jamoatchilik tarafidan ta’sir qilinishi quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin: huquqiy choralar,
tibbiy aralashuv, pedagogik ta’sir, ijtimoiy himoya va ruhiy yordam kabilar. Deviant xulqli
o‘smirning og’ir fe’li va davomli illatlari sababidan olib borilishi kerak bo’lgan tuzatish, qayta
7
Eyforiya (yunoncha) - oʻz-oʻzidan quvonish, dimogʻchogʻlik
455
tarbiyalash ishlari yaxshi tashkil qilingan ijtimoiy – pedagogik va ruhiy faoliyat ketma – ketligida
olib borilishi talab etiladi.
REFERENCES
1.
Panjizoda H.Z. “O’smirlar deviant xulq-atvorining profilaktikasi”-4. Toshkent-2021
2.
Каримова Л.И. Социальная психология и реклама: Учебное пособие для вузов. Т.
Издательскополиграфический творческий дом им. Г.Гуляма, 2004. С. 20
3.
Джиянмуратова Г. YOSHLARNING SIYOSIY INSTITUTLARGA NISBATAN
ISHONCHI MUAMMOSI: NAZARIY ASOSLAR //ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ
ИССЛЕДОВАНИЙ. – 2024. – №. SI-1.
4.
Dzhiyаnmurаtоvа G. Fасtоrs Determining the Behаviоr of Yоung Vоters //Information
Horizons: American Journal of Library and Information Science Innovation (2993-2777).
– 2023. – Т. 1. – №. 10. – С. 96-100.
5.
Sherbutayevna J. G. ABSENTEIZM IJTIMOIY HODISA SIFATIDA //Research and
Publication. – 2023. – Т. 1. – №. 11. – С. 4-10.
6.
Джиянмуратова Г. Ш. НОРМАТИВНО-ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ СОЦИАЛЬНОЙ
ЗАЩИТЫ МОЛОДЕЖИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН //Технологии социальной
работы в различных сферах жизнедеятельности. – 2023. – С. 35-40.
7.
Жиянмуратова Г.Ш. Ёшларни ижтимоий қўллаб-қувватлашнинг меъёрий-ҳуқуқий
асослари / Фалсафа ва ҳуқуқ. – Тошкент, 2023. – №3. – Б. 46-49. /
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAA
AAJ&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:738O_yMBCRsC
8.
Jiyanmuratova G. Sh. Yoshlarga oid davlat siyosatining O‘zbekiston tajribasi / Strategik
kuch. Xalqaro ilmiy jurnal. – Toshkent, 2023. – № 2. – B. 4-10. /
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAA
AAJ&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:WbkHhVStYXYC
9.
Jiyanmuratova G. Sh. Elektоrаl sоtsiоlоgiyа zаmоnаviy sоtsiоlоgiyаning yо‘nаlishi
sifаtidа. Gumanitar fanlarni o‘qitishning zamonaviy ilmiy yo‘nalishlari. Xalqaro ilmiy-
amaliy onlayn konferensiyasi materiallari. – Toshkent, 2023-yil 27-aprel. – B. 549-552. /
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAA
AAJ&pagesize=80&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:VaXvl8Fpj5cC
10.
Dzhiyanmuratova G. Sh. Оbjeсtive аnd subjeсtive fасtоrs determining the behаviоr оf
yоung vоters in the New Uzbekistаn. O‘zbekiston Milliy universitetining ilm-fan rivoji va
456
jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. ll-
qism.
–
Toshkent.
2023-yil
12-may.
–
B.
184-186.
/
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAA
AAJ&pagesize=80&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:LI9QrySNdTsC
11.
Джиянмуратова Г.Ш., Гафуров О.У. Совершенствование государственной
молодежной политики в Новом Узбекистане. Ijtimoiy davlat sharoitida jamiyatni
faollashtirish va davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish imkoniyatlari. Xalqaro ilmiy-
amaliy
konferensiya
materiallari.
2023-yil
26-may.
–
B.
182-185.
/
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAA
AAJ&pagesize=80&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:MLfJN-KU85MC
12.
Jiyanmuratova G.Sh., Gofurov O.Ul. Mehnat bozori. Bandlik va ishsizlik muammolari.
Risola.
–
Toshkent:
O‘zMU,
2023.
–
117
b.
/
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAA
AAJ&pagesize=80&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:b1wdh0AR-
JQC&gmla=AKKJWFeFxXqMDE4q_nXNQbDQB81Ljy07qhHxz5S7Q0hdwulL2xz8e
m4VO3TxbNOakGMwr85QBU3WrDrbzY9PcYfKO29pCbXsiWiTgnOiUs-
WlQ&sciund=9715025613053007710
13.
Джиянмуратова
Г.
Ш.
ELEKTORAL
XULQ-ATVORGA
RATSIONAL-
INSTRUMENTAL YONDASHUVNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISHI
TARIXI //ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. – 2022. – Т. 5. – №. 3.
14.
Жиянмуратова Г.Ш. Электорал хулқ-атвор мотивацияси: мазмун-моҳияти ва
структураси / Социология ва ҳуқуқ / Социология и право / Sociology and law. 2022.
1-жилд.
2-сон.
–
Б.
37-40.
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAA
AAJ&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:Tiz5es2fbqcC
15.
Джиянмуратова Г. Ш. и др. СИЁСИЙ БЕГОНАЛАШУВ НАЗАРИЯЛАРИ:
ШАКЛЛАНИШИ ВА РИВОЖЛАНИШИ ТАРИХИ //ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ
ИССЛЕДОВАНИЙ. – 2022. – №. SI-2.
16.
ДЗИЯНМУРAТОВA Г. Ш. ИССЛЕДОВАНИЯ ИЗБИРАТЕЛЬНЫХ ПРОЦЕССОВ В
НАЧАЛЬНЫХ ЭТАПАХ СТАНОВЛЕНИЯ ЭЛЕКТОРАЛЬНОЙ СОЦИОЛОГИИ
//THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная
наука. – №. 12. – С. 670-672.
17.
Sherbutaevna J. G. Rational-instrumental theory of electoral behavior. – 2022.
457
18.
Жиянмуратова Г.Ш. Ёш сайловчи электорал хулқ-атворига таъсир кўрсатувчи
омиллар / ЎзМУ хабарлари. – Тошкент, 2022. – № 1/11/1. – Б. 86-89. /
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAA
AAJ&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:ufrVoPGSRksC
19.
Жиянмуратова Г., Суюнов М. ЭЛЕКТОРАЛ ХУЛҚ-АТВОРГА СОЦИОЛОГИК
ЁНДАШУВНИНГ ПАЙДО БЎЛИШИ ВА РИВОЖЛАНИШИ ТАРИХИ //ЖУРНАЛ
СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. – 2021. – Т. 4. – №. 3.
20.
Жиянмуратова Г.Ш. Электорал хулқ-атворга социал-психологик ёндашув: пайдо
бўлиши ва ривожланиши тарихи / ЎзМУ хабарлари. – 2021. – №1/6/3. – В. 115-118. /
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAA
AAJ&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:YsMSGLbcyi4C
21.
Dzhiyаnmurаtоvа G. Research of electoral processes in the initial stages of formation of
electoral sociology / EPRA International Journal of Multidisciplinary Research. – Tamil
Nadu.
2020.
№
7.
–
С.
69-71.
/
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAA
AAJ&cstart=20&pagesize=80&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:Tyk-4Ss8FVUC
22.
Жиянмуратова Г. Ўзбекистон ёшларининг электорал маданияти. Монография. –
Тошкент,
2021.
–
122
б.
/
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAA
AAJ&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:eQOLeE2rZwMC
23.
Seitova Zukhrakhon Pirjanovna , Dziyanmuratova Gulnoz Sherbutaevna. Gender equality
of Muslim women / Philosophical Readings XIII.4 (2021), pp. 1668-1671.
Info@philosophicalreadings.org
10.5281/zenodo.5527944
/
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAA
AAJ&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:XiSMed-E-HIC
24.
Jiyanmuratova Gulnoz. Sotsiologiya tarixi. – T.: Innovatsiya-Ziyo, 2020. – 466 b. /
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAA
AAJ&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:W7OEmFMy1HYC
25.
Жиянмуратова
Г.Ш.
Ўзбекистон
ёшларининг
электорал
маданиятини
шакллантиришда ижтимоий-сиёсий нашрларнинг ўрни / “Kutubxona.uz” илмий-
услубий
журнал.
–
2020.
–
№3
(47).
–
Б.
27-34.
/
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAA
458
26.
Жиянмуратова Г. Ш. ЎЗБЕКИСТОНДА ФУҚАРОЛИК ЖАМИЯТИ ШАРОИТИДА
ЁШЛАР ИЖТИМОИЙ-СИЁСИЙ ФАОЛЛИГИ ДИНАМИКАСИ //ЖУРНАЛ
СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. – 2020. – Т. 3. – №. 1.
27.
Jiyanmuratova G. Sh. Research of electoral processes in the initial stages of formation of
electoral sociology / EPRA International Journal of Multidisciplinary Research. – Tamil
Nadu.
2020.
№
7.
–
С.
69-71.
/
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAA
AAJ&pagesize=80&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:Tyk-4Ss8FVUC
28.
Джиянмуратова Г.Ш. Ёшлар электорати билан ишлаш самарадорлигини ошириш
масалалари. Ижтимоий тадқиқотлар журнали / Журнал социальных исследований /
Journal
of
Social
Studies.
№
1.
2019.
–
Б.
71-81.
/
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAA
AAJ&cstart=20&pagesize=80&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:zYLM7Y9cAGgC
29.
Jiyanmuratova G. S. ELECTORAL MOOD OF THE YOUTH ELECTORATE OF
UZBEKISTAN //ОСОБЕННОСТИ ИННОВАЦИОННОГО ЭТАПА РАЗВИТИЯ
МИРОВОЙ НАУКИ. – 2019. – С. 7-9.
30.
Gulnosa J. Electoral activity as factor of political socialization of youth //Бюллетень науки
и практики. – 2018. – Т. 4. – №. 8. – С. 268-272.
31.
Jiyanmuratova G. S. SOME ASPECTS OF UZBEKISTAN YOUTH ELECTORAL
CULTURE FORMING //ISJ Theoretical & Applied Science. – 2018. – Т. 7. – №. 63. – С.
109-111.
32.
Sherbutayevna J. G. YOSHLAR IJTIMOIY FAOLLIGI DAVLAT SIYOSATINING
USTUVOR YO ‘NALISHI SIFATIDA //ZAMONAVIY DUNYONING IJTIMOIY
MANZARASI VA JAMIYAT TUZILMALARI TRANSFORMATSIYASI. – 2024. – Т.
1. – №. 1.
33.
Sherbutayevna J. G. et al. YOSHLAR HUQUQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISH–
DAVLAT SIYOSATINING USTUVOR VAZIFASI //ZAMONAVIY DUNYONING
IJTIMOIY MANZARASI VA JAMIYAT TUZILMALARI TRANSFORMATSIYASI. –
2024. – Т. 1. – №. 1.
34.
Jiyanmuratova Gulnoz. Sotsiologiya tarixi. – T.: Innovatsiya-Ziyo, 2020. – 466 b. /
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAA
459
35.
Gulnоz J., Bunyоd N. YОSHLАR IJTIMОIY-SIYОSIY FАОLLIGINI ОSHIRISH–
USTUVОR VАZIFА //ZAMONAVIY DUNYONING IJTIMOIY MANZARASI VA
JAMIYAT TUZILMALARI TRANSFORMATSIYASI. – 2024. – Т. 1. – №. 1.
36.
37.
Suitside Facts
38.
39.
https://www.cdc.gov/ncipc/factsheets/suifacts.htm
http://www.preventsuicidenow.com/suicide-statistics.html
