433
AYBSIZLIK PREZUMSIYASI HUQUQI. OZODLIKDAN MAHRUM ETILGAN
SHAXSLAR HUQUQLARI KAFOLATLARI
Burxonov Asror Axror o‘g‘li
Xasanova Maftuna Axad qizi
Kattabekova Sojida Qodirqul qizi
Abdusaidova Dilshoda Xayrulla qizi
ORCID:
0000-0003-2571-72
https://doi.org/10.5281/zenodo.11244036
Annotatsiya.
Ushbu maqolada har qanday shaxslar noqonuniy, asossiz yoki haqiqatga
to‘g‘ri kelmaydigan maʼlumotlardan iborat dalillar asosida aybdor deb topilishi va javobgarlikka
tortilishi mumkin emasligimhamda faqatgina odil sudlovning qonuniy kuchga kirgan hukmi
bilangina aybdorligi tasdiqlanishi mumkinligi haqida yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Aybsizlik prezumpsiyasi, Xabeas korpus akt, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi,
sudlanuvchi, odil sudlov.
THE PRESUMPTION OF INNOCENT RIGHTS. RIGHTS OF THOSE WHO ARE
DEPRIVD OF LIBERTY ARE GUARANTED
Abstract.
This article states that no person can be found guilty and prosecuted on the basis
of evidence consisting of illegal, unfounded or untrue information, and that guilt can only be
confirmed by a valid judgment of a court of law.
Key words:
Justice, suspect, accused, defendant, habeas corpus statute, and presumption
of innocence
ПРАВО НА ПРЕЗУМПЦИЮ НЕВИНОВНОСТИ. ГАРАНТИИ ПРАВ ЛИЦ,
ЛИШЕННЫХ СВОБОДЫ.
Аннотация.
В этой статье разъясняется, что ни одно лицо не может быть
признано виновным и привлечено к ответственности на основании доказательств,
состоящих из незаконной, необоснованной или ложной информации, и что вина может
быть подтверждена только юридически обязательным приговором суда.
Ключевые слова:
Презумпция невиновности, хабеас корпус, подозреваемый,
обвиняемый, подсудимый, правосудие.
“Aybsizlik prezumpsiyasi” yana ayblanayotgan shaxsga o‘z aybsizligini isbotlash
majburiyatini yuklamaydi (bu tegishli organlarning majburiyati), shuningdek, gumonlar
isbotlanmasa, bunda gumonlar ayblanuvchi foydasiga hal etilishini ko‘zda tutadi.
434
Inson huquqlarini sud orqali himoya qilish bo‘yicha muhim institutlardan biri
“Xabeas
korpus akt”
xalqaro darajada umumeʼtirof etilgan hujjat sifatida shaxs erkinligini taʼminlash
yo‘lida
o‘ziga xos yangi davrga asos solgan.
“Xabeas korpus”
(lot. habeas corpus) – “tanani sudga keltirish”, yaʼni ushlangan yoki
hibsga olingan shaxsni adolatli sud muhokamasiga bo‘lgan huquqi hisoblanib, ehtiyot chorasi
sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish, lavozimdan chetlashtirish va shaxsni tibbiy muassasaga
joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarning asosligiga faqat sud tomonidan baho
berish amaliyotini joriy qilinishi, o‘z navbatida, sudning mustaqilligi, xolisligi va beg‘arazligini
taʼminlashni, jinoyat protsessida tortishuv prinsipini kuchaytirishni nazarda tutadi. “Xabeas
korpus” instituti qo‘llanishini yanada kengaytirish doirasida pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab
qo‘yish va eksgumatsiya qilish kabi tergov harakatlarini o‘tkazishga sanksiya berish bo‘yicha
vakolatlar prokuraturadan sudlarga o‘tkazildi.
Qamoq ehtiyot chorasinining sudlar tomonidan qo‘llanilishi amaliyotini keltiradigan
bo‘lsak, 2022-yilda tergov organlaridan sudlarga kelib tushgan jami 24118 ta iltimosnomadan
23503 tasi qanoatlantirilgan, 485
tasi esa rad etilgan, yaʼni 485 nafar shaxsga nisbatan asossiz
ravishda qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilishi oldi olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2022-yilning 20-iyun kuni
Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvdagi nutqida “Xabeas korpus” institutini
rivojlantirish zarur. ... Bu haqdagi muhim normani ham Asosiy qonunimizda aks ettirishimiz zarur.
Bunday qoidalar inson, uning hayoti, huquq va erkinliklari – oliy qadriyat degan ezgu
tamoyilga har tomonlama mos keladi”
,
deb taʼkidladi.
Shu maqsadda, yangilangan Konstitutsiyamizning 2
7-
moddasida “Hibsga olishga,
qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Shaxs sudning
qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas”, degan insonparvar
qoidalar mustahkamlandi.
Mazkur talab Ispaniya, Gretsiya, Niderlandiya, Xorvatiya, Sloveniya
va boshqa
davlatlarning konstitutsiyalarida mustahkamlangan.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining huquqiy himoyasini kuchaytirish
borasida jinoyat protsessida aybsizlik prezumpsiyasi odil sudlovning muhim prinsipi hisoblanadi.
Shu bois, yangilangan Konstitutsiyamizning 28-moddasida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi
va sudlanuvchining huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan quyidagi yangi ikkita kafolatlar
belgilandi.
435
Birinchidan,
“Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari
tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning
foydasiga hal qilinishi kerak”,
degan norma kiritildi.
Taʼkidlash lozimki, muayyan jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruvchi, tergovchi tergov
harakatlari, sud esa sud tergovi orqali dalillar to‘playdi.
Ayni paytda, to‘plangan dalillarni baholashda ularga nisbatan shubha paydo bo‘lishi
mumkin. Bunda, shubhalar ayblov tomonga ishlatilishi kerakmi yoki himoya foydasigami, degan
savol yuzaga keladi.
Shaxsni aybli ekanligiga oid har qanday shubhalar, ayblash uchun yetarli bo‘lmagan
maʼlumotlar asosida shaxsni javobgarlikka tortish mumkin emas. Tergovda shubha ostidagi
dalillar asosida ayb eʼlon qilingan bo‘lsa ham, bunday vaziyatda aybini tasdiqlovchi dalillarning
yetarli emasligi tufayli sudda unga nisbatan oqlov hukmi chiqariladi. Yaʼni, “isbotlanmagan ayb
– isbotlangan aybsizlikka teng” degan xalqaro standart amal qiladi. Misol sifatida aytish
mumkinki, mamlakatimiz sudlari tomonidan so‘nggi 5 yilda 4 ming 700 nafardan
ortiq fuqaro
oqlangan.
Ikkinchidan
,
“gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini
isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin” degan
qoida joriy qilindi.
Shaxsni aybdorligini isbotlash mutlaqo surishtiruv va tergov organlarining bevosita
vazifasidir. Ayni shu bois ham, Konstitutsiyamizda shaxsni o‘zining aybsizligini isbotlashi shart
emasligiga oid qoida mustahkamlandi. Jinoiy taʼqib ostidagi shaxsning sukut saqlash huquqidan
foydalanishi surishtiruv va dastlabki tergovda unga bosim ostida yoki qadr-qimmatini kamsitib
noqonuniy ko‘rsatma olish holatlarini oldini oladi.
Bunday normalar Ozarbayjon, Chexiya, Gruziya, Xorvatiya, Yaponiya, Slovakiya
konstitutsiyalarida o‘rin olgan.
Shaxs o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik bermaslik huquqining kafolatlanishi
surishtiruv, tergov va sud jarayonlarining xolislik va adolat tamoyillariga tayanib amalga
oshirilishini taʼminlaydi.
Shu bois, yangilangan Konstitutsiyamizning
28-moddasiga
“Hech kim o‘ziga va yaqin
qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas”,
degan mazmundagi insonparvar va
qadriyatlarimizga mos norma mustahkamlandi.
Tabiiy savol tug‘iladi, nima uchun jinoyat ishi bo‘yicha shaxs o‘ziga yoki yaqin
qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas?
436
Birinchidan,
shaxsga nisbatan har qanday ayblov ko‘rib chiqilayotganda tezkor-qidiruv
xodimi, surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan unga nisbatan bosim o‘tkazishdan himoyalaydi,
ikkinchidan,
o‘z aybiga majburan iqror bo‘lishining oldini oladi,
uchinchidan,
jinoiy taʼqib
ostidagi shaxsning og‘ir holatidan foydalanib, undan qarindoshlariga qarshi ko‘rsatuv olishni
taqiqlaydi.
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro paktda ham “o‘ziga o‘zi qarshi
ko‘rsatuv berishga yoki o‘zini aybdor deb tan olishga majbur kilinmaslik” kafolati belgilangan.
Shuningdek,
Jinoyat
protsessual
kodeksining
116-moddasida
shaxsning o‘z
qarindoshlariga qarshi ko‘rsatma berishdagi erkinligi
belgilangan bo‘lib, gumon qilinuvchining,
ayblanuvchining, sudlanuvchining
yaqin qarindoshlari guvoh yoki jabrlanuvchi tariqasida faqat
o‘zlarining roziliklari
bilan so‘roq qilinishlari mumkin.
Lekin, afsuski, tergov amaliyotida shunday holatlar ham uchraydiki, ayrim tergov
xodimlari fuqarolarimiz o‘zining bunday huquqi borligini anglamasligidan foydalanib, o‘z
qarindoshiga nisbatan guvohlik berish erkin ekanligi va bu kabi guvohlik berishdan bosh tortish
uchun jinoiy javobgarlik mavjud emasligini to‘liq tushuntirmaydilar. Natijada, insonlarning
mazkur huquqdan amalda real foydalanishi cheklanadi.
Mazkur talab qator davlatlar konstitutsiyalarida, masalan,
Ispaniya, Gretsiya,
Niderlandiya, Xorvatiya, Sloveniya
va boshqa mamlakatlarda mustahkamlangan.
Bu qoidaning Konstitutsiyada belgilanishi jinoiy taʼqib ostidagi har qanday shaxsga yoki
uning yaqin qarindoshlariga ruhiy bosim va turli tahdidlar
o‘tkazish, uning shaʼni va qadr-
qimmatni kamsitish kabi boshqa noqonuniy usullar qo‘llanishini oldini olishga xizmat qiladi.
Huquqiy davlatda
qonun ustuvorligi amalda taʼminlanishi hamda inson huquq va
erkinliklari, uning qonuniy manfaatlari himoya qiluvchi odil sudlov tizimi amal qilishi shart.
Eng muhimi, shaxslar noqonuniy, asossiz yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan
maʼlumotlardan iborat dalillar asosida aybdor deb topilishi va javobgarlikka tortilishi mumkin
emas. Jinoiy taʼqibga olingan shaxsning iqrorlik ko‘rsatuvlarigagina asoslanib, uni aybdor deb
xulosa chiqarish odil sudlov tamoyillariga ziddir.
Shu bois, yangilangan Konstitutsiyamizning 28-moddasida “Agar shaxsning o‘z aybini tan
olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin
emas”, deb
belgilovchi norma o‘z ifodasini topmoqda.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat yuz berganligini, uning sodir etilishida
kim aybdorligini, shuningdek u bilan bog‘liq barcha holatlarni aniqlashi shart. Faqatgina
shaxsning o‘z aybini bo‘yniga olish haqidagi ko‘rsatmasi uni jinoiy javobgarlikka tortish uchun
437
asos bo‘lmasligi lozim. Bunda shaxsni aybdor deb topish va uni jazoga tortish uchun yetarli dalillar
to‘plangan bo‘lishi kerak.
Jumladan, Jinoyat protsessual kodeksining 112-moddasiga ko‘ra, gumon qilinuvchining u
sodir etgan jinoyat haqidagi ko‘rsatuvlari va ayblanuvchining o‘z aybiga iqror bo‘lishi, bu iqrorlik
boshqa ishonchli dalillar majmui bilan tasdiqlangan taqdirdagina, uni ayblash uchun asos qilib
olinishi mumkin.
Konstitutsiyaviy normaning muhim kafolati shundan iboratki
,
iqrorlik ko‘rsatmalari, ular
ish yuzasidan yagona dalil bo‘lsa, shaxs aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas!
Bunday shaxs huquqlari kafolati, tergov organlari zimmasiga konstitutsiyaviy darajada
alohida masʼuliyat yuklaydi-ki, endilikda ular shaxsni aybini isbotlash jarayonida iqrorlik
ko‘rsatmalariga asosiy urg‘uni bermasligi va ayblovni tergov yo‘li bilan tekshirilgan boshqa
dalillar bilan isbotlashlari shart.
Mazkur qoida Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro paktning 14-
moddasidagi “o‘ziga o‘zi qarshi ko‘rsatuv berishga yoki o‘zini aybdor deb tan olishga majbur
kilinmaslik” kafolatidan ham kelib chiqadi.
Mazkur qoida sodir etilgan jinoyat bo‘yicha haqiqatni aniqlash,
shuningdek,
aybsiz
insonlarni javobgarlikka tortilishini oldini olishga, ayni paytda jinoyat sodir etgan haqiqiy aybdor
shaxs yoki shaxslarni aniqlashga
xizmat qiladi.
Afsuski, yaqin-yaqingacha mustabid tuzumdan qolgan illat fuqarolarni ishga olishda
eskidan saqlanib qolgan amaliyot, yaʼni qarindoshlari sudlangan, deb ishga qabul qilmaslik yoki
yuqori lavozimga tayinlamaslik holatlari uchrab turar edi.
Tabiiy savol tug‘iladi, jinoyat uchun butun bir avlod javob berishi adolatdanmi? Otasining
qilmishi uchun nega farzandlari yoki aka uchun uka javob berishi kerak?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev taʼkidlaganidek, “Bunday adolatsiz
“tizim”dan endi butunlay voz kechamiz. Chunki xalqimizga nisbatan sobiq tuzum davrida,
ayniqsa, o‘tgan asrning 30-yillaridagi siyosiy qatag‘onlarning o‘zi yetarli emasmi?!
Fikrimizni xulosalaydigan bo‘lsak, Konstitutsiyaga kiritilgan ushbu insonparvar yangi
norma bunday vaziyatda aybdorlikka oid barcha shubhalar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki
sudlanuvchining foydasiga hal qilinishini qatʼiy mustahkamlandi.
Yangilangan Konstitutsiyamizning 28-moddasiga “Shaxsning sudlanganligi va bundan
kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos
bo‘lmasligi kerak”, degan insonparvar va adolatli norma mustahkamlandi.
438
Sudlanganlik shaxsga sud hukmi bilan jazo tayinlanganidan keyin kelib chiqadigan
huquqiy oqibat bo‘lib, mazkur shaxsga nisbatan muayyan oqibatlarni keltirib chiqaradi. Masalan,
davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishga kirish yoki ularda tegishli
lavozimlarni egallashda, harbiy xizmatni o‘tashda, saylanish huquqidan foydalanishda yoxud
muayyan faoliyat bilan shug‘ullanishda qator taqiqlarni yuzaga keltiradi. Ammo, shaxsning
sudlanganligi bilan bog‘liq turli cheklovlar uni o‘zi bilan cheklanib, boshqa shaxslarning
huquqlariga taʼsir qilmasligi va hech bir holatda inson o‘zining yaqinlari yo‘l qo‘ygan xatolar
uchun javob bermasligi kerak!
Qolaversa, mehnat qonunchiligiga ko‘ra, shaxslarni yaqin qarindoshlari sudlanganligi
munosabati bilan ishga qabul qilmaslik holati ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad
etish, deb hisoblanadi. Afsuski, bunday eskicha yondashuv oqibatida ko‘plab yurtdoshlarimiz
aziyat chekkan. Masalan, odatda bir oilada ota-ona, bir necha aka-uka, opa-singil va farzandlar
bo‘lsa, bu oilaning birgina aʼzosi qilgan xatosi 10 dan ortiq insonlarning hayotiga salbiy taʼsir
etadi. Qanchalik urinmasin, mehnat qilmasin, yaqinining sudlanganligi insonning kasbiy o‘sishi,
shaxs sifatida rivojlanishi, jamiyatda nufuzli o‘ringa ega bo‘lishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘siq
bo‘ladi.
Bu kabi qoida
Polsha, Serbiya, Ispaniya, Xorvatiya, Sloveniya
va boshqalar
konstitutsiyalarida mustahkamlangan.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023. 15-22-b
2.
Husanov O.T. Konstitutsiyaviy huquq. Darslik. – Toshkent: 2022. B.110-119-betlar.
3.
Konstitutsionnoe pravo. Uchebnik // Avtorskiy kollektiv. – Tashkent: Tashkentskiy
gosudarstvennыy yuridicheskiy universitet, 2018 g. S. 142-152.
4.
Ides A., May C. N., Grossi S. Examples & Explanations for Constitutional Law: Individual
Rights. – Wolters Kluwer Law & Business, 2018. 599 pages.
5.
Chemerinsky E. Constitutional law. – Aspen Publishers, 2019. 1915 pages.
