ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
747
FUQAROLARNING JAMIYAT VA DAVLAT ISHLARINI BOSHQARISHDAGI
ISHTIROKI
Muxamadiyev Xojiakbar Aslitdinovich
Burxonov Asror Axror o‘g‘li
Xasanova Maftuna Axad qizi
Kattabekova Sojida Qodirqul qizi
Abdusaidova Dilshoda Xayrulla qizi
ORCID:0000-0003-2571-72
https://doi.org/10.5281/zenodo.11215023
Annotatsiya.
Ushbu maqolada fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda
konstitutsiyaviy normalar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanish, bu siyosiy
huquqlarni amalga oshirishda o‘rnatiladigan ayrim cheklashlar boshqa xorijiy mamlakatlar
qonunchiligida ham mavjud ekanligi haqida yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Siyosiy huquqlar, murojaat, ariza, taklif, shikoyat, miting, yig‘ilish,
namoyish, ijtimoiy faollik.
CITIZENS' INVOLVEMENT IN THE GOVERNANCE OF THE STATE AND SOCIETY
Abstract.
This article explains how citizens' state and public affairs are managed through
the application of constitutional standards and other regulatory legal instruments. It also
highlights how some foreign laws impose limitations on individuals' ability to exercise their
political rights.
Key words:
Social activity, rally, assembly, protest, appeal, application, suggestion,
complaint, and political rights.
УЧАСТИЕ ГРАЖДАН В УПРАВЛЕНИИ ОБЩЕСТВОМ И
ГОСУДАРСТВЕННЫМИ ДЕЛАМИ
Аннотация.
В данной статье рассказывается об использовании конституционных
норм и других нормативных правовых документов в управлении государственными и
общественными делами граждан, а также о том, что некоторые ограничения на
реализацию этих политических прав существуют в законодательстве других зарубежных
стран.
Ключевые слова:
Политические права, обращение, заявление, предложение,
жалоба, митинг, собрание, демонстрация, общественная деятельность.
Siyosiy huquqlar fuqarolik bilan bog‘liq bo‘lib, u tegishli davlatning fuqarolariga davlat va
jamiyat ishlarini boshqarish imkoniyatini beradi. Siyosiy huquqlarga faqat mamlakat fuqarosi ega
bo‘lishi mumkin.
Siyosiy huquqlar orqali fuqarolar tegishli davlat organlarini tuzish, ularning ishida ishtirok
etish, davlat organlari va mansabdorlar faoliyatini nazorat qilish, qonunlar yaratilishida ishtirok
etish, siyosat va davlat faoliyati haqida o‘z fikrlarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Agar shaxsiy huquqlar insonning ajralmas huquqi bo‘lib, undan inson fuqaroligidan qat’i
nazar foydalansa va davlat har qanday hollarda ularni ta’minlashga majbur bo‘lsa, siyosiy
huquqlar davlatning xarakteridan kelib chiqib, o‘z fuqarolari uchungina o‘rnatiladi. Davlat
qanchalik demokratik bo‘lsa, siyosiy huquqlar ko‘proq bo‘ladi va ulardan foydalanish kengroq
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
748
bo‘ladi. Aksincha, davlat nodemokratik bo‘lsa, siyosiy huquqlar doirasi tor bo‘ladi va mavjud
huquqlarni ham turli vositalar bilan cheklash hollari uchrab turadi.
Siyosiy huquqlar, eng avvalo, davlatni boshqarishda ishtirok etish, davlat faoliyatiga ta’sir
etish imkoniyatini yaratuvchi huquqlar bo‘lgani uchun ularning miqdori, amalga oshirish chora-
tadbirlar doirasi qanday bo‘lishini davlat belgilaydi.
Shaxsiy huquqlardan farq qilib, siyosiy huquqlarga, asosan, ma’lum yoshga yetgan
fuqarolar ega bo‘ladi. Shuningdek, siyosiy huquqlardan foydalanishda ayrim hollarda chegaralar
o‘rnatilishi mumkin. Masalan, saylash huquqi 18 yosh qilib belgilangan bo‘lsa, yana saylovlarda
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, sud hukmi bilan
ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda
qatnashmaydilar, degan qoida Konstitutsiyada (128-modda) ko‘rsatilgan. Saylanish huquqidan
foydalanish uchun ham ma’lum yoshga yetgan bo‘lish kerak. Masalan, O‘zbekiston
Respublikasida fuqarolar Oliy Majlis deputatligiga 25 yoshdan, Prezidentlikka 35 yoshdan
saylanish huquqiga ega. Bundan tashqari, saylov qonunlarida harbiy xizmatchilar, diniy arboblar
uchun ham qonun doirasida cheklashlar o‘rnatilgan.
Siyosiy huquqlar fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etishini ta’minlaydi.
Konstitutsiyaning 36-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va
davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga
egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat
organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek, davlat organlarining faoliyati ustidan
jamoatchilik nazorati vositasida amalga oshiriladi.
Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun
bilan belgilanadi”, – deb qayd etilgan.
Demak, fuqarolarning davlat va jamiyat ishlaridagi ishtiroki, eng avvalo, davlat va
jamiyatni boshqarishda namoyon bo‘ladi. Ya’ni bu - davlat va jamiyat ishlarini boshqarish
huquqidir. Ana shu huquq turli shakllar, vositalar orqali ro‘yobga chiqariladi.
Fuqarolar davlat va jamiyat hayotiga taalluqli muhim masalalar yuzasidan referendumda
(ovoz berishda) ishtirok etish, qonun loyihalari muhokamasida ishtirok etish orqali ham davlat va
jamiyat ishlarida ishtirok etgan hisoblanadi. O‘zbekistonda 2023-yil 30-aprelda referendum
o‘tkazilib, unda yangi tahrirdagi Konstitutsiyani qabul qilish masalasi hal qilindi. Referendumda
ham saylovdagi kabi ma’lum yoshga yetgan fuqarolar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi
Qonuni 2001-yil 30-avgustda yangi tahrirda qabul qilingan bo‘lib, unga asosan, referendum xalq
irodasining bevosita ifodasi hisoblandi.
Mamlakatimizda fuqarolarning davlat va jamiyat ishlaridagi ishtiroki huquqini
ta’minlovchi vositalardan biri o‘zini o‘zi boshqarish faoliyati hisoblanadi. O‘zini o‘zi boshqarish
organlari butun mamlakat hududida qishloq, shaharcha va shahardagi mahallalarda tuziladigan
fuqarolar yig‘ini bo‘lib, ular barcha 18 yoshga yetgan fuqarolarni qamrab oladi. Fuqarolar
fuqarolar yig‘ini ishida ishtirok etib, uning organlarini tuzishda qatnashadi va shu asosda jamiyat
ishlarida ishtirok etadi.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati shakllanib borishi bilan fuqarolarning jamiyat va
davlat ishlarida ishtirok etish yo‘llari kengayib bormoqda.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
749
Jahon mamlakatlari tajribasida fuqarolarning jamiyat va davlat taraqqiyotiga ta’siri turli
shakllarda amalga oshiriladi. Fuqarolar voqea-hodisalarga ta’sir etuvchi vositalarga erishish uchun
uzoq vaqt kurash olib borishgan, natijada, ularga miting, namoyish, yig‘ilish o‘tkazish huquqi
berilgan.
O‘zbekiston Konstitutsiyasida ham demokratiyaning ajralmas xususiyatlaridan bo‘lgan va
fuqarolar faoliyatini ta’minlovchi miting, namoyish, yig‘ilish o‘tkazish huquqi mustahkamlab
qo‘yilgan. 38-moddada: “Fuqarolar o‘z ijtimoiy faolliklarini O‘zbekiston Respublikasi
qonunlariga muvofiq mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga ega.
Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o‘tkazilishini
to‘xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega”, – deb belgilangan.
Miting, yig‘ilish, namoyish o‘tkazish tashkilotchilari bu tadbirlar nima uchun, qayerda,
qachon o‘tkazilishi haqida hokimiyat organlariga xabar berishi va tadbir o‘tkazishga ularning
roziligini olishi qonun doirasida belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 217-moddasida: “Yig‘ilishlar, mitinglar,
ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar o‘tkazish tartibini buzish” uchun jinoiy javobgarlik
belgilangan.
Miting, yig‘ilish va namoyishlarning xavfsizlikka hamda fuqarolar manfaatiga zarar
yetkazmasligi nuqtai nazaridan, ularni o‘tkazishga ruxsat berish yoki to‘xtatish, taqiqlash tartibi
boshqa mamlakatlarning qonunlarida ham uchraydi.
Fuqarolar davlat va jamiyat ishlarida turli vositalar orqali ishtirok etadi. Shulardan biri –
fuqarolarning turli jamoat birlashmalari, harakatlarini tashkil qilish, ularga a’zo bo‘lib kirish
huquqlaridir.
Fuqarolar murojaati orqali davlat va jamiyat hayotiga ta’sir etishining muhimligi hisobga
olinib, shu huquq konstitutsiyaviy darajada mustahkamlandi.
Konstitutsiyaning 40-moddasida: “Har kim bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda
davlat organlariga hamda tashkilotlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga,
mansabdor shaxslarga yoki xalq vakillariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish
huquqiga ega.
Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib
chiqilishi shart”, – deb belgilangan.
Bularni kengroq yoritadigan bo‘lsak, fuqarolar yakka tartibda yoki boshqa fuqarolar bilan
birgalikda vakolatli organlarga, muassasalarga, xalq vakillariga murojaat qilish huquqiga ega.
Murojaatlar turlicha bo‘lib (murojaat turlari), ular ariza, taklif yoki shikoyat ko‘rinishida
bo‘lishi mumkin.
Arizalar orqali fuqarolar o‘zlarining turli huquqlarini ro‘yobga chiqarishni so‘raydi.
Masalan: ishga kirish, ishdan bo‘shash, o‘qishga kirish, ta’til olish, ta’minot olish va
hokazolar.
Takliflar orqali fuqarolar ko‘pincha ijtimoiy muammolarni hal qilish yo‘llari, ishlab
chiqarishni takomillashtirish, o‘quv jarayonini takomillashtirish, boshqaruv tizimini
takomillashtirish, qoidalarni takomillashtirish, atrof muhitni sog‘lomlashtirish, moddiy va tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildiradi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
750
Shikoyatlar orqali buzilgan huquqlarini tiklash, aybdorlarga chora ko‘rish, zararni qoplash
talab etiladi. Arizaning asosini iltimos tashkil etsa, shikoyatning asosini talab tashkil etadi.
Shikoyatlar orqali sodir etilgan yoki sodir etilayotgan, etilishi mumkin bo‘lgan qonunsiz harakatlar
to‘g‘risida xabarlar berilishi mumkin.
Xulos qilib aytganda, har qanday mamlakatning (jamiyatning) taraqqiyoti ham, tanazzuli
ham fuqarolar faoliyatiga bog‘liq. Mamlakatda bo‘layotgan siyosiy voqealarda, iqtisodiy
jarayonlarda, xalqaro masalalarda fuqarolar kuzatuvchi sifatida emas, shu jarayonlarning
ishtirokchisi sifatida o‘z o‘rnini topsa, jamiyat rivojlanadi va bu rivojlanish fuqarolar taqdiriga
ijobiy ta’sir qiladi. Demak, fuqarolarning siyosiy faollik asosida jamiyat hayotida ishtirok etishi
zaruratdir.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023. 22-24-b
2.
Husanov O.T. Konstitutsiyaviy huquq: darslik. – To‘ldirilgan va qayta ishlangan
ikkinchi nashr. Toshkent: Yuridik adabiyotlar Publish, 2022.
− 120-127-betlar.
3.
Konstitutsiyaviy huquq. Darslik. -Toshkent, O‘zbekiston Respublikasi Milliy
gvardiyasi. Harbiy-texnik instituti, 2019. 174-209-betlar, 212-240-betlar.
4.
Маматов Х.Т. Конституциявий ҳуқуқ: дарслик. – Тошкент: Yurist-media markazi,
2018. 190-195 бетлар.
5.
Конституционное право. Учебник // Авторский коллектив. – Ташкент:
Ташкентский государственный юридический университет, 2018 г. С. 142-152.
6.
Ides A., May C. N., Grossi S. Examples & Explanations for Constitutional Law:
Individual Rights. – Wolters Kluwer Law & Business, 2018. 599 pages.
7.
Chemerinsky E. Constitutional law. – Aspen Publishers, 2019. Pages 1653-1664.
8.
Inside Constitutional Law: What Matters and Why. Russell L. Weaver, Catherine
Hancock, Steven I. Friedland, Richard D. Rosen – Aspen Publishers, 2009. Pages 356-
365.
