ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1003
TALABA - YOSHLARNI TURLI INFORMATSIYA XURUJLARIDAN ASRASH
MASALALARI
Rajabov Otamurod Rayimberdi o‘g‘li
Guliston davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11276306
Annotatsiya. Mazkur maqolada talaba yoshlarni turli informatsiya hurujlaridan asrash
masalalari mazmuni, e’tiborli jihatlari, pedagogik va psixologik muammo yechimlari to‘g‘risida
fikr yuritilgan. Bugungi kun talaba yoshlarini axborot hurujlaridan asrash masalas ota-ona va
pedagogikning mustahkam hamkorligi orqal yuqori darajada tashkil etilishi mumkin.
Kalit so‘zlar: talaba, axborot, madaniyat, g‘arb madaniyati, psixologik immunitet,
psixologik himoya, o’qituvchi, ta’lim, tarbiya, bilim.
STUDENT - ISSUES OF PROTECTING YOUNG PEOPLE FROM VARIOUS
INFORMATION ATTACKS
Abstract. This article discusses the content, important aspects, and solutions to
pedagogical and psychological problems of protecting young students from various information
attacks. Today, the protection of young students from information attacks can be organized at a
high level through strong cooperation between parents and pedagogues.
Key words: student, information, culture, western culture, psychological immunity,
psychological protection, teacher, education, upbringing, knowledge.
СТУДЕНТ - ВОПРОСЫ ЗАЩИТЫ МОЛОДЕЖИ ОТ РАЗЛИЧНЫХ
ИНФОРМАЦИОННЫХ АТАКИ
Аннотация. В данной статье рассматриваются содержание, важные аспекты и
пути решения педагогических и психологических проблем защиты студенческой молодежи
от различных информационных атак. Сегодня защита школьников от информационных
атак может быть организована на высоком уровне благодаря тесному сотрудничеству
родителей и педагогов.
Ключевые слова: студент, информatsiя, культура, западная культура,
психологический иммунитет, психологическая защита, учитель, образование, воспитание,
знания.
O’zbekiston zamini qadimda ikki buyuk uyg’onish davriga beshik bo’lgan. Bular birinchisi
ma’rifiy IX-XII bu asrlar ba’zi manbalarda ‘’O’rta asrlar Renessansi’’ deb ataladi. Ikkinchi
Renessans deb temuriylar davri ya’ni – XIV – XV asrlarni aytishimiz mumkindir. Hozirgi vaqtda
ya’ni XXI asrda mamlakatimizda yana bir Renessans ya’ni uyg’onish jarayoni kechmoqda.
Shuning uchun ham biz bugun YANGI O’ZBEKISTON, UCHINCHI RENESSANS so’zlarini
ko’p martalab eshitamiz. Bugungi kunda O’zbekiston demokratik o’zgarishlar, keng imkoniyatlar
va amaliy ishlar mamlakatiga aylanib bormoqda.
Bugungi kunga kelib ular yoshlar va bolalarning barcha bo’sh vaqtlarini hatto boshqa
ishlarga sarflaydigan vaqtlarining ham bir qismini o’zlashtirmoqdalar. Masalan, o’smirlar va
yoshlar internetdan, mobil aloqa vositalaridan ovqatlanayotganlarida ham foydalanishadi.
Internetga qaramlik ijtimoiy tarmoqlarga o’rganib qolish yoshlar o’rtasida keskin tarqalgan.
Jahonning butun olimlari o’z faoliyatlari davomida kamida bir marta bo’lsa ham yoshlarning
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1004
qanchalik tez internetga o’rganib qolish sabablarini o’rganishga harakat qilganlar lekin bu
izlanishlarga oid darsliklar ma’lumotlar juda kam. Nafaqat, O’zbekston balki butun dunyoda
millonlab odamlar internetda bo’sh vaqtlarini o’tkazishadi. Bu paytda ular turli xil sohaga oid ish
qidirish, yangi odamlar bilan tanishish, yangi do’stlar orttirish, hamkasblar, uzoq-yaqin insonlar
muloqot qilish, o’ziga kerakli ma’lumotlarni izlash, o’z bilimlarini mustahkamlash kabi
mashg’ulotlar bilan shug’ullanadilar. Hozir gazeta o’qiydigan yoki televideniyalardan
yangiliklarni tomosha qiladigan insonlarni kam uchratamiz. Ko’pchilik odamlar o’zlariga kerakli
ma’lumotlarni intenetdan topish mumkunligiga ishonib qolganlar. Shuning uchun ham internet
rivojlanmagan davlatlardagi kabi odamlar kutubxonalarda o’tirishmaydi. Yoki juda muhim va soni
kam bo’lgan kitoblarga navbatda turishmaydi. Bizning bobolarimiz hatto boshqa shaharlarga
kitoblardan foydalanish ya’ni kutubxona uchun borganlar. Endi esa bugungi kunda kutubxonaga
borib bitta ma’lumot uchun bir nechta hatto o’nlab adabiyotlarni saralab o’tirish shart emas. Biz
bugun biror ma’lumot kerak bo’lib qolsa vaqtimizni sarflab kitob qidirmasdan internetga ya’ni
kompyuter texnologiyalariga murojaat qilamiz. Ularga qaysi ma’lumot kerakligini yozib qidiruv
tugmasini bosamiz va bir daqiqa Ichida minglab ma’lumotlar kelib chiqadi. Ko’pgina yoshlar
virtual muloqotsiz suhbatga kirisha olmaydilar. Ular haqiqiy hayotda muloqotni butunlay unutib
qo’yadilar. Ko’pincha odamlar to’xtamasdan internetdan, mobil aloqa vositasidan jamoat
transportlarida, ko’chada va hatto do’stlari bilan uchrashganlarida ham ulardan foydalanishadi.
Ma’lum vaqt o’tishi bilan insonlarda refleks paydo bo’ladi. Bu refleks ularga ijtimoiy tarmoqlarda
hech kim yozmagan bo’lsa ham o’z elektron pochtalarini tekshirishga undaydi. Endi ko’pchilik
odamlar esda qolarli vaqtlarni, muhim lahzalarni saqlab qolish uchun turli xil rasm albomlariga
tushirish uchun rasm olmaydilar. Balki hammasini endilikda ijtimoiy tarmoqlarga qo’yish va
layklar yig’ish uchun rasmga oladilar. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda kecha-yu Kunduz
o’tiradigan foydalanuvchilar bor. Ertalab ishda yoki maktabda ular birinchi navbatda ular o’z
elektron pochtalarini tekshiradilar. Ba’zida esa hatto asosiy biznesdan ko’ra ko’proq vaqt
ajratadilar. Uyga yoki ishga ketayotganlarida, navbatda ular ijtimoiy tarmoqlarga kirish uchun ular
telefonlardan yoki planshetlardan foydalanadilar.
Tadqiqotchilar va olimlarning mediata’lim sohasidagi yutuqlarini tahlil eta turib, shuni
qayd etishimiz joizki, o’tgan asrda ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlariga mos ravishda tadqiqotlar
mavzulari ko’lami kino ta’limi, kino va maktab, bolalar va matbuotning o’zaro ta’siri va shunga
o’xshash jarayonlarni o’rganish doirasidan chiqa olmagan. O’tgan asrning yetmishinchi yillarida
televideniye va radioeshittirishlarning rivojlanib borishi natijasida aksariyat ilmiy tadqiqotlar radio
va telemateriallardan foydalangan holda aynan tarbiya va ta’lim berish masalalariga
bag’ishlanardi. Televideniye va radio vositasida yosh avlodni voyaga yetkazish muammolarini
V.V.Ksenofontov (televideniye maktab o’quvchilarini tarbiyalash omili sifatida), S.R.Feyginov
(o’smirlarni tarbiyalashda televideniye va maktabning o’zaro ta’sirining pedagogik asoslari),
V.A.Monastrskiylar (katta yoshdagi maktab o’quvchilarini sinfdan tashqari ishda televideniye
vositasida tarbiyalash) tadqiqot ishlarini olib borishgan. Birinchi marta oliy maktab amaliyotida,
nisbatan unchalik keng bo’lmagan yo’nalishda (V.I.Ivanov-Sganovning “Chet tili fani bo’yicha
axborot manbalari sifatida o’quv filmlaridan foydalanishning xususiyatlari va xorijiy tillarga
ixtisoslashgan oliy o’quv yurtida og’zaki nutqni o’qitish uchun ulardan foydalanish) o’quv
kinomateriallaridan foydalanish masalasi ko’tarilgan. Televideniye vositasida estetik va axloqiy
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1005
tarbiyalash masalalariga ham qiziqish yillar davomida ortib bordi, o’tgan asr saksoninchi yillarida
G.A.Usovaning ishida teleradiouzatishning ta’siri ostida o’smirlarning qadriyatlarga nisbatan
yo’naltirishni, yo’l-yo’riqlarini shakllantirish bo’yicha dolzarb bo’lgan masala ko’tarilgandi.
“Radioeshittirish va televideniye o’smirlar qadriyatlarini shakllantirishning omillari sifatida”
mavzusidagi G.Ya.Vlaskinaning dissertasiyasi televideniye va radio vositasida katta sinf
o’quvchilarini estetik tarbiyalash masalasiga bag’ishlangan. “Ommaviy axborotni yosh
o’qituvchining professional faoliyatini takomillashitirish sharti sifatida pedagogik talqin etish” deb
nomlangan T.M.Barmashevaning ishda ijtimoiy-texnik taraqqiyotning ancha o’zgaruvchan
sharoitlarida mehnat jarayonida pedagoglarni tayyorlash masalasiga asosiy o’rin ajratilgan.
Yigirmanchi asrning to’qsoninchi yillari va yigirma birinchi asrning boshlaridan yosh avlodning
mass-media mahsulotlariga qiziqish haddan ortib borishi sezila boshladi.
Yuqori sinflardagi maktab o’quvchilarini o’qitish va tarbiyalash jarayonida kompyuter
texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari xususida M.Yu.Buxarkina, N.A.Lepskaya,
N.P.Petrova, V.A.Samoylov va boshqalar o’z ilmiy ishlarida to’xtalib o’tishgan. Amaliy va ijodiy
faoliyatda pedagogika ta’lim yo’nalishlari talabalari va o’qituvchilarini mediadan foydalanishga
tayyorlash muammolariga bag’ishlangan ishlar ham ko’payib bormoqda (A.N.Gavrichenkov,
N.V.Klemeshova, M.V.Moiseyeva, N.A.Legotina, L.K.Platunova, A.V.Fedorov va boshqalar).
Hozirgi davrga kelib, mediata’limi sohasida asosiy e’tibor o’quv-tarbiya jarayonida
multimedia va internet texnologiyalarini qo’llash shartlari va metodikasini o’rganishga qaratila
boshlandi. Rossiyada (I.V.Chelsheva) va AQShda (A.A.Novikova) mediata’lim taraqqiyotining
tarixiy aspektlarini o’rganishga bag’ishlangan ilk dissertasion tadqiqotlar ham paydo bo’ldi.
Insoniyat tarixi o’z rivojlanish davrida bir necha axborot inqiloblarini bosib o’tdi. Masalan,
yozuvning kashf etilishi, kitob chop etish, elektr toki va mikroprosessor texnologiyasi asosida
ishlovchi kompyuterlarning paydo bo’lish davrlarini har birini kishilik jamiyati tarixida yangi
sahifa ochuvchi axborot inqiloblari sifatida qarashimiz mumkin. Xuddi shu ma’noda hozirda
internet texnologiyalarining va internet xizmat turlarining, xususan ijtimoiy tamoqlarning jadal
rivojlanib hayotimizning har bir sohasiga kirib kelishini ham yangi bir axborot inqilibi sifatida
ko’rishimiz mumkin. Bunda to’laqonli axborotga bo’lgan talab har qachongidan oshib bormoqda.
Axborotni olish, saqlash, qayta ishlash va uzatish bosqichlarining o’zida ko’plab muammolar kelib
chiqmoqda.
Bu esa o’z navbatida talaba yoshlardan olinayotgan ma’lumotlarni rost va yolg’onini bir-
biridan ajrata olish, axborotlarni tanqidiy tahlil qila olish, turli xabarlarni saralay olish
ko’nikmalari bo’lishini talab qiladi. Shu va shu kabi muammolar talabalarda mediasavodxonlik
tushunchalarini rivojlangan bo’lishligini talab qiladi. Savodxonlik tushunchasi hozirda juda keng
ma’nodagi tushunchaga aylanib, computer literacy (kompyuter savodxonligi), audiovisual literacy
va visual literacy (audiovizual savodxonlik), information literacy (axborot savodxonligi), media
literacy (mediasavodxonligi), raqamli savodxonlik, multimediya savodxonligi kabi zamonaviy
tushunchalarni o’z ichiga oladi. Barcha sanab o’tilganlardan media literacy (mediasavodxonligi)
tushunchasi ajralib turadi va u media voqyeligini tahlil va sintez qilish, mediamatndan foydalanish
va uni tushunish, mediamadaniyat asoslarini bilishni, ya’ni mediata’lim natijasini nazarda tutadi.
Mediasavodxonlik ko’nikmalarini uchta asosiy yo’nalishlar bo’yicha taqsimlash mumkin:
• axborotlarni to’laqonli tushunish;
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1006
• axborotlardan foydalanish;
• yangi axborotlarni yaratish.
Mediasavodxonlikning asosiy tushunchalariga kompyuter, zamonaviy telefonlar,
audiovizual ma’lumotlar, mediaxabarlar, axborot va shaxsga oid ma’lumotlar kabilar kiradi.
Talaba yoshlar mediamahsulotlardan eng ko’p foydalanadigan qatlam hisoblanadilar. Demak, har
bir zamonaviy yoshlar media bozorning «mahsulot»larini bilib o’sishi kerak. Bu intellektual
axborot asrining talabi, zamonaviylikning sharti. Shuning uchun ham YuNESKO mediata’limni
XXI asrda madaniy ta’limning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilagan. Media ma’naviy
mahsulotlarning virtual bozori. Bu bozorda hamma o’z mahsulotini o’tkazish payida bo’ladi.
Buzg’unchi, jinoyatchi, johillar ham o’z g’oyalari, ya’ni mahsulotlarini “eng yaxshi
buyum”, deydi. Virtual olamda bunyodkorlik, taraqqiyot uchun zarur manbalar ham ko’p. Masala
shaxsning ana shu bozor taklif etayotgan mahsulotlarni xarid qilishda adashmasligiga borib
taqaladi. Bugungi tilda aytganda, gap mediamadaniyatni to’g’ri egallashida.
Demak, talaba yoshlar mediamatnlarni o’qiyotganda, mediamahsulotlarni tomosha
qilayotganda ularni qabul etish, tanqidiy tahlil qilish, baholash va yaratish, zamonaviy jamiyatda
mediamahsulotlarning ijtimoiy, ma’naviy, mafkuraviy, madaniy kontekstlarini to’g’ri tushuna
bilishlari kerak. Bu esa shaxsning mediamadaniyati darajasi qandayligiga bog’liq.
Ukrainalik pedagog olima S.M.Sterdenko mediamadaniyatli kishini shunday tasvirlaydi:
“Uning mediabog’lanishlari soni va davomiyligi rejalashtirilgan bo’ladi. O’ziga kerakli
axborotni to’g’ri tanlay oladi. Axborotga tanqidiy yondashadi, chunki u medianing zararli
ta’sirlarini biladi, qarshisida ochilgan mediamatnni o’z filtridan o’tkazib, keyin qabul qiladi.
Mediamahsulotdan foydalanishda axloq me’yorlariga amal qiladi. Mediamahsulot yarata oladi».
Mediamahsulotlarni zamonaviy ommaviy axborot vositalari turli xil formatlarda, jumladan
bosma ommaviy axborot vositalari (kitoblar, jurnallar, gazetalar), televizor, filmlar, video o’yinlar,
musiqa, mobil telefonlar, turli xil dasturiy ta’minot va Internet xizmatari sifatidataqdim etishadi.
Hamda har bir media turi tarkibni, shuningdek, ushbu kontent yetkazib beriladigan qurilma yoki
obyektni o’z ichiga oladi. Mediamadaniyat turli internet mahsulotlarini tahlil qilish, baholash,
yaratish uchun zarur bo’ladigan bilim, ko’nikma va malakalar yig’indisi hisoblanadi.
Zamonaviy talaba yoshlarning ma’lum ma’nodagi himoya qobig’i bo’lib hisoblanadi. Ular
media mahsulotlarni o’z «ma’naviy filtr”lari, ya’ni mafkuraviy immunitetlari orqali ko’ra olishadi,
o’qib, fikrlab, tahlil qila olishadi. Albatta bunda ham ma’lum ma’noda bilimlar talab qilinadi.
Ilmiy va badiiy adabiyotlarni o’qish, o’z tarixi va madaniyatini bilish, ommaviy madaniyat
ko’rinishidagi zamonaviy axborot xurujlaridan boxabar bo’lish kabilarni bunga misol keltirish
mumkin. Bunda ular mediamatnlardagi targ’ibot va tashviqotlarni, biryoqlamalikni va buning
sabablarini, ma’lumot tarqatuvchining niyatlarini sezib, ko’rib turishadi. Bunday mediamadaniyat
mediamahsulotlarga tanqidiy yondashuvni belgilab beradi, aldanishlardan asraydi.
Mediamahsulotlardan to’g’ri va o’z o’rnida foydalanish va mediasavodxonlik darajasini
belgilashda tanqidiy fikrlash ko’nikmasini hosil qilish o’ta muhim hisoblanadi. Tanqidiy fikrlash
bu - qabul qilinayotgan yoki mavjud axborotlar, qarashlar, farazlarga tanqidiy, xolis va tahliliy
yondashish, mantiqiy analiz qilib ko’rish, hamda subektiv va xolis axborotlarni ajratish, fakt va
fikrlarni farqlay olish hisoblanadi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1007
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, axborotlashgan jamiyatning har bir a’zosi yoshi, jinsi,
kasbkori va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar mediaga nisbatan tanqidiy fikrlash
ko’nikmasiga ega bo’lishi lozim. Mazkur ko’nikma insonlarni nafaqat zararli axborotlardan balki
ortiqcha axborotlardan ham himoya qiladi. Chunki ortiqcha axborot ham bir kun kelib zararli
axborotga aylanishi mumkin.
Xulosa internetning zamonaviy yoshlarga ta’sirini ko’rib chiqish va uning muloqot
jarayonida o’rnini aniqlashdan iboratdir. XXI asr axborot texnologiyalari asri hisoblanadi.
Bugungi kun taraqqiyotini jahon axborot tarmog’i yoki internetsiz tasavvur qilish mushkul.
Internetdagi vaqtimizni dasturlarni tomosha qilish, yangi bilimlarni olish, chet tillarini
o’zlashtirish kabi foydali ishlarga sarflashimiz kerak.
REFERENCES
1.
Sh. M. Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson mafaatlarini ta‘minlash-yurt taraqqiyoti va
xalq
farovoligining garovi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul
qilinganligining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma‘ruza. 24-bet.
Toshkent-―O‘zbekiston-2017
2.
Internet tahdidlaridan himoya. Muhammad Amin Yahyo. Toshkent. “Movarounnahr”
nashriyoti 2016 yil.
3.
B.Umarov. Shaxs axborot-psixologik xavfsizligining psixologik imkoniyatlari. Thelight
of islam, 4-son 2019 yil. 4-bet
4.
Abdurazzoqov. N.K. M.Quronov, Mediaogohlik “Ma’rifat” 2012 yil, 7 noyabr № 88
(8529
5.
Umarov.B, Qodirov. U, Karimov.X. Ochiq axborot tizimlarida axborot psixologik
xavfsizlik: darslik. T., 2012.-239. b.)
6.
Nekboyev X. Ta’limda axborot kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish//
Globallashuv jarayonida innovasion pedagogik texnologiya – ta’lim – tarbiya
samaradorligini oshirishning muhim ijtimoiy omili: Respublika ilmiy – amaliy
konferensiyasi. – Qarshi, 2016.
