FORMATION OF CONCEPTS OF INFORMATION- PSYCHOLOGICAL SECURITY AS A SOCIAL PROBLEM

HAC
Google Scholar
To share
Rajabov, O. (2024). FORMATION OF CONCEPTS OF INFORMATION- PSYCHOLOGICAL SECURITY AS A SOCIAL PROBLEM. Modern Science and Research, 3(2), 1251–1256. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29677
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article presents and analyzes the history of the information-psychological security problem that arose historically with the formation of any state and social, political, economic interests in society and their expression in the ideological sphere, as well as current modern information attacks. Because of this, together with stability and development, informational-psychological risks and moral threats of a certain nature appear. This article explains the concept of information security and its essence.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1251

AXBOROT- PSIXOLOGIK XAVFSIZLIK TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH

IJTIMOIY MUAMMO SIFATIDA

Rajabov Otamurod Rayimberdi o‘g‘li

Guliston davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10724662

Anontatsiya.

Mazkur maqolada Axborot-psixologik xavfsizlik muammosi tarixan har

qanday davlatning shakllanishi va jamiyatda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy manfaatlar va ularning
mafkuraviy sohada ifodalanishi bilan vujudga kelganligi tarixi hamda hozirgi zamonaviy axborot
xurujlari to’g’risida manbalar keltirilgan hamda tahlil etilgan. Zotan, shu orqali barqarorlik,
rivojlanish bilan birga muayyan xarakterdagi informatsion-psixologik xavf-xatar, ma’naviy
tahdidlar ham paydo bo‘ladi. Mazkur maqolada axborot xavfsizligi tushunchasi, uning mazmun-
mohiyati yoritib berilgan.

Kalit so’zlar:

axborot, psixologiya, tahdid, xavfsizlik, inqilob, yoshlar, ta’lim, tarmoq,

tizim, ma’naviyat, jamiyat, ong, tushuncha, tarix.

FORMATION OF CONCEPTS OF INFORMATION- PSYCHOLOGICAL

SECURITY AS A SOCIAL PROBLEM

Abstract.

This article presents and analyzes the history of the information-psychological

security problem that arose historically with the formation of any state and social, political,
economic interests in society and their expression in the ideological sphere, as well as current
modern information attacks. Because of this, together with stability and development,
informational-psychological risks and moral threats of a certain nature appear. This article
explains the concept of information security and its essence.

Keywords:

information, psychology, threat, security, revolution, youth, education,

network, system, spirituality, society, consciousness, understanding, history.

ФОРМИРОВАНИЕ ПРЕДСТАВЛЕНИЙ ОБ ИНФОРМАЦИОННО-

ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ БЕЗОПАСНОСТИ КАК СОЦИАЛЬНОЙ ПРОБЛЕМЕ

Аннотация.

В статье представлена и проанализирована история проблемы

информационно-психологической

безопасности,

возникшей

исторически

при

формировании каких-либо государственных и социальных, политических, экономических
интересов в обществе и их выражение в идеологической сфере, а также современные
современные информационные атаки. В силу этого наряду со стабильностью и развитием
появляются информационно-психологические риски и моральные угрозы определенного
характера. В данной статье объясняется понятие информационной безопасности и ее
суть.

Ключевые слова:

информация, психология, угроза, безопасность, революция,

молодежь, образование, сеть, система, духовность, общество, сознание, понимание,
история.


Dunyo yagona axborot makoniga aylangan hozirgi davrda g‘oyalar kurashi kun sayin turli

ko‘rinishlarda avj olmoqda. Ma’lumki, har bir gazeta-jurnal, radio, televidenie, internet
jamoatchilik ongiga turli darajada psixologik ta’sir etish qudratiga ega. Aytaylik, gazetalarda
fikrlar yozma ravishda, kezi kelganda rasmlar vositasida yеtkaziladi. Matbuotda berilgan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1252

axborotni qayta-qayta o‘qish va undan manba sifatida foydalanish ham mumkin. Bosma
nashrlarning afzalliklaridan biri shunda. Axborot tushunchasi bugungi kunda global ahamiyat kasb
etmoqda. Chunki u tafakkurimizga turli yo‘nalishlarda ta‘sir o‘tkazuvchi, hayot va undagi minglab
taqdirlarni u yoki bu tomonga burib yuboruvchi, goh salbiy, goh ijobiy mohiyat kasb etuvchi
qudratli qurolga aylandi. Umuman olganda, axborot – moddiy dunyoning organizmda yoki
organizmlar jamoasida aks etgan hamda ular tomonidan atrof-muhit o‘zgarishlariga moslashish
uchun foydalaniladigan moddiy dunyo obyektlarining aksidir [1].

Aslini olganda, axborot tushunchasi dunyoqarashni ifodalovchi barcha bilimlar sohasida

qadimdan mavjud bo‘lgan. Yalpi axborotlashtirilgan global tizimning dunyoga kelishi millatlar,
xalqlar va butun insoniyat taqdirini bir-biriga chambarchas bog‘ladi. O‘z navbatida, axborot olish,
uni ishlash, saqlash va tarqatish texnologiyasining tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajadagi
taraqqiyoti bugun jiddiy tashvish tug‘dirayotganini ham alohida ta’kidlash joiz.

Zero, eng so‘nggi avlod kompyuterlari har soniyada ikki milliardgacha vazifani bajara

oladi. Axborot texnologiyasining ana shunday mo‘jizasi tufayli kishi yеr yuzining xohlagan
nuqtasidagi odam bilan soniyalar ichida aloqa o‘rnatishi, o‘zini qiziqtirgan savollarga bir zumda
javob topishi mumkin. Ana shu holatning o‘zi inson faoliyatini, tafakkur tarzini, axloqiyu
meyorlarini, olamga munosabatlarini, yaxlit olganda yangi yuz yillikdagi insoniyat hayoti va
taqdirini ifoda etadi.

Boshqacha qilib aytganda, XXI asr sivilizatsiyasi axborot huruji, axborot-psixologik urushi

qiyofasida o‘zini namoyon etmoqda. Har bir fuqaro o‘z shaxsiy nuqtai nazari, qarashlari,
ma‘naviy-ma‘rifiy, axloqiyruhiy imkoniyatlari doirasidagina faoliyat ko‘rsatadi. O‘z olami
hududida yashaydi va tashqi olamga o‘z aqli doirasida munosabat bildiradi. Har bir individ
mustaqil inson sifatida tabiiy-biologik kamolotidan va ruhiy ehtiyojidan kelib chiqib, o‘ziga mos
axborotni qabul qiladi, tahlil etadi. Mushohada va tahlillar asosida shaxsiy xulosasiga ega bo‘ladi.

Natijada mazkur shaxs u yoki bu tarzdagi nuqtai nazarini shakllantiradi [3].
Demak, har qanday axborotning mazmuni, mohiyati, ta’sir etish darajasi, jamiyatga

foydali yoki zararliligi, kishini ezgulikka yoki yovuzlikka da’vat etishi bilan shaxs, jamiyat, davlat
mutanosibligiga ijobiy yoki salbiy ta‘sir etadi. Ana shu jihatdan qaraganda, milliy manfaatlarni
asrash va rivojlantirishda informatsion-psixologik xavfsizlikni ta‘minlashning roli yana ham
oshadi.

Axborot-psixologik xavfsizlik, avvalo, bevosita inson ruhiyatiga ta‘sir o‘tkazish orqali uni

o‘z aqidalaridan, e‘tiqodidan ayiradigan buzg‘unchi g‘oyalardan asrashdir. Bundan kelib chiqib
shuni aytish mumkinki, informatsion-psixologik xavfsizligiga ehtiyoj, eng avvalo, bevosita inson
va jamiyat, inson va davlat, shaxs va uning daxlsizligi, millat va milliy qadriyatlar, urf-odatlar,
an‘analar, tarixiy va madaniy meros, avlodlarga ta‘sir etuvchi buzg‘unchi g‘oyalar va tajovuzkor
mafkuralarning mavjudligidan kelib chiqadi.

Qolaversa, axborot-psixologik xavfsizlikka rioya qilinmasa, uning ta‘sirchan choralari

ko‘rilmasa, destruktiv g‘oyalar milliy xavsizlikka putur еtkazishi mumkin. Tig‘iz axborotlashgan
jamiyatda axborot orqali zamonaviy ruhiy ta‘sir texnologiyalarining tobora rivojlanib borayotgani
shaxs va jamiyat tafakkurining shakllanishiga u yoki bu tarzda kuchli ta‘sir o‘tkazadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1253

Shuni aytish joizki, axborot-psixologik ta’sir asosan OAV, xususan, radioeshittirishlar

orqali ko‘proq amalga oshiriladi. Buzg‘unchi g‘oyalarga ega ayrim kimsalar OAVning ana shu
kuchidan g‘arazli maqsadlari yo‘lida ustomonlik bilan foydalanishga harakat qiladilar.

Internetning salbiy jihatlari: xohlagan odam istalgan axboroti bilan virtual maydonga

to‘siqsiz kirishi mumkin. Bunda birinchi galda, nazorat yo‘qligidan foydalanib qoladigan
buzg‘unchilar ko‘payadi. Natijada internet buzg‘unchilik, qo‘poruvchilik g‘oyalarini,
pornografiya va boshqa illatlarni targ‘ib qiluvchi “makon”ga aylanib qolishi mumkin. OAV
sifatida internetning ijobiy va salbiy tomonlari talaygina. Unda avvalo axborot tayyorlash va
tarqatilishi arzon, davlat chegaralaridan bemalol o‘tib ketaveradi. Internet orqali amalga
oshiriladigan axborot xurujlarining oldini olish juda mushkul. [5]

Shundan foydalangan ayrim kimsalar g‘arazli maqsadlarini internet orqali amalga oshirishi

ommaviy tus olmoqda. Ular har tomonlama ma’naviy tahdid qilishga urinmoqdalar.

Hozirda axborot tarqatish jarayoni butun insoniyatni qamrab olmoqda. XX asrning so`ngi

yillariga kelib xalqaro miqyosda kompyutaer tarmog`i – internet tizimining vujudga kelishi va shu
bilan birga butun dunyoni qamrab olishi, axborot almashinuvi jarayonlarining tezlashib borishi bir
tarafdan biz uchun katta qulayliklar tug`dirsa ikkinchi tarafdan esa misli ko`rilmagan g`oyaviy
ta`sir o`tkazish ko`lamining kengayib borishi bo`lib qolmoqda. Internet insoniyatning muhim bir
yutuqlaridan bo`lib, axborot va kommunikatsiya jarayonlarini ham misli ko`rilmagan darajada
tezlashtirdi. Isnsonlar uchun qulayliklar yaratdi. Misol tariqasida, AQSH va Yevropada internet
tarmog`i orqali amalga oshiriladigan bozor munosabatlari, amalga oshirilayotgan savdo-sotiq
aylanmasining umumiy hajmi 5 trilliondan dollordan oshib ketgani buning yaqqol isbotidir. Bunga
ko`ra esa 2002 yilda ishlatilgan dollorning yarmi internet tarmog`i orqali ishlatilgan.

IDS taxlilchilarining ma’lumotiga ko`ra, hozirda еr yuzining to`rtdan bir qismidan iborat

1.4 milliard kishi internet tarmog`idan muntazam ravishda foydalanadi. Hamda yaqin 8 yillikda
bu ko`rsatkich 2 milliarddan oshib ketishi kutilmoqda. Hozirgi kunga kelib internet tarmog`idan
foydalanuvchi insonlarning 90 foizi rivojlangan davlatlarga to`g`ri keladi. Dunyoning qolgan
aholisi esa shu kichik doiraning mafkuraviy tasirida hayot kechirishadi. Hozirda eng qulay va tez
kuchli mafkuraviy ta’sir ko`rsatish vositasi bo`lgan internet tizimi o`ta jiddiy muommolarni
keltirib chiqarmoqda. Bu tizim bo`yicha qo`poruvchilik, g`oyalarini “eksport” qilish, odamlar
ongini zaxarlash maqsadida foydalanish esa mafkuraviy kurashni yanada keskinlashtirib
kelmoqda. Odamlarni elektron xurujlar kiberterrorizm qarshisida chorasiz qilib qo`yadi. Yirik
terrorchi guruhlarning internet tizimida olib borayotgan qo`poruvchilik harakatlari insoniyatni
juda ko`p tashvishlarga solib qo`ymoqda. Chunki cheksiz, bepayon internetning olamida ularning
bu harakatlarini toppish va ularning ildizini toppish o`ta mushkul ishdir. Shu tariqa axborot yovuz
kuchlar – uyushgan jinoyatchilik, jahon terrorizmi qo`lida havfli bo`lgan qurollarga aylanmoqda.

Axborot vositasida psixologik ta’sir ko‘rsatish o‘z mafkurasiga ega bo‘lib, aniq bir

ob’yektga yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. Ob’yekt sifatida, alohida inson, jamoa (guruh,
millat, xalq), davlat tanlanishi mumkin. Ta’sir o‘tkazish maqsadi nuqtai nazaridan axborot
vositasida psixologik ta’sir ko‘rsatish ikki guruhga ajratiladi. Har bir guruh vazifasi va maqsadi
jihatidan emas,
balki xarakteri, manfaati, maqsadi va yo‘naltirilganligi jihatidan axborot vositasida
ichki psixologik ta’sir ko‘rsatish va axborot vositasida tashqi psixologik ta’sir ko‘rsatishga
ajratiladi. Axborot vositasida ichki psixologik ta’sir ko‘rsatish. Davlat strategiyasini amalga


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1254

oshirish uchun, jamiyat a’zolariga muhim bo‘lgan tasavvur va ustanovkalarni shakllantirish
maqsadida,
ijtimoiy faollikni amalga oshirish maqsadida olib boriladi. Axborot vositasida tashqi
psixologik ta’sir ko‘rsatish. Davlatning tashqi siyosat konsepsiyasi asosida olib borilib, xalqaro
siyosiy maydonda mamlakatning imijini ko‘tarishga, turli darajalarda xalqaro hamkorlikni amalga
oshirish uchun zamin yaratishga qaratilgan bo‘ladi.

Axborotning psixologik xavfsizligi tushunchasi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

birinchidan, axborotning psixologik xavfsizligi deganda, individual, guruhiy (jamoaviy) va
ommaviy tarzda inson psixologiyasiga, aniqrog‘i insonni hissiy–irodaviy, aqliy, ehtiyojlari kabi
sohalariga, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy sohalariga, davlatning ichki yoki
tashqi faoliyatiga taalluqli bo‘lgan axborotni destruktiv, ya’ni salbiy mazmundagi xossalardan
(ta’sir etuvchilardan) himoyalanganlik holatini tushunish lozim.

Ikkinchidan, axborotning psixologik xavfsizligi – bu bevosita inson ruhiyatiga ta’sir

o‘tkazish orqali uni o‘z aqidalaridan, ideallaridan, muqaddas e’tiqodidan ayiradigan buzg‘unchi
g‘oyalardan asrash uchun amalga oshiriladigan faoliyatdir.

Demak, axborotning psixologik xavfsizligini ta’minlashga avvalo inson va uning

daxlsizligi, millat va milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analar, tarixiy va madaniy meros, avlodlar
vorisiyligi, millatning istiqboli bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlarga qarshi yo‘naltirilgan tarkibida
buzg‘unchi g‘oyalar va tajovuzkor mafkuralarni mujassam etgan axborotni zararlantirish uchun
amalga oshiriladigan harakatdir.

Uchinchidan, axborotning psixologik xavfsizligini ta’minlash shaxs, jamiyat va davlat

darajasida ta’minlanib, bunda milliy manfaatlarni himoyasini ta’minlash birlamchi asos
hisoblanib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vosita hisoblanadi.

To‘rtinchidan, axborot-psixologik xavfsizlik va axborotning psixologik xavfsizligi

semantik jihatdan farqlanib, axborot-psixologik xavfsizlik texnik jihat, aniqrog‘i dasturiy
vositalar yordamida axborotni jamlash, saqlash, saralash, uzatish jarayonida uni chiqib
ketmasligini ta’minlashni nazarda tutadi.

Axborotning psixologik xavfsizligi deganda mutaxassis tomonidan axborotning tarkibida

salbiy xulq namunasini ifodalashga chorlovchi (da’vat etuvchi) tarkiblarni zararlantirish natijasida
vujudga kelgan ijtimoiy-psixologik holat tushuniladi.

Axbort hujumining quyidagi turlari mavjud:

-

Radioelektron hujum;

-

Psixologik hujum;

-

Xakerlik hujum;

-

Kibernetik hujum.
Radioelektron hujum – bu raqib tomon kompyuter tarmoqlari va tizimlarining faoliyatiga

shikast yetkazish yo‘li bilan axborotlarni ishlab chiqish, jamlash, saralash va ishlov berish hamda
uzatishiga to‘sqinlik qilishdir.

Xakerlar tomonidan olib boriladigan axborot xuruji – turli mavzudagi yopiq axborotlarni

qo‘lga kiritish maqsadida kompyuter tizimlarini buzib, undagi axborotlarni o‘g‘irlab sotish yoki
boshqa bir maqsadda foydalanish uchun amalga oshiriladigan harakat.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1255

Kibernetik hujum – bu virtual maydonda imitatsiya modellaridan foydalangan holda olib

boriladigan to‘qnashuv turi hissoblanib, biron bir ob’yektning nusxasi tayyorlanib, unga hujum
uyushtiriladi va uning o‘z konsepsiyasi mavjud.

Psixologik hujum – bu odamlarni dunyoqarashi, fikri, motivlari, xulqi stereotiplari,

ustanovkalari, qadriyatlarini o‘zi hoxlagan tomonga yo‘naltirishning usuli hisoblanib, hujum
uyushtirilayotgan tomon “tuzgan” reja va maqsadlari asosida faoliyat yuritishni ta’minlashga
erishish uchun olib boriladi.

Ma’lumotlarga qaraganda axborot taxdidini uyushtirish ustida 120 ga yaqin davlat

“hamjihatlilik” bilan ish olib bormoqdalar. Bundan kelib chiqadiki yagona axborot makonini
yaratish va undan axborot taxdidi yo`lida foydalanish shu darajaga еtdiki, axborot maydonidagi
yuz berayotgan xurujlar yadro poligonlaridan ko`ra, xavfliroq bo`lib qolmoqda. Hozirgi kunga
kelib 20 dan ziyod davlatlarda yadro qurolini ishlab chiqarish borasida sa’yxarakatlar davom
etayotgan pallada, axborot taxdidi bilan 120 dan ziyod davlatlarning jiddiy shug`ullanishi dunyoni
yadro urushidan ko`ra axborot xuruji talvasaga solayotganidan dalolat beradi.

Ayni vaqda kelib axborot xurujining yana bir yangi ko`rinishi odob-ahloq vas harm-hayo

kabi qadryatlarga tajovuz kabi qaratilgan jarayonlarda namoyon bo`lib kelmoqda. Mafkuraviy
jarayonlarning globallashib borishida madaniy omilning ham o`rni bor. Ayniqsa, xalqlar o`rtasida
madaniy hamkorlik va ayirboshlashlar jarayonida bir milliy madaniyatdagi ba’zi yo`nalishlar
boshqa xalqlarning madaniy hayotga ham singib boradi. Bu hol globallashuvning ko`rinishlaridan
biri bo`lib, mafkuraviy hayotning o`zgarib borishiga ta`sir ko`rsatishi mumkin.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, dunyo axborot makonida axborot-psixologik xavfsizlikni

ta’minlash eng avvalo mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bu sa’y-harakatlar o‘z navbatida kelajagimiz bo‘lmish yosh avlod ongini yot g‘oyalardan himoya
etishga, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish hamda Vatanga sadoqat ruhida
kamolga еtkazishda ham muhim omil hisoblanadi.

O‘zbekiston sharoitida axborot almashish jarayoni xavfsizligini ta’minlash uchun

o‘ylaymizki, axborot hurujlari sharoitida quyidagi vositalarga alohida e‘tibor qaratish kerak: ya‘ni
axborotlashtirish vositalari faoliyatini, milliy o‘zligimiz va manfaatlarimizga zamonaviy usullar
orqali muvofiqlashtirish; shaxs axborot xavfsizligiga qarshi barcha zamonaviy vositalardan
foydalanish; ichki va tashqi siyosatda ro‘y berayotgan voqealarni yoritishda yangicha
yondashuvlarni qo‘llash; O‘zbekistonning xalqaro aloqalarini tahlil qilish borasida tizimli
yondashuvlarni ishlab chiqish, islohotlarning axborot ta‘minotini ta‘minlash ishida matbuot va
elektron ommaviy axborot vositalari harakatini birlashtirishga alohida e‘tibor qaratish, barcha
axboriy ta‘sirlar doirasini nazoratga olish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

REFERENCES

1.

Abduazimov O. Ommaviy axborot vositalari – fuqarolik jamiyatini barpo etish omili. –
Toshkent: Akademiya, 2008 98 b.

2.

Kenjaboyev A.T. Axborotlashtirish milliy tizimini shakllantirish muammolari. – Toshkent:
Ibn-Sino, 2004. – 252 b.

3.

Yoqubova M. Axborot texnologiyalarining falsafiy asoslari. /Uslubiy qo‘llanma. Toshkent:
Star – Poligraf. 2008


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1256

4.

R. Entoni. A. Elliot. Епоха пропаганды: Механизмы убеждения, повседневное
исползование и злоупотребление. M.: Evrika, 2001 y.

5.

Mo‘minov F.A. Ommaviy axborot vositalari va axborot qarama-qarshiligi. /O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi joriy arxivi, 2006

References

Abduazimov O. Ommaviy axborot vositalari – fuqarolik jamiyatini barpo etish omili. –Toshkent: Akademiya, 2008 98 b.

Kenjaboyev A.T. Axborotlashtirish milliy tizimini shakllantirish muammolari. – Toshkent: Ibn-Sino, 2004. – 252 b.

Yoqubova M. Axborot texnologiyalarining falsafiy asoslari. /Uslubiy qo‘llanma. Toshkent: Star – Poligraf. 2008

R. Entoni. A. Elliot. Епоха пропаганды: Механизмы убеждения, повседневное исползование и злоупотребление. M.: Evrika, 2001 y.

Mo‘minov F.A. Ommaviy axborot vositalari va axborot qarama-qarshiligi. /O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi joriy arxivi, 2006

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов