SOLIQ SIYOSATI VA UNING ASOSIY YO`NALISHLARI, SOLIQ TIZIMI MUAMMOLARI

Annotasiya

Ushbu maqolada soliqning asosiy yo`nalishlari va turlari, soliq siyosati, soliq tizimidagi kamchiliklar va muammolar haqida fikr yuritilgan

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Eshpo‘latov , A. (2024). SOLIQ SIYOSATI VA UNING ASOSIY YO`NALISHLARI, SOLIQ TIZIMI MUAMMOLARI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(5), 1061–1067. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/33307
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada soliqning asosiy yo`nalishlari va turlari, soliq siyosati, soliq tizimidagi kamchiliklar va muammolar haqida fikr yuritilgan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1061

SOLIQ SIYOSATI VA UNING ASOSIY YO`NALISHLARI, SOLIQ TIZIMI

MUAMMOLARI

Eshpo‘latov Abdumalik Ulug‘bek o‘g‘li

Osiyo Xalqaro Universiteti magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11286592

Annotatsiya.

Ushbu maqolada soliqning asosiy yo`nalishlari va turlari, soliq siyosati,

soliq tizimidagi kamchiliklar va muammolar haqida fikr yuritilgan

Kalit so`zlar:

soliq siyosati, soliq muammolari, soliq yo`nalishlari, soliq turlari.

TAX POLICY AND ITS MAIN DIRECTIONS, TAX SYSTEM PROBLEMS

Abstract.

This article discusses the main directions and types of taxes, tax policy,

shortcomings and problems in the tax system

Key words:

tax policy, tax problems, tax directions, tax types.

НАЛОГОВАЯ ПОЛИТИКА И ЕЕ ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ, ПРОБЛЕМЫ

НАЛОГОВОЙ СИСТЕМЫ

Аннотация.

В статье рассматриваются основные направления и виды

налогообложения, налоговая политика, недостатки и проблемы налоговой системы.

Ключевые слова:

налоговая политика, налоговые проблемы, налоговые направления,

виды налогов.

Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti bir tomondan uning ichki mexanizmiga bog`liq bo`lsa,

ikkinchi tomondan boshqaruvning xarakteriga, ijtimoiy-siyosiy holatga, muvozanatga bog`liq
bo`ladi.

Mazkur jarayonda ijtimoiy siyosat alohida rol o`ynaydi. Ijtimoiy siyosat o`z navbatida

ichki va tashqi madaniy-ma`rifiy, siyosiy, iqtisodiy siyosat kabilarga bo`linadi. Iqtisodiy siyosat
ham o`z navbatida moliya, pul-kredit, byudjet, soliq siyosati kabi turlarda amal qilib, ularni
yaxlitligi makroiqtisodiy darajada qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari
faoliyatlarining asosiy ajralmas qismiga aylanadi.

Shu o`rinda soliq siyosatining mazmuniga to`xtalib o`tadigan bo`lsak, yuqorida qayd

etilganidek, soliq siyosati - bu iqtisodiy siyosatning ajralmas bir qismi bo`lib, davlatning muayyan
davrda aniq maqsadlarga qaratilgan soliq sohasidagi faoliyatidir. U tarkiban soliqlarni joriy etish,
soliqqa oid huquqiy baza yaratish, joriy etilgan soliqlar va soliqsiz to`lovlarni amaliyotda ishlash
mexanizmini shakllantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlatning tegishli vakolatli
organlari tomonidan kompleks tarzda olib boriladigan chora-tadbirlar yig`indisidir.

Mamlakat soliq tizimi xususiyatlari, yo`nalishlari, qanday soliqlarning joriy etilishi, ular

o`rtasidagi nisbatni ta`minlash kabi masalalarni soliq siyosati belgilab beradi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli kuchayib, o`z oldiga qo`yilgan maqsad
va vazifalarni amalga oshirishda soliq siyosati muhim vosita bo`lib xizmat qiladi. Soliq siyosati
amalda davlat boshqaruvining boshqa unsurlari: pul-kredit siyosati, baho siyosati kabilar bilan
birgalikda mamlakatning barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalariga faol ta`sir etadi.

Davlat soliq siyosati orqali iqtisodiy rivojlanishni rag`batlantiradi yoki cheklaydi. Zero

birinchi Prezident I.A. Karimov ta`kidlaganidek - ―Soliq siyosatining vazifasi - bir tomondan,
byudjet daromadining barqaror safarbarligini ta`minlashdan, ikkinchi tomondan - korxonalarni


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1062

respublika uchun zarur bo`lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko`paytirishga rag`batlantirishdan
iborat.

Soliq siyosatining asosiy vazifasi oxir- oqibat iqtisodiy o`sishni ta`minlashga qaratilishi

lozim. Aynan iqtisodiy o`sishga erishilgandagina ishlab chiqarish rivojlanishiga va uning
samaradorligini ta`minlashga, aholining yashash darajasini oshishiga xizmat qiladi. Shu boisdan
soliq tizimi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda doimo
takomillashtirilib borilishi lozim.

Soliq siyosati davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning bilvosita usuli hisoblanib,

yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatini tartibga solishning ma`muriy usullaridan farqli ravishda
ularning iqtisodiy qiziqishidan kelib chiqqan holda ular faoliyatiga ta`sir ko`rsatiladi. Shuning
uchun ham bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq siyosati iqtisodiyotni tartibga solishning bevosita
usullariga qaraganda samarali qo`llaniladi.

Soliq siyosatining shakli va yo`nalishlarining asosi bo`lib, davlatning siyosiy boshqaruvi,

milliy xususiyat va maqsadlar, ma`muriy-hududiy tuzilish, turli mulk shakllari o`rtasidagi o`zaro
munosabatlar kabi qator omillar hisoblanadi. Soliq siyosati iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy
munosabatlarni o`zida mujassam etgan holda soliq tizimi orqali davlat va alohida ijtimoiy
guruhlarning ehtiyojlarini ta`minlash uchun moliyaviy resurslarni qayta taqsimlaydi.

Soliq siyosati davlatning boshqa sohalardagi siyosati kabi soliq mexanizmining samarali

amal qilishi hamda soliq tizimining samaradorligini ta`minlashda muhim ahamiyatga ega bo`lgan
ilmiy asoslangan kontseptsiyasiga ega bo`lishi lozim. Davlat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
yo`nalishlaridan kelib chiqqan holda soliq siyosatining turli usullaridan foydalanadi. Soliq siyosati
iqtisodiy va moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi bo`lganligi bois davlatning iqtisodiy va
moliyaviy siyosatining usul va shakllaridan kelib chiqqan holda namoyon bo`ladi. Soliq
siyosatining quyidagi shakllari mavjud ( 1-chizma)

1-

chizma. Soliq siyosatining shakllari

1

Soliq siyosatining shakllaridan biri yuqori soliqlar bo`lib, ushbu shaklda davlat ko`plab

soliq turlarini va yuqori soliq stavkalarini joriy etadi, soliq imtiyozlarini esa imkon darajasida
qisqartiradi. Bunday soliq siyosati natijasida soliq to`lovchilarda amalda jamiyat iqtisodiy
rivolanishiga hech qanday ishonch qoldirmaydi. Shuning uchun soliq siyosatining ushbu shakli
ham ko`pincha davlatning rivojlanishi shuni taqozo etgan paytlarda, ya`ni urush, iqtisodiy tanglik
sharoitlarida qo`llaniladi.

Soliq siyosatining yana bir shakli iqtisodiy rivojlanishga qaratilgan soliqlar hisoblanib,

davlat bunday soliq siyosati orqali soliqlarning nafaqat fiskalligini, shuning bilan birgalikda soliq
to`lovchilar manfaatlarini ham hisobga oladi. Bunday sharoitda davlat birinchi navbatda o`z

1

https://www.collegesidekick.com/study-docs/1251497

olingan ma`lumotlar naijasida muallif tomnidan tayyorlandi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1063

xarajatlarini, ayniqsa ijtimoiy xarajatlarni qisqartiradi. Bunday siyosatdan ko`zlangan asosiy
maqsad, ushbu soliq siyosati shaklida ifodalanganidek, qulay soliq muhitini yaratish orqali
investitsion faollik rag`batlantiriladi va kapital jamg`arish imkoniyatlari kengaytiriladi. Bunday
soliq siyosati XX asrning 80-yillarida AQShda samarali joriy etildi va ―reyganomikall nomini
oldi.

Soliq siyosatining uchinchi shakli oqilona soliqlar hisoblanib, birinchi va ikkinchi shakllar

o`rtasidagi shakl hisoblanadi. Ushbu soliq siyosatining mohiyati shundan iboratki, yuridik va
jismoniy shaxslarga yuqori soliqlar o`rnatilishi bilan bir vaqtda fuqarolarning ijtimoiy himoyasi
ham kengaytiriladi, davlatning ijtimoiy dasturlari oshiriladi.

O`zbekiston Respublikasi soliq siyosatining asosi Prezidentimiz tomonidan ishlab

chiqilgan va muvaffaqiyatli tarzda amaliyotda o`z aksini topayotgan iqtisodiy rivojlanishning besh
tamoyili hisoblanadi. Soliq siyosati ana shu tamoyillar asosida tashkil etilgan bo`lib, hozirgi paytda
soliq sohasida samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Soliq siyosati soliq
kontseptsiyasidan kelib chiqqan holda amaliyotga tadbiq etiladi.

Soliq kontseptsiyasi - bu soliqlarni yo`nalishlarini aniq ilmiy asoslangan holda amalga

oshirish g`oyalarining yaxlitligidir. Mamlakatimizda soliq kontseptsiyasi ilmiy asosda ishlab
chiqilgan bozor iqtisodiyotiga o`tish kontseptsiyasiga asoslanadi. Agar soliq kontseptsiyasi
qanchalik chuqur ilmiy asosga ega bo`lsa, soliq siyosatining barqarorligi shunchalik mustahkam
ta`minlanadi. O`z navbatida soliq kontseptsiyasi esa soliqlar sohasidagi chuqur ilmiy tadqiqot
ishlari hamda soliq amaliyotida orttirilgan boy tajribalarni o`zaro uyg`unligiga asoslangan
g`oyalarning samaradorligiga bog`liq bo`ladi.

Shuningdek, soliq siyosati barqarorligini ta`minlashda uning strategiyasi va taktikasi ishlab

chiqilishi lozim. Amalga oshirilishi lozim bo`lgan tadbirlar xususiyati va muddatini e`tiborga olib
soliq siyosati: soliq siyosati strategiyasi va soliq siyosati taktikasiga bo`linadi. Soliq siyosatining
amalga oshirish muddatiga ko`ra tasnifini 2-chizma orqali quyidagicha ifodalash mumkin.

Soliq siyosati strategiyasida muayyan uzoqroq muddatga mo`ljallangan soliqqa oid

iqtisodiy munosabatlarni asosiy yo`nalishlari va chora-tadbirlari ifodalanadi. Bu esa o`z navbatida
ilmiy asoslangan soliq kontseptsiyasi bilan bevosita bog`liqdir. Masalan, respublikamizda jamiyat
taraqqiyotining asosiy strategiyasi qilib, ochiq bozor iqtisodiyotiga, erkin fuqarolik jamiyatiga
asoslangan huquqiy, demokratik jamiyat qurish belgilangan. Soliq borasidagi ustuvor strategik
vazifa esa davlat byudjeti va xo`jalik yurituvchi sub`ektlarni soliqqa oid iqtisodiy munosabatlarida
muayyan uyg`unlikni ta`minlovchi soliq tizimini shakllantirish va shunga mos ravishda
takomillashtirib borishdan iboratdir. Yoki boshqacha qilib aytganda, soliq siyosati strategiyasi -
soliq siyosatining uzoq muddatli yo`nalishi bo`lib, ijtimoiy va iqtisodiy strategiya belgilab bergan
ulkan masshtabli vazifalarni kelajakda bajarilishini ta`minlash ko`zda tutilgan soliqqa doir
moliyaviy tadbirlar yig`indisidir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1064

2-chizma. Soliq siyosati tasnifi

2

Soliq siyosati taktikasi esa belgilangan soliq siyosati strategiyasi ijrosini ta`minlovchi, tez-

tez o`zgarib turuvchi sayi-harakatlarni bildiradi, ya`ni qisqa muddatli va kichik masshtabli
moliyaviy chora-tadbirlarni hal qilishga qaratilgan yo`nalishlar majmuasi - soliq siyosati taktikasi
sifatida qaraladi. Soliq siyosati strategiyasi soliq siyosati taktikasiga nisbatan barqaror, ya`ni kam
o`zgaruvchan bo`lib, ularning barchasi bir-biriga bog`liq holda, bir-birini to`ldirib turadi hamda
yaxlit holda soliq siyosatinining mohiyatini tashkil qiladi.

Mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy jarayondan kelib chiqqan holda soliq siyosatining

maqsadlari belgilanadi. Shuningdek, soliq siyosatining maqsadlari jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish darajasi, mamlakat iqtisodiyotini strategik rivojlanish vazifalari, davlatning xalqaro
moliyaviy majburiyatlariga asoslanadi. Shuning uchun ham davlatning soliq siyosati quyidagi
maqsadlarni bajaradi (3- chizma).

Soliq siyosatining iqtisodiy maqsadi iqtisodiy rivojlanish darajasini oshirish, ish faolligini

jonlantirish, xo`jalik faoliyatini rag`batlantirishga qaratiladi. Fiskal maqsadi davlat hokimiyati
organlarining har birini iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishlari uchun zarur bo`lgan
moliyaviy resurslar bilan ta`minlaydi. Ijtimoiy maqsadi esa daromadlarni tartibga solishga
qaratilgan davlat siyosatidan kelib chiqqan holda alohida guruhlar manfaatlari uchun milliy
daromadni qayta taqsimlaydi va tengsizlikni bartaraf qilishni ta`minlashga qaratilgan. Xalqaro
maqsadi boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqlarni mustahkamlash uchun davlatning xalqaro
majburiyatlarini bajarishga xizmat qiladi.

3-chizma. Soliq siyosatining maqsadlari

3

Soliq siyosatining amaldagi ifodasi soliq mexanizmi orqali namoyon bo`ladi. Hozirgi

paytda aynan soliq mexanizmi ko`plab mamlakatlar iqtisodiyotini tartibga solishdagi asosiy vosita
bo`lib xizmat qilmoqda. Soliq mexanizmi mamlakat soliq tizimining tashkiliy jihatlari, huquqiy
me`yorlari va boshqaruv usullarini o`zida mujassam etadi.

Soliq mexanizmining amal qilishi, iqtisodiyotni tartibga solishda soliq elementlarini o`zida

mujassam etgan soliq qonunchiligi asosida namoyon bo`ladi. Davlatning soliq siyosati orqali
iqtisodiyotni tartibga solishi soliq elementlari orqali amalga oshirilib, bunday soliq elementlariga
soliq stavkasi, soliq imtiyozi, soliq bazasi, jarimalar va shu kabilar kiradi. Davlat tomonidan

2

https://www.collegesidekick.com/study-docs/1251497

olingan ma`lumotlar naijasida muallif tomnidan

tayyorlandi

3

https://www.collegesidekick.com/study-docs/1251497

olingan ma`lumotlar naijasida muallif tomnidan

tayyorlandi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1065

iqtisodiyotni tartibga solishda ushbu vositalardan bevosita va bilvosita foydalaniladi. Soliq
siyosatining asosiy tartibga solish vositalarini quyidagicha ifodalash mumkin (4-chizma).

4-chizma. Soliq siyosatini tartibga solish vositalari

4

Soliq siyosatining samarasi ko`p jihatdan uni huquqiy bazasining mustahkamligi bilan

ifodalanadi. Bugungi kunda respublikamiz soliq siyosatining huquqiy asoslari O`zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi, «Davlat soliq
xizmati to`g`risida» gi Qonuni, hukumatning boshqa soliqqa oid qonun, qarorlari, Prezident
Farmonlari va boshqa me`yoriy hujjatlar bilan izohlanadi. Soliq siyosati tarkibiy jihatdan quyidagi
yo`nalishlarda amalga oshiriladi:

-mamlakat miqyosida amal qiluvchi soliqlar va soliqsiz to`lovlarni qonuniy joriy etish;
-amal qilayotgan soliqlarni samarali ishlashini ta`minlovchi mexanizmini shakllantirish va

takomillashtirish, soliqqa oid qonunlar va boshqa me`yoriy

-hujjatlarni takomillashtirib borish;
-soliq siyosatini amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlarni tashkil etish va ularni

ushbu sohadagi vazifalarini belgilash;

-soliqqa tortish tizimini shakllantirishga qaratilgan chuqur ilmiy tadqiqotlarni amalga

oshirish va ularni joriy etishni tashkil etish.

Respublikamizning mustaqillikka yerishishi, o`zining mustaqil soliq tizimini

shakllantirishni ham taqozo etardi. Shundan kelib chiqib mustaqillikning ilk davridan e`tiboran
mustaqil soliq tizimini shakllantirishga qaratilgan islohotlar izchillik bilan amalga oshirila
boshlandi va ushbu islohotlarning samarasi o`laroq hozirgi paytga kelib respublikamizda bir qadar
o`ziga xos bo`lgan soliq tizimi shakllantirildi.

O`ziga xos bo`lgan soliq tizimining shaklantirilishini soliq siyosatining samarasi sifatida

e`tirof etish mumkin. Respublikamiz davlatchilik shaklidan kelib chiqib mamlakatimizda
respublika byudjeti daromadlarini shakllantirishga qaratilgan umumdavlat soliqlari va mahalliy
byudjetlar daromadlarini shakllantirishga qaratilgan mahalliy soliqlar va yig`imlar amal qiladi.
Soliqlarning byudjetlar o`rtasida taqsimlanishi O`zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi bilan
mustahkamlangan bo`lib, unga muvofiq respublikamiz soliq tizimida amal qiladigan har bir soliq
turi u yoki bu byudjetga tushishi qat'iy belgilab qo`yilgan.

Shuningdek Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq ayrim umumdavlat soliqlari

mahalliy byudjetlarga to`liqligicha biriktirilishi yoki ulardan tushumlar respublika va mahalliy

4

https://www.collegesidekick.com/study-docs/1251497

olingan ma`lumotlar naijasida muallif tomnidan tayyorlandi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1066

byudjetlar o`rtasida taqsimlanishi mumkin. Ushbu tizim bir necha yillardan buyon mahalliy
byudjetlar kamomadini bartaraf etish maqsadida amaliyotda samarali qo`llanilib kelinmoqda.

Shu o`rinda yuridik shaxslarni soliqqa tortishning muhim tartiblariga alohida to`xtalib

o`tish zarur. Respublikamiz soliq qonunchiligida hozirgi vaqtda soliqqa tortishning
umumbelgilangan tizimi bilan bir qatorda, soliqqa tortishning alohida tartiblari ham mavjud.

Bu tartiblar quyidagilar uchun ko`zda tutilgan:
-savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari (yalpi daromad solig`i va mol- mulk solig`ini

to`laydilar);

-soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimidan foydalanayotgan kichik tadbirkorlik sub`ektlari

(yalpi tushumidan yoki yalpi daromadidan yagona soliq to`laydilar);

-qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari (yagona yer solig`ini to`laydilar);
-lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni o`tkazishga

ixtisoslashgan yuridik shaxslar (yalpi daromad solig`ini to`laydilar);

-tadbirkorlik faoliyatining alohida turlari bilangina shug`ullanuvchi yuridik shaxslar

(bilyardxonalar, qisqa muddatli avtomobil saqlash joylari, bolalar o`yin avtomatlari qat'iy soliq
to`laydilar).

Yuridik shaxslarni soliqqa tortish tartibidagi o`ziga xoslikni mamlakatimiz soliq tizimining

muhim xususiyati sifatida e`tirof etish lozim. Chunki respublikamiz soliq qonunchiligiga muvofiq
bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim bo`lgan sohalar alohida tartib bo`yicha
soliqqa tortilib kelinmoqda. Shuningdek, mamlakatimiz soliq tizimining muhim xususiyatlari
sifatida soliq to`lovchilarga nisbatan ko`zda tutilgan imtiyozlarni ham qayd etish mumkin.

Jumladan, eksport faoliyatini rag`batlantirishga, xorijiy investitsiyalar kirib kelishini

rag`batlantirishga qaratilgan, aholining ijtimoiy shart-sharoitini hisobga olgan holdagi
imtiyozlarni ularning ifodasi sifatida keltirib o`tish mumkin. Iqtisodiy adabiyotlarda soliq
siyosatining asosiy yo`nalishlari sifatida ikki yo'nalish: korxona va tashkilotlarga nisbatan soliq
siyosati va aholining turli ijtimoiy guruhlari uchun soliq siyosati kabi yo'nalishlarga bo`lib
o`rganiladi.

XULOSA

Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillarida davlat soliq siyosatining asosiy

yo`nalishi bozor munosabatlarini qaror toptirishga qaratilgan qator ilmiy asoslangan soliqlarni
joriy etish va shu orqali mavjud soliq tizimini tubdan qayta tashkil etishdan iborat bo`ldi. Soliq
siyosatining keyingi yo`nalishi esa joriy etilgan soliqlarni samarali amal qilishini ta`minlash
maqsadida soliq munosabatlarini amalga oshiruvchi tegishli muassasalarni tashkil etishga
qaratildi.


REFERENCES

1.

M.komiljonovich. Tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish tizimini takomillashtirish.
Scientific progress volume 3 ǀ issue 3 ǀ 2022

2.

U. To‘lakov, O. Mahmudov soliqqa tortish asoslari. T-2011

3.

Mamatkadirovna, K,G & Tohirova, D,J. (2023). METHOD OF TEACHING ANTONYMS
IN MILITARY SYSTEM. Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development 17,
110-112


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1067

4.

Mamatkadirovna, K, G &Sirayeva ,S,A. (2023) THE STRUCTION OF SYNONYMS IN
UZBEK AND ENGLISH LANGUAGES. Spectrum Journal of Innovation, Reforms and
Development 17, 106-109

5.

Karimova, G. (2020) Some considerations about the process of lexicalization of
grammatical units. Результаты научных исследований в условиях пандемии (COVID-
19) 1 (04), 112-114

Bibliografik manbalar

M.komiljonovich. Tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish tizimini takomillashtirish. Scientific progress volume 3 ǀ issue 3 ǀ 2022

U. To‘lakov, O. Mahmudov soliqqa tortish asoslari. T-2011

Mamatkadirovna, K,G & Tohirova, D,J. (2023). METHOD OF TEACHING ANTONYMS IN MILITARY SYSTEM. Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development 17, 110-112

Mamatkadirovna, K, G &Sirayeva ,S,A. (2023) THE STRUCTION OF SYNONYMS IN UZBEK AND ENGLISH LANGUAGES. Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development 17, 106-109

Karimova, G. (2020) Some considerations about the process of lexicalization of grammatical units. Результаты научных исследований в условиях пандемии (COVID-19) 1 (04), 112-114