Authors

  • Abdumalik Eshpo‘latov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33308

Abstract

Ushbu tezisda kichik biznes va tadbirkorlikning davlat iqtisodiy va siyosiy hayotida tutgan o`rni va yeri haqida bir qancha ma`lumotlar berib o`tilgan.

background image


484

KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNING DAVLAT IQTISODIY SIYOSATI

TIZIMIDA TUTGAN O`RNI

Eshpo‘latov Abdumalik Ulug‘bek o‘g‘li

Osiyo Xalqaro Universiteti magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11304129

Annotatsiya.

Ushbu tezisda kichik biznes va tadbirkorlikning davlat iqtisodiy va siyosiy

hayotida tutgan o`rni va yeri haqida bir qancha ma`lumotlar berib o`tilgan

.

Kalit so`zlar:

kichik biznes, davlat iqtisodiyoti, soliq siyosati, tadbirkorlik faoliyati.

THE ROLE OF SMALL BUSINESS AND ENTREPRENEURSHIP IN THE STATE

ECONOMIC POLICY SYSTEM

Abstract.

In this thesis, some information is given about the place and location of small

business and entrepreneurship in the economic and political life of the state.

Key words:

small business, state economy, tax policy, entrepreneurship.

РОЛЬ МАЛОГО БИЗНЕСА И ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА В СИСТЕМЕ

ГОСУДАРСТВЕННОЙ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ПОЛИТИКИ

Аннотация.

В данной дипломной работе даны некоторые сведения о месте и месте

малого бизнеса и предпринимательства в экономической и политической жизни

государства.

Ключевые слова:

малый бизнес, государственная экономика, налоговая политика,

предпринимательская деятельность.

Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning asosiy omillaridan biri

innovatsiyalardir. Innovatsion texnologiyalar yordamida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

sub`ektlarini chuqur qayta tuzish va ish unumdorligini yanada oshirish mumkin.

Ma`lumki, bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi nafaqat milliy

iqtisodiyotning o`sish sur`atlarini jadallashtirishda, balki bugungi kun uchun dolzarb

hisoblangan aholini ish bilan ta`minlash va turmush darajasini oshirish masalalarini hal etishda

ham etakchi o`rin tutmokda.

Kichik biznesning ixcham va harakatchanligi, bozor konstruksiyasi o`zgarishlari va

iste`molchilar ehtiyojlariga tez moslasha olishi uni jahon moliyaviyiqtisodiy inqirozining

salbiy oqibatlarini bartaraf etish va inqirozdan keyin iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror

rivojlantirish sharoitida yangi ish o`rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirish borasida eng

qulay va maqbul vositaga aylantirmoqda.


background image


485

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini turli mulk shakllariga asoslangan holda, bozor

iqtisodiyoti talablari asosida rivojlantirish hozirgi davrning eng dolzarb masalalaridan biri

bo‘lib hisoblanadi. Erkin raqobat asosida milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va

xususiy tadbirkorlikning roli to‘xtovsiz ortib bormoqda.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor

yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini amalga oshirish sharoitida kichik biznes va

xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyotni yaratish, jamiyatning ijtimoiy barqarorligini asosi

hisoblanuvchi o‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, raqobat muhitini vujudga keltirish va

barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishda muhim omil bo‘lib hisoblanadi.

Respublikamizda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish,

bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora

muhim o‘rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularni

rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktyabrdagi “Tadbirkorlik

faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga

va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar

to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan, eng avvalo, xususiy mulkni huquqiy himoya qilishni

yanada kuchaytirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar

yaratishga va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, YAIMda ushbu sohaning ulushini oshirib

borishga, bandlik muammosini hal qilishga asos bo‘lmoqda .

1

“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni izchil rivojlanib borishini ta’minlash orqali

biz mamlakatimizda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo‘lgan o‘rta

sinfning shakllanishiga va uning tobora mustahkam bo‘lib borishiga erishmoqdamiz.

Shu bois kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda jamiyatimizdagi ijtimoiy

va siyosiy barqarorlikning kafolati va tayanchiga, yurtimizning taraqqiyot yo‘lidan faol

harakatlantiradigan kuchga aylanib bormoqda...kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning

ko‘zga yaqqol tashlanib turgan afzalliklari va katta imkoniyatlari haqida yana ko‘p gapirish

mumkin. Lekin bugungi kunda O‘zbekistonda bu sohada hali ishga solinmagan juda katta

salohiyat va imkoniyatlar mavjud ekanini, dunyodagi taraqqiy topgan davlatlarda kichik biznes

va xususiy tadbirkorlik yalpi ichki mahsulot hajmida yetakchi va hal qiluvchi o‘rinni

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi.


background image


486

egallayotganini inobatga oladigan bo‘lsak, bu yo‘nalishda qiladigan ishlarimiz naqadar ko‘pligi

ayon bo‘ladi”

2

Mamlakatimizda tadbirkorlik jadal rivojlanib borayotgan bo‘lsada, mazkur sohani

yanada rivojlantirish yo‘llarini aniqlash va ustuvor yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha amaliy

tavsiyalarni ishlab chiqish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

Mamlakatimiz uchun bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining tadbirkorlik faoliyati masalalari

yangilik emas. Respublikamiz uchun yangilik iqtisodiyotni bozor qonunlari talablar asosida

shakllantirib, ishlab chiqarishni erkin raqobat muhitida olib borishdir. Tadbirkorlik iqtisodiyot

sub’ektlarining mavjud iqtisodiy, tabiiy, mehnat va intellektual salohiyatlarini oqilona sarflab,

samaraliroq natijalarga erishishi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, u bozor munosabatlari

rivojlanishi oxir-oqibatida iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuchga aylanadi.

Iqtisodiyot aniq raqamlar, hisob-kitoblar bilan birga, odamlar turmush tarzida yuz

berayotgan real o'zgarishlar, natijadorlikni xush ko'radi. Davlat manfaatlarigagina xizmat

qiladigan iqtisodiyot rivojlanishdan to'xtaydi. Oxirgi yillarda Yangi O'zbekistonda amalga

oshirilayotgan tub islohot va yangilanishlar avvalida iqtisodiyotimizdagi miqdor va sifat

o'zgarishlari qamrovini kengaytirish, uning bevosita aholi turmushiga ta'sirini oshirishga e'tibor

qaratilayotgani boisi ham shundan.

Bu boradagi salmoq va natijalar jadal sur'atlarda oshib borayotganiga guvoh

bo'lyapmiz. Aholi daromadlarida o'sish, turmush sharoitida sezilarli o'zgarishlar ko'zga

tashlanmoqda. Statistik ma'lumotlar ham 2016—2020-yillarda yurtimiz odamlarining umumiy

daromadlari 2,6 baravardan ko'proqqa ortganini ko'rsatyapti.

Mazkur yo'nalishda jahon maydonida egallab turgan o'rnimiz ham yil sayin yuqorilab

bormoqda. Xususan, 2021-yil 26-mayda o'tkazilgan Xalqaro reytinglar va indekslar bilan

ishlash bo'yicha Respublika Kengashining navbatdagi yig'ilishida esa Global innovatsion

indeksda O'zbekiston 2015-yilga nisbatan o'z o'rnini 29 pog'onaga yaxshilab, 131 ta mamlakat

orasida 93-o'rinni, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari orasida 4-o'rinni qayd etgani

ta'kidlandi.

3

Bu kabi muvaffaqiyatlarning bosh omillaridan biri — mamlakatimizda olib

borilayotgan samarali iqtisodiy siyosat hamda uning tarkibidan o'rin olgan chora-tadbirlar

yo'nalishlarining to'g'ri shakllantirilgani bilan bog'liq. O'zbekiston taraqqiyotining yangi

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Lex.uz

3

https://yuz.uz/uz/news/kichik-biznes--iqtisodiyotning-qon-tomiri


background image


487

davrida, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish iqtisodiy siyosatning

muhim va samarali yo'nalishlaridan biriga aylandi.

Ma'lumki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jahon mamlakatlari tajribasida o'zining

yuksak natija va muvaffaqiyatlari bilan mustahkam o'rin egallagan bo'lib, aksariyat xalqlarda

uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 60-70 foizni tashkil etadi. Kichik biznesning rivojlanishi

iqtisodiyotdagi jo'shqinlik va samarali raqobat muhiti uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish,

iste'mol sektorini kengaytirish orqali talabni rag'batlantirish, iste'mol bozorini tovar va

xizmatlar bilan to'ldirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, byudjet tushumlarini kengaytirishga

xizmat qiladi. SHunga ko'ra, ko'plab rivojlangan davlatlar kichik biznes faoliyatini har

tomonlama qo'llab-quvvatlashga intiladi.

O'zbekiston mustaqilligining o'tgan yillariga nazar tashlasak, yurtimizda kichik va o'rta

biznes yo'nalishi qo'shni davlatlarga nisabatan sekin rivojlangani, ko'rsatkichlar sezilar-

sezilmas darajada bo'lgani, katta-katta bizneslar ma'lum insonlar qo'lida bo'lib, aholining asosiy

qatlami ularning qo'l ostida ishlaganini ko'ramiz.

Oddiy odamlar uchun tadbirkorlik uddalab bo'lmas mashaqqatdek ko'rinardi. Yuqori

boj to'lovlari, er olish, korxona ochishdagi qator to'siqlar, birovning cho'ntagiga pul

qistirmasang, bitmaydigan ishlar, bir amallab biznesni yo'lga qo'yib olganda ham, har kuni

eshik qoqadigan soliqchilarga dosh berish oson emasdi. Shuning uchunmi, odamlar tadbirkorlik

qilishdan ko'ra, “och qornim, tinch qulog'im” qabilida ish tutishni afzal bilgan.

Xulosa o`rnida shuni ayta olamizki bugun Yangi O'zbekiston iborasini faxr bilan

aytayotganimiz bejiz emas. Boisi, yaqin 4-5 yil oldin ana shu ikki jumla zamirida boshlangan

ulkan islohotlar odamlarning o'z imkoniyatlaridan keng foydalanish, istalgan sohada

yangiliklar yaratishga qo'rqmay qadam tashlash, eng muhimi, mustaqil tadbirkor sifatida o'zini

sinab ko'rish imkoniyatini beryapti.

REFERENCES

1.

M.komiljonovich. Tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish tizimini takomillashtirish.

Scientific progress volume 3 ǀ issue 3 ǀ 2022

2.

U. To‘lakov, O. Mahmudov soliqqa tortish asoslari. T-2011

3.

Mamatkadirovna, K,G & Tohirova, D,J. (2023). METHOD OF TEACHING

ANTONYMS IN MILITARY SYSTEM. Spectrum Journal of Innovation, Reforms and

Development 17, 110-112


background image


488

4.

Mamatkadirovna, K, G &Sirayeva ,S,A. (2023) THE STRUCTION OF SYNONYMS IN

UZBEK AND ENGLISH LANGUAGES. Spectrum Journal of Innovation, Reforms and

Development 17, 106-109

5.

Karimova, G. (2020) Some considerations about the process of lexicalization of

grammatical units. Результаты научных исследований в условиях пандемии (COVID-

19) 1 (04), 112-114

References

M.komiljonovich. Tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish tizimini takomillashtirish. Scientific progress volume 3 ǀ issue 3 ǀ 2022

U. To‘lakov, O. Mahmudov soliqqa tortish asoslari. T-2011

Mamatkadirovna, K,G & Tohirova, D,J. (2023). METHOD OF TEACHING ANTONYMS IN MILITARY SYSTEM. Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development 17, 110-112

Mamatkadirovna, K, G &Sirayeva ,S,A. (2023) THE STRUCTION OF SYNONYMS IN UZBEK AND ENGLISH LANGUAGES. Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development 17, 106-109

Karimova, G. (2020) Some considerations about the process of lexicalization of grammatical units. Результаты научных исследований в условиях пандемии (COVID-19) 1 (04), 112-114