Authors

  • Sardor Elov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33298

Abstract

Maqolada jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatlarini tergovini takomillashtirish masalalarining nazariy va amaliy misollar orqali tahlil qilingan. Tahlillar asosida ushbu jinoyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1244

JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISH

JINOYATLARNING TERGOVINI TAKOMILLASHTIRISH

Elov Sardor Ikromovich

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “Tergov faoliyati”

mutaxassisligi bo‘yicha magistratura tinglovchisi.

Phone: +99833 337-77-70

https://doi.org/10.5281/zenodo.11318470

Annotatsiya.

Maqolada jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish

jinoyatlarini tergovini takomillashtirish masalalarining nazariy va amaliy misollar orqali tahlil
qilingan. Tahlillar asosida ushbu jinoyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif ishlab
chiqilgan.

Kalit so’zlar:

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, jinoyat, jazo, jazoni

yengillashtiruvchi holatlar, huquqni muhofaza qilish organlari, tergov faoliyati, legallashtirish.

LEGALIZING THE PROCEEDS OF CRIMINAL ACTIVITY IMPROVING CRIMINAL

INVESTIGATION

Abstract.

The

article analyzes the problems of improving the investigation of crimes of

money laundering through theoretical and practical examples. Based on the analysis, a proposal
for further improvement of this crime was developed.

Key words:

Criminal Code of the Republic of Uzbekistan, crime,

punishment, mitigating

circumstances, law enforcement agencies, investigative activities, legalization.

ЛЕГАЛИЗАЦИЯ ДОХОДОВ ОТ ПРЕСТУПНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ УГОЛОВНОГО РАССЛЕДОВАНИЯ

Аннотация.

В статье анализируются проблемы совершенствования расследования

преступлений, связанных с отмыванием денег, на теоретических и практических
примерах. На основе анализа было разработано предложение по дальнейшему
совершенствованию данного преступления.

Ключевые слова:

Уголовный кодекс Республики Узбекистан,

преступление,

наказание, смягчающие обстоятельства, правоохранительные органы, следственные
действия, легализация.

KIRISH

Dunyoda iqtisodiy munosabatlar jahonshumullashuvi sharoitida jinoiy faoliyatdan olingan

daromadlarni legallashtirish sohasida kriminallashuv darajasi ortishi, xususan: “kontrabanda”,
“soliq va boj tо‘lovlarini tо‘lashdan bо‘yin tovlash”, “kapitalning xorijga oqimi”, “yashirin
iqtisodiyot” va “korrupsiya” holatlari kо‘payib borishi kuzatilmoqda. Izlanishlar natijalari, dunyo
bо‘yicha har yili 20-25 milliard dollar kapitalning ofshorlarga chiqib ketishi, mamlakatlar soliq va
bojxona qonunchiligidagi nomutanosiblik hisobiga yalpi ichki mahsulotning 2,5 foizi miqdorida
yо‘qotilishi va barcha darajadagi mansabdorlarga berilgan pora miqdori bitimlarning 10
foizgachasini tashkil etishini tasdiqlagan. Kriminologlarning ta’kidlashicha, bu esa jinoiy
faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish uchun imkoniyatlar mavjudligi bilan о‘ziga jalb
etmoqda. Bu о‘z navbatida, ijtimoiy rivojlanishning salbiy omili bо‘lib, uning keng kо‘lamda
yoyilishi davlatning moliyaviy tizimi va iqtisodiy xavfsizligiga haqiqiy tahdiddir. Shu bois, ushbu


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1245

sohadagi jinoyatlarga qarshi jinoiy-huquqiy vositalar orqali kurashish va tergovni
takomillashtirish ayniqsa dolzarb hisoblanadi.

Jahonda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, jinoyatlarning tergovini

takomillashtirish borasida olimlar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan,
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatlarning tergovini takomillashtirish
bо‘yicha ilmiy-tahliliy ishlarni olib borish hozirgi kunda ustuvor vazifa bо‘lib qolmoqda.

Hozirgi kundagi uyushgan jinoyatlar tomonidan odam о‘ldirish, talonchilik, bosqinchilik,

о‘g‘rilik, tovlamachilik kabi an’anaviy usullar bilan bir qatorda, katta daromad olishga qaratilgan
terrorizm, tabiiy boyliklarni sotishdan keladigan daromadlarni о‘zlashtirish, davlat mulklarini
noqonuniy xususiylashtirish, savdo, soliq yoki valyuta sohasidagi jinoyatlarni sodir etmoqda.
Natijada, ularda jinoiy yо‘l bilan olingan daromadlarni turli usullarda legallashtirishga ular zarurat
sezmoqda.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash, soliq sohasidagi

qonunbuzarliklarni aniqlash, barham berish, soliq va majburiy tо‘lovlarni tо‘lashdan bosh tortish,
naqd pul va xorijiy valyuta mablag‘larining noqonuniy aylanishiga, jinoiy daromadlarning asosiy
manbasi bо‘lgan “xufiyona” biznesning shakllanishiga qarshi kurashish bо‘yicha har tomonlama
chora-tadbirlar kо‘rilmoqda.

Asosiy qism.

Uyushgan jinoyatchilik va unga qarshi kurash hozirgi paytda jahon

hamjamiyatini xavotirga solayotgan masalalardan biri sifatida namoyon bо‘lmoqda. Xususan,
umumbashariylashuv jarayoni jadallashgan XXI asrda uyushgan jinoyatchilikning transmilliy fe’l-
atvor kasb etishi bu muammoga yetarli e’tibor berilishini taqozo etmoqda. Jahon ahlini xavotirga
solayotgan va uyushgan jinoyatchilikning rivojlanishiga zamin yaratayotgan transmilliy fe’l-
atvordagi jinoyatlardan biri bu jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish
jinoyatidir[1].

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyati iqtisodiyot sohasidagi eng

muhim ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiladi, davlatning iqtisodiy salohiyatiga putur yetkazadi,
о‘tkazilayotgan islohotlar va iqtisodiy rivojlanishga tо‘sqinlik qiladi. Uning xavfliligi, ushbu
jinoyat asosan uyushgan guruhlar tomonidan sodir etilishi bilan ajralib turadi[2].

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, ya’ni noqonuniy yо‘llar orqali

topilgan mulkni boshqa shaxsga о‘tkazish, о‘zgartirish yoki almashtirish yо‘li bilan kelib
chiqishiga qonuniy shakl berish tushuniladi. Shuningdek, uning asl mohiyatini, jinoiy faoliyat
natijasida olingan daromadlarning joylashgan joyini va manbasini yashirish yoki yashirishga
harakat qilish tushuniladi[3].

Shuningdek, ushbu tushunchalar О‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan

olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in
qurolini tarqatishni moliyalashga qarshi kurash tо‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasida asosiy
tushunchalar alohida keltirilib о‘tgan. Unga kо‘ra,

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar

jinoyat sodir etish natijasida olingan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk, shuningdek bunday
mol-mulkdan foydalanish orqali olingan har qanday foyda yoki naf, xuddi shuningdek tо‘liq yoki
qisman boshqa mol-mulkka aylantirilgan yoxud о‘zgartirilgan yoki qonuniy manbalar hisobidan
olingan mol-mulkka qо‘shilgan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk; jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlar — jinoyat sodir etish natijasida olingan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1246

shuningdek bunday mol-mulkdan foydalanish orqali olingan har qanday foyda yoki naf, xuddi
shuningdek tо‘liq yoki qisman boshqa mol-mulkka aylantirilgan yoxud о‘zgartirilgan yoki
qonuniy manbalar hisobidan olingan mol-mulkka qо‘shilgan pul mablag‘lari va boshqa mol-
mulkdan iborat[4].

Demak, jinoiy yо‘l bilan topilgan daromad jamiyatning iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qiladi

hamda sog‘lom raqobat muhitiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Shu sababli har bir davlat о‘zining milliy
manfaatlarini himoya qilish maqsadida, noqonuniy moliyaviy operatsiyalarga qarshi kurashish
bо‘yicha kompleks chora-tadbirlar hamda jinoiy yо‘l bilan orttirilgan daromadlarni davlat
egaligiga olib qо‘yish mexanizmlarini ishlab chiqish choralarini kо‘radi[5].

F.M. Fazilovning fikricha, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish – pul

mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk jinoiy faoliyat natijasida topilgan bо‘lsa, ularni о‘tkazish,
mulkka aylantirish yoxud almashtirish yо‘li bilan ularning kelib chiqishiga qonuniy tus berishdan,
xuddi shuningdek bunday pul mablag‘larining yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini,
manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, kо‘chirish usulini, pul mablag‘lariga yoki boshqa mol-
mulkka bо‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki ularning kimga qarashliligini yashirishdan yoxud
sir saqlashdan iborat bо‘lgan, jinoyat qonunchiligida jinoyat deb topilgan ijtimoiy xavfli
qilmishdir[6].

Mazkur tushunchadan kelib chiqqan holda jinoiy faoliyatdan olingan noqonuniy “iflos”

pullar yoki daromad deganda, qonunga xilof bitim va qonunga xilof jinoiy xususiyatga ega bо‘lgan
harakat yoki harakatsizlik, ya’ni qonunga xilof faoliyatdan olingan daromadlar tushuniladi.

Pul yuvishning (legallashtirishning) asosiy maqsadi esa pulni "tozalash" orqali jinoyatning

kelib chiqish manbasini yashirish, mumkin bо‘lgan vaziyatga erishish va huquqni muhofaza qilish
organlari yoki soliq organlarining e’tiborini jalb qilmasligi va ularni gо‘yoki qonuniy yо‘l bilan
olinganligiga shubha tug‘dirmasligi kerak. “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirish” tushunchasini chuqur anglash uchun, bizning nazarimizda, ushbu muammo bilan
bog‘liq ikkita savolga javob berish lozim: noqonuniy daromad yoki “harom” pullar deganda nima
tushuniladi? Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni yoki “harom” pullarni legallashtirish
jarayonining tuzilishi va mazmuni nimalardan iborat?

Jinoiy faoliyatdan olingan “harom” pullar yoki daromad deganda, noqonuniy bitim va

noqonuniy jinoiy harakat yoki harakatsizlik orqasida olingan daromadlar tushuniladi. Shunga
kо‘ra, “harom” pullar yoki noqonuniy daromadlarni tadqiqotchilar bir xilda, ya’ni yashirin holda,
qonunga xilof ravishda olingan daromadlar deb sharhlaydilar. Bu о‘rinda “harom” pullar va
daromadlarni “legallashtirish” yoki “yuvish” atamalarining mazmuniga yashirinlik xossasi
kiritiladi. Shunday qilib, “harom” pullar yoki yashirin daromadlar tushunchasiga umumiy
yondashuv tamom bо‘ladi.

Turli mualliflar nuqtayi nazaridan tarkibiga aynan ushbu tushunchalar kiritilishi taqozo

etiladigan xalqaro rasmiy hujjat va tavsiyalar mazmuni jihatidan о‘zaro jiddiy farq qiladi.

BMT tomonidan 1988-yil 19-dekabrda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari va

psixotrop moddalar bilan noqonuniy muomala qilishga qarshi kurash tо‘g‘risida”gi Vena
konvensiyasida[7], nazarimizda, “pullarni legallashtirish” tushunchasini belgilab olishga
birmuncha muhim urinish bо‘lgan. Pullarni legallashtirish deganda, bu yerda huquqbuzarlik
natijasida olingan mulk bilan bog‘liq turli manipulyatsiyalar (nayranglar) tushuniladi. Shunday


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1247

qilib, “harom” pullar yoki noqonuniy daromadlar mulk bilan aynanlashtirildi. Ammo ushbu
muammoni tadqiq etgan barcha olimlar ham bu fikrga qо‘shilavermaydilar. Jumladan S.B.
Chernov yanada torroq yondashuvni taklif etadi. U pullarni legallashtirish deganda, jinoyat
natijasida olingan pul mablag‘larining kelib chiqishi, manbai, mavjudligi, taqsimlanishi, qayta
taqsimlanishi va iste’mol qilinishini yashirish maqsadida bajariladigan har qanday faoliyat yoki
tuziladigan bitimni tushunadi[8].

Bizning fikrimizcha, bu ta’rifda tadqiqotchi quyidagi xatolarga yо‘l qо‘ygan. Birinchidan,

muallif faqat pul mablag‘lari ustida sо‘z yuritmoqda. Ma’lumki, bu nihoyatda tor yondashuv,
chunki legallashtirishda faqat pul mablag‘lari emas, balki boshqa mulklar ham qatnashishi
mumkin.

Ikkinchidan, faqat sodir etilgan jinoyat natijasida olingan pul mablag‘lari xususida gap

boradi. Bunda о‘zga huquqbuzarliklar muammo doirasidan tashqarida qoladi. Bizning fikrimizcha,
bunday yondashuvni qabul qilib bо‘lmaydi. Zero bu holatda yopiq doira vujudga keladi:
legallashtirishni tergov qilish uchun bank yoki tijorat sirini yengib о‘tish zarur, biroq buning uchun
avvalo, legallashtirish fakti bо‘yicha jinoyat ishi qо‘zg‘atish kerak. Ayni vaqtda daromadning
jinoiy ekanligini oldindan bilmay turib, jinoyat ishi qо‘zg‘atishning iloji yо‘q. Agar har qanday
noqonuniy daromad jinoyatdan keladigan bо‘lsa, u holda bu xalqa tutashadi: legallashtirishning
jinoyat ekanligini aniqlash orqali jinoyat ishi qо‘zg‘atish, uni qо‘zg‘atgandan sо‘ng esa bank yoki
tijorat siriga kirish va shu orqali tergov va sud uchun zarur bо‘lgan amaliy harakatlarni о‘tkazishi
mumkin.

Legallashtirish deganda, barcha noqonuniy (jumladan jinoiy) yо‘l bilan olingan

daromadlar, shuningdek quyidagi moddiy boyliklar nazarda tutilishi kerak: Noqonuniy yо‘l bilan
topilgan pul, olingan buyumlar va о‘zga fuqarolik huquqi obyektlari, qimmatbaho qog‘ozlar,
shuningdek amaldagi qonunchilikni buzib olingan mulkiy huquqlar. Moddiy manfaatlar va
ularning har xil turlariga bо‘ladigan tajovuzning davriyligini aniqlashtirish pul mablag‘lari va
о‘zga mulklarning noqonuniy olinishiga qarshi kurash strategiyasini belgilab olishda alohida
ahamiyat kasb etadi.

1990-yil 8-noyabrda Strasburg shahrida qabul qilingan “Jinoiy faoliyatdan olingan

daromadlarni legallashtirishni aniqlash, olib qо‘yish va musodara qilish tо‘g‘risida”gi xalqaro
konvensiyaning 1-moddasida noqonuniy daromad har qanday huquqbuzarlik natijasida olingan
turli kо‘rinishdagi moddiy foyda ekanligi qayd etiladi[9]. Bu foyda har qanday mulk, ya’ni mulkiy
va nomulkiy, kо‘char yoki kо‘chmas mulklar, shuningdek, bunday mulklar yoki ularning muayyan
qismiga egalik huquqidan dalolat beruvchi yuridik hujjatlar yoki qog‘ozlarni о‘z ichiga olishi
mumkin.

Ushbu holatning tahlili shuni kо‘rsatdiki, “daromadlar” atamasi “moddiy manfaatlar va

unga bо‘lgan huquqlar” atamasiga yaqin turadi. Boshqacha aytganda, bu yerda moddiy manfaatlar
va unga bо‘lgan huquqlarni noqonuniy egallash xususida sо‘z yuritiladi. Shunga kо‘ra,
О‘zbekistan Respublikasining Fuqarolik kodeksida foydalanilgan tushunchaga murojaat
qilamiz[10]. Uning fuqarolik huquqlari obyektlari belgilab berilgan 71-moddasida bunday huquq
obyektlariga pul va qimmatbaho qog‘ozlar bilan bir qatorda buyumlar, boshqa ashyolar, mulklar
hamda mulkiy huquqlar, ish va xizmatlar, ixtirolar, sanoat namunalari, fan, adabiyot, san’at
asarlari va intellektual faoliyatning boshqa natijalari, shu jumladan, ularga bо‘lgan mutlaq


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1248

huquqlar, shuningdek, shaxsiy nomulkiy huquqlar hamda boshqa moddiy va nomoddiy boyliklar
kiritiladi.

Shunday qilib, agar nomoddiy manfaatlarni chiqarib tashlaydigan bо‘lsak, fuqarolik

huquqining noqonuniy yо‘l bilan olingan barcha obyektlari “daromadlar” tushunchasi bilan
о‘xshash bо‘lishi mumkin. “Daromadlar” tushunchasidan istisno tarzida fuqarolik qonuniga
tegishli bо‘lgan (О‘zR FKning 97-100-m.) nomoddiy manfaatlarga shaxsning hayoti va sog‘lig‘i,
sha’ni, shaxsiy daxlsizligi, qadr-qimmati va ismi, ishdagi obrо‘yi, shaxsiy va oilaviy siri, erkin
harakatlanishi, yashash joyini tanlash huquqi, ism huquqi, mualliflik huquqi va tug‘ilganidan
boshlab yoki qonunga binoan fuqaroga tegishli bо‘lgan о‘zga nomulkiy va nomoddiy manfaatlarga
bо‘lgan huquqqa ega bо‘lishi kerak.

Qonun chiqaruvchi О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Jinoiy yo‘l bilan

olingan daromadlarni legallashtirish” deb nomlangan 243-moddasini О‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksining 81-moddasi mazmuni bilan qiyoslar ekan, pul va qimmatbaho qog‘ozlar
bilan birga buyumlar, о‘zga mulklar, shu jumladan, mulkiy huquqlar kiradigan daromadlarga
Jinoyat kodeksining 243-moddasida asosli ravishda ishlar, xizmatlar, axborot, shu jumladan,
ularga bо‘lgan mutlaq huquqlarni (intellektual mulkni) kiritadi[11]. Bunga qо‘shimcha qiladigan
bо‘lsak, Fuqarolik kodeksining 182-moddasiga kо‘ra, “Mulk huquqining vujudga kelish asoslari
quyidagilardan iborat: mehnat faoliyati; mol-mulkdan foydalanish sohasidagi tadbirkorlik va
boshqa xо‘jalik faoliyati, shu jumladan mol-mulkni yaratish, kо‘paytirish, bitimlar asosida qо‘lga
kiritish; davlat mol-mulkini xususiylashtirish; meros qilib olish; egalik qilish huquqini vujudga
keltiruvchi muddat; qonunchilikka zid bо‘lmagan boshqa asoslar hisoblanadi”[12].

Bunday yondashuv yetarli asoslangandek tuyuladi. Gap shundaki, fuqarolik huquqida

noqonuniy yo‘l bilan olingan bu kabi obyektlar huquqbuzarga moddiy foyda keltirishi mumkin.
Noqonuniy yo‘l bilan olingan daromadlarga amaldagi qonunlarni buzib olinayotgan har qanday
daromadlarni kiritish zarur. Yuqoridagi fikrlarga suyangan holda “noqonuniy yо‘l bilan olingan
daromadlar” tushunchasini yanada kengroq qilib quyidagicha ta’riflash mumkin. Noqonuniy yо‘l
bilan olingan daromadlarga amaldagi qonunchilikni buzib olingan fuqarolik obyektlari
hisoblangan quyidagi moddiy boyliklarni kiritish lozim: kо‘chmas ashyolar (kо‘chmas mulklar),
kon uchastkalari, ajratib qо‘yilgan suv obyektlari va yer bilan chambarchas bog‘liq bо‘lgan
hamma narsalar, kо‘chirganda zarar yetkazmaslikning iloji bо‘lmagan obyektlar, shu jumladan,
о‘rmonlar, kо‘p yillik о‘simliklar, davlat rо‘yxatida bо‘lgan binolar, inshootlar; havo va dengiz
kemalari, ichki suzishda bо‘lgan kemalar, kosmik obyektlar, shuningdek, boshqa kо‘chmas
mulklar; kо‘char mulklar, ya’ni kо‘chmas mulkka daxldor bо‘lmagan mulklar, shu jumladan pullar
(valyuta); valyuta qimmatliklari, qimmatbaho qog‘ozlar (hujjatlar), amalga oshirish yoki berish
faqat ularni kо‘rsatish bilan mumkin bо‘lgan, mulk huquqining belgilangan shakliga rioya
qilinganligini tasdiqlaydigan va sharti bо‘lgan rekvizitlari qо‘yilgan hujjatlar - obligatsiyalar,
veksellar, cheklar, depozitlar va jamg‘arma sertifikatlari, kо‘rsatiladigan bank jamg‘arma
daftarchalari, konosamentlar, aksiyalar va qimmatbaho qog‘ozlar tо‘g‘risidagi qonunlar yoki ular
tomonidan belgilangan tartiblarda qimmatbaho qog‘ozlar qatoriga kiritilgan hujjatlar va kо‘char
mulklarga bо‘lgan mulkiy huquqlar, xizmatlar, axborot, intellektual faoliyat natijalari (intellektual
mulk), shu jumladan, moddiy foyda keltiradigan ushbu natijalarga bо‘lgan mutlaq huquq.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1249

Noqonuniy yo‘l bilan olingan daromadlar yoki “harom pullar” (bu daromadlarning ramziy

nomi) tushunchasini aniqlab olgandan sо‘ng jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
“legallashtirish” tushunchasiga о‘tish, uning tarkibi va mazmunini belgilab olish zarur. “Jinoiy
faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishni aniqlash, olib kuyish va musodara qilish
tо‘g‘risida”gi xalqaro konvensiyaning 6-moddasiga binoan, “harom» pullarni legallashtirish (yoki
noqonuniy daromadlarni legallashtirish) deganda, qasddan sodir etilgan huquqbuzarlik tushuniladi
va ular quyidagilardan iborat[13]:

1) mulkning noqonuniy faoliyatdan olingan daromad ekanligini bilgan xolda, kelib

chiqishining noqonuniy ekanligini yashirish maqsadida konversiya qilish yoki ko‘chirish yoxud
noqonuniy daromad olishga aralashgan har qanday shaxsga yordam kо‘rsatish, о‘z qilmishining
yuridik oqibatidan qutulishga intilish;

2) mulkka bо‘lgan egalik huquqi yoki u bilan bog‘liq huquqlarni, bu mulklarning

noqonuniy daromadlardan olinganligini bilgan holda uning asl xususiyati, manbai, turgan joyi,
tasarruf etilishi, bir joydan boshqa joyga kо‘chirilishiga doir axborotni yashirish yoki buzib
kо‘rsatish;

3) mulkni olish vaqtida uning noqonuniy daromadlardan ekanligini bila turib, uni olish,

unga egalik qilish yoki undan foydalanish;

4) yuqorida kо‘rsatilgan huquqbuzarlikning birortasini sodir etishda ishtirok etish, sodir

etish yoki sodir etishga suiqasd qilish maqsadida birlashish yoki til biriktirish, kо‘rsatilgan
huquqbuzarliklarni sodir etishda yordam berish, dalolatchilik qilish va maslahat berish.

Mualliflar tomonidan keltirilgan ta’riflarni umumlashtirib, qonun chiqaruvchi О‘zbekiston

Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tо‘g‘risida” gi qonunning 3-
moddasi ikkinchi qismida quyidagi ta’rifni bergan[14]: “

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni

legallashtirish

— pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk jinoiy faoliyat natijasida topilgan bо‘lsa,

ularni о‘tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yо‘li bilan ularning kelib chiqishiga
qonuniy tus berishdan, xuddi shuningdek bunday pul mablag‘larining yoki boshqa mol-mulkning
asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, kо‘chirish usulini, pul mablag‘lariga yoki
boshqa mol-mulkka bо‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki ularning kimga qarashliligini
yashirishdan yoxud sir saqlashdan iborat bо‘lgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmish”.

Shuningdek, О‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 11-fevraldagi

“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar bо‘yicha sud amaliyotining
ayrim masalalari tо‘g‘risida”gi 1-sonli qarorining 3-bandida legallashtirishga “JK 243-
moddasi
mazmuniga kо‘ra, daromadlarni legallashtirish deganda, aybdor tomonidan jinoiy
faoliyatdan olingan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkning kelib chiqishiga ularni о‘tkazish,
mulkka aylantirish yoki almashtirish, shuningdek, ularning asl xususiyatini, manbaini, turgan
joyini, tasarruf etish, kо‘chirish usulini, pul mablag‘lariga yoki boshqa mulkka nisbatan haqiqiy
egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoxud sir saqlash yо‘li bilan qonuniy
tus berilishi tushunilishi lozim”, degan ta’rif berilgan[15].

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish (bundan buyon matnda —

daromadlarni legallashtirish) jamiyat hayotining turli sohalarida uyushgan jinoyatchilik tug‘ilishi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1250

va faoliyat kо‘rsatishi uchun zarur shart-sharoit yaratishi tufayli milliy xavfsizlikka jiddiy tahdid
soladi.

Jinoiy daromadlarni legallashtirish tariqasidagi jinoyat tarkibining zarur elementi bu jinoiy

faoliyat natijasida orttirilgan mulk mavjud bо‘lishidir. Bunday mulk alohida olingan bir shaxs
tomonidan ham, jinoiy uyushma yoki uyushgan guruh tomonidan ham, (JK 29-moddasi tо‘rtinchi
va beshinchi qismlari) qasddan sodir etilgan bir yoki bir necha jinoyat natijasida qо‘lga kiritilgan
bо‘lishi mumkin.

Jinoyat kodeksi 243-moddasi mazmuniga kо‘ra, daromadlarni legallashtirish deganda,

ya’ni mulk (pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyat natijasida topilgan bо‘lsa, uni
о‘tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yо‘li bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus
berish, xuddi shuningdek bunday pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini,
manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, kо‘chirish usulini, pul mablag‘lariga yoki boshqa mol-
mulkka bо‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoxud sir
saqlash tushunilishi lozim. Mulk obyekti sifatida bunday hollarda Fuqarolik kodeksi 169-
moddasida
nazarda tutilgan har qanday mulk bо‘lishi mumkin.

Bunday mulkka qonuniy tus berish pul mablag‘lari yoki boshqa bitimlar amalga oshirishda

ifodalanadi.

Tadqiqotchi Y. Narziyevning fikricha, “Jinoiy daromadlarni legallashtirish bu jinoiy yо‘l

bilan olingan pul mablag‘lari va boshqa mol mulklarga nisbatan mulk huquqini qо‘lga kiritish,
ulardan tadbirkorlik yoki xо‘jalik faoliyatida foydalanish, moliyaviy operatsiyalarni amalga
oshirish, xuddi shuningdek, bunday pul mablag‘lari va boshqa mol-mulklarning asl xususiyatini,
kelib chiqish manbaini, tasarruf etish, kо‘chirish usulini, pul mablag‘lariga yoki boshqa mol-
mulkka bо‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashligini yashirish yoxud sir
saqlash maqsadida sodir etilgan jinoyatdir”[16].

M.X. Rustamboyev esa, “obyektiv tomondan jinoyat jinoiy faoliyatdan olingan

daromadlarni oshkorlashtirishda, ya’ni mulk (pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk) kelib
chiqishiga turli vosita va uslublar bilan qonuniy tus berishda ifodalanadi” deya ta’rif beradi[17].

О‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentning

2021-yil

28-iyundagi

“О‘zbekiston

Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan

daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni

moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish
milliy tizimini rivojlantirish strategiyasi” tо‘g‘risida”gi PF-6252-son Farmoni tasdiqlandi[18].

Quyidagilar Strategiyani amalga oshirishning ustuvor yо‘nalishlari hisoblanadi:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga

va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida milliy
darajada aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirish hamda davlat siyosatini yanada
mustahkamlash;

ushbu sohadagi milliy tizimning xalqaro hujjatlarga muvofiqligini, shuningdek, FATF

standartlari va xalqaro-huquqiy hujjatlarning О‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga
implementatsiya qilinishini ta’minlash;

mazkur sohadagi jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasida davlat organlari faoliyati

samaradorligini yanada oshirish, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq
operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning javobgarligini kuchaytirish;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1251

xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda

tizimli muloqotni yо‘lga qо‘yish;

sohadagi barcha statistik ma’lumotlarning yaxlit tizimini shakllantirish, ma’lumotlarni

tо‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish va ulardan foydalanish hamda axborot almashinuvi
samaradorligini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish;

sohaga jalb qilingan davlat organlari xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish,

shuningdek, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga
oshiruvchi tashkilotlar xodimlarini о‘qitish hamda qayta tayyorlash.

X

ulosa qiladigan bо‘lsak, jinoiy daromadlarni legallashtirishning mohiyatini ochib berish

maqsadida quyidagicha ta’rifi berish mumkin: “

Jinoiy daromadlarni legallashtirish bu jinoiy yо‘l

bilan olingan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulklarga nisbatan mulk huquqini qо‘lga kiritish,
ulardan tadbirkorlik yoki xо‘jalik faoliyatida foydalanish, moliyaviy operatsiyalarni amalga
oshirish, xuddi shuningdek, bunday pul mablag‘lari va boshqa mol-mulklarning asl xususiyatini,
kelib chiqish manbaini, tasarruf etish, kо‘chirish usulini, pul mablag‘lariga yoki boshqa mol-
mulkka bо‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashligini yashirish yoxud sir
saqlash maqsadida sodir etilgan jinoyatdir

”.

Bizga ma’lumki, har bir huquqiy demokratik davlatning asosiy vazifalaridan biri jinoiy

daromadlarni legallashtirish jinoyatiga qarshi kurashishga qaratilgan.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyati jinoiy guruh, jinoiy

uyushma va terrorizmni moliyalashtirish, terrorizm, korrupsiya jinoyatlari va “xufiyona”
iqtisodiyotni rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratishi, kriminal mablag‘ning qonuniy
iqtisodiyotga kirib kelishi, shuningdek, jinoyatchilarga jinoiy yо‘l bilan topilgan daromad-lariga
egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish imkoniyatlarini yaratish orqali ijtimoiy
manfaatlarga tahdid soladi.

Mamlakatimizda jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi qaratilgan kengash

islohotlar olib borilishiga qaramasdan, bu sohada ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bо‘lgan
muammolar mavjud.

Yuqoridagi muammolardan biri jinoiy daromadlarni legallashtirish jinoyat ining

kriminalistik tavsifidir.

Jinoyatning kriminalistik tavsifi atamasi va tushunchasi dastlab о‘tgan asrning 60-yillarida

kiriminalistika faniga kirib kelib, bugungi kunda kriminalistika xususiy nazariyasining muhim
tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi[19].

Jinoyatning kriminalistik tavsifi-hodisaning bо‘lishi mumkin bо‘lgan ehtimolli

informatsion modeli hisoblanib, taxminiy xulosa chiqarish, tergov versiyasini olg‘a surish uchun
asos bо‘ladi. Jinoyat kriminalistik tavsifi о‘ziga xos rolni bajaradi: u bо‘lish ehtimoli mumkin
bо‘lgan hodisaning informatsion modelini yaratish imkonini beradi[20]. Bunday model esa
jinoyatlarni tez ochish, jinoyatlarni oldini olish va tergov qilishning boshqa vazifalarini hal etishda
muhim ahamiyatga ega.

Jinoyat kriminalistik tavsifi tarkibini muayyan elementlar tashkil etib, uning mazmunini

jinoyat huquqiy, jinoyat protsessual, kriminalistik, kriminologik, psixologik, shuningdek
jinoyatning bо‘lishi mumkin bо‘lgan ehtimolli modelini tiklashga qaratilgan boshqa ma’lumotlar


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1252

tashkil etadi. Shu sababli jinoyatning kriminalistik tavsifi jinoyatga nisbatan beriladigan jinoyat-
huquqiy va kriminologik tavsiflardan kо‘ra kengroqdir.

Jinoyat kriminalistik tavsifining elementlari barcha jinoyatlar uchun bir xil bо‘lmay,

jinoyatning tipga oid xususiyatlariga qarab turlicha bо‘ladi.

Kriminalistikaning xususiy nazariyasida jinoyat kriminalistik tavsifi elementlariga

bag‘ishlangan kо‘plab qarashlarni uchratish mumkin. Xususan, jinoyatning kriminalistik tavsifiga
I.F. Panteleyev jinoyatni sodir etishda foydalaniladigan texnik vositalar va ularni olish manbalarini,
ashyoviy dalillarni, jinoyatdagi moddiy izlarning tipga oid tavsifini, ularni topish ehtimoli bо‘lgan
joylarni, tuynuklarni, jinoyatchini niqoblashning boshqacha vositalarini, ularning “kasbiy”
yutuqlari, jinoiy aloqalarining xususiyatlarini, I.A. Vozgrin jabrlanuvchining tipga oid
xususiyatlarini, jinoyat va jinoiy harakatlarning tipga oid oqibatlarini yashirishni, keng tarqalgan
jinoyat motivlari tо‘g‘risidagi umumlashtirilgan ma’lumotlarni, I.F. Gerasimov jinoiy
qilmishning keng tarqalganligini, uni aniqlash va fosh etishning о‘ziga xos jihatlarini, jinoiy
hodisaning tipga oid xususiyatlarini, jinoyat izlarining shakllanish mexanizmlarini kiritishni
taklif etadi.

L.A. Sergeyev “jinoyatning kriminalistik tavsifining tuzilishiga quyidagilarni: sodir etilgan

jinoyatning alohida belgisi va izlari, jinoyatchilarni ifoda etuvchi holatlar va ularning aloqalari,
obyektiv tomondan-vaqti, joyi va jinoyatni sodir etish holati, tajovuz obyekti va sanab о‘tilgan
faktorlarni о‘zaro bog‘liqligini kiritadi.

Ushbu fikrda kriminalistik tavsifning ayrim elementlari aks etmagan, ya’ni jinoyatchi va

jabrlanuvchining shaxsi kabi muhim beligi nazardan chetda qoldirilgan.

Shubhasizki, jinoyat kriminalistik tavsifining umumiy nazariyasidan jinoiy faoliyatdan

olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatining о‘ziga xos kriminalistik tavsifini ishlab chiqishda
foydalanish zarur.

Jinoiy daromadlarni legallashtirishning kriminalistik tavsifi quyidagilardan iborat:
jinoiy tajovuz obyekti;
jinoyatni sodir etish usuli;
jinoyatni sodir etish vaqti, joyi va sharoiti;
izlarni hosil bо‘lish mexanizmi;
motiv va maqsad;
jinoyatchining shaxsi.
Yuqoridagi kriminalistik tavsifning har bir elementiga alohida tо‘xtalib о‘tamiz.
Tajovuz obyekti, ushbu jinoyat bо‘yicha tajovuz obyekti О‘zbekiston Respublikasi JKning

243-moddasida kо‘rsatilgan jinoiy faoliyatdan olingan mulk (pul mablag‘lari va boshqa mol-
mulklar) hisoblanadi.

Pul mablag‘lari deganda, О‘zbekiston Respublikasining pul birligi hisoblangan sо‘m,

valyuta qimmatliklari va qimmatli qog‘ozlar tushuniladi.

Shuni nazarda tutish lozimki, “keng ma’noda”gi pul mablag‘lari tushunchasiga nafaqat о‘zbek

sо‘mi yoki xorijiy davlat valyutasi, balki kibertо‘lov va kibervalyutalarni ham kiritish mumkin.

Kibertо‘lovdan hozirgi kunda asosiy tо‘lov vositalari bо‘lgan valyuta, kredit

kartochkalari, cheklar, debitorlik kartochkalari va naqd pulsiz avtomatlashtirilgan pul
о‘tkazishlarda foydalanilmoqda. Ularni amalga oshirish vaqtida qog‘oz pullarning о‘rnini


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1253

bosuvchi elektron vositalardan–qog‘oz pullarning hamma atributlari va xususiyatlari mavjud
bо‘lgan kiber valyutadan foydalaniladi.

FATFning 1999-yilgi maxsus xizmat organlari faoliyati yakuni bо‘yicha hisobotida huquqni

muhofaza qiluvchi organlar jinoyatchilarning kredit kartochka, “internet tizimi” orqali amalga
oshirilayotgan bank operatsiyalarini yetarli darajada kuzatish imkoniyatiga ega emasligi ta’kidlangan.

Tajovuz

obyektining

muhim

belgisi

legallashtirish

jarayonida

uning

о‘zgaruvchanligidir. Masalan, jinoyat natijasida olingan pul mablag‘lari mol-mulk sotib olishga
ishlatiladi. Fransiyaning interpol byurosida 14 ta ushbu toifadagi jinoyat ishlari tahlil qil inganda
(14 holatdan yettitasida) jinoyatchilar kriminal foydalarini oltinga, san’at asarlariga,
mashinalarga, samolyotlarga sarmoyalagan.

Pul mablag‘larini legal biznesga kiritishda jinoyatchilar darhol “bir о‘q bilan ikki

quyonni uradilar”, nafaqat mulkni legallashtirish, balki qо‘shimcha foyda olishlari ham mumkin.

Tajovuz obyektiga fuqarolik muomalasidan chiqarilgan mol-mulklar kirmaydi, ularni

legallashtirishning imkoniyati yо‘q. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni fuqarolik
muomalasida bо‘lishi taqiqlangan, jumladan о‘q otar qurol, о‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki
portlash qurilmalari, kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalar, radioaktiv materiallar, narkotik
yoki psixotrop moddalar, fuqarolar egaligida bо‘lishi mumkin bо‘lmagan texnik vositalar bilan
almashtirish, bizning fikrimizcha, JKning 243-moddasi predmetini tashkil etmaydi.

I.S. Tumakovning fikricha, shaxs jinoiy daromadlardan maxfiy eshitib turishda

ishlatiladigan maxsus texnik qurilmalarini sotib olishga sarflasa, legallashtirish jinoyati bо‘yicha
jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bо‘lmaydi. Biroq, shaxs maxfiy eshitib turishda
foydalaniladigan maxsus texnik qurilmalarni sotib olish uchun litsenziyaga (boshqa majburiy
belgilarga) ega bо‘lsa, u legallashtirish jinoyati bilan jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab
bо‘ladi.

Bizning fikrimizcha, jinoiy yо‘l bilan olingan pul mablag‘larini fuqarolik muomalasida

bо‘lishi taqiqlangan mol-mulklarni olish uchun о‘tkazish, shuningdek shu maqsadda moliyaviy
operatsiyalarni amalga oshirish bilan jinoiy daromad qonuniy bо‘lib qolmaydi.

Shuni ta’kidlash lozimki, qalbaki pullar, qimmatli qog‘ozlar, qalbaki kredit yoxud hisob-

kitob va boshqa tо‘lov hujjatlari JKning 243-moddasida kо‘rsatilgan jinoyatning predmeti
bо‘lishi mumkin emas.

О‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 11-fevraldagi “Jinoiy

faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar bо‘yicha sud amaliyotining ayrim
masalalari tо‘g‘risida”gi Qarorining 3-bandida jinoyat natijasida orttirilgan mulk obyekti sifatida
Fuqarolik kodeksining 169-moddasida har qanday mulk bо‘lishi nazarda tutilgan.

Biroq, FKning 169-moddasida nazarda tutilgan qator mulk huquqi obyektlari, ya’ni yer

osti boyliklari, suvlar, havo bо‘shlig‘i legallash-tirishning predmeti bо‘la olmaydi. Chunki, bunday
mol-mulklar jinoiy yо‘l bilan qо‘lga kiritilganligi bilan fuqarolik muomalasida bо‘lishi mumkin
emas va shu munosabat bilan ularni legallashtirish imkoniyatlari mavjud emas. Mazkur holatda
Oliy sud jinoiy daromadlarni legallashtirish predmeti doirasini asossiz ravishda kengaytirib
yuborgan.

FKning 3-moddasi ikkinchi bandida boshqa qonunlar va qonun hujjatlaridagi fuqarolik

qonun hujjatlari normalari Fuqarolik kodeksiga mos bо‘lishi shart deb kо‘rsatilgan. Demak,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1254

bizning fikrimizcha, jinoyat va jinoyat-protsessual qonun hujjatlari mulkni FK normalariga zid
ravishda talqin qilishi mumkin emas.

JKning 243-moddasida kо‘rsatilgan boshqa mol-mulk deganda, pul mablag‘laridan

tashqari, fuqarolik muomalasida bо‘lishiga yо‘l qо‘yilgan fuqarolik huquqi obyektiga kiruvchi
barcha kо‘char va kо‘chmas mol-mulklar tushuniladi.

V.A. Nikulina boshqa mol-mulklar tushunchasiga nafaqat aniq mulkiy: kо‘char va

kо‘chmas, balki intellektual mulklarga, intellektual faoliyat natijalari va shu kabi boshqa
mulklarga nisbatan qо‘llanishini lozim”, deb ta’kidlaydi.

“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishni aniqlash, olib qо‘yish va

musodara qilish tо‘g‘risida”gi Strasburg konvensiyasida kо‘rsatilishicha, “mol-mulk deganda
mol-mulkning har qanday turini, ashyoviy yoki ashyoviy bо‘lmagan, kо‘char yoki kо‘chmas,
xuddi shuningdek shunday mol-mulkka nisbatan huquq beruvchi yuridik aktlar yoki hujjatlar
tushuniladi”.

Jinoiy daromadlarni legallashtirish usullari - deb jinoiy yо‘l bilan olingan pul

mablag‘lari va boshqa mol-mulklarga qonuniy tus berishga qaratilgan legallashtirish jinoyatini
sodir etishga tayyorgarlik kо‘rish, sodir etish va izlarni yashirishning kompleks harakatlar,
bosqichlari majmuiga aytiladi.

Jinoyatni sodir etish usuli quyidagilardan tarkib topgan:
a) jinoyatni sodir etishga tayyorgarlik kо‘rish;
b) jinoyatni sodir etish;
v) jinoyat izlarini yashirish.
Jinoiy daromadlarni legallashtirish usullarining turi kо‘p bо‘lganligi bois, hozirgacha tо‘liq

о‘rganilmagan va ochib berilmagan. Hozirgi kunda jahonda jinoiy daromadlarni legallashtirishga
qarshi keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilishiga qaramasdan legallashtirishning yangi usul
va tizimlari “ixtiro” etilmoqda.

A.V. Solovyev jinoiy daromadlarni legallashtirish usullarini modellar, iqtisodiyot

sohalari va jinoyat sodir etilgan joy bо‘yicha bо‘lishni taklif etadi.

Kо‘pgina mualliflar jinoyatni sodir etish usullari sifatida jinoiy daromadlarni

legallashtirish bosqichini ajratib kо‘rsatadi. “...birinchidan, topilgan pul mablag‘larining
jinoiyligini niqoblash uchun uni о‘tkazish, ikkinchidan, tergovni chalg‘itish uchun izlarni
yashirish va uchinchidan, pulning kasbiy yoki geografik kelib chiqishini sir saqlagan holda
undan foydalanishni ta’minlash”.

V.A. Ivanov jinoyat sodir etish usulini bosqichlarga qarab uchga bо‘lishni taklif etadi: jinoiy

daromadlarni bevosita legallashtirish va ularni qonuniy muomalaga qaytarishdan iborat ikki fazali
model; ajratish, aralashtirish va integratsiyadan iborat uch fazali bosqich va naqd pul mablag‘larini jinoiy
ta’qibdan ozod etish, ularni taqsimlash, jinoyat sodir etish izlarini niqoblash va pul massasini
integratsiyalashdan iborat tо‘rt fazali bosqichdir.

BMTning ixtisoslashtirilgan tashkiloti legallashtirish jarayonini quyidagi bosqichlarga bо‘ladi:

joylashtirish (pul mablag‘larini legal iqtisodiyotga joylashtirish yoki ularni kontrabanda yо‘li bilan
xorijiy davlatga chiqarish); ajratish (pul mablag‘larini murakkab tuzilmalar orqali uning manbasidan
ajratish); integratsiya (legallashtirilgan pul mablag‘larini qonuniy iqtisodiyotga kiritish).


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1255

Shveysariyalik professor P. Bernaskoni va nemis olimi K. Osvald jinoiy daromadlarni

legallashtirishning ikki bosqichli modelini ajratib kо‘rsatadi. Birinchi bosqich, qisqa muddatli fe’l-atvorga
ega bо‘lib, bunda bevosita “iflos pullar”ga kо‘chmas mol-mulk, qimmatbaho metall va toshlar, zargarlik
buyumlari, boshqa qimmatliklar sotib olish, yuqori qiymatga ega bо‘lgan kupyurali valyutaga, boshqa
xorijiy valyutaga almashtirish orqali legallashtiriladi.

Ikkinchi bosqich о‘rtacha va uzoq muddatli fe’l-atvorga ega bо‘lib, dastlab legallashtirilgan pullar

kelib chiqishi jinoiyligini kо‘rsatuvchi tashqi belgilar tо‘la niqoblanmaguncha turli xil moliyaviy
muassasalar orqali о‘tkaziladi.

Shveysariyalik kriminalist olim K. Myuller “iflos” pullarni legallashtirishning tо‘rt sektorli

modelini ishlab chiqdi. Har bir seksiyada о‘ziga xos xususiyatga ega bо‘lgan ichki seksiya operatsiyalar
amalga oshiriladi.

Birinchi sektorda dastlabki legallashtirish amalga oshiriladi, ikkinchisida esa–legallashtirilgan

pul mablag‘lari kontrabanda uchun bir yerga tо‘planadi. Uchinchi bosqichda esa legallashtirilgan pul
mablag‘lari moliyaviy tizimlarga kiritiladi. Tо‘rtinchi sektorda esa legal biznesda tamomila
legallashtirilgan integratsiya jarayoni amalga oshiriladi.

A. Syund jinoiy pul mablag‘larining aylanishiga qarab о‘ziga xos legallashtirish modelini ishlab

chiqdi. Ushbu model kriminal legallashtirishning tarkibiy elementlaridan iborat bо‘lib, butun davrning
(aylanish) amalga oshirilishi natijasida jinoiy daromad oxir oqibat qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga
sarmoyalanadi.

I.S. Tumakov, jinoyat sodir etish usullari qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasiga,

legallashtirilayotgan mol-mulk miqdori va jinoyat subyektining jamiyatga qarshi qaratilgan harakatlar
shakliga qarab quyidagi guruhga ajratadi: jinoiy daromadlar legallashtiriladigan iqtisodiyot
sohalari; sodir etish joyi; ishtirokchilik turi va shakli; legallashtiruvchi shaxsning birinchi jinoyatni
sodir etishda ishtiroki; asosiy jinoyatni sodir etish usullarining legallashtirish usullari bilan
bog‘liqligi; daromad qanday jinoyat natijasida topilganligi; jinoyat subyekti shaxsi, malakasi,
ma’lumoti; kriminal qilmishni yashirishda huquqni muhofaza qiluvchi va hokimiyat organlari vakillari
ishtiroki; legallashtirilgan pul mablag‘larining sarflanishi; qо‘llaniladigan texnik vositalar; jinoyat sodir
etish usullarining, bitimlarning sodir etish tezligi; jinoiy daromadlarni legallashtirish maqsadi.

Ayrim olimlar jinoiy daromadlarni legallashtirish usullari bо‘yicha kо‘rib chiqilayotgan

yuqoridagi modellar kriminologik ahamiyatga ega ekanligini, ular ortiqcha nazariyalashtirilgan va
kriminal voqeiylikdan uzoqlashganligi bois murakkab niqoblangan jinoyatni tez va tо‘la ochish, tergov
qilish uchun zarur bо‘lgan metod va vositalarni ishlab chiqishga qodir emas, deb ta’kidlaydi.

Bizning fikrimizcha, bunday fikrga qо‘shilib bо‘lmaydi. Chunki, yuqorida ta’kidlaganimizdek,

jinoyatning kriminalistik tavsifi jinoiy daromadlarni legallashtirish jinoyatini sodir etish mumkin bо‘lgan
informatsion modelini yaratishdan iboratdir. Shunday ekan, mazkur jinoyatni sodir etishning mumkin
bо‘lgan, hatto amaliyotda uchramaydigan usullarini ham tahlil etish ushbu toifadagi jinoyatlarni tez va
tо‘la ochish, oldini olish va tergov qilishning sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Kо‘rinib turibdiki, usullarni tasniflash-bu oddiygina guruhlarga ajratish emas, balki ichki va tashqi

faktorlarga qarab muayyan tartibga solishdir.

V.A. Nikulina jinoyat sodir etish usulini guruhlarga ajratish yuzasidan quyidagi fikrni

tо‘g‘ri ta’kidlaydi: “...har bir usulning alohida bо‘lishi tо‘g‘risida gapirish mumkin emas–
“iflos” pullarni bir zanjirda legallashtirishda usullar turli variantlarda kelishi mumkin” .


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1256

О‘zbekiston Respublikasi JKning 243-moddasi dispozitsiyasida jinoyatni sodir etish

usullari sifatida о‘tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish, yashirish yoki sir saqlash
kо‘rsatilgan.

Ayrim adabiyotlarda о‘tkazish deganda, jinoiy faoliyatdan olingan pul mablag‘lari bilan

banklarda qandaydir moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish tushunilishi kо‘rsatilgan. Bunday
fikrga qо‘shilish qiyin. Chunki FK 82-moddasida fuqarolik huquqi obyektlarining, xususan mol-
mulkning muomalada bо‘lishi belgilangan bо‘lib, uning mazmunida fuqarolik obyektlari erkin
suratda boshqa shaxslarga berilishi yoki universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usul
bilan, agar ular muomaladan chiqarilmagan yoki ularning muomalada bо‘lishi cheklab
qо‘yilmagan bо‘lsa, bir shaxsdan ikkinchi shaxsga о‘tishi mumkinligi kо‘rsatilgan.

Shunday ekan, jinoyat natijasida olingan mol-mulkni о‘tkazish deganda nafaqat pul

mablag‘larini, balki fuqarolik muomalasida bо‘lishi taqiqlanmagan har qanday mol-mulkni bir
shaxsdan boshqasiga о‘tkazishni tushunish lozim.

Mulkka aylantirish deganda – har qanday fuqaroviy huquqiy bitim: oldi-sotdi bitimini,

almashish, hadya va hokazo bitimlarni tuzish yoki jinoiy faoliyat natijasida olingan daromadlarni
qonuniy tadbirkorlik yoki boshqa ishlab chiqarish tuzilmasini tashkil qilish yoki ish olib borishga
sarflash tushuniladi.

Almashtirish deganda, sо‘mni har qanday xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish

tushuniladi.

Jinoyatning asl xususiyatini

yashirish

yoki

sir saqlash

deganda, jinoiy daromad tarzidagi

narsa yoki buyumning asl holatini о‘zgartirish tushuniladi. Bunday harakatlar deganda о‘g‘rilik,
bosqinchilik, talonchilik, pora olish kabi jinoyatlarning predmeti hisoblangan tilla taqinchoqlar, rangli
metallar, zargarlik buyumlaridan boshqa xildagi buyumlar yasashni tushunish lozim.

Jinoiy daromadning manbaini

yashirish

deganda, jinoiy daromad kelib chiqqan manbani gо‘yo

qonuniy daromad topish mumkin bо‘lgan obyekt qilib kо‘rsatish tushuniladi. Mazkur jinoiy
harakatlarni amalga oshirish uchun qonunda belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektlari hisoblangan
mulkchilik shakli har xil bо‘lgan yuridik shaxs yoki yakka tadbirkorlik tashkil etiladi. Ushbu usulda
sodir etilgan jinoyatni tergov qilishda tadbirkorlik subyektlarining qonunda belgilangan tartibda
ochilishi va faoliyat olib borishi, soliq va boshqa tо‘lovlarning tо‘liq va о‘z vaqtida tо‘lanishiga emas,
balki ushbu tadbirkorlik faoliyatiga, ustav jamg‘armalarining shakllantirilishiga kiritilayotgan pul
mablag‘lari va boshqa mol-mulklarning jinoyat natijasida topilganligiga e’tibor qaratish, ularni
sinchkovlik bilan, tо‘la va har tomonlama tahlil etish zarur.

Jinoiy daromad, ya’ni pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkka nisbatan haqiqiy egalik

huquqlarini yashirish yoki sir saqlash deganda, jinoiy daromadni о‘zga shaxs nomidan boshqarish ham
tushunilmog‘i lozim. Shaxs jinoiy daromadning kimga qarashli ekanligini yashirish maqsadida davlat
rо‘yxatidan о‘tkazilishi shart bо‘lgan kо‘char va kо‘chmas mol-mulklarni, odatda, yaqin qarindoshlari
yoki tanishlari nomiga rasmiylashtiradi, ularning nomida firmalar tashkil etadi, mol-mulkni boshqarish
esa uning о‘zida qoladi. Ya’ni u benefitsiar mulkdor bо‘lib qolaveradi.

Bizning fikrimizcha, jinoiy daromadlarni legallashtirish usullarini legallashtirilayotgan

davlatning qonunchilik tizimi, jinoiy daromad olinayotgan manbalar, jinoyat predmeti, jinoyat
subyekti va jinoyatdagi ishtirokchilik masalalari va legallashtirilayotgan pul mablag‘larining
miqdori kabi belgilarga qarab guruhlarga ajratish lozim.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1257

Jinoiy daromadlarni legallashtirish jinoyatini sodir qilish

vaqti va joyi

. JK 243-moddasi

dispozitsiyasida jinoyatni sodir qilish vaqti obyektiv tomonining zaruriy belgisi sifatida kо‘rsatilmagan.
Odatda, sud-tergov amaliyotida har qanday jinoyatni sodir qilish vaqti aniq kо‘rsatiladi. Ammo bu
kо‘rsatilgan vaqt jinoiy-huquqiy ahamiyatga ega bо‘lmay, sodir etilgan jinoyat hodisasini isbotlashning
bir elementi sifatida kо‘rsatiladi. Mazkur sohada tadqiqot ishlarini olib borgan I.A. Kiselev jinoiy
daromadlarni legallashtirish jinoyatini sodir etish vaqti va joyini jinoyat ishi doirasida isbotlanishi lozim
bо‘lgan holatlar sifatida qaraydi.

Birinchi navbatda shunga e’tibor qaratish lozimki, ushbu jinoyat faol harakat natijasida sodir

etiladi: pul mablag‘lari bilan bog‘liq moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish yoki bitimlar tuzish.

JK 243-moddasida moliyaviy operatsiyalar yoki fuqarolik bitimlari tо‘g‘risida bevosita

kо‘rsatilmagan. Ammo, jinoiy yо‘l bilan olingan daromadlarga qonuniy tus odatda, unga nisbatan
moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish yoki boshqa bitimlar tuzish yо‘li bilan beriladi. Har
qanday moliyaviy operatsiya yoki bitim о‘zining tuzilish vaqti va joyiga ega bо‘ladi. Mazkur toifadagi
jinoyatlarni sodir etish, jinoiy daromadlar turgan joyini isbotlash shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish
joyini belgilash va uning mol-mulkini musodara qilish imkonini beradi.

Sharoit ushbu jinoyatni sodir etish usullariga ta’sir etadi. О‘z-о‘zidan kо‘rinib turibdiki,

sharoitni aniqlash jinoyatni sodir etish usullarini aniqlashga yordam berishi mumkin. Ya’ni jinoyatni
sodir etish usulini aniqlashda mansabdor shaxsning vakolat doirasi, tashkilotning tizimi va uning
huquqiy maqomini inobatga olishi lozim. Bu esa ushbu jinoyatni sodir etish sharoiti sifatida namoyon
bо‘ladi.

Izlarning hosil bо‘lish mexanizmi – jinoyatchining harakati bilan sababli bog‘langan atrof-

muhitdagi har qanday moddiy voqelikdagi о‘zgarishlar tushuniladi. Bular quyidagicha yuzaga
kelishi mumkin:

aks etuvchi izlar, jinoyatda qо‘llangan obyektning sifat va son kо‘rsatkichlaridagi

о‘zgarishlar;

obyektlar orasidagi aloqa va munosabatlar kо‘rinishidagi izlar;
izlar о‘rnida kо‘rinadigan hodisalar.
Yuqoridagi holatlarni tо‘g‘ri baholash tergovni samarali olib borish uchun asosiy omil

bо‘lib xizmat qiladi.

Jinoiy daromadlarni legallashtirish natijasida topilgan mulkni (pul mablag‘lari yoki boshqa mol-

mulkni) о‘tkazish, mulkka aylantirish yoki almashtirish yо‘li bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus
berishda, shuningdek bunday pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini,
turgan joyini, tasarruf etishda yoxud kо‘chirishda va pul mablag‘larini yashirishdan qoladigan izlarga
e’tibor qaratilishi lozim.

Yuqoridagilardan tashqari, ushbu jinoyat natijasida ideal izlar qoladi. Bunday izlar sо‘roq

qilish orqali olinadi.

Motiv va maqsad, jinoyatni sodir etishda asosiy boshqaruv vositasini motiv, avval turtki

bо‘ladigan holat va holatdan kelib chiqib maqsad tashkil qiladi. Jinoyat huquqida motiv deb,
jinoyatchining buzuq niyati, shaxsda jinoyat sodir qilish uchun jur’at tug‘diradigan va jinoyatni
amalga oshirishga sabab bо‘ladigan holat sifatida ta’riflanadi. Motivni bunday tushunishning
jinoiy daromadni legallashtirish jinoyatlarini ochish va uni oldini olishda kriminalistik ahamiyati
alohida о‘rin tutadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1258

Ushbu jinoyatlar bо‘yicha motivni о‘rganish jinoiy holatni, jinoyatchining shaxsini

aniqlash, aybning fosh qilish kabi masalalarga aniqlik kiritishi bilan muhimdir. Motiv va maqsad
bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir, maqsad jinoyatchining harakatini tartibga soluvchi funksiyani
bajaradi, jinoyatchining maqsadini aniqlash jinoiy faoliyat va ish yuzasidan haqiqatni aniqlashga
xizmat qiladi.

Jinoyatchining shaxsi. Ushbu jinoyatning subyekti 16 yoshga tо‘lgan, aqli raso har

qanday jismoniy shaxslar bо‘lishi mumkin.

JK 243-moddasining subyekti bо‘lib о‘zining yoki о‘zga shaxsning jinoiy daromadini

legallashtirgan yoki legallashtirishda ishtirok etgan shaxslar hisoblanadi. Bunda jinoiy
daromadni topgan shaxs, jinoiy daromadlarni legallashtirgan shaxs, legallashtirishdagi ularning
roli, ishtirokchilik belgilari isbotlash lozim bо‘lgan holatlarga kiradi.

Shuni ta’kidlash lozimki, xalqaro konsepsiya jinoiy daromadlarni legallashtirishning

ijrochilariga konsultatsiya bergan shaxslarni legallashtirish uchun jinoiy javobgarlikka tortishni nazarda
tutadi. Odatda bunday shaxslarga huquqshunoslar, advokatlar yoki bank xizmatchilari nazarda tutilib,
ularga nisbatan mustaqil jinoiy javobgarlik kiritishni taklif qilayotgan mualliflarni qо‘llab-quvvatlash
maqsadga muvofiqdir.

Ayblanuvchining shaxsi ham о‘zida insoniy xususiyatlar yig‘indisini ifodalaydi. Shuning

uchun ayblanuvchining shaxsini о‘rganishda nafaqat uning о‘ziga xos xususiyatlari, balki
umuminsoniy xususiyatlar ham inobatga olinadi. Shaxsning harakatlarida g‘ayriqonuniy faktning
mavjudligi shaxs g‘ayriijtimoiy xususiyatlarga ega ekanligidan dalolat beradi. Kriminalistikada
jinoyatni ochish va oldini olishda kо‘pincha boshqa fanlar, pedagogika, psixologiya
ma’lumotlaridan foydalaniladi. Ayblanuvchining shaxsini о‘rganish metodlarini ishlab chiqishda
yuqoridagi fanlar ma’lumotlarini e’tiborga olish lozim. Yuqoridagi holatlar tо‘g‘risidagi ma’lumot
ayblanuvchi yaqinlaridan, qо‘shnilaridan, jamoa a’zolaridan sо‘rov yо‘li bilan olinadi.

Ayblanuvchining shaxsi haqidagi ma’lumotlar quyidagilardan tarkib topgan: jinoyatchi

xususiyatlari (jinsi, yoshi, axloqi va psixologik qiyofasi, ma’lum bir kо‘nikmalarga egaligi,
jinoyatchilik tajribasi), jinoyat sodir etilgan joy bilan munosabati (yashash joyi, ishlash joyi, vaqt
о‘tkazadigan joyi). Jinoiy guruh uchun guruhdagi о‘zaro munosabatlariga e’tibor qaratiladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 243-

moddasi tahririni quyidagicha о‘zgartirishning taklifini kiritamiz:

243-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, ya’ni, agar pul mablag‘lari yoki

boshqa mol-mulk jinoiy faoliyat natijasida topilgan bо‘lsa, ularni о‘tkazish, mulkka aylantirish
yoxud almashtirish yо‘li bilan ularning kelib chiqishiga qonuniy tus berish, xuddi shuningdek pul
mablag‘larining yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, ularni
tasarruf etish, olib о‘tish usulini, pul mablag‘lariga yoki boshqa mol-mulkka bо‘lgan haqiqiy
egalik huquqlarini yoki ularning kimga qarashliligini yashirish yoxud sir saqlash, ‒

bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan tо‘rt yuz baravarigacha jarima yoki

uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

О‘sha harakatlar:
a) juda kо‘p miqdorda;
b) xizmat mavqeidan foydalanib;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1259

v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini kо‘zlab sodir etilgan bо‘lsa, ‒
besh yildan о‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk jinoiy faoliyat natijasida olinganligini bila turib,

boshqa shaxslar tomonidan ularga egalik qilish, ulardan foydalanish hamda ularni tasarruf etish, –

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha jarima yoki bir

yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”,– deb belgilash maqsadga
muvofiq bo‘ladi.

REFERENCES:

1.

Y.SH. Narziyev. Jinoiy daromadlarni legallashtirishning ijtimoiy xavfliligi. // TDYUI
Axborotnomasi.– Toshkent, 2010. - №1 B. 99-101.

2.

Y.SH. Narziyev. Jinoiy daromadlarni legallashtirishning ijtimoiy xavfliligi. // TDYUI
Axborotnomasi.– Toshkent, 2010. - №1 B. 99-101.

3.

Фазилов Ф.М. Процессы и этапы отмывания денег // Universum: экономика и
юриспруденция:

электрон.

научн.

журн.

2021.

4(79).

URL:

https://7universum.com/ru/economy/archive/item/11473 (дата обращения: 21.04.2022).
https://7universum.com/ru/economy/archive/item/1147

4.

О‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga,
terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashga qarshi
kurash tо‘g‘risida”gi Qonun. 3-modda. https://lex.uz/acts/283717

5.

Y.SH. Narziyev. Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi halqaro hamkorlikning
huquqiy asoslari. // TDYUI Axborotnomasi. – Toshkent. 2008. - № 7. –B. 82-84.

6.

Liablity for legalization of incomes obtained from the proceeds of the offences in
international law acts and legislation of foreign countries. Fazilov Farkhod Maratovich,
Tashkent state university of law, Tashkent, 100047, Uzbekistan. PAGE 1

7.

Конвенsия Организаsии Объединенных Наsий о борьбе против незаконного оборота
наркотических

средств

и

психотропных

веществ

1988

года.

http://www.unodc.org/pdf/convention_1988_ru.pdf

8.

Чернов С.Б.

Противодействие легализаsии криминального капитана как

стратегическое направление борьбы с преступностью в условиях рыночной
экономики в России // Преступность, стратегия борьбы. –М.: риминологическая
ассоsиаsия, 1997. – С. 121.

9.

Конвенsия об отмывании, выявлении, изъятии и конфискаsии доходов от преступной
деятельности

(ETS

n

141)

Страсбург,

8

ноября

1990

года.

http://eurasiangroup.org/ru/restricted/strasburg_conv.pdf

10.

О‘zbekiston

Respublikasining

Fuqarolik

kodeksi. https://lex.uz/acts/111189

11.

О‘zbekiston

Respublikasining

Jinoyat

kodeksi. https://lex.uz

12.

О‘zbekiston

Respublikasining

Fuqarolik

kodeksi. https://lex.uz/acts/111189

13.

Конвенsия об отмывании, выявлении, изъятии и конфискаsии доходов от преступной
деятельности

(ETS

n

141)

Страсбург,

8

ноября

1990

года.

http://eurasiangroup.org/ru/restricted/strasburg_conv.pdf


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1260

14.

О‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga
va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tо‘g‘risida”gi Qonuni.

(О‘zbekiston

Respublikasi Qonun hujjatlari tо‘plami, 2004 y., 43-son, 451-modda

)

15.

О‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiinng 2011 yil 11 fevraldagi “Jinoiy faoliyatdan
olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar bо‘yicha sud amaliyotining ayrim
masalalari tо‘g‘risida”gi 1-sonli qarori. http://www.lex.uz/

16.

Y.SH. Narziyev. Jinoiy daromadlarni legallashtirishga oid jinoyatlarni tergov qilish.
Nomz. diss. avtoreferati. – T.: TDYUI, 2011. –B 14

17.

Rustamboyev M.X. О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharhlar. Maxsus qism. –
T.:Adolat. 2006. 476- b

18.

https://www.norma.uz/uz/qonunchilikda_yangi/jinoiy_daromadlarni_legallash
tirishga_qarshi_kurashish_-_milliy_darajada

19.

Т.В. Аверьянова, Р.С Белкин, Ю.Г. Корухов, Е.Р. Россинская. Криминалистика.
Учебник для вузов. под ред. Заслуженного деятеля науки Российской Федераsии,
профессор Р.С. Белкина.-М.:Издательство группа НОРМА-ИНФРА. – М, 1999. –
Б.687; Сергеев Л.А. Криминалистика М., 1991–.Б.425.

20.

Т.В. Аверьянова, Р.С Белкин, Ю.Г. Корухов, Е.Р. Россинская. Криминалистика.
Учебник для вузов. Под ред. Заслуженного деятеля науки Российской Федераsии,
профессор Р.С. Белкина. - М.: Издательство группа НОРМА-ИНФРА. –М, 1999. –Б.
688.

References

Y.SH. Narziyev. Jinoiy daromadlarni legallashtirishning ijtimoiy xavfliligi. // TDYUI Axborotnomasi.– Toshkent, 2010. - №1 B. 99-101.

Y.SH. Narziyev. Jinoiy daromadlarni legallashtirishning ijtimoiy xavfliligi. // TDYUI Axborotnomasi.– Toshkent, 2010. - №1 B. 99-101.

Фазилов Ф.М. Процессы и этапы отмывания денег // Universum: экономика и юриспруденция: электрон. научн. журн. 2021. 4(79). URL: https://7universum.com/ru/economy/archive/item/11473 (дата обращения: 21.04.2022). https://7universum.com/ru/economy/archive/item/1147

О‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashga qarshi kurash tо‘g‘risida”gi Qonun. 3-modda. https://lex.uz/acts/283717

Y.SH. Narziyev. Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi halqaro hamkorlikning huquqiy asoslari. // TDYUI Axborotnomasi. – Toshkent. 2008. - № 7. –B. 82-84.

Liablity for legalization of incomes obtained from the proceeds of the offences in international law acts and legislation of foreign countries. Fazilov Farkhod Maratovich, Tashkent state university of law, Tashkent, 100047, Uzbekistan. PAGE 1

Конвенsия Организаsии Объединенных Наsий о борьбе против незаконного оборота наркотических средств и психотропных веществ 1988 года. http://www.unodc.org/pdf/convention_1988_ru.pdf

Чернов С.Б. Противодействие легализаsии криминального капитана как стратегическое направление борьбы с преступностью в условиях рыночной экономики в России // Преступность, стратегия борьбы. –М.: риминологическая ассоsиаsия, 1997. – С. 121.

Конвенsия об отмывании, выявлении, изъятии и конфискаsии доходов от преступной деятельности (ETS n 141) Страсбург, 8 ноября 1990 года. http://eurasiangroup.org/ru/restricted/strasburg_conv.pdf

О‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. https://lex.uz/acts/111189

О‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. https://lex.uz

О‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. https://lex.uz/acts/111189

Конвенsия об отмывании, выявлении, изъятии и конфискаsии доходов от преступной деятельности (ETS n 141) Страсбург, 8 ноября 1990 года. http://eurasiangroup.org/ru/restricted/strasburg_conv.pdf

О‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tо‘g‘risida”gi Qonuni. (О‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari tо‘plami, 2004 y., 43-son, 451-modda)

О‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiinng 2011 yil 11 fevraldagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar bо‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari tо‘g‘risida”gi 1-sonli qarori. http://www.lex.uz/

Y.SH. Narziyev. Jinoiy daromadlarni legallashtirishga oid jinoyatlarni tergov qilish. Nomz. diss. avtoreferati. – T.: TDYUI, 2011. –B 14

Rustamboyev M.X. О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharhlar. Maxsus qism. –T.:Adolat. 2006. 476- b

Т.В. Аверьянова, Р.С Белкин, Ю.Г. Корухов, Е.Р. Россинская. Криминалистика. Учебник для вузов. под ред. Заслуженного деятеля науки Российской Федераsии, профессор Р.С. Белкина.-М.:Издательство группа НОРМА-ИНФРА. – М, 1999. –Б.687; Сергеев Л.А. Криминалистика М., 1991–.Б.425.

Т.В. Аверьянова, Р.С Белкин, Ю.Г. Корухов, Е.Р. Россинская. Криминалистика. Учебник для вузов. Под ред. Заслуженного деятеля науки Российской Федераsии, профессор Р.С. Белкина. - М.: Издательство группа НОРМА-ИНФРА. –М, 1999. –Б. 688.