Authors

  • Sardor Elov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33422

Keywords:

Criminal Code of the Republic of Uzbekistan crime punishment law enforcement agencies investigative activities legalization preliminary investigation proceedings before the court.

Abstract

The article describes the specific features of the investigation of crimes of money laundering. On the basis of the conducted research, general conclusions were given, practical recommendations were made for conducting the stage of proceedings before the court in the investigation of crimes of money laundering.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1319

JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISH

JINOYATLARNI TERGOV QILISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Elov Sardor Ikromovich

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “Tergov faoliyati”

mutaxassisligi bo‘yicha magistratura tinglovchisi.

Phone: +99833 337-77-70.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11372858

Annotatsiya. Maqolada jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish

jinoyatlarini tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Amalga oshirilgan tadqiqot
asosida umumiy xulosalar berilgan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish
jinoyatlarini tergov qilishda sudga qadar ish yuritish bosqichini o‘tkazish bo‘yicha amaliy
tavsiyalar bildirilgan.

Kalit so’zlar: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, jinoyat, jazo, huquqni

muhofaza qilish organlari, tergov faoliyati, legallashtirish, dastlabki tergov, sudga qadar ish
yuritish.

CHARACTERISTICS OF THE INVESTIGATION OF CRIME LAUNDERING

PROCEEDS OF CRIMINAL ACTIVITIES

Abstract. The article describes the specific features of the investigation of crimes of money

laundering. On the basis of the conducted research, general conclusions were given, practical
recommendations were made for conducting the stage of proceedings before the court in the
investigation of crimes of money laundering.

Key words: Criminal Code of the Republic of Uzbekistan, crime, punishment, law

enforcement agencies, investigative activities, legalization, preliminary investigation, proceedings
before the court.

ХАРАКТЕРИСТИКА РАССЛЕДОВАНИЯ ПРЕСТУПЛЕНИЙ ПО ОТМЫВАНИЮ

ДОХОДОВ ОТ ПРЕСТУПНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

Аннотация. В статье описаны особенности расследования преступлений,

связанных с отмыванием денег. На основе проведенного исследования даны общие выводы,
даны практические рекомендации по ведению стадии досудебного производства при
расследовании преступлений, связанных с отмыванием денег.

Ключевые слова: Уголовный кодекс Республики Узбекистан, преступление,

наказание, правоохранительные органы, следственная деятельность, легализация,
предварительное следствие, производство в суде.

KIRISH

Kriminalistik uslub tizimida jinoyat ishini qо‘zg‘atishning о‘ziga xosligi avvalambor

hodisa haqidagi dastlabki ma’lumotlarni tekshiruvini amalga oshirish imkoniyati va zaruriyati
nuqtayi nazardan kо‘rib chiqiladi. Shuningdek, jinoyat belgilari mavjud ma’lumotlarni
tekshirishda qо‘llanadigan vosita va usullar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda, tekshirish uchun
JPKning 82-moddasi asos bо‘lib xizmat qiladi. Shu tariqa, jinoyat (jinoyat ishini qо‘zg‘atish
bosqichida) tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni dastlabki tekshirish jarayonida tergovga vaziyatli
yondashish boshlanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1320

О‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 41-bobi, shuningdek JPK 321,

328-moddalarida jinoyat ishini qо‘zg‘atish qoidalari belgilangan.

Jinoiy daromadlarni legallashtirish fakti bо‘yicha jinoyat ishini qо‘zg‘atish, mazkur

jinoyatning jinoyat-huquqiy va kriminalistik xususiyatlari inobatga olingan holda, umumiy
qoidalar asosida qо‘zg‘atiladi.

JPK 322-moddasi ikkinchi qismiga kо‘ra jinoyat ishini qо‘zg‘atishning asosi bо‘lib jinoyat

belgilarini kо‘rsatuvchi ma’lumotlarning mavjudligi hisoblanadi.

JKning 14-moddasida jinoyatga berilgan ta’rifni tahlil qilish orqali uning belgilarini

aniqlash mumkin. U quyidagilardan iborat: qilmishning huquqqa xilofligi; ijtimoiy xavfliligi;
aybning mavjudligi; qilmish uchun jinoyat qonunida jazo belgilanganligi (jazoga sazovorligi). Har
qanday ijtimoiy xavfli qilmishda ana shu belgilarning barchasi bir vaqtda mavjudligi uni jinoyat
deb topishga asos bо‘ladi. Ana shu belgilarning bittasi bо‘lmasa qilmish jinoyat deb topilmaydi[1].

Kriminalistikaga oid adabiyotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish

jinoyati belgilari mavjud ma’lumotlarga quyidagilar kiritiladi: qisqa vaqt oralig‘ida mijozning
hisobvarag‘ida katta pul mablag‘larining tezda tо‘planishi; mijozning hisobvarag‘ida katta pul
mablag‘larining aylanishi va ularni tezlikda, xususan chet el banklariga joylashtirish; katta
daromad keltirayotgan foydasiz biznes; katta yо‘qotishlar evaziga, xuddi shuningdek moliyaviy
operatsiyalar bо‘yicha kam foizlarda pul mablag‘larining joylashtirish[2].

Asosiy qism.

О‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi "Iqtisodiy

jinoyatlarga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish
mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan О‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun
hujjatlariga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida"gi О‘RQ-516-son Qonuni qabul
qilinib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish tushunchasi yangi tahrirda bayon
etilib, JKda berilgan ta’rifga muvofiqlashtirildi, maxsus vakolatli davlat organining vakolat doirasi
kengaytirildi.

О‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi kodeksiga 179

3

-

moddasi yangi tahrirda berildi. Jumladan, 179

3

-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni

legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni
moliyalashtirishga qarshi kurashish tо‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
nazarda tutilgan.

Mazkur moddaning birinchi qismiga muvofiq, ichki nazoratni, mijozlarni lozim darajada

tekshirish natijalarini hujjatlashtirish va saqlashni, tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash va
hujjatlar bilan qayd etishni tashkil qilish va amalga oshirishga doir talablarni buzish, operatsiyani
amalga oshirishni rad etish, xuddi shuningdek maxsus vakolatli davlat organiga shubhali
operatsiyalar haqidagi axborotni taqdim etmaslik, о‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki notо‘g‘ri
axborot taqdim etganlik, qonun hujjatlari talablarining pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni
ishga solmay tо‘xtatib qо‘yishga yoki operatsiyalarni tо‘xtatib turishga oid qismini ijro etmaslik
uchun hamda ikkinchi qismida ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoring va
nazoratni amalga oshirishning belgilangan tartibini tegishli nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi va
rо‘yxatdan о‘tkazuvchi organlar tomonidan buzish, xuddi shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini
tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish munosabati bilan tijorat, bank sirini yoki qonun


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1321

bilan qо‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni g‘ayriqonuniy ravishda talab
qilish, olish yoxud oshkor etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan[3]

.

О‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustdagi “Jinoiy faoliyatdan olingan

daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tо‘g‘risida”gi
Qonunning 12-moddasida pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni
amalga oshiruvchi tashkilotlarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bо‘yicha ichki nazorat qoidalari ishlab chiqilgan.

Ichki nazorat qoidalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va

terrorizmni moliyalashtirish bо‘yicha gumonli va shubhali operatsiyalar, ularni aniqlash mezonlari
va alomatlari kо‘rsatib о‘tilgan.

Biroq, mazkur ichki nazorat qoidalarida kо‘rsatilgan shubhali operatsiyalarni aniqlash

mezon va alomatlarini jinoyat belgilari sifatida qarash mumkin emas.

Chunki, О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida “har bir shaxsning

mulkdor bо‘lishi” belgilangan. Shuningdek, FKning 207-moddasi ikkinchi qismida xususiy
bо‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi о‘rnatilgan. Bundan tashqari, mulk
huquqini amalga oshirish, uni himoya qilishga qaratilgan qator huquq manbalarini kо‘rsatib о‘tish
mumkin.

Jinoiy daromadlarni legallashtirish fakti bо‘yicha jinoyat ishini qо‘zg‘atish uchun mol-

mulk jinoiy yо‘l bilan olingan va ushbu mol-mulk bilan JK 243-moddasi dispozitsiyasida
kо‘rsatilgan harakatlar sodir etilgan bо‘lishi lozim.

Yuqorida sanab о‘tilgan jinoyat belgilarini jinoiy daromadlarni legallashtirishga nisbatan

olib qaraydigan bо‘lsak, mazkur jinoyat ijtimoiy xavfliligi bois JKda nazarda jinoyatlar rо‘yxatiga
kiritilgan va bu qilmish uchun jazo belgilangan. M.H. Rustamboyev esa legallashtirish jinoyati
tо‘g‘ri qasddan sodir etilib, jinoyatning motiv va maqsadi uning kvalifikatsiyasiga ta’sir
etmasligini kо‘rsatib о‘tgan[4].

Demak, jinoiy daromadlarni legallashtirish belgilaridan biri bо‘lgan qilmishning huquqqa

xilofligi mulkning jinoiy yо‘l bilan olinganligi va u bilan JK 243-moddasida kо‘rsatilgan
harakatlar amalga oshirilganligida kо‘rinadi.

О‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 11-fevraldagi “Jinoiy

faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar bо‘yicha sud amaliyotining ayrim
masalalari tо‘g‘risida”gi qarorining 4-bandida “...shaxsning qilmishida JK 243-moddasida nazarda
tutilgan jinoyat tarkibi bor-yо‘qligi tо‘g‘risidagi masalani hal etish uchun har bir holda
legallashtirilgan mulk jinoyat natijasida kelib chiqqanligi fakti aniqlanishi shart”,- deb
kо‘rsatilgan.

Rossiyalik olimlardan V.M. Aliyev va I.L. Tretyakovlar qonunda shakllantirilgan “jinoiy

faoliyatdan olingan” tushunchasi mazkur holat bо‘yicha jinoyat ishini qо‘zg‘atish uchun pul
mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkning jinoiy yо‘l bilan olinganlik fakti isbotlanganligi nazarda
tutilishini ta’kidlaydi[5].

1990-yil 8-noyabrida Strasburg shahrida qabul qilingan “Jinoiy faoliyatdan olingan

daromadlarni legallashtirishni aniqlash, olib qо‘yish va musodara qilish tо‘g‘risida ”gi xalqaro
konvensiyaning 6-moddasi ikkinchi qismi “a”bandida pul mablag‘larini tozalash jinoyatini


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1322

kvalifikatsiya qilishda birinchi (asosiy) jinoyatning jinoiy yurisdiksiyaga tortilganligining
ahamiyati yо‘qligi ta’kidlangan.

Boshqa rossiyalik muallif I.A. Klepitskiy о‘zgacha fikrni ilgari surib, pullarni tozalash

tо‘g‘risidagi normalarning qо‘llash uchun shaxsning predikat jinoyati uchun oldin hukm
etilganligi majburiy ahamiyatga ega emasligini ta’kidlaydi. Bunday vaziyatlarda predikat
jinoyatning sodir etilganlik fakti pullarni tozalash tо‘g‘risidagi ish bо‘yicha chiqarilgan hukmda
ham о‘rnatilishi mumkinligini bildiradi[6].

A.I. Alyoshkinning fikricha, daromadning jinoiy yо‘l bilan olinganlik fakti jinoyat ishi

qо‘zg‘atish bosqichida emas balki, dastlabki tergovda isbotlanishi lozim[7].

SH.U. Imomov va U.X. Kobilovlar aybsizlik prezumpsiyasiga kо‘ra shaxsning birinchi

jinoyati bо‘yicha aybi isbotlash bosqichida bо‘lsa, mazkur ish bо‘yicha ayblov hukmi qonuniy
kuchga kirgunga qadar u aybsiz hisoblanishi va ushbu vaziyatda pul mablag‘larini tozalash
bо‘yicha bir vaqtda jinoiy ta’qibni olib borishga qonuniy asos mavjud emasligini, shaxs JK 243-
moddasi bо‘yicha jinoyat subyekti hisoblanmasligini ta’kidlaydilar[8].

Bizning fikrimizcha, JK 243-moddasi bо‘yicha jinoyat ishini qо‘zg‘atish uchun

daromadning jinoiy yо‘l bilan olinganlik faktini qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan
tasdiqlanishini shart qilib qо‘yish mumkin emas.

Jinoiy daromadlarni legallashtirish о‘z mohiyatiga kо‘ra, jinoiy daromadning kelib chiqish

manbaini yashirishga, jinoyat izlarini yо‘qotishga qaratilgan. Bu esa mazkur toifadagi jinoyatlarni
tergov qilish, jinoyat belgilarini aniqlashda qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. Jinoiy daromad
qonuniy harakatlar, hattoki qonuniy hujjatlar bilan shu darajada niqoblanadiki, natijada bunday
harakat xuddi normal fuqaroviy-huquqiy munosabatdek kо‘rinadi.

Jinoiy daromadlar egalari о‘z jinoiy faoliyatlarini niqoblash uchun kо‘p hollarda turli xil

firmalar, umumiy ovqatlanish joylari ochib olishi, mazkur tuzilmalar iqtisodiy jihatdan foyda
bermasa-da, о‘zlarining shohona hayot manbalarini gо‘yoki tadbirkorlik natijasidan olgandek qilib
kо‘rsatishga yordam beradi.

Jinoiy daromadlarni legallashtirish fakti bо‘yicha jinoyat ishini qо‘zg‘atishning sababi

bо‘lib idoraviy tekshiruvlar natijasi yuzasidan nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi
organlar mansabdor shaxslari bergan ma’lumotlar, shaxslarning arizalari bо‘lishi mumkin.

Jumladan, 2022-yilda respublikamizda 51 ta jinoyat ishi qо‘zg‘atilib, shundan 42 tasi

О‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish
departamenti tomonidan, 5 tasi О‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Iqtisodiy
jinoyatchilikka va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan, 2 tasi esa IIV tergov
organlari tomonidan qо‘zg‘atilgan. Deyarli barcha holatlarda jinoyat ishini qо‘zg‘atish asoslarini
kо‘rsatuvchi ma’lumotlar va izlar, surishtiruv organi, surishtiruvchi, tergovchi tomonidan bevosita
aniqlangan.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyati, boshqa jinoyatlarga

qaraganda, yangi jinoyat hisoblanib, u jamoatchilikka yaxshi tanish emas. Bu esa jinoiy
daromadlarni legallashtirish jinoyati sodir etilgani haqida fuqarolarning surishtiruv va dastlabki
tergov organlariga ariza bilan murojaat qilmasligiga, jinoyatning latentlik darajasi yanada
oshishiga olib keladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1323

Jinoiy daromadlarni legallashtirish fakti bо‘yicha jinoyat alomatlarini sinchkovlik va har

tomonlama tekshirilishini ta’minlashda ishlashning о‘ziga xos maxfiy shakli va usullaridan
foydalaniladigan tezkor-qidiruv xizmatlari va bо‘linmalarining xizmatlaridan foydalanish talab
qilinadi[9].

Jinoiy daromadlarni legallashtirish jinoyatida tezkor tekshiruv harakatlarining о‘rni

beqiyos bо‘lib, quyidagilarni aniqlash uchun о‘tkaziladi: jinoiy yо‘l bilan olingan pul mablag‘lari
yoki boshqa mol-mulklarning kelib chiqish manbalarini; tajovuz predmetini; legallashtirish
usullarini, (jinoyatning sodir etilish mexanizmini); jinoyatchi shaxsi va uning о‘zaro
aloqalarini[10].

Ushbu

holatlarni

inobatga

olib,

О‘zbekiston

Respublikasining

2009-yil

22-apreldagi Qonuni bilan "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tо‘g‘risida"gi О‘zbekiston Respublikasi Qonuniga
qator о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritildi[11].

Qayd etilgan qonun hujjatlari talablaridan kelib chiqqan holda tegishli vazirlik va idoralar

bilan hamkorligida pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga
oshiruvchi tashkilotlar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish yuzasidan ichki nazorat qoidalari ishlab chiqilgan.

Mazkur organ jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bо‘yicha

shubhali operatsiyalarni tahlil qilar ekan, bunday ma’lumotlarda jinoyat belgilari mavjudligini
aniqlaydi. Shubhali ma’lumotning о‘zi jinoyat ishini qо‘zg‘atishga asos bо‘lmaydi va bunday
shubhali operatsiyalarni qabul qilish, qayd etish va kо‘rib chiqish jinoyat-protsessual tartibda
emas, balki ma’muriy ish yuritish tartibida rasmiylashtiradi.

Demak, bu jarayon jinoyat ishini qо‘zg‘atish bosqichini tashkil etmaydi va о‘z-о‘zidan

tergov harakatlarini amalga oshirish imkoniyatini bermasdan, faqat tezkor-qidiruv chora-tadbirlari
natijasida jinoiy daromad olingan birinchi manbaga chiqish imkoniyatini yaratadi. Tezkor-qidiruv
chora-tadbirlari natijasida olingan ma’lumot jinoyat protsessida daliliy ahamiyatga ega bо‘lmasa-
da, biroq huquqni muhofaza qilish organlar faoliyati tahliliga nazar soladigan bо‘lsak,
legallashtirish fakti bо‘yicha ma’lumotlarni tergovgacha tekshirish bо‘yicha oshkora tekshirish
chora-tadbirlarini amalga oshirish yо‘li samarasiz hisoblanadi, chunki qо‘llanilayotgan huquqiy
choralardan xabar topgan jinoyatchilar о‘zining faoliyatini tо‘xtatadi va hattoki, kо‘pgina
holatlarda tergovdan yashirinishga ham ulguradi[12].

Bu toifadagi jinoyat ishini qо‘zg‘atishning yana bir о‘ziga xos xususiyati, jinoyat

belgilarining dastlabki sodir etilgan jinoiy yо‘l bilan mablag‘ topishga oid ishlarni tergov qilish
chog‘ida aniqlanishi hisoblanadi.

Ushbu jinoyat, aksariyat hollarda jinoiy daromadlarni, ayniqsa, moliyaviy-kredit sohasida

legallashtirishda “haddan ziyod” turli xil hujjatlardan foydalanishda namoyon bо‘ladi.

Mazkur hujjatlar, bir tomondan, jinoyatlarni aniqlash va tergov qilishni murakkablashtiradi

va hujjatlar bilan ishlashda professional tayyorgarlikni talab etadi. Ikkinchi tomondan, jinoiy
daromadlarni legallashtiruvchi shaxs jinoiy mol-mulkka qonuniy tus berishda qonun hujjatlaridan
foydalanib, boyliklarning qonuniy manbadan olinganligini “rо‘kach qilish”ga atayin harakat
qiladi. Bunda jinoyat subyekti jinoiy daromadlarni legallashtirishda foydalanilgan hujjatlarni


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1324

yashirishga emas, balki ularni huquqni muhofaza qilish organlariga kо‘rsatishga ham intilishi
mumkin.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarga va kriminal operatsiyalarga qonun, buxgalteriya,

bank yoki moliyaviy hujjatlar me’yorlari asosida qonuniy tus berilishi legal biznesni
(tadbirkorlikni, iqtisodiy faoliyatni) tashkil etish va yuritish niqobi ostida gumon yoki
shubhalardan forig‘ bо‘lish imkonini beradi. Jinoyat sodir etilganligini kо‘rsatuvchi ma’lumotlar
va izlarni о‘zida saqlagan hujjatlarni talab qilib olish ham bir vaqtning о‘zida muayyan
murakkabliklarga sabab bо‘ladi, chunki jinoyat ishini qо‘zg‘atmasdan turib shaxsga tegishli
hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi natijada jinoyat izlarini aniqlash imkoniyati pasayadi. Ushbu
muammolar qatoriga bank yoki tadbirkorlik sirini kiritish mumkin.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentga shubhali operatsiyalar tо‘g‘risidagi

ma’lumotlarning berilishi bundan mustasno. Boshqa surishtiruv yoki tergov organlarida esa
bunday imkoniyat mavjud emas.

О‘zbekiston Respublikasida bu xildagi jinoyat yuzasidan ish qо‘zg‘atishining asosiy

xususiyatlaridan yana biri, legallashtirishgacha, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulklarni jinoiy
yо‘l bilan olishga qaratilgan, jinoiy jazolanadigan qilmishning sodir etilganligida hisoblanadi. Aks
xolda, jinoiy mol-mulkni egallamasdan turib uni legallashtirishga ehtiyoj bо‘lmagan bо‘lar edi.

Shu sababli jinoiy daromadlarni legallashtirish jinoyatni tergov qilish, daromad olinishiga

sababchi bо‘lgan jinoyatni tahlil qilishdan boshlanadi. Bu jinoyat esa, О‘zbekiston Respublikasi
JK Maxsus qismida nazarda tutilgan va uning sodir etilishi natijasida daromad olish mumkin
bо‘lgan har qanday jinoyat hisoblanishi mumkin.

Legallashtirish belgilari tadbirkorlik yoki biror bir iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda

bо‘ladigan pul mablag‘lari bilan bog‘liq moliyaviy operatsiyalar yoki oldi-sotdi, ijara, boshqa
mulkiy bitimlarga oid ma’lumotlarni tahlil qilish orqali aniqlanadi.

Jinoiy faoliyat sifatida legallashtirish jarayonida doimo ikkita holat namoyon bо‘ladi: a)

jinoiy daromad tо‘plash (“iflos” pullar) va b) ularni hisobga olish va soliqqa tortishdan yashirish.

Bu ikkala fakt rasmiy hujjat yuritishda va “yashirin buxgalteriya”da namoyon bо‘lib, qoida

tariqasida jinoyatchi о‘zining “xotirasi uchun” yonma-yon olib boradi.

Jinoiy daromadlarni legallashtirish belgilari ayniqsa yuridik va jismoniy shaxslarning

iqtisodiy faoliyatini tahlil qilishda, ish yuritish usuli, tovarlar harakatida namoyon bо‘ladi.

Agar korxonaning faoliyati tovar ishlab chiqarish bilan bog‘liq bо‘lsa, jinoiy daromad olish

mahsulot xarajatining ishlab chiqarilgan tovar birligiga nisbatan kо‘paytirish, rasmiy buxgalterlik
hujjatlarida qimmatbaho xomashyo kо‘rsatilib, aslida arzonidan foydalanish, shuningdek
texnologik jarayonlarning sun’iy buzilishiga bog‘liq bо‘lib, natijada rо‘yxatga olinmagan ortiqcha
xom-ashyo yoki tovarlarning paydo bо‘lishiga olib keladi.

Jinoiy yо‘l bilan topilgan tayyor mahsulotlar saqlash uchun omborxonalarda tо‘planadi va

hushyorlik bilan hisobga olinib, soliqqa tortishdan yashiriladi. Bunday hollarda rasmiy hujjatlar
xaspо‘shlanadi. Sо‘ngra xom-ashyo, pullar, tovarlar inventarizatsiya, taftish, taqqoslama
hujjatlarni yuritish vaqtida soxta tashkilotlarga beriladi. Qoida bо‘yicha moddiy javobgar shaxs
“yashirin buxgalteriya”ni yuritadi. “Iflos” pullarni tozalash kredit-moliya va bank, davlat mulkini
xususiylashtirish, turli xil sarmoya fondlari faoliyatidagi moliyaviy firibgarliklarning keng
tarqalgan sohasi hisoblanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1325

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish belgilari jismoniy va yuridik

shaxslarning haqiqiy daromadlari, uning manbaidan olinayotgan qonuniy daromadlarga tо‘g‘ri
kelmasligida kо‘rinadi. Boshqacha aytganda, jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan
qilinayotgan turli kо‘rinishdagi xarajatlar uning qonuniy yо‘l bilan olayotgan umumiy
daromadidan bir necha marotaba kо‘p bо‘ladi. Natijada, jismoniy yoki yuridik shaxslar qonuniy
daromaddan tashqari jinoiy yо‘l bilan olingan daromadlarini yashirish yoki niqoblash uchun unga
qonuniy tus beradi.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyati yuzasidan jinoyat ishini

qо‘zg‘atishning asosida pul mablag‘lari va mol-mulkning jinoiy kelib chiqishini aniqlash imkonini
beruvchi ma’lumotlarda kо‘rinadi. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga va uyushgan jinoyatchilikka
qarshi kurashga ixtisoslashgan bо‘linmalarning materiallaridan foydalaniladi. Tergovchi
surishtiruv organi bilan birgalikda materiallarni tahlil etish va jinoyat ishini qо‘zg‘atish rejasini
ishlab chiqadi. Ikkinchi holatda esa surishtiruv organlari legallashtirish fakti yuzasidan tezkor-
qidiruv chora-tadbirlarini amalga oshiradi yoki xabarlar, arizalar bо‘yicha tekshiruv ishlarini olib
boradi. Tо‘plangan materiallar tergovchiga jinoyat ishini qо‘zg‘atish va tergovni boshlash
masalasini hal qilish uchun taqdim etiladi. Tezkor materiallarni amalga oshirish rejasi tuzilib,
taktik operatsiyalar ishlab chiqiladi. Misol uchun: kechiktirib bо‘lmaydigan “jinoyat ustida qо‘lga
olish”, “bir vaqtda bir necha shaxslardan jinoiy daromadlarni olib qо‘yish”, “ish joyini tintuv qilish
va ushlab turish”, “bankdagi hisob-kitob raqamlarini xatlash”, “bir vaqtning о‘zida tegishli
muassasalardan hujjatlarni olib qо‘yish” shular jumlasidandir.

Shu sababdan, “oshkoralashtirishni tergov qilish uchun bank yoki tijorat sirini yengib

о‘tish zarur, biroq buning uchun avvalo, oshkoralashtirish fakti bо‘yicha jinoyat ishini qо‘zg‘atish
kerak. Ayni vaqtda daromadning jinoiy ekanligini oldindan bilmay turib, jinoyat ishi
qо‘zg‘atishning iloji yо‘q”[13].

Agar jinoyat ishi qо‘zg‘atilganidan sо‘ng, shaxsning bir yoki bir necha oldin aniqlanmagan

jinoyatni sodir etganligi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar olinganda yoki u bilan ishtirokchilikda yangi
shaxslar jinoyat sodir etganligi aniqlangan hollarda qо‘zg‘atilgan jinoyat ishlarining yagonaligi
yoki kо‘pligi tо‘g‘risida muammolar kelib chiqadi. Bunda, yangi jinoyat ishini qо‘zg‘atib, sо‘ng
uni bitta jinoyat ishiga birlashtirish talab etiladimi yoki yangi jinoyat e’lon qilingan ayb
mazmuniga kiritish lozimmi, degan savol tug‘iladi[14].

Muallifning fikricha, jinoyat ishi birligi uning predmeti, vaqt, hudud, shaxslarga,

shuningdek jinoyatning obyekti yoki obyektiv tomoniga qarab bо‘linmasligi bilan belgilanadi va
aksincha jinoyat ishi predmetining aytib о‘tilgan mezonlarga qarab bо‘linishi jinoyat ishlarining
kо‘payib ketishiga olib keladi.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatlari yuzasidan tergovni

rejalashtirish va tergov versiyasini yuritish kо‘p hollarda tergov vaziyatlari, dastlabki tergov va
tezkor-qidiruv tadbirlari natijalariga bog‘liqdir.

Rejalashtirish dalillarni aniq bir maqsadga qaratilgan holda qidirish vositasi bо‘lib,

tergovni tashkillashtiruvchi va yо‘naltiruvchi asos bо‘lib xizmat qiladi. U tergov masalalarini
tо‘g‘ri va о‘z vaqtida aniqlashdan, versiyalar tuzishdan, ularni tekshirish yо‘llari va usullarini
ishlab chiqishdan, ilmiy-texnik vositalardan va maqsadga yо‘naltirilgan taktik usullardan
maksimal keng foydalanishni ta’minlab berishdan iborat. Rejalashtirish ish bо‘yicha haqiqatni


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1326

aniqlash uchun qanday tergov harakatlari zarurligini, har bir jinoyatchining harakatini fosh
etilishini, tо‘liq va obyektiv tergovini ta’minlab berish uchun qanday ketma-ketlikda va qanday
taktik jihatdan tо‘g‘ri о‘tkazish kerakligini aniqlashga qaratilgandir. Jinoyatchilik bilan
kurashishda turli xil xizmat xodimlari ishtirok etadi, shuning uchun tergovni rejalashtirish ratsional
tashkillashtirish vositasi bо‘lib, juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatlari bо‘yicha faoliyat bir

qator tergov harakatlari, tezkor-qidiruv va boshqa chora-tadbirlarni о‘tkazilishini talab etadi;
ularning har biri jinoyat-protsessual qonunda belgilangan muddatlarga rioya etgan holda
sinchkovlik bilan tayyorlanishi va о‘tkazilishi kerak. Tergovning har tomonlama va tо‘liqligi kо‘p
jihatdan tergovning tezkor-qidiruv bilan о‘zaro muvofiqlashtirishga bog‘liq. Bundan tashqari,
tergovchining yurituvida, odatda, bir emas, bir nechta ishlar bо‘ladi. Rejalashtirish - bu tо‘g‘ri
ilmiy asosda qurilgan tergovchining ishini tashkillashtirishning zaruriy sharti.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatlarini tergovini

rejalashtirishda quyidagi tamoyillarga tayanish zarur; individuallik (о‘ziga xoslik); muayyanlik;
rejalashtirishning dinamikligi; amaliylik; fursatni boy bermasdan bajarish; rejalashtirishning
davriyligiga.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatlarini tergov qilishda

rejalashtirishning uzluksizlik prinsipi eng yorqin tarzda amalga oshiriladi. Reja muntazam
о‘zgarib borishi mumkin, chunki ish jarayonida oldin hisobga olinmagan, ammo hal etilishini talab
etuvchi yangi muammolar, alohida xususiy masalalar yuzaga keladi. Jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni legallashtirish jinoyatlari yuzasidan jinoyat ishini qо‘zg‘atish vaqtida tergovchida
dastlabki ma’lumotning yetishmasligi bilan bog‘liq, tergovning dastlabki bosqichidayoq uning
asosida tergovning rejalari о‘zgaradigan va tо‘ldiriladigan, shuning uchun bajarilishi muddatini
о‘zgartiradigan yangi va muhim ma’lumotlar kirib keladi.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatlar tergovi kо‘p epizodli va

tezkor, tergov ma’lumotlarning kirib kelishi muddatning katta farqi, shuningdek yuzaga kelgan
tergov vaziyatini hal etish uchun kriminalistik nuqtayi nazardan turli xil tergov harakatlarning
qо‘llanilishi bilan shartlangan davriylik tamoyili ham о‘ziga xos xususiyatlarga ega.

Kо‘rib chiqayotgan ishlar bо‘yicha rejalashtirishning о‘ziga xos xususiyatlaridan biri uning

ogohlantiruvchi fe’l-atvoridir. Bu xususiyat odatda jinoyatni sodir etgan, ammo qо‘lga olinmagan
shaxslar, shuningdek uyushgan guruh a’zolarining kо‘pincha о‘z kriminal faoliyatini davom
ettirish bilan fe’l-atvorlanadi. Bunda rejalashtirilgan chora-tadbirlar avvalambor, jinoyat qidiruv
va IIBning boshqa xizmat xodimlarini hududida jinoyatchilarni paydo bо‘lish ehtimoli mavjudligi
haqida xabardor qilishdan boshlanishi kerak. Bu “mо‘ljal”ning samaradorligini oshirish uchun
sodir etish usullarining, jinoyatchilarning belgilarini iloji boricha batafsilroq ta’riflash zarur.

О‘rganilgan jinoiy ishlar shuni kо‘rsatadiki, rejaning bunday oldindan aytib berish

punktlari qulay amalga oshirilgan holatlarda, ozodlikda qolgan jinoyatchilarni yangi harakatni
tayyorlash jarayonidayoq muvaffiqqiyatli qо‘lga olish imkoniyati paydo bо‘ladi.

Kо‘p holatlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatlari haqidagi

ishlarda shunday tergov vaziyati yuzaga keladiki, bunda jinoyatchi ma’lum, ammo qо‘lga
olinmagan yoki jinoyatchi umuman noma’lum bо‘ladi. Bunday holatlarda tergovchining


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1327

harakatlarini tezkor-qidiruv chora-tadbirlarini о‘z vaqtida rejalashtirishi muhim ahamiyat kasb
etadi.

N.I. Kulaginning fikricha “tergovni rejalashtirish, tergovni oqilona tashkillashtirishning

sharti bо‘lib xizmat qiladi va tergovning asosiy yо‘nalishlarini, shuningdek protsessual harakatlar
va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish ketma-ketligini aniqlash bо‘yicha fikrlash faoliyatini
о‘zida namoyon qiladi” deb ta’kidlaydi [15]. Shuning uchun, uyushgan guruh tomonidan sodir
etilgan jinoyatni tergov qilish jarayonida qо‘shimcha ma’lumotlarni olinishi (yoki dastlabki
tekshiruvni о‘tkazilishi) dastlabki rejaga о‘zgartirish kiritilishi mumkinligiga e’tiborimizni
qaratishimiz zarur. Shu xususida A.M. Larinning “rejalashtirish tergov jarayonida tо‘xtovsiz
tо‘ldirilib, aniqlanib, ma’nosi о‘zgarib boradigan faktik ma’lumotlarni hisobga olinishiga
asoslanadi” degan fikriga asoslanishimiz mumkin[16]. Shunga muvofiq, ravishda reja tergov
jarayonida tо‘ldirilib, о‘zgartirilib turadi. Shuning uchun, rejalashtirish jarayoni sodir etilgan
jinoyatni qabul qilishdan, tergov harakatlarini amalga oshirish jarayonlarini va ayblov xulosasi
tuzilguniga qadar uzluksizdir. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish
jinoyatlarining dastlabki bosqichda tergov qilish va ochish masalalari va berilgan tergov
vaziyatlari bilan muvofiq ravishda, rejalashtirishning asosiy yо‘nalishlari quyidagilardir: 1) jinoiy
faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatlari yuzasidan mо‘ljalni olish; 2) ish
bо‘yicha tadqiq qilinishi kerak bо‘lgan faktlarni aniqlashtirish; 3) jinoyatni tergov qilish va
dastlabki tekshiruvni о‘tkazishni rejalashtirish uchun boshlang‘ich ma’lumotlarni olish;
4) vaqt о‘tishi bilan mutlaqo yо‘qolishi mumkin bо‘lgan obyektlarni qidirish, yig‘ish va qayd
qilish; 5) jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararni aniqlash.

Bu ma’lumotlarning tо‘liqliligi va sifatidan qat’i nazar tergovchi ularni tahlil qilib, tipik

versiyalar asosida tergov harakatlarining majmuini va ketma-ketligini belgilashi kerak.

Jinoiy

faoliyatdan

olingan

daromadlarni

legallashtirish

jinoyatlari

tergovini

rejalashtirishning ilmiy tahlili uning masalalari, darajalarini hisobga olib alohida faoliyat tizimida
kо‘rib chiqilishini talab etadi.

Jinoyatning tergovini tashkil qilish bosqichlarida о‘tkazilayotgan tergov harakatlarining

rejasini о‘zgartirish va aniqlashtirish, qо‘llanilayotgan usullar natijalarini, tergov harakatlari orqali
olingan natijalar bilan qarama-qarshi aloqa mexanizmi vositasida taqqoslash yо‘li bilan amalga
oshiriladi [17].

G‘.A. Abdumajidov fikricha, “tergovni rejalashtirishda, ayniqsa uyushgan guruh

tomonidan sodir etilgan jinoyatlarda har bir jinoyatchini e’tiborga olish lozim” [18].

Darhaqiqat, faqatgina bitta gumon qilinuvchi qо‘lga olingan vaziyatda, tergovni

rejalashtirishning о‘ziga xos xususiyatlari va asosiy yо‘nalishlari, dastlabki tergovda gumon
qilinuvchining tutgan pozitsiyasi va xulq-atvoriga bog‘liq. Keyinchalik, tergov rejasini tuzgandan
sо‘ng tergovchi quyidagilarni bajarishi zarur: gumon qilinuvchining jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni legallashtirish vaziyatlari va unga daxldor shaxslar haqidagi kо‘rsatmalarni
ishonchliligini tekshirish; gumon qilinuvchi tomonidan yashirgan barcha ma’lumotlarni
aniqlashga qaratiladi.

Yuqoridagilardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, tergovchi ushbu jinoyatlar

yuzasidan tergovni rejalashtirish va tergov versiyalarini yuritishda nafaqat jinoyat bо‘yicha


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1328

olingan ma’lumotlar, balki tergovni rejalashtirish va versiya yuritish, amalga oshirish va tekshirish
yuzasidan berilgan kriminalistik tavsiyalar bazasidan ham foydalanishi lozim.

Tergovni rejalashtirishda versiya eng muhim о‘rin egallaydi. Muammoli holatlarni hal

etishga yо‘naltirilgan jarayon: birinchidan, dastlabki ma’lumotlarni mantiq usullarini qо‘llash
orqali tekshirish (tahlil, sintez, analogik, statistik, induksiya, deduksiya, modellashtirish v.b.);
ikkinchidan, psixologik qayta shakllantirish (nazarda tutilgan holatlarning taxminiy shakli,
qiyofasi), holatga subyektiv fikr bildirishdir. Jinoyatni ochish va tergovni tashkil etishda samarali
ijodiy jarayon sifatida tergov versiyasini tuzish va tekshirish namoyon bо‘ladi. Versiyaning metodi
sifatida mantiq bir vaqtning о‘zida aniqlangan fakt yuzasidan tushuntirish va hali aniqlanmagan
holat yuzasidan asosli qaror qabul qilish imkonini beradi.

Tergov versiyasining tushunchasi, tuzilishi, о‘ziga xos xususiyatlari haqidagi masala

muzokarali masalalar qatoriga kiradi, kriminalistik adabiyotlarda G‘.A. Abdumajidov, R.S.
Belkin, L.Y. Drapkin, A.G. Fillipov, SH.N. Xaziyev kabi olimlar о‘z ishlarida shu mavzuga
alohida to‘xtalib о‘tishgan [19].

Versiya - bu faktlarning rо‘y berish mohiyati yoki mavjudligi, shuningdek о‘rganilayotgan

hodisaning sabablarini tushuntirib beruvchi, mantiqda taxmin deb tushuniladigan gipotezaning bir
turidir.

Hodisaning mohiyatini va uning barcha vaziyatlarini aniqlashtirish uchun tergovchi tergov

versiyalarini yuritadi va tekshiradi. Boshqa sо‘z bilan aytganda ular umumiy (umumiy jinoyat
belgilariga ega hodisani taxminan tushuntirish) ham, xususiy (bu hodisaning alohida tomonlari,
elementlarini taxminiy tushuntirish) ham bо‘lishi mumkin.

Tergov versiyalari hamma vaqt muayyan jinoiy ishining vaziyatlariga tegishli bо‘lib,

odatda, protsessual yо‘l bilan olingan faktik ma’lumotlarga, ya’ni dalillarga asoslanadi va faqat
tergov harakatlari orqali tekshiriladi, natijada yangi dalillarni hosil qiladi.

Versiyalar tergovning yо‘nalishini belgilab beradi, shuning uchun ularni ishlab chiqish

rejalashtirishning muhim va ma’suliyatli qismi hisoblanadi.

Faktning imkoni bor barcha istisnoli variantlarini о‘ziga tasavvur etib (jinoiy ish

predmetiga tegishli) tergovchi rо‘y bergan hodisaning haqiqiy suratini aniqlaydi. Mavjud
ma’lumotlarga asoslanib tergovning fe’l-atvori va yо‘li haqida taxminlar yuritib, u faktlarni izlab
topish yо‘li va usullarini belgilab oladi. Bunday faktlarning aniqlanishi yoki aniqlanmasligi
tergovning keyingi yо‘nalishini kо‘rsatuvchi mо‘ljal bо‘ladi. Jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni legallashtirish jinoyatlari bо‘yicha yuritilgan versiyalarni ishlab chiqish va tekshirish
jarayonida ular tobora detallashadi. Versiyalarni detallashtirib tekshirish oqibatda, shaxsning
ayblanuvchi sifatida jalb etish qarorni shakllanishiga va ish bо‘yicha yakuniy xulosaga kelish
imkonini beradi.

Versiyalarni yuritish bо‘yicha tergovchining faoliyati uchta elementdan iborat bо‘ladi:
1. Dastlabki ma’lumotni olish va faktik bazani shakllantirish.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatlari bо‘yicha faktik baza

tergov harakatlari va tezkor-qidiruv chora-tadbirlari natijasida shakllanadi. Ya’ni tergovchining
faktlarni yig‘ish, detallashtirish va tartibga solish yо‘li bilan shakllanadi. Ayrim holatlarda sodir
etilgan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyati haqidagi ma’lumotlar hajmi
yetarli bо‘lmaydi, bunday holda tergovchi ma’lumotlarning qо‘shimcha manbalariga murojaat


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1329

qilishi lozim, ya’ni versiyalarning nazariy bazasiga murojaat etishi zarur. Versiyalarning nazariy
bazasi - bu tergov qilinayotgan jinoyat ishi va uning protsessual doirasidan tashqarida mavjud
bо‘lgan ma’lumotlar yig‘indisi hisoblanadi.

2. Unga mantiqiy ishlov berish va nazariy bazasini shakllanishi.
Nazariy baza, ish bо‘yicha noma’lum vaziyatlarga taxminan tegishli bо‘lgan axborotlar

yig‘indisini о‘zida namoyon etadi, bu tergov qilinayotgan jinoyatning analogik jinoiy ishlar bilan
xayolan umumlashtirish natijasidir. Tergovchi tomonidan faktik bazaning tarkibini hisobga olgan
holda umumlashgan ma’lumotlar (jinoyatning kriminalistik tavsifi, faktik prezumpsiyalar,
tergovchining shaxsiy tajribasi, tajriba yordamidan tashqari bevosita murakkab yо‘l bilan
haqiqatni bilish qobiliyati, turli fanlarni bilishi va boshqalar)dir.

3. Yakunlovchi xulosalarni tuzish va versiyalarni shakllanishi.
Versiya jarayonning uchinchi elementi - faktik bazani dastlabki nazariy ma’lumotlar bazasi

bilan umumlashtirish jarayonida ularning о‘zaro ta’siri natijasida ehtimoldagi bilim shakllanadi va
ilgari sо‘riladi.

L.Y. Drapkin aytganidek, versiya yuritish jarayonining samaradorligi va uning evristik

imkoniyatlari faktik bazaning xususiyatiga bog‘liq [20].

О‘tkazilgan tadqiqotlar va yuqoridagi fikrlar shuni kо‘rsatdiki, tergovchi jinoiy

daromadlarni legallashtirish jinoyati yuzasidan versiyalarni yuritishda quyidagilarni hisobga
olish zarur; versiyalar yuritishning faktik va nazariy bazasini; jinoiy daromadlarni legallashtirish
jinoyatini sodir etgan shaxslar haqidagi xususiy versiyalar yuritilishining о‘ziga xos
xususiyatlarini.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatlarini tergov qilishda

tergovchining vazifasi nafaqat berilgan vaziyatdagi versiyalarni tо‘g‘ri belgilash, balki ularni
tekshirish taktikasini tо‘g‘ri ishlab chiqishdan ham iborat, bu degani versiyalar yuritilganidan va
aniqlanishi kerak bо‘lgan masalalar belgilanganidan keyin tergovchi, u yoki bu versiyani
tasdiqlovchi yoki rad etuvchi dalillarni qidirish uchun qanday tergov harakatlarini va qanday
ketma-ketlikda о‘tkazilishini aniqlab oladi.

Kо‘p hollarda jinoyatchi jinoyatni sodir etganidan sо‘ng yashirinadi. Shunga о‘xshash

holatlarda versiyalar yuritish va tergov rejasini tuzishda, zaruriy dalillarni yig‘ishda
gumonlanuvchini aniqlash va ushlashga e’tibor beriladi. Bunday reja ustidan ishlashda eng
muhimi – jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatlarini sodir etish mumkin
bо‘lgan shaxslarga nisbatan versiyalarni yuritish va tekshirish zarur.

Shuni alohida ta’kidlashimiz kerakki, tergovning dastlabki bosqichida, jinoyatchi

topilmaganda, versiyalar jinoyatni sodir etish usuliga nisbatan yuritiladi.

Yuqorida kо‘rilganlardan kelib chiqib, tergovchi va tezkor xodimlarga

inssenirovka”

haqidagi versiyalarni tekshirish metodikasini tavsiya etish mumkin uning kiyimiga yetkazilgan
ziyon haqidagi ma’lumotlar bilan taqqoslash;

Kо‘rilayotgan muammoning keyingi aspekti jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni

legallashtirish jinoyatini sodir etgan shaxslar soni haqidagi versiyalarni tuzish bilan bog‘liq.

Uyushgan guruh tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyati

sodir etilganligi haqida о‘z vaqtida versiyalar yuritilishi jinoyatchilar qidiruvini maqsadga
muvofiq olib borish imkonini beradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1330

Sahnalashtirish haqidagi versiyadan tashqari unga parallel ravishda boshqa versiyalar

ustida ham ish olib borilishi kerak, ya’ni tanishlar, yaqin dо‘stlar, qarindoshlar, hamkasblar,
hamkorlar doirasi tekshirilishi zarur.

Jinoyatchilar haqidagi guvohlarning kо‘rsatmalari, ashyoviy dalillar, topilgan izlarni

tadqiq qilish natijalari bilan muhim darajada tо‘ldirilishi mumkin. Yuqorida aytib о‘tilganlardan
kelib chiqib, iloji boricha tergovning dastlabki bosqichida yoki tergovning keyingi bosqichlarida
axborotning yig‘ilishi jarayonida, jinoyatchini qidirishga yordam berishi mumkin bо‘lgan barcha
ma’lumotlar aniqlanadi.

Tergov amaliyotida versiyalar shakllanadi va tergovchi tomonidan hal etiladi. Ishning har

bir aniqlanishi kerak bо‘lgan vaziyatiga nisbatan versiyalarning tuzilishi obyektiv, har tomonlama
va tо‘liq isbotlashning zaruriy shartidir.

Dastlabki operativ materiallar tergov versiyalarini ishlab chiqishga va ilgari surishga asos

bо‘lib xizmat qiladi, uning sifati esa tergovning muvaffaqiyatini oldindan belgilaydi. О‘tkazilgan
ishlarning tо‘liqligi va sifatiga bog‘liq holda versiyalar aniqlikning yuqori yoki past darajalari
bilan fe’l-atvorlanishi mumkin.

V.I. Batishev “versiyalarning tarkibi ishning tub vaziyatlari haqida taxminlarni hosil qiladi:

isbotlash predmeti, isbotlovchi faktorlar haqida, shu vaziyatlarni aniqlab berishi mumkin bо‘lgan
manbalar haqida”,- deya ta’kidlaydi.

Yuqoridagi fikrga qо‘shilgan holda shuni aytish mumkinki, versiyaning tarkibiga nafaqat

yuqorida sanab о‘tilgan faktorlar, balki ushbu faktorlarni topish yuzasidan tegishli ma’lumotlar
ham aks etishi lozim. Vaziyatga kiritilgan о‘zgarishlarning tahlili jinoyatchilar soni haqidagi
alohida versiyalarni tuzishga imkon beradi.

G‘.A. Abdumajidov versiyani quyidagicha ta’riflaydi, tergov versiyasi

-

bu tergovchining

tekshirilayotgan hodisa mohiyati va sabablari, aybdor shaxslar va ular aybining xususiyati, ishning
boshqa holatlari tо‘g‘risidagi taxminidir. Bu ma’lumotlar va dalillarning mumkin qadar keng
umumlashtirilishi, ularning yagona izoh bilan birlashtirilishi demakdir; versiya jinoyatni tо‘liq
ochishga, jinoyatchilarni fosh qilishga, aybsizlarni oqlashga qaratilgan. Nihoyat, tergov versiyasi
- bu tekshirilayotgan hodisalarning tergovchi tasavvurida fikran yaratilgan obrazi, modeli, shakl-
shamoyili.

Keltirilgan fikrga kо‘ra tergov versiyasi - fikrlash jarayonining uchta jihati: bilishga oid,

mantiqiy va ruhiy jihatlari birligining natijasidir. Aynan shu bois kriminalistik nazariyada uning
mohiyati xususida turlicha nuqtayi nazarlar tarkib topgan. Ushbu bir-biriga mos kelmaydigan
xususiyatlar uchun umumiy bо‘lgan narsa shuki, ularning barchasi murakkab, kо‘p ma’noli
versiya tushunchasining qirralaridan birini aks ettiradi. Insoniy fikr-mulohaza, fikriy obraz va
modelning farazlari va izohlari sifatlarini jamlagan holda о‘zida uyg‘unlashtiradi.

Tergov versiyasi quyidagi xususiyatlarga ega bо‘lishi zarur:
haqiqiy bо‘lib, daliliy ma’lumotlarni о‘rganish asosida tuzilgan bо‘lishi;
ilmiy ma’lumotlarga mos kelib, ularga qarshi chiqmasligi;
mantiqan tо‘g‘ri tuzilgan va qarama-qarshiliklarga ega bо‘lmasligi.
Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda jinoiy daromadlarni legallashtirish jinoyati

yuzasidan versiya yuritishda ish yuzasidan tо‘plangan ma’lumotlardan foydalanish va u bilan
bog‘liq versiyaning mantiqiy ketma-ketligiga katta e’tibor qaratish lozim.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1331

О‘tkazilgan tadqiqotda shu aniqlandiki, amaliyotda tergovchi va tezkor qidiruv xodimlari

versiya yuritishda har doim ham versiya yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy ma’lumotlardan
foydalanmaydi, bu esa versiyani amaliy qо‘llash tо‘g‘risida metodik tavsiyalarni ishlab chiqish
lozimligini kо‘rsatmoqda.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatlari yuzasidan versiyalar

tuzishda tergov vaziyatlarining ahamiyati katta. Jinoyatlarni tergov qilishdagi kо‘p yillik tajriba
natijasida olingan ma’lumotlar kriminalistlarda ularni muayyan tiplarga va tizimlarga ajratish
zaruriyatini keltirib chiqardi. Jinoyatlarni tergov qilishning eng maqbul yо‘lini tez va tо‘g‘ri
tanlash maqsadida kriminalistika fanida xilma-xil tergov vaziyatlari bir necha guruhlarga, ya’ni
tiplarga ajratildi va undan jinoyatlarni tergov qilishning samaradorligini oshirishga qaratilgan
kriminalistik dasturlarni ishlab chiqishda foydalaniladi.

Tergov vaziyatining о‘ziga xosligi tergov qilinayotgan jinoyatning turi va xiliga, uning

kriminalistik tuzilishining о‘ziga xosligiga muayyan darajada bog‘liq bо‘ladi.

Tergov vaziyati-bu tergov ishlari olib borilayotgan jinoyat ishining muayyan vaqtdagi

faktik (nima aniq) va muammoli (nimani aniqlash lozim) taraflarini ajratib kо‘rsatish imkonini
beradi.

Tergov vaziyatining mazmuni ma’lumotlar manbasining (jinoyat ishini qо‘zg‘atish

bosqichida-jinoyat ishi qо‘zg‘atish sabablari) о‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq. Ish bо‘yicha
tergov jarayonining dastlabki yoki jinoyat ishini qо‘zg‘atish bosqichida tо‘plangan tergov
vaziyatlarini hisobga olmasdan turib, jinoyatlarni tergov qilishni tashkil etib bо‘lmaydi. Tergov
vaziyati tergov maqsadini belgilaydi va taktik vazifalarning zaruriy elementi hisoblanadi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, tergov vaziyatining mazmuni faktik (tergovchiga ma’lum

holatlar) va muammoli (nimani aniqlash lozim) taraflarga bо‘linib, aynan tergov vaziyatining
faktik tarafi tergov vaziyati mazmunining tavsifida namoyon bо‘ladi. Tergov vaziyatining
muammoli tarafi esa mazkur vaziyatda tergov qilishning tipga oid dasturi oldiga qо‘yilgan
vazifalar qatorida bо‘ladi.

Aniqlangan ma’lumotlar hajmi va jinoyat ishini qо‘zg‘atish asosiga qarab dastlabki tergov

vaziyatlarini ikki toifaga bо‘lish mumkin.

1. Boshqa jinoyat ishini tergov qilishda aniqlangan va isbotlangan jinoiy daromadlarni

legallashtirish holati aniqlanishi lozim: jinoiy ish materiallarida jinoiy daromadlarni legallashtirish
bо‘yicha harakatlar amalga oshirilganligi tо‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar bо‘lganda;
legallashtirish jinoyatini yoki о‘zga shaxsning jinoiy daromadini legallashtirgan shaxs aniqlangan
hollarda legallashtirilgan jinoiy daromadning miqdori va turgan joyi tо‘g‘risida ma’lumotlar
bо‘lmaganda.

2. Jinoiy daromad olish uchun sodir etilgan jinoyat bо‘yicha ish qо‘zg‘atilgan va tergov

ishlari olib borilayotgan bir paytda jinoiy daromadlarni legallashtirishga qaratilgan quyidagi
harakatlar aniqlanganda: jinoiy daromad olgan shaxs bir paytning о‘zida jinoiy daromadni
yashirish va unga qonuniy tus berishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirgan bо‘lsa; jinoiy
daromadlarni legallashtirishga qaratilgan harakatlarni sodir etgan shaxs jinoyat ustida qо‘lga
olingan bо‘lsa; shaxs, legallashtirish maqsadida jinoyat natijasida olingan daromadlarni qonuniy
iqtisodiy faoliyat natijasida olingan daromadlar bilan (aralashtirish) birlashtirganda.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1332

Yuqorida kо‘rsatib о‘tilgan tipga oid tergov versiyalari quyidagi asoslarni inobatga olgan

holda, tipga oid tergov versiyalarini ilgari surishga shart-sharoit yaratadi.

1. Aniqlangan yoki taxmin qilinayotgan jinoiy yо‘l bilan olingan daromadlarni

legallashtirish usuliga qarab tegishli versiya ilgari suriladi: legallashtirish predmeti, uni
joylashtirish yо‘li yoki saqlash joyi; jinoiy daromadlarni olish manbalari va ularni
konsentratsiyalash, tо‘plash va legallashtirish izlarini yashirish usullari; legallashtirilgan jinoiy
daromad hajmining jinoiy faoliyat natijasida olingan daromadga mos kelishi; jinoiy daromadlarni
legallashtirishda foydalanilgan moliyaviy-xо‘jalik operatsiyalari turlari; jinoiy olingan pul
mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq bitim turlari; jinoiy daromad topgan shaxsning
jinoiy daromadlarini legallashtirishga qaratilgan harakatlari; jinoiy yо‘l bilan olingan pul
mablag‘lari yoki boshqa mol-mulklarni legallashtirish bо‘yicha harakatlarning boshqa shaxslar
tomonidan amalga oshirilishi, jinoiy daromadlar bо‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishga
rozilik bergan shaxslar yoxud daromadning jinoiy yо‘l bilan topilganligini oldindan bilmagan
shaxslar tomonidan sodir etilgan harakatlar.

2. Jinoyatni sodir etgan subyektga qarab quyidagi versiyalar ilgari suriladi: jinoyat sodir

etish natijasida bevosita noqonuniy pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk olgan shaxs (jinoiy guruh
tarkibida); boshqa shaxslar tomonidan jinoiy yо‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirish
bо‘yicha harakatlarni amalga oshiruvchi shaxs; bevosita ijrochilar, ularning asosiy funksiyalari va
korrupsion aloqalari.

3. Legallashtirish joyi va sharoitiga qarab quyidagi versiyalar ilgari suriladi: jinoiy

daromad turiga qarab legallashtirish mumkin bо‘lgan moliyaviy-xо‘jalik faoliyati sohasi haqida;
jinoiy yо‘l bilan olingan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni legallashtirish maqsadida soxta
firmalar, banklar yoxud boshqa soxta iqtisodiy faoliyatni tashkil etishga oid tergov versiyalari
ilgari suriladi.

Yuqorida keltirilgan holatlar jinoiy daromadlarni legallashtirishni tergov qilish bо‘yicha

quyidagi tergov vaziyatlarini ajratib kо‘rsatish imkonini beradi:

Birinchidan,

jinoiy daromadlarni legallashtirish fakti bazaviy (asosiy) jinoyatni tergov

qilishda aniqlanadi.

Ikkinchidan,

jinoiy daromadlarni legallashtirishga qaratilgan pul mablag‘lari yoki boshqa

mol-mulk bilan bog‘liq shubhali operatsiyalar tо‘g‘risida ma’lumot berish majburiyati yuklatilgan
tashkilotlarning ma’lumotlari bо‘yicha aniqlanadi.

Uchinchidan,

jinoiy daromadlarni legallashtirish fakti О‘zbekiston Respublikasi Bosh

prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining tezkor-qidiruv
bо‘linmalari tomonidan tezkor-qidiruv faoliyati jarayonida aniqlanadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 243-

moddasi tahririni “Jinoiy faoliyatdan olingan dapomadlarni legallashtirish” jinoyatini Jinoyat
kodeksining 3-bо‘limiga, ya’ni “iqtisodiyotga qarshi jinoyatlar” toifasiga kiritish maqsadga
muvofq bo‘lardi.

REFERENCES

1.

Jinoyat huquqi. Umumiy qism. Oliy о‘quv yurtlari uchun darslik. (M.Usmonaliyev.-T.,
“Yangi asr avlodi”, 2005, (662) 67 b.)


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1333

2.

Криминалистика: учебник для студентов вузов под ред. А.Ф. Волынского, В.П.
Лавров.-2-е изд., перераб. и доп. – М.:ЮНИТИ-ДАНА: Закон и право, 2008. – С. 669

3.

О‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 15 yanvardagi "Iqtisodiy jinoyatlarga va ommaviy
qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish mexanizmlari
takomillashtirilishi munosabati bilan О‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun
hujjatlariga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida"gi О‘RQ-516-son Qonuni
https://lex.uz/uz/docs/4163506

4.

Rustamboyev M.H. О‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi.

V tom

. Maxsus qism.

Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni о‘tash tartibiga
qarshi jinoyatlar. Oliy ta’lim muassasalari uchun darslik. – T.: “ILM ZIYO”, 2011. (312)
16 b.

5.

Алиев В.М., Третьяков И.Л. Уголовная ответственност за легализаsию (отмывание)
денежных средст или инного имущества, приобретенных преступным путем//
Российский следователь. 2002.№5.С12.

6.

Клепиsкий И.А. “Отмывание денег” в современном уголвном праве//Госудраство и
право, 2002. №8С.17.

7.

Алешкин А. И. Предмет доказывания и особенности оsенки доказательств при
расследовании преступлений, связанных с легализаsией (отмыванием) денежных
средств или иного имущества приобретенного незаконным путем. Дис. канд. юрид.
наук: 12.00.09 .-М.: РГБ, 2003 121.ст.

8.

Korrupsiyaga qarshi kurash muammolari: milliy va xalqaro tajriba. Xalqaro ilmiy-amaliy
seminar ma’ruzalar tо‘plami/О‘zR Bosh prokuraturasining Oliy о‘quv kurslari,
Germaniyaning huquq sohasidagi hamkorlik fondi; tuzuvchi V.V. О‘rinov; masul muharrir
T.A. Umarov.-T.: “Chashma Print” , 2010. (424)-251 b.

9.

Осуществления оперативно-розыскной деятельности при выявлении фактов
легализаsии доходов, полученных преступным путем. Зуев С.В./Российский
следователь.№5-2006/. с. 32-34

10.

Осуществления оперативно-розыскной деятельности при выявлении фактов
легализаsии доходов, полученных преступным путем. Зуев С.В./Российский
следователь.№5-2006/. с. 32-34

11.

О‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tо‘plami. 2009 yil, 17-son, 210-modda.

12.

Осуществление оперативно-розыскной деятельности при выявлении фактов
легализаsии доходов, полученных преступным путем. Зуев С.В./Российский
следователь.№5-2006/. с. 32-34.

13.

Mirzaraimov I.M. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni oshkorolashtirishga qarshi
kurashishning huquqiy choralari: О‘quv qо‘llanma.-T.:О‘zbekiston Respublikasi IIV
Akademiyasi, 2008-9-b.

14.

Смирнов А.В. Возбуждение уголовных дел по новым фактам и в отношении новых
лиs./Уголовный проsесс №8 август 2009 /с 1-5.

15.

Кулагин Н.И. Планирование расследования сложных многоэпизодных дел: Учебное
пособие. — Волгоград, 1976. 62 с.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1334

16.

Ларин А.М. Расследование по уголовному делу. Планирование и организаsия. — М.:
Юрид.лит., 1970.— 223с

17.

Макаренко Е.И.Расследование разбойнqх нападений с проникновением в жилища.
Т:. 1991. 30 с.

18.

Абдумаджидов G‘.А. Типовая криминалистическая характеристика групповых
преступлений. В сб.: «Алгоритмы и организаsия решения следственных задач». —
Иркутск, 1982. — 60с.

19.

Абдумажидов G‘.А. Криминалистика. –Т.: Адолат, 2003. Т.1. 216-б., Р.С.Белкин
Криминалистика: проблемы, тенденsии, перспективы.М.:1988., Драпкин Л.Я.
Построение и проверка следственных версий. Дис. канд.юр.наук.М.:, 1972. С.18.,
Хазиев Ш.Н. Технико-криминалистические медоы установления признаков
неизвестного преступника по его селдам.М.: 1986., Филиппов А.Г.Общие положения
криминалистической методики.М.:2000.

20.

Драпкин Л.Я. Построение и проверка следственных версий. Дис. канд.юр.наук.М.:,
1972. С.18

References

Jinoyat huquqi. Umumiy qism. Oliy о‘quv yurtlari uchun darslik. (M.Usmonaliyev.-T., “Yangi asr avlodi”, 2005, (662) 67 b.)

Криминалистика: учебник для студентов вузов под ред. А.Ф. Волынского, В.П. Лавров.-2-е изд., перераб. и доп. – М.:ЮНИТИ-ДАНА: Закон и право, 2008. – С. 669

О‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 15 yanvardagi "Iqtisodiy jinoyatlarga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan О‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida"gi О‘RQ-516-son Qonuni https://lex.uz/uz/docs/4163506

Rustamboyev M.H. О‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. V tom. Maxsus qism. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni о‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar. Oliy ta’lim muassasalari uchun darslik. – T.: “ILM ZIYO”, 2011. (312) 16 b.

Алиев В.М., Третьяков И.Л. Уголовная ответственност за легализаsию (отмывание) денежных средст или инного имущества, приобретенных преступным путем// Российский следователь. 2002.№5.С12.

Клепиsкий И.А. “Отмывание денег” в современном уголвном праве//Госудраство и право, 2002. №8С.17.

Алешкин А. И. Предмет доказывания и особенности оsенки доказательств при расследовании преступлений, связанных с легализаsией (отмыванием) денежных средств или иного имущества приобретенного незаконным путем. Дис. канд. юрид. наук: 12.00.09 .-М.: РГБ, 2003 121.ст.

Korrupsiyaga qarshi kurash muammolari: milliy va xalqaro tajriba. Xalqaro ilmiy-amaliy seminar ma’ruzalar tо‘plami/О‘zR Bosh prokuraturasining Oliy о‘quv kurslari, Germaniyaning huquq sohasidagi hamkorlik fondi; tuzuvchi V.V. О‘rinov; masul muharrir T.A. Umarov.-T.: “Chashma Print” , 2010. (424)-251 b.

Осуществления оперативно-розыскной деятельности при выявлении фактов легализаsии доходов, полученных преступным путем. Зуев С.В./Российский следователь.№5-2006/. с. 32-34

Осуществления оперативно-розыскной деятельности при выявлении фактов легализаsии доходов, полученных преступным путем. Зуев С.В./Российский следователь.№5-2006/. с. 32-34

О‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tо‘plami. 2009 yil, 17-son, 210-modda.

Осуществление оперативно-розыскной деятельности при выявлении фактов легализаsии доходов, полученных преступным путем. Зуев С.В./Российский следователь.№5-2006/. с. 32-34.

Mirzaraimov I.M. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni oshkorolashtirishga qarshi kurashishning huquqiy choralari: О‘quv qо‘llanma.-T.:О‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2008-9-b.

Смирнов А.В. Возбуждение уголовных дел по новым фактам и в отношении новых лиs./Уголовный проsесс №8 август 2009 /с 1-5.

Кулагин Н.И. Планирование расследования сложных многоэпизодных дел: Учебное пособие. — Волгоград, 1976. 62 с.

Ларин А.М. Расследование по уголовному делу. Планирование и организаsия. — М.: Юрид.лит., 1970.— 223с

Макаренко Е.И.Расследование разбойнqх нападений с проникновением в жилища. Т:. 1991. 30 с.

Абдумаджидов G‘.А. Типовая криминалистическая характеристика групповых преступлений. В сб.: «Алгоритмы и организаsия решения следственных задач». — Иркутск, 1982. — 60с.

Абдумажидов G‘.А. Криминалистика. –Т.: Адолат, 2003. Т.1. 216-б., Р.С.Белкин Криминалистика: проблемы, тенденsии, перспективы.М.:1988., Драпкин Л.Я. Построение и проверка следственных версий. Дис. канд.юр.наук.М.:, 1972. С.18., Хазиев Ш.Н. Технико-криминалистические медоы установления признаков неизвестного преступника по его селдам.М.: 1986., Филиппов А.Г.Общие положения криминалистической методики.М.:2000.

Драпкин Л.Я. Построение и проверка следственных версий. Дис. канд.юр.наук.М.:, 1972. С.18