ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
152
EKINZORLARNI, О‘RMONLARNI, DARAXTLARNI YOKI BOSHQA
О‘SIMLIKLARNI SHIKASTLANTIRISH YOXUD NOBUD QILISHI JINOYATINING
JINOIY-HUQUQIY TAVSIFI
Qurbonov Javoxir Odil o‘g‘li.
О‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “Tergov faoliyati”
mutaxassisligi bо‘yicha magistratura tinglovchisi.
E-mail:
Phone: +99897 904-11-18
https://doi.org/10.5281/zenodo.11521063
Annotatsiya.
Maqolada ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni
shikastlantirish yoxud nobud qilish jinoyatining jinoiy-huquqiy tavsifi nazariy va amaliy misollar
orqali tahlil qilingan. Tahlillar asosida ushbu jinoyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha
takliflar ishlab chiqilgan.
Tayanch Tushunchalar:
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, jinoyat, jazo,
jazoni yengillashtiruvchi holatlar, huquqni muhofaza qilish organlari, tergov faoliyati, ekinzorlar,
o‘rmonlar, daraxtlar, shikastlantirish, nobud qilish, jinoiy-huquqiy tavsif.
CRIMINAL-LEGAL DESCRIPTION OF THE CRIME OF DAMAGE OR
DESTRUCTION OF FIELDS, FORESTS, TREES OR OTHER PLANTS
Abstract.
The article analyzes the criminal-legal description of the crime of damaging or
destroying crops, forests, trees or other plants through theoretical and practical examples.
Proposals for further improvement of this crime have been developed based on the analysis.
Key words:
Criminal Code of the Republic of Uzbekistan, crime, punishment, mitigating
circumstances, law enforcement agencies, investigative activities, crops, forests, trees, damage,
destruction, criminal-legal description.
УГОЛОВНО-ПРАВОВОЕ ОПИСАНИЕ ПРЕСТУПЛЕНИЯ ПОВРЕЖДЕНИЯ ИЛИ
УНИЧТОЖЕНИЯ ПОЛЯ, ЛЕСА, ДЕРЕВЬЕВ ИЛИ ДРУГИХ РАСТЕНИЙ
Аннотация.
В статье на теоретических и практических примерах анализируется
уголовно-правовая характеристика преступления, связанного с повреждением или
уничтожением посевов, лесов, деревьев или других растений. На основе анализа
разработаны предложения по дальнейшему совершенствованию данного преступления.
Ключевые слова:
Уголовный кодекс Республики Узбекистан, преступление,
наказание, смягчающие обстоятельства, правоохранительные органы, оперативно-
розыскные мероприятия, посевы, леса, деревья, повреждение, уничтожение, уголовно-
правовая характеристика.
KIRISH
Sо‘nggi yillarda ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish darajasining tobora ortib borayotganligi
о‘z navbatida barqaror rivojlanishning muqarrar shartlaridan biri sifatida atrof-muhitni muhofaza
qilish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Shu ma’noda atrof muhitni turli huquqqa xilof
ta’sirlardan muhofaza qilish –jinoyat, ma’muriy, ekologiya va boshqa huquq sohalarining
ustuvor vazifalaridan biriga aylanib ulgurdi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
153
Ekologik huquqbuzarliklar miqdorining ortishi, atrof muhit sifatining pasayishi, atrof
muhitni muhofaza qilish huquqiy normalarining darajasini oshirish, ushbu muammoni hal qilish
bо‘yicha umumiy sa’y-harakatlarni birlashtirishni taqozo etadi. Insoniyat XXI asrga qadam
qо‘yar ekan, uning oldida olamni asrash, kelajak avlodning barqarorligini ta’minlash, turli
ekologik muammolarning oldini olishdek dolzarb masala kо‘ndalang turibdiki, bu hech kimni
tashvishga solmay qolmaydi.
О‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi muqaddimasining о‘zida
ham О‘zbekistonning yagona xalqi “.......mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini
kо‘paytirishga hamda hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga hamda atrof-muhit
musaffoligini saqlashga astoydil ahd qilib”, Konstitutsiyani qabul qilganligimizni nazarda tutadi.
Shuningdek, Konstitutsiyamizning 62-moddasida ham “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga
ehtiyotkorona munosabatda bо‘lishga majburdirlar” deb qat’iy belgilangan.
Asosiy qism.
Ekinzorni, о‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa о‘simliklarga shikast yetkazish
yoki ularni nobud qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash orqali Respublikamiz hududida
ekinzorlarni, о‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa о‘simliklarga shikast yetkazish va ularni nobud
qilishning oldini olishga intiladi.
О‘zbekiston Respublikasi JKning 198-moddasi bilan jinoiy javobgarlikning
belgilanishidan maqsad davlat о‘rmon fondi, о‘rmon fondidan tashqaridagi о‘simliklar, ekinzor
yoki boshqa dov-daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesish, yong‘in, sanitariya xavfsizligi
qoidalariga rioya qilmaslik, payhon qilish yо‘li bilan shikast yetkazish yoki ularni nobud
qilishning oldini olishdan iboratdir.
О‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi о‘rmondan foydalanish va ularni muhofaza qilish
hamda zararli modda va chiqindilar bilan munosabatda bо‘lish qoidalarini belgilaydi, zararli
moddalarni chiqarib tashlash tartibi va me’yorini belgilaydi. О‘zbekiston Respublikasida davlat
organlari tomonidan о‘rmon xо‘jaligini boshqarishni, о‘rmon holati, undan foydalanish, uni
tiklash, muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini О‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi, О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, О‘zbekiston
Respublikasining ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi kodeksi, 1992-yil 9-dekabr kunidagi
“Tabiatni muhofaza qilish tо‘g‘risida” gi О‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 2018-yil 16-
aprelda qabul qilingan. О‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “О‘rmon tо‘g‘risida” gi
Qonuni, 1999-yil 22-noyabrda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining “Respublika о‘rmonlarini
himoya qilish bо‘yicha ayrim me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash tо‘g‘risida” gi 506-sonli Qarori,
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2030-yilgacha bо‘lgan davrda О‘zbekiston
Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida» 2019-yil
30-oktabrdagi
PF-5863-sonli
Respublikasi
Prezidentining
“Respublikada
kо‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil
etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 2021-yil 30-dekabr kunidagi PF-46-sonli Farmoni,
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat о‘rmon fondiga kirmaydigan
daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibini yanada
takomillashtirish tо‘g‘risida” gi 2022-yil 22-avgust kunidagi 464-sonli Qarori bilan tartibga
solinadi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
154
Jinoyatning
obyekti
ekinzor, о‘rmonlar, daraxtlar yoki boshqa о‘simliklar atrof tabiiy
muhitning tabiiy qismi va boyligi sifatida ulardan tegishli darajada foydalanish yо‘li bilan
saqlashni ta’minlash sohasida yuzaga keladigan va shakllanadigan ijtimoiy munosabatlardir.
Ekinzorlarni, о‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa о‘simliklarni shikastlantirish yoxud
nobud qilish jinoyati sodir etilishi natijasida nobud bо‘lgan meva, manzarali daraxtlardan
olinadigan badiiy estetik hordiq, mahsulotlarga bо‘lgan mulk huquqiga qо‘shimcha obyekt
bо‘lishi mumkin.
Mazkur jinoyatning predmeti о‘rmonlardagi daraxt, butazorlarning har xil turlari hamda
о‘rmon fondiga kirmaydigan yoki kesish taqiqlangan daraxtlar, butazor, ekinzor va boshqa dov-
daraxtlardir.
О‘zbekiston Respublikasinng “О‘rmon tо‘g‘risida” gi Qonunining4-moddasida
“О‘rmon”
tushunchasiga ta’rif berib о‘tilgan.
Mazkur qonunga kо‘ra: “
О‘rmon -
о‘rmon fondi
yerlaridagi о‘zaro ta’sir kо‘rsatuvchi va atrof-muhitga ta’sir kо‘rsatadigan, ekologik va ijtimoiy-
iqtisodiy ahamiyatga ega daraxtlar, butalar va boshqa tabiiy obyektlar (yer, yer osti boyliklari, suv,
о‘simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi) majmui” deb huquqiy ta’rif berilgan.
Ekinzor
deganda - daraxt kо‘chatlari, buta о‘simlik va boshqa о‘simliklar, sun’iy
о‘tqazilgan daraxt kо‘chatlari hamda unib chiqmagan urug‘lar tushuniladi.
Obyektiv tomon
dan JK 198-moddasi 1-qismida kо‘rsatilgan jinoyat olov bilan
ehtiyotkorona munosabatda bо‘lmaslik natijasida ekinzorlar, о‘rmonlar, daraxtlar yoki boshqa
о‘simliklarga shikast yetkazish yoxud ularni nobud qilish kо‘p miqdorda zarar yetkazilishi yoki
boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bо‘lishida ifodalanadi.
Ekinzorlar, о‘rmonlar, daraxtlar yoki boshqa о‘simliklarni
shikastlantirish
- daraxtlar va
butalar ichini о‘yish, ularning atrofiga ildiz bо‘g‘zidan kо‘pi bilan20 sm masofagacha yaqinlikda
qattiq qoplama (beton, asfalt) yotqizish, yoqish, taqiqlangan (muddati о‘tgan) kimyoviy va
biologik vositalar bilan ishlov berish yoki kimyoviy va biologik vositalarni notо‘g‘ri qо‘llash,
shuningdek, о‘sishdan tо‘xtash va qurib qolish darajasigacha zarar yetkazuvchi har qanday xatti-
harakatlar.
Ekinzorlar, о‘rmonlar, daraxtlar yoki boshqa о‘simliklarni
nobud qilish
- bu ekinzorlar,
о‘rmonlar, daraxtlar yoki boshqa о‘simliklarning batamom yonib ketishi tushuniladi.
JK 198-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat, agar olov bilan ehtiyotkorona
munosabatda bо‘lmaslik natijasida ekinzorlar, о‘rmonlar, daraxtlar yoki boshqa о‘simliklarga kо‘p
miqdordagi zarar yetkazilsa yoki ular nobud qilinsa yoxud boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqsa,
tugallangan jinoyat deb topiladi.
Yetkazilgan zarar miqdorini baholashda о‘rmon xо‘jaligi mutaxassislari xizmatiga
murojaat etish zarur, ular yong‘inga duchor bо‘lgan maydonni, daraxtlar maydonini, navlarini va
hokazolarni hisobga olishlari kerak.
Kо‘p miqdordagi zarar deganda esa – jinoyat sodir bо‘lgan vaqtdagi bazaviy hisoblash
miqdorining 300 baravaridan 500 baravarigacha bо‘lgan miqdori hisoblanadi.
Yetkazilgan zarar miqdorini baholashda sud yong‘in maydoni, yong‘inda nobud bо‘lgan
daraxtlar (yetilgan, yetilib kelayotgan) miqdori, yong‘inda nobud bо‘lgan yoki shikast yetgan
о‘rmon massivlaridagi о‘rmon kategoriyasi, daraxtlarning navi va ularning xо‘jalik, maxsus, ilmiy
va boshqa qimmatini hisobga olgan holda har bir muayyan holatdan kelib chiqishi kerak. Undan
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
155
tashqari, masalan, suvni tartibga soluvchi va tabiatni muhofaza qilish xususiyatiga ega bо‘lgan,
sun’iy о‘stirilishi qiyin bо‘lgan tog‘ archali о‘rmon massiviga shikast yetishi yoki ularning nobud
bо‘lishi, yoxud qо‘riqxonalarda о‘suvchi, respublikada mevachilikni о‘rganish va rivojlantirish
uchun seleksiya-genetika fondini tashkil etuvchi subtropik va boshqa qimmatli yovvoyi
о‘simliklarning nobud bо‘lishi kо‘p miqdordagi zarar sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerak.
О‘rmonga shikast yetkazish va uni nobud qilish bilan yetkazilgan zarar miqdori ularning
har xil turlari salbiy oqibatlarini hisobga olgan holda belgilanadi. Zarar miqdoriga daraxtlarning
amaldagi narxi bо‘yicha hisoblangan talafot bahosi, nobud bо‘lgan о‘rmon о‘rniga yangi о‘rmon
ekini va yosh о‘rmonni о‘stirish, hududni tozalash uchun ketadigan xarajatlar kiradi. Zarar
summasiga yong‘inni о‘chirishga ketgan barcha xarajatlarni ham kiritish mumkin.
Tahlil etilayotgan jinoyat bо‘yicha og‘ir oqibatlar deganda:
* ekinzorni tiklab bо‘lmaydigan darajada nobud qilinishi;
* о‘rmon va boshqa dov-daraxtlarni о‘zining bosh ekologik funksiyasini bajara
olmaydigan darajada shikastlantirish;
* Ekologik muvozanatning buzilishi;
* yashil dov-daraxtlarning foydalanishga yaroqsizligi;
* daraxtlarning qimmatli navlarining nobud bо‘lishi;
* va boshqalar tushuniladi.
Olov bilan ehtiyotkorona munosabatda bо‘lmaslik bilan ekinzor, о‘rmon yoki boshqa dov-
daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish shaklida kо‘p miqdorda zarar yetkazish yoxud
boshqacha og‘ir oqibatlar о‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni aniqlash shart. Bunda ekinzor, о‘rmon yoki
boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish boshqa tabiiy omillar - qurib ketish,
chaqmoq chaqishi natijasida emas, balki olov bilan ehtiyotkorona munosabatda bо‘lmaslik natijasida
kelib chiqqan bо‘lishi kerak.
Subyektiv tomon
dan tahlil etilayotgan moddaning 1-qismi aybning ehtiyotsizlik shaklida,
о‘z-о‘ziga ishonish yoki jinoiy beparvolikda ifodalanadi.
JKning 198-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatning
subyekti
–16 yoshga tо‘lgan,
aqli raso, jismoniy shaxs.
JK 198-moddasining 2-qismi
obyektiv tomon
sifatida shaxsning о‘rmonlarni, davlat
о‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni yoki boshqa о‘simliklarni qonunga xilof ravishda kesishi
natijasida kо‘p miqdorda zarar kelib chiqishida ifodalangan huquqqa xilof harakatini, amalga
oshirilgan harakat va kelib chiqqan oqibat о‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni nazarda tutadi.
О‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa о‘simliklarni qonunga xilof ravishda
kesish
deganda,
daraxtlar va butalar asosiy tanasining tag qismidan yoki о‘sishdan tо‘xtatish darajasigacha yuqori
qismidan kesib (qirqib) olib tashlash tushuniladi.
О‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa о‘simliklarni qonunga xilof ravishda kesganlik uchun
javobgarlik daraxt tanasini ildizidan ajratishning har qanday kо‘rinishi (kesish, arralash) ya’ni о‘sib
turgan daraxt yoki butalarning nobud bо‘lishiga olib keladigan har qanday harakat uchun yuzaga
keladi. Bunda aybdor shaxs qonunga xilof ravishda kesilgan daraxtdan foydalangan yoki uni о‘sha
joyda qoldirib ketganligi muhim emas.
Kо‘p miqdordagi zarar yetkazilgan vaqtdan boshlab jinoyat tugallangan hisoblanadi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
156
JK 198-moddasi 2-qismining
subyektiv tomoni
tо‘g‘ri qasddan sodir etiladi, chunki shaxs
qonunga xilof ravishda daraxt, buta va boshqa dov-daraxtlarni kesishni amalga oshira turib,
maxsus ruxsatnomasiz yoki unda kо‘rsatilganidan boshqa maydonda, kо‘p miqdorda yoxud
daraxtning boshqa navini kesayotganini anglagan, bunday harakatlar natijasida kо‘p miqdordagi
zarar kelib chiqishiga kо‘zi yetgan va buni xohlagan, bunday oqibatlar yuz berishiga ongli ravishda
yо‘l qо‘ygan bо‘ladi.
JKning 198-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatning
subyekti
–16 yoshga tо‘lgan,
aqli raso, jismoniy shaxs.
JK 198-moddasi 3-qismining
obyektiv tomoni
: Ekinzorlarni, о‘rmonlarni, daraxtlarni yoki
boshqa о‘simliklarni qasddan shikastlantirish, payhon qilish, nobud qilish, qasddan shikast
yetkazish, ularni payhon qilish, nobud qilish; oqibat - kо‘p miqdorda zarar yetkazish, shuningdek,
harakat yoki harakatsizlik (parvarish qilish yuzasidan majburiyatlarni bajarmaslik) bilan kelib
chiqqan oqibat о‘rtasidagi sababiy bog‘lanishdan iborat.
Payhon qilish
deganda, ekinzorlarni bosib tashlash, haydash, suv va boshqa suyuqlik bilan
bostirish tushuniladi. Ekinzorni payhon qilishga kо‘p miqdorda zarar keltiradigan sigirlarni
о‘tlatish va u yerdan haydab о‘tish ham kiradi.
kundakov qilish
— daraxtlar va butalarni ildizi bilan qо‘porib olish.
Jinoyatning
subyektiv tomoni
- qasd, shaxs о‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini
anglagan va uning ijtimoiy xavfli oqibatlar – ekinzorlarni, о‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa
о‘simliklarga shikast yetkazish, ularni payhon qilish, nobud qilishning yuz berishini istagan va
ongli ravishda yо‘l qо‘ygan va bunga beparvo munosabatda bо‘ladi.
Sharhlanayotgan moddaning 3-qismida kо‘rsatilgan jinoyat moddiy tarkibli bо‘lib,
dispozitsiyada nazarda tutilgan oqibat kelib chiqqan vaqtdan e’tiboran tugallangan hisoblanadi.
Jinoyat
subyekti
ushbu moddadagi barcha hollarda о‘n olti yoshga tо‘lgan, aqli raso,
jismoniy shaxs hisoblanadi. О‘rmonda va unga yaqin joyda ishlaganda yong‘inga qarshi xavfsizlik
choralariga rioya qilmagan, yoki xizmat vakolatidan о‘rmonni kesish uchun yoxud boshqa yо‘l
bilan kо‘p miqdorda zarar, og‘ir oqibatlar keltirib chiqarish uchun foydalangan mansabdor
shaxslar JK 205, 206, 207-moddalari bilan jinoyatlar majmui bо‘yicha javobgarlikka tortiladilar.
Ekinzor, о‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish, ularni payhon qilish,
nobud qilishda aybdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilishidan qat’i nazar, moddiy
javobgarlikka tortiladilar va qonunga xilof ravishda topilgan mahsulot olib qо‘yiladi. Zarar
miqdori о‘rmon ekinlari va dov-daraxtlari nav tarkibining qiymatidan kelib chiqib belgilanadi.
Mazkur jinoyat kо‘rsatilgan JKning 198-moddasi 4-qismiga muvofiq, yetkazilgan moddiy
zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo
qо‘llanilmaydi.
1-taklif.
О‘zbekiston Respublikasi MJtKning 104-moddasida Ekinzorlarni payhon qilish,
qishloq xо‘jalik ekinlarining dalada tо‘plab qо‘yilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yо‘q qilib
yuborish, kо‘chatlarga shikast yetkazganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan bо‘lib, unga
kо‘ra chorva mollar yoki parrandalarning xо‘jalik ekinzorlarini payhon qilishi, qishloq xо‘jalik
ekinlarining dalada tо‘plab qо‘yilgan hosiliga zarar yetkazishi yoki uni yо‘q qilib yuborishi,
kо‘chatlarga shikast yetkazilganda ma’muriy javobgarlik vujudga kelishi nazarda tutilgan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
157
Mazkur huquqbuzarlik tarkibining kelib chiqishi uchun zaruriy shart bо‘lgan zarar miqdori
aniq kо‘rsatilmagan va JKning 198-moddasi 3-qismi tarkibiy tuzilishidan ajratib turish uchun
zararning miqdori yuqori chegarasi esa ajratib kо‘rsatilmagan.
Bu esa sud-tergov amaliyotida qonunga muvofiq bir xillikni qо‘llashda ixtiloflar, JKning
198-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxslarni javobgarlikdan qochishi
uchun huquqiy bо‘shliq yuzaga keltiradi.
Shu sababli JKning 198-moddasi va MJtKning 104-moddasini farqlash uchun zarar
miqdori chegarasini aniq belgilash lozim deb hisoblaymiz.
2-Taklif.
Xuddi shunday, О‘zbekiston Respublikasi MJtKning79-moddasida Daraxtlarni,
butalarni, boshqa о‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish,
shikastlantirish, yо‘q qilish yoki boshqa joyga kо‘chirib о‘tkazish uchun ma’muriy javobgarlik
belgilangan bо‘lib, unga kо‘ra daraxtlarni, butalarni, boshqa о‘simliklarni va nihollarni qonunga
xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yо‘q qilish yoki boshqa joyga kо‘chirib
о‘tkazish amalga oshirilganda ma’muriy javobgarlik vujudga kelishi nazarda tutilgan.
Mazkur huquqbuzarlik tarkibining kelib chiqishi uchun zaruriy shart bо‘lgan zarar miqdori
aniq kо‘rsatilmagan va JKning 198-moddasi 3-qismi tarkibiy tuzilishidan ajratib turish uchun
zararning miqdori yuqori chegarasi esa ajratib kо‘rsatilmagan. Bu esa sud-tergov amaliyotida
qonunga muvofiq bir xillikni qо‘llashda ixtiloflar, JKning 198-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan
jinoyatni sodir etgan shaxslarni javobgarlikdan qochishi uchun huquqiy bо‘shliqni yuzaga
keltiradi.
Shu sababli JKning 198-moddasi va MJtKning 79-moddasini farqlash uchun zarar miqdori
chegarasini aniq belgilash lozim deb hisoblaymiz.
3-taklif.
Bundan tashqari, О‘zbekiston Respublikasi MJtKning84-moddasida о‘rmonlarda
yong‘in xavfsizligi talablarini buzish uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan bо‘lib, unga kо‘ra
о‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi talablarini buzish harakatlari (harakatsizlik) sodir etilganida
ma’muriy javobgarlik vujudga kelishi nazarda tutilgan.
Mazkur huquqbuzarlik tarkibining kelib chiqishi uchun zaruriy shart bо‘lgan zarar miqdori
aniq kо‘rsatilmagan va Jkning 198-moddasi 1-qismi tarkibiy tuzilishidan ajratib turish uchun
zararning miqdori yuqori chegarasi esa ajratib kо‘rsatilmagan. Bu esa sud-tergov amaliyotida
qonunga muvofiq bir xillikni qо‘llashda ixtiloflar, JKning 198-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan
jinoyatni sodir etgan shaxslarni javobgarlikdan qochishi uchun huquqiy bо‘shliqni yuzaga
keltiradi.
Shu sababli JKning 198-moddasi va MJtKning 84-moddasini farqlash uchun zarar miqdori
chegarasini aniq belgilash lozim deb hisoblaymiz.
4-taklif.
Bundan tashqari, JKning 198-moddasining javobgarlikni og‘irlashtiruvchi
holatlarda sodir etilganda, (takroran, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, juda kо‘p
miqdorda zarar yetkazib va hokazolar) aynan kvalifikatsiya belgilari mavjud emas,
og‘irlashtiruvchi holatlarda JKning 198-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning sodir etilishi
uning ijtimoiy xavflilik xususiyatini oshirib, belgilangan jazoning nomutanosibligi esa bu turdagi
jinoyatlarning oldini olishda samaradorlikka erishishni qiyinlashtiradi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
158
Shu munosabat bilan JKning 198-moddasi 4-qismini 5-qismiga о‘tkazib, 4-qismida
javobgarlikni og‘irlashtiruvchi kvalifikatsiya belgilarini nazarda tutib, jinoiy jazoni
og‘irlashtirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi T. “O‘zbekiston” 2023-yil.
2.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun
hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.
3.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat–protsessual kodeksi. Oʻzbekiston Respublikasi
Qonun hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.
