11-06-2024
65
19
ZARAR KO‘RIB ISHLAYOTGAN KICHIK BIZNES KORXONALARIGA INVESTITSIYALARNI JALB QILISHNING XUSUSIYATLARI
Jahondagi rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda kichik biznes korxonalarini rivojlantirish muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, kichik biznes korxonalarini rivojlashtirishda investitsiyalarni jalb etish orqali yuqori samaradorlikka erishgan, eng ilg‘or tajribalarga asoslangan AQSh, Germaniya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Kanada, Norvegiya, Niderlandiya, Gonkong, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa bir qator davlatlarda bu borada ijobiy holatlar kuzatilgan. Shuningdek, “Jahon tajribasida kichik biznes korxonalarining investitsiyasiz juda sekin rivojlanayotganligi ham barchaga ma’lum”. Shunday ekan, jahonning deyarli barcha mamlakatlarida zarar ko‘rib ishlayotgan kichik biznes korxonalariga investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.