Authors

  • Akmal Boboyev
  • Behro‘z Boltayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33824

Abstract

Jahondagi rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda kichik biznes korxonalarini rivojlantirish muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, kichik biznes korxonalarini rivojlashtirishda investitsiyalarni jalb etish orqali yuqori samaradorlikka erishgan, eng ilg‘or tajribalarga asoslangan AQSh, Germaniya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Kanada, Norvegiya, Niderlandiya, Gonkong, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa bir qator davlatlarda bu borada ijobiy holatlar kuzatilgan. Shuningdek, “Jahon tajribasida kichik biznes korxonalarining investitsiyasiz juda sekin rivojlanayotganligi ham barchaga ma’lum”. Shunday ekan, jahonning deyarli barcha mamlakatlarida zarar ko‘rib ishlayotgan kichik biznes korxonalariga investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

background image


113

INNOVATSION O‘ZGARISHLAR DAVRIDA BANKROTLIK TUSHUNCHASI, UNING

ASOSIY SABABLARI

Boboyev Akmal Choriyevich

Boltayev Behro‘z Tohirovich

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11523418

Kirish.

Jahondagi rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini

ta’minlashda kichik biznes korxonalarini rivojlantirish muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, kichik biznes

korxonalarini rivojlashtirishda investitsiyalarni jalb etish orqali yuqori samaradorlikka erishgan,

eng ilg‘or tajribalarga asoslangan AQSh, Germaniya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Shveysariya,

Kanada, Norvegiya, Niderlandiya, Gonkong, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa bir qator

davlatlarda bu borada ijobiy holatlar kuzatilgan. Shuningdek, “Jahon tajribasida kichik biznes

korxonalarining investitsiyasiz juda sekin rivojlanayotganligi ham barchaga ma’lum”. Shunday

ekan, jahonning deyarli barcha mamlakatlarida zarar ko‘rib ishlayotgan kichik biznes

korxonalariga investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

2022 yil 28 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga

mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni

qabul qilinib, ushbu Farmonning “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish

sur’atlarini ta’minlash” bo‘limidagi 29-maqsadida:“Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va

doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning Yalpi

ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish”o‘z aksini

topgan.

Asosiy qism.

Ma’lumki, sobiq ittifoq davrida bizda iqtisodiy nochorlik, bankrotlik

tushunchalari haqida tasavvur ham yo‘q edi, chunki aksariyat korxonalar davlat budjeti

g‘isobidan moliyalashtirilib, ularning faoliyati yuqoridan belgilangan reja asosida amalga

oshirilardi. Shuningdek ularning olishi mo‘ljallangan foydasi ham yuqoridan belgilab berilgan.

Shuning uchun ham korxonalarning zarar bilan faoliyat ko‘rsatishi yoki kreditorlik qarzlari

ko‘payib ketishi, bugungi kun nuqtai-nazaridan kelib chiqib gapirsak, bankrotligi, iqtisodiy

nochorligi to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin emas edi. Sobiq ittifoq respublikalarining barchasi

o‘z mustaqilligini e’lon qilishi, hamda o‘z taraqqiyot yo‘llarini bozor iqtisodiyoti tamoyillari

asosida yo‘lga qo‘yishi, ular o‘rtasidagi iqtisodiy-ijtimoiy aloqalarning bo‘zilishi tufayli

ko‘pchilik korxonalarning o‘z faoliyatini to‘xtatish xavfi tug‘ildi.


background image


114

“Bankrot” atamasi qadimgi italyanchada “banca” – kursi, o‘rindiq va “rota” – singan, ya’ni

singan kursi degan ma’noni anglatadi. Shimoliy Italiyaning savdo shaharlari – Genuya va

Venesiyada barcha bitimlar maxsus binolarda amalga oshirilgan. Har qaysi urug‘, oila savdo

uylarida yog‘ochdan yasalgan kursiga ega bo‘lib, urug‘ boshlig‘i yoki uning vakili o‘sha kursida

o‘tirib bitimlar tuzgan. Agar urug‘ boshlig‘i o‘zining moliyaviy majburiyatlarini bajara olmasa va

nochor bo‘lib qolsa, uning kursisi odamlar ko‘z oldida sindirilgan.

O‘zbekistonda bankrotlikka oid qonunchilikning rivojlanish tarixini uch bosqichga ajratish

mumkin (1-chizma):

1-chizma. O‘zbekistonda bankrotlikka oid qonunchilikning rivojlanish tarixi

bosqichlari

Bankrotlikka oid munosabatlar musulmon huquqining asosiy manbai bo‘lgan muqaddas

Qur’onda, hadislarda va musulmon faqihlarning asarlarida bayon etilgan.

Ikkinchi bosqichga to‘xtaladigan bo‘lsak, RSFSR Grajdanlik kodeksiga jismoniy shaxs va

savdo shirkatlarining bankrotligi to‘g‘risidagi normalar kiritilganligi bois, sudlar tomonidan Oliy

sud Plenumining tushuntirishlari qo‘llangan. 1930 yilga kelib davlat mulki monopoliyasi

o‘rnatilgani sababli bankrotlikka oid normalar sovet huquqi tizimidan olib tashlangan.

Mustaqillikdan keyin bankrotlik instituti O‘zbekiston Fuqarolik kodeksida o‘z aksini topdi.

Xususan, Fuqarolik kodeksining 26- va 57-moddalarida yuridik shaxs va yakka tartibdagi

tadbirkorning bankrotligi to‘g‘risidagi norma belgilab qo‘yilgan.

2003 yil 24 aprelda qonun yana yangi tahrirda e’lon qilindi. U 192 moddadan iborat bo‘lib,

bankrotlik belgilari va taomillariga tegishli bo‘lgan, to‘lovga qodir bo‘lmagan qarzdorlarning

to‘lov qobiliyatini tiklashni maqsad qilib qo‘ygan ko‘plab yangi qoidalarni o‘zida

O

'zb

ek

is

to

n

d

a

b

an

k

ro

tl

ik

k

a oid

q

o

n

u

n

ch

il

ik

n

in

g

ri

v

o

jl

an

is

h

i

Musulmon

huquqi davri

mustaqillikkacha

bo'lgan davr

mustaqillikdan

keyingi davr


background image


115

mujassamlashtirdi. Qonunga ikkita yangi bob kiritildi va ular yangi bankrotlik taomillarini o‘zida

ifoda etdi: kuzatuv va sud sanatsiyasi, shuningdek, barcha bankrotlik taomillari sud boshqaruvchi-

lari tomonidan amalga oshirilishi, sud boshqaruvchilari xo‘jalik sudi tomonidan tayinlanishi va

nazorat qilinishi belgilandi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra

bankrotlik

deganda xo‘jalik sudi tomonidan e’tirof etilgan

qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qondirishga va (yoki)

majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligi tushuniladi.

Aytish joizki, qarzdorni bankrot deb topishda kreditorlar talablarini va majburiy to‘lovlarni to‘la

qondira olmasligi emas, balki “Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasi ikkinchi qismida

belgilangan talablar hisobga olinadi.

Shuningdek, kreditorlarning istalgan talablari bo‘yicha emas, balki aniq belgilangan

talablar bo‘yicha to‘lashga qodir emaslik bankrotlik alomatlari hisoblanadi. Qonunchilikda bank-

rotlik alomatlarini aniqlashda kreditor talabining quyidagi ikki turi: qarzdorning pul majburiyatlari

bo‘yicha hamda majburiy to‘lovlar bo‘yicha, ya’ni soliq, yig‘im, bojlarni to‘lash bo‘yicha talabi

belgilangan. Qolgan boshqa talablarning bajarilmasligi korxona yoki tadbirkorning bankrot deb

topilishiga asos bo‘lmaydi.

Qarzdorning pul majburiyatlari tushunchasi bankrotlik qonunchiligida fuqarolik

qonunchiligiga nisbatan tor ma’noda berilgan. Bankrotlik qonunchiligiga asosan pul

majburiyatlari deganda qarzdorning fuqarolik-huquqiy shartnomasi bo‘yicha hamda qonun

hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra kreditorga muayyan pul summasini to‘lash

majburiyati tushuniladi (“Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasi).

Bankrotlik va iqtisodiy nochorlik tushunchalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, “Bankrotlik

to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasida ushbu tushunchalarga o‘zaro bir-biriga muvofiq keladigan

huquqiy terminlar sifatida qaralgan. Xuddi shunday holatni Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston,

Turkmaniston va Tojikiston hamda Rossiyaning bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida ham

ko‘zatish mumkin. Armanistonning bankrotlik to‘g‘risidagi qonunida “

iqtisodiy nochorlik

tushunchasi umuman qo‘llanmagan, bankrotlik esa to‘lovga layoqatsizlikka tenglashtirilgan. Mol-

dova qonunchiligida esa, aksincha, “

bankrotlik

” tushunchasi o‘rniga “

nochorlik

” so‘zi qo‘llangan.

Bir qarashda bankrotlik va iqtisodiy nochorlik bir xil ma’noga ega so‘zlarga o‘xshaydi.

Biroq qonun hujjatlarining deyarli barchasida korxona sud tomonidan yoki belgilangan qo-

nunchilik asosida qaror qabul qilingandan so‘ng bankrot hisoblanadi deyilgan.

Iqtisodiy nochorlik holati sudning qarori yoki tegishli qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilishi

shart emas. Chunki iqtisodiy nochorlikka tushib qolgan sub’ektning moliyaviy majburiyatlarini


background image


116

bajara olmasligining, kreditorlar va budjet oldidagi qarzlarini to‘lashga imkoniyati yo‘qligining

o‘zi iqtisodiy nochorlikni anglatadi.

Shu

sababli,

“Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasidagi bankrotlik

tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilishi lozim:

Bankrotlik

– qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini

qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligining

xo‘jalik sudi tomonidan e’tirof etilishi.

Iqtisodiy nochorlik

– qarzdorning o‘z majburiyatini to‘lay olmaslik holati”

.

O‘zbekistonning bankrotlik to‘g‘risidagi qonunchiligiga ko‘ra faqat iqtisodiy nochorlikka

tushgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bankrot deb topilishi mumkin. O‘z

navbatida, ular xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishlari shart.

Jismoniy shaxslar, agar yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega bo‘lmasalar, bankrot deb

topilishi mumkin emas.

Shuni qayd etib o‘tish kerakki, mazkur sohadagi qonunchilikning takomillashtirilishi,

mazmun-mohiyatiga ko‘ra iqtisodiy nochor ahvolga tushib qolgan tadbirkorga yordam berishni,

uning iqtisodini sog‘lomlashtirish choralarini qo‘llashni ko‘zlaydi. Agar bunday choralarni

qo‘llash lozim deb topilmasa, uni tugatib, mol-mulkini kreditorlar oldida navbat bo‘yicha

taqsimlab berishni nazarda tutadi.

Bankrotlik sabablari va alomatlari:

Bankrotlik instituti – xo‘jalik yurituvchi

sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlar amaliyoti va huquqiy tartibga solish tizimida nisbatan yangi

institut bo‘lib, bozor iqtisodiyoti sharoitida uning o‘rni va rivoji alohida ahamiyat kasb etadi.

Shu ma’noda bankrotlik institutini huquqiy jihatdan to‘lakonli o‘rganish va tahlil etish

maqsadga muvofiqdir. O‘tgan davr mobaynida yurtimizda bankrotlik institutini chuqurroq

o‘rganish maqsadida chet ellik mutaxassislar va olimlar bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatilib,

ularning bu boradagi tajribasi va amaliyoti o‘rganildi. Buning amaliy natijasi o‘laroq qisqa davr

ichida bankrotlik instituti bo‘yicha o‘zimizga xos tajriba maktabini yaratdik desak, mubolaga

bo‘lmaydi.

To‘lovga qodir bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bankrotlik mexanizmini

shakllantirish O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlanishining muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

Ushbu mexanizm yordamida samarasiz bo‘lgan mulkdorlarni almashtirish, korxonalarni

tugatish, ijtimoiy muhim ahamiyat kasb etadigan va daromad keltiradigan korxonalarni saqlab

qolish, mulkchilik munosabatlarining barqarorligini ta’minlash hamda ish bilan bandlikni

kafolatlash maqsadi nazarda tutilgan.


background image


117

Korxonalarning bankrotlik va iqtisodiy nochorlik alomatlari (2-chizma): Bankrotlik

(iqtisodiy nochorlik) – korxona(qarzdor)ning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini

to‘la hajmda qondirishga yoki majburiy to‘lovlar bo‘yicha to‘la hajmda bajarish (to‘lash)ga

qodir emaslik holati tushuniladi. Korxonaning bankrotlik alomatlari - bu korxonaning pul

majburiyatlari va majburiy to‘lovlardan bo‘lgan qarzlarini to‘lash muddati 3 oydan o‘tgan,

qarzlari miqdori eng kam ish haqining 500 barobarini tashqil etishi (yuridik shaxslar uchun);

yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlarining bankrotlik alomatlari - bu ularning pul

majburiyatlari va majburiy to‘lovlardan bo‘lgan qarzlarini to‘lash muddati 3 oydan o‘tgan, qarzlari

miqdori eng kam ish xaqining 30 barobarini tashqil etishi ko‘zda tutilgan.

2-chizma. Korxonani iqtisodiy inqirozga olib keluvchi asosiy sabablar

iqtisodiy
globallashuv
natijasida tashqi va
ichki

bozorda

shakllangan kuchli
raqobat,

milliy

korxonalarning bu
ҳolatga
moslashishida duch
kelayotgan
qiyinchiliklar

Korxonani iqtisodiy

inqirozga olib keluvchi

asosiy sabablar

Global

Tashkiliy

Moliyaviy

aylanma
manbalarning
kamayishi

davlat

budjetidan

moliyalashtirishnin
g kamayishi;

oldingi

olingan

kreditda

kurs

farqining
ko‘tarilishi hisobiga

bozor

iqtisodiyotiga

moslasha olmaslik;

marketing

ishlarini

to‘liq tashkil etmaslik;

korxonani
boshqarishning

past

saviyadaligi;

korporativ boshqaruv
va

nazoratda

bilim

saviyaning pastligi;

bozorning

yangi

shartlarga

tayyor

emasligi

Bankrotlik


background image


118

"Iqtisodiy xavf alomatlari mavjud korxonalar" - guruhiga mansub korxonaning to‘lov

qobiliyatini yo‘qotgan va past rentabellik yoki moliyaviy xavf belgilari mavjudligi bilan

aniqlanadi; Bankrotlik instituti quyidagi usullar bilan iqtisodiyotga ta’sir qilishi va

sog‘lomlashtirishi mumkin:

- to‘lovga qodir bo‘lmagan qarzdorlarning tijorat faoliyatini tugatish;

- iqtisodiy nochor ahvolga tushib qolgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga o‘z

faoliyatini qayta tashqil qilish va to‘lov qobiliyatini tiklashga imkoniyat berish orqali.

Korxonalarning bankrotlik holatiga tushib qolishining bir qancha sabablari mavjud.

Ushbu sabablarni ularning kelib chiqishiga, ta’sir doirasiga qarab bir nechta guruhlarga

tasniflash mumkin. Bankrotlik sabablarini bir qator omillarning o‘zaro bog‘liqligi natijasi sifatida

ko‘rib chiqamiz (3-chizma).

3-chizma. Bankrotlik sabablarining omillari

.

Ba’zi omillar korxonaga nisbatan tashqi omil bo‘lsa, ba’zilari ichki omil bo‘lib

hisoblanadi. Tashqi omillar ta’sirini korxona yoki uning rahbariyati o‘z manfaatlari doirasida

Ta
shqi

o

mi
llar

Bankrotlik sabablarining

omillari

Ic

hki

o

mi

lla

r

O’z aylanma

mablag’larining

yetishmovchiligi

Iqtisodiy

siyosiy

Demokrafik

Ilmiy-texnika

taraqqiyoti

Xalqaro

raqobatning

kuchayishi

Qarzdorlarning

bankrotligi

Debitor va
kreditor
qarzlarning
ko’payishi

Sotilayotgan

maxsulotning

narxini aniqlash

mexanizmining

yaxshi yo’lga

qo’yilmaganligi

Shartnoma

intizomiga rioya

etilmasligi va bir

nechta hujjatlar


background image


119

o‘zgartirishi, unga ta’sir etishi mumkin emas. Ichki omillar esa bevosita korxona faoliyati bilan

bog‘liq bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, bankrotlik sabablarini ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga

ham ajratish mumkin. Ko‘pchilik holatlarda bankrotlik barcha sabablarning birgalikdagi ta’siri

natijasida kelib chiqadi.

Bankrotlik sabablarini omillar ta’siri nuqtai-nazaridan, yuqorida aytib o‘tganimizdek,

tashqi va ichki omillarga bo‘lishimiz mumkin. Asosiy tashqi omillarga quyidagilar kiradi:

iqtisodiy; siyosiy; demografik; ilmiy-texnik taraqqiyoti; xalqaro raqobatning kuchayishi;

qarzdorlarning bankrotligi.

Xulosa.

Qattiq raqobat sharoitida xo'jalik yuritishning bozor shakllari alohida xo'jalik

yurituvchi sub'ektlarning to'lovga qodir emasligiga yoki ularning vaqtincha to'lovga

layoqatsizligiga olib keladi. Biroq, iqtisodiyot barqarorlashgan taqdirda ham, mamlakatda bunday

korxonalar bo'lmaydi, deb o'ylamaslik kerak. Masalan, AQShda yangi tashkil etilgan kichik va

o'rta korxonalarning qariyb 50 foizi bir yil ichida o'z faoliyatini to'xtatadi. Biroq, qonun tomonidan

tan olingan bankrotlar barcha korxonalarning atigi 1% ni tashkil qiladi. Shuningdek, Buxoro

viloyati Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga qaraganda oxirgi 15 yil ma’lumotlariga ko‘ra

ro‘yxatdagi korxonalarning 8 foizdan toki 36 fiozgacha bo‘lgan qismi faoliyat yuritmagan va

yopilib ketgan

1

. Albatta bu raqamlar ko‘rsatib o‘tilgan korxonalarning barchasi bankrot

bo‘lganligini anglatmaydi. Ammo faoliyat yuritmaslik va majburiy yopilib ketish korxonalarning

bankrotligining asosiy belgilaridan biri hisoblanadi.

REFERENCES

1.

Azimov, B. F., & Rakhimova, D. D. (2022). The role of research and innovations in the

modernization of the regional economy.

Conferencea

, 43-47.

2.

Азимов, Б. Ф., Рахимова, Д. Д., & Солиев, Д. Н. (2022). Научные основы

инновационного подхода к развитию промышленности и сокращению бедности в

узбекистане.

Universum: экономика и юриспруденция

, (5 (92)), 14-17.

3.

Б.Ф. Азимов, A.Ч. Бобоев, & Ж.Ж. Абдуллаев (2022). ОПРЕДЕЛЕНИЕ

ЭКСПОРТНЫХ

ДРАЙВЕРОВ

РЕГИОНА

ПУТЕМ

АНАЛИЗА

ВНЕШНЕТОРГОВОГО ОБОРОТА БУХАРСКОЙ ОБЛАСТИ. Ученый XXI века, (7

(88)), 20-24.

1

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI STATISTIKA AGENTLIGI BUXORO VILOYATI STATISTIKA

BOSHQARMASI маълумотлари асосида муаллиф томонидан қайта ишланган.

https://buxstat.uz/uz/rasmiy-

statistika/usreo-2


background image


120

4.

Азимов Бобир Фаттоҳевич (2019). Ўзбек миллий урф-одатлари инвестицион ва

инновацион трансформациялашга муҳтожми?. Экономика и финансы (Узбекистан),

(8), 33-39.

5.

Djunaitov, G. N., & Azimov, B. F. (2023). Oilaviy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-

quvvatlash zaruriyati.

Science and Education

,

4

(1), 888–896. Retrieved from

https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/4919

6.

Азимов, Б. Ф. Экономическая безопасность и ее социально-экономическое значение

/ Б. Ф. Азимов, Д. Д. Рахимова // Экономическая безопасность социально-

экономических систем: вызовы и возможности : Сборник трудов IV Международной

научно-практической конференции, Белгород, 28 апреля 2022 года / Под редакцией

Е.А. Стрябковой, Н.А. Герасимовой, А.М. Кулик. – Белгород: Общество с

ограниченной ответственностью Эпицентр, 2022. – С. 351-354. – EDN PSURWB.

7.

Азимов, Б. Ф. Формирование и совершенствование стратегии поддержки

инновационной деятельности в регионах Республики Узбекистан / Б. Ф. Азимов //

Молодой ученый. – 2022. – № 12(407). – С. 63-65. – EDN VQOYFQ.

8.

Qudratova, G. (2024). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE POTENTIAL IN

INCREASING COMPETITIVENESS.

Modern Science and Research

,

3

(1), 933-938.

9.

Azimov, B. F., & Qudratova, G. M. (2023). Oliy ta’lim muassasalarining

raqobatbardoshligini oshirish.

Science and Education

,

4

(7), 476-481.

10.

Qudratova, G. (2024). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE ACTIVITY IN

INCREASING

THE

COMPETITIVENESS

OF

HIGHER

EDUCATION

INSTITUTIONS.

Modern Science and Research

,

3

(2), 1257-1261.

11.

Mahmudovna, Q. G. (2024). RAQOBATDOSHLIKNI OSHIRISHDA INNOVATSION

SALOHIYATNING AHAMIYATI.

12.

Mahmudovna, Q. G. (2024). RAQOBAT STRATEGIYALARI, ULARNI AMALGA

OSHIRISHDA

INNOVATSIYALARDAN

FOYDALANISHNING

AHAMIYATI.

IQTISODIYOT VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYA JURNALI| JOURNAL

OF ECONOMY AND MODERN TECHNOLOGY

,

3

(5), 15-21.

13.

Mahmudovna, G. G. (2024). COMPETITIVE STRATEGIES, THE IMPORTANCE OF

USING

INNOVATION

IN

THEIR

IMPLEMENTATION.

IQTISODIYOT

VA

ZAMONAVIY TEXNOLOGIYA JURNALI JOURNAL OF ECONOMY AND MODERN

TECHNOLOGY

,

3

(5), 8-14.


background image


121

14.

Muradov S. et al. CAUSES OF NATURAL EMERGENCIES //Modern Science and

Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 92-130.

15.

Muradov S. et al. ANALYSIS OF SAFETY REQUIREMENTS OF EQUIPMENT

WORKING UNDER HIGH PRESSURE //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3.

– №. 5. – С. 131-167.

16.

Muradov S. et al. CAUSES OF NATURAL EMERGENCIES //Modern Science and

Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 92-130.

17.

Muradov S. et al. CONTENT AND ESSENCE OF THE LAW AND LEGAL

DOCUMENTS ON THE PROTECTION OF THE POPULATION AND TERRITORIES

FROM EMERGENCIES //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 168-

204.

18.

Muradov S. et al. STABILITY CALCULATION OF LOAD LIFT VEHICLES //Modern

Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 205

References

Azimov, B. F., & Rakhimova, D. D. (2022). The role of research and innovations in the modernization of the regional economy. Conferencea, 43-47.

Азимов, Б. Ф., Рахимова, Д. Д., & Солиев, Д. Н. (2022). Научные основы инновационного подхода к развитию промышленности и сокращению бедности в узбекистане. Universum: экономика и юриспруденция, (5 (92)), 14-17.

Б.Ф. Азимов, A.Ч. Бобоев, & Ж.Ж. Абдуллаев (2022). ОПРЕДЕЛЕНИЕ ЭКСПОРТНЫХ ДРАЙВЕРОВ РЕГИОНА ПУТЕМ АНАЛИЗА ВНЕШНЕТОРГОВОГО ОБОРОТА БУХАРСКОЙ ОБЛАСТИ. Ученый XXI века, (7 (88)), 20-24.

Азимов Бобир Фаттоҳевич (2019). Ўзбек миллий урф-одатлари инвестицион ва инновацион трансформациялашга муҳтожми?. Экономика и финансы (Узбекистан), (8), 33-39.

Djunaitov, G. N., & Azimov, B. F. (2023). Oilaviy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash zaruriyati. Science and Education, 4(1), 888–896. Retrieved from https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/4919

Азимов, Б. Ф. Экономическая безопасность и ее социально-экономическое значение / Б. Ф. Азимов, Д. Д. Рахимова // Экономическая безопасность социально-экономических систем: вызовы и возможности : Сборник трудов IV Международной научно-практической конференции, Белгород, 28 апреля 2022 года / Под редакцией Е.А. Стрябковой, Н.А. Герасимовой, А.М. Кулик. – Белгород: Общество с ограниченной ответственностью Эпицентр, 2022. – С. 351-354. – EDN PSURWB.

Азимов, Б. Ф. Формирование и совершенствование стратегии поддержки инновационной деятельности в регионах Республики Узбекистан / Б. Ф. Азимов // Молодой ученый. – 2022. – № 12(407). – С. 63-65. – EDN VQOYFQ.

Qudratova, G. (2024). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE POTENTIAL IN INCREASING COMPETITIVENESS. Modern Science and Research, 3(1), 933-938.

Azimov, B. F., & Qudratova, G. M. (2023). Oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini oshirish. Science and Education, 4(7), 476-481.

Qudratova, G. (2024). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE ACTIVITY IN INCREASING THE COMPETITIVENESS OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS. Modern Science and Research, 3(2), 1257-1261.

Mahmudovna, Q. G. (2024). RAQOBATDOSHLIKNI OSHIRISHDA INNOVATSION SALOHIYATNING AHAMIYATI.

Mahmudovna, Q. G. (2024). RAQOBAT STRATEGIYALARI, ULARNI AMALGA OSHIRISHDA INNOVATSIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI. IQTISODIYOT VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYA JURNALI| JOURNAL OF ECONOMY AND MODERN TECHNOLOGY, 3(5), 15-21.

Mahmudovna, G. G. (2024). COMPETITIVE STRATEGIES, THE IMPORTANCE OF USING INNOVATION IN THEIR IMPLEMENTATION. IQTISODIYOT VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYA JURNALI JOURNAL OF ECONOMY AND MODERN TECHNOLOGY, 3(5), 8-14.

Muradov S. et al. CAUSES OF NATURAL EMERGENCIES //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 92-130.

Muradov S. et al. ANALYSIS OF SAFETY REQUIREMENTS OF EQUIPMENT WORKING UNDER HIGH PRESSURE //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 131-167.

Muradov S. et al. CAUSES OF NATURAL EMERGENCIES //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 92-130.

Muradov S. et al. CONTENT AND ESSENCE OF THE LAW AND LEGAL DOCUMENTS ON THE PROTECTION OF THE POPULATION AND TERRITORIES FROM EMERGENCIES //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 168-204.

Muradov S. et al. STABILITY CALCULATION OF LOAD LIFT VEHICLES //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 205