122
ISLOM DINIDA “DUO” LEKSEMASINING SEMANTIK KO‘LAMINI TASNIF
QILISHGA DOIR QARASHLAR
Choriyeva Charos Salomovna
Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11616442
Annotatsiya.
Din va unga oid bilimlar hamma zamonlarda va har yerda inson ruhiyatining
kamol topishida birlamchi vazifani bajarib kelgan. Islom dinida, islom odobi va madaniyatida duo
mislsiz kuch-qudratga ega. Duo Islom diniga e’tiqod qiluvchi har bir xalqning, millatning
lingvomadaniyatida juda muhim o‘rin tutuvchi, matni qisqa, ammo mazmun ko‘lami katta bo‘lgan,
Yaratgan va banda o‘rtasidagi yagona aloqa vositasi bo‘lgan nihoyatda keng tushuncha sanaladi.
Ushbu maqolada “duo” leksemasining mazmuniy maydon ko’lamini turlicha yo’nalishlarda
o’rganishga oid qarashlar, nazariyalar haqida fikr-mulohazalar bildirilgan.
Kalit so‘zlar:
din, diniy leksika, ma’sura, muhtara, duoyi xayr, duoyibad, iltijo, shukrona,
maqtov duolari.
VIEWS ON THE CLASSIFICATION OF THE SEMANTIC EXTENT OF THE TERM
"DUO" IN ISLAM
Abstract.
Religion and knowledge related to it have played a primary role in the
development of the human psyche in all times and everywhere. In the religion of Islam, in Islamic
manners and culture, prayer has an unparalleled power. Du'a is considered to be an extremely
broad concept that occupies a very important place in the linguistic culture of every nation that
believes in Islam, the text of which is short but the scope of content is large, and it is the only
means of communication between the Creator and the servant. In this article, views and opinions
on the study of the meaning field of the lexeme "prayer" in different directions are expressed.
Key words:
religion, religious lexicon, ma'sura, muhtara, duayi khair, supplication,
supplication, thanksgiving, praise prayers.
МНЕНИЯ О КЛАССИФИКАЦИИ СЕМАНТИЧЕСКОГО ОБЪЕМА ТЕРМИНА
«ДУЭТ» В ИСЛАМЕ
Аннотация.
Религия и связанные с ней знания играли первостепенную роль в
развитии человеческой психики во все времена и повсюду. В религии ислама, в исламских
обычаях и культуре молитва имеет беспрецедентную силу. Дуа считается чрезвычайно
широким понятием, занимающим очень важное место в языковой культуре каждого
народа, исповедующего ислам, текст которого краток, но объем содержания велик, и
123
является единственным средством общение между Творцом и слугой. В данной статье
высказаны взгляды и мнения по изучению объема семантического поля лексемы «молитва»
в разных направлениях.
Ключевые слова:
религия, религиозная лексика, масура, мухтара, дуайи хайр, мольба,
прошение, благодарение, хвалебные молитвы.
Din va unga oid bilimlar hamma zamonlarda va har yerda inson ruhiyatining kamol
topishida birlamchi vazifani bajarib kelgan. Islom dinida, islom odobi va madaniyatida duo mislsiz
kuch-qudratga ega. Duo Islom diniga e’tiqod qiluvchi har bir xalqning, millatning
lingvomadaniyatida juda muhim o‘rin tutuvchi, matni qisqa, ammo mazmun ko‘lami katta bo‘lgan,
Yaratgan va banda o‘rtasidagi yagona aloqa vositasi bo‘lgan nihoyatda keng tushuncha sanaladi.
Negaki Allohga iltijo qilish, ham bu dunyo uchun, ham oxirati uchun duo qilish insonning fitratida
bor. Zero Alloh Taolo mo‘minlarga: “Mendan hojatlaringizni so‘rab duo qilingizlar, men ijobat
qilaman deb marhamat qilgan” (G‘ofir surasi, 60-oyat). Va yana Baqara surasida: “Agar bandam
men haqimda Sizdan so ‘rasa, ey Muhammad alayhissalom, men unga yaqindirman. Duo
qilguvchining duosini qabul qilaman”, dedi.
“Duo” so‘zi arabchadan olingan bo‘lib, iltijo, chaqirish, da’vat degan ma’nolarni bildiradi.
O‘TILda unga quyidagicha ta’rif beriladi: “Duo – xudoga yolvorib, unga iltijo qilib, o‘zi yoki
boshqalar uchun yaxshi, ezgu tilak tilash. Ko‘pchilikning duosi ko‘l bo‘lur (Maqol). O‘zbek tilida
uning duoyi jon (kimsaga umr va yaxshilik tilab qilinadigan duo), duoyi xayr (yaxshilik tilab
qilingan duo), duoyi bad (yomonlik tilab qilingan duo, qarg‘ish), duo qilmoq, duoda bo‘lmoq,
duoyi salom, duogo‘y (duo qiluvchi, xayrixoh), duotalab (duo izlovchi, duoga muhtoj), duoxon
(duolar o ‘qib yoki yozib, go‘yo ins-jinslarni qaytaruvchi, shu yo‘l bilan kasallarni davolovchi
shaxs, issiq-sovuqchi, azayimxon) kabi ma’nolari bor. Biz bu maqolada Yaratgan va banda
o‘rtasidagi aloqa vositasi bo‘lgan duoning leksik-semantik munosabatiga, ma’no guruhlaridagi
tasniflarga to‘xtalamiz.
Birinchi tasnifga ko‘ra duolar ikki xil bo‘ladi. Birinchisi, ma’sura, ya’ni matni Qur’on,
hadis yoki boshqa diniy manbalarda aniq belgilab qo‘yilgan duolar. Ularni buzmay, qo‘shmay,
qanday ko‘rsatilgan bo‘lsa, shunday o‘qiydilar. Bu guruhga kiruvchi duolar ko‘pincha muftilar,
mudarrislar, domlalar, mullalar nutqida ibodat yoki marosimlarda va’z, ma’ruza shaklida uchraydi.
Bir hadisi sharifda aytiladiki, qaysi bir mo‘min Alloh taolodan o‘z hojatlarini so‘rab duo
qilsa, Parvardigor ul kishini uchta mukofotning biriga beshak erishtiradi: 1) qilgan duosini ijobat
124
etib, so‘raganini beradi; 2) so‘raganini bu dunyoda ravo qilmasa, uni oxirat kuniga saqlab qo‘yadi;
3) shu qilgan duosi sharofatidan ba’zi balo, ofat yoki musibatlarni daf qiladi.
Ikkinchisi, muhtara, ya’ni duo matnini o‘zi to‘qib, erkin holatda iltijo qilish. Bu turga biz
uchun yoshligimizdan an’ana maqomini olgan dasturxon boshida yoshi ulug’ kishining qiladigan
duosi, har bir insonning yolg‘iz qolganda, baxtli yoki baxtsiz kunlarida, mushkul vaziyatlarida
Allohdan madad so‘rashi kabilarni kirita olamiz. Bu holatda duo qiluvchining yoshi,
mansabi, kasb-kori, ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar oilasi, farzandlari baxt-u saodati, yurtining
tinchligi kabilarni so‘rashi mumkin.
Islom dini ta’limoti duo orqali Allohdan boshqadan madad so‘rashni ta’qiqlaydi. Duo inson
uchun ko‘ngil to‘qligi, ruh pokligi, o‘zgacha bir qalb xotirjamligi bag‘ishlaydi. Duo qilayotgan
insonning niyati xolis bo‘lishi bilan birga halol rizq ila taomlangan bo‘lishi va hattoki u o‘sha
vaqtda kiygan kiyimining halol rizq bilan topilganligi ham duoning mustajob bo‘lishida muhim
sanaladi. “Inson qadimdanoq yuz beradigan baxtsizlik yoki mushkulot (o‘lim, o‘lim bilan bog’liq
oxirat azobi, biror tabiiy ofat kabi)larni bartaraf qilish uchun “yuqori kuchlar”dan yoki Allohdan
madad so‘ragan. Ana shu iltijo matnlari (ibora yoki nutq) bora-bora og’izdan-og’izga o‘tib,
keyinchalik duo maqomini olgan. Masalan, zilzila vaqtida “Subhonalloh” deyish yoki “Zalzala”
surasini o‘qish kabi. Safar yoki urushga ketayotganlarga “Oy borib, omon qayt, sog’ borib, salomat
qayt” (qadimgi greklarda qalqonda borib, qalqonda qayt), “Olgin, oldirma; to‘kkin, to‘kilma”,
“Yo‘ling oq bo‘lsin, Alloh yor, pirlar madadkor, Hizr alayhissalom jilovdor bo‘lsinlar. O‘lganlarga
nisbatan “Alloh rahmatiga olsin; g‘ariqi rahmat, shohistai jannat qilsin; oxirati obod bo‘lsin”,
“Xudo bandam desin, Muhammad ummatim desin, chahoryorlar do‘stim desin, Ibrohim Xalilulloh
millatim desin, Imomi A’zam mazhabim desin” kabi iboralar orqali dou qilingan.
i
Manbalarda duolar ijobat bo‘ladigan (ota-onaning farzandiga qilgan, musofirning,
mazlumning, ro‘zadorning, bemorning duosi) yoki ijobat bo‘lmaydigan (mutakabbirning) kabi
guruhlarga ham ajratiladi. Duo - Allohga yolvorib o‘zi yoki boshqalar – mo‘min-musulmonlar
uchun yaxshilik so‘ramoq, najot tilamoq, iltijo qilmoq uchun qo‘lanadigan ma’naviy-ruhiy
vositalar, yozma, og‘zaki matnlar to‘plami. Duoga yori bersa har musulmon, O‘lar vaqtida yetgay
nuri iymon (A.Yassaviy). Duo bilan el ko‘karar, Yomg‘ir bilan yer ko‘karar. (Maqol).
ii
Duolar inson yolg’iz qolganida alohida yoki jamoaviy holatda ham o‘qiladi. Payg‘ambar
sollallohu alayhi va sallam o‘z hadislarida duo haqida gapirib, “Duo ibodatlarning mag‘zidir”,
dedilar. Duoning navbatdagi ma’noviy tasnifi quyidagicha: 1) iltijo; 2) shukrona; 3) maqtov.
Bundan tashqari biz duolarni ijobiy yoki salbiy ma’no xususiyatlariga ko‘ra ham ikki
guruhga ajratishimiz mumkin. Birinchisi, duoyi xayr, ya’ni insonga yaxshiliklar so‘rab qilingan
125
duo. Ikkinchisi, duoyibad, ya’ni kimsalarga yomonlik tilash, qarg‘ish ma’nolarida keladi.
Ammo,
duoyibad yoki tavqi-la’nat qilishdan Payg‘ambarimiz (s.a.v.) mo‘min-musulmonlarni qaytardilar.
Hatto, urushlarda juda ko‘p Qur’on hofizlarini shahid bo‘lganlarini ko‘rgan sahobalar
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan mushriklarning haqlariga duoi bad qilishni
so‘raganlarida, Rasululloh (s.a.v.) ularning haqlariga duoyi xayr qilib, Allohdan ularga hidoyat
so‘radilar. Zulm ko‘rgan mo‘min kishi tomonidan zolimga nisbatan duoyibad qilinmasa ham,
zolimga Allohning la’nati yog‘ilib turishi Payg‘ambarimizning muborak hadislarida aytilgan.
Islom dini musulmonlarni zulm qilishdan qat’iy qaytaradi, negaki mazlum kishi zolimni
la’natlab duo qilgan paytda Alloh bilan uning o‘rtasida hech qanday to‘siq qolmas ekan, ya’ni
uning qarg’ishi to‘g‘ridan to‘g‘ri Yaratgan dargohida qabul bo‘larkan. Imom Ahmad rivoyatiga
ko‘ra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ota-onasiga aziyat berganni Alloh taolo la’natlaydi»,
dedilar. “La’nat” so‘zining lug‘aviy ma’nosi nafratlanish, duoyibad qilish, sovish, bezish kabi
ma’nolarida keladi. Islomiy istilohda esa Allohning rahmatidan mahrum qilish ma’nosida
ishlatiladi.
Abu Dardo roziyallohu anhu rivoyat qilgan: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Qachon banda bir narsani la’natlasa, la’nat osmonga ko‘tariladi. Shunda uning ortidan
osmonning eshiklari yopiladi. Keyin u yerga tushadi. Uning (osmonning)eshiklari ham uning
ortidan yopiladi. Keyin u o‘ngga, so‘lga borib-keladi. Agar boradigan joy topmasa,
la’natlanganning oldiga keladi. Ammo u bunga loyiq bo‘lmasa, albatta aytuvchisiga qaytadi”,
dedilar”.
Xulosa o‘rnida ayta olamizki, diniy leksikani o‘rganish bo’yicha olib borgan kichik bir
izlanshimizda “duo” leksemasining istilohiy mazmuniga, uning turlicha jihatlarga ko’ra tasnifiga
to’xtalar ekanmiz, uning aslida uch harfdan iborat mo’jazgina so’z bo’lishiga qaramay mislsiz
kuch-qudratga egaligining guvohi bo’ldik. Duo qayerda, kim tomonidan qilishidan qat’iy nazar,
uning tub zamirida Allohga murojaat, iltijo, undan madad so’rash aks etadi.
REFERENCES
1.
Н.Иброҳимов. Ал-Қомус. Арабча-ўзбекча қомусий луғат. –Тошкент, 2017.
2.
Н.Улуқов Ўзбеча диний матнлар экзотик лексикаси: Филол.фан. номз. дисс. автореф.
– Тошкент, 1997.
3.
Ш.Юсупова Диний матнларнинг лингвопрагматик тадқиқи Филология фанлари
бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси. –Фарғона,2020.
4.
Ў.Ҳасанбаев. Диний-маърифий ва ижтимоий-маънавий соҳа тарғиботчилари учун
айрим атама ва тушунчаларнинг изоҳли луғати. - Тошкент, 2020.– 608 б
126
5.
Ж.Омонтурдиев. Маърифатнома. -Тошкент, Мумтоз сўз, 2013.– 132 б
6.
Ж.ОмонМаърифий-ирфоний истилоҳлар изоҳли луғати. -Тошкент, Мумтоз сўз, 2014.
– 41 б
7.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати, 5 жилдли, Биринчи жилд. – Тошкент, 2020. – 621 б.
8.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 6 jildli, Birinchi jild. – Toshkent, 2023. – 204 b.
