RESEARCH ISSUES OF RELIGIOUS LEXICON IN LINGUISTICS

HAC
Google Scholar
To share
Choriyeva, C. (2023). RESEARCH ISSUES OF RELIGIOUS LEXICON IN LINGUISTICS. Modern Science and Research, 2(9), 142–144. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24255
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Humanity was created in such a way that religion, which has an incomparable influence on its soul, character, and behavior, and the research of the religious lexicon, which forms the system of values related to it, is one of the important issues facing today's linguistics. Religion and knowledge related to it have played a primary role in the development of the human psyche in all times and everywhere. In this article, various views and theories related to the study of the religious lexicon existing in the world and Uzbek languages are presented.


background image



142

TILSHUNOSLIKDA DINIY LEKSIKANING TADQIQI MASALALARI

Choriyeva Charos Salomovna

Termiz davlat universiteti

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8399020

Annotatsiya.

Insoniyat yaratilibdiki, uning ruhiga, suvratiyu siyratiga mislsiz darajada

ta’sir etuvchi din va unga aloqador qadriyatlar tizimini tashkil etuvchi diniy leksikaning tadqiqi

masalasi bugungi zamon tilshunosligi oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Din

va unga oid bilimlar hamma zamonlarda va har yerda inson ruhiyatining kamol topishida

birlamchi vazifani bajarib kelgan. Ushbu maqolada jahon va o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan diniy

leksikaning o‘rganilishiga oid turlicha qarashlar, nazariyalar haqida atroflicha fikr-mulohazalar

bildirilgan.

Kalit so‘zlar:

din, diniy leksika, teologik nazariya, lingvopragmatika, funksional- stilistik

uslub, ekzotik leksika.

RESEARCH ISSUES OF RELIGIOUS LEXICON IN LINGUISTICS

Abstract.

Humanity was created in such a way that religion, which has an incomparable

influence on its soul, character, and behavior, and the research of the religious lexicon, which

forms the system of values related to it, is one of the important issues facing today's linguistics.

Religion and knowledge related to it have played a primary role in the development of the human

psyche in all times and everywhere. In this article, various views and theories related to the study

of the religious lexicon existing in the world and Uzbek languages are presented.

Key words:

religion, religious lexicon, theological theory, linguo-pragmatics, functional-

stylistic style, exotic lexicon.

ВОПРОСЫ ИССЛЕДОВАНИЯ РЕЛИГИОЗНОЙ ЛЕКСИКИ В ЛИНГВИСТИКЕ

Аннотация.

Человечество создано таким образом, что религия, оказывающая ни с

чем не сравнимое влияние на его душу, характер и поведение, и исследование религиозной

лексики, формирующей связанную с ней систему ценностей, являются одним из важных

вопросов. перед современной лингвистикой. Религия и связанные с ней знания играли

первостепенную роль в развитии человеческой психики во все времена и повсюду. В данной

статье представлены различные взгляды и теории, связанные с изучением религиозной

лексики, существующей в мировом и узбекском языках.

Ключевые слова:

религия, религиозная лексика, богословская теория,

лингвопрагматика, функционально-стилистический стиль, экзотическая лексика.


background image



143

Inson ruhiyatidagi, fitratidagi o’z-o’zini anglashga bo‘lgan qiziqish tufayli din va til

o‘rtasidagi masalalar dastlab faylasuflar, dinshunoslar, sotsiologlar, psixologlar tomonidan

atroflicha o‘rganilgan. “Qadim zamonlardan din odamlarni boshqarish, ularni bitta maqsadga

yo'naltirish vositasi, qolaversa, bilim va tarbiya berishning ibrat maktabi bo'lib xizmat qilib kelgan.

Diniy muloqot qadim zamonlardan yashab kelayotgan bo'lsa-da, bu sohani ilmiy tadqiq qilishga

bo'lgan izlanishlar nisbatan yaqinlarda paydo bo'ldi. Odamlar jamoa bo'lib yashar ekan,

o'rtalaridagi har qanday munosabatni din asnosida hal qilishar edi, ilm-fan, odob-axloq, tarbiyani

din orqali olishar edi. Shu sabablarga ko'ra, diniy leksika barcha davrlarda kishilik jamiyatining

muhim ajralmas qismi hisoblanib keladi.”[2,237] Muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ham

Islom dini, uning jahon sivilizatsiyasida nechog’lik muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, BMT

Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so’zlagan nutqlarida ushbu masalaga alohida to’xtaldilar:

“Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz.

Biz muqaddas dinimizni zoʻravonlik va qon toʻkish bilan bir qatorga qoʻyadiganlarni qatʼiy

qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Islom dini bizni ezgulik va

tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga daʼvat etadi”.[1,6]

Jahon tilshunosligida diniy matn, diniy leksikani turlicha jihatlardan o‘rganish masalasida

bir qator tilshunoslar izlanishlar olib borilgan. Xususan, N.Mechkovskayaning, Yu.Mixaylova,

K.Timofeev, P.Yakimov, R.Goryushina, S.Bulavina, I.Matey, G.Sklyarevskaya, M.Petuxova kabi

tilshunoslar diniy leksikaning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishgan.

Sharqda din va til masalalarini o‘rganish ancha oldin boshlangan bo‘lib, “Arab

tilshunosligi” atamasi ostida Qur'oni karimni lingvistik tadqiq qilish asnosida vujudga kelgan.

“Arab tilshunosligi amaliy ehtiyoj natijasida, Qur'on nutqini to‘g‘ri talaffuz qilish ehtiyoji bilan,

shuningdek, arablar va shuubiylar (eroniylar) o‘rtasidagi arab tili yuzasidan mubohasasi

jarayonida vujudga keldi”[3,30]. Turkologiyada N.Suyargulov, A.Serikbaeva, R.Sharyafetdinov,

Z.Yaxyaeva, Z.Xafizova, G.Abdullinalar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarda ham asosiy

e’tibor Qur’oni karimni o‘rganishga qaratilgan.

O‘zbek tilshunosligida ham diniy leksika bo’yicha qator ilmiy ishlar amalga oshirildi.

Mustaqillikkacha bo‘lgan davrda xalqning milliy qadriyatlarining asosi bo‘lgan diniy manbalar,

nodir asarlar buzib talqin etildi. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng diniy leksikani o‘rganishga

bo‘lgan tadqiqotlarning olib borilishi qamrovining kengayishi kuzatildi. O‘zbek tilshunosligida

N.Uluqov, T.Yuldashev, Sh.Galieva, Sh.Sultonova, Sh.Yusupova, Sh.Amonturdiyevalar

tomonidan diniy leksikaning tadqiqi amalga oshirilgan. N.Uluqovning dissertatsiyasi o‘zbekcha

diniy matnlar ekzotik leksikasi tadqiqiga bag‘ishlanganligi bilan ajralib turadi. Dissertatsiyada


background image



144

diniy matnlar tarkibida uchraydigan arabcha ekzotizmlar tematik guruhlarga bo‘lib tahlil qilingan.

T.Yuldashevning dissertatsiyasida Navoiy va Boburning islom farzlariga bag‘ishlangan asarlarida

qo‘llangan shar'iy atamalarning lisoniy xususiyatlari yoritilgan. Tadqiqotchi Sh.Amonturdiyeva

dissertatsiyasida oʻzbek tilidagi diniy matnlarning funksional-stilistik jihatlarini ochib berdi va

diniy uslubning o‘zbek tili funksional uslublarining alohida ko‘rinishi sifatida mavjud ekanligi

haqidagi nazariyani ilgari surdi. Sh.Yusupovaning dissertatsiyasida esa diniy matnlarning

lingvopragmatik jihatdan tadqiqi amalga oshirilgan.

Xulosa o‘rnida ayta olamizki, diniy leksikani o‘rganish bo‘yicha jahon va o‘zbek

tilshunosligida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda, ammo oʻzbek tilshunosligidagi bu yo‘nalish

hali chuqur o‘rganilmagan va turlicha bahs-u munozaralarga sabab bo‘lgan yo‘nalishlardan biridir.

REFERENCES

1.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2017 йил 19 сентябрь

куни Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеяси 72-сессиясида сўзлаган

нутқи.

2.

B.Qo‘shoqova Diniy leksikani o‘rganishda turli yondashuvlar.TDPU Ilmiy axborotlari

jurnali. 2020-y,6-son – 237-b

3.

А. Нурмонов Ўзбек тилшунослиги тарихи. –Т.: Ўзбекистон, 2002. –Б.30.

4.

Макуховская М.,2002, Функционирование современного польского языка. Язык

религии. Ополе, с. 369-402.

5.

Н.Иброҳимов. Ал-Қомус. Арабча-ўзбекча қомусий луғат. –Тошкент, 2017.

6.

Н.Улуқов Ўзбеча диний матнлар экзотик лексикаси: Филол.фан. номз. дисс. автореф.

– Тошкент, 1997.

7.

Ш.Aмонтурдиева Ўзбек диний матнининг функционал-стилистик тадқиқи. Филология

фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси. –Термиз,2018.

8.

Ш.Юсупова Диний матнларнинг лингвопрагматик тадқиқи Филология фанлари бўйича

фалсафа доктори (PhD) диссертацияси. –Фарғона,2020.

9.

Ў.Ҳасанбаев. Диний-маърифий ва ижтимоий-маънавий соҳа тарғиботчилари учун

айрим атама ва тушунчаларнинг изоҳли луғати. - Тошкент, 2020.– 608 б

References

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2017 йил 19 сентябрь куни Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеяси 72-сессиясида сўзлаган нутқи.

B.Qo‘shoqova Diniy leksikani o‘rganishda turli yondashuvlar.TDPU Ilmiy axborotlari jurnali. 2020-y,6-son – 237-b

А. Нурмонов Ўзбек тилшунослиги тарихи. –Т.: Ўзбекистон, 2002. –Б.30.

Макуховская М.,2002, Функционирование современного польского языка. Язык религии. Ополе, с. 369-402.

Н.Иброҳимов. Ал-Қомус. Арабча-ўзбекча қомусий луғат. –Тошкент, 2017.

Н.Улуқов Ўзбеча диний матнлар экзотик лексикаси: Филол.фан. номз. дисс. автореф. – Тошкент, 1997.

Ш.Aмонтурдиева Ўзбек диний матнининг функционал-стилистик тадқиқи. Филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси. –Термиз,2018.

Ш.Юсупова Диний матнларнинг лингвопрагматик тадқиқи Филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси. –Фарғона,2020.

Ў.Ҳасанбаев. Диний-маърифий ва ижтимоий-маънавий соҳа тарғиботчилари учун айрим атама ва тушунчаларнинг изоҳли луғати. - Тошкент, 2020.– 608 б

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов