Authors

  • Dilfuza Raimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.34746

Abstract

Maqolada Maqom san’ati o‘zining ko‘p asrlik tarixiga ega ekanligi. Bu tarixni o‘zaro farqli ikki yirik davrga ajratish mumkinligi. Birinchi davr mazmunini maqomlarning makon-zamon nuqtayi nazaridan juda qadimiy kelib chiqish ildizlari, dastlabki kuy-ohang qatlamlarini o‘rganish masalalari tashkil etadi. Tabiiyki, bu davrda, hozirda ma’lum tom ma’nodagi maqomlar bo‘lmagan, albatta. Chunki, maqom tizimlarining shakllanish jarayonlari ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning ma’lum bosqichi bilan shartlanganligi xaqida aytib o’tilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

424

BUZRUK MAQOMI MUSHKILOTI (SAQILI ISLIMXON MISOLIDA)GI MAQOMNI

USTOZ–SHOGIRD FAOLIYATININING IJODIY SHART-SHAROITLARI

Raimova Dilfuza Mahamatsaliyevna

Andijon davlat universiteti

dilya_solievna@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.11659455

Annotasiya.

Maqolada Maqom san’ati o‘zining ko‘p asrlik tarixiga ega ekanligi. Bu

tarixni o‘zaro farqli ikki yirik davrga ajratish mumkinligi. Birinchi davr mazmunini maqomlarning
makon-zamon nuqtayi nazaridan juda qadimiy kelib chiqish ildizlari, dastlabki kuy-ohang
qatlamlarini o‘rganish masalalari tashkil etadi. Tabiiyki, bu davrda, hozirda ma’lum tom
ma’nodagi maqomlar bo‘lmagan, albatta. Chunki, maqom tizimlarining shakllanish jarayonlari
ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning ma’lum bosqichi bilan shartlanganligi xaqida aytib o’tilgan.

Kalit so’zlari:

ma’naviy go‘zalligi, milliy musiqa, musiqa ilmi, ustoz–shogird faoliyati,

ijodiy shart-sharoitlar.

CREATIVE CONDITIONS OF MASTER-STUDENT ACTIVITY IN THE PROBLEM

OF THE STATUS OF BUZRUK (IN THE CASE OF THE BEARDED ISLAM KHAN)

Abstract.

The fact that the art of status in the article has its own centuries-old history. This

is the fact that history can be divided into two large periods of mutual difference. The content of
the first period is organized by the very ancient roots of origin from the point of view of the spatial-
temporal point of status, the issues of studying the layers of the initial melody. Naturally, during
this period, there were no currently known literal statuses, of course. Because it is mentioned in
the conclusion that the processes of formation of status systems are conditioned by a certain stage
of socio-cultural development.

Keywords:

spiritual beauty, national music, music science, master–disciple activity,

creative conditions.

ТВОРЧЕСКИЕ УСЛОВИЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ МАГИСТРАНТОВ В ПРОБЛЕМЕ

СТАТУСА БУЗРУКА (НА ПРИМЕРЕ БОРОДАТОГО ИСЛАМ-ХАНА)

Аннотация.

В статье говорится, что статусное искусство имеет многовековую

историю. Это тот факт, что историю можно разделить на два основных периода,
которые отличаются друг от друга. Содержание первого периода составляют вопросы
изучения в пространственно-временном плане статусов корней очень древнего
происхождения, ранних мелодико-мелодических пластов. Естественно, в этот период,
конечно, не было известных буквальных статусов. Тak kak было отмечено, что процессы
формирования статусных систем обусловлены определенным этапом социокультурного
развития.

Ключевые слова:

духовная красота, национальная музыка, музыкальная наука,

деятельность учителя–ученика, творческие предпосылки.

O‘zbek xalqining ma’naviy go‘zalligi asrlar qa’ridan kelayotgan kuyohanglarida o‘zining

ajoyib va betakror badiiy in’ikosini topgan. Ulug‘ajdodlarimiz bergan ta’rifga ko‘ra, musiqa –
inson ruhining g‘izosidir. Binobarin, ko‘p asrlar davomida xaliqimiz boy ma’naviyatining, teran
tafakkurining, barkamol ruhiyatining sadolardagi jonli ifodasi bo‘lgan milliy musiqa bugungi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

425

kunda buyuk davlat bunyodkori bo‘lmish jamiyatimizning ruh quvvati va jon ozig‘i bo‘lmog‘i
ayni muddaodir.

Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoev tomonidan juda ko’plab farmon va qarorlar ishlab

chiqildi, shular qatorida musiqa va san’atni yanada rivojlantirish, bolalar musiqa va san’an
maktablarini qurish va hududiy jihatdan maqbul joylashtirish bo’yicha boshlangan ishlarni
mantiqiy davom ettirish, o’sib kelayotgan yosh avlodning umumiy o’rta ta’limi va ularni har
tomonlama ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning bir-biriga bog’langan yaxlit tizimini shakllantirish,
bolalarning ijodiy salohiyatini yanada keng ochib berish, musiqa va san’atning boshqa turlarini
chuqurroq tushunishi hamda ularga nisbatan mehr-muhabbat uyg’otish, musiqa va tasviriy san’at
sohalarida jahon buyuk merosini o’rganib bilishlari uchun shart sharoitlar yaratib berilmoqda.

Sharq olamida maqom tizimlarining paydo bo‘lishi uchun zarur omillar IX-X asrlarda

yuzaga kelgan edi. Zero bu asrlarga kelib o‘zida ilmiyijodiy kuchlarni bir makonda mujassam
etgan Bag‘dod, Damashq, Samarqand, Buxoro, Urganch, Farg‘ona, Toshkent kabi yangi tipdagi
shaharlar uzil-kesil shakllandi. Shuni ta’kidlash joizki, Markaziy Osiyo shaharlari
umumsavodxonlik markazlari ham edi.

Aytib o’tish joizki, bolalar musiqa va san’at maktablari o’quvchilarini tarbiyalashda boy

musiqa tariximizni o’rgatish, ularda an’anaviy ijrochilik, xonandalik ijrochiligi, estrada ijrochiligi
va xok….. kabi musiqiy fanlarida maqom ijrochiligidako’nikmalarini shakllantirish katta
axamiyatga ega.

Hususan, musiqa darslarida maqom ijrochiligi malakalarini shakllantirish vazifalarini

o’quv jarayonida qo’llash o’ziga hos xarakter kasb etadi va tarbiyaviy ishlarning asosiy shakli
bo’lib hisoblanadi. Maqom ijrochiligi malakalari har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan
foydalangan holda o’quvchilarda musiqiy ijrochilik bilim darajasini oshirish jarayonini muayyan
ketma-ketlikda bajarilishini ko’zda tutadi. Demak, musiqiy bilimlar, musiqiy dunyoqarash,
musiqiy qobiliyat va ahloqiy fazilatlarni shakllantirish aniq belgilab berilgan.

An'anaviy xonandalikda Buzruk maqomı mushkılotı (Saqılı Islımxon mısolıda)

maqomlarini yosh avlodga o’rgatish dolzarb muammo bo’lib, musiqiy ijrochilik bilimlarini
oshirish, maqom ijrochiligi malakalarini shakllantirish faoliyatlari asoslanib berilmagan.

Sharq musiqa ilmining kamolot topishida esa qadimgi yunon olimlarining asarlari ham

poydevor yanglig‘ asos bo‘ldi. Jumladan, Bag‘doddagi “Baytul-hikma” akademiyasi olimlari
qadimgi yunon olimlarining musiqa ilmiga doir bir qator asarlarini – Aristoksenning “Kitabur-ru-
us”, (Archay), “Kitobul-iyqo’” (Book of rhythm), Psevdo-Yevklidning “Kitabun-nag‘am”
(Introductio Harmonica), “Kitobul-qonun” (Sectio canon), Nikomaxning “Kitobul-musiqa al-
kabir” (Opus Major on Music), Ptolomeyning “Kitobul-musiqa” (Harmonica) – o‘sha davrda ilm
tili maqomida bo‘lgan arabchaga tarjima qildilar. Bu hol o‘z navbatida qadimgilarning musiqiy
qarashlarini nafaqat Sharq olamida, balki keyinchalik G‘arbga ham keng yoyilishida muhim omil
bo‘lgan edi.

Shuni aytish kerakki, Sharq musulmon olamida maqom tizimlarining paydo bo‘lishi uchun

zarur omillar IX-X asrlarda yuzaga kelgan edi. Zero, aynan shu davrlarda aniq fanlar rivojlandi,
vatandoshimiz Abu Nasr Forobiyning (871-950) musiqashunoslikdagi buyuk xizmatlari o‘laroq,
Sharq musiqa ilmiga asos solindi, kasbiy musiqa amaliyoti yangi bosqichga ko‘tarildi. Ana shu
omillar ta’sirida o‘rta asr Sharqining yirik (makaziy) shaharlarida O‘n ikki maqom tizimi yuzaga


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

426

kelgan edi. Mazkur tizim tasnifoti dastlab Safiuddin Urmaviy (tax.1230-1294) va Qutbiddin
Sheroziylarning (1236/37-1310) musiqa ilmiga doir asarlarida ishlab chiqilgan bo‘lib, keyingi
asrlarda Abulqodir Marog‘iy (1353-1437), Abdurahmon Jomiy, Zaynulobiddin Husayniy (XV),
Najmiddin Kavkabiy (XVI), Darvishali Changiy (XVI-XVII) kabi amaliyotchi va nazariyotchi
olimlar tomonidan ijodiy davom ettirilgan.

Maqom ijrochilik malakalarini shakllantirishda Buzruk maqomı mushkılotı (saqılı

Islımxon mısolıda)gi maqomni ustoz–shogird faoliyatinining ijodiy shart-sharoitlarini
aniqlashning asosiy maqsadlaridandir.

An'anaviy xonandalikda Buzruk maqomı mushkılotı (saqılı Islımxon mısolıda)maqomini

o’rganishda asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

yosh avlodni musiqa san’atining barcha turlariga qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirish:

o’quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni xalqimiz an’analariga va milliy

qadriyatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash:

ma’naviy va ma’rifiy, estetik saviyasini har tomonlama oshirish:

o’quvchilarning ist’edodini har tomonlama kamol toptirish, madaniy saviyasini

yuksaltirish:

o’zbek xalqining mumtoz musiqa merosi durdonalaridan bahramand bo’lish uchun shart—

sharoitlar yaratish:

milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida o’quvchilarda yuksak

ahloqiy fazilatlarni shakllantirish:

Shuningdek, yakka tartibdagi ta’lim jarayonida o’quvchilar maqom ijrochilik malakalarini

oshirishda pedagogik texnologiyalarni hisobga olgan holda o’qitishning mazmuni, vositalari, usul
va yo’llari boyitiladi hamda bu jarayonga oid ta’limiy topshiriqlar tizimi tavsiya etiladi.

Maqom san’ati o‘zining ko‘p asrlik tarixiga ega. Bu tarixni o‘zaro farqli ikki yirik davrga

ajratish mumkin. Birinchi davr mazmunini maqomlarning makon-zamon nuqtayi nazaridan juda
qadimiy kelib chiqish ildizlari, dastlabki kuy-ohang qatlamlarini o‘rganish masalalari tashkil etadi.

Tabiiyki, bu davrda, hozirda ma’lum tom ma’nodagi maqomlar bo‘lmagan, albatta.
Chunki, maqom tizimlarining shakllanish jarayonlari ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning

ma’lum bosqichi bilan shartlangan. Zotan, tayanch manbalari juda qadim bo‘lgan maqomlar
«xalqlarning o‘ziga xos musiqa boyliklari asosida kasbiy sozanda va xonandalar tomonidan
yaratilgan va uzoq madaniy-tarixiy taraqqiyot jarayonida mustaqil musiqa janri sifatida yuzaga
kelgan

1

». Bunda saroy madaniyati ham zarur obyektiv omil sifatida muhim o‘rin tutgan edi.

Dastlabki davrlarda xalq orasidan yetishib chiqqan iste’dodli musiqachilar xon saroylariga

(amaldorlarning xonadonlariga) musiqachi bo‘lib xizmat qilish uchun jalb etilganlar. Binobarin,
o‘tmishda musiqa san’ati bilan maxsus shug‘ullanib, shu tarzda hayot kechiruvchi musiqachi
(ijodkor-xonanda,sozanda)lar yuzaga kelgan davrlardan boshlab kasbiy musiqa qatlami ham qaror
topa boshlagan

2

.

Qadimgi davr musiqachilari «saroy estetikasi»ga muvofiq musiqa asarlarini ijod etishlarida

xalq og‘zaki ijodida to‘plangan badiiy tajriba va musiqa boyliklari asqotgan bo‘lishi tabiiydir.

1

Rajabov I. Maqomlar. – Toshkent, 2006,40-bet.

2

Yunusov R. Maqomlar xususida. – T.: «Bilim», 1982.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

427

Bunda ular el orasida yoyilgan ma’lum kuy va aytimlarni ijodiy qayta ishlagan holda

ularning yanada murakkab va mukammal ko‘rinishlarini zuhur etishga intilgan bo‘lishlari
mantiqiy mulohazalarga to‘g‘ri keladi. O‘z navbatida, shu tarzda shakllana boshlagan bastakorlik
an’- analari esa, «ustoz-shogird» vositasida keyingi avlod musiqachi (ijodkor-xonanda va sozanda)
lari tomonidan ijodiy o‘zlashtirilib borilgan. Bunga Sharq madaniyatida yuzaga kelgan nazira
badiiy an’analari misol bo‘lishi mumkin. Shu kabi jarayonlar hamda boshqa omillar o‘laroq ko‘p
asrlik tarix silsilasida mumtoz kasbiy musiqaning eng salobatli va eng mukammal zuhuri bo‘lgan
maqom tizimlari yuzaga kela boshlagan edi.

REFERENCES

1.

Rajabov I., Maqomlar masalasiga doir, Toshkent, 1963.

2.

Ibrohimov O., Maqom va makon, Toshkent, 1996.

3.

Matyoqubov O., Maqomot, Toshkent, 2004.

4.

Rajabov, Ishoq; Yunusov, Ravshan; Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 2004.


References

Rajabov I., Maqomlar masalasiga doir, Toshkent, 1963.

Ibrohimov O., Maqom va makon, Toshkent, 1996.

Matyoqubov O., Maqomot, Toshkent, 2004.

Rajabov, Ishoq; Yunusov, Ravshan; Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 2004.