Authors

  • Dilfuza Raimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.34946

Keywords:

multimedia graphics sound method textbook educational subject.

Abstract

This article is about the use of Information Technology, the use of multemedias, the integration of several data submission tools into one system. Information is also covered by the combination of information presentation tools in the computer system, such as text, sound, graphics, multiplication, videotape and spatial modeling.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

956

MUSIQA DARSLARIDA MULTIMEDIALARDAN FOYDALANISH

Raimova Dilfuza Maxamatsalievna

Andijon davlat universiteti Musiqiy ta’lim kafedrasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.12529154

Annotatsiya.

Ushbu maqolada axborot texnologiyalaridan foydalanish, multemedialardan

foydalanish, bir necha ma’lumot taqdim etish vositalarining bir tizimga birlashishi xaqida.
Shuningdek matn, ovoz, grafika, multiplikatsiya, videotasvir va fazoviy modellashtirish kabi
ma’lumot taqdim etish vositalarining kompyuter tizimidagi birlashishi xaqida ma’lumotlar
yoritilgan.

Kalit so’zlari:

multimedia, grafika, ovoz, usul, darslik, o’quv predmet.

USING MULTIMEDIA IN MUSIC LESSONS

Abstract.

This article is about the use of Information Technology, the use of multemedias,

the integration of several data submission tools into one system. Information is also covered by
the combination of information presentation tools in the computer system, such as text, sound,
graphics, multiplication, videotape and spatial modeling.

Keywords:

multimedia, graphics, sound, method, textbook, educational subject.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ МУЛЬТИМЕДИА НА УРОКАХ МУЗЫКИ

Аннотация.

Эта статья посвящена использованию информационных технологий,

использованию мультимедийных средств, интеграции нескольких инструментов
представления данных в одну систему. Информация также обеспечивается сочетанием
средств представления информации в компьютерной системе, таких как текст, звук,
графика, умножение, видеозапись и пространственное моделирование.

Ключевые слова:

мультимедиа, графика, звук, методика, учебник, учебный

предмет.


Ma’lumki, har bir halq yuksak ahloqiy va estetik ideallarning yaratuvchisi hamda

davomchisi hisoblanadi. Shunday ekan musiqa ta’limining yangi prinsiplarini dars usullarini

kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda

ishlab chiqish lozim.

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish

bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning birinchisi yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va
san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, este’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qilsa,
uchinchisi aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali
foydalanishni tashkil etishga qaratilganligi bilan muhimdir.

Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonimizning kuch qudrati bo‘lmish

barkamol shaxs, komil insonni har tomonlama yetuk qilib tayyorlash uchun faqatgina musiqa fani
bilan emas, balki hozirgi zamon talabiga asosan

kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda

tarbiyalash zarur. Bu hozirgi davrimiz talabidir. Shu kabi dolzarb muammolarni hal qilish yo‘llari
haqida fikr yuritiladi.

Musiqa madaniyati darslarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish

musiqani faol qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga, bolalarning musiqiy tajribasini
boyitishga, bilimlarni singdirishga yordam beradi. Bu umuman maktab o‘quvchilarining musiqiy
madaniyatini boyitishning muhim shartidir. Shuning uchun ham musiqiy ta’limda kompyuter
texnologiyalardan foydalanishda quyidagi vazifalar muhim xisoblanadi:


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

957

-

musiqa darslarida ko‘proq o‘quvchilarni loyiha faoliyatiga qiziqtirish.

-

musiqiy kabinet kutubxonasini kengaytirish.

-

yangi kompyuter dasturlarini o‘zlashtirish.

Kompyuter texnologiyalarini o‘quvchilar muvaffaqiyatli o‘rganish uchun zarur bo‘lgan

ko‘plab tarkibiy qismlar mavjud: Bu televizion tasvir, multimedia, animatsiya, grafika va ovoz.
Kompyuter texnologiyalaridan unumli foydalanish ko‘rgazmali qurollar yetishmovchiligini hal
qilishga, an’anaviy o‘quv predmetlarini o‘zgartirishga, o‘quv materiallarini tushunish va
o‘zlashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari, multimedia vositalaridan foydalanish ham
darslarning zamonaviy tipda tashkillashtirishga asos bo‘ladi.

Multimedia bir nechta ta’rifga ega:

Multimedia

-

kompyuter apparat ta’minoti (kompyuterda kompakt-disklar o‘qish

qurilmasi-CD-Rom, Drive, uning yordamida ovozli va videoma’lumotni eshittirishga yordam
beradigan ovoz va videoplata, joystik va boshqa maxsus qurilmalarning mavjudligi);

Multimedia

-

bu bir necha ma’lumot taqdim etish vositalarining bir tizimga birlashishi.

Odatda multimedia deganda matn, ovoz, grafika, multiplikatsiya, videotasvir va fazoviy
modellashtirish kabi ma’lumot taqdim etish vositalarining kompyuter tizimidagi birlashishi
tushuniladi. Bunday vositalarning birlashishi ma’lumot qabul qilishning yangi sifatli darajasini
ta’minlaydi: inson passiv ravishda mahliyo bo‘libgina o‘tirmasdan, balki faol ishtirok etadi ham.

Multemediyalarni galereyalarga oxshatadilar. Galereyalar-bu tovushli harakatlanuvchi

rasmlar to'plami,-

1

degan fikrlar xam bor.

Multimedia darsliklari tufayli o‘quvchilar sinfda yuqori faollikni (o‘z fikrlarini bildirish,

mulohaza yuritish, muhokama qilish) amalga oshiradi. Chunki ko‘rgazmali tasvirlar musiqani
idrok etish uchun, o‘quvchilarning musiqiy tafakkurini rivojlantirish uchun asos bo‘ladi. Bu esa
o‘quvchilarning o‘ziga xos musiqiy asarlarni "eshitish" ("ko‘rish") orqali, ularning musiqa va
tarix, adabiyot, tasviriy san’atning turli xil turlari, me’morchilik, haykaltaroshlik, badiiy
fotosuratlar va boshqalar xaqida tasavvurlarga ega bo‘ladi.

Ta’lim tarbiya sohasida zamonaviy va oqilona tizim yaratish, o‘qitish metodlari ta’lim

standartlari, darslik va o‘quv qo‘lalanmalarini yaratish va yangilash zarurligi bilim berishda chet
eldagi ilg‘or tajribalardan foydalanish, tarbiyada esa milliy an’ana va qadriyatlarga suyanish
muhimligi qayd etildi.

2

O‘quvchi texnologik hayotda yashaydi, u kompyuterlar, WEB-dastur/ilovalar, onlayn

platformalar, suniy intillekt, neyro tarmoqlar, mobil ilovalar, mobil qurilmalar (smartfon, planshet)
vositalaridan foydalanib keladi. Zamon bilan hamnafas bo‘lish va o‘quv jarayonida zamonaviy
texnik vositalardan foydalanish bir qator ta’lim muammolarini hal qilish bilan birgalikda eng
muhimlaridan birini yaxshilashga imkon beradi. Bu - o‘quvchilarning motivatsiyasi. Musiqa
darslarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning asosiy maqsadi ham o‘quvchilarning
bilim va ijodiy faoliyatini faollashtirishdan iboratdir.

1

Ziyavutdinova Z.U. Use of Multimedia Tools in Music Culture Lessons. BEST JOURNAL OF INNOVATION IN

SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT. Volume:2 Issue:7|2023

2

Ziyavutdinova Z.U. MADANIYAT VA SAN’AT JURNALI. ISSN: 2181-4562, 56-b


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

958

Musiqa darsiga kompyuter texnologiyalarini qanday qilib yaxshiroq kiritish va uni

o‘quvchilar uchun qiziqarli qilish to‘g‘risida quyidagi mulohazalarni yuritish mumkin:

-o‘quvchining darsdagi rolini o‘zgartirish kerak: passiv o‘quvchidan uni o‘quv

jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish. Bunday holda o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi
munosabatlar sheriklik tomon o‘zgaradi va talaba pedagogik ta’sir ob’ektidan o‘quv faoliyati
sub’ektiga aylanadi.

O‘quv dasturida haftada faqat bir soat musiqa darsi nazarda tutilgan, bu ko‘p qirrali

barkamol shaxsni shakllantirish uchun yetarli emas. Shu munosabat bilan dars samaradorligini
oshirish uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Musiqa darslarida muvaffaqiyatli o‘rganish shartlaridan biri, shubhasiz, darslarda ishlatiladigan
audio va video materiallarning sifati. Zamonaviy texnik o‘quv vositalaridan foydalanish
(kompyuter, videomagnitafon, musiqa markazi va boshqalar) kerakli natijaga erishishga imkon
beradi. Va, albatta muvaffaqiyatli o‘rganishning muhim tarkibiy qismlaridan yana biri bu
o‘quvchilarni rag‘batlantirishdir.

Zamonaviy axborot texnologiyalaridan musiqa darslarida foydalanish har qanday yoshdagi

o‘quvchi uchun o‘qitishni yorqin, unutilmas, qiziqarli qiladi va mavzuga nisbatan ijobiy
munosabatni shakllantiradi.

Talabalar kompyuter texnologiyalarini muvaffaqiyatli o'rganishlari kerak bo'lgan ko'plab

komponentlar mavjud: televizor, multimedia, animatsiya, grafika va ovoz. Kompyuter
texnologiyalaridan samarali foydalanish ko'rgazmali qurollarning etishmasligini hal qilishga,
an'anaviy o'quv fanlarini o'zgartirishga, o'quv materiallarini tushunishga va o'zlashtirishga yordam
beradi. Bundan tashqari, multimedia vositalaridan foydalanish darslarni zamonaviy tashkil etish
uchun asosdir.

3

Yuqoridagi fikrlarni tahlil qilish orqali zamonaviy kompyuter texnologiyalarini

o‘zlashtirish kerak degan xulosaga olib keldi. Maktab ma’muriyati majlislar zaliga (musiqa sinf
xonasiga) kerakli asbob-uskunalar (musiqa markazi, interaktiv doskalar, proektor, kompyuter va
noutbuk, raqamli musiqa asboblar, smart televizor, mikrofonlar va boshqalar) bilan ta’minlash
zarur bo‘ladi. Bu esa kompyuter texnologiyalari orqali o‘quvchilarni musiqa darslarini
muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlariga olib keladi.

Video ketma-ketligi:

operalar, musiqiy filmlar, mumtoz va ommabop musiqa konsertlari,

bastakorlarning hayoti va faoliyati haqida badiiy va hujjatli filmlarning parchalari, xalq
bayramlarining parchalari.

Sintezlangan vizual tasvirlar:

bastakorlar, ijrochilar va jahon mumtoz musiqasi, musiqa

asarlarini ijro etuvchilarning portretlari.

Zamonaviy

yozuvlar:

tematik

rasmlar,

musiqiy

yozuvlar,

musiqiy

asarlar

qo‘lyozmalarining parchalari, tasviriy san’at asarlarining reproduksiyalari (rasm, badiiy
hunarmandchilik, haykaltaroshlik, me’morchilik, grafika va boshqalar). Shuningdek, musiqa
darslarida materialni boshqa shakllarda taqdim etish ham mumkin: kompyuter dasturlari (Power
Point, PhStori, Photoshop, Cap Cut, Canva, DAW (Digital Audio Workstation) Sibelius,

3

Ziyavutdinova Z.U. Use of Multimedia Tools in Music Culture Lessons. BEST JOURNAL OF INNOVATION IN

SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT. Volume:2 Issue:7|2023,375-b


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

959

MuseScore, EarMaster, Simply Piano, Adobe Audition), loyihalar, testlar, tanlangan musiqiy
dastur va ilovalar va boshqalar.

Xulosa o‘rnida shuni alohida ta’kidlash lozimki, bugungi tezkor davrda yoshlarda

mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirish, ularni o‘z ustida ko‘proq ishlashga jalb etish, ta’lim berish
jarayonlarida

kompyutertexnologiyalari

dan ko‘proq foydalanish, yoshlarni musiqa, rasm,

adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, este’dodini yuzaga chiqarish,
aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil
etish juda muhimdir.


REFERENCES

1.

Ishmuhamedov R.J.,Yo’ldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik
texnologiyalar” T.: ”Nihol nashriyoti”, 2013,2016.

2.

I.Akbarov .”Musiqa lug’ati” G’.G’ulom nashriyoti. Toshkent-1987 yil.

3.

Ziyavutdinova Z.U. Use of Multimedia Tools in Music Culture Lessons. Best journal of
innovation in science, research and development. Volume:2 Issue:7|2023, 375-b

4.

Ziyavutdinova Z.U. Madaniyat va san’at jurnali. ISSN: 2181-4562, 56-b



References

Ishmuhamedov R.J.,Yo’ldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar” T.: ”Nihol nashriyoti”, 2013,2016.

I.Akbarov .”Musiqa lug’ati” G’.G’ulom nashriyoti. Toshkent-1987 yil.

Ziyavutdinova Z.U. Use of Multimedia Tools in Music Culture Lessons. Best journal of innovation in science, research and development. Volume:2 Issue:7|2023, 375-b

Ziyavutdinova Z.U. Madaniyat va san’at jurnali. ISSN: 2181-4562, 56-b