O`ZBEK MUSIQIY MAHALLIY USLUBLAR HAQIDA MA’LUMOT.

Annotasiya

Ushbu maqola xalq va ogʻzaki anʼanadagi professional musiqa sifatida qadimdan rivojlanganligi, Buxoro-Samarqand musiqa uslubi, Xorazm musiqa uslublari, Fargʻona-Toshkent musiqa uslubi, Surxondaryo-Qashqadaryo musiqa uslublari xaqida ma’lumotlar berigan. Xalq musiqasida lapar, terma, yama, qoʻshiqlarttt turli xillari (marosim, maishiy, mehnat, oʻyin, raqs, lirik, nasihatomuz va boshqalar), ogʻzaki anʼanadagi oʻzbek professional Musiqasida esa doston, katta ashula, ashula, maqom, cholgʻu yoʻllari kabi janrlar yoritilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Ziyavutdinova, Z. (2024). O`ZBEK MUSIQIY MAHALLIY USLUBLAR HAQIDA MA’LUMOT. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(6). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/34787
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqola xalq va ogʻzaki anʼanadagi professional musiqa sifatida qadimdan rivojlanganligi, Buxoro-Samarqand musiqa uslubi, Xorazm musiqa uslublari, Fargʻona-Toshkent musiqa uslubi, Surxondaryo-Qashqadaryo musiqa uslublari xaqida ma’lumotlar berigan. Xalq musiqasida lapar, terma, yama, qoʻshiqlarttt turli xillari (marosim, maishiy, mehnat, oʻyin, raqs, lirik, nasihatomuz va boshqalar), ogʻzaki anʼanadagi oʻzbek professional Musiqasida esa doston, katta ashula, ashula, maqom, cholgʻu yoʻllari kabi janrlar yoritilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

428

O`ZBEK MUSIQIY MAHALLIY USLUBLAR HAQIDA MA’LUMOT.

Ziyavutdinova Zulfiya Useinovna

Andijon davlat universiteti.

z19830829z@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.11659529

Annotatsiya.

Ushbu maqola xalq va ogʻzaki anʼanadagi professional musiqa sifatida

qadimdan rivojlanganligi, Buxoro-Samarqand musiqa uslubi, Xorazm musiqa uslublari,
Fargʻona-Toshkent musiqa uslubi, Surxondaryo-Qashqadaryo musiqa uslublari xaqida
ma’lumotlar berigan. Xalq musiqasida lapar, terma, yama, qoʻshiqlarttt turli xillari (marosim,
maishiy, mehnat, oʻyin, raqs, lirik, nasihatomuz va boshqalar), ogʻzaki anʼanadagi oʻzbek
professional Musiqasida esa doston, katta ashula, ashula, maqom, cholgʻu yoʻllari kabi janrlar
yoritilgan.

Kalit so’zlari:

Buxoro-Samarqand musiqa uslubi, Xorazm musiqa uslublari, Fargʻona-

Toshkent musiqa uslubi, Surxondaryo-Qashqadaryo musiqa uslublari.

INFORMATION ABOUT LOCAL UZBEK MUSICAL STYLES.

Abstract.

This article provides information on the ancient development of folk and oral

tradition as professional music, Bukhara-Samarkand music style, Khorezm music styles, Fergana-
Tashkent music style, Surkhandarya-Kashkadarya music styles. In folk music, genres such as
lapar, terma, yama, singlartt variations (ritual, domestic, labor, play, dance, lyrical, exhortation,
etc.), and in Uzbek professional music in the oral tradition, genres such as epic, big song, singing,
status, instrumental tracks are covered.

Keywords:

Bukhara-Samarkand music style, Khorezm music styles, Fergana-Tashkent

music style, Surkhandarya-Kashkadarya music styles.

ИНФОРМАЦИЯ О МЕСТНЫХ УЗБЕКСКИХ МУЗЫКАЛЬНЫХ СТИЛЯХ.

Аннотация.

В этой статье даны сведения о давнем развитии профессиональной

музыки в народной и устной традиции, о Бухаро-Самаркандском музыкальном стиле,
Хорезмском музыкальном стиле, ферганско-Ташкентском музыкальном стиле,
сурхандарьинско-кашкадарьинском музыкальном стиле. В народной музыке выделяются
такие жанры, как лапар, Терма, яма, песни (обрядовые, бытовые, трудовые, игровые,
танцевальные, лирические, увещевательные и др.), а в узбекской профессиональной музыке
устной традиции-эпос, большая песня, пение, маком, инструментальные дорожки.

Ключевые слова:

Бухаро-Самаркандский музыкальный стиль, хорезмский

музыкальный стиль, фергано-Ташкентский музыкальный стиль, сурхандарьинский-
кашкадарьинский музыкальные стили.


Oʻzbekistonda Musiqa, asosan, xalq va ogʻzaki anʼanadagi professional Musiqa sifatida

qadimdan rivojlanib kelgan. Xalq musiqasida lapar, terma, yama, qoʻshiqlarttt turli xillari
(marosim, maishiy, mehnat, oʻyin, raqs, lirik, nasihatomuz va boshqalar), ogʻzaki anʼanadagi
oʻzbek professional Musiqasida esa doston, katta ashula, ashula, maqom, cholgʻu yoʻllari kabi
janrlar mavjud. Oʻzbek Musiqa merosida 4 asosiy mahalliy uslubni farqlash mumkin (qarang
Buxoro-Samarqand musiqa uslubi, Xorazm musiqa uslubi, Fargʻona-Toshkent musiqa uslubi,
Surxondaryo-Qashqadaryo musiqa uslubi). 20-asrda oʻzbek va boshqa Oʻrta Osiyo xalqlari


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

429

Musiqa merosini yozib olish va oʻrganish boʻyicha muhim ishlar bajarildi, yuzlab nota toʻplamlari
va ilmiy tadqiqotlar nashr etildi. Bastakor, xrfiz va sozandalar oʻzbek Musiqa merosi durdonalari
(Shashmakom, Xorazm makomlari, Faryuna-Toshkent makom yoʻllari va boshqalar) ni keng
targʻib qilibgina qolmay, yangi cholgʻu kuy va ashulalar yaratdilar, dastlabki musiqali drama va
komediya asarlarining muallif yoki hammuallifi boʻlishdi.

1930—1940-yillarda Oʻzbekistonda avvallari boʻlmagan yangi (opera, balet, simfonik

Musiqa, kamer Musiqa, konsert kabi) Musiqa janrlari yuzaga keldi. Ular, ayniqsa, 1950—1960-
yillardan boshlab Oʻzbekiston kompozitorlari ijodida keng rivoj topdi, shuningdek, ommaviy
Musiqaning estrada musiqasi, yoshlar musiqasi kabi yoʻnalishlari ham keng yoyilgan.

Xorazm musiqa uslubi - Xorazm vohasida qaror topgan muayyan musiqiy anʼanalar

majmui. Qadimdan madaniyat va sanʼat maskani boʻlgan ushbu hududda oʻziga xos xalq musiqa
ijodiyoti
(bolalar va marosim qoʻshiqlari, xalfa laparlari va boshqalar), ogʻzaki anʼanadagi kasbiy
musiqa (doston, talqinchi va goʻyandalar sanʼati, maqom va boshqalar) namunalari keng oʻrin
tutadi. Xorazm musiqa uslubiu. doirasida xalq musiq asining eng qad. davrlariga mansub
kuyohang namunalari oʻz aksini topgan. Jumladan, bolalar ("Momom moshiydi", "Aravachi mani
doyim", "Tuyalar, ho tuyalar" va boshqalar) va mavsum marosim qoʻshiqlari ("Suyet xotin",
"Ashsha daroz" va boshqalar)da musiqaning ilk bosqichlariga oid dastlabki tuzilma va ohang
alomatlari, boshlangʻich parda asoslari saqlanib qolgan. Xalfalar sanʼatida "ichkari"ga xos ixcham
diapazondagi past ovoz koʻlamida aytiladigan, faqat ayollargagina xos boʻlgan qoʻshiq va
ashulalar urin olgan.

Bunda qudalar tomonidan toʻyga ruxsat berilgandan keyin aytiladigan "Boring boshlang,

oʻnglar boʻlgʻay tuyinggiz", tuy boshlanishida "Muboraklar boʻlgʻay etgan tuyinggiz" yoki kelin
kelgandan keyin "Aylanaman kelinni qaddi boʻyinnan" va boshqa qoʻshiqlar tuyning uziga xos
rivojini belgilagan. Ayniqsa, qayroq bilan oʻynab aytiladigan lapar turi xalfa raqqosalariga juda
xosdir.

Xorazmda xonandalik, sozandalik va raqqoslikni oʻziga kasb qilib olgan sanʼatkorlar

guruxlari "sozanda qoʻshlari" deyilgan. Ular ikki xil tarkibda, yaʼni 2ta surnaychi, doirachi,
tanburchiashulachi,

sozchi

(garmonchi)ashulachi,raqqos,

masxaraboz,

soʻz

ustasi

(shuningoʻzimagʻaldoqchiakrobat); dorbozchi, chodir xayol (qoʻgʻirchoqboz) va boshqalardan
tashkil topgan. Sozanda qoʻshlarining vazifasi toʻyda baxshi dostonni tugatgandan keyin yoki
toʻyni yanada qizdirish maqsadida oʻz sanʼatlarini (Lazgi kabi kuy va raqslarni ijro etib) namoyish
qilishdan iborat. El orasida tanilgan sozanda qoʻshlarining boshliqlaridan Husayn Kalot, Sobir
Kalot, Shomurod surnaychi, Ushli Kal (mashhur "Ushlini uforisi" yallasining muallifi), Durdi
karnaychi, Sobir Dorboz, Xoʻja Koʻr, Otoq Jonli, Kupal Hoji, Bayotvoy, Ollabergan Hoji,
Xudoybergan Vovoq va boshqa mashhur.

Fargʻona-Toshkent musiqa uslubi — Fargʻona vodiysi va Toshkent vohasida qaror topgan

mahalliy musiqiy anʼanalar majmui. Mazkur uslubning oʻziga xos jihatlari oʻzbek xalq musiqa
ijodiyoti (bolalar qoʻshiqlari, ayollar folklori, terma, lapar, yalla, ashula va boshqalar) hamda
mumtoz musiqa (doston, ashula, katta ashula, maqom va boshqalar) namunalarida kuzatiladi.
Oʻzbek anʼanaviy musiqasining muhim tarkibiy qismi boʻlgan ushbu uslub doirasida xalq
musiqasining eng qadimgi davrlarga mansub kuy-ohang va usul namunalari ham oʻz aksini topgan.
Jumladan, bolalar ("Laylak keldi", "Olatoy", "Oftob chiqdi" va boshqalar) va mavsumiy-marosim


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

430

qoʻshiqlari ("Boychechak", "Binafsha" va boshqalar)da xalq musiqiy tafakkurining ilk
bosqichlariga oid quyi (birlamchi) tuzilma va darakchi ohang alomatlari, parda asoslarida esa
angemitonika xususiyatlari yaxshi saqlanib qolgan. Shuningdek, inson nutqi, soʻz aytish
talaffuziga yaqin ohanglar dostonchi baxshilar ijodida ham muhim oʻrin tutadi. Fargʻona-Toshkent
musiqa uslubigagina xos boʻlgan katta ashula janrida esa nutqdosh ohanglarning mumtoz gʻazallar
obrazlariga hamohang kuychanlik bilan payvasta boʻlgan.

Odatda, soʻzdosh toifali ohanglar qoʻllangan janrlar doira usullari qoʻllanilmaydi. Bulardan

farqli oʻlaroq, kuychan xususiyatli janrlar (ashula, yalla, maqom va boshqalar)da joʻrnavoz
cholgʻular keng qoʻllanilishi kuzatiladi. Xususan, xotin-qizlar davralarida raqsga tushib yalla va
lapar aytish, ashula kuylash (yallachilik) odat tusini olgan. Yakka holda yallachilar oʻz
qoʻshiqlariga dutor yoki doirada joʻr boʻlishadi. Ansambl shaklida ijrochilar esa odatda 2-3
ayoldan iborat boʻlib, ular asosan doira joʻrligida kuylashadi. Yallachilarning repertuari yalla,
qoʻshiq, lapar va toʻymarosim ("Yoryor", "Kelin salom", "Oʻlan" va boshqa asar)laridan tashkil
topadi. Yallachilikning yana bir koʻrinishi Namangan anʼanasida "satang" deb atalib, bular
koʻproq turkumli (2 va undan ortik, qismli) "katta yalla"larni doira joʻrligida (odatda raqsga tushib)
kuylaydilar.

Fargʻona-Toshkent musiqa uslubida soʻlim tabiatli kuy-ohanglar ham shakllangan boʻlib,

ularning namunalarini mahalliy ashulalarda koʻrish mumkin. Bular ikki xil boʻladi:

1.

Xalq ogʻzaki musiqa ijodida yuzaga kelgan ashulalar;

2.

Bastakorlar tomonidan ijod etilgan ashulalar.

"Tanavor", "Ey nozanin", "Oydek toʻlibdur", "Farzoni", "Ul parivash" singari xalq

ashulalari nafaqat hofizlar, balki ziyolilar, hunarmandlar va boshqa kasb egalari, shuningdek,
xotin-qizlar tomonidan ham ijro etib kelingan. Ayni paytda, "Nigorim", "Galdr", "Nisor",
"Figʻon", "Chaman yalla" singari ashulalarni, asosan, hofizlar mukammal ijro etib kelmoqda.
Bunda tanbur va dutor joʻrnavozligi koʻp qoʻllaniladi. Bu turdagi uslubni shakllantirishda To‘xasin
Jalilov,
Komiljon Jabborov, Jo‘raxon Sultonov, Gʻanijon Toshmatov, Fahriddin Sodiqov kabi
bastakorlar katta hissa qoʻshganlar.

Buxoro-Samarqand musiqa uslubi — Buxoro va Samarqand shaharlari va viloyatlari

hududlarida qaror topgan muayyan musiqiy anʼanalar majmui.

Qadimdan madaniyat maskanlari boʻlmish bu vohalarda xalq qoʻshiq va cholgʻu kuylari,

mumtoz musiqa ijodiyoti namunalari keng oʻrin tutadi. Ayniqsa, professional musiqa
yoʻnalishlarining xilmaxilligi va ular musiqa voqeligida keng yoyilganligi bilan ajralib turadi.

Oʻziga xos jihatlaridan yana biri — mazkur hududdagi oʻzbek va tojik xalq musiqa

anʼanalarining oʻzaro yaqinligi, jumladan xalq qoʻshiqchiligida ikki (oʻzbek-tojik) tillilik
anʼanasining namoyon boʻlishi (yaʼni, ayrim xalq qoʻshiklari, qoʻshiq turkumlari ayni vaqtning
oʻzida ham oʻzbek, ham tojik tillarida aytilishi)dir. Ikki tillilik anʼanasi shu sarhadda yashab
faoliyat kursatgan koʻpgina shoirlar (xususan, Mujrim Obid, Abdullo Mulham Buxoriy, Fitrati
Zardoʻzi Samarqandiy
va boshqalar) ijodida ham oʻz aksini topgan.

Qadimdan diniy maʼrifat, maʼnaviyat oʻchoqlari sifatida tanilgan Buxoro va Samarqand

shaharlarida kitobxonlik, gʻazalxonlik, qissaxonlik, qalandarxonlik, maddohlik kabi oʻquv yoʻllari
keng rivoj topgan. Turli yigʻin, toʻy va bayramlarda mavrigixonlar va sozanda dastalari tomonidan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

431

ijro etilayotgan raqs qoʻshiqlar turkumlari alohida oʻrin tutadi. Ommaviy qoʻshiq janrlaridan
erkaklarning qarsak (beshqarsak) oʻyin-qoʻshiqlari mashhur.

Cholgʻu ijrochiligi ham boy anʼanalarga ega. Bayram sayillari, musiqa tomoshalarida

surnay, nogʻora, karnay ansamblari asosiy oʻrin tutgan boʻlsa, turli yigʻin-majlislarda gʻijjak,
buxoro (afgʻon) rubobi, dutor, nay, ayniqsa tanbur va boshqa sozlar ijrochiligi keng tarqalgan.
Shuningdek, tanbur, nay va doira sozlaridan iborat boʻlgan cholgʻu ansambli ham anʼanaviy tuye
olgan.

Professional musiqa yoʻnalishlarida maqom va hofizlik sanʼatlari asosiy oʻrinda turadi.
Xususan, 18-asr oʻrtalarida Buxoro saroy madaniyatida Shashmaqom turkumi shakllangan

boʻlib, keyinchalik Xorazm maqomlari hamda Fargʻona-Toshkent maqom yoʻllari shakllanishiga
taʼsir oʻtkazgan. Fargʻona-Toshkent musiqa uslubi doirasida qariyb barcha xalq cholgʻulari(dutor,
tanbur, rubob, chang, sato, gʻijjak, nay, qoʻshnay, surnay, karnay, doira, nogʻora va boshqalar)
namoyon boʻladi.

Ular yakka yoki ansambl tarkibida qoʻllaniladi. Xususan, ommaviy bayram, xalq

tantanalari va toʻy marosimlarida surnay, karnay, nogʻora va doiralardan iborat ansambl sadolari
yangrasa, uyxona sharoitlarida dutor, tanbur, gʻijjak kabi nisbatan mayin sadoli cholgʻular
qoʻllaniladi. Binobarin, xalq madaniy hayotida har bir cholgʻu oʻz oʻrni, vazifasi va ijro etish
uchun maxsus ("Qoʻshtor", "Chertmak", "Dutor Bayoti" kabi) kuylar boʻlishi bilan birga mazkur
sozdan ashula, lirik qoʻshiklarga joʻrnavoz sifatida ham foydalanilgan. Bu cholgʻu (doira kabi)
xotin-qizlar orasida ham keng ommalashgan.

Ammo tanbur, sato, nay, qoʻshnay, gʻijjak, chang singari sozlar, asosan, kasbiy

musiqachilar cholgʻusi sifatida namoyon boʻladi.Fargʻona-Toshkent musiqa uslubida "Dilxiroj",
"Andijon polkasi", "Fargʻona rezi", "Tanavor", kabi jozibali raqs kuylari ham mashhurdir.

Surxondaryo-Qashqadaryo musiqa uslubi — oʻzbek anʼanaviy musiqasining mahalliy

uslublaridan biri. Mazkur hududda yashayotgan xalqning etnik tarkibi, kelib chiqishi, tarixan qaror
topgan ijtimoiyiqtisodiy sharoitlari ushbu uslubning oʻziga xosligini belgiladi. Jumladan,
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari oʻzbek aholisining koʻpchilik qismi azaldan yarim
koʻchmanchi hayot kechirib, asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullanayotganligi
sababli aynan shu jarayonlarga bogʻliq xalq qoʻshiqlari salmoqli oʻrin tutadi.

Masalan, Oʻzbekistonning boshqa hududlarida kam uchraydigan "sogʻim qoʻshiqlari"

("Xoʻshxoʻsh", "Tureyturey", "Chureychurey") sogʻilayotgan jonivorlarni tinchlantirish, erkalash
va ularni iydirish maqsadlarida keng qoʻllaniladi. Dehqonchilik bilan bogʻliq qoʻshiqlar esa yer
haydash ("Koʻshchi qoʻshigʻi", "Shox moylash", "Qoʻsh haydash"), hosilni oʻrish ("Yozi"),
xirmonda bugʻdoy yoki arpani yanchish ("Mayda"), bahor kelishi ("Navroʻz" va boshqalar) va
boshqa paytlarda kuylanadi. Ayniqsa, turli yigʻin va toʻylarda erkaklar tomonidan ijro etilayotgan
"qarsak" ("beshqarsak") davra oʻyin qoʻshiklari mashhur.

Anʼanaviy musiqa cholgʻulari esa asosan choʻponlar ijodiga xos sibizgʻa, gʻajir nay,

ayollar tomonidan keng qoʻllaniladigan changqoʻbiz, baxshilarga joʻr oʻlgan doʻmbira (yaqin
oʻtmishda — qoʻbiz) bilan chegaralangan. Musiqa hayotida boshqa hududlardan farqli oʻlaroq
baxshishoirlar va doʻmbirakashlar asosiy oʻrin tutadi. Doʻmbirada ijro etilayotgan choʻponlar
mehnati bilan bogʻliq cholgʻu kuylar ("Choʻponcha", "Qoʻylarni sudrash", "Qoʻylarni yigʻish",
"Choʻponni chaqirish" kabi), doston kuy ("Baxshi kuy")lar keng tarqalgan. Baxshilar ijodidagi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

432

"Alpomish", "Goʻroʻgʻli" kabi qahramonlik dostonlari hamda turli mavzudagi termalarnpng
ijrosida maxsus "ichki ovoz" uslubi qoʻllaniladi.

Surxondaryo-Qashqadaryo musiqa uslubida dostonchilikning 2 yirik markazi —

Shahrisabz dostonchilik maktabi va Sherobod dostonchilik maktabi shakllangan. Soʻnggi
davrlarda boshqa mahalliy musiqa uslublariga xos musiqiy anʼanalar (mas, maqom ijrochiligi
sanʼati) ham yoyila boshlagan. Hozirda Surxondaryo-Qashqadaryo musiqa uslubiu koʻpgina
folkloretnografik ansambllar ("Shalola", "Boysun" va boshqalar), estrada xonandalari
(M.Namozov, S. Qoziyeva) ijodiga asos boʻlmoqda, baxshilar tanlovlari, 2002-yildan
oʻtkaziladigan "Boysun bahori" xalqaro folklor festivali orqali jahon sahnasiga chiqmoqda.


REFERENCES

1.

Alaviya M. O‘zbek xalq marosim qo'shiqlari. Т.: «FAN», 1()74.

2.

B o‘zlardan uchgan g ‘azal-ay . O‘zbek xalq yig'ilari va yo‘qlovlari. «Buxoro» nashriyoti,
2004.

3.

Jo ‘rayev M. N avro‘z bayrami. Т.: FAN, 2009.

4.

Ismoilov Hayot. O'zbek to ‘ylari. Т.: « 0 ‘zbekiston», 1992.

5.

Mahmud Sattor. O‘zbek udumlari. Т.: «FAN», 1953.

6.

Mirzayev T. O‘zbek folklorida lapar.- o ‘ta, 1998, 1-son, 42 45- b.

Bibliografik manbalar

Alaviya M. O‘zbek xalq marosim qo'shiqlari. Т.: «FAN», 1()74.

B o‘zlardan uchgan g ‘azal-ay . O‘zbek xalq yig'ilari va yo‘qlovlari. «Buxoro» nashriyoti, 2004.

Jo ‘rayev M. N avro‘z bayrami. Т.: FAN, 2009.

Ismoilov Hayot. O'zbek to ‘ylari. Т.: « 0 ‘zbekiston», 1992.

Mahmud Sattor. O‘zbek udumlari. Т.: «FAN», 1953.

Mirzayev T. O‘zbek folklorida lapar.- o ‘ta, 1998, 1-son, 42¬ 45- b.