ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
960
KOMPYUTER TEXNOLOGIYALAR VA MULTIMEDIA ORQALI MUSIQIY
SAVODXONLIKNI AMALGA OSHIRISH YO’LLARI
Ziyavutdinova Zulfiya Useinovna
Andijon davlat universiteti Musiqiy ta’lim kafedrasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.12529329
Annotatsiya.
Ushbu maqola bugungi kundagi dolzarb masalalardan bo’lgan maktabda
kompyuter texnologiyalar yordamida o’quvchi yoshlarning musiqy savodxonligini oshirish
to’g’risida. Maktabda musiqa taʼlim-tarbiya jarayonida yangi kompyuter va axborot-
kommunikatsion texnologiyalar vositalarining joriy etilishi, pedagog-tarbiyachilarning axborot
texnologiyalari vositalaridan foydalanish malaka va koʼnikmalarini shakllantirish bilan birga,
ularning integratsiyangan mashgʼulotni tashkil etish jarayonidagi maqsadi, vazifalari va tutgan
oʼrni xaqida so’z yuritilgan.
Kalit so’zlari:
kompyuter, multemediya, musiqa, ta’lim, tarbiya, tasavvur.
WAYS TO IMPLEMENT MUSICAL LITERACY USING COMPUTER TECHNOLOGY
AND MULTIMEDIA.
Abstract.
This article is devoted to improving the musical literacy of young students with
the help of computer technology at school, which is one of the urgent problems of our time. Music
at school, along with the introduction of new computer and information and communication
technologies into the educational process, the formation of skills and abilities of educators to use
information technology tools, their purpose, tasks and place in the process of organizing
integrated learning are discussed.
Keywords:
computer, multimedia, music, education, upbringing, imagination.
СПОСОБЫ РЕАЛИЗАЦИИ МУЗЫКАЛЬНОЙ ГРАМОТНОСТИ С ПОМОЩЬЮ
КОМПЬЮТЕРНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ И МУЛЬТИМЕДИА.
Аннотация.
Данная статья посвящена повышению музыкальной грамотности
учащейся молодежи с помощью компьютерных технологий в школе, что является одной
из актуальных проблем современности. Музыка в школе наряду с внедрением в учебно-
воспитательный процесс новых средств компьютерных и информационно-
коммуникационных технологий, формированием у педагогов-воспитателей навыков и
умений пользоваться средствами информационных технологий, обсуждаются их цель,
задачи и место в процессе организации интегрированного обучения.
Ключевые слова:
компьютер, мультимедиа, музыка, образование, воспитание,
воображение.
Kompyuter texnologiyalar - ko`rgazmali ta’lim sistеmasi bo`lib, intеgrativ bilimlarni
chuqurlashtirish va kеngaytirish asоsida ko`rgazmali mahоratni vujudga kеltirish sirlarini
o`rganadi. Ma`lumki uzluksiz ta`lim tizimining birlamchi asosiy bo`g`ini maktabgacha ta`lim
tizimi hisoblanadi. Ko’pgina mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko`ra insoniyat
o`zining butun umri davomida oladigan barcha axborotlar va ma`lumotlarning 70% ni 5 yoshgacha
bo`lgan davrda oladi. Musiqa rahbari mashgʼulotlar jarayonida bolalarda yoshiga mos va ularga
tushunarli mazmunda musiqa asarlari goʼzalligini his qilish, mazmunini tushunish, Vatanga
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
961
muxabbat hissi, milliy gʼururini shakllantirish, yorqin ifoda vositalarini farqlash, musiqa asarining
2-3 qismli shaklini mustaqil farqlay olish kabi layoqatlarni tarkib topdirmogʼi lozim.
Ma’naviyatimizga xos bo‘lgan milliy, mumtoz kuylarimiz, maqom yo‘lidagi kuy
qo‘shiqlarimizni, jahon klassik kompozitorlari asarlarini tinglash orqali yoshlarni samimiy
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mumkin
1
Keyingi vaqtlarda musiqa talim tashkilotlarida musiqa mashgulotlarini amalga oshirishda
kompyuter texnologiyar metodlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sababi, bolada
ona vatanga muhabbat, insoniy fazilatlarni shakllantirish musiqa mashgulotlarining asosiy
maqsadi sanaladi. Shu manoda musiqa sanatini o`rganish bo`yicha kompyuter texnologiyalar keng
rasm bo`lishi qonuniy tus oldi.
Kompyuter estetik shakl musiqa mashgulotlarida, san’at predmetlarini integrattsiyalashi,
bolalarni sanat predmetlarni o`qitishning muqobil tizimi, ekanligini takidlash imkonini beradi.
Kompyuter texnologiyalar – o`qituvchining turli fanlar bo`yicha kuzatishlari va xulosalarni
tasdiqlab yoki chuqurlashtirib beruvchi yangi dalillarni topib berish uchun manbaidir. Ular
faoliyatning turli shakllari almashib turishi orqali o`quvchilar charchashi va asabiylashishining
oldini oladi. Integratsiyalashgan mashgulotdan kutiladigan maqsad faqat ma`lum bilimlarni
egallashga emas, balki tasvirli fikrlashni rivojlantirishga qaratiladi. Musiqa mashgulotlari ijodiy,
erkin bo`lishi bilan birga, yaxlit, mantiqan ketma-ket, o`ziga xos o`tish metodikasiga ega bo`ladi.
Albatta bunday mashgulotlarni olib borish musiqa rahbaridan yuksak mahoratni,
boshqaruvchanlikni talab etadi. Integratsion mashgulotlarda bola jimgina tomoshabin bo`lib
o`tirmaydi. U mashgulot jarayonida faol va izchil qatnashadi. Aynan shunday mashgulotlarda
bolalarda badiiy tafakkur va tasavvur rivojlanadi, estetik xissiyotlari tarbiyalanadi.
Musiqa madaniyati darslari samaradorligini yanada qiziqarli xamda yuqori natijalarga
ko‘tarish uchun bir qancha texnologiyalarni o‘rganib chiqish xamda yangi texnologiyalarni ishlab
chiqish tavsiya etiladi.
2
Hozirgi kunda barcha taʼlim muassasalari, shu jumladan maktabgacha taʼlim muassasalari
zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari vositalari bilan jihozlanmoqda. Maktabda
musiqa taʼlim-tarbiya jarayonida yangi kompyuter va axborot-kommunikatsion texnologiyalar
vositalarining joriy etilishi, pedagog-tarbiyachilarning axborot texnologiyalari vositalaridan
foydalanish malaka va koʼnikmalarini shakllantirish bilan birga, ularning integratsiyangan
mashgʼulotni tashkil etish jarayonidagi maqsadi, vazifalari va tutgan oʼrnini oʼzgartiradi. Musiqa
tarbiyalanuvchilariga taʼlim berishda axborot texnologiyalaridan foydalanish murakkab masala
hisoblanib, koʼplab bahs-munozaralarga sabab boʼlmoqda. Lekin shunga karamay, maktab
yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularning har tomonlama yetuk inson boʼlib rivojlanishida
integratsiyalangan mashg‘ulotlarda kompyuter texnologiyalari vositalaridan foydalanish oʼzining
ijobiy samarasini bermoqda.
Bugungi kunda maktab taʼlimida o`quvchilarning badiiy-musiqiy faoliyatini, matnlarni
oʼqish, rasmlarni koʼrish va ajrata bilish tasavvurlarini kengaytirish kompyuterli oʼyin dasturlari
orqali fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilish boʼyicha bilim, koʼnikma va malakalarini
1
Raimova D.M. Modern science and research jurnali, volume3/ISSUE4/ UIF:8.2.,139-b
2
Raimova D.M. Madaniyat VA San’at jurnali. ISSN: 2181-4562, 51-b
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
962
shakllantirishda axborot texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Bu borada maktab yoshdagi
bolalarning rivojlanishi uchun moʼljallangan kompyuterli oʼyin dasturlarining taʼlim jarayonida
oʼz samarali jihatlariga jiddiy yondashuv va eʼtibor kerak boʼladi. Integratsiyalangan musiqa
mashgulotlari shunday tashkil etilishi kerakki, multimedia texnologiyalarini musiqa
mashgulotlarida qo‘llash, unda bajariladigan har bir harakat bolalar tomonidan toʼgʼri qabul
qilinishi, bajarilishi va tasavvur etilishi lozim. Multimedia dasturidagi har bir harakatni bola
tushuna olishi, uni qanday bajarish lozim.
Multimedia atamasining lugʼaviy maʼnosi ikkita soʼz yigʼindisidan tashkil topgan boʼlib,
multi-koʼp, media-muhit maʼnosini anglatadi. Аtama ilmiy va oʼquv adabiyotlarida «koʼp
vositalilik», «multimedia muhiti» «koʼp qatlamli muhit», «maʼlumot tashuvchi vosita» kabi talqin
qilinib kelinmoqda. Hozirgi davrda multimedia atamasi koʼp qirrali boʼlib, turli hil tushunchalarni
ifodalashga tatbiq etib kelinmoqda. Masalan, multimedia texnologiyasi; multimedia mahsuloti;
multimediali kompyuter; multimedia dasturi va boshqalar shular jumlasidandir. Multimedia bu
maxsus texnologiya boʼlib, dasturiy va texnik moddiy taʼminot asosida kompyuterda bir vaqtning
oʼzida matnli, tasviriy axborotni tovushli va harakatli holda ifodalash imkoniyatidir. Belgilangan
maqsad asosida oʼtkaziladigan didaktik jarayon rejalashtirilganda uni amalga oshirish osonlashadi.
Binobarin, musiqa rahbarining musiqa mashgʼulotlari xaritasini tuzib olishi katta
ahamiyatga egadir, chunki mashgʼulotning texnologik xaritasida, har bir mavzu
tarbiyalanuvchining imkoniyati va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tuziladi. Mashgʼulotning
texnologik xaritasini qay koʼrinishda yoki shaklda tuzish, bu musiqa rahbarining tajribasi, qoʼygan
maqsadi va imkoniyatlariga bogʼliqdir. Musiqa rahbari katta guruh o`quvchilari bilan
integratsiyalangan musiqa mashgʼulotlari jarayonida qoʼllashi mumkin boʼlgan baʼzi bir
treninglarni keltirib oʼtamiz.
Masalan: “Tinglaymiz va tahlil qilamiz” metodi; “notali oyinlar” metodi; “ovozidan top”
metodi; “tarmoqlar” metodi; “interviyu” texnologiyasi; “multi-media” texnologiyasi va boshqalar.
Bizga ma’lumki xar bir faoliyatga qaratilgan o‘yinlar o‘quvchining musiqiy bilimini va
qiziqishini oshirishga, ijodkorlikka yondashtirishga, musiqani tinglay olishga va cholg‘ular xaqida
bilimlar olishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
3
Аlbatta, tarbiyalanuvchilarda musiqaga nisbatan motiv hosil qilishda didaktik oʼyinlarning
oʼrni beqiyosdir. Bolalarda oʼyinsiz tom maʼnodagi aqliy rivojlanish boʼlishi mumkin emas. Oʼyin
ularda bilimga ishtiyoq va qiziqishni uygʼotadigan uchqundir. Ushbu didaktik oyinlarni biz
multimedia texnologiyasi orqali integratsiyalangan musiqa mashgulotlarida qollashning nazariy
va amaliy mazmunini yoritishga harakat qilamiz. “Multimedia” texnologiyasi uchun oʼyin gʼoyasi
va vazifalari muhim ahamiyatga ega. Biz misol tariqasida “ovozidan top” didaktik oʼyini keltirib
oʼtishimiz mumkin. “Ovozidan top” didaktik oʼyini.
Oʼyin mavzusi. Xalq cholgʼulari nomlari va turlarini multimedia texnologiyasi orqali
ovozini eshitish va tasvirini korib aytish. Oʼyin maqsadi: Bu oʼyinda integratsiyalangan musiqa
mashgulotining asosini tashkil etuvchi musiqa sanatining turli sohalarini qamrab olgan jihatlari
3
Raimova D.M. Madaniyat VA San’at jurnali. ISSN: 2181-4562, 52-b
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
963
orqali tarbiyalanuvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyati; tinglash madaniyati, nutq hamda
xotirasi; musiqiy savodi, tez va toʼgʼri javob berish malakasi shakllanadi hamda rivojlanadi.
Oʼyinning borishi: Musiqa rahbari musiqa cholgʼularining turlari asosida multimedia
texnologiyasi orqali texnik vositalarda tarbiyalanuvchilarga qoyib beradi. Mashgulot dasturiga
joylashtirilgan har bir cholgular musiqa rahbari tomonidan birmabir tariflab otiladi. Shundan song
tarbiyalanuvchilar musiqa cholgʼularidan yandrayotgan ohang orqali ularni qaysi cholgu ekanini
nomlarini aytadilar. Eng koʼp toʼgʼri javob topgan bola gʼolib sanaladi. Bu oʼyinni oʼtkazish
tarbiyalanuvchilarga musiqa cholgʼulari haqidagi dastlabki maʼlumotlar berish jarayonini
yengillashtiradi. Bundan tashqari ularning soʼz boyligi ortib, ularda hozirjavoblik, ziyraklik,
ijodkorlik kabi sifatlar shakllanadi. Аlbatta, bu oʼyinda tarbiyalanuvchilarning savollarga aniq
javob berishi, musiqa rahbarining musiqa cholgʼulari hamda ularning turlari haqida mashgʼulotlar
davomida berib borgan saboqlariga bogʼliq.
Bugungi kunda maktab ta'limida axborot texnologiyalari o'quvchilarning kompyuter
o'yinlari dasturlari orqali fikrlash va mustaqil qaror qabul qilish, badiiy va musiqiy faoliyatda
o'quvchilarning tasavvurini kengaytirish, matnlarni o'qish, rasmlarni ko'rish va farqlash bo'yicha
bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirishda keng qo'llanilmoqda
4
Shuni xulosa qilib aytishimiz mumkinki, maktab dargohlarida musiqa mashgʼulotlari
samaradorligini oshirish uchun kompyuter texnologiya-multimedia mashgulotlaridan unumli
foydalanish o`quvchilarning musiqiy savodxonlik darajalarini oʼstiribgina qolmay, balki musiqa
oʼqituvchilarining kasbiy kompeten-siyalarini ham shakllantiradi.
Bugungi kunda barkamol shaxsni rivojlantirish, tarbiyalash va shakllantirish bu –
insonning jismonan, aqlan ma’naviy tomondan kamolga yetish jarayonidir. Bu jarayonning o‘ziga
xos tomonlari mavjud. Musiqa madaniy hayotimizda keng o‘rin tutgan va inson shaxsiyatining
shakllanishida muhim ro‘l o’ynaydigan san’at turidir.
5
Musiqa madaniyati o‘quv predmeti yoshlarning ma’naviy, badiiy va ahloqiy madaniyatini
shakllantirishga, milliy g‘urur va vatan-parvarlik tarbiyasini amalga oshirishga, ijodiy mahorat,
nafosat va badiiy didni o‘stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni
tarbiyalashga xizmat qiladi.
REFERENCES
1.
Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar” Ishmuhamedov
R.J.,Yo’ldashev M. T.: ”Nihol nashriyoti”, 2013,2016.
2.
I.Akbarov .”Musiqa lug’ati” G’.G’ulom nashriyoti. Toshkent-1987 yil.
3.
Raimova D.M. Modern science and research jurnali, volume3/ISSUE4/ UIF:8.2.,139-b
4.
Raimova D.M. Madaniyat VA San’at jurnali. ISSN: 2181-4562, 52-b
5.
Raimova D.M. Best journal of innovation in science, research and development. Volume:2
Issue:7|2023,370-b
4
Raimova D.M BEST JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT.
Volume:2 Issue:7|2023,370-b
5
Raimova D.M. Modern science and research jurnali, volume3/ISSUE4/ UIF:8.2.,139-b
