Authors

  • Bekzod Agzamov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.34759

Abstract

Maqolada qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatini tergov qilishni takomillashtirish misollar orqali tahlil qilingan. Tahlillar asosida ushbu jinoyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

505

QASDDAN BADANGA O‘RTACHA OG‘IR SHIKAST YETKAZISH JINOYATINI

TERGOV QILISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Agzamov Bekzod Yunusovich

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “Tergov faoliyati”

mutaxassisligi bo‘yicha magistratura tinglovchisi.

E-mail:

agzamov.bekzod@list.ru;

Phone: +99897 720-35-30

https://doi.org/10.5281/zenodo.11669966

Annotatsiya.

Maqolada qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatini

tergov qilishni takomillashtirish misollar orqali tahlil qilingan. Tahlillar asosida ushbu jinoyatni
yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so’zlar:

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, jinoyat, jazo, jazoni

yengillashtiruvchi holatlar, huquqni muhofaza qilish organlari, tergov faoliyati, badanga o‘rtacha
og‘ir shikast yetkazish, takomillashtirish.

IMPROVING THE INVESTIGATION OF MODERATE BODY INJURY

Abstract.

The article analyzes the improvement of the investigation of the crime of

moderate serious bodily injury through examples. Proposals for further improvement of this crime
have been developed based on the analysis.

Key words:

The Criminal Code of the Republic of Uzbekistan, crime, punishment,

mitigating circumstances, law enforcement agencies, investigative activities, moderately serious
bodily injury, improvement.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ РАССЛЕДОВАНИЯ УМЕРЕННЫХ ТРАВМ ТЕЛА

Аннотация.

В статье на примерах анализируется совершенствование

расследования преступлений с причинением средней тяжести телесных повреждений. На
основе анализа разработаны предложения по дальнейшему совершенствованию данного
преступления.

Ключевые слова:

Уголовный кодекс Республики Узбекистан, преступление,

наказание, смягчающие обстоятельства, правоохранительные органы, следственные
действия, причинение телесных повреждений средней тяжести, улучшение.

KIRISH

O’zbekiston jamiyati rivojlanishining hozirgi zamon bosqichida inson, uning qadr-

qimmati, huquq va erkinliklari oliy qadriyat sifatida tan olingan. Inson huquqlari, uning ustuvorligi
jamiyatda yashash qoidalariga rioya etishda fuqarolar o‘rtasida xayrixoh munosabatlar yo‘lga
qo‘yilishini, voyaga yetib kelayotgan avlodni tarbiyalashda g‘amxo‘rlarcha munosabatda
bo‘lishni, aholi salomatligini ta’minlovchi shart-sharoitlar yaratib berishni zaruratga aylantiradi.
Bu esa, o‘z navbatida, fuqarolar tomonidan jamiyatdagi xulq-atvor, xavfsizlik qoidalariga va aholi
salomatligini saqlashga qaratilgan qoidalarga rioya etilishini taqozo qiladi. Darhaqiqat, o‘z istiqlol
va taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lgan yurtimizda inson huquqlarini kafolatlovchi ko‘plab me’yoriy
hujjatlar qabul qilinib, amalda o‘z ijrosini topmoqda.

Shu bilan bir qatorda, sud-huquq sohasidagi islohotlarning ham asosiy maqsadi, inson

huquq va erkinliklarni mustahkamlashga qaratilgandir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

506

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, "Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi

bosqichidagi eng muhim yo‘nalishlaridan biri bu - qonun ustuvorligi va qonuniylikni
mustahkamlash, inson huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq
tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir"

1

. Shu o‘rinda aytish mumkinki,

sud-huquq tizimini isloh qilish o‘z navbatida, jinoyat qonunchiligini takomillashtirish va
liberallashtirishga qaratilgan bir qancha vazifalarni amalga oshirishni ham taqozo etadi. Bu
vazifalar qatoriga jinoyat qonunchiligida belgilangan jamoat tartibi jinoyatlar uchun javobgarlik
asoslari va uning o‘ziga xos xususiyatlarini oydinlashtirish ham kiradi.

Qonuniylikni ta’minlash, jinoyatlarni o‘z vaqtida fosh etish, har tomonlama, to‘la va

xolisona tergov qilish, javobgarlikning muqarrarligi prinsipini so‘zsiz amalga oshirishning
samarali mexanizmini yaratish maqsadida ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish
sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish, tergov jarayonida fuqarolar huquqlari, erkinliklari
va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash eng muhim vazifa hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasining hozirgi taraqqiyot bosqichida. Vatan ravnaqi yo‘lida

fidokorona mehnat qilish, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy muammolarni hal etish, porloq
istiqbolga erishishga intilish jamiyat hayotining asosiy mazmuniga aylangan. Mustaqillik yillarida
O’zbekistonda sud-huquq tizimini demokratlashtirishga, jinoyat, jinoyat-protsessual
qonunchiligini liberallashtirishga, inson huquqlari va erkinliklari puxta himoya qilinishini
ta’minlovchi mustaqil sud hokimiyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga
oshirildi. Ushbu islohotlar esa, o‘z navbatida, fuqarolarning sud orqali himoyalanish huquqlarini
yanada samarali ta’minlash va advokatura rolini oshirish, jamiyatni demokratlashtirish va
himoyalash, mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini jadallashtirish imkonini
berdi. Qonunlarni amalga oshirish uchun respublikamiz fuqarolarining huquqiy ongini, huquqiy
madaniyatini, huquqiy mafkurasini yuksaltirish zarur. Respublikamiz aholisining, ayniqsa, yosh
avlodning huquqiy bilim saviyasini yuqori darajaga ko‘tarish bilan biz qonun buzishlarning,
adolatsizliklar, jinoyatlarning oldini olamiz. Qonunlarga rioya etishimiz, ularni hurmat qilishimiz
oilamizni, davlatimizni mustahkamlashga asos bo‘ladi. Zero, shuni aytib o‘tish lozimki, har bir
fuqaro iqtisodiy va siyosiy islohot o‘tkazish davrida qayerda bo‘lmasin, xizmat qilmasin, har
qadamda huquqiy bilimga ehtiyoj sezadi. Bugungi kunda qonunchilik normalarini erkinlashtirish
va yangilash, sud organlari faoliyatining tashkiliy shakllarini takomillashtirish bo‘yicha
rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasini har tomonlama chuqur o‘rganib chiqish dolzarb
vazifa bo‘lib qolmoqda. Bayon etilgan fikrlar jinoyat ishini yuritishda tergov organlarining
insonga, uning huquq va erkinliklariga munosabati tubdan o‘zgarayotganidan dalolat beradi. Shu
bilan birga, qonunchilikka ushbu o‘zgartishlarning kiritilishi bilan mavjud muammolarning
barchasi o‘z yechimini topdi, deyish to‘g‘ri bo‘lmaydi.

Zero, kelajakda, ijtimoiy hayotning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, qonunchilik yanada

takomillashtirilib borishini inkor etib bo‘lmaydi. Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast etkazish
jinoyatlari yuzasidan olib boriladigan dastlabki tergovning har tomonlama, to‘la va xolisona
o‘tkazilishini, jinoyatning sabablari va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni sinchkovlik

1

Tanqidiy tahlil, qattiq tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi

kerak. Sh.M.Mirziyoyev 56-bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

507

bilan tekshirish masalalari hozirgi kunda dolzarb muammo hisoblanadi. Bu borada ayniqsa,
tergovni puxta rejalashtirish, tusmollarni to‘g‘ri tuzish va ular bo‘yicha vazifalarni aniq belgilab
olish, o‘tkaziladigan ekspertizalarni talab darajasida o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish, surishtiruv
organlari bilan samarali hamkorlik qilish, o‘tkaziladigan tergov harakatlarining sifatini oshirish,
jinoyatning sodir etilish sabab va shart-sharoitlarini aniqlash ichki ishlar organlari oldida turgan
dolzarb vazifa sanaladi. Hozirgi kunda amaliyotda qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast etkazish
jinoyatlarini tergov qilish bilan bog‘liq quyidagi bir qator kamchiliklar ko‘zga tashlanadi:

-ushbu turdagi jinoyatlarni tergov qilish davomida zamonaviy ekspertiza imkoniyatlaridan

foydalanish samaradorligining yuqori emasligi;

- jinoyat ishi bo‘yicha o‘tkaziladigan tergov harakatlari rejasining nomiga tuzilishi;
- ish bo‘yicha aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlarning to‘laligicha tekshirilmasdan qolishi;
- yuzaga kelgan tipik tergov vaziyatlarining to‘g‘ri baholanmasligi.
Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast etkazish jinoyatlarini tergov qilish bilan bog‘liq

yuqorida qayd etilgan muammolarning mavjudligi hamda mazkur faoliyatni takomillashtirish
zarurligi ushbu mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Jahonda qasddan badanga shikast etkazish bilan bog‘liq qilmishlarning shaxs hayoti, sog‘lig‘i,

erkinligi, sha’ni va qadr-qimmatiga tahdid solayotgan jinoyatlar sifatidagi ijtimoiy xavfi keskin ortib
borayotgani bizga ma’lum. Hozirgi kunda sodir etilgan jami jinoyatlarning salkam o‘ttiz besh foizini
qasddan badanga shikast etkazish bilan bog‘liq ijtimoiy xavfli qilmishlar tashkil etmoqda. E’tiborni
jalb qiladigan tomoni, ushbu turdagi jinoyatlarning uchdan bir qismi rasmiy ro‘yxatga olinmaydi.
Ro‘yxatga olinganlarning salkam yarmi esa fosh etilmasdan qolmoqda.

Vaholanki, milliy qonunchiligimizga muvofiq sodir etilgan har bir jinoyat tez va to‘liq

ochilishi, ularni sodir etgan shaxslarning aybi isbotlanishi, binobarin jinoyatdan jabrlangan har qanday
shaxsning huquqi muhofaza qilinishi hamda ularga yetkazilgan barcha turdagi zararlar to‘liq
qoplanishi kerak. Bu esa qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast etkazish jinoyatlariga qarshi kurash
va tergov qilish bo‘yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish masalasiga alohida yondashish
zarurati tug‘ilganligini ko‘rsatib turibdi.

Dunyoda qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast etkazish jinoyatlarini tergov qilishda

dispozitiv normalarni qo‘llash doirasini yanada kengaytirish, bu turdagi qilmishlarga to‘g‘ri
huquqiy baho berish, xususan, aybning shakli, shikastning xususiyati, sodir etilgan qilmish bilan
kelib chiqqan oqibat o‘rtasida sababiy bog‘lanish mavjudligini aniqlash, jinoyatga tayyorgarlik va
suiqasd uchun javobgarlik masalalariga to‘g‘ri yechim topish kabi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar
olib borilmoqda. Bunda qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast etkazish jinoyatlarini fosh etish
uchun maxsus bilim va kriminalistik uslublardan foydalanish, isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar
doirasini aniqlash va ular bo‘yicha o‘tkazilishi talab etiladigan tergov va protsessual harakatlar
ketma-ketligi, ya’ni algoritmini ishlab chiqish, tergov harakatlarini o‘tkazishning yangi taktik usul
va imkoniyatlaridan samarali foydalanish, jinoyatlarni tergov qilish faoliyatini samarali tashkil
etilishiga to‘sqinlik qiluvchi amaldagi qonunchilikdagi bo‘shliqlarni bartaraf etish dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabrdagi “Sud-huquq tizimini

yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini
kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4850-son, 2017-yil 30-noyabrdagi “Sud-tergov


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

508

faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5268-son, 2020-yil 10-avgustdagi “Sud-tergov faoliyatida
shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” PF-6041-son, 2022-yil 28-yanvardagi 2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi
O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da
amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” PF-60-son Farmonlari hamda 2020-yil 3-
sentyabrdagi “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-
4818-son qarori va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga
oshirishga mazkur dissertatsiya tadqiqoti lozim darajada xizmat qiladi.

Asosiy qism.

Mamlakatimizda keyingi vaqtlarda jinoyatlarni ochish, tergov qilish,

ularning oldini olish, shu orqali fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash masalalariga jiddiy e’tibor
qaratilmoqda. Ma’lumki, mazkur vazifani bajarish huquqni muhofaza qiluvchi organlar
zimmasiga yuklatilgan. Bu borada, ayniqsa, ichki ishlar idoralari xodimlari zimmasiga ulkan
mas’uliyat yuklangan bo‘lib, ular yuqorida qayd etilgan vazifalarni amalga oshirishda salmoqli
vazifalarni amalga oshiradilar.

Shu jumladan, dastlabki tergov organlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida keyingi

paytlarda bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Hozirgi kunda amaliyotda eng ko‘p uchraydigan
qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatlarining sodir etilish usullari hamda ularni
tergov qilish metodikasi ham tobora takomillashib bormoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvaridagi PF-60-sonli

“2022−2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi
Farmonida

2

eng muhim yo‘nalishlardan biri sifatida mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi

tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish ekanligi ko‘rsatib o‘tilgani
ham bizning yuqoridagi fikrimizni tasdiqlab turibdi.

O’zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga

ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat
hisoblanadi

3

.

Barchamizga ma’lumki, yuridik adabiyotlarda badanga shikast yetkazishning yagona

tushunchasi hanuzgacha ishlab chiqilmagan bo‘lib, unga olimlar tomonidan quyidagicha
tushunchalar berib o‘tilgan.

Badanga shikast yetkazishning tushunchasini yoritib berishdagi farqlar:
- birinchidan, badanga shikast yetkazishlarning obyektini turlicha ta’riflashadi, “ba’zilar

bunday obyekt sifatida sog‘liqni belgilagan bo‘lsalar, boshqalar jismoniy daxlsizlikni
belgilaganlar”;

- ikkinchidan, urish, do‘pposlash, qiynashlarni badanga shikast yetkazishlar jumlasiga

kiritish mumkinligidan iborat bo‘lgan;

- uchinchidan, bular jumlasiga jismoniy og‘riq beruvchi, ammo boshqa oqibatlarni keltirib

chiqarmaydigan zo‘rlik ishlatib qilingan boshqa harakatlarni kiritish mumkinligidan iborat

2

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi

O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni.

3

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 13-modda. Elektron manba https://lex.uz/docs/20596


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

509

bo‘ladi. Badanga shikast yetkazishning obyekti uning holati va xususiy fazilatlaridan qat’i nazar
o‘zga kishining sog‘lig‘idir.

Sog‘liqqa qarshi jinoyatlarni har tomonlama chuqur tahlil qilish uchun birinchi navbatda

“inson sog‘lig‘i” tushunchasiga alohida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Shuningdek, xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan berilgan ta’rifga ko‘ra, “sog‘liq

– bu insonda faqatgina kasalliklar va jismoniy nuqsonlarning yo‘qligi emas, balki insonning to‘liq
jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy farovon holati hisoblanadi

4

.

Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatlarini sodir etish uchun

javobgarlik, gumon qilinuvchining qasdi asosida emas, balki faqat jabrlanuvchiga nisbatan
yetkazilgan shikastning xususiyati va og‘irlik darajasi yuzasidan beriladigan sud-tibbiy
ekspertizasi xulosasi asosidagina yuzaga kelishi mumkin. Misol uchun A ismli shaxs B ismli
shaxsning qo‘lini sindirishni maqsad qilib, qo‘lidagi qattiq jism bilan B ismli shaxsning chap
qo‘liga zarba berib, uzib tashlasa-yu, lekin uning chap qo‘li protez bo‘ladigan bo‘lsa, A shaxsni
qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazishga suiqasd qilganligi bilan jinoiy javobgarlikka
tortolmaymiz. Chunki A ismli shaxsning qilmishi oqibatida B shaxsning sog‘lig‘iga zarar
yetkazilgan deb baholab bo‘lmaydi.

Badanga yetkazilgan shikastning xususiyati va og‘irlik darajasini aniqlash, odatda, tibbiyot

organlari vakolatiga taalluqli bo‘lib, O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2012-
yil 1-iyundagi 153-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan tan jarohatlarining og‘irlik darajasini sud-
tibbiy aniqlash qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi. Shu sababli, badanga shikast yetkazilgan har bir
holda, JPKning 173-moddasi birinchi qismining 1-bandi talabiga ko‘ra sud-tibbiyot ekspertizasi
tayinlanishi va o‘tkazilishi shart bo‘lib, uning xulosasi sud tomonidan qayd etilgan qoidalar va
ishning boshqa materiallari asosida JPKning 187-moddasiga binoan baholanishi lozim

5

.

Yetkazilgan tan jarohatlarining og‘irlik darajasi O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni

saqlash vazirining 153-sonli buyrug‘iga 2-ilova “Tan jarohatlarining og‘irlik darajasini sud-tibbiy
aniqlash qoidalari”ga asosan o‘tkaziladi. Ekspertiza tayinlash to‘g‘risida tergovga qadar
tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud
esa ajrim chiqaradi

6

.

Yetkazilgan tan jarohatlarining og‘irlik darajasi O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi

va tan jarohatlarining og‘irlik darajasini sud-tibbiy aniqlash qoidalarida ko‘zda tutilgan tibbiy
mezonlar asosida aniqlanadi. Bunda o‘rtacha og‘ir tan jarohatining quyidagi ko‘rinishlari
farqlanadi:

O’rta og‘irlikdagi tan jarohatlari uchun:
- sog‘liqning uzoq, yigirma bir kundan ortiq, ammo to‘rt oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga

buzilishi;

4

Устав (Конституция) Всемирной организации здравоохранения (ВОЗ) (Принят в г. Нью-Йорке 22.07.1946)

// КонсультантПлюс: справочно-правовая система / ЗАО «КонсультантПлюс». Версия 3000.03.37. URL: .
Загл. с экрана. https://www.who.int/governance/eb/who_constitution_ru.pdf

5

O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud

amaliyoti to‘g‘risidagi”gi 2007 yil 27 iyundagi 6-sonli qarori. -T.2007.-B1

6

O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi// https://lex.uz/docs/111460 (Elektron manbaga

murojaat qilingan sana: 23.05.2024 y


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

510

- umumiy mehnat qobiliyatining o‘n foizdan o‘ttiz uch foizgacha turg‘un yo‘qotilishi

7

.

Badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazishning obyekti, uning holati va xususiy fazilatlaridan

qat’i nazar, o‘zga kishining sog‘lig‘idir. Jismoniy daxlsizlik shaxs sog‘lig‘iga zarar yetkazish bilan
bog‘liq bo‘lmagan boshqa zo‘ravonlikdaki harakatlarining obyekti bo‘la olmaydi.

Sog‘liqqa zarar yetkazilganligini aniqlashda, uning badanga shikast yetkazilgan paytdagi

holatiga, ya’ni gap sog‘liqning yomonlashuviga asoslanish kerak bo‘ladi. Sud tibbiyoti va sud
amaliyotida sodir etilgan qilmish natijasida sog‘liq avvalgiga nisbatan yomonlashgan bo‘lsa,
jabrlanuvchi sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligini qayd etishga amal qiladi.

Badanga yetkazilgan o‘rtacha og‘ir shikastalar og‘ir shikastalikdan avvalo shunisi bilan

farqlanadiki, ular hayot uchun xavfli bo‘lmaydi va odatda ular tufayli o‘lim yuz bermaydi.

Yuqoridagilar badanga yetkazilgan o‘rtacha og‘ir shikastning zaruriy belgisidir.
O’rtacha og‘ir tan jarohatlari odamning sog‘lig‘iga ancha ziyon yetkazishi mumkin, lekin

ular a’zoning yo‘qotilishiga yoki og‘ir tan jarohatlari uchun xos bo‘lgan boshqa oqibatlarga sabab
bo‘lmaydi.

Badanga yetkazilgan o‘rtacha og‘ir shikastlarning asosiy belgilari quyidagilardir:
Sog‘liqning uzoq vaqt, ya’ni kamida yigirma bir kun, ammo to‘rt oydan ko‘p bo‘lmagan

davrda yomonlashuvi tushuniladi.

Umumiy mehnat qobiliyatining ya’ni, o‘n foizdan o‘ttiz uch foizgacha yo‘qotilishi

tushuniladi. Umumiy mehnat qobiliyatining o‘n foizidan o‘ttiz uch foizigacha yo‘qotilishi badanga
yetkazilgan o‘rtacha og‘ir shikastning mustaqil belgisi hisoblanadi.

Amaliyotda sog‘liqning yomonlashuvi qancha davom etganligi mehnatga qobiliyatsizlik

varaqasi asosida, ko‘pincha esa jabrlanuvchining kasalxonada yotib davolanishi qancha davom
etgani haqidagi ma’lumotnoma asosida ham aniqlanadi. Ammo bu unchalik to‘g‘ri emas, chunki
bu hujjatlarda badanga yetkazilgan shikast tufayli sog‘liqning yomonlashuvi qancha davom
etganligi hamisha ham to‘g‘ri qayd etilmaydi. Negaki, kasallik varaqasi bilan tasdiqlangan
qobiliyatsizlikning davom etish muddati hamisha ham yetkazilgan shikast bilan bog‘liq
bo‘lavermaydi va boshqa holatlar: bir vaqtda qo‘zg‘algan boshqa kasalliki, jabrlanuvchining
kasbiy xususiyatlari (oshpaz, qandolatchining qo‘lida chaqa joylar borligi va x.k.) bilan bog‘liq
bo‘lishi mumkin. Aksincha, jabrlanuvchining o‘z iltimosiga ko‘ra kasalik varaqasi barvaqt yopilib,
u to‘la sog‘aymasdan ishga chiqib ketadigan holatlar ham bo‘lishi mumkin. Shu sababdan
sog‘liqning uzoq vaqt yomonlashuviga olib kelgan aybdorning qilmishi Jinoyat kodeksi 105-
moddasi bilan kvalifikatsiya qilinganida, sog‘liqning yomonlashuv muddati O’zbekiston
Respublikasi JPKga muvofiq sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasi asosida aniqlanmog‘i lozim

8

.

Agar qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
b) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
v) o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin

qarindoshlariga nisbatan;

g) o‘ta shafqatsizlik bilan;

7

O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2012 yil 1 iyundagi 153 sonli buyrug‘i.

8

Rustambayev M.X. O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharhlar. Maxsus qism. Toshkent-2021.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

511

d) ommaviy tartibsizliklar jarayonida;
e) tamagirlik niyatida;
j) millatlararo yoki irqiy adovat zamirida;
z) diniy taassublar zamirida;
i) bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud shu guruh manfaatlarini

ko‘zlab;

k) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari JKning 104-moddasida nazarda tutilgan qasddan

badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyatini sodir etgan yoxud JKning 97-moddasida nazarda
tutilgan qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etgan shaxs tomonidan;

l) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilganda JK 105- moddasining ikkinchi qismining

tegishli bandiga muvofiq kvalifikatsiya qilinadi.

Badanga shikast yetkazishning obyekti – salomatligining holati va shaxsiy xislatlaridan

qat’i nazar, boshqa odamning sog‘lig‘idir. Badanning daxlsizligi shaxs sog‘lig‘iga zarar yetkazish
bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa zo‘ravonlik tajovuzlarining ham obyekti hisoblanadi.

Boshqa odam sog‘lig‘iga zarar yetkazish faktini aniqlashda, jabrlanuvchining badaniga

shikast yetgan paytdagi salomatligi holatidan kelib chiqish lozim.

O’zining sog‘lig‘iga ziyon yetkazgan shaxs (o‘zining biror a’zosini jarohatlash), mazkur

harakatlar faqat JKda ko‘zda tutilgan mustaqil jinoyatni vujudga keltirsa, o‘zining biror a’zosini
mayib qilish bilan yoki boshqa usul bilan harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash va ba’zi boshqa
holatlarda jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bunday holatlarda o‘z sog‘lig‘iga zarar
yetkazish (jarohat yetkazish) yuqoridagi jinoyatlarning zaruriy yoki javobgarlikni
og‘irlashtiruvchi holat belgisi sifatida namoyon bo‘ladi, shu boisdan bunday qilmishlarni boshqa
odamning sog‘lig‘iga qarshi jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilish mumkin emas. Agar shaxsning
sog‘lig‘iga ziyon yetkazish uning o‘z roziligi bilan boshqa kishi tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, u
holda aybdorning harakatlari jinoyatlar majmui bo‘yicha badanga tegishli darajada shikast
yetkazish hamda o‘z sog‘lig‘iga zarar yetkazishga rozilik bergan shaxsning sodir etgan jinoyatda
ishtirokchiligi sifatida kvalifikatsiya qilinishi mumkin. Agar shaxs noqonuniy tarzda o‘q otar
qurolni yasagan yoki qo‘lga kiritgan bo‘lsa-yu, boshqa odamning badaniga shu quroldan shikast
yetkazsa, u holda bunday qilmish badanga tegishli og‘irlik darajasida shikast yetkazish va qurol,
o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish
majmui bilan kvalifikatsiya qilinishi zarur.

Badanga shikast yetkazishni tugallangan jinoyat deb topish uchun qonunda aniq

ko‘rsatilgan muayyan oqibatlar boshlanishi zarur. Ayni paytda inson badanidagi to‘qimalarning
anatomik yaxlitligi buzilishigina emas, balki sog‘liqqa yetkazilgan muayyan zararni ham badanga
shikast yetkazishning yuqoridagi turlarining jinoiy oqibatlari deb hisoblash kerak.

JK 105-moddasi bo‘yicha javobgarlik boshlanishining muqarrar sharti – sodir etilgan

ijtimoiy xavfli qilmish va boshlangan jinoiy oqibat (badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish)
o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni aniqlashdir.

Sababiy bog‘lanish bo‘lmagan holatda vujudga kelgan oqibatlar shaxsni aybdor deb

topishga monelik qiladi. Sababiy bog‘lanish mavjudligi masalasini hal qilish uchun jabrlanuvchi
badanining o‘ziga xos xususiyatlari (kasallik, tug‘ma yetishmovchilik va boshqalar) inobatga
olinishi zarur. Mazkur xususiyatlarning mavjudligi ijtimoiy xavfli qilmish tufayli boshlangan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

512

oqibatlar mohiyatiga ta’sir etishi mumkin. Bunday holatlarda ijtimoiy xavfli qilmish natijasida
qanday aniq oqibatlar boshlanganligini va ular jabrlanuvchi badanining o‘ziga xos xususiyatlari
bilan og‘irlashgan - og‘irlashmaganligini aniqlash zarur. Basharti mazkur oqibatlar aybdorga
ma’lum bo‘lsa-yu, u o‘zi sodir etayotgan qilmish pirovard natijaga ta’sir etishini anglasa, amalda
jabrlanuvchiga keltirilgan zarar unga ayb sifatida yuklatilishi shart. Bunday vaziyatlar aybdor
qasdi natijasida sodir etilmagan bo‘lsa, u boshlangan oqibatlar uchun javobgarlikka tortilishi
mumkin emas.

Subyektiv tomondan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish aybning qasd shakli

bilan tavsiflanadi va muayyan holatlarga ko‘ra to‘g‘ri yoki egri qasd bilan yetkazilgan bo‘lishi
mumkin. Aniq bo‘lmagan qasdning mavjudligi holatida aybdor amalda kelib chiqqan oqibatlar
uchun javobgarlikka tortiladi. Aybdorning boshqa shaxsning sog‘lig‘iga zarar yetkazish niyati
aniqlansa va amalda kam darajadagi zarar yetkazilsa, subyektning harakati jabrlanuvchining
sog‘lig‘iga qarshi zarar yetkazishga suiqasd qilganlik bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi.

Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatining subyekti 16 yoshga to‘lgan

shaxs aqli raso shaxs hisoblanadi.

Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatini nazariy jihatdan yoritar

ekanmiz, bunda avvalo quyidagilarga e’tibor qaratishimiz lozim. Badanga shikast yetkazish
deganda, boshqa odamning erkiga qarshi sodir etilgan, uning to‘qimalari yoki a’zolarining
anatomik yaxlitligi yoki fiziologik vazifalari, tashqi muhit ta’siri ostida buzilishida ifodalangan
sog‘lig‘iga huquqqa xilof ravishda zarar yetkazishni tushunish lozim

9

.

Boshqa odam sog‘lig‘iga zarar yetkazish faktini aniqlashda, jabrlanuvchining badaniga

shikast yetgan paytda uning salomatligi holatidan kelib chiqish lozim. Sud tibbiyoti va sud
amaliyoti, agar sodir etilgan qilmish natijasida sog‘liq holati uning boshlang‘ich holatiga nisbatan
yomon bo‘lsa, jabrlanuvchinig sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligini qayd etish lozimligi to‘g‘risidagi
qoidaga amal qiladi.

Badanga shikast yetkazish quyidagi vositalar orqali amalga oshirilishi mumkin:
– jismoniy ta’sir (mexanik, termik, elektr va hokazo);
– ruhiy ta’sir ko‘rsatish;
– badanga kimyoviy yoki biologik faol moddalar bilan ta’sir etish (turli kislotalar, zararli

moddalar, gazlar va hokazolardan foydalanish).

Darhaqiqat, badanga shikast yetkazishning tushunchasini yoritib berishda turlicha

qarashlar mavjud bo‘lib, birinchidan, badanga shikast yetkazishlarning obyektini turlicha
ta’riflashda (ba’zilar bunday obyekt sifatida sog‘liqni belgilagan bo‘lsalar, boshqalar jismoniy
daxlsizlikni belgilaganlar); ikkinchidan, urish, do‘pposlash, qiynashlarni badanga shikast
yetkazishlar jumlasiga kiritish mumkinligidan iborat bo‘lgan, uchinchidan, bular jumlasiga og‘riq
beruvchi, ammo boshqa oqibatlarni keltirib chiqarmaydigan zo‘rlik ishlatib qilingan boshqa
harakatlarni kiritish mumkinligidan iborat

10

.

Badanga shikast yetkazishni tugallangan jinoyat deb topish uchun muayyan qonunda aniq

9

O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud

amaliyoti to‘g‘risidagi”gi 2007 yil 27 iyundagi 6-sonli qarori.

10

Rustambayev M.H. O’zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. 3-tom. Toshkent-2018. -115-b.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

513

ko‘rsatilgan oqibatlarning yuzaga kelishi zarur

11

.

Tibbiyot nuqtayi-nazaridan odamga tashqi muhitning turli omillarining ta’siri natijasida

vujudga kelgan a’zo va to‘qimalarning anatomik butunligi va fiziologik faoliyatining buzilishi tan
jarohati sifatida tushuniladi.

12

«Badanga shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish

uchun ayb shakli, badanga shikast yetkazish motivi, maqsadi va usuli, aybdorning qilmishi bilan
kelib chiqqan oqibat o‘rtasida sababiy bog‘lanish mavjudligi, shuningdek, ishning to‘g‘ri hal
etilishi va aybdorga adolatli jazo belgilanishi uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa holatlar batafsil
aniqlanishi lozim»

13

.

Tahlil etayotgan jinoyatlarimiz O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida I-bo‘lim II-

bob «Sog‘liqqa qarshi jinoyatlar»da joylashgan bo‘lib, u 105-moddada 2-qismdan iborat shaklda
o‘z ifodasini topgan.

Ushbu moddaning ikkinchi qismi «i» bandi bilan javobgarlikka tortish uchun o‘rtacha og‘ir

shikast yetkazish jinoyati bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud shu
manfaatlarini ko‘zlab sodir etilganligi aniqlanishi lozim.

Bunda bir guruh shaxslar tomonidan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazishni

batafsilroq ko‘rib chiqamiz.

Umumiy olganda jinoyatni bir guruh shaxslar, uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma

tomonidan sodir etilishi jinoyat huquqida jinoyatda ishtirokchilik sifatida o‘rganiladi. Jinoyat
kodeksining 27-moddasiga ko‘ra, ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda
birgalashib qatnashishi ishtirokchilik deb topiladi.

Ishtirokchilikda sodir etiladigan jinoyatlar o‘z huquqiy xususiyatlariga ega bo‘lib, u yoki

bu jinoyatni kvalifikatsiya qilishda nafaqat qilmishning ishtirokchilikda sodir etilishi, balki,
qonuniylik va adolatlik prinsiplariga asoslangan holda aniq belgilar va shakllarga e’tibor berish
lozim.

Ishtirokchilikning quyidagi alomatlarini qayd etish mumkin:
– ayni bir jinoyatda ikki yoki undan ortiq shaxsning ishtiroki;
– guruh a’zolarining birgalikda harakat qilishi;
– jinoyatning qasddan sodir etilishi.
Ushbu belgilar bir guruh shaxslar tomonidan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast

yetkazish jinoyatiga ham bevosita taalluqlidir.

Ma’lumki, Jinoyat kodeksining 28-moddasida jinoyat ishtirokchilarining turlari keltirilgan.
Unga ko‘ra jinoyatda ishtirokchilar bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi va yordamchi

hisoblanadi.

Jinoyatni bevosita to‘la yoki qisman sodir etgan yoxud Jinoyat kodeksiga muvofiq

javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib
jinoyat sodir etgan shaxs bajaruvchi deb topiladi.

Jinoyatning bajaruvchisi deb, muayyan jinoyat subyektini tavsiflovchi belgilarga ega

11

Rustambayev M.X. O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharhlar. Maxsus qism. Toshkent-2021.

12

O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining2012 yil 1 iyundagi 153-sonli buyrug‘i.

13

О‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plunumining «Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bо‘yicha sud

amaliyoti tо‘g‘risida»gi 2007-yil 27-iyun №6-sonli qarori. – T., 2007 – B.11.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

514

bo‘lgan shaxsgina bo‘lishi mumkin, aks holda uning qilmishida jinoyat deb tan olinishi va jinoiy
javobgarlikka tortilishi uchun zaruriy shart sifatidagi jinoyat tarkibi mavjud bo‘lmaydi.

Jinoyatni qisman sodir etish – jinoyatning obyektiv tomonini tashkil etuvchi qilmishni

sodir etgan bo‘lib, bajaruvchiga bog‘liq bo‘lmagan holda tamom bo‘lmaydi yoki modda
dispozitsiyasida ko‘rsatilgan oqibatning yuz berganligida ifodalanadi.

Jinoyatning obyektiv tomonining jinoiy javobgarlik yoshiga yetmaganlik (JK 17-moddasi)

yoki aqliy norasolik (JK 18-moddasi) alomatlari bo‘yicha javobgarlikka tortilishi mumkin
bo‘lmagan shaxslar tomonidan bajarilishi hollariga e’tibor qaratish lozim.

Voyaga yetmaganlarning katta yoshdagilar ishtirokida sodir etgan jinoyatlari haqidagi ish

ko‘rib chiqilayotganda katta yoshdagi shaxs va o‘smir o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning
xususiyatini sinchiklab aniqlash zarur, chunki ana shu ma’lumotlar katta kishining voyaga
yetmagan shaxsni jinoyat yoki boshqa g‘ayriijtimoiy harakat sodir etishga jalb qilishdagi rolini
aniqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Bajaruvchi tomonidan sodir etilgan qilmish
subyektiv tomonidan to‘g‘ri yoki egri qasd bilan sodir etilishi mumkin.

Jinoyatning tashkilotchisi – jinoyat ishtirokchilari ichida eng xavfli shaxsdir. U jinoyat

rahbari bo‘lib, ishtirokchilarni birlashtirishga, jinoiy niyatni amalga oshirish maqsadida ularning
tartibli xatti-harakatlarini ta’minlashga intiladi. Tashkilotchi jinoyat rejasini ishlab chiqadi, boshqa
ishtirokchilarni tanlaydi, ularning orasida vazifalarni taqsimlaydi, yo‘riq ko‘rsatadi.

Tashkilotchi faqatgina uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tarkibida emas, balki vazifalar

taqsimlanishidagi ishtirokchilikda ham bo‘ladi.

Jinoyat sodir etishga qiziqtirgan, ya’ni qasddan boshqa shaxsda qonun bilan taqiqlangan

muayyan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishga qat’iyat uyg‘otgan shaxs dalolatchi deb ataladi.

Dalolat aniq bir obyekt yoki shaxslarga nisbatan qaratilgan bo‘lishi kerak. Jinoyat sodir

etishga da’vat etsa-da, jinoyat aynan qaysi obyektga qarshi qaratilishini ko‘rsatmaydigan shaxs
dalolatchi deb topilishi mumkin emas.

Dalolatchilik og‘dirib olish, iltimos qilish, ishontirish, ko‘ndirish, buyruq berish, zo‘rlik

ishlatish, aldash va boshqa yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin.

Ishtirokchilikning yana bir turi yordamchidir. Yordamchi deb maslahatlar berish, jinoyat

qurollarini, jinoyat izlarini va vositalarini yoki jinoiy yo‘l bilan topilgan buyumlarni olish yoki
sotib berishga oldindan va’da beradigan shaxsga aytiladi. Mazkur ta’rifda nafaqat yordamchi
faoliyatining yo‘nalishi (jinoyat sodir etishga ko‘maklashish) belgilab berilgan, balki
yordamchilarning uslub va vositalari ro‘yxati yuqoridagi qonunda sanab o‘tilganidan boshqa hech
bir harakat yordamchilik sifatida tan olinishi mumkin emasligi ko‘rsatilgan.

Jinoiy yordamchilik quyidagilarda ifodalaniladi:
– jinoyat sodir etish uchun bajaruvchiga zarur vositalarni yetkazib berish (masalan, katta

miqdordagi mol-mulkni o‘g‘irlash jinoyatini amalga oshirish uchun mashina taqdim etish);

– bajaruvchi sodir etadigan jinoyatga qo‘yilgan to‘siqlarni olib tashlash (masalan, moddiy

qimmatliklar omborini talon-toroj qilish uchun ochiq qoldirish).

Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazishni bir guruh shaxslar

tomonidan amalga oshirilishi (JK 105-modda 2-qism «i» band) jinoyatda ishtirokchilikning bir
ko‘rinishidir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

515

Bir guruh shaxslar tomonidan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish Jinoyat

kodeksining 105-moddasi 2-qismi «i» bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Mazkur band oldindan
til biriktirgan bir guruh shaxslar tomonidan ham oldindan til biriktirmagan bir guruh shaxslar
tomonidan ham qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish hollarida shaxslarning aybiga
qo‘llanilishi zarur.