Authors

  • Bekzod Agzamov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.34760

Abstract

Maqolada qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatining kriminalistik tavsifi yoritilgan. Amalga oshirilgan tadqiqot asosida umumiy xulosalar berilgan, qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatining kriminalistik tavsifi bo‘yicha amaliy tavsiyalar bildirilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

516

QASDDAN BADANGA O‘RTACHA OG‘IR SHIKAST YETKAZISH JINOYATINING

KRIMINALISTIK TAVSIFI

Agzamov Bekzod Yunusovich

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “Tergov faoliyati”

mutaxassisligi bo‘yicha magistratura tinglovchisi.

E-mail:

agzamov.bekzod@list.ru;

Phone: +99897 720-35-30.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11670015

Annotatsiya.

Maqolada qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatining

kriminalistik tavsifi yoritilgan. Amalga oshirilgan tadqiqot asosida umumiy xulosalar berilgan,
qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatining kriminalistik tavsifi bo‘yicha
amaliy tavsiyalar bildirilgan.

Kalit so’zlar:

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, jinoyat, jazo, jazoni

yengillashtiruvchi holatlar, huquqni muhofaza qilish organlari, tergov faoliyati, badanga o‘rtacha
og‘ir shikast yetkazish, takomillashtirish, kriminalistik tavsif.

CRIMINAL DESCRIPTION OF THE CRIME OF INTENTIONAL CAUSE OF MEDIUM

SERIOUS BODILY INJURY

Abstract.

The article describes the criminalistic description of the crime of intentional

infliction of moderate grievous bodily harm. Based on the conducted research, general conclusions
were given, and practical recommendations were given on the criminalistic description of the
crime of intentionally inflicting moderate serious bodily injury.

Key words:

Criminal Code of the Republic of Uzbekistan, crime, punishment, mitigating

circumstances, law enforcement agencies, investigative activities, inflicting moderate serious
bodily injury, enhancement, criminalistic description.

УГОЛОВНОЕ ОПИСАНИЕ ПРЕСТУПЛЕНИЯ, СВЯЗАННОГО С

УМЫШЛЕННЫМ ПРИЧИНЕНИЕМ СРЕДНЕЙ ТЯЖЕСТИ ТЕЛЕСНЫХ

ПОВРЕЖДЕНИЙ

Аннотация.

В статье дана криминалистическая характеристика преступления

умышленного причинения средней тяжести тяжкого телесного повреждения. На основе
проведенного исследования даны общие выводы и даны практические рекомендации по
криминалистической характеристике преступления умышленного причинения средней
тяжести телесного повреждения.

Ключевые слова:

Уголовный кодекс Республики Узбекистан, преступление,

наказание, смягчающие обстоятельства, правоохранительные органы, следственные
действия, причинение средней тяжести телесного повреждения, ужесточение,
криминалистическая характеристика.

KIRISH

Boshqa jinoyatlar qatorida qasddan badanga о‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatini

tergov qilishda ham kriminalistika fani bо‘yicha ishlab chiqilgan, ilmiy asoslangan uslubiy
tavsiyalar, ayniqsa, jinoyatlarning kriminalistik tavsifi juda muhim sanaladi.

Jinoyat ishlari bо‘yicha haqiqatni aniqlash va jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan

javobgarlik va jazoning muqarrarligini ta’minlashda kriminalistikaning о‘rni beqiyosdir. Chunki


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

517

kо‘rsatilgan vazifaning ijrosini ta’minlash uchun har bir mutaxassis kelajakda qaysi lavozimda
ishlashidan qat’i nazar jinoyatning kriminalistik tavsifini bilishi shart. Shuning uchun u tergovchi,
sud, ekspert-kriminalist, tezkor xodimning jinoyatlarni ochish, tergov qilish va sudda jinoyat
ishlarini hal etish faoliyatida yuzaga keluvchi obyektiv qonuniyatlarni о‘rganadi.

Jinoyatlarning kriminalistik tavsifi – о‘z ichiga uning axborot modelini qamrab oladi va

umumlashtirilgan holda jinoyatning tipik jihatlari va xususiyatlarini aks ettiradi. Kriminalistik
tavsifida aynan bir turga kiruvchi jinoyatlarning, masalan bosqinchiliklarning nima uchun bir-
biriga о‘xshashligi о‘rganiladi va bu о‘rganishning maqsadi ularni muvaffaqiyatli ochish va tergov
qilishga qaratiladi. О‘zga sо‘zlar bilan aytganda, bu jinoyatning ilmiy modeli bо‘lib, uning
mazmuni amaliy ahamiyat kasb etadi.

Qasddan badanga о‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatining kriminalistik tavsifi ushbu

jinoyatlarni fosh etish va ular yuzasidan tergovni rejalashtirish va tusmollarni ilgari surishda,
shuningdek tergov yо‘nalishini tо‘g‘ri belgilashda asosiy о‘rinni egallaydi.

Bizningcha, qasddan badanga о‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatning kriminalistik

tavsifiga quydagilarni kiritish mumkin:

-jabrlanuvchi shaxsining tipik tavsifi;
-jinoyatni sodir etish va uning izlarini yashirishning tipik usullari, shuningdek jinoyatni

sodir etish vaqti va joyi;

-jinoyatchi shaxsning tipik tavsifi;
-jinoyatning subyektiv tomonining tipik tavsifi kiradi.
-badanga yetkazilgan jarohatlarning tavsifi;
-jabrlanuvchiga yetkazilgan ruhiy-ma’naviy zararning tavsifi.
Kriminalistikaga oid adabiyotlarni о‘rganishda jinoyatning kriminalistik tavsifiga asosan

jinoyat tarkibi elementlari JPKning 82-moddasida qayd etilgan va isbotlanishi lozim bо‘lgan
holatlar, tipik tergov vaziyatlari, jinoyatning tipik izlari, jabrlanuvchi va jinoyatchining shaxsiga
oid ma’lumotlar kiritilganligini kо‘rishimiz mumkin.

Jinoyatlarning kriminalistik tavsifi – о‘z ichiga uning axborot modelini qamrab oladi va

umumlashtirilgan holda jinoyatning tipik jihatlari va xususiyatlarini aks ettiradi. Kriminalistik
tavsifida aynan bir turga kiruvchi jinoyatlarning, masalan, bosqinchiliklarning nima uchun bir-
biriga о‘xshashligi о‘rganiladi va bu о‘rganishning maqsadi ularni muvaffaqiyatli ochish va tergov
qilishga qaratiladi. О‘zga sо‘zlar bilan aytganda, bu jinoyatning ilmiy modelday bо‘lib, uning
mazmuni amaliy ahamiyat kasb etadi.

Qasddan badanga о‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatlarni tergov qilishda yuzaga

keladigan tipik tergov vaziyatlari va ularning taktik yechimi haqida sо‘z yuritadigan bо‘lsak, har
qanday jinoyatni tergov qilish о‘ziga xos belgilarga ega bо‘lib, uni sodir etish hollari va jinoyat
ishi bо‘yicha dalillarni yig‘ish, ularni tadqiq etish va muayyan ravishda baholash sharoitlari bilan
belgilanadi.

Qasddan badanga о‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatlarni tergov qilish jarayoni

sharoitlarida xilma-xil omillar ta’siriga duch kelib obyektiv (tergov qilish joyi va vaqti, isbotlovchi
axborotning vujudga kelish sabablari) va subyektiv (tergovchining mutaxassislik darajasini
rivojlanishi, tergovga aloqador shaxslarning yurish-turishlari va x.k.) ta’riflarga ega bо‘ladi.

Qasddan badanga о‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatlarni tergov qilishning muayyan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

518

sharoiti о‘ziga xos hollar bilan belgilanib, kriminalistikada tergov vaziyati deb ataladi.

Qasddan badanga о‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatlarni tergov qilish jarayonini

tashkil qilib, alohida jinoyatlarni tergov qilish metodini ishlab chiqishning ahamiyati hozirgi
paytda hamma tomondan tan olingan. Ammo tergov vaziyatining mohiyati va mazmuni hozirgi
kunda har xil ta’riflarga ega

1

. Ayrim olimlar tergov vaziyatini tergov qilish jarayonida vujudga

kelgan sharoitlar deb bilsalar, boshqalari-tergov qilish yо‘llari va imkoniyatlarini belgilovchi
ushbu sharoit tо‘g‘risida olingan ma’lumotlar yig‘indisini axborot bazasi sifatida tan olishadi

2

.

Biror bir jinoyat ishi yoki surishtiruvchi olib borayotgan surishtiruv ishlarida tergov

vaziyati yuzaga kelishi muqarrar, negaki bu tergov holatisiz uni tasavvur qilish qiyin.

Tergov vaziyati ilgaridan mavjud bо‘lib kelgani holda, ushbu yuzasidan ilmiy tadqiqotlar

olib borish 1930-1940-yillardan boshlangan.

Tergov vaziyati yuzasidan hozirgi kunga qadar quyidagi olimlar о‘z fikrlarini bayon qilib

kelganlar: Masalan: R.S.Belkin, A.V.Dulov, V.K.Gavlo, I.F.Gerasimov, A.N.Vasilyev,
N.A.Selivanov, A.F.Oblakov, V.A.Obrazsov, N.P.Yablokov, V.P.Baxin, P.D.Belinchuk,
V.S.Kuzmachev, L.Y.Drapkin, G.Abdumajidov va boshqalar о‘z asarlarida о‘z fikrlarini aniq
tergov vaziyatlariga qarab bayon qilib о‘tganlar.

Ammo olimlar haligacha о‘z fikrlari yuzasidan о‘zaro bahslar olib borish bilan birgalikda

tergov vaziyatlari yuzasidan bо‘lgan fikrlarini rivojlantirib bormoqdalar.

Shaxsga qarshi jinoyatlarni tergov qilish о‘ziga xos belgilarga ega bо‘lib, uni sodir etish

xollari va jinoyat ishi bо‘yicha dalillarni yig‘ish, ularni tadqiq etish va muayyan ravishda baholash
sharoitlari bilan belgilanadi. Ana shu belgilarni jinoyat ishi yuzasidan yoki dastlabki surishtiruv
ishlari davrlarida tergov vaziyati deb tan olinadi. Shaxsga qarshi jinoyatlar ma’qul va noma’qul
tergov vaziyatlarida yuzaga keladi.

Birinchi turdagi tergov vaziyatlarining negizi shundan iboratki, u tegishli tergov qilish

bosqichida qanday holatlar, sharoitlar vujudga kelgani ma’qul yoki noma’qul bо‘lganini
aniqlashga yordam beradi.

Agarda sharoitlar mavjud bо‘lsa, tergovchi mavjud imkoniyatlarni omilkorlik bilan amalga

oshirilishini ta’minlab berishi kerak. Masalan, jinoyatchining tashqi qiyofasi tо‘g‘risida tо‘liq
ma’lumotlar bо‘lsa, ular asosida qidiruv uchun kompozitsion (umumlashtirilgan) portret
tayyorlanib ishlatilishi kerak: gumonlanuvchini joyida dalil bilan tutib olib, uni sо‘roq qilish
davrida ruhiy holatini va ushlab olinishini hisobga olgan holdan foydalanib, tergov uchun muhim
bо‘lgan axborotni mustahkamlash zarur bо‘ladi va x.k.

Agarda sharoitlar va holat noma’qul bо‘lsa, ushbu holatni ma’qulga aylantirish uchun

maqsadga muvofiq ta’sir kо‘rsatib uni о‘zgartirishga harakat qilish kerak. Masalan, jinoyatchi
tо‘g‘risida ma’lumotlar bо‘lmasa yoki tо‘liq bо‘lmasa, u tо‘g‘risida tegishli axborot beradigan
shaxslarni qidirish kerak bо‘ladi.

Tergov holatining ma’qul bо‘lishi kо‘rsatkichlaridan biri isbotlashga oid axborotning bor

bо‘lishi yoki bor bо‘lmasligi; uni olishning imkoniyati mavjudligi va jinoyatni tergov qilish

1

Белкин Р. С. Криминалистика: проблемы, тенденции, перспективы.От теории — к практике — М.,

1988 г.

2

Белкин Р. С. Криминалистика: проблемы, тенденции, перспективы.От теории — к практике — М.,

1988 г.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

519

maqsadlarida ishlatilishi. Noma’qul tergov holati odat bо‘yicha, ma’qul holatga qaraganda
isbotlashga oid axborotni olish uchun qо‘shimcha choralarni qо‘llashni taqozo etadi.

Noma’qul tergov holatlari о‘zining ta’rifi va hajmi bо‘yicha quyidagilarga taqsimlanadi:
- gumon qilinuvchini aniqlash va qidirishga kerak bо‘lgan (iz va daliliy ashyolarni va ular

tо‘g‘risidagi) ma’lumotlarning yо‘qligi;

- ma’lum shaxsning jinoyatga aloqasi borligini tekshirish uchun bor bо‘lgan ma’lumotlar

(poyabzalning izlari, tо‘siqni sindirish qurollaridan qolgan izlar va x.k.);

- gumon qilinuvchini qidirish va aniqlashni ta’minlaydigan axborotning borligi (tashqi

qiyofasi tо‘g‘risidagi belgilar va olib ketilgan narsalarning belgilari va x.k.).

Shunday axborotga oid vaziyat tergovning ham boshlang‘ich, ham kelgusi bosqichlarida

vujudga kelishi mumkin. Masalan, jinoyat ishini jinoyatchining shaxsi aniqlanmaganligi uchun
tо‘xtatilganda axborotning tо‘liq bо‘lmasligi tabiiy holat bо‘lib, о‘sha holat jinoyatning ochilmay
qolishiga sababchi bо‘lishi mumkin.

Holatning ma’qul yoki noma’qulligi quyidagi omillar ta’sirida ham belgilanadi:
- olingan axborot mazmuniga oid tegishli masalalarni yechish uchun tegishli

imkoniyatlarning (kuchlar, vositalarning) borligi bilan;

- jinoyatni tergov qilishda unga aloqador bо‘lgan shaxslarning maqsadlari va manfaatlari

birligi yoki qarama-qarshiligi bilan.

Oxirgisi tergov holatlarini ziddiyatli va ziddiyatsiz holatlarga bо‘linishini ta’minlab beradi.
«Tipik» tushunchasi bir qancha ma’nolarga ega. U normal, namunali, obyektiv olamning

muayyan tizimi uchun ehtimolligi eng kо‘p bо‘lgan

3

hamda umumlashgan, bir guruh predmetlar,

obyektlarning ushbu guruhi, sinfi uchun muhim bо‘lgan barcha jihatlarni qamrab oluvchi hodisalar
uchun namuna bо‘lgan umumiylik

4

- sifatida ta’riflanadi.

Boshqacha qilib aytaganda, ushbu turdagi jinoyatlarning nazariy va amaliy о‘rganib

chiqish natijasida quyidagi tipik tergov vaziyatlarni taklif etish maqsadga muvrfiq deb о‘ylaymiz.

Shaxsga qarshi jinoyatlari sodir etilgan joyda jinoyatchi yoki jinoiy guruh jinoyat ustida

ushlangan.

-ushlanganlarni shaxsiy tintuv qilish, hodisa joyini kо‘zdan kechirish, jabrlanuvchi,

guvohlar, gumon qilinuvchilarni sо‘roq qilish (bunda guruh a’zolaridan qaysi biri vazifani
bajarganligini, ularning har birining jinoyat qilish vaqtidagi harakati nimada ifodalanganligini va
boshqa ma’lumotlarni aniklash), zarurat bо‘lganda kо‘rsatuvlarida jiddiy ziddiyatlar aniqlangan
shaxslarni yuzlashtirish. Olingan natijalardan kelib chiqib, tergovchi ish bо‘yicha kelgusidagi
tergov yо‘nalishini rejalashtirishi kerak;

-qasddan badanga о‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatlari sodir etishda gumon qilinib,

bir necha kishi ushlangan, ishtirokchilardan biri yoki bir nechtasi jinoyat sodir etilgan joydan
qochib yashirinishga muvaffaq bо‘lgan, ularning shaxsi hozircha noma’lum. Bunday vaziyatda
quyidagi tergov va boshqa harakatlarni о‘tkazish zarur: ushlanganlarni shaxsiy tintuv qilish, hodisa
joyini kо‘zdan kechirish, jabrlanuvchini (guvohlarni, ushlanganlarni) sо‘roq qilish, yashiringan
ishtirokchilarni aniqlash va ushlash maqsadida operativ qidiruv tadbirlarini о‘tkazish, jabrlanuvchi

3

Қаранг: Советский энциклопедический словарь / Гл. ред. А.М. Прохоров. -2-е изд. - М., 1983. - С. 132.

4

Қаранг: Кондаков Н. И. Логический словарь-справочник / Под ред. Д.П.Горского. 2-е изд. - М., - С. 595.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

520

va voqeani kо‘rgan guvohlarning sо‘zlari asosida yashiringanlarning subyektiv portretlarini tuzish,
yashiringan shaxslarni aniqlash va ushlash, ularning о‘zlarini va turar joylarini tintuv qilish,
gumon qilinuvchilarni sо‘roq qilish, ularni jabrlanuvchi va voqeani kо‘rgan guvohlarga tanib olish
uchun kо‘rsatish, shuningdek, olingan natijalardan kelib chiqib tergovchi ish bо‘yicha kelgusi
tergovni rejalashtirishi kerak;

-qasddan badanga о‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatlari sodir etganlikda gumon

qilinib, bir shaxs ushlangan, qolgan ishtirokchilar yashirinishga muvaffaq bо‘lganlar va ularning
shaxslari ma’lum. Bunday tergov vaziyatida tergovchi quyidagi tergov va boshqa harakatlarni
amalga oshirishi zarur. Ushlangan shaxsni tintuv qilish, voqea joyini kо‘zdan kechirish,
jabrlanuvchini, gumon qilinuvchini sо‘roq qilish, jinoiy guruhning boshqa a’zolarini ushlash,
ularning о‘zlarini va turar joylarini tintuv qilish, ushlanganlarni sо‘roq qilish, voqeani kо‘rgan
guvohlarga kо‘rsatish, zarur bо‘lganda ularning yuzlashtirish. Ish bо‘yicha bundan keyingi tergov
harakatlarini tergovchi olingan natijalardan kelib chiqib, rejalashtirishi kerak;

-qasddan badanga о‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyati sodir etilgan jinoyatchi jinoyat

joyidan qochib yashiringanlar. Bunday tergov vaziyatida quyidagi tergov va boshqa harakatlarni
amalga oshirish zarur: hodisa joyini kо‘zdan kechirish, jabrlanuvchini, guvohlarni sо‘roq qilish,
yashiringan gumon qilinuvchilarni aniqlash va ushlash maqsadida operativ qidiruv tadbirlarini
о‘tkazish, jabrlanuvchi va voqeani kо‘rgan guvohlarning sо‘zlari asosida yashiringanlarning
subyektiv portretlarini tuzish. Olingan natijalardan kelib chiqib tergovchi ish bо‘yicha kelgusi
tergovni rejalashtirishi kerak.

Jinoyat tо‘g‘risidagi haqiqiy bilim bir zumda qо‘lga kirmaydi. Bu bilim faktlarni о‘rganish

va dalillarni har tomonlama, sinchkovlik bilan tekshirish natijasida shakllanadi. Tergovning
dastlabki bosqichida kо‘pgina faktlar tо‘g‘risida muayyan bо‘lmagan, ehtimollik darajasiga ega
bо‘lgan fikrga kelish mumkin. Masalan, kо‘pincha tergovning boshida jinoyat bо‘lganmi,
bо‘lmaganmi, gо‘yoki jinoyat sodir etilgai deb mish-mish tarqatilganmi yoki jinoyat о‘rniga
baxtsiz hodisa rо‘y berganmi, degan masala kо‘ndalang bо‘ladi. Bundan tashqari, muayyan jinoyat
kim tomonidan sodir etilganligini aniq aytish qiyin bо‘lib, uning qanday maqsadlarda, qachon,
qayerda, qanday vaziyat va shart-sharoitlarda, qanday holatlarda sodir etilganligini aniqlash
masalasi qо‘iiladi. Bu tо‘g‘rida faqat ehtimollik jihatidan fikr yuritish mumkin.

Tusmol jinoyatni tergov qilish jarayonida layoqatli shaxs tomonidan о‘rganiladigan

hodisaning mohiyatini tushuntirib beruvchi, asoslangan, voqelikda rо‘y berishi mumkin bо‘lgan
yoki hodisaning ayrim hollarini, faktlarning kelib chiqishini va ular о‘rtasidagi aloqalarni
ta’riflovchi taxmin sifatida ifodalanadi

5

.

Ushbu ta’rifga kо‘ra, tusmol fikr yuritish shakli, faktlarni tushuntirib berish va о‘rganish

uslubi rolini bajarib, ehtimollikka oid bilimning aniq bilimga aylanishini ta’minlaydi.

Shaxsga qarshi jinoyatlarida tusmolning mohiyatiga yetish uchun uni har tomonlama, ya’ni

psixologiya, mantiq, modellashtirish nazariyasi, sud dalillari nazariyasi nuqtai nazaridan о‘rganish
lozim bо‘ladi.

Ushbu vazifalarni bajarishda tipik tusmollarni ilgari surish va tekshirish muhim о‘rin

tutadi.

5

Қаранг: Криминалистик тактика дарслиги Т:. 1996 й 174 б.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

521

Yuqorida sanab о‘tilgan vaziyatlardan istalgan birida odam о‘ldirish, tan jarohati yetkazish

va nomusga tegish jinoyatining mavjudligini aniqlangan deb hisoblash mumkin bо‘lgani bois,
ushbu jinoyatlarni kelib chiqishi va sodir etilishining maqsadini tushuntirishga qaratilgan
tusmollar birinchi о‘ringa chiqadi.

Demak, qasddan badanga о‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatlarini sodir etilishining

maqsadini tushuntirishga qaratilgan tusmollar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

Shaxsga qarshi jinoyatlarni sodir etilishining maqsadini tushuntirishga qaratilgan

tusmollar:

Birinchi tipik tergov vaziyatidan kelib chiqib, quyidagi tusmollarni tuzish mumkin:
-jabrlanuvchiga nisbatan g‘ayriqonuniy harakatlar natijasi;
-sodir etilgan qilmish baxtsiz xodisa oqibati;
-kelib chiqqan oqibatlar jabrlanuvchining о‘zi qilgan ehtiyotsiz harakatlarining oqibati;
-jabrlanuvchi va gumon qilinuvchilar shu qishloqni, shu shaharni va shu tumanni fuqarolari

bо‘lishi mumkin;

-jabrlanuvchi va gumon qilinuvchi boshqa viloyatlar yoki respublikalar fuqarosi bо‘lishi

mumkin;

-jabrlanuvchi va gumon qilinuvchi о‘zaro yaqin tanish bо‘lishi mumkin.

Ikkinchi tipik tergov vaziyatidan kelib chiqib, quyidagi tusmollarni tuzish mumkin:

-gumon qilinuvchi shu hodisa sodir bо‘lgan joyda yashab keladi;

-gumon qilinuvchi jabrlanuvchining yaqin tanishi;

-gumon qilinuvchi boshqa tumanlar, viloyatlardan kelib ushbu jinoyatlarni sodir qilgan

bо‘lishi mumkin.

Uchinchi tipik tergov vaziyatidan kelib chiqib, quyidagi tusmollarni tuzish mumkin:

-gumon qilinuvchi uy-rо‘zg‘orida yashirinib yuribdi;

-gumon qilinuvchi yaqin qarindoshlarnikida yashirinib yuribdi;

-gumon qilinuvchi boshqa respublikada yashirinib yuribdi.
Tо‘rtinchi tipik tergov vaziyatidan kelib chiqib, quyidagi tusmollarni tuzish mumkin:
-gumon qilinuvchi jinoyatni shaxsiy adovatlik natijasida sodir qilgan;
-gumon qilinuvchi tan jarohatini mulkni talash natijasida sodir qilgan;
-gumon qilinuvchi jinoyatni rashq yoki boshqa past niyatlar asosida sodir qilgan.
Ushbu tergov holati kamroq uchrasada, ammo amaliyotda hozirgi kunga qadar uchraydi.
Bunday jinoyatlar asosan ilgari sudlanib chiqqan retsidivistlar, ruhiy bemor shaxslar

tomonidan sodir qilinadi. Bunday jinoyatlar boshka og‘ir jinoyat bilan birgalikda tergov qilinadi.

Yuqoridagi tipik vaziyatlardan kelib chiqib aytish mumkinki ushbu qasddan badanga

о‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatini tergov qilishda ham bir qancha muammolar mavjuddir.

Jumladan ushbu jinoyat sodir bо‘lgan joyni kо‘zdan kechirishda ashyoviy dalililar bilan

bog‘liq muammolarni kо‘rshimiz mumkin. Ushbu holatni quyidagicha tavsirlash mumkin:

birinchidan bu jamoat joylarda bog‘larda, kо‘chalarda, bozorlarda, odamlar kо‘p joylarga

kelib-ketishi izlarning yо‘q bо‘lib ketishi xavfi mavjud;

ikkinchidan kafe-barlarda esa rahbarlar va xizmatchilar о‘zlarini tergov olib qolish

maqsadida ushbu jinoyatni izlarni, dalillarni yо‘qolib tashlashga harakaat qiladi.

Bizning fikrimizcha, bunday holatda shu hududdagi profilaktika nozirlarni va boshqa


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

522

javobgar shaxslarning ma’suliyatini kuchaytirish hamda provard natijada hodisa sodir bо‘lgan
joydagi daliliy ashyolarni jinoyatning yaqqol izlarnini tergovchi yetib borguncha о‘z holatida
saqlash va muhofaza qilish kerak degan fikrdamiz.

Bundan tashqari yana bir muammoli holat kо‘rib о‘tishimiz mumkin ya’ni sodir etilgan

jinoyat ishi bо‘yicha gumon qilinuvchi shaxsini faqat jabrlanuvchi sо‘zidan kо‘rsatib tasdiqlab
turibdi va uni ayblash uchun boshqa hech qanday isbot-dalillar mavjud emas. Shunday vaqtda
tergovchi oldida qiyin bir holat vujudga keladi.

Chunki shaxsni ushlab turishi muddati о‘tib ketishi uni ayblanuvchi sifatida ishga jalb

qilish qamoqqa olish bilan bog‘liq bо‘lmasa shaxsni qо‘yib yuborish bilan bog‘liq muammo
vujudga keladi.

Shundan kelib chiqqan aytish mumkinki, yuqorida kо‘rsatilgan birigina asos, ya’ni

jabrlanuvchining kо‘rsatmasi bilan shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilish va sudyadan
qamoqqa olish tо‘g‘risida sanksiya olish uchun yetarli emas, ammo tergovchi ushbu holatda
shaxsni qо‘yib yuborsa u qochib ketsa hamda keyinchalik shaxsni qilmishini isbotlavchi dalilar
topiladigan bо‘lsa, agar tergovchining faoliyatiga ham tergov olib borishga ham salbiy ta’sir
kо‘rsatadi.

Shunday bir horlatda, bizningcha birinchi navbatda gumondarning uyini tintuv qilish

maqsadga muvofiqdir.

Negaki gumon vilinuvchi о‘sha jinoyatni sodir qilgan kundagi kiyimlarni, jinoyat

qurollarini uyiga qо‘yigan bо‘lishi mumkin. Ushbu tintuvda topilgan daliliy ashyolar esa ushbu
turdagi jinoyatlarni tergov qilishda va ochishda yordam beradigan hamda muhim ahamiyat kasb
etadi.

Jumladan ushbu shaxsga qarshi jinoyatlarini tergov qilishdagi muammolaridan biri bu

tergov qilishda boshqa IIIlari bilan hamkorlining yaxshi va sifatli yо‘lga qо‘yilmaganligidir.

Ayniqsa tergovchi ushub jinoyat bо‘yicha tergovni olib borishda operativ xodimlari bilan

hamkorlik qilishga tо‘g‘ri keladi. Tergovchi jinoyat bо‘yicha bergan topshiriqlariga operativ
xodim yuzaki qaraydiyoki boshqacha munosabatda bо‘lishi natijasida ushbu topshiriqlar
bajarilmay qoladi. Natijada esa tergovchning ish faoliyatiga, ya’ni tergov olib borishiga salbiy
natija kо‘rsatadi.

Jinoyat kodeksining Maxsus qismida kо‘rsatilgan barcha jinoyatlar о‘zining kriminalistik

tavsifiga ega bо‘lib, har bir alohida turdagi jinoyatlarning kriminalistik tavsifi о‘z ichiga bir nechta
elementlarni qamrab oladi.

Jumladan, qasddan badanga о‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatlarining kiminalistik

tavsifi mazmuniga quyidagi elementlarni kiritish mumkin:

- jinoyat tо‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlarning tipik tavsifi; - dastlabki axborot va

ma’lumotlar tizimi;

- jinoyatni qanday yо‘l bilan sodir etish usullari va izlarni yashirish usullari;
- ehtimol tutilgan jinoyatchining shaxsi va u jinoyatni qanday maqsadlarda sodir etganligi;
- jinoiy tajovuzning tipik jabrlanuvchisiga oid malumotlar;
- jinoyatning qanday holatlar va sharoitlarda (joyi, vaqti,sodir etish usuli bо‘yicha) sodir

etilishi tо‘g‘risidagi axborotlar va hokazo.

Yuqorida kо‘rsatilgan barcha elementlar ma’lum tizimni tashkil qiladi, ya’ni ular bir biri


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

523

bilan bog‘liq bо‘lib, bir biri bilan о‘zaro tobelik aloqalariga ega.

Shunday qilib, qasddan badanga о‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatining kriminalistik

tavsifi - bu barqaror bir xil xususiyatga ega bо‘lgan alohida turdagi jinoyatlarning ochilishi va
tergov olib borilishiga yordam beruvchi alomatlar yig‘indisidir.

Jinoyatlarni kriminalistik tavsifining tarkibiy kismi - bu jinoyatning sodir etilish vaqti va

joyi, jinoyatni sodir etilishiga tayyorgarlik kо‘rish holati, maqsadi va sababi, jinoyatning
kriminalistik belgisi- izlarning о‘ziga xosligi, keng ma’nodagi izlarning paydo bо‘lishi mexanizmi,
jinoyatlarni sodir etish va izlarni yashirish hisoblanadi

6

.

Jinoyat ishlari bо‘yicha muvaffaqiyatli ish olib borish uchun tergovchilar va

surishtiruvchilarga avvalo tergov qilinayotgan turdagi jinoyatlarning batafsil kriminalistik talab
qilinadi.

Jinoyatlar kriminalistik tavasifi kompleks (yani uyg‘un birlikdagi) mazmunga ega.
Ularning asosiy qismi jinoiy xulq mexanizmni, jinoyat tо‘g‘risidagi axborotni olish va

undan foydalanish tarkibini kriminalistik tadqiq etish, jinoyatning va jabrlanuvchining shaxsini
aniqlash va xokazo jarayonida aniqlanadi.

Kriminalistik tavsifni bilish tergovchilarning surishturiv organlari bilan xamkorlik

shaklini, bir qancha kechiktirib bо‘lmaydigan tergov xarakatlarini kompleksini tanlashni,
jinoyatchi shaxs haqida tusmollarni ilgari surishni, jinoyat ishini qо‘zg‘atmasdan oldin hal qilinishi
kerak bо‘lgan masalalarni aniqlashga yordam beradi. Muayyan jinoyat turining tipik xususiyatidan
kelib chiqib tergov qilish jarayonida tergovchi о‘ziga aniq tegishli bо‘lgan ayrim savollarni ajratib
olishi va protsessual mustaxkamlashi shart. Jinoyat ishini tergov qilishning tipik dasturiga isbot
qilinishi lozim bо‘lgan holatlar kiradi.

Kriminalistik tavsifni bilish tergovchilarning surishturiv organlari bilan xamkorlik

shaklini, bir qancha kechiktirib bо‘lmaydigan tergov harakatlarini kompleksini tanlashni,
jinoyatchi shaxs haqida tusmollarni ilgari surishni, jinoyat ishini qо‘zg‘atmasdan oldin hal qilinishi
kerak bо‘lgan masalalarni aniqlashga yordam beradi. Muayyan jinoyat turining tipik xususiyatidan
kelib chiqib tergov qilish jarayonida tergovchi о‘ziga aniq tegishli bо‘lgan ayrim savollarni ajratib
olishi va protsessual mustaxkamlashi shart. Jinoyat ishini tergov qilishning tipik dasturiga isbot
qilinishi lozim bо‘lgan holatlar kiradi.

Qasddan badanga о‘rtacha og‘ir shikast yetkazish xar xil uslubda amalga oshiriladi bunda

jaroxat yetkazishda qо‘llaniladigan kurol turlari tasnifini va jaroxat yetkazish vaqtidagi vaziyatni
aniqlashimiz lozim bо‘ladi. Tan jaroxati elektr toki, olov, qaynoq suv, kislotalar, о‘q otar qurol,
ohak eritmalari, tо‘mtoq buyum va hakozolar natijasida yetkazilishi mumkin. Eng kо‘p tan
jaroxatlari kesuvchi va tо‘mtoq buyumlar bilan yetkaziladi. Aksariyat hollarda bu jinoyatni sodir
etishga tayyorgarlik kо‘rilmaydi, aksincha bu jinoyat qо‘qqisdan paydo bо‘ladigan oiladagi
janjallar yoki janjal qatnashilarining jamoat joylarida (kо‘chada, diskotekada, restoranda va
hakazo) spirtli ichimliklar, giyohvand va psixotrop moddalar is’temol qilishi natijasida kelib
chiqadi. Janjalli ziddiyatlarning kelib chiqishiga arzimas bahonalar sabab bо‘lishi mumkin, ya’ni
hujum qiluvchiga nimadir yoqmasligi, ishtirokchilarning biriga kо‘proq e’tibor qaratilishi, qо‘pol
xarakatlanishi, nojо‘ya xarakati uchun bildirilgan fikr, avaylamay aytilgan sо‘z. Ziddiyatli janjallar

6

Қаранг: Абдумажидов Ғ.А. ва бошқалар. Криминалистика: Дарслик. – Т., 2003. – Б. 17-20


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

524

ayrim hollarda mushtlashishga aylanib ketadi, ya’ni bunday hollarda qatnashchilarining о‘rni
о‘zgarib janjallashuvchi himoyalanuvchiga aylanib qolishi mumkin. Bunday vaziyalarda qо‘lga
tushgan xar kanday pichoq, tosh, yog‘och, taburetka, otverka va xakoza buyumlar ishlatilishi
mumkin

7

. Bu turdagi jinoyatlar asosan kechki payt sodir etilganligi sababli jinoyat izlarini

yashirish imkoni yо‘q. Sog‘liqqa shikast yetkazish jinoyati qо‘rqitish, qasos olish maqsadida ham
sodir etilishi mumkin. Bu vaziyatda jinoyat kuning har xil vaqtilarida, odamlar kam yoki umuman
yо‘q joylarda sodir etiladi. Jinoyatchi о‘zining jabrdiydasini qо‘lga tushirish maqsadida ayrim
hollarda pistirmada yotadi yoki uni kо‘zatib yuradi. Asosan xujum kutilmagan xolatda bо‘lganligi
sababli jabrlanuvchi zaruriy mudofaa choralarini qо‘llash imkoniyatiga xam ega bо‘lmay qoladi.

Ba’zan kutilmagan xolatda xujum qilinishidan kat’iy nazar xujum qilinuvchiga qarshilik

kо‘rsatish xollari xam uchrab turadi. Barcha hollarda hodisa sodir bо‘lgan joydagi ashyoviy
dalillar jabrlanuvchi va xujum qilinuvchining tanasidagi ularning kiyimlarida jinoyat qurolining
aloqasi natijasida muayyan izlarning paydo bо‘lishi kuzatiladi. Bu turdagi jinoyatning sodir
etilishida paydo bо‘ladigan izlar bular badandagi tan jaraxotlar, qon, kiyimlarda paydo bо‘lgan
nuqson izlari va mikroizlar (tan jaroxati natijasida badananing yuzaligiga yetkazilgan muxrsimon
jaroxatlar, kurol izida bо‘lgan о‘ziga xos belgilarni jabrlanuvchining tanasida zarba asosida aks
ettirilgani, qatlamsimon zarar, qurol qatlamlaridan uzilib tushgan qatlamli zarralar, badaning
yuzaligiga quroldan ajralib kirib ketgan zararlar) buyumlardagi tirnalgan, tilingan, sanchib
teshilgan va xakoza turdagi jaroxatlar hodisa sodir bо‘lgan joyda bо‘lgan odamlarning izlari, odam
tanasining qismlari (dinamik va statik), qо‘llar, oyoqlar izlari, olib ketilgan va qoldirilgan
buyumlarning va xar xil narsalarning izlari. Bu turdagi jinoyat ishini tergov qilish davomida
jinoyatchining shaxsi jinoyat sodir etishdan oldin va keyingi о‘zini tutishdagi jamiyatga qarshi
karatilgan xulqi bilan ta’riflanadi. Bu turdagi jinoyatlarni tergov qilish metodikasi yuqorida
ta’kidlangan о‘ziga xos xususiyatlarda aniqlanadi.

Jinoyatlar kriminalistik tavsiflarining mazmuni tavsiflanayotgan jinoiy qilmishning

mohiyatiga, tergov qilish xusisiy uslibiyotining turi va ishlanganlik darajasiga ilmiy tadqiqotnig
vazifalari va usullariga hamda bir qator omillarga bog‘liq bо‘ladi.

Jinoyatlar tо‘g‘risidagi eng tipik boshlang‘ich axborotning tavsifi jinoyatlar kriminalistik

tavsifining muhim elemertlari jumlasiga kiradi. Ana shu axborotning mazmuni va shakliga qarab
tekshirishga oid ishlar tartibi hamda ularni ochish, tergov qilish va ularni oldini olishning dastlabki
bosqichlari dasturlari belgilanadi.

Qasddan badanga о‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyati tо‘g‘risidagi eng tipik

boshlang‘ich axborot sifatida quyidagilarda ifodalanishi mumkin:

1) Jinoyatning ikki yoki undan ortiq shaxs tomonidan sodir etilganligini kо‘rsatuvchi

ma’lumotlar;

2) Jabrlanuvchiga yetkazilgan tan jarohatining xususiyatini kо‘rsatuvchi ma’lumotlar.
Ushbu jinoyat bо‘yicha axborotning bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilganligini

kо‘rsatuvchi ma’lumotlar jinoyatni bevosita kо‘rgan, bilgan shaxslarning kо‘rsatuvlarida
ifodalangan bо‘lishi mumkin bо‘lib, ularni bunday ma’lumotlarga ega shaxslardan aniqlash

7

Қаранг: Алимова Р.А., Норбоев А.Н. Жиноятларни тергов қилиш усуллари. Ўқув қўлланма. -Т.: ТДЮИ

нашриёти, 2007. - Б. 14.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

525

tushuntirishlar qabul qilish, tushuntirishlarda ifodalangan axborotlarni bir-biriga taqqoslash,
qaramaqarshiliklar mavjud bо‘lganda ularga aniqlik kiritish va oydinlashtirish hamda bartaraf
etish orqali olish mumkin.

Bu borada jinoyatdan jabrlangan shaxsdan olishi mumkin bо‘lgan ma’lumotlar ham muxim

ahamiyat kasb etadi. Bunda jabrlanuvchidan ma’lumot ola olish imkoniyati ya’ni tushuntirishlar
berishga qodirligi inobatga olinadi. Jabrlanuvchining bunday jinoyatlarda sog‘lig‘i holatiga kо‘ra
tushuntirish bera olmasligi, ma’lumot berishni xohlamasligi yoki qо‘rqish sababli axborot olishni
qiyinlashtirishi mumkin. Lekin jinoyat tо‘g‘risidagi axborot orqali tuziladigan tusmollarda
jabrlanuvchining axboroti yetakchi о‘rinlardan hisoblanadi.

Jinoyatlar kriminalistik tavsifining majburiy elementlari jumlasiga extimol tug‘ilgan

jinoyatchining va uning extimoldagi jabrlanuvchining shaxsi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar qiladi.

Ushbu ma’lumotlar jabrlanuvchi shaxsning jinsi, yoshi millati, uning shaxsiga oid

ma’lumotlar (ijtimoiy-demogrofik psihologik), salomatligi holati (jinoyat sodir etilishidan oldin
va keyin) tо‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqalar bо‘lishi mumkin. Kriminalistik uslubiyat
soxasidagi tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, jinoiy tajavuz jabrlanuvchi, jinoyatni sodir etish
usuli, uning xususiyatlari, oqibatlari va jinoyatchining shaxsi о‘rtasida muayyan aloqadorlik
bо‘ladi. Bunday aloqadorlik haqidagi kriminalistik ma’lumotlardan foydalanib, surishtiruvchi va
tergovchilar ayrim jinoyatlar yuuzasidan ehtimolda tutilgan jinoyatlarning shaxsi tо‘g‘risida asosli
tusmollarni olg‘a surishlari hamda tergov qilishlarning eng maqsadga muvofiq dasturni belgilab
olishlari mumkin.

Qasddan badanga о‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatining kriminalistik tavsifining

elementi sifatida eng tipik boshlag‘ich axborotni shakllantirishda gumon qilinuvchi (gumon
qilinuvchilar)dan olingan ma’lumotlar ham о‘ringa ega (bu shaxslar jinoyat ustida qо‘lga olingan
hollarda). Chunki gumon qilinuvchi (gumon qilinuvchilar) xuddi jabrlanuvchilar singari jinoiy
hodisaning bevosita qatnashchilari hisoblanadi. Qо‘lga olingan shaxs (shaxslar) javobgarlikdan
qо‘rqish, taqdirga tan berish, javobgarlikning yengillashtirilishidan umid qilish, boshqa ishtirokchi
(ishtirokchilar)ni yashirish yoki voqeani boshqa usulda о‘zgartirish maqsadida sodir bо‘lgan jinoiy
hodisa tо‘g‘risida tushuntirishlar berish mumkin.

Jabrlanuvchiga yetkazilgan tan jarohatining xususiyatlarini kо‘rsatuvchi ma’lumotlar

Qasddan badanga о‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatining kriminalistik tavsifi elementi
sifatida dastlabki axborotni shakllantirishda muxim о‘ringa ega. Bunda yetkazilgan tan
jarohatining og‘irlik darajasini ekspertiza orqali aniqlashni emas, balki, tan jarohatining
mavjudligini kо‘rsatuvchi ma’lumotlarning (masalan tashqi tomondan kо‘rinib turgan) о‘zi hodisa
yuzasidan tо‘planayotgan boshlang‘ich axborot uchun yetarli hisoblanadi. Yetkazilgan tan
jarohatining og‘irlik darajasini (О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 172-178-
moddalari) ekspertiza tayinlash va uning xulosasini olish orqali erishilgan ma’lumot boshlang‘ich
axbortni mustahkamlaydi, unga aniqlik kiritadi, oydinlashtiradi.

Qasddan badanga о‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatining kriminalistik tavsifi

tarkibiga, jinoyatni sodir etish va yashirish usullari haqidagi ma’lumotlar tizimi ham kiradi.

Jinoyatlarni sodir etish usuli deganda, jinoiy qilishni tayyorlash, sodir etish va yashirishga,

shu jumladan tegishli qо‘llar va vositalarni qо‘llashga, joy va vaqtni tanlashga, tegishli holatlardan
foydalanishga qaratilgan о‘zaro aloqador hamda о‘zaro bog‘liq holatlar tizimi tushuniladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

526

Ushbu jinoyat bо‘yicha quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
-jinoyatni tayyorlash, sodir etish va yashirish;
-jinoyatni sodir qilish joyi;
-jinoyatni sodir qilish vaqti;
-jinoyatni sodir qilishda qurollar va vositalarni qо‘llash.
Jinoiy qilmishni tayyorlash, sodir etish va yashirish jinoyatni amalga oshirish ketma-

ketligini ifodalaydi. Bir guruh shaxslar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarda tayyorgarlik
harakatlari quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin: tan jarohati yetkazish holatlari yо‘naltirilgan
shaxsni о‘rganish (kuzatish), bir guruhni shakllantirish, muayyan vaqtni kelishib olish (yoki
tо‘satdan), muayyan sharoitni kutish yoki yaratish va boshqalar (masalan qurol yoki vositalarga
ega bо‘lish). Tan jarohati yetkazish harakatlarini sodir etish, uni bevosita amalga oshirishni
ifodalaydi. Jinoyatni bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilishida harakatlarni bevosita birga
amalga oshirishlari, ijrochi sifatida qatnashishlari, tan jarohatlarini yetkazishga qaratilgan
harakatlarni har ikkala yoki undan ortiq shaxslar bajarishlari kо‘zda tutiladi

8

Bunda shaxslar

jabrlanuvchining tana qismining turli joylariga zarbalar berishlari (musht yoki boshqa predmetlar
yoxud oyoq bilan) mumkin. Albatta bu holda sodir etilgan qilmish nitijasida yetkazilgan tan
jarohatini о‘rtacha og‘irlikda deb baholanishi uchun sodir etilgan harakat (uning yetkazilish usuli,
qо‘llangan predmentning xususiyati) hayot uchun xavfli bо‘lmaganligiga e’tibor qaratish lozim.

Ushbu jinoyatni yashirish quyidagi harakatlar amalga oshirilishi mumkin: ishtirokchilar

yuzlariga niqob taqib harakat qilishlari; jabrlanuvchiga qо‘qisdan ortdan tajovuz qilishlari,
jabrlanuvchini oshkor qilmaslik tо‘g‘risida «ogohlantirishlari» qilmish sodir etilgan ma’muriy
xududiy birlikdan chiqib ketishlari (viloyatdan viloyatga yoki umuman boshqa hududga),
qilmishni hech qanday guvohlarsiz amalga oshirishlari va buning uchun muayyan sharoit yaratish
yoki kutishlari; voqeadan habardor shaxslar (shu jumladan, bevosita guvohlar) ni
«ogohlantirishlari», qilmishni bevosita amalga oshirgan shaxslar о‘zaro kelishib olishlari
(qilmishni sodir etgan vaqtda (kun, soat) birga bо‘lmaganlari yoki umuman bir-birlarini
tanimasliklari tо‘g‘risida) va hokazolar.

Jinoyatni sodir qilish joyi har qanday hudud bо‘lishi mumkin: kofe-bar, о‘quv yurtlari,

kо‘cha, maxalla (xatto xonadon), bozor, jamoat joylarida ham bо‘lishi mumkin. Bir guruh shaxslar
tomonidan (ayrim hollarda yakka shaxs tomonidan sodir etilganda ham) sodir etilishini inobatga
olsak, ushbu jinoyat kо‘proq muayyan sharoitlarga ega joylarda amalga oshiriladi.

YA’ni kishilar kо‘zidan holi, kameralashtirilmagan, ovloq joylarda bajariladi. Bunday

joylar sifatida yaxshi yoritilmagan kо‘chalar, katta binolarning orqa tomoni, о‘quv yurtlarida esa
aksariyat hollarda hojatxonalar va ularning atroflarida sodir etiladi.

Jinoyat sodir qilish vaqti umumiy tan jarohat yetkazish jinoyatlaridan kelib chiqib, kunning

ikkinchi yarmida (aksariyat hollarda) sodir etiladi.

Jinoyatni sodir etishda muayyan vositalarni qо‘llash. Bunda jinoyatning xususiyati (tan

jarohatining og‘irlik darajasi) dan kelib chiqib xayot uchun xavfli bо‘lmagan predmetlar nazarda
tutiladi. Masalan, maishiy rо‘zg‘or buyumlari, suviner pichoqlar, taxta bо‘laklari va boshqalar

8

Қаранг: Ўзбекитон Республикаси Олий суди Плунумининг 2007-йил 27-июньдаги «баданга қасддан шикаст

етказишга оид ишлар бўйича суд амалиёти тўғрисида»ги №6-сонли карори 16-банд


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

527

bо‘lishi mumkin. Bunday jinoyatlar kо‘pincha qо‘l mushti yoki oyoq orqali amalga oshiriladi.

Qasddan badanga о‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatini tergov qilishda aniqlanishi

lozim bо‘lgan holatlar doirasi jinoyatlar kriminalistik tavsifining yana bir elementi hisoblanadi.

Jinoyatlar zamonaviy kriminalistik tavfsiflarining aksariyatida ularni tergov qilish paytida

aniqlanishi lozim bо‘lgan jinoyatlar tartibining asosiy elementlari muayyan tizimga solingan
holatlar rо‘yxati keltiriladi. Bular:

a) tajovuz nimaga qaratilgan, nimaga zarar yetkazilgan, zararning miqdori. Tadqiq

etayotgan jinoyatimiz bо‘yicha tajovuz qilish obyekti jinoiy-xuquqiy jixatdan shaxs sog‘lig‘ini
ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Bunda tajovuz amalga oshirayotgan shaxslarning
harakatlari о‘zga shaxsning (javobgarlikning) sog‘lig‘iga zarar yetkazishga qaratilgan bо‘lishi
lozim. Zero, tajovuz qiluvchi shaxslar harakatlari о‘zga shaxs (jabrlanuvchi) ni xayotdan maxrum
etishga, uning mulkka bо‘lgan xuquqidan maxrum etishga yoki jinsiy erkinlikning yoxud boshqa
obyektlarga qarshi yо‘naltirilgan bо‘lsa, jinoyatni tan jarohati (og‘irlik darajasiga qarab) yetkazish
deb baholash emas, balki Jinoyat kodeksi Maxsus qismining boshqa moddalari bilan kvalifikatsiya
qilinishiga olib keladi.

Tajovuz qilish natijaspida nimaga zarar yetkazilganligin aniqlash ham muhim hisoblanadi.
Tan jarohati yetkazish jinoyatlarida jismoniy zarar inson tanasining turli sohalariga

yetkaziladi. Lekin jinoiy-huquqiy nuqtai nazardan qilmishning subyektiv tomon belgilari uning
obyektiv tomon belgilaridan anglashilishi mumkin, ya’ni tan jarohati yetkazish sohasi (tan
jarohatining qaysi qismi) dan kelib chiqib tajovuz aslida nimaga qaratilganligi ayon bо‘lishi
mumkin. Masalan, kichik hajmdagi pichoq yoki sanchuvch predmet bilan bо‘lsada, о‘zga shaxs
(jabrlanuvchi) ning yurak, bо‘yin sohasi yohud musht bilan bо‘yinning old tomoniga urish о‘zga
shaxsni (jabrlanuvchini) hayotdan maxrum qilishga qaratilgan harakat hisoblanadi.

Tajovuzni amalga oshirgan shaxs о‘ldirish maqsadida harakat qilmaganligini bidirsada,

uning qilmishida hayotdan maxrum etishga qaratilgan qasd mavjudligi anglashiladi.

Ushbu jinoyat bо‘yicha zararning yetkazilish mexanizmiga aniqlik kiritish lozim. Jinoiy

zararnig tananing qaysi sohasida joylashganligi, uning shakli, о‘lchamlari, xususiyati, kelib
chiqish mexanizmi (qanday predmet yoki qaysi yо‘l bilan keltirib chiqarilishi mumkinligi) ham
aniqlanishi lozim.

Yekazilgan zararning miqdori tan jarohatining xususiyati va og‘irlik darajasini aniqlash

orqali belgilanadi. Bunga shaxsga (jabrlanuvchiga) nisbatan sud-tibbiy ekspertiza tayinlash va
uning xulosasini olish orqali erishiladi;

b) tajovuzning qayerda, qachon, qay tarzda, bir shaxsning yoki bir necha kishining

harakatlari bilanmi, ulardan tutgan о‘rni, roli, qanday holatlarda, oqibalari qanaqa, yetkazilgan
zarar, qilmish va oqibatlar о‘rtasidagi sababiy bog‘lanish, jinoyatga kо‘maklashgan holatlar va
xokazo.

Ushbu jinoyat bо‘yicha harakatalar amalga oshirish nimalarda о‘z ifodasini topganligi,

ushbu harakatlar (masalan, zarbalar berish) necha bor va qanday yо‘nalishda amalga oshirilganligi,
ushbu harakatalar qanday oqibatlar kelitirib chiqarganligi, qilmish va oqibat о‘rtasidagi sababiy
borg‘lanish (ya’ni kelib chiqqan oqibatning aynan sodir etilgan harakatlar natijasida yuzaga
kelganligi), bundan tashqari qilmish sodir etilgan hudud – aniq manzil, oriyentori, vaqti, sanasi,
soati ham aniqlanishi lozim (bular ushbu vaqtda va hududda kimlar bо‘lishi mumkinligi yoki


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

528

bо‘lganligi, ularni ishda guvoh sifatida ettirish hamda kerakli ma’lumotlar yig‘ilishida ham muhim
hisoblanadi);

v) tajovuzni kim sodir etdi, unining shaxsini tavsiflovchi ma’lumotlar, agar shaxslar guruhi

ishtirok etshgan bо‘lsa, ular kimlar.

Jinoyat bо‘yicha tajovuz – tan jarohati yetkazishga qaratilgan harakatlarni amalga

oshiruvchi shaxslar, ularnig familiyasi, ismi, sharifi, tug‘ilgan yil, oy kuni, jinsi tо‘g‘risidagi
ma’lumotlar aniqlanishi kerak. Bundan tashqari har bir shaxsning tug‘ilgan va yashash joyi, ish
joyi va kasbi, oilaviy ahvoli, sudlanganlik holati ham tekshirilib, aniqlik kiritilishi lozim. Jinoyatni
sodir etgan bir guruh shaxslar о‘rtasidagi munosabatlar ham muhim hisoblanadi. Bu jinoyatni sodir
etishdan kо‘zlangan maqsad, ularni birlashtirgan sabablar hamda ayblilik darajasini ochishda
muhim о‘ringa ega;

g) ayb, uning shakli, qasddan qilingan ayb bо‘lsa, uning sababi va maqsadi.
Jinoyatni sodir etishda aybning mavjudligi sodir etilayotgan harakatlar shaxs ruhiy

munosabati munosabati bilan bog‘liqligini anglatadi. Qilmishni jinoyat deb topish uchun
shaxsning (tajovuzni amalga oshiruvchi shaxsning) qilmishga nisbatan qasd yoki ehtiyotsizlik
shaklidagi ruhiy xulq-atvori bо‘lish zarur. Chunki qilmishda aybning har ikkala shaklining ham
bо‘lmasligi uni jinoyat emas, balki aybsiz holda zarar yetkazish deb topilishi hamda jinoyat
sifatida baholanmasligiga olib keladi

9

.

Masalan, qilmishni «о‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabiti bilan shaxsga

yoki uning yaqin qarindoshlariga bunday shaxs tomonidan о‘z xizmat faoliyati yoki fuqarolik
burchni bajarishga tо‘sqinlik qilish, shuningdek, bunday faoliyat uchun о‘ch olish maqsadida
qaksddan о‘rtacha og‘ir shikast yetkazgan aybdorning haraktalri Jinoyat kodeksi 105-modda «v»
bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi

10

.

Bundan tashqari, «oilada, uyda qarindosh-urug‘, tanish-birordarlarga nisbatan sodir etilgan

haqoratlash, urish-dо‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish kabi holatlar, agar shaxsiy
kelishmovchilik natijasida kelib chiqqan bо‘lsa yoxud jabrlanuvchining nojoiz xatti-harakatlari
oqibatida sodir etilgan bо‘lsa, shaxsga qarshi jinoyat deb baholanshi va Jinoyat kodeksi Maxsus
qismining tegishli moddalari bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.

9

Қаранг: Ўзбекисон Республикаси Жиноят кодекси 24-модда

10

Қаранг: «Баданга қасддан шикаст етказишга оид ишлар бўйича суд амалиёти тўғрисида» ги 2007-йил 27-

июндаги Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг №6-сонли қарори 8-банд