Authors

  • Xurshidaxon Raximiy

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.41448

Keywords:

Zulfiya Israelova poetry statesman reading poems publishing house editor head of department magazine works collecton International Prize Asia Africa Russian English German Indian Bulgarian Chinese Arabic Percian spiritual moral Eastern woman India.

Abstract

This article gives an artistic vision of the life and work of Zulfiya Israelova, as well as her poetic collections.

background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


71

OʻZBEGIM ZULFIYASI

Raximiy Xurshidaxon Sharifovna

Xorazm viloyati Urganch shahri Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali

1-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13774345

Annotatsiya. Ushbu maqolada Zulfiya Isroilovaning hayoti va ijodi, hamda uning she’riy

toplamlari haqida badiiy qarashlar berilgan.

Kalit soʻzlar: Zulfiya Isroilova, she’riyat, davlat arbobi, mutolaa, she’rlar, nashriyot,

muharrir, boʻlim boshligʻi, jurnal, asarlar, toʻplam, Xalqaro sovrin, Osiyo, Afrika, Rus, Ingliz,

Nemis, Hind, Bolgаr, Xitoy, Arab, Fors, ma’naviy, axloqiy, Sharq ayoli, Hindiston.

ZULFIYA OF UZBEK

Abstract. This article gives an artistic vision of the life and work of Zulfiya Israelova, as

well as her poetic collections.

Key words: Zulfiya Israelova, poetry, statesman, reading, poems, publishing house, editor,

head of department, magazine, works, collecton, International Prize, Asia, Africa, Russian,

English, German, Indian, Bulgarian, Chinese, Arabic, Percian, spiritual, moral, Eastern woman,

India.

ЗУЛЬФИЯ УЗБЕКА

Аннотация. В этой статье представлены художественные взгляды на жизнь и

творчество Зулфии Исраиловой, а также ее сборники стихов.

Ключевые слова: Зулфия Исраилова, поззия, государственный деятель, чтение,

стихи, издатель, редактор, заведующий отделом, журнал, шедевр, коллекция,

Международнйй приз, Азия, Африка, Русский, Англиский, Немецкий, Хинди, Болгарский,

Китайский, Арабский, Персидский, духовный, моральный, Восточная женщина, Индия.

Benazir ayol, buyuk ona, vafo va sadoqat timsoli shoira Zulfiya Isroilovaning

tavalludigaham 108 yil boʻlibdi.

XX asr oʻzbek she’riyatining zabardast vakillaridan biri, davlat arbobi Zulfiyaxonim

bugungi kun oʻquvchilari uchun yaxshi tanish. Maktab darsliklarida shoiraning qator she’rlarini

mutolaa qilganmiz. Vatan, muhabbat, vafo, ezgulik tuygʻulariga yoʻgʻrilgan she’rlar

barchamizning koʻnglimizdan munosib joy olgan.

Oʻzbek xalqining sevimli adibasi 1915-yil 1-martda Toshkentda tug’ilgan. 1938-1948-

yillarda, Bolalar nashriyotida muharrir, O’zbekiston Davlat nashriyotida boʻlim boshlig’i, 1950-


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


72

1953-yillarda “Oʻzbekiston xotin-qizlari”, “Saodat” jurnalida boʻlim boshligʻi, 1953-1980-

yillarda esa bosh muharrir boʻlib ishlagan.

Ulardan tashqari “She’rlar” va “Qizlar qoʻshigi” (1938) kabi poetik asarlari, Ikkinchi jahon

urushi davrida “Uni Farhod der edilar” (1943), “Hijron kunlarida” (1944), kabi toʻplamlarining

nashr etilishi adibaning peshqadam shoirlar qatoriga dadil kirib kelayotganidan nishona edi.

“Uylar”, “Shalola” kabi she’riy majmualari uchun Davlat mukofoti sovrindori boʻlgan.

Hind mavzuyidagi she’rlari uchun Javoharlar Neru nomidagi xalqaro sovrin, tinchlik va

doʻstlikni tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari

harakatidagi faol ishtiroki uchun xalqaro “Nilufar” mukofotiga sazovor boʻlgan.

“Dalada bir kun” (1948), “Tong qoʻshigʻi” (1953), “Men tongni kuylayman”, “Yuragimga

yaqin kishilar” (1958), “Kuylarim sizga” (1965), “Soʻroqlaydi shoirni she’rim” (1960), “Oydin”

(1953), “Mushoira” (1958), “Quyoshli qalam” (1967) kabi toʻplamlari esa shoira ijodining gultoji

hisoblanadi.

She’rlari rus, ingliz, nemis, bolgar, xitoy, arab, fors va boshqa tillarga tarjima qilingan.

Shoira Nekrasov, Lermantov, V.inber, Lesya Ukrainka, Edi Ognetsvit, M.Dilboziy, Amrita

Pritom asarlarini oʻzbek tiliga mahorat bilan oʻgirgan.

“Muhtaram Prezidentimizning Zulfiyaxonim tavalludining 100 yilligini nishonlash

haqidagi qarori munosabati bilan joylarda oʻtkazilayotgan tadbirlar, hotira kechalarida biz

ustozning ibratli hayoti, shaxsiga bir karra sogʻinchli nigoh tashlaymiz, unuta boshlaganlarimizni

eslaymiz. “Xalq mehrida yorman el shuhratiga”, - deya ijod qilgan, yashagan ulugʻ inson qalbiga

yaqinroq boramiz” - deyiladi “Til va adabiyot” jurnalining 2015-yil 1-sonida.

Shoira haqida oldinham va hozirham hamma yaxshi fikrda boʻlgan va hozirham

boʻlyaptilar. Shoiraning she’rlari abadiiy qalbimizda muhrlanadi!

“Shunday insonlar borki, hayotligingizdayoq uning umri afsonalarga, goʻzal qoʻshiqlarga

aylanadi. Uning mukammal hislatlari millatning ma’naviy-axloqiy qiyofasini oʻzida aks ettiradi.

Oʻzbekiston xalq shoirasi, jahonga mashhur Zulfiyaxonim chin ma’noqa Sharq ayolining,

donishmand, fozila onalarning timsoliga aylangan edi. U nechog’lik ulugʻ martabalarga

erishmasin, xalqning oʻzida sodda, oliyjanob va barchaga birday yaqin edi”, -deydi “Saodat”

jurnalining 1996-yil N5 sonida.

O‘zining jozibali ijodi, nurga yoʻgʻrilgan faoliyati bilan oʻzbek ayolining timsoliga

aylangan shoira biz uchun ardoqlidir.

1956-yil oʻzbek she’riyatining oʻlmas va betakror shoirasi Zulfiya Isroilova Hindistonda

boʻlib oʻtgan Mushoirada qatnashib, davradagi barcha shoiralarni qoyil qoldirib, oʻzbek


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


73

she’riyatining yorqin namoyondasi sifatida nechogʻlik tajribali, sozga boy, iste’dodli shoira

ekanligini namoyon etgan.

Zulfiyaxonim XX asr oʻzbek adabiyotida, she’riyat va dostonchilikda sezilarli iz qoldirgan

shoira hisoblanadi. Uning she’riyatida hayot zavqi, yaratish shavqi va gʻoliblik gʻururi, kelajak

sururi hamda insonlar baxti, oshiqlar ahdi, xalqning yovga, yomonlikka gʻazabi, qirqin urush

keltirgan hijron azobi-yu ayolning bardoshi, xullas xilma-xil hayotiy, insoniy tuygʻular, fikrlar,

gʻoyalar ifodalanadi.

REFERENCES

1.

Zulfiya Isroilova. “Bahor keldi seni soʻroqlab”, “Yangi asr avlodi” nashriyoti. Toshkent.

2016-y. (2-3) bet.

2.

Davlat mukofoti sovrindorlari ijodidan. “Zulfiyaning qizlari”, Gʻafur Gʻulom nomidagi

“Adabiyot va san’at” nashriyoti. Toshkent. 2000-y. (1-2) bet.

3.

“Toʻmaris izdoshlari” jurnalist ayollar klubi (Jamoat toʻplami). “Zulfiyaxonim va uning

xorazmlik qizlari”, “Xorazm” nashriyoti. Urganch. 2015-y. (2-82) bet.

4.

“Til va adabiyot” jurnalining 2015-yil 1-sonida.

5.

“Saodat” jurnalining 1996-yil 5-sonida.

References

Zulfiya Isroilova. “Bahor keldi seni soʻroqlab”, “Yangi asr avlodi” nashriyoti. Toshkent. 2016-y. (2-3) bet.

Davlat mukofoti sovrindorlari ijodidan. “Zulfiyaning qizlari”, Gʻafur Gʻulom nomidagi “Adabiyot va san’at” nashriyoti. Toshkent. 2000-y. (1-2) bet.

“Toʻmaris izdoshlari” jurnalist ayollar klubi (Jamoat toʻplami). “Zulfiyaxonim va uning xorazmlik qizlari”, “Xorazm” nashriyoti. Urganch. 2015-y. (2-82) bet.

“Til va adabiyot” jurnalining 2015-yil 1-sonida.

“Saodat” jurnalining 1996-yil 5-sonida.