ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
168
DARAXTLARNING KESILISHINI EKOLOGIYAGA TA’SIRI
Raximiy Xurshidaxon Sharifovna
Xorazm viloyati Urganch shahri
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali 1-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13774581
Annotatsiya. Ushbu maqolada tabiatimizdagi daraxtlarning kesilishini ekologiya va atrof-
muhitga jiddiy zarar keltirishi, hamda turli kasalliklarni keltirib chiqarishi haqida ilmiy qarashlar
berilgan.
Kalit soʻzlar: Yashil maydon, havo harorati, zonalar, kondensatsiya, ventilyatsiya,
ekologiya, atrof-muhit, tabiat, atmosfera, parnik gazlari, ish haqi, ma’muriy, oʻsimlik, daraxt,
spirt, fitosid modda, hudud.
THE EFFECT OF CUTTING TREES ON THE ECOLOGY
Abstract. This article provides scientific views on the fact that the cutting of trees in our
nature causes serious damage to ecology and the environment, as well as various diseases.
Key words: Green area, air temperature, zone, condensation, ventilation, ecology,
environment, nature, atmosphere, greenhouse gases, salary, administrative, plant, tree, alcohol,
phytacid substance, area.
ВЛИЯНИЕ ВЫРУБКИ ДЕРЕВЬЕВ НА ЭКОЛОГИЮ
Аннотация. В этой статье представлены научные взгляды на то, как вырубка
деревьев в нашей природе может нанести серьезный ущерб экологии и окружающей среде,
а также вызвать различные заболевания.
Ключевые слова: Зеленая зона, температура воздуха, зоны конденсации,
вентиляция, экология, окружающая среда, природа, атмосфера, парниковые газы,
заработная плата, админстративный, растение, дерево, спирт, фитоцидное вешество,
территория.
Dunyo boʻyicha yashil maydonlar quruqlikning 30% ni tashkil qiladi. Oʻrta kattalikdagi
daraxt kuniga uch kishining nafas olishi uchun zarur boʻlgan miqdorda kislorod chiqaradi.
Oʻsimliklar shahar muhitini mikroilqimini yaxshilaydi, tuproqni, binolarning sirtini, yo’l
sirtini haddan tashqari qizib ketishidan himoya qiladi. Hozirgi kunda dunyodagi rivojlanayotgan
mamlakatlar kabi, shaharlarning rivojlanishi oqibatida ekin maydonlarining qisqarishi ortib
bormoqda. Yozda shaharlardagi havo harorati oʻsimliklarnikiga qaraganda ancha yuqori. Katta
bugʻlanish qobilyatiga ega boʻlgan yashil maydonlar havo namligi va haroratiga sezilarli ta’sir
koʻrsatadi, ijobiy issiqlik hissini keltirib chiqaradi. Yashil zonalar huddi namlikni tartibga soladi:
quruqlik davrida oʻsimliklar bugʻlanishini oshiradi, yuqori namlikda suv bugʻlari barglarda –
salqin yuzalarda kondensatsiyalanadi. Daraxtlar va butalar yordamida butun shahar hududini yoki
uning alohida qismlarini ventilyatsiya qilishni yaxshilash shahar rivojlanishini salbiy
shamollardan himoya qilish, havo harakati tezligini tartibga solish va havo oqimlarining
yoʻnalishini oʻzgartirish mumkin. Hozirgi kunda shahar yashil fondi 45383, 41 gektar maydonni
egallaydi, bu shahar hududining 56, 7% ini tashkil qiladi.
Soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda respublikamizning turli burchaklarida
daraxtlarning noqonuniy kesilayotgani bilan bogʻliq xabar va videolavhalar keng tarqaldi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
169
Odamlar tabiatga yetkazilayotgan bu zarardan keskin norozi. Ayrimlar koʻchalardagi
daraxtlardan hukumat qarori bilan kesilyapti, degan oʻyda hodisaga beparvo qarayotgan boʻlsa,
boshqalar qonunbuzarlik haqida darhol tegishli tashkilotlarga xabar bermoqda. Ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining ma’lum qilishicha, soʻnggi bir hafta ichida
tashkilotga shahardagi daraxt va butalarning noqonuniy kesilishi bilan bogʻliq 88 ta murojaat kelib
tushgan.
˗ “Inson faoliyati va tabiatga bevosita ta’siri natijasida yil sayin atmosfera qatlami zaharli
karbonat angidrid va boshqa gazlarga toʻlib bormoqda”- deydi. Ekologiya va atrof - muhitni
muhofaza qilish davlat qoʻmitasining ekologik nazorat inspeksiyasi boshligʻi Oʻlmas Sobirov.
Olimlarning ta’kidlashicha 2000 – 2010-yillar atmosferada parnik gazlarning soʻnggi 30
yildagi eng kuchli toʻplanishi kuzatilgan. 2014-yil esa, ularning havodagi zichligi rekord
darajasiga yetgan. Bu insoniyat uchun chinakam fojiadir. Chunki odamzotning yashashi va nafas
olishi uchun, toza havo kerak. Buning eng maqbul yoʻllaridan biri daraxtlardir.
Agarda daraxtlarni noqonuniy kesishsa, eng kam ish haqining 300 barobaridan oshmasa,
qonunbuzarlarga nisbatan ma’muriy javobgarlik qoʻllaniladi. Bunda oʻsimlik dunyosiga keltirgan
zarar diametri boʻyicha hisoblab chiqiladi va barchasi qonunni buzganlardan undiriladi.
Daraxtlar kesilaversa, biz ularni oldini olmasak, oqibatda quyosh nurlaridan turli xil
kasalliklarning kelib chiqishiga sabab boʻladi. Quyosh odatda rangli va koʻrinmas nurli toʻlqinlar
tarqatadi. Infraqizil va ultrabinafsha nurlari koʻrinmas sanaladi. Ularning koʻrinmas nurlari inson
organizmiga koʻproq ta’sir oʻtkazadi. Natijada, oftob urushi, koʻngil aynishi, bosh ogʻrishi,
aylanishi, hushdan ketish, terining quruqlashishi, teri saratoni, koʻzning toʻrpardasi zararlanishi,
terining qarishi, ajin tushishi, terida dogʻlar paydo boʻlishi, yuzda sepkillar boʻlishi, sochning
qurishi, sochning toʻkilishi, sochning rangining xiralashishi kabi kasalliklarga sababchi boʻladi.
Shuning uchun daraxtlar bizga kerak. Ular salqin havoni ta’minlab, quyosh nurlarida oz
miqdorda boʻlsa ham saqlab turishiga yordam beradi.
Bugungi kunda turli davlat tizimiga ega bo’lgan mamlakatlar, har xil irqqa, dinga va
millatga mansub xalqlar tinch-totuv yashash yoʻlini tutib, bir-birlariga yordam qoʻlini
choʻzmoqdalar. Shunday bir sharoitda sayyoramiz hayotiga havf solib turgan hatar borki, uni faqat
barcha davlatlar birlashib bartaraf etishi mumkin. Bu ham boʻlsa, Yer yuzidagi atrof-muhit
holatining yomonlashuvi va buning natijasida ro’y berishi mumkin boʻlgan ekologik halokat
havfidir. Shuning uchun tabiatga ozor yetkazmaylik. Daraxtlar havodagi zararli karbonat
angidridni yutib, oʻrniga kislorod ishlab chiqaradi va bizning nafas olishimizga yordam beradi.
Undan tashqari ular issiqda salqinlikni beradi, atrof-muhitni shovqinlardan himoya qiladi.
Ma’lumotlarga koʻra, hozirgi kunda dunyo bo’yicha 3 trillion atrofida daraxt mavjud.
Biroq har bir daqiqada ularning 27 ta futbol maydoniga teng qismi kesilmoqda. Yana bir
ma’lumotni aytib o’tish joizki, Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev (2019-2020)
yillar atrofida “Yashil makon” umummilliy loyihasini e’lon qilgandi. Selektrda Prezidentimiz
“Har bir Shahar va tuman markazida 2 tadan “Yashil maydon” va jamoat parklari tashkil etiladi”
- degan edi. Loyiha doirasida yiliga 200 mln tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish rejalashtirilgan
edi. Bu loyiha yaxshi tarzda samara berib, oʻz natijasini koʻrsata oldi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
170
Tabiat bizga turli xil in’omlar beryapti. Tabiatdan turli xil narsalar olyabmiz. Ayniqsa
daraxtlardan koʻplab narsalar olamiz. Masalan; daraxtdan qogʻoz, qaragʻay daraxtidan spirt,
fitosid modda va h.k. Bunga misol “Zomin” sihatgohida. Bu hududda mikroorganizmlar kamroq.
Shuning uchun bu yerning aholisi uzoq umr koʻrishadi, bizga nisbatan. Archalar toza
havoni ta’minlashga yordam beradi. Nafaqat archalar, barcha daraxtlar bizga zarur. Ularni besabab
kesmaylik. Ekologiya va atrof muhitni asraylik!
REFERENCES
1.
“Ekologiya va madaniyat”. Bo’ri Ziyomuhammedov. “Mehnat” nashriyoti va “Chinor” ENK.
Toshkent 1997kon.
