Authors

  • Sodiqjon Xalilov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.41567

Keywords:

Reinforced concrete modern types of foundations bridge design volume of materials project management management efficiency.

Abstract

This article includes the development of control of girder reinforced concrete bridges. The main purpose of the variant project is the modern types of intermediate devices, main materials of supports, foundations. Also, the article includes the main cases of comparison of options and suggestions for making an optimal decision, showing the main schemes of bridges in examples, and developing an explanation of the drawing account.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

179

KO‘PRIK QURILISH LOYIHALARI BOSHQARUVI SAMARADORLIGINI

TA’MINLASH

Xalilov Sodiqjon Qayumovich

Bank-moliya akademiyasi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13788692

Annotatsiya. Mazkur maqola to’sinli temirbeton ko’priklarning boshqaruvini ishlab

chiqishni o’z ichiga oladi. Bunda variant loyihasining asosiy maqsadi oraliq qurilmalarning
zamonaviy turlari, tayanchlar, poydevorlar asosiy materiallari ko’rsatilgan. Shuningdek,
maqolada variantlar taqqoslashni asosiy holatlari va optimal qaror chiqarish, ko’priklarning
asosiy sxemalarini misollarda ko’rsatish va chizma hisob tushuntirish xatini ishlab chiqish uchun
takliflar kiritilgan.

Kalit so`zlar: Temirbeton, poydevorlarning zamonaviy turlari, ko’prikni loyihalash,

materiallar hajmi, loyihalari boshqaruvi, boshqaruvi samaradorligi.

ENSURING THE EFFICIENCY OF MANAGEMENT OF BRIDGE CONSTRUCTION

PROJECTS

Abstract. This article includes the development of control of girder reinforced concrete

bridges. The main purpose of the variant project is the modern types of intermediate devices, main
materials of supports, foundations. Also, the article includes the main cases of comparison of
options and suggestions for making an optimal decision, showing the main schemes of bridges in
examples, and developing an explanation of the drawing account.

Key words: Reinforced concrete, modern types of foundations, bridge design, volume of

materials, project management, management efficiency.

ОБЕСПЕЧЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ УПРАВЛЕНИЯ ПРОЕКТАМИ

СТРОИТЕЛЬСТВА МОСТОВ

Аннотация. В данной статье рассматриваются вопросы управления балочными

железобетонными мостами. Основная цель вариантного проекта – современные типы
промежуточных устройств, основные материалы опор, фундаментов. Также в статье
приведены основные случаи сравнения вариантов и предложения по принятию
оптимального решения, показаны на примерах основные схемы мостов и разработаны
пояснения к расчету чертежа.

Ключевые слова: Железобетон, современные типы фундаментов, проектирование

мостов, объемы материалов, управление проектами, эффективность управления.

Temirbeton ko’priklar qurish uchun asosiy qurilish materialidir. Zo’riqtirilgan temirbeton

qurilmalar bo’yicha tuzilgan. Xalkaro federatsiyaning (FIP) ma’lumotlariga ko’ra, hozirgi vaqtda
qurilayotgan ko’priklarning 60% zo’riqtirilgan temirbetondan, 30%-oddiy temirbetondan va fakat
10% gina metalldan quriladi [1]. Temirbetondan umumiy holda foydalanishning dastlabki sharti,
metallni kam sarflanishi va beton to’ldiruvchilari va biriktiruvchilarini ishlab chiqarish uchun
ishlatiladigan xom ashyolar zahirasining ko’pligidir. Yuqori sifatli qilib loyihalangan va qurilgan
temirbeton ko’priklar uzoq saklanadi va foydalanish davrida katta xarajatlarni talab qilmaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

180

Bunga Rossiyada Don daryosiga qurilgan oraliq qurilmasi 20 va 25 m. dan bo’lgan

ko’prikni misol qilish mumkin. Bu ko’prik 80 yildan ko’prok foydalanishda bo’lib, hozirgi kunda
piyodalar harakati uchun foydalanilmoqda.

Loyihalanayotgan ko’prikli inshoot, foydalanish davridagi, ekologik, iqtisodiy, ishlab

chiqarish va me’morchilik xususiyatlariga ega bo’lgan qator asosiy talablarini qanoatlantirishi
kerak.

Foydalanish davridagi talablar ishonchligi, pishiq va inshootni uzluksiz foydalanishda

bo’lishini, hamda transport vositalari va piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlashdan iboratdir.

Qatnov qismi va piyodalar yo’llarining kengligi, kelajakdagi hisobiy o’tkazish qobiliyatiga

to’g’ri kelishi kerak. Ko’prik inshootining bo’ylama kesimi tekis bo’lishi kerak. Oraliq qurilmalari
yuklar o’tgandan tashqari egilish va tebranishlarga yo’l qo’ymaydigan mustahkamlikka ega
bo’lishi kerak.

Transport vositasining ko’prikdan tushib ketmasligini hamda, piyodalar xavfsizligini

ta’minlovchi kerakli to’sinlar o’rnatilishi kerak.

Inshootlarning pishiqligi, mustahkam va chidamli xususiyatlari qurilish normalari va

davlat standartlari talablarini qondiradigan materiallarni qo’llash orqali ta’minlanadi. Bunda
qoplamalar ustidan suv qochirish ishlari yaxshi bajarilishi kerak. Inshootning pishiqligi yana
qurilish-montaj ishlarini qanchalik sifatli bajarilganligiga ham bog’liq bo’ladi.

Qurilmalar shunday loyihalanish kerakki, ko’prikni ko’rikdan o’tkazish va ta’mirlashni

bajarish qulay bo’lsin. Ko’prik oralig’i, oraliq qurilmalar uzunligi va qurilmalarining daryodagi
suv sathidan balandligi toshqinlar, muz oqimlari va shox - shabbalar oqimlarini xavf-xatarsiz
o’tkazib yuborishni ta’minlashi, hamda kemalar qatnovi va yog’och oqizish talablariga javob
berishi kerak.

Foydalanishi davridagi ko’prikka qo’yiladigan talablar asosiy hisoblanadi. Ekologik

talablarga - hozirgi zamon ko’prikli o’tish joylarini, yo’lo’tkazgichlarni, havonlarini
loyihalashtirilgan joylarda atrof muhitga yetkaziladigan zararni iloji boricha minimal qiymatga
keltirish shartlarini o’z ichiga oladi. Loyihalash davrida ko’prikli o’tish joylari yuk chiziqlarini
o’tkazishni davlat qo’riqxonalari, tabiat va madaniyat obidalari, daryo bo’ylaridagi o’rmon
polosalari joylashishini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilmog’i zarur.

Botqoqliklar, yemirilishlar hosil bo’lishini oldini olish, ekologik muvozanatni va baliq

zahiralari himoyasini saqlab qolish, qurilish davrida vaqtincha foydalanishda bo’lgan yerlarni
qayta tiklash va serhosil tuproqlardan qayta foydalanish bo’yicha chora va tadbirlar ko’zda tutiladi.

Shaharlarda asosiy e’tiborni me’morchilik obidalarini saqlash va shovqinga qarshi

tadbirlarga qaratiladi. Zarur bo’lganda yo’lo’ltkazgichlar va ularga kirish joylarida shovqindan
himoya qiluvchi to’siqlar qurilishi mumkin.

Iqtisodiy talablar - loyihalanayotganda ko’priklarni qurishda va ulardan foydalanish

davrida iloji boricha kam xarajat va materiallar talab qiladigan yechimlarni tanlashdan iboratdir.

Bunda ko’prik qurilishidagi kapital mablag’larni qoplash davri me’yoridagidan oshib

ketmasligi kerak (taxminan sakkiz yil).

Ko’prikni loyihalash - bir necha ketma - ket bosqichlarda hal qilinadigan murakkab

muhandislik vazifasidir. Boshlang’ich bosqichda ko’prikning bosh o’lchamlarini aniqlanadi,
oraliq qurilmalar uzunliklari belgilanadi, oraliq qurilmalar, tayanchlar va poydevolarining turlari


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

181

tanlanadi. Buni ko’prik inshootining turli variantlarini ishlab chiqish va ularni solishtirish yo’li
bilan hal qilinadi. Variantli loyihalash asosida ko’prikning optimal konstruktiv-texnologik
yechimlari tanlanadi.

Talaba ko’prik variantlarini muvaffaqiyatli ishlab chiqarishi uchun, ko’priklarni

loyihalash, zamin va poydevolar, ko’priklar qurilishi kurslari bo’yicha, hamda ularga yaqin
bo’lgan: qurilish mexaniqasi, qurilish iqtisodiy va boshqa kurslar bo’yicha chuqur bilimga ega
bo’lishi kerak. Ushbu maqola vatanimizdagi yig’ma temirbeton to’sinli ko’priklarni loyihalash va
qurilishi tajribalarini umumlashtirishi asosida ishlab chiqilgan.

Ko’prik variantlarini taqqoslash uchun materiallar hajmi (yig’ma va monolit t/b, armatura,

yordamchi qurilmalar metalli va boshqalar) hisoblab chiqiladi.

Element va konstruktsiyalar namunaviy loyihalardan olingan bo’lsa, ularning hajmi

berilgan bo’ladi, agar individual tarzda olingan bo’lsa eskiz rasmlaridan hisoblab chiqiladi.

Materiallar sarfini aniqlayotganda ko’prik harakat qismini yuzasiga qarab solishtirma

ko’rsatkichlari bo’yicha aniqlanadi.

S=LxB
Bu yerda:
L-2 ta chekka to’sinlar qirralari orasidagi umumiy uzunlik; V-oraliq qurilma umumiy

uzunligi. Beton sarfi ko’prik 1m 2 yuzasiga qarab belgilanadi.

Hammasi bo’lib 3 ta variantini sxemalari ishlab chiqilgan. Variantlar namunaviy loyihadan

oldindan zo’riqtirilgan armaturadan tashkil topgan uzlukli va uzluksiz-sistemalardandir.

Ko’priklar ham xizmat qilish davri katta bo’lgan inshootlar qatoriga kiradi. SHuning uchun

ular qurilmalari va materiallarining pishiqligi iqtisodiy o’lchamlaridan biridir. Iqtisodiy talablar
foydalanish davridagi ekologik, me’morchilik va boshqa talablar bilan uzviy bog’likdir. Amalda
iqtisodiy talablarning hamma qirralarini hisobga olish murakkab bo’lganligi uchun, ko’priklarni
loyihalashda ularning asosiy iqtisodiy xususiyatlari qilib ko’pincha qurilishning smeta bo’yicha
narxi olinadi. Bunda smeta narxi avtomobil yo’llari qurilishi uchun maxsus ishlab chiqilgan kapital
mablag’lar normasidan oshib ketmasligi kerak.

REFERENCES

1.

Smith, J. "Ecological Impact of Lignosulfonates in Building Materials," Journal of Green
Building, vol. 10, no. 2, pp. 45-59, 2015.

2.

Kim, H., Lee, H., "Polycarboxylate-Based Superplasticizers and Their Role in Improving
the Performance of Construction Materials: A Review," Construction and Building
Materials, vol. 112, pp. 547-558, 2016.

3.

Zhang, Y., Li, Q., "Zeta Potential in Cement Hydration with Superplasticizers," Journal of
the American Ceramic Society, vol. 92, no. 10, pp. 2083-2088, 2009.

4.

Gupta, R., Khan, A., "A Comprehensive Review on the Applications of Zeta Potential
Measurements in Construction Materials Science," Cement and Concrete Composites, vol.
35, pp. 24-36, 2013.

5.

Gupta, R., Khan, A., "A Comprehensive Review on the Applications of Zeta Potential
Measurements in Construction Materials Science," Cement and Concrete Composites, vol.
35, pp. 24-36, 2013.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

182

6.

Israelachvili, J., "Intermolecular and Surface Forces," Academic Press, 3rd ed., 2011.

7.

Yang, J., "Mechanisms of Controlling Rheology in Cement Pastes," Cement and Concrete
Research, vol. 40, no. 1, pp. 1020-1028, 2010.

References

Smith, J. "Ecological Impact of Lignosulfonates in Building Materials," Journal of Green Building, vol. 10, no. 2, pp. 45-59, 2015.

Kim, H., Lee, H., "Polycarboxylate-Based Superplasticizers and Their Role in Improving the Performance of Construction Materials: A Review," Construction and Building Materials, vol. 112, pp. 547-558, 2016.

Zhang, Y., Li, Q., "Zeta Potential in Cement Hydration with Superplasticizers," Journal of the American Ceramic Society, vol. 92, no. 10, pp. 2083-2088, 2009.

Gupta, R., Khan, A., "A Comprehensive Review on the Applications of Zeta Potential Measurements in Construction Materials Science," Cement and Concrete Composites, vol. 35, pp. 24-36, 2013.

Gupta, R., Khan, A., "A Comprehensive Review on the Applications of Zeta Potential Measurements in Construction Materials Science," Cement and Concrete Composites, vol. 35, pp. 24-36, 2013.

Israelachvili, J., "Intermolecular and Surface Forces," Academic Press, 3rd ed., 2011.

Yang, J., "Mechanisms of Controlling Rheology in Cement Pastes," Cement and Concrete Research, vol. 40, no. 1, pp. 1020-1028, 2010.