30-Sentabr, 2024-Yil
85
KO‘PRIK QURILISH LOYIHALARI BOSHQARUVI SAMARADORLIGINI
TA’MINLASH
Xalilov Sodiqjon Qayumovich
Bank-moliya akademiyasi magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13792254
Annotatsiya. Ushbu tezis ko`prik qurilishi loyihalarini boshqaruvidagi samaradorligi
haqida ma`lumotlar beradi.
Kalit so`zlar: temir beton ko`priklar, o`tish yo`laklari, loyihalash asoslari, suv ustagi
ko`priklarning loyihalanishi.
ENSURING THE EFFICIENCY OF MANAGEMENT OF BRIDGE CONSTRUCTION
PROJECTS
Abstract. This thesis provides information about the effectiveness of bridge construction
project management.
Key words: reinforced concrete bridges, passageways, design principles, design of bridges
over water.
ОБЕСПЕЧЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ УПРАВЛЕНИЯ ПРОЕКТАМИ
СТРОИТЕЛЬСТВА МОСТОВ
Аннотация. В данной диссертации представлена информация об эффективности
управления проектами строительства мостов.
Ключевые слова: железобетонные мосты, переходы, принципы проектирования,
проектирование мостов над водой.
Avtomobil yullari va temir yullar juda ko‘p daryolar, soylar, davriy ochiq suv oqimlari va
GES suv omborlarini kesib o‘tadi.
Har qaysi suv to‘sig‘idan o‘tish uchun inshootlar tizimi quriladi, ular ochis suv oqimidan
o‘tish joylari deb ataladi. Ochiq suv oqimi orqali o‘tish joylari tarkibiga suv oqimining o‘zini kesib
o‘tish uchun xizmat qiladigan sun’iy inshootlar; sun’iy inshootlarga borish yo‘llari, bular odatda
grunt ko‘tarmalar ko‘rinishida qurilib, ularning qiyaliklari (nishablari) ni doimo yoki davriy
ravishda suv yuvib o‘tadi; boshqarish va himoyalash inshootlari, ular sun’iy inshootlar ni va ularga
kelish yullar ini suv oqimi shikastlansh ehtimolidan saqlash uchun mo‘ljallangan.
Sun’iy inshootlar va ularga borish yo‘llari suv oqimi orqali o‘tish yo‘lining asosiy transport
inshootlari hisoblanadi. Boshqarish va himoyalash inshootlarini, odatda, yordamchi inshootlar deb
ataydilar, chunki ularda bevosita avtomobillar yoki poezdlar yurmaydi. Biroq, juda ko‘pgina
30-Sentabr, 2024-Yil
86
hollarda, yordamchi inshootlar qurmay turib, o‘tish joyi asosiy inshootlarining saqlanishini va
normal ishlashini ta’minlab bo‘lmaydi. Bundan tapщari, ochiq suv oqimlarini kesib o‘tishning
ba’zi murakkab sharoitlarida bopщarish va himoyalash inshootlarining qiymati juda yuqori buladi,
ba’zan esa butun ko‘prikli o‘tish yo‘li qiymatining yarmidan ham ortib ketadi. Shuning uchun,
bopщarish va himoyalash inshootlarining yordamchi vazifalariga qaramasdan, ularni ikkinchi
darajali deb hisoblash yaramaydi. Barcha inshootlarni qurish va ulardan foydalanishga bir hilda
jiddiylik bilan yondoshish zarur.
Ko‘tgrikli o‘tish joyi yulning tarkibiy qismidir, shuning uchun uni loyihalashda
avvalambor asosiy talabni-yo‘l bo‘yicha yuk tashishga a’lo darajada xizmat kursatish hisobga
olinishi zarur. Daryodan o‘tish joyini tanlash, ana shu talabga bo‘ysindirilishi kerak. Biroq
ko‘prikli o‘tish joyi murakkab va qimmat inshootlar kompleksidan iborat bulib, ularni qurishga
qilinadigan harajatlar daryodagi o‘tish joyining o‘rnashadigan joyiga bog‘liq. Shu munosabat bilan
daryoni kesib o‘tishda yo‘l trassasini eng maqsadga muvofiq joydan o‘tkaza turib, ba’zan yo‘lni
uning eng qisqa yo‘nalishidan og‘dirish zarurati tug‘iladi. Bu hollarda muqarrar bo‘lgan yuk
tashishlardagi yo‘qotishlar ko‘prikli o‘tish joyini qurish va saqlashda erishilgan tejamlar bilan
qoplanadi.
Eng yaxshi o‘tish joyi amalda hamma vaqg variantli (turli usulli) loyihalash asosida
tanlanadi. O‘tish joyining variantlarini tavdoslash va ulardan eng yaxshisini asosli tanlash uchun
o‘tish joyi inshootlarining asosiy o‘lchamlarini va umumiy shaklini tugri belgilash va hamma
variantlar bo‘yicha qurilish ishlari hajmini baholash zarur. Inshootlarning zarur asosiy o‘lchamlari
ko‘prikli o‘tish joyining ishlash sharoitlari bilan aniqlanadi va turli variantlar uchun turlicha
bo‘ladi.
Eng yaxshi o‘tish joyini tanlashda qurilish qiymatiga va inshootlardan foydalanishga
daryoning ta’sir etuvchi u yoki bu uchastkasining tavsiflarining butun majmuini hisobga olish
zarur. Bu tavsiflarga qo‘yidagilar kiradi: ko‘prik tayanchlarining turini va o‘rnatilish chuqurligini
belgilovchi geologik sharoitlar; ko‘prikka kelish yo‘llarini qurish bo‘yicha ishlar hajmini
belgilovchi topografik sharoitlar; gidrologik sharoitlar, jumladan yoyilib oqish eni va o‘zanning
eni, o‘zan qirg‘oqlarining o‘zgaruvchanligi, ko‘prikning uzunligini va daryoni bopщarish hamda
qayir ko‘tarmalarini himoya qilish ishlari hajmini belgilovchi suv sathi oqish tezligining
o‘zgarishi; muz rejimi, ya’ni muz ko‘chishi (shovush) intensivligi, muzlarning tiqilib qolishi va
shovushning uyulib qolishi, inshootlarga ayniqsa muz tiqinlari yorib chiqqanida ularga
shikastlanish xavfini soluvchi muz katga massivlarining inshootga kelib urilishi.
30-Sentabr, 2024-Yil
87
Ko‘prikli o‘tish joyining inshootlari suv oqimi bilan o‘zaro ta’sirlashadi va suv bosish, oqar
suv bilan tagidan yuvilish va yuvilib ketish hamda shovush bilan shikastlanish xavfi ostida buladi.
Inshootlarning shikastlanish xavfining darajasi barcha bopщa teng sharoitlarda yildan-
yilga o‘zgarib turadigan toshqin balandligi bilan belgilanadi. Kuprikli utish joylari o‘z vazifasini
uzoq muddatli xizmati davrida (odatda yuz yilardan ortiq) bajarib tur ishi zarur. Bu vaqt
mobaynida daryoda faqat kichik topщinlargina emas, balki ayni suv oqimida qayd etilgan
toshqindan kuchli katta topщinlar ham bo‘lib turishi mumkin.
Ko‘prikli o‘tish joyi suv oqimini siqmaydigan yoki uncha siqmaydigan inshootlar tizimi
tarzida loyihalanishi mumkin. Biroq suv oqimini siqmagan holda faqat kema yuradigan va
irrigatsiya kanallar i yoki shaharlardagi kanallarda oqiziladigan daryolar ko‘priklar bilan yopiladi.
Erkin daryolarni kesib o‘tadigan hollarda ko‘priklarni oqimning yoyilib oqish enidan ancha
kam uzunlikda qurish foydalidir. Yoyilib oqish enining bir qismi suv bosmaydigan tuproq
ko‘tarmalar bilan berkitiladi, ular yoyilib oqadigan oqimning eng sayyoz qismlarida-qayirlarda
joylashtiriladi. Ko‘tarmalar orasida suv o‘tkazish tuynugi qoldirilib, uni ko‘prik bilan yopiladi.
Uni kuprik tuynugi (otverstie) deb ataladi. Kuprik tuynugi (kutarmalar orasida) suvning
hisobiy sathi belgisida o‘lchanadi.
Unga ko‘prik tayanchlarining jami eni ham qo‘shiladi. Qayirlardagi suv bosmaydigan
kutarmalar daryo vodiysi qirg‘oqlaridan ko‘prikka kelish yo‘llari bo‘lib xizmat qiladi. Ulardan
avtomobillar yoki poezdlar o‘tadi. Kutarmalar konuslar bilan tugab, kuprikning chetki tayanchlari-
ustunlarini to‘la yoki qisman berkitib turadi. Kuprik ostida oqim siqilganida u qancha kuchli
siqilgan bo‘lsa, ya’ni ko‘prik tuynugi qancha kichik qilib belgilangan bo‘lsa, yuvilish shuncha
kuchli rivojlanadi. Kuprikli utish joyidagi yuvilishlar kuprikning va kelish yo‘llari kutarmalar
ining, ayniqsa ular konuslarining turg‘unligiga katga xavf soladi. Turgunlikni ta’minlash uchun
tayanchlarning poydevorlari yuvilish chuqurligidan katga chuqurlikda yotqiziladi, tuproq
ko‘tarmalar esa tagidan yuvilib ketishdan himoyalab qo‘yiladi.
REFERENCES
1.
Yang, J., "Mechanisms of Controlling Rheology in Cement Pastes," Cement and Concrete
Research, vol. 40, no. 1, pp. 1020-1028, 2010.
2.
Gupta, R., Khan, A., "A Comprehensive Review on the Applications of Zeta Potential
Measurements in Construction Materials Science," Cement and Concrete Composites, vol.
35, pp. 24-36, 2013.
30-Sentabr, 2024-Yil
88
3.
Gupta, R., Khan, A., "A Comprehensive Review on the Applications of Zeta Potential
Measurements in Construction Materials Science," Cement and Concrete Composites, vol.
35, pp. 24-36, 2013.
4.
Kim, H., Lee, H., "Polycarboxylate-Based Superplasticizers and Their Role in Improving
the Performance of Construction Materials: A Review," Construction and Building
Materials, vol. 112, pp. 547-558, 2016.
