ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
74
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING ODOB-AHLOQ FAZILATLARINI
SHAKLLANTIRISH
Yegenmuradova Nurgoʻzel Annamurat qızı
Nukus innovatsion instituti
Boshlangʻich taʼlim yónalishi 3-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13796741
Annotatsiya. Ushbu maqolada shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida yosh avlodning har
tomonlama rivojlangan barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishi ko‘zda tutilgan.
Kalit so‘zlar: shaxs, ta'lim, tarbiya, shaxsga yo‘naltirilgan ta‘lim, axloq, pedagogik
texnologiya, metod.
FORMATION OF ETHICAL CHARACTERS OF PRIMARY CLASS STUDENTS
Abstract. In this article, based on personality-oriented education, it is envisaged that the
young generation will grow up as a well-rounded and well-rounded person.
Key words: person, education, upbringing, person-oriented education, ethics, pedagogical
technology, method.
ФОРМИРОВАНИЕ ЭТИЧЕСКИХ ХАРАКТЕРИСТИК УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ
КЛАССОВ
Аннотация. В данной статье на основе личностно-ориентированного воспитания
предусмотрено, что молодое поколение вырастет всесторонне развитой и всесторонне
развитой личностью.
Ключевые слова: человек, образование, воспитание, личностно-ориентированное
образование, этика, педагогическая технология, метод.
Mamlakatimiz nufuzining rivojida yosh avlodning uzluksiz ta’limni to‘laqonli egallashi
muhim ahamiyat kasb etadi. Yosh avlod qachonki uzluksiz ta’lim jarayonining xaqiqiy egasi
sifatida ta’lim mazmunini o‘zi uchun katta ehtiyoj sifatida qabul qilib, his etsa shundagina ular
nafaqat shaxsiy hayotda, balki ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlarda ham faol ishtirokchiga aylanadi,
o‘z o‘rni va mavqeini mustahkamlaydi. Savol tug‘iladi, o‘quvchi qachon ta’lim jarayonining egasi
bo‘ladi.
Qachon u ta’limni hayotiy ehtiyoj sifatida qabul qiladi? Bu savollarning amaliy yechimi
shaxsga yo‘naltirilgan ta’limga ta’rif va uning mohiyatini anglash bilan bog‘liqdir. Shaxsga
yo‘naltirilgan ta’lim o‘z nomi bilan ta’lim-tarbiya jarayoni markazida bola – o‘quvchi ekani bilan
tavsiflanadi. Bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida bola shaxsining har tomonlama, ya’ni
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
75
ham huquqiy, ham ma’naviy, ham ijtimoiy himoyasi ta’minlanadi. Bolaning ta’limi, tarbiyasi,
jismoniy, ma’naviy va ruhiy kamolini ta’minlash kabi umummilliy maqsadning ro‘yobga
chiqishida uniing ta’limga qiziqishini oshirish asosiy omil hisoblanadi.
Dunyo ta’lim tizimlarining xalqarolashuvi jarayonlari milliy ta’lim tizimi oldiga yangidan-
yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Jumladan, hozirgi kunda maktablarning asosiy vazifalaridan biri
o‘quvchilarda dunyoga yaxlit, o‘zaro aloqador bo‘lgan birlik sifatida qarash, uning global
muammolari hamda bu muammolar yechimini ko‘ra va tushuna bilishni shakllantirishdan iborat.
Shu bilan birga, ilg‘or xorijiy tajribalarni integratsiyalash orqali jahon innovatsionintegrativ ta’lim
muhitini kengaytirish, akmeologik yondashuv asosida innovatsion-kasbiy o‘sish dinamikasini
maqbullashtirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat.
O‘zbekistonda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar ta’lim tizimini to‘liq
axborotlashtirishni, o‘qitish mazmuni va sifatini qayta ko‘rib chiqish, o‘quv fanlarini
integratsiyalash, o‘qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan o‘rinli va samarali foydalanish
asosida tashkil etishni taqozo etmoqda. “Maktab o‘qituvchilarini belgilangan xalqaro standartlar
asosida bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarga ega bo‘lishini ta’minlash ta’lim
muassasalari faoliyati sifati va samaradorligini oshirish ustuvor vazifa etib belgilangan”. Bu o‘z
navbatida ta’lim muassasasida yagona o‘quv-me’yoriy hujjatlarni fanlar integratsiyasi asosida
takomillashtiri zaruriyatini yaratib beradi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim joriy etilgan muassasa o‘quvchi uchun quvonch maskanidir.
Chunki, unda: -bolaning turfa imkoniyatlarga yo‘naltirilgan, uning qiziqish istaklari bilan
optimal darajada hisoblashadigan pedagogik shart-sharoitlarni yaratish;
-ta’lim jarayonida har bir o‘quvchini tushunish va unga ishonish;
-o‘quvchi va ta’lim beruvchi o‘rtasida o‘zaro faol do‘stona munosabat o‘rnatilishini
ta’minlash;
-ta’lim jarayoni zamonaviy yondashuvlardan, faol usullardan, axborot texnologiyalardan
keng foydalanish kabi vazifalar ustuvor hisoblanib, vaqt, inson, moddiy resurslarning barcha
imkoniyatlari shunga yo‘naltiriladi.
Demak, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni o‘z mazmuni va mohiyatiga ko‘ra, yosh
avlodning tez o‘zgarayotgan murakkab zamonga mos, davlat va jamiyat rivojlanishi uchun ko‘p
qirrali, har tomonlama rivojlangan barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishini ko‘zda tutadi.
Rivojlangan mamlakatlar tizimida shaxs ijtimoiyllashuvini ta’minlovchi yetakchi omil sifatida
ta’lim jarayoni e’tirof etilsa biz shaxsning shakllanishida ta’lim hamda tarbiya jarayoni birdek
ahamiyatga ega ekanligiga urg‘u beramiz.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
76
Aksariyat hollarda esa tarbiya jarayonlari bu borada ustuvor bo‘lishi lozim, chunki, o‘zida
axloqiy hislatlarni namoyon eta olgan shaxsgina ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish jarayonida
ular mazmunining ijobiy xususiyat kasb etishini ta’minlaydi, axloqli insongina ta’lim (bilim) ni
qadrlay oladi, zero, axloqning asosiy kategoriyalaridan biri ham bilimlilik sanaladi, degan g‘oyani
ilgari suramiz. Bilim insonning intellektual salohiyatini oshiradi keng dunyoqarashni
shakllantiradi. Shunday ekan bu o‘rinda “pedagogik texnologiya” tushunchasining qo‘llanishi,
shuningdek, asosiy etiborni faqat ta’lim jarayonini samarali tashkil etishgagina qaratmay, balki
ham ta’lim, ham tarbiya jarayonining samaradorligini ta’minlashga birdek qaratish lozimdir.
O‘qituvchini samarali faoliyat ko‘rsatishga undovchi darsning metodik ishlanmasidan
farqli o‘laroq ta’lim texnologiyasi o‘quvchilar faoliyatiga nisbatan yo‘naltirilgan bo‘lib, u
o‘quvchilarning shaxsiy hamda o‘qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan holda
o‘quv materiallarini mustaqil o‘zlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlarning yaratishga xizmat
qiladi. Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi o‘quvchi shaxsini rivojlantirish orqali
ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Zamonaviy ta’lim texnologiyasi o‘quvchining
ta’lim jarayonidagi yetakchilik rolini yoqlayotgan bo‘lsada, tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi
asosiy mavqeini egallay olmaydi. Chunki, unda xarakter, dunyoqarash yetarlicha shakllanmagan
bo‘lib, u bu borada tarbiyachining yordamiga ehtiyoj sezadi. Shu bois tarbiya texnologiyasi ham
mantiqiy, ham tarkibiy jihatdan ta’lim texnologiysidan farq qiladi.
Tarbiya jarayoning mohiyati, qonuniyatlari hamda o‘ziga xos jihatlari xususidagi mavjud
nazariy va amaliy g‘oyalarga, pedagogik bilimlarga tayangan holda tarbiya texnologiyasini
tarkibiy qismlarini quyidagicha belgiladik:
1) Tarbiya jarayonining umumiy loyihasi;
2) Tarbiyani tashkil etishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyoj (rag‘bat);
3) Tarbiya maqsadi;
4) Tarbiya mazmuni (shakl, metod, usul va texnik vositalar);
5) O‘qituvchi (tarbiyachi) faoliyati;
6) O‘quvchi (tarbiyalanuvchi) faoliyati;
7) Tarbiya samarasi (natija);
Pedagogik texnologiya o‘zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:
1) Pedagogik texnologiya pedagogik jarayonni takomillashtirish, optimallashtirishga
bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish omili sanaladi.
2) Pedagogik texnologiya didaktik hamda tarbiyaviy xarakterdagi, shuningdek, ta’lim-
tarbiya jarayonini samarali, mahoratli tarzda tashkil etish borasidagi nazariy hamda amaliy
bilimlar majmui, metodologik fan sifatida namoyon bo‘ladi.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
77
3) Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi
yaxlit jarayondir.
4) Pedagogik texnologiya yo’naltiruvchanlik vazifasini bajaradi, ya’ni, u shaxsni
rivojlantirish, tarbiyalash, shakllantirish uchun xizmat qiladi.
5) Pedagogik texnologiya shaxsiylik xususiyatiga ega bo‘lib, ta’lim - tarbiya jarayonida
qo‘llashga nisbatan yagona, qat’iy, me’yoriy talablar qo‘yilmaydi. Har bir pedagog u faoliyat
yuritayotgan ta’lim-tarbiya muhitining xususiyatlari mavjud ichki va tashqi shart-sharoitlarni
inobatga olgan holda muayyan texnologik yondashuvni amalga oshirish imkoniyatiga ega.
6) Pedagogik texnologiya o‘zida ta’lim, tarbiya va shaxs taraqqiyoti (kamoloti), birligini
ifoda etadi.
Demak, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasining maqsadi barkamol shaxsni
shakllantirish
uchun
poydevor
bo‘lgan
pedagogik
jarayonni
takomillashtirish,
insonparvarlashtirish, o‘quvchining mustaqilligini ta’minlash, o‘qitish jarayonida texnik vositalar
imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishdan iborat.
REFERENCES
1.
O‘quvchilarning milliy ma‘naviyatini shakllantirishda boshlang‘ich ta‘limning o‘rni”
mavzusuga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar to’plami. Nizomiy nomidagi TDPU. Toshkent.
2010 y.
2.
N.N. Azizxo‘jaeva. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. T. Nizomiy nomidagi
TDPU. 2006 y.
3.
Madyarova S. A. va boshq. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.- T.: IQTISOD-
MOLIYA, 2009 y.
4.
Муродова, З. К. Развитие научного и профессионального творчества у будущих
учителей. Бюллетень науки и практики, 7(4), 416421. (2021).
5.
Адизов Б.Р. Бошланғич таьлимни ижодий ташкил этишнинг назарий асослари: Пед.
фан. док. …дисс. - Т.:2003. - 320 б.
6.
Алуева Р.Ш. Амир Темурнинг маьрифий-тарбиявий арашлари: Пед. фан. номз.…
дисс. автореф. - Т.: - 2006.- 20 б
