Authors

  • Baxtiyor Yuldashev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.42583

Keywords:

human rights the Universal Declaration of Human Rights the International Bill on Human Rights Human Rights Education universal culture equality.

Abstract

This article provides a legal analysis of international and national legislation in the field of human rights, which sets out the content of the Universal Declaration of Human Rights and national normative legal acts of the Republic of Uzbekistan in the field of human rights. In addition, the analysis of the ongoing reforms in the field of human rights in the Republic of Uzbekistan has been carried out, as well as the significance of these reforms today, their place and role in society has been analyzed. In addition, this article provides a broad analysis of the normative legal acts adopted in the field of human rights in our country in recent years.

background image

2024

SEPTEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 7

52

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INSON HUQUQLARINI TA’MINLASHDA

XALQARO STANDARTLAR

Yuldashev Baxtiyor Yusupjon o‘g‘li

O’zMU magistri.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13856246

Annotatsiya. Mazkur maqolada inson huquqlariga oid xalqaro hamda milliy qonunchilik

huquqiy jihatdan tahlil qilingan bo‘lib, unda inson huquqlari umujahon

deklaratsiyaning mazmun

mohiyati hamda O‘zbekiston Respublikasining inson

huquqlari sohasidagi milliy normativ-

huquqiy hujjatlari bayon qilingan. Bundan

tashqari bugungi kundagi O‘zbekiston Respublikasida

inson huquqlari sohasida

amalga oshirilayotgan islohotlar tahlili shuningdek ushbu

islohotlarning bugungi

kundagi ahamiyati hamda uning jamiyatdagi o‘rni va roli tahlil qilingan.

So‘ngra maqolada so‘ngi yillarda mamlakatimizda inson huquqlari sohasida

qabul

qilingan normativ-huquqiy hujjatlar huquqiy jihtadan keng tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar: inson huquqlari, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Inson

huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro Bill, inson huquqlari bo‘yicha ta’lim, umumbashariy madaniyat,

tenglik.

INTERNATIONAL STANDARDS IN THE PROVISION OF HUMAN RIGHTS IN THE

REPUBLIC OF UZBEKISTAN

Abstract. This article provides a legal analysis of international and national legislation in

the field of human rights, which sets out the content of the Universal Declaration of Human Rights

and national normative legal acts of the Republic of Uzbekistan in the field of human rights. In

addition, the analysis of the ongoing reforms in the field of human rights in the Republic of

Uzbekistan has been carried out, as well as the significance of these reforms today, their place

and role in society has been analyzed. In addition, this article provides a broad analysis of the

normative legal acts adopted in the field of human rights in our country in recent years.

Key words: human rights, the Universal Declaration of Human Rights, the International

Bill on Human Rights, Human Rights Education, universal culture, equality.

МЕЖДУНАРОДНЫЕ СТАНДАРТЫ В ОБЕСПЕЧЕНИИ ПРАВ ЧЕЛОВЕКА В

РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН

Аннотация. В данной статье с юридической точки зрения анализируется

международное и национальное законодательство по правам человека, раскрывается

сущность Всеобщей декларации прав человека и национальных нормативных правовых

документов Республики Узбекистан в области прав человека. описано. Кроме того,


background image

2024

SEPTEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 7

53

анализируется анализ реформ, реализуемых сегодня в сфере прав человека в Республике

Узбекистан, а также значение этих реформ, их место и роль в обществе. Далее в статье

с юридической точки зрения анализируются нормативные правовые документы, принятые

в области прав человека в последние годы в нашей стране.

Ключевые слова: права человека, Всеобщая декларация прав человека,

Международный билль о правах человека, образование в области прав человека,

универсальная культура, равенство.

Bugungi murakkab sharoitlarda, miqyosiga ko‘ra misli ko‘rilmagan qurolli ziddiyatlar hamda

xalqaro darajada tinchlik va barqarorlikka oshib borayotgan tahdid sahnida tinchlik va

xavfsizlikni, barqarorlikni, inson huquqlarini himoya qilish va tizimli taraqqiyotni ta’minlash

yo‘lida a’zo davlatlarning sa’y-harakatlarini birlashtirishni maqsad qilgan universal xalqaro

tuzilma sifatida BMTning roli va mas’uliyati ortib bormoqda. 75 yildan ko‘proq vaqt oldin tashkil

etilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti hozirgi vaqtda 193 davlatni birlashtirgan.

Katta va kichik, boy va kambag‘al davlatlar, turli siyosiy qarash va tuzilmaga ega

mamlakatlar BMT a’zolari bo‘lishi mumkin, ularning barchasi ovoz berish va bu jarayonda

ishtirok etish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Muqaddimasida

O‘zbekiston xalqi inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini tantanali

ravishda e’lon qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatini anglagan holda,

o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib, demokratiya va ijtimoiy adolatga

sadoqatini namoyon qilib, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan

holda, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib, fuqarolar

tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo

etish vazifasi qo‘yilganligi aytib o‘tilgan.

Hozirgi dunyoda inson huquqlari yetakchi o‘rinni egallashi umume’tirof etilgan dalildir.

O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilagan

dunyoning asosiy xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikka katta ahamiyat qaratadi. Inson huquqlari

umumjahon deklaratsiyasi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini e’lon qilganidan keyin

a’zo bo‘lgan birinchi xalqaro hujjat hisoblanadi. Bu esa davlatimiz o‘z siyosatida inson huquqlari

g‘oyalari va qadriyatlariga sodiq ekanini anglatadi. Deklaratsiya majburiy xarakterga ega

bo‘lmagan hujjat sanalsa-da, u BMTga a’zo mamlakatlar o‘z konstitutsiyalarini ishlab chiqishda


background image

2024

SEPTEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 7

54

teng bo‘lishni boshlagan standartlarga aylandi. Deklaratsiya keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi

tomonidan inson huquqlari bo‘yicha 80 dan ortiq hujjat imzolanishiga asos bo‘ldi.

1

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro Billning

asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida”gi xalqaro

pakt hamda “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi xalqaro pakt va uning ikkita Fakultativ

protokoli Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi bilan birgalikda Inson huquqlari to‘g‘risidagi

xalqaro Billni tashkil etadi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingan va e’lon

qilingan 1948 yildan 1976 yilgacha, ya’ni Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro paktlar kuchga

kirgunga qadar, deklaratsiya “Inson huquqlari to‘g‘risida”gi xalqaro Billning to‘liq to‘ldirilgan

yagona qismi bo‘lgan. Deklaratsiya ham, keyinchalik paktlar ham dunyoning barcha

burchaklaridagi odamlar hamda ularning hukumatlari ongi va harakatlariga chuqur ta’sir ko‘rsatdi.

Davlatimiz BMT Ustavi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa asosiy

xalqaro shartnomalardagi maqsad va prinsiplarga sodiq bo‘lib, o‘z zimmasiga olgan

majburiyatlarni og‘ishmay bajarib kelmoqda.

O‘zbekistonning keyingi yillardagi sa’y-harakatlarining xalqaro e’tirofi BMT Bosh

Assambleyasida quyidagi rezolyusiyalarning qabul qilinishida yaqqol namoyon bo‘ldi:

“Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha

mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash”; “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik”; “Barqaror

turizm va Markaziy Osiyoda barqaror taraqqiyot”; “Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar

va texnologiyalar zonasi deb e’lon qilish”. Shu bilan birga, BMT shafeligida xalqaro anjumanlar

tashkillashtirildi.

Xususan, 2017 yilning noyabrida Samarqandda “Markaziy Osiyo: bir o‘tmish va umumiy

kelajak, barqaror taraqqiyot va o‘zaro farovonlik yo‘lida hamkorlik” konferensiyasi, 2018 yilning

mart oyida Toshkentda “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik”

mavzuida, 2021 yilda Xivada “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro

forumlari o‘tkazildi. O‘zbekistonda inson huquqlari himoyasi BMT bilan hamkorlikning ustuvor

yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘riladi.

Bugun mamlakatimizda demokratiyaning zamonaviy va inson huquqlari mezonlariga

javob beradigan barqaror siyosiy tizimi barpo etilgan, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi organlari va

barcha darajadagi sud hokimiyati faol ishlamoqda. Eng muhimi, jamiyatda Konstitutsiyaga va

mamlakat qonunlariga hurmat qaror topmoqda. “Inson sha’ni va qadr-qimmati yo‘lida” ustuvor

prinsipi hayotda o‘z tasdig‘ini topmoqda. “Albatta, inson qadri biz uchun qandaydir mavhum,

1

Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquq:Darslik Saidov A.X -Toshkent : 2006


background image

2024

SEPTEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 7

55

balandparvoz tushuncha emas. Inson qadri deganda, biz, avvalo, har bir fuqaroning tinch va

xavfsiz hayot kechirishini, uning fundamental huquq va erkinliklarini ta’minlashni nazarda

tutamiz. Inson qadri deganda, biz har bir fuqaro uchun munosib turmush sharoiti va zamonaviy

infratuzilma tashkil etishni, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, sifatli ta’lim, ijtimoiy himoya tizimi,

sog‘lom ekologik muhit yaratib berishni tushunamiz”, deya ta’kidlaydi O‘zbekiston rahbari.

Mamlakatimizda Ombudsman instituti 1995 yil 23 fevralida MDH davlatlari orasida

birinchilardan bo‘lib joriy etilgan edi. Parlament Ombudsmani, Bolalar Ombudsmani, Biznes-

Ombudsman va Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz ushbu tizimga kiradi. Majburiy va bolalar

mehnatini bartaraf etish sohasidagi ishlar holati tubdan o‘zgardi. Qiynoqlarning oldini olish milliy

preventiv mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari qabul qilindi. O‘tgan davr

mobaynida Ombudsman jamiyat hayotida o‘z o‘rnini topdi. Xalqaro Ombudsman instituti,

Yevropa Ombudsman instituti, Osiyo Ombudsmanlar Assotsiatsiyasi, Turkiy tilli davlatlar inson

huquqlari bo‘yicha milliy institutlari va ombudsmanlari Assotsiatsiyasi hamda Yevroosiyo

Ombudsmanlari Alyansi kabi xalqaro birlashmalarning to‘la qonli a’zosiga aylandi. Bir qancha

xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari bilan o‘zaro hamkorlik

to‘g‘risida 20 dan ortiq memorandum imzolandi.

Tashkilotimizning 28 yilligiga bag‘ishlangan mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad

inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda xorijiy davlatlar Ombudsmanlari, milliy institutlari,

vakolatli davlat organlari va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro tajriba almashish va chet davlatlarida

mehnat qilayotgan hamyurtlarimiz manfaatlarini himoya qilishda hamkorlikni kuchaytirishdan

iborat. Shuningdek, yoshlar, ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda jazoni ijro etish

muassasalarida saqlanayotgan shaxslar huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirish yuzasidan

mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar mazmun-mohiyatini xalqaro

hamjamiyatga yetkazish maqsad qilingan.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish mamlakatimizni “O‘zbekiston Respublikasining

fuqaroligi to‘g‘risida”gi yangi qonunning qabul qilinishi bilan tabriklar ekan, “O‘zbekiston ilgari

fuqaroligi yo‘q shaxslarga fuqarolik bergan holda, aholining zaif qatlamlari hayotini

yaxshilamoqda. Ushbu voqea dunyoning barqaror rivojlanish sohasida maqsadlarga erishish

bo‘yicha o‘n yillik harakatlarini boshlayotgan bir paytda, O‘zbekistonning hech bir insonni hal

etilmagan muammo bilan yolg‘iz tashlab qo‘ymaslikning qat’iy tarafdori ekanini ko‘rsatdi”, deya

qayd etdi. O‘zbekiston BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasi bilan

samarali hamkorlik va muntazam muloqotni yo‘lga qo‘ygan. Mazkur boshqarma bilan

hamkorlikda 2020 yilning iyunida birinchi marta O‘zbekistonning inson huquqlari bo‘yicha Milliy


background image

2024

SEPTEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 7

56

strategiyasi qabul qilinib, izchillik bilan amalga oshirilmoqda. U BMTning Inson huquqlari

bo‘yicha kengashi va shartnomaviy qo‘mitalarining tavsiyalarini amalga oshirishni ko‘zda tutadi.

Milliy strategiyani qabul qilishda nafaqat ekspert doiralarning, balki keng jamoatchilik va

xalqaro tashkilotlarning fikri ham inobatga olingan.

2

2022 yilda O‘zbekistonda inson huquq va manfaatlarini har tomonlama ta’minlash bo‘yicha

islohotlar izchil davom etdi.

Yakuniga yetgan 2022 yil bo‘yicha jahon miqyosida bu boradagi ahvol qanday?”, degan

savol tug‘ilishi tabiiy. Gap shundaki, pandemiya oqibatlarini to‘la bartaraf etishga ulgurmasdan,

jahon mintaqalarida ro‘y berayotgan mojarolar yangi global inqirozning boshlanishiga olib keldi.

Sayyoramizning turli hududlarida oziq-ovqat mahsulotlari, energiya va o‘g‘itlarga narx-

navoning keskin oshib ketishidan, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar katta zarar ko‘rmoqda.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ta’kidlaganidek, mojarolar alangasi “tengsizlik,

nochorlik va moliyalashtirishdagi yetishmovchiliklar bilan yanada avj olayapti”. Bundan ham

achinarlisi, o‘tgan yili 1.2 mlrd. aholi yashaydigan 74 ta rivojlanayotgan mamlakatdagi

inqiroz oqibatida inson huquqlarini ta’minlash bilan bog‘liq ahvol keskin yomonlashdi. Shunday

murakkab va sinovli davrda O‘zbekiston uchun muhim bo‘lgan qator tadbirlar amalga oshirilgani

va o‘z samaralarini bergani diqqatga loyiqdir.

3

Amalga oshirilgan tadbirlardan

Birinchidan, aholi murojaatlari bilan ishlash jarayoniga yangi mexanizmlar tatbiq etildi.

Shu orqali qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarimizni qiynab kelgan muammolarni

hal etish, qiynoqlarning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, so‘z erkinligini

mustahkamlash kabi yo‘nalishlarda ijobiy natijalarga erishildi.

Ikkinchidan, O‘zbekistonning Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro

tashkilotlardagi doimiy vakili BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining rais o‘rinbosarligiga

saylandi. Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga oid xalqaro reyting va indekslarda

mamlakatimiz o‘rnini yaxshilashga birinchi darajali ahamiyat berildi.

Uchinchidan, 2021-2022 yillarda qonun ustuvorligi, norma ijodkorligi sifati, hukumat

faoliyati samaradorligi, so‘z va axborot erkinligi, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash,

biznesni olib borish shart-sharoitlari kabi reyting va indekslarda O‘zbekistonning o‘rnini

2

Образование

в

области

прав

человека:

национальный

и

зарубежный

опыт

/

Отв. изд. А.Х. Саидов. - Ташкент: Национальный центр Республики Узбекистан по правам человека, 2011. -
С. 11.

3

O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti:Inson qadr-qimmati yo‘lida 30 yillik hamkorlik Saidov A.X –

Toshkent: 2022


background image

2024

SEPTEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 7

57

yaxshilash bo‘yicha muayyan yutuqlar qo‘lga kiritildi. Umuman olganda, 2022 yilda jami 24 ta

reytingning 15 tasida O‘zbekistonning o‘rni yaxshilandi, 3 tasida ilk marotaba e’tirof etildi.

4

To‘rtinchidan, ayrim xalqaro reytinglardagi mamlakatimiz o‘rni nisbatan pastladi.

Qarang, qiziq paradoks: Jahon odil sudlov loyihasi tashkilotining “Huquq ustuvorligi”

indeksida mamlakatimiz 7 pog‘ona yuqorilab, umumiy reytingda 140 ta mamlakat ichida 78-

o‘ringa ko‘tarildi. Ammo, “Sud faoliyati samaradorligi“ indeksida O‘zbekiston 50,8 balldan 13,1

ballgacha, ya’ni 37,7 ball pastlagan.

Beshinchidan, 2023 yilda ayni yo‘nalishdagi islohotlar samaradorligini izchil oshirish

taqozo etiladi. Nega deganda, so‘nggi yillarda sud-huquq tizimida adolat o‘rnatish bo‘yicha ko‘p

ish qilganimizga qaramay, Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, “odil sudlovni ta’minlash

bo‘yicha hali qo‘limiz yetib bormagan masalalar bor. Afsuski, hozir ham tergov sifati pastligi,

sudlarda odamlarning ovoragarchiligi, sud qarorlari ijro etilmay qolayotgani bilan bog‘liq holatlar

uchramoqda”

XULOSA

Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish mexanizmini yanada takomillashtirish,

2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi shuningdek,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida

belgilangan vazifalarni samarali va o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida quyidagilar

O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalari normalarini

bajarish yuzasidan mas’ul davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib

belgilangan: xalqaro tashkilotlarning inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tavsiyalarini

amalga oshirishga qaratilgan milliy harakat rejalari («yo‘l xaritalari»)ning so‘zsiz bajarilishini

ta’minlash; qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan chora-

tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav

organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining tavsiyalarini bajarishga to‘sqinlik qilayotgan sabab va

sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish; O‘zbekiston Respublikasining inson

huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini bajarish sohasida O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi va fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali

hamkorlikni amalga oshirish. O‘zbekiston milliy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ygan

bir davrda milliy huquqiy tizimni tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni

shakllantirish va malakali yuridik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha jiddiy ishlar amalga oshirildi.

4

pravacheloveka.uz


background image

2024

SEPTEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 7

58

Inson huquqlari sohasidagi xalqaro tuzilmalar bilan yaqin sheriklik kengaymoqda, huquqni

himoya qilish borasida hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar bilan amaliy muloqot yo‘lga

qo‘yildi. Umuman olganda, Davlatimiz rahbarining global forumni o‘tkazish to‘g‘risidagi

tashabbusi mamlakatimizda inson huquqlari sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli

islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lib, bu borada ta’lim va tarbiya ishlarini mazmunan boyitishga

hamda yuqori sifat darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh

Assambleyasining Rezolyusiya 217 A (III) bilan 1948 yil 10 dekabrda qabul va e’lon

qilingan

2.

Inson huquqlari umumiy nazariyasi: IIV tizimidagi ta’lim muassasalari tinglovchi va

kursantlari, shuningdek huquqni muhofaza etuvchi organlar xodimlari uchun darslik. —

T., 2012. — 304 b

3.

Саидов А.Х.. Международное право прав человека: Учебное пособие / Отв.ред. акад.

Б.Н. Топорнин. М., 2002. - С. 80. 4. Образование в области прав человека:

национальный и зарубежный опыт / Отв. изд. А.Х. Саидов. - Ташкент:

Национальный центр Республики Узбекистан по правам человека, 2011. - С. 11.

4.

https://www.ohchr.org/RU/AboutUs/Pages/WhatWeDo.aspx

5.

O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti:Inson qadr-qimmati yo‘lida 30 yillik

hamkorlik Saidov A.X – Toshkent: 2022

References

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining Rezolyusiya 217 A (III) bilan 1948 yil 10 dekabrda qabul va e’lon qilingan

Inson huquqlari umumiy nazariyasi: IIV tizimidagi ta’lim muassasalari tinglovchi va kursantlari, shuningdek huquqni muhofaza etuvchi organlar xodimlari uchun darslik. — T., 2012. — 304 b

Саидов А.Х.. Международное право прав человека: Учебное пособие / Отв.ред. акад. Б.Н. Топорнин. М., 2002. - С. 80. 4. Образование в области прав человека: национальный и зарубежный опыт / Отв. изд. А.Х. Саидов. - Ташкент: Национальный центр Республики Узбекистан по правам человека, 2011. - С. 11.

O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti:Inson qadr-qimmati yo‘lida 30 yillik hamkorlik Saidov A.X – Toshkent: 2022