2024
SEPTEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 7
59
TURKISTONDA JADIDCHILIK IJTIMOIY-SIYOSIY HARAKAT
Yuldashev Baxtiyor Yusupjon o‘g‘li
Guliston shahar 1-son ixtisoshlashtirilgan maktab-internat
Oliy toifali, tarix fani o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13856465
Annotasiya. Mazkur tezisda jadidchilikning shakllanishi, tarixi, manbalari, ijtimoiy-
siyosiy, madaniy-adabiy harakati ekanligi yoritilgan. Bilamizki, harakat asoschilari ilmli,
ma’rifatli, oʻz fikriga ega yetuk shaxslar hisoblangan. Ularni yagona maqsad xalqni ilmli qilish
birlashtirib turganligi hech kimga sir emas.
Kalit soʻzlar: Turkiston, jadidlar tafakkuri, M.Behbudiy, I.Gaspirinskiy, ma’rifat, yangi
usul maktablari, mustaqillik, zamonaviy ta’lim usuli.
JADIDISM SOCIO-POLITICAL MOVEMENT IN TURKESTAN
Abstract. This thesis describes the formation, history, sources, social-political, cultural-
literary movement of modernism. We know that the founders of the movement were considered
knowledgeable, enlightened, mature individuals with their own opinions. It is no secret that they
are united by the common goal of educating the people.
Key words: Turkistan, modern thinking, M. Behbudi, I. Gaspirinsky, enlightenment, new
method schools, independence, modern education method.
ДЖАДИДИСТСКОЕ ОБЩЕСТВЕННО-ПОЛИТИЧЕСКОЕ ДВИЖЕНИЕ В
ТУРКЕСТАНЕ
Аннотация. В данной диссертации описываются становление, история, истоки
общественно-политического, культурного и литературного движения модернизма. Мы
знаем, что основателями движения считались знающие, просвещенные, зрелые личности,
имеющие собственное мнение. Не секрет, что их объединяет общая цель – просвещение
народа.
Ключевые слова: Туркестан, современное мышление, М. Бехбуди, И. Гаспиринский,
просвещение, новометодные школы, самостоятельность, современный метод обучения.
Davlatchiligimizning uchta o‘zbek xonliklari (Buxoro amirligi, Xiva, Qo‘qon) boshqaruv
davrida o‘zaro birodarkushlik urush va nizolari, Rossiyaning bu davlatlarga bostirib kirishi,
mintaqaning mustamlaka holatiga tushib qolishi, mustamlakachilik milliy zulmning o‘rnatilishi va
uning kuchayib ketishi o‘sha qoloqlikni yanada chuqurlashtirib yuborgan edi. Qoloqlik va
jaholatni, o‘lka aholisining ayanchli ahvoli Turkistonning Yevropa va jahon sivilizatsiyasidan
2024
SEPTEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 7
60
orqada qolib ketgani, islom va shariat oyoq osti qilingani va bunday og‘ir fojiali hayotdan qutulish,
erk va ozodlikka erishish haqida o‘z zamonasining ilg‘or, ziyoli qatlamlarida fikr-mulohazalar
paydo bo‘la boshladi. Ijtimoiy uyqudan uyg‘onish, milliy uyg‘onish tarixiy zaruriyat bo‘lib qoldi.
XIX asr oxiri XX asrning boshlarida siyosiy, madaniy, iqtisodiy jihatdan inqiroz holatiga
tushib qolgan mamlakatni mustamlaka tufayli rivojlanish past darajada bo‘lgan o‘lkada Turkiston
ziyolilari chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmidan qutulish, o‘z milliy davlatchiligini
tuzish, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga yo‘l ochish, xalqqa ziyo tarqatish choralarini ko’rdi. Bu
borada jadidchilik xarakati katta rol o’ynadi. Ma’lumki, “jadid” so‘zi “yangi”, “yangilik”
ma’nolarini anglatadi. Insoniyat tarixida biror makon va zamon bo‘lmaganki, jamiyatning bir
maromda kechayotgan hayotiga kirib kelgan yangilik katta qarshilikka uchramagan bo‘lsin.
Jamiyat va inson hayotining bir maromda kechishi, ertami-kechmi, tanazzulga olib boradi.
Shuning uchun ham zamonining peshqadam ziyolilari jamiyat va inson hayotida kecha
boshlagan tanazzulga qarshi kurashish yoki uning oldini olish uchun yangi g‘oyalarni darkor
hisoblangan.
Jadidlik oqim emas, harakat deb taʼkidlaydi Begali Qosimov. Ijtimoiy, siyosiy, maʼrifiy
harakat yaqingacha ham ataylab faqat maʼrifatchilik harakati deb kelindi. Maqsad jadidlikning
doirasini toraytirish, sotsialistik-kommunistik mafkuradan boshqasi keng xalq ongini qamrab
olishi, egallashi mumkin emas, degan soxta tushunchaning asorati edi. Jadidshunos olim
B.Qosimov jadidlik harakatining xarakter va muddaosini 3 turga boʻlib izohlaydi:
•
Jamiyatning barcha qatlamlarini jalb eta oldi. Uygʻonish mafkurasi boʻlib xizmat qildi.
•
Mustaqillik uchun kurash olib bordi. Uning gʻayrat va tashabbusi bilan dunyo koʻrgan
Turkiston muxtoriyati bu yoʻldagi amaliy harakatning dastlabki natijasi edi.
•
Maorif va madaniyatni, matbuotni ijtimoiy-siyosiy maqsadlarga moslab chiqdi.
Turkistonda jadidchilik XIX asrning 80-yillarida Rusiya musulmonlari, xususan, Kavkaz
va Volga boʻyida yoyilgan shu nomdagi taraqqiyparvarlik harakatining bevosita taʼsiri va samarasi
sifatida dunyoga keldi. Bunda Ismoil Gaspiralining “Tarjimon” gazetasi (1883) va u asos solgan
“usuli jadid” (ikkinchi nomi “usuli savtiya”) maktabi (1884) muhim rol oʻynadi. Bu harakatning
jadid deb atalishi haqida Abdulla Avloniy “Shul zamonda (1894-1904 yillar) yerli xalqlar orasida
eskilik-yangilik (qadim-jadid) janjali boshlandi. Gʻazit oʻqigʻuvchilarni mullalar “jadidchi” nom
bilan atar edi”, degan fikrni keltiradi. Turkistondagi jadidlar harakatining rivojlanishi ham silliq
kechgani yoʻq. Bu yerda ham Buxoroda boʻlgani kabi jadid-qadim munozaralari, ikki qatlamning
oʻzaro tushunmasligi paydo bo‘lgan edi.
2024
SEPTEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 7
61
Jadidchilik harakatining asosiy tamoyillaridan biri ta’limning jamiyatdagi o‘zgarishlarga
katalizator sifatida ko‘rilishi edi. Ular zamonaviy pedagogik usullardan foydalangan holda
talabalarda tanqidiy fikrlash, izlanuvchanlik va tirishqoqlik kabi ko‘nikmalarni uyg‘otdilar.
Jadidlar ta’lim-tarbiyani faqat maktabda o‘rgatiladigan vosita emas, balki bu o‘quvchida
mustaqil fikrlash va ijodkorlik ruhini kashf etish, deb hisoblagan. Ular an’anaviy fanlar bilan bir
qatorda amaliy ko‘nikmalarga ham urg‘u beradigan yangi turdagi jadid maktablarini Toshkent,
Buxoro, Qo‘qon kabi yirik shaharlarda tashkil etdilar. Jadidchilik harakatining eng yirik
namoyandalaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘zining “Risolayi asbobi savod” va “Kitabul
atfol” nomli asarlarida an’anaviy o‘qitish usullarini isloh qilish bilan birgalikda zamonaviy ta’lim
tizimini amalda qo‘llash zarurligini ta’kidlagan.
Jadidchi fidoiylar pedagoglarni o‘quvchida mustaqil fikrlash va atrof olamni savolga tuta
olish qobilyatini rivojlantirishga chaqirdi. Ma’rifatparvarlar ta’lim sohasidagi gender tengligini
targ‘ib qildilar, ijtimoiy mavqeyi va jinsidan qat’i nazar barcha uchun ta’limning muhimligini
bildirdi. Shuningdek ular yana bir muhim jihati ularning ta’lim sohasida sekulyarizm –
dunyoviylikni targ‘ib etishidir. Ular jamiyatda, eng avvalo, yoshlar orasida turli diniy e’tiqodlarni
hurmat qiladigan, bag‘rikenglik muhitini yaratish muhimligiga urg‘u berishgan.
REFERENCES
1.
Nazarov. Oʻzbek falsafasi. –T., 2003.
2.
D.Alimova. Jadidchilik harakatining ijtimoiy-siyosiy mohiyati va jadidlar tafakkuri.
Jadidchilik: Islohat, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. –T.: Universitet.
1999.
3.
R.Shamsutdinov. Jadidchilik: Haqiqat va uydirma. Muloqot. 1991. № 11.
4.
B.Qosimov. Jadidchilik. Oʻzbek tili va adabiyoti. 1990. № 4.
5.
Qosimov. Milliy uygʻonish: Jasorat, maʼrifat, fidoiylik. –T., Maʼnaviyat, 2002.
6.
Sh.Gʻaffarov. Istibdod davrida Turkistondagi taʼlim tizimi. – Samarqand.: SamDU nashr,
2000.
7.
Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. –T.: Universitet,
1999.
8.
Hoji Muin. Oila tarbiyasi. “Mehnatkashlar tovushi” gazetasi, 1918 yil 9 iyul.
