Authors

  • Zamira Allayarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.42599

Keywords:

Public-private partnership higher education projects educational innovations financial partnership experience of Uzbekistan international experience public-private partnership model.

Abstract

This article highlights the relevance and benefits of implementing projects through the public-private partnership model in the field of higher education. Public-private partnership ensures the cooperation of the public and private sectors in the development of the higher education system, creates opportunities such as diversification of financial resources, attraction of innovations, and improvement of the quality of education. The article analyzes the mechanisms of formation of public-private partnership, international experience and projects implemented in the case of Uzbekistan. In the conclusion, it is emphasized that the public-private partnership model is important in the modernization of the education system.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

446

DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK ASOSIDA OLIY TA’LIM LOYIHALARINI

AMALGA OSHIRISHNING AFZALLIKLARI

Allayarova Zamira Eshmuratovna

Bank-moliya akademiyasi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13856950

Annotatsiya. Ushbu maqolada oliy ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklik modeli orqali

loyihalarni amalga oshirishning dolzarbligi va afzalliklari yoritilgan. Davlat-xususiy sheriklik
oliy ta'lim tizimini rivojlantirishda davlat va xususiy sektorning hamkorlikda ishlashini ta'minlab,
moliyaviy manbalarni diversifikatsiya qilish, innovatsiyalarni jalb etish, ta'lim sifatini oshirish
kabi imkoniyatlar yaratadi. Maqolada Davlat-xususiy sheriklikning shakllanish mexanizmlari,
xalqaro tajriba va O‘zbekiston misolida amalga oshirilayotgan loyihalar tahlil qilinadi. Xulosada
Davlat-xususiy sheriklik modeli ta'lim tizimini modernizatsiya qilishda muhim ahamiyat kasb
etishi ta'kidlangan.

Kalit so'zlar: Davlat-xususiy sheriklik, oliy ta'lim loyihalari, ta'lim innovatsiyalari,

moliyaviy sheriklik, O'zbekiston tajribasi, xalqaro tajriba, davlat-xususiy sheriklik modeli.

ADVANTAGES OF IMPLEMENTING HIGHER EDUCATION PROJECTS BASED ON

PUBLIC-PRIVATE PARTNERSHIP

Abstract. This article highlights the relevance and benefits of implementing projects

through the public-private partnership model in the field of higher education. Public-private
partnership ensures the cooperation of the public and private sectors in the development of the
higher education system, creates opportunities such as diversification of financial resources,
attraction of innovations, and improvement of the quality of education. The article analyzes the
mechanisms of formation of public-private partnership, international experience and projects
implemented in the case of Uzbekistan. In the conclusion, it is emphasized that the public-private
partnership model is important in the modernization of the education system.

Key words: Public-private partnership, higher education projects, educational

innovations, financial partnership, experience of Uzbekistan, international experience, public-
private partnership model.

ПРЕИМУЩЕСТВА РЕАЛИЗАЦИИ ПРОЕКТОВ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ НА

ОСНОВЕ ГОСУДАРСТВЕННО-ЧАСТНОГО ПАРТНЕРСТВА

Аннотация. В данной статье освещены актуальность и преимущества реализации

проектов по модели государственно-частного партнерства в сфере высшего образования.

Государственно-частное

партнерство

обеспечивает

сотрудничество

государственного и частного секторов в развитии системы высшего образования, создает
такие возможности, как диверсификация финансовых ресурсов, привлечение инноваций,
повышение качества образования. В статье анализируются механизмы формирования
государственно-частного партнерства, международный опыт и проекты, реализованные
на примере Узбекистана. В заключении подчеркивается, что модель государственно-
частного партнерства важна в модернизации системы образования.

Ключевые слова: Государственно-частное партнерство, проекты высшего

образования, образовательные инновации, финансовое партнерство, опыт Узбекистана,
международный опыт, модель государственно-частного партнерства.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

447

Bugungi globallashuv davrida oliy ta'lim tizimini takomillashtirish va rivojlantirish muhim

vazifalardan biri hisoblanadi. Oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik modeli jadal rivojlanib
borayotgan konsepsiyalardan biri bo’lib, bu tizim davlat resurslari va xususiy sektorning
moliyaviy, innovatsion imkoniyatlarini birlashtirish orqali yangi loyihalarni amalga oshirishga
yo'naltiriladi. Ushbu maqola davlat-xususiy sheriklik asosida oliy ta'lim loyihalarini amalga
oshirishning mohiyati, afzalliklari va tajribalarini yoritishga bag'ishlangan.

Davlat-xususiy sheriklik asosida oliy ta’lim loyihalarini amalga oshirishning

zaruriyati

Oliy ta'lim sohasida davlatning moliyaviy va infratuzilma imkoniyatlari chegaralangan

bo'lishi mumkin. Shu sababli, xususiy sektorni jalb qilish oliy ta'lim muassasalarining
rivojlanishiga, yangi texnologiyalarni tatbiq etishga va ta'lim sifatini oshirishga yordam beradi.

Bunda xususiy sektor investitsiya kiritadi, davlat esa ma'muriy va qonunchilik jihatdan

qulay sharoit yaratadi.

Davlat-xususiy sheriklik modeli bir qancha afzalliklarga ega bo'lib, ularni quyidagicha

bayon etish mumkin:

-Moliyaviy manbalarni diversifikatsiya qilish: Xususiy sektorning sarmoyalari davlat

byudjetiga bosimni kamaytiradi, bu esa o'z navbatida oliy ta'lim sohasida yangi loyihalarni amalga
oshirishga imkon beradi.

-Innovatsiyalarni jalb qilish: Xususiy sektor o'z tajribasi va zamonaviy texnologiyalarni

kiritishi orqali ta'lim jarayoniga yangilik olib keladi.

-Ta'lim sifatini oshirish: Xususiy sektor tomonidan boshqariladigan loyihalar bozor

talablari bilan mos kelishi tufayli bitiruvchilarning mehnat bozorida raqobatbardosh bo'lishi
ta'minlanadi.

-Samaradorlikni

oshirish:

Davlat-xususiy

sheriklik

modeli

davlat

tomonidan

boshqariladigan loyihalarga nisbatan tezkorroq amalga oshirilishi va samaradorlikni oshirish
imkoniyatiga ega.

Oliy ta'limda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarining shakllanishi

Oliy ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari davlat va xususiy sektorning

resurslari va imkoniyatlarini birlashtirgan holda ta'lim tizimini modernizatsiya qilishni maqsad
qilgan. Davlat-xususiy sheriklik doirasidagi mexanizmlar turli ko'rinishlarda shakllanishi mumkin
bo'lib, har bir model davlat va xususiy sektor o'rtasidagi muvozanatni va maqsadlarni hisobga
oladi. Quyida oliy ta'limda Davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarining shakllari batafsil ko'rib
chiqamiz:

Infratuzilma rivojlanishi

Oliy ta'lim muassasalari infratuzilmasini rivojlantirish davlat-xususiy sheriklikning eng

keng tarqalgan shakllaridan biridir. Bunda xususiy sektor oliy ta'lim muassasalariga kerakli
infratuzilmani yaratishda, masalan, yangi o'quv binolari, laboratoriyalar, sport inshootlari va
talabalar yotoqxonalari qurishda investitsiya kiritadi. Buning evaziga davlat ta'lim muassasalari
ulardan foydalanish huquqiga ega bo'ladi yoki xususiy sektor bu infratuzilmani boshqarish
huquqiga ega bo'ladi.

Misol uchun, kampuslarning qurilishi va modernizatsiyasi davlat mablag'lari

yetishmovchiligida samarali yechim bo'lishi mumkin. Xususiy sektor bu jarayonda texnologik


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

448

jihozlar va innovatsion qurilish texnologiyalarini tatbiq etishi orqali o'quv jarayonini ham samarali
amalga oshirishga yordam beradi. Bu modelda davlat o'quv binolari va infratuzilmaga bo'lgan
ehtiyojni belgilaydi, xususiy sektor esa moliyalashtiradi va boshqaradi.

Moliyaviy sheriklik

Davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarining muhim tarkibiy qismi bu moliyaviy

sheriklikdir. Bu modelda xususiy sektor tomonidan ta'lim tizimini moliyaviy qo'llab-quvvatlash
amalga oshiriladi. Bu qo'llab-quvvatlash bir nechta yo'nalishda bo'lishi mumkin:

-Stipendiyalar va grantlar ajratish: Xususiy kompaniyalar yoki tashkilotlar iqtidorli

talabalar uchun maxsus stipendiya va grant dasturlarini taqdim etishlari mumkin. Bu nafaqat
talabalar uchun moliyaviy yordam beradi, balki bitiruvchilarning kelajakda o'sha kompaniyalarda
ishlash imkoniyatini ham oshiradi.

-Sarmoyaviy fondlar tashkil etish: Xususiy sektor oliy ta'lim muassasalariga moliyaviy

qo'llab-quvvatlash ko'rsatish uchun sarmoyaviy fondlar tuzishi mumkin. Bu fondlar yangi o'quv
dasturlarini

rivojlantirish,

ilmiy-tadqiqot

ishlarini

moliyalashtirish

yoki

zamonaviy

texnologiyalarni joriy etishga yordam beradi.

-Xususiy kredit dasturlari: Talabalarga o'qish uchun imtiyozli kreditlar ajratish ham davlat-

xususiy sheriklikning moliyaviy ko'rinishlaridan biri hisoblanadi. Bunda davlat kredit olish
sharoitlarini yaratadi, xususiy sektor esa kredit mablag'larini taqdim etadi.

O'quv dasturlarini yaratish

Xususiy sektorning ishtiroki nafaqat infratuzilma va moliyalashtirish bilan cheklanmaydi,

balki ta'lim mazmunini rivojlantirishda ham ahamiyat kasb etadi. Oliy ta'lim muassasalari va
xususiy sektor hamkorlikda ish beruvchilarning talablarini hisobga olgan holda o'quv dasturlarini
yaratishi mumkin. Bunda quyidagi yo'nalishlar dolzarb hisoblanadi:

-Ish beruvchilar bilan hamkorlik: Xususiy sektor, ayniqsa, yirik kompaniyalar va

korxonalar, o'zlarining ishchi kuchiga bo'lgan ehtiyojlarini inobatga olgan holda oliy ta'lim
muassasalariga o'quv dasturlari va kurslar yaratishda yordam berishadi. Bu orqali ta'lim jarayoni
mehnat bozori talablari bilan uyg'unlashadi.

-Amaliyot dasturlari va internship: Talabalar uchun amaliyot va internship imkoniyatlarini

yaratish xususiy sektor bilan sheriklikda amalga oshiriladi. Bu bitiruvchilarning nazariy bilimlarini
amaliy ko'nikmalar bilan boyitish, ularning kelajakdagi ish joylariga moslashuvchanligini
oshirishga yordam beradi.

-Texnologik dasturlarni rivojlantirish: Zamonaviy texnologiyalarni o'quv jarayoniga joriy

etish davlat-xususiy sheriklik modeli orqali amalga oshirilishi mumkin. Xususiy sektor tomonidan
taqdim etilgan texnologiyalar (IT platformalar, laboratoriya jihozlari va boshqalar) ta'lim
jarayonini samarali tashkil qilish imkonini beradi.

Tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish

Davlat-xususiy sheriklik modeli doirasida oliy ta'lim muassasalari va xususiy sektor

o'rtasida tadqiqot va innovatsiyalar sohasida hamkorlik qilish imkoniyati katta. Xususiy sektor
innovatsion g'oyalar va tadqiqot ishlari uchun mablag' ajratishi, oliy ta'lim muassasalari esa ilmiy
salohiyatni oshirishi mumkin. Ushbu yo'nalish bo'yicha quyidagi jarayonlar amalga oshirilishi
mumkin:


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

449

-Ilmiy-tadqiqot grantlari: Xususiy sektorning ilmiy-tadqiqot ishlari uchun grantlar ajratishi

oliy ta'lim muassasalarida innovatsion g'oyalar rivojlanishiga zamin yaratadi. Bu loyihalar
ko'pincha texnologik yangiliklar, sanoat tarmoqlari uchun innovatsiyalar va ilmiy kashfiyotlarni
rivojlantirishga qaratiladi.

-Startaplar va inkubatsiya markazlari: Oliy ta'lim muassasalari va xususiy sektor

hamkorligida startaplar va innovatsion markazlar tashkil etilishi orqali talabalar va ilmiy xodimlar
o'zlarining ilmiy ishlanmalarini tijoratlashtirish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Xususiy sektor
bunday markazlarga sarmoya kiritishi, davlat esa muvofiqlashtirish va qo'llab-quvvatlash
vazifasini bajaradi.

Oliy ta'limda Davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarining samarali shakllanishi orqali ta'lim

jarayoni va infratuzilma rivojlanadi, moliyaviy barqarorlik ta'minlanadi, innovatsiyalar joriy
qilinadi. Xususiy sektorning ishtiroki nafaqat ta'lim sifatini oshiradi, balki talabalarning mehnat
bozorida talabgor bo'lishini ta'minlaydi. Shu sababli, oliy ta'lim sohasida Davlat-xususiy sheriklik
mexanizmlarini keng joriy qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo'lib qolmoqda.

Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda dunyo tajribasi

Davlat-xususiy sheriklik modeli dunyoning ko'plab davlatlarida muvaffaqiyatli

qo'llanilmoqda. Misol uchun, Buyuk Britaniyada xususiy sektorning investitsiyalari natijasida bir
nechta oliy o'quv yurtlari yangi texnologiyalar bilan jihozlangan. AQShda esa xususiy fondlar
orqali oliy ta'lim loyihalari moliyalashtiriladi, xususan, innovatsion laboratoriyalar tashkil etiladi.

Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda O‘zbekiston tajribasi

O‘zbekistonda Davlat-xususiy sheriklik modeli hozirgi kunda rivojlanib bormoqda.
Jumladan, xususiy sektor vakillari oliy ta’lim muassasalariga sarmoya kiritib, yangi

loyihalarni amalga oshirishni qo'llab-quvvatlamoqda. Shuningdek, O‘zbekiston hukumati oliy
ta’lim sohasida Davlat-xususiy sheriklikni rag‘batlantirish bo‘yicha qator qonunchilik asoslarini
ishlab chiqdi. Mamlakatda yirik xususiy korxonalar va xalqaro tashkilotlar bilan sheriklikda oliy
ta'lim muassasalari tashkil etish loyihalari amalga oshirilmoqda.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, davlat-xususiy sheriklik asosida oliy ta’lim loyihalarini

amalga oshirish – zamonaviy ta'lim tizimini rivojlantirishning muhim yo'nalishlaridan biri
hisoblanadi. Bu model davlat va xususiy sektorning kuchlarini birlashtirish orqali ta'lim sifatini
oshirish, innovatsiyalarni joriy qilish va moliyaviy jihatdan barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.

O‘zbekistonda Davlat-xususiy sheriklik modeli rivojlanish bosqichida bo‘lib, uning

samarasini oshirish uchun tizimni yanada takomillashtirish va yanada kengroq qo'llanilishi talab
etiladi.

REFERENCES

1.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning
huquqiy va institusional bazasini yaratish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar
to'g'risida"gi 2018 yil 20 oktyabrda PQ-3980-sonli qarori.

2.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi huzuridagi davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil
etish to'g'risida"gi 2018 yil 13 dekabrdagi 1009-sonli qarori.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

450

3.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini
amalga oshirish tartibini takomillashtirish to'g'risida"gi 2020 yil 26 apreldagi 259-son qarori.

References

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institusional bazasini yaratish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2018 yil 20 oktyabrda PQ-3980-sonli qarori.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi 2018 yil 13 dekabrdagi 1009-sonli qarori.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to'g'risida"gi 2020 yil 26 apreldagi 259-son qarori.