Authors

  • Gulsara Nazarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.44239

Keywords:

Abu Hafs Kabir roh.a hanafiylik mazhabi Hasan Basriy Ibn Abu Laylo Abu Hanifa Abdurahmon Avzo’iy Sufyon Savriy Muoviya ibn Ubaydulloh ibn YAsor Lays ibn Sa’d Molik ibn Anas Sufyon ibn Uyayna Muhammad ibn Ismoil Buxoriy.

Abstract

O‘rta Osiyoga fiqh ilmini birinchilardan bo‘lib Abu Hafs Kabir roh.a. olib kirganlar. U zotning qo‘lida ko‘pgina faqihlar va olimlar etishib chiqdi. Hatto tarixchilarning ta’kidlashlaricha, Buxoroda ilmning tarqalishga, imom va ulamolarning hurmat topishiga sababchi bo‘lgan kishi Abu Hafs Kabir roh.a. bo‘lgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

355

HANAFIYLIK MAZHABINING MOVAROUNNAHR VA BOSHQA HUDUDLARGA

TARQALISHI.

Nazarova Gulsara Axadovna

“Jo’ybori Kalon” o’rta maxsus islom ta`lim muassasasi o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13926132

Annotatsiya. O‘rta Osiyoga fiqh ilmini birinchilardan bo‘lib Abu Hafs Kabir roh.a. olib

kirganlar. U zotning qo‘lida ko‘pgina faqihlar va olimlar etishib chiqdi. Hatto tarixchilarning
ta’kidlashlaricha, Buxoroda ilmning tarqalishga, imom va ulamolarning hurmat topishiga
sababchi bo‘lgan kishi Abu Hafs Kabir roh.a. bo‘lgan.

Kalit so’zlar: Abu Hafs Kabir roh.a, hanafiylik mazhabi, Hasan Basriy, Ibn Abu Laylo,

Abu Hanifa, Abdurahmon Avzo’iy, Sufyon Savriy, Muoviya ibn Ubaydulloh ibn YAsor, Lays ibn
Sa’d, Molik ibn Anas, Sufyon ibn Uyayna, Muhammad ibn Ismoil Buxoriy.

THE SPREAD OF HANAFISM TO MOVAROUNNAHR AND OTHER REGIONS.

Abstract. Abu Hafs Kabir was one of the first to bring jurisprudence to Central Asia.

brought in. Many jurists and scholars have been trained by him. Even according to historians,
Abu Hafs Kabir, the person who caused the spread of knowledge in Bukhara and the respect of
imams and scholars, was. Was.

Key words: Abu Hafs Kabir rah.a, Hanafi Madhhab, Hasan Basri, Ibn Abu Laila, Abu

Hanifa, Abdurrahman Awza'i, Sufyan Sawri, Mu'awiya ibn Ubaidullah ibn Yasar, Lays ibn Sa'd,
Malik ibn Anas, Sufyan Ibn Uyaina, Muhammad Ibn Ismail Bukhari.

РАСПРОСТРАНЕНИЕ ХАНАФИЗМА В МОВАРУННАХРЕ И ДРУГИХ

РЕГИОНАХ.

Аннотация. Абу Хафс Кабир был одним из первых, кто принес юриспруденцию в

Среднюю Азию. привезли. Под его руководством прошли обучение многие юристы и ученые.
Даже по мнению историков, Абу Хафс Кабир, человек, вызвавший распространение знаний
в Бухаре и уважение имамов и ученых, был. Был.

Ключевые слова: Абу Хафс Кабир рах, Ханафитский Мазхаб, Хасан Басри, Ибн Абу

Лейла, Абу Ханифа, Абдуррахман Аузаи, Суфьян Саври, Муавия ибн Убайдулла ибн Ясар,
Лайс ибн Саад, Малик ибн Анас, Суфьян Ибн Уйайна, Мухаммад ибн Исмаил Бухари.

Mo‘tabar manbalardan birida keltirilishicha, “Hijriy 95 (milodiy 713) yili Qutayba ibn

Muslim SHoshga yurish boshladi. Xalifa Hajjoj unga yordam uchun Iroqdan qo‘shin yuborgan
edi. Qutayba shavvol oyida SHoshda yoki Qo‘shmaxonada turganida Hajjojning o‘limi haqidagi
xabar keldi va bundan qayg‘uga tushib, qaytadan Marvga qarab yo‘lga tushdi”. (Abu Ja’far at-
Tabari. “Istoriyaat-Tabari”, Tashkent, Fan” 1987, 144). O‘rta Osiyoga islom dini mana shu
paytlardan boshlab tarqala boshladi.

Abu Hafs Kabir roh.a. hanafiy mazhabining fiqhini O‘rta Osiyo va Movarounnahrda

tarqalishida jonbozlik ko‘rsatgan bo‘lsa, uning oilasi, xususan, o‘g‘li Abdullohning bu borada
xizmati buyuk bo‘lgan. SHuning uchun ham uni Abu Hafs Sag‘ir, ya’ni kichik Abu Hafs deb
atashgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

356

Abu Hanifa roh.a. asos solgan mazhab VIII asr o‘rtalarida, uning hayotlik chog‘idayoq

tarqala boshlab, shu asrning oxirlarida uzoq-yaqin, jumladan,O‘rta Osiyo va Movorounnahrga etib
kelgan edi.

Muhammad ibn Hasan SHayboniy roh.a.ning mumtoz shogirdlaridan biri bo‘lmish Abu

Hafs Ahmad ibn Hafs al-Kabir al-Buxoriy (832yil) roh.a. birinchi bo‘lib, IX asr boshlarida ushbu
mazhab ta’limotining haqiqiy tashuvchisi sifatida o‘z vataniga qaytib keldi. Buxoro shahrini
Hanafiylikning muhum markazlaridan biriga aylantirdi. Uning tarbiyasi otasida bir guruh faqihlar,
jumladan, o‘z davrida Hanafiy mazxabining shayxi va salohiyatli vakili bo‘lgan uning o‘gli Abu
Hafs Sag‘ir Muhammad ibn Ahmad ibn Hafs r.a. yuksak darajali faqih martabasiga etgandir.

Movarounnahrga Islom dini kirib kelganidan so‘ng juda ko‘pchilik Kufaga borib, Imomi

A’zam Abu Hanifa roh.a.ning ta’limoti bilan tanishdi va safarining samarasi o‘laroq u zotning
so‘zlari va fatvolarini o‘z yurtiga olib keldi. SHu tariqa Xuroson va Movarounnahr hududlari Abu
Hanifa roh.a.ning ta’sirida shakllangan alohida ta’limotni qabul qildi.

Hanafiy mazhabi tarqalishi jarayoniga dastlab, Balx va Ray’ shaharlarida asos solindi.
142/759-760 yildayoq Abu Hanifa roh.a.ning shogirdlaridan biri Abu Bakr ibn Abdulloh

Umar ibn Ahmad ibn Dovud (vaf. 171/787-788) roh.a. Balx shahri qozisi bo‘lgan. Hatto uning
vafotidan keyin ham hanafiylar u erda o‘z ta’sirini saqlab turdi.

Abu Hanifa rohmatulohi alayh asos solgan hanafiylik mazhabi VIII asrning o‘rtalarida,

keng tarqala boshlab, shu asrning oxirlarida uzoq-yaqin o‘lkalarga, jumladan Movarounnahrga
etib kelgan edi. Turli shaharlardagi hanafiy markazlarining shakllanishiga Iroq, Xuroson
maktablarining ta’siri salmoqli bo‘ldi. Muhammad ibn Hasan SHayboniy roh.a. (vaf. 805 y.) ning
shogirdi Abu Hafs Ahmad ibn Hafs al-Kabir al-Buxoriy roh.a. (150/768-216/832) Buxoro
maktabiga asos soldi.

U zotning to‘liq ismi sharifi-Ahmad ibn Hafs ibn Zaburqon ibn Abdulloh ibn Buxoriy. U

zot o‘z yurtida egallashi mumkin bo‘lgan barcha ilmlarni puxta o‘zlashtirgach, Bag‘dod sari yo‘l
oldilar. U erda Imom Muhammad roh.a.dan hanafiylik mazhabi fiqhini o‘zlashtirgach, yana o‘z
yurtlariga qaytib keladilar. SHu bois, u zot hanafiylik ta’limotini birinchi bo‘lib Movarounnahrga
olib kekgan shaxs sifatida ma’lum va mashhurdirlar.

Abu Hafs Ahmad ibn Hafs Kabir Buxoriy roh.a. Buxoroda ilmiy va diniy bilimlar rivojiga

katta hissa qo‘shgan madrasaga asos soldilar. SHarqshunos olim Anas Boqievich Xolidov butun
arab saltanati hududida ilk bora Movarounnahr va Xurosonda madrasalar barpo etilganin zikr etib,
birinchi madrasa Buxorodagi “Farjak” madrasasi degan fikrni ilgari suradi.

Ushbu madrasa 937-yili yong‘in natijasida yonib ketgan. SHuningdek, Nojiy Ma’rufning

tadqiqotiga tayangan holda “Nishopur, Buxoro, G‘azna va Bushanjda Bag‘doddagi birinchi
madrasa barpo etilgunga qadar 33 ta madrasa mavjud bo‘lgan”, degan ma’lumotni keltiradi.

Buxorodagi Abu Hafs Kabir madrasasi o‘z zamonasida mashhur madrasalardan sanalgan.
Tarixchi Vamberi o‘zining “Tarixi Buxoro” va As-Sa’diy “Tarix ad-Duval” nomli

asarlarida Imom Abu Hafs Kabir Buxoriy roh.a.ning madrasasi islom olamining turli o‘lkalaridagi
olimlar va talabalar orzu qilgan eng yaxshi madrasa bo‘lganini ta’kidlashgan. Imom A’zam Abu
Hanifa tobein va tabaa tobeinlar davrida yashadi. Bu vaqtda ilm-irfon kamolga etgan, fiqh sohasi
rivojlangan, mujtahidlarning ilmiy faoliyati yuksalgandi. Hasan Basriy, Ibn Abu Laylo, Abu
Hanifa, Abdurahmon Avzo’iy, Sufyon Savriy, Muoviya ibn Ubaydulloh ibn YAsor, Lays ibn Sa’d,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

357

Molik ibn Anas, Sufyon ibn Uyayna, Muhammad ibn Ismoil Buxoriy kabi mujtahidlar o‘z fiqhiy
maktablarini yaratdilar. Ularning har biri to‘rt asosiy manba – Qur’on, hadis, ijmo va qiyos
yordamida masalalarni ijtihod, hukmlarni istinbot etishardi. Bu borada usulda ham, furu’da ham
birovga taqlid qilishmasdi. Har birining yuzlab-minglab shogirdlari bo‘lgan. Ulardan faqat to‘rt
nafari asos solgan maktabgina katta mazhab sifatida amalda qoldi. Abu Hanifa rahimahullohning
maktabi rivojlanishiga qozi, muftiy, imom sifatida yirik mansablarda faoliyat yuritgan shogirdlari
– Abul Huzayl Zufar ibn Huzayl, Qosim ibn Ma’n, Abdulloh ibn Muborak, Abu Ismat Nuh ibn
Abu Maryam, Abu YUsuf YA’qub ibn Ibrohim, Ibn Abu Zoida YAhyo ibn Zakariyo, Asad ibn
Amr, Abu Abdulloh Muhammad ibn Hasan SHayboniy, Hafs ibn G‘iyos Ko‘fiy, Vaki’ ibn Jarroh,
Abu Muti’ Balxiy va Hasan ibn Ziyod Lu’lu’iy beqiyos hissalarini qo‘shishdi. Ibn Xaldun fikricha,
xalifa Horun Rashid davrida Abu YUsufning “Qoziul quzzot”, ya’ni qozilar qozisi yoki qozikalon
lavozimida uzoq muddat faoliyat yuritgani sabab bo‘ldi. O‘sha davrda butun Islom olami u zotning
maslahati bilan ish ko‘rardi. Undan keyingi qozi Asad ibn Amr Kufiy ham Abu Hanifaning katta
shogirdlaridan edi.

Umuman olganda, Abu Hanifa rahimahullohning katta shogirdlaridan o‘n to‘rt nafari

qoziul quzzot va qozi bo‘lgan.

Bag‘dodda bir necha asr davomida shayxul islom va qoziul quzzotlar hanafiy olimlaridan

tayinlangan. SHu sabab Iroq va uning poytaxti Bag‘dod nafaqat Islom mamlakatlari, balki hanafiy
mazhabining ham markaziga aylandi. Keyinroq Movarounnahr hanafiy mazhabining ikkinchi yirik
markazi bo‘ldi.

SHimoliy Afrikada Asad ibn Furot qoziligidan boshlab hanafiy mazhabi ham rivojlana

boshladi. So‘ng hijriy 400 yildan molikiylik rasman e’tirof qilingani bois u erda hanafiy mazhabi
tarqalishi susaydi.

Hijriy 164 yili Misrda ilk bor hanafiy olim Ismoil ibn YAsa’ Kufiy qozi etib tayinlandi.
Natijada hanafiy mazhabi u erda ham rivojlanib, tarqaldi. Mazhab rivoji shia e’tiqodiga

mansub fotimiylar davrida to‘xtagan bo‘lsa-da, Sulton Salohiddin Ayyubiy madrasalarda hanafiy
mazhabi fiqhidan dars berilishini joriy etdi. Keyinchalik usmoniylar Misrni egallagach, u erda
hanafiylar ham ko‘paydi. Usmoniylar ta’sirida bo‘lgan SHomda ham hanafiy mazhabi rivojlandi.

Xurosonda Umar (Amr) ibn Maymun Balxiy, Movarounnahrda Muhammad

SHayboniyning ikki nafar shogirdi – Abu Sulaymon Juzjoniy va Abu Hafs Kabir orqali tarqaldi.

SHuningdek, Abdulloh ibn Muborakning shogirdlarining ham xizmati katta. Abdulaziz ibn

Xolid ibn Ziyod Termiziy esa Abu Hanifadan saboq olib, bir muddat Termiz va CHag‘oniyonda
qozilik qildi va mazhab tarqalishiga hissa qo‘shdi.

Mazkur to‘rt nafar faqihdan tashqari, Abu Hanifaning asli movarounnahrlik shogirdlari va

ularning izdoshlari bo‘lgan. Keyinchalik ularning Movarounnahrga kelib yashashlari yoki bu yurt
bilan bordi-keldi qilib turishlari natijasida hanafiy mazhabi bu diyorda ham tez tarqaldi. Asli
buxorolik SHurayk ibn Abdulloh; 40 yillar chamasi Abu Hanifaga hamrohlik qilgan Abu Ibrohim
Muhammad; Abu Abdulloh Muhammad Marvaziy; Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning
ustozlaridan biri Abu Abdulloh Muhammad ibn Salom Boykandiy; Abu YUsufning shogirdi,
Movarounnahrda qozilik qilgan Mujohid ibn Amr; Abu Ubayd Buxoriy; Abu Hanifa laqabli
dabusiyalik hadis roviysi Usmon ibn Humayd; Samarqandda qozilik qilgan Abu YA’qub
Marvaziy; Xorazmdan borib Abu Hanifaga shogird tushgan va Basrada yashab qolgan Mug‘iyra


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

358

ibn Muso Xorazmiy kabilar hanafiy mazhabining Movarounnahrda rivojlanishi va tarqalishiga o‘z
hissalarini qo‘shganlari aniq.

Bulardan biroz keyin Abu Mansur Moturidiy Abu Hanifaning e’tiqodiy qarashlarini

rivojlantirib, aqidada moturidiya mazhabi o‘laroq Movarounnahrda hanafiylikning mustahkam
o‘rin olishiga hissa qo‘shdi.

Movarounnahr hanafiyligi butun atrofga – Xuroson, SHarqiy Turkiston, Kavkaz, Qozon

taraflarga ham keng yoyildi. Mo‘g‘ullar istilosi (XIII asrning birinchi choragi)dan so‘ng bu
o‘lkalardagi faqihlar har tarafga tarqab ketishdi. Ko‘proq usmoniylar davlatiga tobe shaharlarga –
Rum diyoriga to‘planishdi. Istilo natijasida so‘nib borayotgan fiqh yangi rivojlanishga yuz tutdi.
Usmoniylar saltanati hududlarida 92 ta fatvo kitobining tartib qilinganidan hanafiylik mazhabi
naqadar rivojlanganini bilish mumkin. Usmoniylar davlatining qozilari, shayxulislomlari faqat
hanafiylardan tayinlandi. Aytish lozimki, Usmonlilar saltanati hududlariga hanafiylik
Movarounnahr orqali tarqaldi, mazkur hududdagi hanafiylar aynan Bag‘dod maktabini ham
Movarounnahr orqali o‘rganishdi.

REFERENCES

1.

Абдулазиз Мансур “Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири” Тошкент,
2004.

2.

Абдуллоҳ ибн Маҳмуд “ал – Ихтиёр ли Тълил муҳтор” Байрут, 1998.

3.

Абул Баракот ан – Насафий “Манор ал – Анвор” Истанбул, Ҳанафий матбааси.

4.

Али ибр Султон Муҳаммад ал – Қори “Ан – Ниқоя шарҳи Мухтасар ал – Виқоя”
Император унивеситети босмаҳонаси, Қозон, 1908.

5.

Toshpo’latova, S. (2024). BUXORODAGI SAROYLAR.

Modern Science and

Research

,

3

(5), 522-529.

6.

Toshpo’latova, S., & Xudoyqulov, S. (2024). History And Ethnology Of Olot
District.

Modern Science And Research

,

3

(5), 148-151.

7.

Toshpo’latova, S., & Jo’rayeva, M. (2024). HISTORY AND ARCHITECTURAL
MONUMENTS OF JONDOR DISTRICT.

Modern Science and Research

,

3

(2), 447-450.

8.

Shuhratovna, T. S. (2024). Linguistic Anthropology.

European Journal Of Innovation In

Nonformal Education

,

4

(3), 432-437.

9.

Toshpo’latova, S., & Tursuntoshova, S. (2024). Khoja Abdulkholiq Gijduvani.

Modern

Science and Research

,

3

(2), 87-93.

10.

Toshpo‘latova, S. S., & Naimov, I. N. (2023). MS ANDREYEV–O’RTA OSIYO
XALQLARI ETNOGRAFIYASINING YIRIK OLIMI.

Innovations in Technology and

Science Education

,

2

(8), 1214-1222.

11.

Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics Of Ethnologies Of Bukhara.

Modern Science

and Research

,

3

(2), 1004-1011.

12.

Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics.

Modern Science and Research

,

3

(2), 500-507.

13.

Toshpo’latova, S. (2024). Religious Anthropology.

Modern Science and Research

,

3

(1),

504-510.

14.

Shakhnoza Shuhratovna, T. (2023). MS Andreyev’S Way Of Life.

American Journal of

Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769)

,

1

(10), 655-659.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

359

15.

Naimov, I., & Toshpo‘latova, S. (2023). Marriage Ceremony Of Tajiks In The Work Of
Mikhail Stepanovich Andreyev “Tadjiki Dolini Khuf”.

International Journal of

Intellectual Cultural Heritage

,

3

(1), 12-16.

16.

Shuhratovna, T. S. (2023). Ethnological Analysis Of National Costumes And Rituals Of
Tajiks In The Works Of MS Andreyev.

International Journal Of History And Political

Sciences

,

3

(12), 42-47.

17.

Toshpo’latova, S. (2023). MS Andreyev-Scientific Career.

Modern Science and

Research

,

2

(12), 801-807.

18.

Shuhratovna, T. S. (2023). Etymology Of Tajik Marriage Ceremony.

International Journal

Of History And Political Sciences

,

3

(11), 17-23.

19.

Toshpo’latova, S., & Ashurova, G. (2023). THE HISTORY AND DESCRIPTION OF
THE WORK OF MS ANDREYEV-" ARK BUKHARI".

Modern Science and

Research

,

2

(9), 404-409.

20.

Toshpo’latova, S. (2023). ETHNOLOGICAL ANALYSIS OF CALENDRICAL
CALCULATION AND LENGTH MEASUREMENTS OF KHUF VALLEY TAJIKS IN
THE RESEARCHES OF MS ANDREYEV.

Modern Science and Research

,

2

(10), 291-

299.

21.

Toshpo‘latova, S. S. (2023). Tojiklar Milliy Kiyim-Kechaklari Va “Beshmorak”
Marosimining Etnologik Tahlili.

Scholar

,

1

(28), 395-401.

22.

Toshpo’latova, S. (2023). A STUDY OF THE WEDDING CEREMONY OF THE
TAJIKS OF AFGHANISTAN.

Modern Science and Research

,

2

(9), 84-89.


References

Абдулазиз Мансур “Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири” Тошкент, 2004.

Абдуллоҳ ибн Маҳмуд “ал – Ихтиёр ли Тълил муҳтор” Байрут, 1998.

Абул Баракот ан – Насафий “Манор ал – Анвор” Истанбул, Ҳанафий матбааси.

Али ибр Султон Муҳаммад ал – Қори “Ан – Ниқоя шарҳи Мухтасар ал – Виқоя” Император унивеситети босмаҳонаси, Қозон, 1908.

Toshpo’latova, S. (2024). BUXORODAGI SAROYLAR. Modern Science and Research, 3(5), 522-529.

Toshpo’latova, S., & Xudoyqulov, S. (2024). History And Ethnology Of Olot District. Modern Science And Research, 3(5), 148-151.

Toshpo’latova, S., & Jo’rayeva, M. (2024). HISTORY AND ARCHITECTURAL MONUMENTS OF JONDOR DISTRICT. Modern Science and Research, 3(2), 447-450.

Shuhratovna, T. S. (2024). Linguistic Anthropology. European Journal Of Innovation In Nonformal Education, 4(3), 432-437.

Toshpo’latova, S., & Tursuntoshova, S. (2024). Khoja Abdulkholiq Gijduvani. Modern Science and Research, 3(2), 87-93.

Toshpo‘latova, S. S., & Naimov, I. N. (2023). MS ANDREYEV–O’RTA OSIYO XALQLARI ETNOGRAFIYASINING YIRIK OLIMI. Innovations in Technology and Science Education, 2(8), 1214-1222.

Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics Of Ethnologies Of Bukhara. Modern Science and Research, 3(2), 1004-1011.

Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics. Modern Science and Research, 3(2), 500-507.

Toshpo’latova, S. (2024). Religious Anthropology. Modern Science and Research, 3(1), 504-510.

Shakhnoza Shuhratovna, T. (2023). MS Andreyev’S Way Of Life. American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769), 1(10), 655-659.

Naimov, I., & Toshpo‘latova, S. (2023). Marriage Ceremony Of Tajiks In The Work Of Mikhail Stepanovich Andreyev “Tadjiki Dolini Khuf”. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 3(1), 12-16.

Shuhratovna, T. S. (2023). Ethnological Analysis Of National Costumes And Rituals Of Tajiks In The Works Of MS Andreyev. International Journal Of History And Political Sciences, 3(12), 42-47.

Toshpo’latova, S. (2023). MS Andreyev-Scientific Career. Modern Science and Research, 2(12), 801-807.

Shuhratovna, T. S. (2023). Etymology Of Tajik Marriage Ceremony. International Journal Of History And Political Sciences, 3(11), 17-23.

Toshpo’latova, S., & Ashurova, G. (2023). THE HISTORY AND DESCRIPTION OF THE WORK OF MS ANDREYEV-" ARK BUKHARI". Modern Science and Research, 2(9), 404-409.

Toshpo’latova, S. (2023). ETHNOLOGICAL ANALYSIS OF CALENDRICAL CALCULATION AND LENGTH MEASUREMENTS OF KHUF VALLEY TAJIKS IN THE RESEARCHES OF MS ANDREYEV. Modern Science and Research, 2(10), 291-299.

Toshpo‘latova, S. S. (2023). Tojiklar Milliy Kiyim-Kechaklari Va “Beshmorak” Marosimining Etnologik Tahlili. Scholar, 1(28), 395-401.

Toshpo’latova, S. (2023). A STUDY OF THE WEDDING CEREMONY OF THE TAJIKS OF AFGHANISTAN. Modern Science and Research, 2(9), 84-89.