ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
63
KITOB DAVLAT GEOLOGIK QO‘RIQXONASI FAUNASI
Sharifmurodov K.
Madjidova D.
Umarkulova F.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14043363
Annotatsiya. Ushbu maqolada Kitob davlat geologik qo’riqxonasi hududida tarqalgan
hayvonlarning tarkibi, holati, ekalogiyasi, soni haqida ma’lumotlar keltirilgan. Hududda umurtqali
hayvonlarning 168 turi, shu jumladan: 3 tur baliq, 2 tur suvda va quruqlikda yashovchilar, 14 ta
tur sudralib yuruvchilar, 128 ta tur qushlar va 21 tur sut emizuvchilar uchraydi. Qo‘riqxona
hududida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga jami 13 tur umurtqali hayvonlar kiritilgan bo‘lib,
sutemizuvchi hayvonlardan Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i va kichik taqaburin, qushlardan tasqara,
burgut, miqqiy, ilonxo‘r burgut, itolg‘i, boltayutar, qora laylak, kichik burgut va oqbosh qumoy,
sudralib yuruvchilardan O‘rta Osiyo kobrasi va ko‘ngdalang yo‘lli bo‘ritish ilonlar tashkil etadi.
Kalit so’zlar: qo’riqxona, hayvon, “Qizil kitob”, qush, baliq, tur, turkum, sutemizuvchilar,
tabiiy, muhofaza.
FAUNA OF THE STATE GEOLOGICAL RESERVE BOOK
Abstract. This article provides information on the composition, condition, ecology, and
number of animals distributed in the territory of the Kitab State Geological Reserve. 168 species of
vertebrates are found in the area, including: 3 species of fish, 2 species of aquatic and terrestrial
animals, 14 species of reptiles, 128 species of birds and 21 species of mammals. A total of 13 species
of vertebrates are included in the Red Book of the Republic of Uzbekistan in the territory of the
reserve. Among the mammals are the Tianshan brown bear and the small takaburin, woodpeckers,
black storks, little eagles and bald eagles, and reptiles include the Central Asian cobra and the
cross-striped viper.
Keywords: reserve, animal, "Red Book", bird, fish, species, series, mammals, natural,
protection.
КНИГА «ФАУНА ГОСУДАРСТВЕННОГО ГЕОЛОГИЧЕСКОГО ЗАПОВЕДНИКА»
Аннотация. В статье приведены сведения о составе, состоянии, экологии и
численности животных, распространенных на территории Китабского государственного
геологического заповедника. На территории заповедника обитает 168 видов позвоночных
животных, в том числе: 3 вида рыб, 2 вида водных и наземных животных, 14 видов
пресмыкающихся, 128 видов птиц и 21 вид млекопитающих. Всего на территории
заповедника в Красную книгу Республики Узбекистан занесено 13 видов позвоночных
животных. Из млекопитающих встречаются тянь-шанский бурый медведь и малый
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
64
такабурин, дятлы, черные аисты, малые орлы и белоголовые орланы, из пресмыкающихся
— среднеазиатская кобра и поперечнополосатая гадюка.
Ключевые слова: заповедник, животное, «Красная книга», птица, рыба, вид, серия,
млекопитающие, природный, охрана.
Kirish.
Kitob Davlat geologik qo‘riqxonasi 1979-yilda O‘zbekiston Respublikasi
hukumati qarori bilan zaminimizning geologik tarixi tabiiy-ilmiy yodgorliklarini nomoyon etadigan
paleontologiya – stratigrafiya majmualarini qo‘riqlash va rejali o’rganish, shuningdek tabiatni
muxofaza qilish, aholining ekologik bilimini oshirish maqsadida tashkil qilingan. O‘zbekiston
Respublikasi geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi qaramog‘ida turadi[1,3].
Qo‘riqxona hududi geografik jihatdan Zarafshon tog‘ining janubiy-g‘arbiy yonbag‘rida,
ma’muriy jihatdan esa Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida joylashgan. Umumiy maydoni 3938
ga. Relefi tog‘li, yuqori qismi qoyalardan, pastki tomoni esa, tepaliklardan iborat. Dengiz sathidan
balandligi 1300-2700 m. Qo‘riqxona hududini Obi-Safit, Xujaqo’rg‘on, Zinjilbog‘, Novabog‘ va
boshqa soylar chuqur kesib o‘tib, bu yerda go‘zal tabiatli har xil tog‘ daralarini hosil qilgan[2,7,8].
Qo‘riqxonaning tirik tabiat olami juda boy va xilma-xil. Hayvonot olami 168 tur umurtqali
hayvonlardan iborat bo‘lib, ulardan 13 turi O‘zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan.
Metodlar.
Tadqiqot davomida
hayvonlarni o’rganish uchun kuzаtish, sоlishtirish,
ekspеrimеnt, mаtеmаtik stаtistikа mеtоdlаridan foydalanildi. Olingan natijalar Excel 2014 dasturida
qayta ishlandi. Hayvon turkumi va turlari nomlari J.L.Laxanovning Umurtqali hayvonlar
aniqlagichi dan foydalanildi[4,5,6].
Natijalar.
Qo‘riqxona o‘zining egallab turgan er maydonini hajmi jixatidan unchalik katta
bo‘lmasada, uning geografik joylashuvi, o‘rmon bilan qoplanganlik darajasi va mevali daraxt-
butalar, o‘simliklarini xilma- xilligi sababli qo‘riqxonaning hayvonot olami tarkibi xilma- xil va
juda boydir. Bu yerda umurtqali hayvonlarning 168 turi, shu jumladan: 3 tur baliq, 2 tur suvda va
quruqlikda yashovchilar, 14 ta tur sudralib yuruvchilar, 128 ta tur qushlar va 21 tur sut emizuvchilar
uchraydi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki qo‘riqxona xududida bahorda va yozda qayd qilingan
128 tur qushlarning faqat 15 % gina qo‘riqxonada doimiy yashaydi, qolganlari esa kuz kelishi bilan
qo‘riqxonani tark etadilar. Hayvonot olamining qolgan barcha sinf turlari qo‘riqxonada doimiy
yashaydi.
Quyida qo‘riqxona hayvon turkumlari va turlari
Jadval-1
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
65
Sinf va turkum nomi
Turlar soni
Baliqlar sinfi: karpnomalar turkumi (sazansimonlar)
21
Suv va quruqda yashovchilar: dumsiz suvda ham quruqlikda
yashovchilar turkumi.
2
Sudralib yuruvchilar sinfi: toshbaqalar turkumi.
1
Kaltakesaklar turkumi.
4
Ilonlar turkumi.
9
Qushlar sinfi:
1) Uzunoyoqlilar turkumi:
1
2) Yirtqich qushlar turkumi:
13
3) Yapoloq qushlar turkumi:
3
4) Tentakqushsimonlar turkumi:
1
5) Tovuqsimonlar turkumi:
2
6) G‘ozsimonlar turkumi:
1
7) Rjankasimonlar turkumi:
2
8) Kaptarsimonlar turkumi:
5
9) Kakkunamonlar turkumi:
1
10) Ko‘ktarg‘oqnamolar turkumi:
4
11) Chumchuqsimonlar turkumi:
89
12) Turnasimonlar turkumi:
2
13) Qizilishtonsimonlar turkumi:
2
14) Uzunqanotlilar turkumi:
2
Sutemizuvchilar sinfi:
1) Hashoratxỳrlar turkumi:
1
2) Qulqanotlilar turkumi:
4
3) Quyonnomalar turkumi:
1
4) Kemiruvchilar turkumi:
8
5) Yirtqichlar turkumi:
6
6) Juftoyoqlilar turkumi:
1
Jami
168
Qo‘riqxona hududida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga jami 13 tur umurtqali
hayvonlar kiritilgan bo‘lib, sutemizuvchi hayvonlardan Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i va kichik
taqaburin, qushlardan tasqara, burgut, miqqiy, ilonxo‘r burgut, itolg‘i, boltayutar, qora laylak,
kichik burgut va oqbosh qumoy, sudralib yuruvchilardan O‘rta Osiyo kobrasi va ko‘ngdalang
yo‘lli bo‘ritish ilonlar tashkil etadi. Ular kamyobligi jihatidan: 8 turi tez yo‘qolib ketishi mumkin
bo‘lgan va jiddiy nazoratni talab etuvchi, kamyob turlar toifasi (2) ga va 5-tasi ma’lum vaqt ichida
soni va yashash ovloqlarining qisqarishi sababli kamayib borayotgan turlar toifasi (3) ga ajratilgan.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
66
Qo‘riqxona hududida jami bo‘lib umurtqali hayvonlarning 168 turi yashasada, shundan 3
tur baliq, 2 tur suvda va quruqlikda va 14 tur sudralib yuruvchilar qo‘riqxonada doimiy yashovchi
hayvonlar hisoblanib ularni yilning har to‘rt faslida ham uchratish mumkin, ular qo‘riqxonada
o‘troq yashovchi xayvonlardir, lekin bular hayvonot olami tarkibidagi asosiy hayvonlar
hisoblanmaydi.
Qo‘riqxonada 2024 – yilga kelib Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i oldingi yillarga nisbatan tez-tez
uchratildi. Shu yili bahor havosi ancha buk kelganligi sababli mevali daraxtlarning gullash davrida
gullari to‘kilib qo‘rib qolib hosili bo‘lmadi. Shu sababli ayiqlar ozuqa uchun aholi yaqinroq
hududlarga kelganligi kuzatildi. 2008 – yilda ayiqlarning soni 2-3 ta qayd qilingan bo‘lsa, 2024 –
yilda esa 12-13 tani tashkil etadi.
Qo‘riqxonada sut emizuvchilarning 21 turi mavjud bo‘lib, barcha tur hududda muqim
yashaydigan hayvonlar hisoblanadi. Ulardan Turkiston qo‘ng‘ir ayig‘i, qashqaldoq (ferganskiy
barsuk), suvsar (kamennaya kunitsa, (kunitsa-beladushka), jayra (dikobraz) o‘troq yashaydigan
asosiy hayvonlar hisoblanadi. Turkiston qo‘ng‘ir ayig‘ining qishda ayrim yillari qo‘riqxonaning
janubiy chegarasi-qo‘riqlanma zonasiga qishlash uchun o‘tib ketish hollari ham kuzatilgan.
Qushlar sinfining yirtqich qushlar turkumidan 13 ta turi qo‘riqxona uchun doimiy o‘troq
yashovchi qushlar hisoblanib, ular ham qor qalin (ko‘p) yoqqan ayrim yillari qishning bir qismida
Kitob-Shaxrisabz vohalarida qisqa muddatga ko‘chib uchib ketadilar, bu qushlar qo‘riqxona uchun
asosiylar hisoblanmaydi.
Qushlardan kaptarsimonlar turkumidan 5 ta tur doimiy o‘troq yashovchi tur hisoblanib
(asosiy hisoblanmaydi), qattiq qish kunlari Kitob tumani voxasiga ko‘chib turadi.
Tovuqsimonlar turkumidan 2 ta tur yashaydi, shundan 1 ta tur bedana bahorda uchib kelib,
kuzda va qishda qaytib uchib ketadi, ko‘chuvchi tur hisoblanadi, 2 chi tur kaklik bo‘lib,
qo‘riqxonada doimiy o‘troq yashaydi, faqat bahorda va yozda bolalash davrida qo‘riqxonaning
g‘arbiy qismidan sharqiy qismiga (yig‘iladi) ko‘chadi. Qo‘riqxona uchun qushlardan asosiy tur
hisoblanadi. Uning umumiy soni 2024-yilda 230-250 taga etdi. Boshqa yillarga nisbatan shu yili
kakliklar soni ko‘payganligi kuzatildi.
Xulosa.
Kitob davlat geologik qo’riqxonasida
umurtqali hayvonlarning 168 turi, shu
jumladan: 3 tur baliq, 2 tur suvda va quruqlikda yashovchilar, 14 ta tur sudralib yuruvchilar, 128 ta
tur qushlar va 21 tur sut emizuvchilar uchraydi. Qushlar sinfining yirtqich qushlar turkumidan 13 ta
turi qo‘riqxona uchun doimiy o‘troq yashovchi qushlar hisoblanadi. Sut emizuvchilarning 21 turi
mavjud bo‘lib, barcha tur hududda muqim yashaydigan hayvonlardir. Ushbu hududdagi hayvonlarni
168 ta turdan 13 turi “Qizil kitob”ga kiritilganligi hayvonlarni muhofaza choralarini kuchayritirsh,
noyaob hayvonlarni saqlab qolishga yanada jiddiyroq e’tibor qaratish lozimligini anglatmoqda.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
67
REFERENCES
1.
Bobonazarovich Y. B. TABIIY MUHOFAZA ETILADIGAN HUDUDLARDA
EKOTURIZIMNI
RIVOJLANTIRISH
ISTIQBOLLARI
(KITOB
GEOLOGIK
QO‘RIQXONASI MISOLIDA) //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. Special
Issue 11. – С. 315-324.
2.
Bogdanov O.P. O’zbekiston hayvonlari. -T.: O’qituvchi,1983. –315 b.
3.
Hojiyeva A., Xurramov O. Ziziphora tenuior o’simligining dorivorlik xususiyatlari
//Journal of Integrated Education and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 8-10.
4.
J.L.Laxanov “O’zbekistonning umurtqali hayvonlar aniqlagichi” Fan va texnologiya
nashriyoti. Toshkent-2013. 113b.
5.
Umurtqalilar zoologiyasi Dadayev.S, Saparov.K Toshkent “Turon-iqbol” 2019.
6.
Xurramov
O.
G.
Islamov
BS
SAMARQAND
VILOYATI
SHAROITIDA
GLYСYRRHIZA GLABRA L //NING BA’ZI BIOLOGIK XUSUSIYATLARI. – Т. 257.
7.
Xurramov O. G., Islamov B. S. SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA
GLYСYRRHIZA GLABRA L. NING BA’ZI BIOLOGIK XUSUSIYATLARI //Журнал
естественных наук. – 2021. – Т. 2. – №. 1
8.
Введенский А.И., Ковалевская С.С. Род Eremurus M. Bieb. // Определитель растений
Средний Азии. – Ташкент: Фан, 1971. Т. II. – С.14-27.
