Authors

  • K. Sharifmurodov
  • O. Xurramov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.46766

Keywords:

Qo’riqxona o’simlik dorivor daraxt buta oziq-ovqat “Qizil kitob” paparotnik paleontologiya relef.

Abstract

Ushbu maqolada Kitob Davlat geologik qo’riqxonasi hududida uchraydigan o’simliklar tahlili keltirilgan. Qo‘riqxona hududi geografik jihatdan Zarafshon tog‘ining janubiy-g‘arbiy yonbag‘rida, ma’muriy jihatdan esa Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida joylashgan. Umumiy maydoni 3938 ga. Relefi tog‘li, yuqori qismi qoyalardan, pastki tomoni esa, tepaliklardan iborat. Dengiz sathidan balandligi 1300-2700 m. Qo‘riqxona hududini Obi-Safit, Xujaqo’rg‘on, Zinjilbog‘, Novabog‘ va boshqa soylar chuqur kesib o‘tib, bu yerda go‘zal tabiatli har xil tog‘ daralarini hosil qilgan. Qo’riqxona hududi 3938 gektarni tashkil etib, jami o’simliklarning 800 ga yaqin turi uchraydi. Shundan paparotniklar 5 ta, ochiq urug’lilar 5 ta, yopiq urug’lilar 790 ta turni tashkil qilmoqda. O’simliklarning 13 turi “Qizil Kitob”ga kiritilganligi alohida ahamiyatga egadir. Shu bilan birga hududda 200 ta tur dorivor, 25 ta tur oziq-ovqat o’simligi sanaladi.

background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


68

KITOB DAVLAT GEOLOGIK QO‘RIQXONASI HUDUDIDAGI O‘SIMLIKLAR

TAHLILI

Sharifmurodov K.

Xurramov O.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14043379

Annotatsiya. Ushbu maqolada Kitob Davlat geologik qo’riqxonasi hududida uchraydigan

o’simliklar tahlili keltirilgan. Qo‘riqxona hududi geografik jihatdan Zarafshon tog‘ining janubiy-

g‘arbiy yonbag‘rida, ma’muriy jihatdan esa Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida joylashgan.

Umumiy maydoni 3938 ga. Relefi tog‘li, yuqori qismi qoyalardan, pastki tomoni esa,

tepaliklardan iborat. Dengiz sathidan balandligi 1300-2700 m. Qo‘riqxona hududini Obi-Safit,

Xujaqo’rg‘on, Zinjilbog‘, Novabog‘ va boshqa soylar chuqur kesib o‘tib, bu yerda go‘zal tabiatli

har xil tog‘ daralarini hosil qilgan. Qo’riqxona hududi 3938 gektarni tashkil etib, jami

o’simliklarning 800 ga yaqin turi uchraydi. Shundan paparotniklar 5 ta, ochiq urug’lilar 5 ta,

yopiq urug’lilar 790 ta turni tashkil qilmoqda. O’simliklarning 13 turi “Qizil Kitob”ga

kiritilganligi alohida ahamiyatga egadir. Shu bilan birga hududda 200 ta tur dorivor, 25 ta tur

oziq-ovqat o’simligi sanaladi.

Kalit so’zlar: Qo’riqxona, o’simlik, dorivor, daraxt, buta, oziq-ovqat, “Qizil kitob”,

paparotnik, paleontologiya, relef.

THE BOOK ANALYSIS OF PLANTS IN THE TERRITORY OF THE STATE

GEOLOGICAL RESERVE

Abstract. This article presents an analysis of the flora found in the Book state geological

reserve. The territory of the Reserve is geographically located on the south-western slope of

Zarafshan mountain, and administratively in the book District of Kashkadarya region. The total

area is 3,938 ha. The relief is mountainous, the upper part consists of cliffs, and the lower side of

hills. The elevation above sea level is 1300-2700 m. The territory of the Reserve was deeply

crossed by Obi-Safit, Khujaqurgan, Zinjilbog, Novabog and other streams, which formed various

mountain gorges of beautiful nature here. The reserve area is 3,938 hectares, with about 800

species of plants occurring in total. Of this, paparotniks are constituting 5 species, Open-seeded

5 species, closed-seeded 790 species. Of particular importance is the inclusion of 13 species of

plants in the “Red Book”. At the same time in the territory, 200 species are considered medicinal,

25 species are considered food plants.

Keywords: nature reserve, plant, medicine, tree, shrub, food, Red Book, fern, paleontology,

relief.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


69

КНИГА «АНАЛИЗ РАСТЕНИЙ НА ТЕРРИТОРИИ ГОСУДАРСТВЕННОГО

ГЕОЛОГИЧЕСКОГО ЗАПОВЕДНИКА»

Аннотация. В этой статье представлен анализ растений, встречающихся на

территории Государственного геологического заповедника книга. Территория

заповедника географически расположена на юго-западном склоне горы Зарафшан, а

административно-в книжном районе Кашкадарьинской области. Общая площадь 3938 га.

Рельеф гористый, верхняя часть состоит из скал, а нижняя-из холмов. Высота над

уровнем моря 1300-2700 м. Территорию заповедника глубоко пересекают ручьи Оби-

Сафит, Ходжакурган, Зингильгаг, Новабаг и другие, образующие здесь различные горные

ущелья с живописной природой. Территория заповедника составляет 3938 га, всего здесь

встречается около 800 видов растений. Из них папоротников насчитывается 5 видов,

открытых-5, закрытых-790 видов. Особое значение имеет то, что в “Красную книгу”

занесено 13 видов растений. При этом на территории насчитывается 200 видов

лекарственных и 25 видов пищевых растений.

Ключевые слова: заповедник, растение, лекарство, дерево, кустарник, еда, Красная

книга, папоротник, палеонтология, рельеф.

Kirish.

Kitob Davlat geologik qo‘riqxonasi 1979-yilda O‘zbekiston Respublikasi

hukumati qarori bilan zaminimizning geologik tarixi tabiiy-ilmiy yodgorliklarini nomoyon

etadigan paleontologiya – stratigrafiya majmualarini qo‘riqlash va rejali o’rganish, shuningdek

tabiatni muxofaza qilish, aholining ekologik bilimini oshirish maqsadida tashkil qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi qaramog‘ida

turadi. Qo‘riqxona hududi geografik jihatdan Zarafshon tog‘ining janubiy-g‘arbiy yonbag‘rida,

ma’muriy jihatdan esa Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida joylashgan. Umumiy maydoni 3938

ga. Relefi tog‘li, yuqori qismi qoyalardan, pastki tomoni esa, tepaliklardan iborat. Dengiz sathidan

balandligi 1300-2700 m. Qo‘riqxona hududini Obi-Safit, Xujaqo’rg‘on, Zinjilbog‘, Novabog‘ va

boshqa soylar chuqur kesib o‘tib, bu yerda go‘zal tabiatli har xil tog‘ daralarini hosil qilgan.

Qo‘riqxonaning tirik tabiat olami juda boy va xilma-xil. Ularni saqlash va o‘rganish

biologlarning asosiy vazifasidir. Bu yerda o‘simliklarning 800 turga yaqini ma’lum bo‘lib,

ularning 19 tasi O’zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan. Shuningdek hayvonot olami 168 tur

umurtqali hayvonlardan iborat bo‘lib, ulardan 13 turi O‘zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan.

Qo‘riqxona tabiiy iqlim sharoiti tez o‘zgaruvchan iqlim sharoitiga ega, shimoldan

ochiqligi, janub va g‘arbdan yirik tog‘ sistemalari bilan yopib qo‘yilganligiga, shuningdek suv


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


70

ayirg‘ich tog‘lar (5 ta) ning, soylarning janubdan shimolga yo‘nalishda, ya’ni Hisor tog‘ tizmasiga

nisbatan ko‘ngdalang joylashganligiga ham bog‘liq.

Joylashgan tog‘lar tizimi uchun quruq subtropik iqlimiga xos belgilar ko‘p va ayni bir

vaqtda iqlim kantinentaldir. Qo‘riqxonadagi qisqa va iliq bahor issiq va bir-xil quruq yoz bilan

almashadi va shu axvolda kech kuzgacha davom etadi. Qishda haroratning tez-tez keskin

o‘zgarishi sababli ob-havo muhim bo‘lmaydi. Bahorning eng kechki paytlarida ham sovuq bo‘lishi

mumkin (20 aprelgacha) yoki erta kuzda ham ayrim yillari sovuq tushushi mumkin (10-15

oktyabrda).

Qor qoplami doimiy bo‘ladi, qo‘riqxonaning janubiy qismi Qoratog‘da 1 m gacha va undan

ham ortiq bo‘lib, ayrim yillari noyabrdan to may oyigacha yotadi, qolgan maydonlarda qor

qalinligi 1 m gacha bo‘lib, dekabrdan aprel oyigacha yotadi. Qor qalinligini uzoq turishi bilan

qo‘riqxona qishi o‘rtacha mintaqalar qishiga o‘xshab ketadi. Qorning ketishi qo‘riqxonaning

asosiy qismida mart oyining oxirgi o‘n kunligiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, qo‘riqxonaning janubiy

(Qoratog‘) qismida qorning ketishi aprel oyining ikkinchi o‘n kunligiga to‘g‘ri keldi.

Qor qoplamining birinchi paydo bo‘lishi 2023-yilda 25-noyabr kuniga to‘g‘ri keldi. Qor

qalinligi 20 smgacha etdi. Qor qo‘riqxonaning barcha hududida bir-xil qalinlikda yog‘di.

Metodlar.

O’simlik turkum va turlarini aniqlashda Определитель растений Средней

Азии asaridan foydalanildi. Turlarning ilmiy nomlari POWO (Plants of the World Online, 2023)

xalqaro elektron ma’lumotlar bazasi asosida keltirildi. Ma’lumotlarning statistik tahlillari

Mikrosoft Excel 2014 dasturlari yordamida amalga oshirildi.

Natijalar.

Qo‘riqxona o‘simliklar dunyosi juda boy va xilma-xil bo‘lib, ularni muhofaza

qilish va o‘rganish asosiy vazifalardan biridir. Qo‘riqxona hududida 2024-yilga kelib jami 800

ta yuksak o‘simliklar o‘sishi aniqlangan bo‘lib, shundan 5 ta ochiq urug‘lilar, 5 ta paparotniklar

va 790 ta (yuksak o‘simliklar) tashkil etadi va 80 ta oilaga kiradi(1-jadval).

Shu o‘simliklardan 60 ga yaqini daraxt va butalar bo‘lib qo‘riqxonada 857,2 ga o‘rmonni

tashkil qiladi(1-diagramma).


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


71

1-diagramma. Kitob davlat qo’riqxonasida tarqalgan daraxt va butalar(gk

hisobida)

Qo‘riqxona maydonida 200 dan ortiq dorivor o‘simliklar turi aniqlangan. Bu dorivor

o‘simliklardan asosiylari (zaxirasi jixatdan ham) dala choy,qizilpoycha, xapri, (avruk) tog‘

rayhoni,sariq andiz, alqor uti, rovoch, shirinmiya, tog‘ jambili, oddiy bo‘ymadoron, sachratqi,

kuchala, dorivor gulxayri, oq chayir o‘simliklari hisoblanadi(1-rasm).

Bu sanab o‘tilgan dorivor o‘simliklarni bir qismi: kuchala, oqchayir, rovoch, etmak,

dug‘boy, sariq andiz, ayiq uti, sachratqi, bo‘ymadoron, alqor kabi turlardan mahalliy aholi dorivor

giyoh sifatida foydalanib keladi.

Shuningdek qo‘riqxona hududida 25 ga yaqin oziq-ovqatga ishlatish mumkin bo’lgan

o‘simlik turlari mavjuddir. Bundan tashqari hududda 20 dan ortiq manzarali daraxt-butalar turlari

uchraydi.

Kitob Davlat geologik qo‘riqxonasi hududidagi o‘simlik oilalari

2024-yil holati

Jadval-1

T/r

Oilalar nomi

Turlar soni

1.

Qizilchanomadoshlar

2

2.

Boshoqdoshlar

48

3.

Loladoshlar

13

4.

Gulsafsardoshlar

7

5.

Nargisdoshlar

1

0

50

100

150

200

250

300

350

Zarafshon archasi

Zarang

Grek yong'og'i

Achchiq bodom

Sariq do'lana

Bodomcha

Na'matak


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


72

6.

Torondoshlar

23

7.

Chinniguldoshlar

35

8.

Ayiqtovondoshlar

29

9.

Ko‘knordoshlar

3

10.

Karamdoshlar

35

11.

Ra’noguldoshlar

33

12.

Burchoqdoshlar

74

13.

Yoronguldoshlar

8

14.

Toshbaqatoldoshlar

2

15.

Sutlamadoshlar

10

16.

Kuchaladoshlar

3

17.

Xinadoshlar

2

18.

Gulxayridoshlar

6

19.

Qizilpoychadoshlar

3

20.

Kepreydoshlar

5

21.

Soyabonguldoshlar

44

22.

Navro‘zguldoshlar

3

23.

Gazako‘tdoshlar

4

24.

Gavzabondoshlar

20

25.

Tokdoshlar

1

26.

Labguldoshlar

44

27.

Sigirquyruqdoshlar

42

28.

Zubturumdoshlar

3

29.

Ro‘yandoshlar

15

30.

Uchqatdoshlar

4

31.

Qung‘iroqguldoshlar

4

32.

Ziradoshlar

139

33.

Chinordoshlar

1

34.

Zarangdoshlar

1

35.

Sarvdoshlar

1

36.

Qirqbo‘g‘imdoshlar

2

37.

Solabdoshlar

2

38.

Yalpizdoshlar

2

39.

Qo‘ng‘iroqguldoshlar

7

40.

Nashadoshlar

1

41.

Dalachoydoshlar

1

42.

Piyozdoshlar

15

43.

Sarsabildoshlar

4

44.

Shirachdoshlar

5

45.

Sarijondoshlar

2

46.

Zirkdoshlar

3

47.

Sallaguldoshlar

1


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


73

48.

Shotaradoshlar

3

49.

Shuradoshlar

4

50.

Kermakdoshlar

1

51.

Yong‘oqdoshlar

1

52.

Gunafshadoshlar

3

53.

Yulg‘undoshlar

1

54.

Toldoshlar

8

55.

Qizilyuguruqdoshlar

1

56.

Qovuldoshlar

1

57.

Sayoqguldoshlar

1

58.

Qayrag‘ochdoshlar

2

59.

Tutdoshlar

1

60.

Gazandadoshlar

3

61.

Olmadoshlar

2

62.

Semizakdoshlar

2

63.

Pistadoshlar

1

64.

Derbendoshlar

3

65.

Qontepardoshlar

1

66.

Chilonjiydadoshlar

4

67.

Jiydadoshlar

2

68.

Uzumdoshlar

1

69.

Asorundoshlar

4

70.

To‘ng‘iztaroqdoshlar

4

71.

Poyabargdoshlar

1

72.

Kendirdoshlar

1

73.

Kipreydoshlar

1

74.

Ituzumdoshlar

4

75.

Pechakdoshlar

5

76.

Zarpechakdoshlar

6

77.

Olxo‘ridoshlar

2

78.

Qirqquloqdoshlar

1

79.

Normushkdoshlar

1

80.

Chetisporadondoshlar

1

1-jadvaldan ko’rinib turibdiki hududda yopiq urug’li o’simliklarning 80 ta oilasi uchrab

shundan Ziradoshlar 149 tur, Burchoqdoshlar 74 tur, Boshoqdoshlar 48 tur, Labguldoshlar va

Soyabonguldoshlar 44 tadan turni tashkil qilmoqda.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


74

1-rasm Kitob davlat geologik qo’riqxonasi o’simliklari

Xulosa.

Kitob Davlat geologik qo’riqxonasi hududida o’simliklarni jami 800 ga yaqin turi

mavjudligi aniqlandi. Shundan paparotniklar 5 ta, ochiq urug’lilar 5 ta, yopiq urug’lilar 790 ta

turni tashkil qilmoqda. O’simliklarning 13 turi “Qizil Kitob”ga kiritilganligi bu hududdagi noyob

va muhofazaga muhtoj turlarni alohida o’rganishni talab qiladi. Shu bilan birga hududda 200 ta

tur dorivor, 25 ta tur oziq-ovqat o’simligi borligi bu o’simliklardan rejali va oqilona foydalanishni

yo’lga qo’yishni taqazo etmoqda.

REFERENCES

1.

Bobonazarovich Y. B. TABIIY MUHOFAZA ETILADIGAN HUDUDLARDA

EKOTURIZIMNI

RIVOJLANTIRISH

ISTIQBOLLARI

(KITOB

GEOLOGIK

QO‘RIQXONASI MISOLIDA) //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. Special Issue

11. – С. 315-324.

2.

Hojiyeva A., Xurramov O. Ziziphora tenuior o’simligining dorivorlik xususiyatlari //Journal

of Integrated Education and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 8-10.

3.

O’zbekiston florasi 3-tom.1961-yil. 717-720-bet.

4.

Xurramov O. G. Islamov BS SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA GLYСYRRHIZA

GLABRA L //NING BA’ZI BIOLOGIK XUSUSIYATLARI. – Т. 257.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


75

5.

Xurramov O. G., Islamov B. S. SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA

GLYСYRRHIZA GLABRA L. NING BA’ZI BIOLOGIK XUSUSIYATLARI //Журнал

естественных наук. – 2021. – Т. 2. – №. 1

6.

Введенский А.И., Ковалевская С.С. Род Eremurus M. Bieb. // Определитель растений

Средний Азии. – Ташкент: Фан, 1971. Т. II. – С.14-27.

References

Bobonazarovich Y. B. TABIIY MUHOFAZA ETILADIGAN HUDUDLARDA EKOTURIZIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI (KITOB GEOLOGIK QO‘RIQXONASI MISOLIDA) //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. Special Issue 11. – С. 315-324.

Hojiyeva A., Xurramov O. Ziziphora tenuior o’simligining dorivorlik xususiyatlari //Journal of Integrated Education and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 8-10.

O’zbekiston florasi 3-tom.1961-yil. 717-720-bet.

Xurramov O. G. Islamov BS SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA GLYСYRRHIZA GLABRA L //NING BA’ZI BIOLOGIK XUSUSIYATLARI. – Т. 257.

Xurramov O. G., Islamov B. S. SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA GLYСYRRHIZA GLABRA L. NING BA’ZI BIOLOGIK XUSUSIYATLARI //Журнал естественных наук. – 2021. – Т. 2. – №. 1

Введенский А.И., Ковалевская С.С. Род Eremurus M. Bieb. // Определитель растений Средний Азии. – Ташкент: Фан, 1971. Т. II. – С.14-27.