ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
96
O‘O‘K 631.4
SIRDARYO VILOYATINING
SHO‘RLANGAN TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY
XOSSALARI
Rizayev Asror Shuhrat o‘g‘li
Toshkent davlat agrar universiteti masofaviy ta’lim yo‘nalishi bo‘limi uslubchisi.
asrorrizayev72@gmail.com
Mannonova Dilnoza Marat qizi
Toshkent davlat agrar universiteti talabasi.
Rizoyeva Navruzoy Zafarovna
Toshkent davlat agrar universiteti talabasi.
Shodmonqulov Diyorbek Baxtiyor o‘g‘li
Toshkent davlat agrar universiteti talabasi.
Mirg‘oziboyeva Iroda Ilhom qizi
Toshkent davlat agrar universiteti talabasi.
mirgoziboyevairoda@gmail.com
Teshayev Axrorbek Amon o‘g‘li
Toshkent davlat agrar universiteti talabasi.
axrorbekteshayev@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14048820
Annotatsiya. Sirdaryo daryosining o‘rta oqimi chap sohilida Mirzacho‘l va Jizzax
cho‘lligi, o‘ng qirg’oqda tog’oldi va Toshkent oldidagi vahoni qamrab oladi. Hudud ma’muriy
jihatdan uchta yirikToshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatiga bo‘linadi. Sug’oriladigan yerlarning
umumiy maydoni 985 ming gektarni tashkil etadi. Sirdaryo viloyati respublikamiz viloyatlari
ichida o‘ziga xos tabiati bilan ajralib turuvchi eng kichik ma’muriy-hududiy birlikdir. Umumiy
yer hududi 4280 km² va maydonі boʻyіcha ma’murіy-hududіy bіrlіklar іchіda faqat Toshkent
shahrіdan katta, vіloyatlar іchіda eng oxіrgі oʻrіnda turadі. Hududining kichik bo‘lishiga
qaramay, agroekologik jihatdan respublikamizda oldingi o‘rinlardan birini egallaydi.
Kalit so‘zlar: tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi, “Sayxun” qo‘riqxonasi,
agroekologik, geoekologik, agrokimyoviy xossalari.
AGROCHEMICAL PROPERTIES OF SALINE SOILS OF SYRDARYA REGION
Abstract. The middle reaches of the Syrdarya River cover the Mirzachul and Jizzakh
deserts on the left bank, and the foothills and oasis in front of Tashkent on the right bank. The
territory is administratively divided into three large regions: Tashkent, Syrdarya and Jizzakh. The
total area of irrigated land is 985 thousand hectares. Syrdarya region is the smallest
administrative-territorial unit among the regions of our republic, distinguished by its unique
nature. With a total land area of 4280 km², it is the last among the administrative-territorial units
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
97
in terms of area, second only to Tashkent city. Despite its small area, it occupies one of the leading
places in our republic in terms of agroecology.
Key words: soils, flora and fauna, "Saykhun" reserve, agroecological, geoecological,
agrochemical properties.
АГРОХИМИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА ЗАСОЛЕННЫХ ПОЧВ СЫРДАРЬИНСКОЙ
ОБЛАСТИ
Аннотация. Среднее течение реки Сырдарья охватывает Мирзачольскую и
Джизакскую пустыни на левом берегу, высокогорье на правом берегу и оазис перед
Ташкентом. Административно область разделена на три крупных региона: Ташкентскую,
Сырдарьинскую и Джизакскую. Общая площадь орошаемых земель составляет 985 тыс.
га. Сырдарьинская область – самая маленькая административно-территориальная
единица среди регионов нашей республики, отличающаяся уникальным характером. Общая
площадь суши составляет 4280 км², по площади она превышает город Ташкент по
административно-территориальным единицам и занимает последнее место среди
областей. Несмотря на свою небольшую площадь, по агроэкологии он занимает одно из
первых мест в нашей республике.
Ключевые слова: почва, флора и фауна, заповедник «Сайхун», агроэкологические,
геоэкологические, агрохимические свойства.
Kirish.
Sirdaryo viloyatining foydalanishdagi umumiy yer maydonlari 427,6 ming gektardan
iborat bo‘lib, shundan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar 292,7, dehqonchilikda intensiv
foydalanib kelinayotgan yerlar – 274,3, ekin maydonlari esa 256,9 ming gektarni tashkil etgani
holda, sho‘rlanish, sizot suvlarining yuqori holati va boshqa sabablarga ko‘ra foydalanilmaydigan
sug‘oriladigan yerlari 28,8 ming (9,8%) gektarni, meliorativ-noqulay yerlar – 41,5 ming (14,2%)
gektarni, sizot suvlarining sathi yuqori joylashgan sug‘oriladigan yerlar 17,5 ming (6,0%)
gektarni, turli darajada sho‘rlangan sug‘oriladigan yerlar maydoni 283,0 ming (96,8%) gektar
ko‘rsatkichlarida qayd etilgan.
Har yili agrotexnik va agromeliorativ tadbirlar o‘tkazilishi, sho‘r yuvish ishlari amalga
oshirilishiga qaramasdan, viloyatning nafaqat bir tumani (massivi), balki xo‘jaliklari, kichik
sug‘orish tizimlarida ham yerlarni meliorativ holatini yaxshilashga erishilmadi. Aksincha, takror
sho‘rlanish holatlari jadallashib o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan yerlar maydonlari ortib bormoqda,
bunday vaziyatdan chiqish masalasi yana muammo bo‘lib qolmoqda.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
98
Sirdaryo viloyati hududida bir qancha katta hajmdagi agro- va gidromeliorativ tadbirlar
olib borilishiga qaramasdan sug‘oriladigan hududda meliorativ tartibotini boshqarish va
maqbullashtirishga erishilmaganligi, nazoratsiz sug‘orishlar, tuproq sho‘r yuvish ishlarini o‘z
vaqtida va sifatli o‘tkazmaslik, oqibatida yerlarning sifat va samaradorligi hanuzgacha pastligicha
qolmoqda, sho‘rlanish jarayonlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.
Sug’oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlar yengil va o‘rta ba’zan og’ir qumoqli. Tuproqning
yuqori qavatlarida och kulrang chirindili qatlam ajralib turadi va chirindi miqdori 1,17-1,50%
atrofida. Harakatchang fosforlar 8,0-15,6 mg/kg, almashinuvchi kaliy 128-190 ba’zan 240-275
mg/kg ni tashkil qiladi. Haydov qatlam ostida karbonatli qatlamlar bo‘lib, karbonatning miqdori
7-8% ni tashkil qiladi. Bo‘z-o‘tloqi tuproqlar sho‘rlanishga moyil bo‘lib kuchsiz, o‘rtacha va
ba’zan kuchli darajada sho‘rlangan, kuchsiz darajada gipslashgan
Sug‘oriladigan tuproqlarda kalsiyli, hamda o‘zida qalsiy saqlovchi o‘g‘itlar qo‘llash
zarurligi yaqqol sezila boshladi. Bu jarayon ayniqsa, sho‘r tuproqlarda yana ham keskinroq
namoyon bo‘la boshladi. Bunga R.A. Azimov (1974), Z.X. Sobitova (1977), Yo.M.
Qulmurodova (1990), va A.A. Qo‘zievalarning (1990) ishlari yaqqol misol bo‘la oladi. Hozirgi
vaqtda tarkibida kalsiy saqlovchi o‘g‘itlarning ishlatilmaslik, tuproqlarning doimiy ravishda
shamol ta’sirida yemirilishi natijasida, suvda tez eruvchi tuzlar bilan bir qatorda qalsiy
biriqmalarining yemirilib ketilishiga olib kelmokda. Shu
tuproklarda ekiladigan paxtaning butun rivoji davomida o‘zi bilan birga kalsiyni ko‘plab
uchirilib ketishi kalsiyning tuproqlardan sezilarli darajada kamayib ketilayotganligidan dalolat
beradi. Bularning hammasi sug‘oriladigan tuproqlar singdirish kompleksining tarkibiy
o‘zgarishiga olib keladi va natijada kalsiyning kamayishiga sabab bo‘ladi.
Olib borilgan tadqiqotlar natijalarining ko‘rsatishicha, o‘rganilgan tuproqlarning
singdirish sig‘imi unchalik katta ko‘rsatkichlarga ega emas, ya’ni 100 gr. tuproqda 11-16
mg/ekv. ni tashkil etadi va shuning bilan birga tuproq profili bo‘yicha har xil kattalikka
ega. Bu ko‘rsatkich tuproqlarning yuqori qatlamlarida 100 gr. tuproqda 8-15 mg/ekv. bo‘lsa,
pastki qatlamlarida 100 gr. tuproqda 6 mg/ekv. dan 13 mg/ekv. ga teng.O‘rganilgan
tuproqlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular singdirilgan kationlari tarkibida
magniyning hissasi kalsiyga qaraganda, 1,5-2 barobar ko‘pdir. Tadqiqot natijalariga kura,
avtomorf namlik rejimiga ega bo‘lgan tuproqlarni gidromorf namlik rejimiga o‘tishi bilan har yili
suvda eruvchi tuzlarni suv bilan yuvish ta’sirida singdirilgan kalsiyning siqib chiqarilishi va
tuproq singdirish qompleksida katta o‘zgarishlar hosil bo‘lishi bilan bog‘likdir.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
99
Hozirgi vaqtda amalda bo‘lgan klassifikatsiya bo‘yicha o‘rganilgan asosiy tuproqlar
yuqori qatlamlari bo‘yicha kuchsiz sho‘rtoblangan tuproqlar hisoblanadilar. Ularning
singdirish kompleksida almashinuvchi natriyning hissasi 6,5 foizdan 16,7 foizgacha.
Bundan ko‘rinadiki, bu tuproqlar sho‘rtoblanish jarayonini qismi u yoki bu darajada
sho‘rlanganligiga, ma’lum darajada gipslashganligi va yuqori karbonatliligiga bog‘liqdir. Bu
tuproqlarning singdirilgan kationlari tarkibiga ko‘rsatib o‘tilgan yangi yaralmalarning va shu bilan
bir qatorda yuvish va sugorish suvlarining ta’sir etishi tabiiydir.
Demak, olingan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, eng past qo‘rsatqich yangidan
sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarga to‘g‘ri qeladi va shuning uchun ham, eskidan sug‘oriladigan
o‘tloqi tuproqlarda paxta yetishtirish yangidan sug‘oriladigan tuproqlarga nisbatan, ancha
yaxshi natijalar beradi. Sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarida, yangidan sug‘oriladigan
o‘tloqi tuprqlariga nisbatan, paxta rivojlanishi uchun ma’lum shart-sharoitlar mavjud
ekanligini ko‘rsatadi.
Tuproq tarkibidagi kalsiy va magniyning o‘zgarishini kuzatish bu o‘rinda muhim
ahamiyatga ega. Ma’lumki, kalsiy suvli so‘rim tarkibida kalsiy nitrat, bikorbonat va
ma’lum miqdorda monofosfatlar ko‘rinishida bo‘ladi. Tuproq organik moddalarining harakati
va tuproq singdirish kompleksining tarkibi, suvda eruvchan kalsiyning ko‘p yoki kamligiga
bog‘likdir.
Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, yangidan sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarda
suvda eruvchan kalsiy miqdori 0,030-0,190% ni, magniy miqdori esa 0,030 - 0,174%
ni tashkil etadi. Sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarda esa bu miqdor 0,030-0,270% ga teng
Tuproqning sho‘rlanish darajasi ortishi bilan, suvda eruvchan kalsiy va magniyning
miqdori ortib boradi.
Yangidan sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlarni ona jinslari, delyuvial prolyuvial va
lyossimon yotqiziqlar hisoblanib, ular yerlarni meliorativ tadbirlar o‘tkazish orqali yer osti suvi
sathi pasaytirilgan sharoitda shakllangan. Bu tuproqlar, o‘tloqi va bo‘z tuproqlar o‘rtasidagi
oraliq tuproqlar bo‘lib, morfologik (tashqi) belgilarida qoldiq gidromorfizm jarayonlari aniq
ko‘rinadi. Tuproqni keyingi rivojlanishi kuchsiz yer ostidan namlanish sharoitida bormoqda.
Tuproqning quyi chuqur (3-4 m.) qismlari davriy kapillyar namlanish ostida bo‘ladi.
Grunt suvlarining sathi nisbatan chuqurroq, kuchsiz minerallashgan, tuproqlari asosan
o‘rtacha, yengil qumoqli va qumloqli mexanik tarkibdan iborat.Gumus miqdori haydov
qatlamida 0,68-0,82 % atrofida tebranib, quyi tomon uning miqdori kamayib boradi. Tuproqni
haydov qatlamida gumusning yuqori bo‘lishi, bu tuproqlar uchun xarakterlidir.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
100
Bundan tashqari, tuproq ostida jigarrang va och dog‘larni 0,8-1,0 m. dan uchrashi, qoldiq
gidromorfizm belgilaridan hisoblanadi. Harakatchan fosfor bu tuproqlarda 6,6-4,7 mg/kg., kaliy
130-136 mg/kg., ni tashkil etadi.
REFERENCES
1.
Ahmedov A.U., Xaqberdiev O.E., Parpiev G‘ T., Umarov M.I. Sovremennыe
problemы borbы s eroziey i zasoleniem oroshaemыx pochv // Biologiya,
ekologiya
va
tuproqshunosliqning
dolzarb
muammolari,
respubliqa
ilmiy-
amaliy anjuman: - Toshqent- 2006. - B. 175-176.
2.
Umarov
M.I.,
Ismanov
A.J.
Sug‘oriladigan
tuproqlarning
antropogen
omillar
ta’sirida
o‘zgarishi
//Agrar
fani
va
ta’limi:
Dolzarb
muammolari, istiqbolli rivojlanishi,ilmiy-amaliy xalqaro qonferensiya: - Toshkent:
2004. B. 108-109.
3.
Umarov M.I., Ismanov A.J. Xarakteristika nekotorыx pochv severnыx predgoriy
Turkestansqogo xrebta (na primere Zaaminskogo rayona) //
O‘zbekiston
tuproqshunoslar va agroqimyogarlar jamiyatining IV qurultoyi materiallari: - Toshkent:
2005 -B. 144-145.
4.
Назарова, С. М., & Курвантаев, Р. (2018). Механический состав орошаемых почв
5.
Файзиев, К. И., & Курвантаев, Р. К. (2018). Механический состав орошаемых
луговых почв Гурленского района Хорезмской области. Актуальные
вопросысовременной науки, (2), 41-49.
6.
Курвантаев, Р. К., & Файзиев, К. И. (2020). Гранулометрический состав луговыхпочв
Янгибазарского района Хорезмского оазиса. In СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ
ИПРОБЛЕМЫ РАЦИОНАЛЬНОГО ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ПОЧВ СИБИРИ (pp. 117-
122).
