ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
95
УДК: 631.527:94(575.1)Б
BUXORO VOHASIDAGI DEHQONCHILIK AN`ANALARI TARIXIDAN
(XIX ASR OXIRI-XX ASR BOSHLARI)
Jumaeva Nilufar Axmatovna
BuxDU Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14061468
Annotatsiya. Maqolada Buxoro vohasi ziroatchilarning Quyi Zarafshonning murakkab
tabiiy sharoitida ham jahon ziroatchilik madaniyatiga o`ziga xos munosib hissa qo`shganligi,
ming yillar davomida yerga ishlov berish, ekin ekib mo`l hosil olishning o`ziga xos usullari va
tadbirlari, og’ir sharoitlarga qaramay o’zlarining asriy tajribalari asosida an`anaviy
dehqonchilik usullari yordamida mo’l - ko’l hosil yetishtirishga muvaffaq bo’lganliklari va u bilan
bog`liq tadbirlari, dehqonchilik an`analarining o`ziga xos usullari manbalar va dala ma’lumotlari
asosida tahlil etiladi.
Tayanch iboralar: Paykal, tegirmon, mo`ndi , mola. go`ja, to`g`on, belkurak, ketmon,
yaxob, yagona, to`pcha, chopiq, oq jo`xori.
FROM THE HISTORY OF FARMING TRADITIONS OF THE BUKHARA
OASIS (LATE 19TH-EARLY 20TH CENTURY)
Abstract. In the article, the farmers of the Bukhara oasis have made a worthy contribution
to the world agricultural culture even in the complex natural conditions of Lower Zarafshan, the
unique methods and measures of tilling the land for thousands of years, planting crops and
obtaining a bountiful harvest, despite the difficult conditions. Based on their centuries-old
experience, they managed to grow abundant crops with the help of traditional farming methods
and related activities, the unique methods of farming traditions are analyzed based on sources and
field data. will be done.
Key words: Paykal, mill, mundi, mola, dam, shovel, hoe, yakhob, sole, sphere, chopper,
white dats.
ИЗ ИСТОРИИ ЗЕМЛЕДЕЛЬЧЕСКОЙ ТРАДИЦИИ БУХАРСКОГО ОАЗИСА В
КОНЦЕ XIX – НАЧ. XX ВВ.
Аннотация. В статье земледельцы Бухарского оазиса даже в сложных природных
условиях Нижнего Зарафшана внесли достойный вклад в мировую земледельческую
культуру, уникальными на протяжении тысячелетий методами и мерами обработки
земли, посадки сельскохозяйственных культур и получения обильного урожая. урожай,
несмотря на тяжелые условия.Основываясь на многовековом опыте, им удалось
вырастить обильные урожаи с помощью традиционных методов земледелия и связанных
с ними мероприятий, на основе источников и полевых данных будут проанализированы
уникальные методы земледельческих традиций.
Ключевые слова: Пайкал, мельница, мунди, мола, плотина, лопата, мотыга, яхоб,
ягана, сфера, белая кукуруза.
Kirish:
XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida Buxoro vohasida dehqonchilik
madaniyatining o`ziga xos an`analari yuzaga kelgan. Bu an`analar avvalambor dehqonchilik
texnikasi va mehnat qurollari bilan bog`liq bo`lgan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
96
Buxoro vohasi aholisi er – suvdan jamoa bo‘lib foydalanishgan. Shu bilan birga barcha
sug‘orish ariqlarini ham har yili kuz fasli va erta bahorda birgalikda tozalashgan. Katta ariqlarni
qazish va to‘g‘on va dambalar qurish ishlari esa ommaviy ravishda, hashar yo`li orqali jamoa bo‘lib
bajarilgan. Albatta, bu ishlarni amalga oshirishda yuzlab – minglab jamoa a’zolari qo`l kuchidan
foydalanilgan va shu bilan bog`liq turli an`analar vujudga kelgan.
Vohada XX asrning boshlariga kelib, sinfiy jamiyat talablari asosida erlar tobora yakka
shaxslarning, ya’ni yirik er egalarining qo‘liga o‘tib, ularning xususiy mulkiga aylana boshlashi
bilan jamoaviy munosabatlar ham asta – sekin emirila boshlangan. Shunga qaramasdan Buxoro
amirligining bekliklarida hamda tog` va tog‘ oldi hududlarda jamoaviy munosabatlar saqlanib
qolishi geohududiy omil bilan bo`liq. Shu sababli anhor va ariqlarni tozalashga jamoa a’zolari va
boylardan, ya’ni, katta er egalaridan alohida – alohida hasharchilar olingan. G‘uzor bekligiga
qarashli Qorako‘l qishlog‘ilik Mulla Davlat, Qodirko‘l oqsoqol, Yo‘ldosh amin, To‘raboy,
Suvonboylarning ancha eri bo‘lgan. Ular suv yo‘llarini tozalash uchun ko‘proq mardikor
yollashgan. Vohaga yaqin yoki undan sug`oriladigan qishloqlar aholisi alohida bir jamoani tashkil
etgan. Tabiiyki, bu qishloq jamoalari yana kichik ekin maydonlari ham tuzgan. Ularni vohaning
bir qancha tumanlarida “paykal” deb ataganlar [6].
An’anaga ko‘ra, erta ko‘klamda dala ishlari boshlanishidan oldin xar yili voha qishloq
aholisi o‘zlarining jamoa erlariga to`planib, oralaridan yoshi ulug‘, obro‘li va tajribali bir kishini
oqsoqol qilib saylashgan. Ushbu yig‘inda mirob, dorug‘a, hatto sartarosh xam saylangan. Faqat
oilali kishilar hisobga olinib, paykallarga bo‘lingan. Har bir Paykalga 8 kishi (“tan”) kirgan.[9]
Demak, shu 8 kishi paykalga taalluqli barcha engil va mashaqqatli ishlarni amalga
oshirgan. Ariq va anhorning uzun-qisqaligiga qarab paykallardan hasharchilar olingan. Paykal
a’zolari qat`iy tartib intizom asosida navbati bilan suv yo‘llarini tozalashda qatnashishgan.
Paykalga kirmagan, suv chiqishi qiyin bo‘lgan partov erlar, ya’ni bo‘sh erlar
«posira»
,
unda ishlovchilar “posirakorlar” deb atalgan. Posira erlarda hosil etishtirish juda mushkul bo‘lgan.
Dastlab bu erlarga lalmikor ekinlar ekilib, qor va yomg‘ir suvi bilan sug‘orilgan.
Kamdan-kam hollarda dehqonlar o`zlariga tegishli yerlarnioqar suv bilan bir – ikki bor
sug‘orishgan, ya’ni bunday erlarga ekilgan ekinlar zahmat chekish bilan sug‘orilgan. Shu
sababdan bo‘lsa kerak suv inshootlarini tartibga keltirishda posirachilar kamdan – kam
hollardagina ishtirok etishgan.
Vohadagi barcha bekliklarga qarashli qishloq aholisiniig jamoa eri va posira erlaridan
tashqari o‘z tomorqasi ham bo‘lgan. Bu erlar qishloqlarda 5 paxsa devor yoki chimdevor bilan
o‘rab olingan. Qarako`l, Olot va boshqa tumanlarning dasht hududlarida devor bilan o‘rashga
ehtiyoj sezilmaganligi bois ma’lum bir belgilar qo‘yilgan va bunday erlar odatda “hayat” deb
atalgan[2].
O‘rta Osiyoning boshqa xududlarida bo‘lgani singari Buxoro vohasida ham suv
tanqislisligi yuz berib turgan. Shu bois mahalliy xalq sug`orish shohobchalaridan foydalanishning
tartib – qoidalari va usullarini yaxshi bilishgan[2]. Dehqonlar suv tanqis bo‘lgan hududlarda
suvdan navbat bilan foydalanishga qat’iy rioya etishgan. Suv miqdori muayyan tartibda
o‘lchangan. Masalan, “bir suv-ariqdan bir kecha-kunduzda oqib o‘tgan suv: “bir tegirmon” yoki
“tosh” - bir pud donni tegirmonda tortguncha ketadigan suv “bir qo‘sh” – bir qo‘sh ho‘kiz bilan
haydalgan erni sug‘orish uchun etadigan suv” kabi suv o‘lchovlari keng qo‘llanilgan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
97
Buxoroning suvga tanqis tumanlarida jamoa foydalanadigan paykallarda bir qo‘sh erga
beriladigan suv “mo‘ndi” bilan o‘lchangan. Mo‘ndi – tubi teshilgan, taxminan o‘n litr suv
sig‘adigan oddiy sopol ko‘zacha bo‘lib, undagi suv oqib bo‘lishiga qarab suv miqdorini
o‘lchaganlar. Shuni ta’kidlash kerakki, paykal va hayat erlarini sug‘orishning u yoki bu usullari
suvning oz - ko‘pligiga qarab tanlangan. Vohaning o‘rta qismida dehqonlar sug‘orishning “bir
quloq” usulidan ko‘proq foydalanishgan. Bunda vaqt hisobi quyosh harakatiga karab belgiangan.
Miroblar paykal a’zolarining eri qanchaligini juda yaxshi bilishgan va shunga qarab vaqt
ajratishgan. XX asrning boshlariga kelib boy – badavlat kishilar o‘z mavqelaridan foydalanib,
ayrim hollarda belgilangan tartiblarni ham buzishgan.[2]
Romitan tumanidaga Qo`rg`on qishlog‘ida 50 ta paykal bo‘lib, bir kecha – kunduzda
uchtadan paykal sug`orilishi kerak bo‘lgan. Ikkita paykal kunduzi, bittasi esa kechasi sug‘orilgan.
Har paykalga 16 – 17 kunda bir bor navbat kelgan. Qo‘shni qishloq Romishda esa 37 taga
yaqin paykal bo‘lgan. Qishloq oqsoqoli boshchiligida chokboshlar (bu qishloqda paykalboshi
yig‘ilishib, suv navbatini belgilashgan. O‘rta kattaliklagi bir chelak suv keladigan sopol ko‘zaning
tagini teshib suv oqizishgan. Aynan shu holni boshqa qishloqlarda ham ko‘rish mumkin edi.
Paykallardagi ekinlarni suvning miqdoriga qarab sug‘orishgan. Agar suv kam bo‘lsa,
poxol qilib, bostirib sug‘orilgan. Mabodo, suv uzoq vaqt oqadigan bo‘lsa, ekinlarga egatlar yoxud
jo‘yaklar orqali suv oqizishgan. Ekinlar qonib suv ichishiga, ayniqsa, katta e’tibor qaratilgan.
Paykallarni jo‘yaklardan oqizib sug‘orish usuli ko‘pincha tunda amalga oshirilgan.
Buxoro vohasi sharoitada dehqonchilik xo`jaligi sun`iy sug`orishga asoslanadi. Erlarning
unumdorligi, ekinlarning hosildorligi sun’iy sug‘orish, ariqlarning uzayishi va kengayishi hisobiga
yildan yilga ortib borgan. XIX asrning oxiri – XX asr boshlariga kelib sug‘orish tarmoqlariga
e’tibor pasayganligi kuzatiladi. Daryo suvi kam bo‘lganligi tufayli ariqlar va shoxlar (ariqdan
kichik, ayrim paykallarni, qishloqdagi erlarni sug‘oradigan suv yo‘li)ni qum, loyqa va suv o‘tlari
bosib ketgan. Natijada yildan – yilga sug‘oriladigan maydonlar miqdori qisqarib borgan. Bu esa
bir qator sabab va omillar bilan bog`liq bo‘lgan. Erlarning kattagina qismi yirik yer egalarining
qo‘liga o‘tib ketgach, sug‘orish ishlariga e’tiborsizlik bilan qarash kuchaygan.
Erga bir mavsumda bug‘doy yoki arpa ekib olingach, paykallar o‘tloqqa aylantirilgan. Vaqt
o‘tishi bilan bir qancha ariq – zovurlar ko‘milib o`z ahamiyatini yo`qotgan.[3]
Insoniyat hayoti, xo`jalik faoliyati ko`p jihatdan dehqonchilik ishlab chiqarishiga bog`liq
bo`lib, mehnat qurollari uzoq o`tmishdan qolgan shakllarda edi. Yerni haydab shudgor qilish, yoki
ekinlarga ishlov berish qo`sh - ho`kizlar yordamida amalga oshirilar, shuning uchun ishchi
hayvonlarning buxoroliklar hayotidagi ahamiyati nihoyatda baland bo`lgan. Ishchi hayvonlarni
yaxshi oziqlantirish, ularni asrab avaylash hayotiy zaruriyatga aylangan edi. Kuzgi shudgor
paytida ham asosiy ishchi kuchi qo`sh - ho`kizlar bo`lib, ular qo`shilgan omochlarda yer
haydalar, shudgor qilinar edi. Erta bahorda esa yerni ekishga tayyolash, six mola qilishda ham
asosiy ishchi hayvon ho`kizlar, ba`zan otlardan foydalanilar edi. Bahorgi yumushlar qizigan mart
– aprel oylarida kunlar uzayib, havo harorati ham ko`tarilib borar, bunday sharoitda ayniqsa
qishdan “eti yupun bo`lib, yoki yo`g`on cho`zildi – ingichka uzildi”[3] bo`lib chiqqan
jonivorlarning xizmatidan foydalanish barobarida ularni asrab – avaylash ham zarur bo`lgan .
Qadimgi buxoroliklar ishchi hayvonlarni yaxshi oziqlantirish bilan birga ularni salqin
vaqtda, ko`proq tunda va erta saharda ishga solganlar.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
98
Bahorgi yumushlar qizigan pallada ishga solingan ho`kizlarga nisbattan “gava pushtash
oftoba
nabinad” - Ho’kizning tanasi quyosh ko’rmasin iborasi shundan shundan kelib chiqqan
bo`lib, ho`kizlarni, umuman ishchi jonivorlarni quyosh tig`ida ishlatmasdan, ularni asrab –
avaylash, ishni salqin vaqtda amalga oshirish lozimligi nazarda tutilgan [4].
Erta bahorda yerlarni ekishga tayyorlash, ekishni o`z vaqtida o`tkazish ham alohida
tayyorgarlik va tajribalarni talab qilgan. Buxorolik Bobodehqonlar bahorning har bir lahzasidan
unumli foydalanib ekish – tikish ishlarini o`z vaqtida amalga oshirishga harakat qilganlar.
Bahorning har daqiqasini g`animat bilib, ekishni ertaroq amalga oshirishga intilganlar.
Xalqda “sepilgan urug` ho`kizning
tanasiga tegmasin”
[5] iborasiga bahorgi ekish paytida
erga sepilgan urug` ishchi jonivorlarning tanasiga tegilib erga tushguncha vaqt boy beriladi, degan
ma`no anglatgan.
Yerga ishlov berish, ekinlarni parvarishlash borasida ham an`anaviy usullar asosida katta
tajriba to`plangan. Ota bobolarimiz bir qator agrotexnik usullarni kashf qilganlar. Shulardan biri
oq jo’xori ostini to`pchalash usulidir.
Ma`lumki, xalqimiz oshxonasida go`ja taomi qadimdan mavjud bo`lib, uni asosan oq
jo`xoridan tayyorlashgan va qatiq qo`shib iste`mol qilingan. Oq jo`xorini yetishtirish esa boshqa
ekin turlariga qaraganda alohida agrotexnika talab qilgan. Buning uchun mahalliy o`g`itdan
yaxshilab to`yintirilgan, suvga qulay joy tanlanib ekin ekilgan. Ekin qator orasi, butalar oralig`i
40 -50 sm dan kam bo`lmasligi kerak bo`lgan. Ekin unib chiqqandan so`ng uni yagonalab, begona
o`tlardan tozalab turilgan.
Buxoroning issiq va quruq havo sharoiti, suv tanqisligi davrida balandligi bir metrcha
keladigan oq jo`xorining har bir tubiga alohida – alohida ishlov berilib, osti yumshatilib,yumshoq
tuproqdan kunda ostiga tortilib, to`pcha qilingan. Buning natiasida nam uzoq saqlangan va
butaning mustahkamligi, shamol va tabiiy ofatlarga bardoshligi oshgan. Oq joxori 2 - 2,5 metr
balandlikkacha o`sib, har bir tubi 3 – 4 tagacha bosh bog`lagan yoki har bir tubdan kamida bir
kilogacha hosil olingan. Qishloq joylarida yashovchi buxoroliklarning ayvonida uzun qator qilib
osib qo`yilgan oq jo`xori boshlarini kech kuzgacha uchratish mumkin edi. Yozning issig`ida
obdon qurigan oq jo`xori boshlari yanchilib, doni sovurilib olingan, yaxshilab tozalanib, alohida
quruq joyda saqlangan. Kuz va qish mavsumlarida uning donidan go’ja taomi pushirilib iltemol
qilingan
Buxoro an`anaviy dehqonchiligining yana bir usuli poliz mahsulotlaridan qovun va tarvuz
etishtirishda qo`llangan “Varqoni” usulidir. Bu usul haqidagi ma`lumotlarni tarixiy yozma
manbalarda uchratmadik. Axborotchilarning xotiralariga suyanib fikr yuritdik [7].
Buxoro vohasining o`ziga xos iqlimi va tuproq sharoitida poliz mahsulotlari yetishtirish
alohida qunt va tajriba talab qilgan. Zarafshon daryosining serunum tuproqli adog`lari, katta
kanallarning to`g`on atroflari suvga serob, sernam va yumshoq bo`lib, daryo va kanallar oqizib
kelgan loyqadan to`yinib, unumdorligi oshgan joylar edi. Bunday joylarda poliz ekinlaridan qovun
va tarvuz ekilsa yuqori hosil berar edi. Ekilgan qovun unib chiqib, palak otib gulga kirgach, suvga
bostirib sug`orilgan yoki toshqin bo`lsa suv ostiga qolgan. Bu holda yer tobga kelgach ag`darma
chopiq qilinib, har bir tup ostiga tuproq to`pcha qilingan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
99
Bu usulni suv inshootining bosh qismi to`g`on nomi bilan yoki qadimgi so`g`diy tilida
“varq” - “to`g`on nomi bilan “Varqoni” deyilgan. Varqoni – to`g`on boshi dehqonchiligi
bo`lib, etishtirilgan poliz mahsulotlari serob va nihoyatda mazali bo`lgan.
An`anaviy Buxoro dehqonchiligida poliz ekinlarini yagonalashda alohida e`tibor
qaratilgan. Xalqda “bir palakdan ikki qovun, ikki palakdan bir
qovun”[4] iborasida
qovun,tarvuz,qovoq va boshqa ekinlarni o`z vaqtida yagonalashning nihoyatda zarurligi
ko`rsatilgan.
Haydalgan erdagi kesaklarni ezish, erni tekislash hamda urug‘ sepilgandan so‘ng ustidan
tuproq tortish uchun mola ishlatilgan. Molaning ikki xil turi mavjud bo‘lgan: biri katta, uzunligi 3
- 3,5 metr ko‘p yillik tut yoki o‘rik yog‘ochidan yasalgan (yo‘g‘on tanali tut yoki uning tanasi
poytesha bilan yo‘nilgan). Molaning eni 40 – 60 sm bo‘lgan. Molani xo‘kizlar tortgan.
Ho‘kizlarni bir kishi etaklagan, mola ustida ham bir odam o‘tirgan. Mola aksariyat lalmikor
erlarda, qatqaloq va xashakli erlarda ishlatilgan. Bahorgi ekinlar ekiladigan erlarda mola o‘rnida
shox-shabbali kichik daraxt tanasi ishlatilgan. Mola yasashga imkoni bo‘lmagan kambag‘al
xo‘jaliklar omochning shotisidan mola sifatida foydalanishgan. Molaning kichigi 2 - 2,5sm
chamasi bo‘lgan. Buni qo‘sh ho‘kiz, ot yoki tuya tortgan.[6]
Buxoro vohasida qadimdan ishlatilib kelayotgan er yumshatgich vositasi belkurakdir. Bu
asbob temirdan yasalgan bo‘lib, ishlatuvchining xohishiga qarab, maxsus quloq yasatilgan. Quloq
belkurakning o‘ng yoki chap tomonida bo‘lgan. Ba’zi xonadonlarda ikki tepki quloq ishlangan
belkurak bo‘lgan. Belkurak erni kovlash, aravaga go‘ng yoki tuproq ortish, ariq qazish va paxsa
devor qurishda qo‘llanilgan. Belkurakning uzunligi 25 – 27 sm, eni 20 – 23 sm atrofida bo‘lgan.
Dastasining uzunligi 1,3 - 1,5 metrni tashkil etgan. Loy ishlarida belkurakdan farqliroq,
loyni kesishga qulay va engil bo‘lgan kapcha ishlatilgan.
Qadimda dehqonchilikda keng ishlatiladigan mehnat quroli ketmon bo‘lib. Buxoro vohasi
ziroatchilari uchun ham bu qurolning xizmati katta bo‘lgan. Bog‘dorchilik, polizchilik,
sabzavotchilik va g‘allachilikda, umuman, er ishlarida ketmon ishlatilgan. Ketmonlar ham shakli
va hajmiga qarab bir – biridan farqlangan. Eni 30 – 32 sm, uzunligi 25 – 27 sm bo‘lgan ketmonlar
tuproq yuklarida, ayniqsa, jo‘yak olish, uvat ko‘tarish, egat olish vaer tekislashda ko‘proq
ishlatilgan. Hajmi kichik ketmonlar esa o‘simliklarning tagini yumshatish va chopiq qilishda
qo‘llanilgan. Ketmon dastasi asosan tol daraxtidan tayyorlangan. Voha dehqonlari erdan ko‘proq
hosil olish uchun unga sifatli ishlov berishgan. Tadbirkor boylar kuzda erni bir – ikki marta ko‘sh
bilan haydashgan. Mola bosish, dalalrga suv tarqatish va mahalliy o‘g`itlarni berish ishlari ham
tajribali dehqonlar maslahati bilan amalga oshirilgan. Almashlab ekish ham dehqonchilikda asosiy
o‘rinda turgan. O‘simliklarning mavsumiy xususiyatlaridan kelib chiqib, birining o‘rniga
ikkinchisini ekishgan. Albatta, bu jarayonda ob – havoning qanday kelishi va tuproqning o`ziga
xos xususiyatlari ham hisobga olingan.
O‘rta Osiyodagi barcha xalqlar singari Buxoro vohasi dehqonlari ham XX asrning
boshlarida donli ekinlarni ko‘proq ekishgan. Kuzda haydalgan erlarga bug‘doy, arpa ekilgan.
Urug‘ qo‘l bilan sepilgan va ustidan mola tortilgan. Don ekilgan to‘qay erlar asosan. maysa
unib chiqqach, boshoq olish oldidan va don xamirga aylanganidan so‘ng 2-3 marta sug‘orilgan.[6]
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
100
Axborotchilarimizning ta’kidlashlaricha, obikor erlarga oq bug‘doy lalmikor erlarga
«qizil bug‘doy», «qora qiltiq bug‘doy» ekilgan. Hosil yig‘ib olingandan keyin bo‘shagan erlarga
mosh, kunjut, uch oylik oq jo‘xori. tariq ekilib. yaxshi hosil olingan. Ba’zi dehqonlar qayta ekishga
sabzavot va poliz ekinlarini, xususan, sabzi, sholg‘om, tarvuz kabilarni ekishni ma’qul ko‘rishgan.
[9] XX asrning boshida asosiy maydonlarga bug‘doy, arpa bilan birga no‘xat, zig‘ir, kunjut,
makka, kungaboqar kabi donli va boshoqli ekinlar ham ekilgan. Hosidandan bo‘shagan
paykallarning barchasida qayta ekish to‘liq amalga oshirilmagan. Chunki qayta ekish uchun
dehqonlarning hamma vaqt ham imkoniyati bo‘lmagan. Paykallarning asosiy qismi o‘rimdan
so‘ng sug‘orilgan, qo‘sh bilan 2-3 marta haydalgan. Noyabr oyining oxiri, dekabr oyi ichida yerga
«yaxob» suvi berilgan.[10] Albatta, sug`origan erlar bahorgi ekish mavsumi boshlangunga qadar
dam olib yotgan.
XIX asrning oxirlarida Turkiston o‘lkasida sug‘oriladigan barcha maydonning 70 foiziga
g‘o‘za ekilgan, xolos. Paxta maydonlari Buxoro amirligida 62 foiz, birgina Qashqadaryo vohasida
esa 2 ming gektarni tashkil etgan.[8] XX asrning boshlarida Buxoro amirligi Angliyaga va
boshqa chet mamlakatlarga turli xil qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotgan. Mahsulotlar ichida
paxta ko‘p bo‘lgan. Bu esa o‘z navbatida Buxoro vohasining Qorako`l, Olot, Romitan kabi
tumanlarida paxtaning ko‘p ekilishiga sabab bo‘lgan. Vohada «Mavri g‘o‘za», «Malla paxta»
navlari ekilgan. Chorikorlar etishtirgan paxta hosili katta er egalari tomonidan sotilgan. Boylar
korxonalar (paxtani qayta ishlaydigan kichik korxona) qurib, paxtani chigitdan ajratishgan va
olingan toladan ip yigirishgan. Iplardan shoyi matolar to‘qishgan. O‘rta Osiyo xonliklari bilan
savdo-sotiqni rivojlantirish masalasini o‘rganish uchun yuborilgan polkovnik Strukovning
yozishicha,«Osiyoliklar keltirayotgan turli xil to‘qima matolarni oddiy xalq juda xush ko‘rib
ishlatadi, chunki ular yumshoq va chidamli bo‘lgani uchun davlatdagi armiya uchun juda zarur
bo‘lgan kanop mato o‘rnini bosa oladi»[9].Rus zobitining bu fikrlarini axborotchtarimizdan
olingan ma’lumotlar ham tasdiqlaydi.
Yashash sharoiti qanchalik og‘ir bo‘lmasin, voha ziroatchilari hamisha bir-biriga yordam
qo‘lini cho‘zib kelgan. Ariq ochish, tozalash ishlari kuzning oxiri va qish davri hamda erta bahorda
hashar yo‘li bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, xirmondagi donni ajratish, g‘o‘zani chopiq qilish,
ko‘sak chuvish, tok, anor, anjirlarni ko‘mish va ochish, daraxtlarga ishlov va shakl berish kabi
ishlarni ham dehqonlar hamjihat bo‘lib bajarishgan.
Birinchi jahon urushi arafasida Rossiyaning Turkistonda olib borgan mustamlakachilik
siyosati boshqa soha vakillari kabi dehqonlarning ham ahvolini og‘irlashtirgan. Soliqlarning
haddan ortiq ko‘payganligi ekin maydonlarining qisqarishiga olib keladi. Xalq bir amallab
tirikchilik o‘tkazish uchun ishchi ho`kiz o`rnida hattoki o‘zlarini omochga qo‘shib er
haydaganliklari, ketmon bilan ertayu – kech er chopganliklari haqidagi ma’lumotlar
axborotchilarimiz xotiralarida saqlangan.
Almashlab ekish an’anasiga rioya etilmaganligi natijasida g‘o‘zaning yomon parvarish
qilinishi dalalarning quvvatsizlanishiga, paxta hosilining pasayishi va majud navlarning
buzilishiga, shuningdek, boshqa sifat ko‘rsatkichlarining yomonlashuviga olib keldi. 1916 yildagi
ob – havo sharoiti (ko‘klamning kech va sovuq kelishi, yozdagi qurg‘oqchilik, chigirtka bosishi)
iqtisodiyotning va paxtachilik agrotexnikasining ahvolini yanada og‘irlashtirdi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
101
Butun Turkiston o‘lkasi uchun berilgan bu tavsif Buxoro vohasidagi ahvolni ham
ifodalagan, desak xato bo‘lmaydi.
Xulosa:
XIX asr oxiri- XX asrning boshlarida Buxoro vohasida g‘alla, paxta yoki boshqa
poliz ekinlarini ekib parvarishlash dehqonlar uchun qo`l mehnati bilan bajariladigan mashg`ulotlar
ancha og‘ir bo‘lgan. Sug‘orish shoxobchalarining talabga javob bermaganligi, unumdor erlarning
boy – badavlat kishilar tomonidan bo‘lib olingani, Buxoro amiri tomonidan undirilgan
soliqtarning haddan ortiqligi, qishloq xo‘jalik texnikasi va ish qurollarining oddiyligi madaniy
ekinlar hosildorligini oshirishga imkon bermagan.
Dono xalqimiz, tadbirkor bobo dehqonlarimiz ming yillar davomida yerga ishlov berish,
ekin ekib mo`l hosil olishning o`ziga xos usullari va tadbirlarini yaratib, Quyi Zarafshonning
murakkab tabiiy sharoitida ham jahon ziroatchilik madaniyatiga o`ziga xos munosib hissa
qo`shganlar, og’ir sharoitlarga qaramay o’zlarining asriy tajribalari asosida an`anaviy
dehqonchilik usullari yordamida mo’l - ko’l hosil yetishtirishga muvaffaq bo’lganlar.
REFERENCES
1.
XX асрнинг бошларида Ўзбекистоннинг суғорилиш тарихи хақида қуйидаги
тадқиқотчилар атрофлича фикр билдиришган: Дингельштедт Н. Опьт изучения
ирригации Туркестанского края //Сирдарьинская область. ч. 1-2. СПб.. 1898; Пален К.К.
Орошение в Туркестан (Отчет по ревизии Туркестанского края;. СПб., 1910:
Маллицкий Н.Г. Обычное право водопользования в Ташкентском районе и отношение
его к шариат //Вестник ирригации, -1925. -N^4. - С. 14; И.Дембо. Земельний строй
Востока. -Л., 1927; Ғуломов Я. Хоразмнинг суторилиш тарихи. - 1959; Муҳаммаджонов
А. Қуйи Зарафшон водийсининг суғорилиш тарихи. -Т..1972. Ўша муаллиф.
Ўзбекистоннинг кадимги гидротехника иншоотлари. -Т., 1997;
2.
Дала этнографик маълумотлари,ахборотчи Шоди Рўзиев,190 й (Аҳмад Жумаевниг
шахсий архивидан).
3.
Дала этнографик маълумотлари, ахборотчи Аҳмад Жумаевниг 2012йил.
4.
Дала этнографик маълумотлари, ахборотчи Раҳмон Жўраев, 2003 йил
5.
Дала этнографик маълумотлари, 1997 йил. Коракул тумани.
6.
Дала этнографик маълумотлари, 1998 йил Ромитан тумани Ромиш қишлоғи
7.
Жабборов И. Ўзбек халк этнографияси.-T., 1994. -Б. 102.
8.
Шаниязов К.Ш. Узбеки - карлуки. -T., 1964. -Б. 169.
9.
Рожкова М.К. Экономическая политика царского правителства на Среднем
10.
Востоке во второй четверти XIX века и русская буржуазия. - М. Л . 1949. -С. 41.
11.
Ahmadovna, J. N., & Axmatovna, J. N. (2024). BUXORO VOHASI DEHQONCHILIK
MADANIYATI TARIXIDAN
12.
Жумаева, Н. А. (2022). БУХОРО ВОҲАСИДА ЗИРОАТЧИЛИК ҲОМИЙСИ-
БОБОДЕҲҚОН БИЛАН БОҒЛИҚ
УРФ-ОДАТ ВА МАРОСИМЛАР (ХIХ аср охири ХХаср бошлари): https://doi.
org/10.53885/edinres. 2022.10. 10.037
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
102
13.
Жумаева Нилуфар Ахматовна, БухДУ Археология ва Бухоро тарихи кафедраси катта
ўқитувчиси.
Образование и инновационные исследования международный научно-
методический журнал
, (10), 30-39.
14.
Ahmadovna, J. N. (2022). QUYI ZARAFSHON VOHASI AHOLISINING YER–SUVDAN
FOYDALANISH BILAN BOGLIQ AN’ANALARI (XIX ASR OXIRI-XX ASR
BOSHLARI).
International Journal of Intellectual Cultural Heritage
,
2
(3), 23-31.
15.
Жумаева, Н. А., & Утаева, Ф. Х. ЗИРОАТЧИЛИК ҲОМИЙСИ-БОБОДЕҲҚОН БИЛАН
БОҒЛИҚ УРФ-ОДАТ В А.
ЎТМИШГА НАЗАР
, 49.
16.
Джумаева, Н. А. (2023). Об Обычаях, Связанных Со Сбором Колосовых Культур В
Бухарском Оазисе (Конец XIX Века, Начало XX Века).
Central Asian Journal of Social
Sciences and History
,
4
(3), 10-13.
17.
Akhmatovna, D. N., & Bahriddinovna, T. G. (2020). Traditions related to harvesting grain
crops in Bukhara region (The end of XIX century and the beginning of XX century).
Academy
,
(6 (57)), 39-40.
18.
Ahmadovna, J. N., Xolmamatovna, U. F., & Bahriddinovna, T. G. (2021). From the history
of the culture of farming in the Oasis Of Lower Zarafshan.
Central asian journal of social
sciences and history
,
2
(2), 74-80.
19.
Ahmadovna, J. N., Xolmamatovna, U. F., & Bahriddinovna, T. G. (2021). From the history
of the culture of farming in the Oasis Of Lower Zarafshan.
Central asian journal of social
sciences and history
,
2
(2), 74-80.
20.
(XIX ASR OXIRI-XX ASR BOSHLARI).
Journal of Innovation in Education and Social
Research
,
2
(4), 5-10.
