Authors

  • Nilufar Jumaeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.53933

Keywords:

Paykal tegirmon mo`ndi mola. go`ja to`g`on belkurak ketmon yaxob yagona to`pcha chopiq oq jo`xori

Abstract

Maqolada Buxoro vohasi ziroatchilarning Quyi Zarafshonning murakkab tabiiy sharoitida ham jahon ziroatchilik madaniyatiga o`ziga xos munosib hissa qo`shganligi, ming yillar davomida yerga ishlov berish, ekin ekib mo`l hosil olishning o`ziga xos usullari va tadbirlari, og’ir sharoitlarga qaramay o’zlarining asriy tajribalari asosida an`anaviy dehqonchilik usullari yordamida mo’l - ko’l hosil yetishtirishga muvaffaq bo’lganliklari va u bilan bog`liq tadbirlari, dehqonchilik an`analarining o`ziga xos usullari manbalar va dala ma’lumotlari asosida tahlil etiladi.

background image

289

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

УДК: 631.527:94(575.1)Б

BUXORO VOHASIDAGI DEHQONCHILIK AN`ANALARI TARIXIDAN

(XIX ASR OXIRI-XX ASR BOSHLARI)

Jumaeva Nilufar Axmatovna

BuxDU Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14406376

Annotatsiya.

Maqolada Buxoro vohasi ziroatchilarning Quyi Zarafshonning murakkab

tabiiy sharoitida ham jahon ziroatchilik madaniyatiga o`ziga xos munosib hissa qo`shganligi,

ming yillar davomida yerga ishlov berish, ekin ekib mo`l hosil olishning o`ziga xos usullari va

tadbirlari, og’ir sharoitlarga qaramay o’zlarining asriy tajribalari asosida an`anaviy

dehqonchilik usullari yordamida mo’l - ko’l hosil yetishtirishga muvaffaq bo’lganliklari va u bilan

bog`liq tadbirlari, dehqonchilik an`analarining o`ziga xos usullari manbalar va dala

ma’lumotlari asosida tahlil etiladi.

Tayanch iboralar:

Paykal, tegirmon, mo`ndi , mola. go`ja, to`g`on, belkurak, ketmon,

yaxob, yagona, to`pcha, chopiq, oq jo`xori

ИЗ ИСТОРИИ ЗЕМЛЕДЕЛЬЧЕСКОЙ ТРАДИЦИИ БУХАРСКОГО ОАЗИСА В

КОНЦЕ XIX – НАЧ. XX ВВ.

Аннотация

. В статье земледельцы Бухарского оазиса даже в сложных природных

условиях Нижнего Зарафшана внесли достойный вклад в мировую земледельческую

культуру, уникальными на протяжении тысячелетий методами и мерами обработки

земли, посадки сельскохозяйственных культур и получения обильного урожая. урожай,

несмотря на тяжелые условия.Основываясь на многовековом опыте, им удалось

вырастить обильные урожаи с помощью традиционных методов земледелия и связанных

с ними мероприятий, на основе источников и полевых данных будут проанализированы

уникальные методы земледельческих традиций.

Ключевые слова:

Пайкал, мельница, мунди, мола, плотина, лопата, мотыга, яхоб,

ягана, сфера, белая кукуруза.

FROM THE HISTORY OF FARMING TRADITIONS OF THE BUKHARA OASIS

(LATE 19TH-EARLY 20TH CENTURY)

Abstract.

In the article, the farmers of the Bukhara oasis have made a worthy contribution

to the world agricultural culture even in the complex natural conditions of Lower Zarafshan, the

unique methods and measures of tilling the land for thousands of years, planting crops and

obtaining a bountiful harvest, despite the difficult conditions. Based on their centuries-old

experience, they managed to grow abundant crops with the help of traditional farming methods


background image

290

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

and related activities, the unique methods of farming traditions are analyzed based on sources and

field data. will be done.

Key words:

Paykal,mill,mundi, mola, dam, shovel, hoe, yakhob, sole, sphere, chopper,

white dats.

Kirish:

XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida Buxoro vohasida dehqonchilik

madaniyatining o`ziga xos an`analari yuzaga kelgan. Bu an`analar avvalambor dehqonchilik

texnikasi va mehnat qurollari bilan bog`liq bo`lgan. Buxoro vohasi aholisi er – suvdan jamoa

bo‘lib foydalanishgan. Shu bilan birga barcha sug‘orish ariqlarini ham har yili kuz fasli va erta

bahorda birgalikda tozalashgan. Katta ariqlarni qazish va to‘g‘on va dambalar qurish ishlari esa

ommaviy ravishda, hashar yo`li orqali jamoa bo‘lib bajarilgan. Albatta, bu ishlarni amalga

oshirishda yuzlab – minglab jamoa a’zolari qo`l kuchidan foydalanilgan va shu bilan bog`liq turli

an`analar vujudga kelgan.

Vohada XX asrning boshlariga kelib, sinfiy jamiyat talablari asosida erlar tobora yakka

shaxslarning, ya’ni yirik er egalarining qo‘liga o‘tib, ularning xususiy mulkiga aylana boshlashi

bilan jamoaviy munosabatlar ham asta – sekin emirila boshlangan. Shunga qaramasdan Buxoro

amirligining bekliklarida hamda tog` va tog‘ oldi hududlarda jamoaviy munosabatlar saqlanib

qolishi geohududiy omil bilan bo`liq. Shu sababli anhor va ariqlarni tozalashga jamoa a’zolari va

boylardan, ya’ni, katta er egalaridan alohida – alohida hasharchilar olingan. G‘uzor bekligiga

qarashli Qorako‘l qishlog‘ilik Mulla Davlat, Qodirko‘l oqsoqol, Yo‘ldosh amin, To‘raboy,

Suvonboylarning ancha eri bo‘lgan. Ular suv yo‘llarini tozalash uchun ko‘proq mardikor

yollashgan. Vohaga yaqin yoki undan sug`oriladigan qishloqlar aholisi alohida bir jamoani tashkil

etgan. Tabiiyki, bu qishloq jamoalari yana kichik ekin maydonlari ham tuzgan. Ularni vohaning

bir qancha tumanlarida “paykal” deb ataganlar [6].

An’anaga ko‘ra, erta ko‘klamda dala ishlari boshlanishidan oldin xar yili voha qishloq

aholisi o‘zlarining jamoa erlariga to`planib, oralaridan yoshi ulug‘, obro‘li va tajribali bir kishini

oqsoqol qilib saylashgan. Ushbu yig‘inda mirob, dorug‘a, hatto sartarosh xam saylangan. Faqat

oilali kishilar hisobga olinib, paykallarga bo‘lingan. Har bir Paykalga 8 kishi (“tan”) kirgan.[9]

Demak, shu 8 kishi paykalga taalluqli barcha engil va mashaqqatli ishlarni amalga

oshirgan. Ariq va anhorning uzun-qisqaligiga qarab paykallardan hasharchilar olingan. Paykal

a’zolari qat`iy tartib intizom asosida navbati bilan suv yo‘llarini tozalashda qatnashishgan.

Paykalga kirmagan, suv chiqishi qiyin bo‘lgan partov erlar, ya’ni bo‘sh erlar

«posira»

,

unda ishlovchilar “posirakorlar” deb atalgan. Posira erlarda hosil etishtirish juda mushkul bo‘lgan.

Dastlab bu erlarga lalmikor ekinlar ekilib, qor va yomg‘ir suvi bilan sug‘orilgan. Kamdan-

kam hollarda dehqonlar o`zlariga tegishli yerlarnioqar suv bilan bir – ikki bor sug‘orishgan, ya’ni


background image

291

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

bunday erlarga ekilgan ekinlar zahmat chekish bilan sug‘orilgan. Shu sababdan bo‘lsa kerak suv

inshootlarini tartibga keltirishda posirachilar kamdan – kam hollardagina ishtirok etishgan.

Vohadagi barcha bekliklarga qarashli qishloq aholisiniig jamoa eri va posira erlaridan

tashqari o‘z tomorqasi ham bo‘lgan. Bu erlar qishloqlarda 5 paxsa devor yoki chimdevor bilan

o‘rab olingan. Qarako`l, Olot va boshqa tumanlarning dasht hududlarida devor bilan o‘rashga

ehtiyoj sezilmaganligi bois ma’lum bir belgilar qo‘yilgan va bunday erlar odatda “hayat” deb

atalgan[2].

O‘rta Osiyoning boshqa xududlarida bo‘lgani singari Buxoro vohasida ham suv

tanqislisligi yuz berib turgan. Shu bois mahalliy xalq sug`orish shohobchalaridan foydalanishning

tartib – qoidalari va usullarini yaxshi bilishgan[2]. Dehqonlar suv tanqis bo‘lgan hududlarda

suvdan navbat bilan foydalanishga qat’iy rioya etishgan. Suv miqdori muayyan tartibda

o‘lchangan. Masalan, “bir suv-ariqdan bir kecha-kunduzda oqib o‘tgan suv: “bir tegirmon” yoki

“tosh” - bir pud donni tegirmonda tortguncha ketadigan suv “bir qo‘sh” – bir qo‘sh ho‘kiz bilan

haydalgan erni sug‘orish uchun etadigan suv” kabi suv o‘lchovlari keng qo‘llanilgan. Buxoroning

suvga tanqis tumanlarida jamoa foydalanadigan paykallarda bir qo‘sh erga beriladigan suv

“mo‘ndi” bilan o‘lchangan. Mo‘ndi – tubi teshilgan, taxminan o‘n litr suv sig‘adigan oddiy sopol

ko‘zacha bo‘lib, undagi suv oqib bo‘lishiga qarab suv miqdorini o‘lchaganlar. Shuni ta’kidlash

kerakki, paykal va hayat erlarini sug‘orishning u yoki bu usullari suvning oz - ko‘pligiga qarab

tanlangan. Vohaning o‘rta qismida dehqonlar sug‘orishning “bir quloq” usulidan ko‘proq

foydalanishgan. Bunda vaqt hisobi quyosh harakatiga karab belgiangan. Miroblar paykal

a’zolarining eri qanchaligini juda yaxshi bilishgan va shunga qarab vaqt ajratishgan. XX asrning

boshlariga kelib boy – badavlat kishilar o‘z mavqelaridan foydalanib, ayrim hollarda belgilangan

tartiblarni ham buzishgan.[2]

Romitan tumanidaga Qo`rg`on qishlog‘ida 50 ta paykal bo‘lib, bir kecha – kunduzda

uchtadan paykal sug`orilishi kerak bo‘lgan. Ikkita paykal kunduzi, bittasi esa kechasi sug‘orilgan.

Har paykalga 16 – 17 kunda bir bor navbat kelgan. Qo‘shni qishloq Romishda esa 37

taga yaqin paykal bo‘lgan. Qishloq oqsoqoli boshchiligida chokboshlar (bu qishloqda

paykalboshi yig‘ilishib, suv navbatini belgilashgan. O‘rta kattaliklagi bir chelak suv keladigan

sopol ko‘zaning tagini teshib suv oqizishgan. Aynan shu holni boshqa qishloqlarda ham ko‘rish

mumkin edi.

Paykallardagi ekinlarni suvning miqdoriga qarab sug‘orishgan. Agar suv kam bo‘lsa,

poxol qilib, bostirib sug‘orilgan. Mabodo, suv uzoq vaqt oqadigan bo‘lsa, ekinlarga egatlar yoxud

jo‘yaklar orqali suv oqizishgan. Ekinlar qonib suv ichishiga, ayniqsa, katta e’tibor qaratilgan.

Paykallarni jo‘yaklardan oqizib sug‘orish usuli ko‘pincha tunda amalga oshirilgan.


background image

292

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Buxoro vohasi sharoitada dehqonchilik xo`jaligi sun`iy sug`orishga asoslanadi. Erlarning

unumdorligi, ekinlarning hosildorligi sun’iy sug‘orish, ariqlarning uzayishi va kengayishi hisobiga

yildan yilga ortib borgan. XIX asrning oxiri – XX asr boshlariga kelib sug‘orish tarmoqlariga

e’tibor pasayganligi kuzatiladi. Daryo suvi kam bo‘lganligi tufayli ariqlar va shoxlar (ariqdan

kichik, ayrim paykallarni, qishloqdagi erlarni sug‘oradigan suv yo‘li)ni qum, loyqa va suv o‘tlari

bosib ketgan. Natijada yildan – yilga sug‘oriladigan maydonlar miqdori qisqarib borgan. Bu esa

bir qator sabab va omillar bilan bog`liq bo‘lgan. Erlarning kattagina qismi yirik yer egalarining

qo‘liga o‘tib ketgach, sug‘orish ishlariga e’tiborsizlik bilan qarash kuchaygan. Erga bir mavsumda

bug‘doy yoki arpa ekib olingach, paykallar o‘tloqqa aylantirilgan. Vaqt o‘tishi bilan bir qancha

ariq – zovurlar ko‘milib o`z ahamiyatini yo`qotgan.[3]

Insoniyat hayoti, xo`jalik faoliyati ko`p jihatdan dehqonchilik ishlab chiqarishiga bog`liq

bo`lib, mehnat qurollari uzoq o`tmishdan qolgan shakllarda edi. Yerni haydab shudgor qilish, yoki

ekinlarga ishlov berish qo`sh - ho`kizlar yordamida amalga oshirilar, shuning uchun ishchi

hayvonlarning buxoroliklar hayotidagi ahamiyati nihoyatda baland bo`lgan. Ishchi hayvonlarni

yaxshi oziqlantirish, ularni asrab avaylash hayotiy zaruriyatga aylangan edi. Kuzgi shudgor

paytida ham asosiy ishchi kuchi qo`sh - ho`kizlar bo`lib, ular qo`shilgan omochlarda yer haydalar,

shudgor qilinar edi. Erta bahorda esa yerni ekishga tayyolash, six mola qilishda ham asosiy ishchi

hayvon ho`kizlar, ba`zan otlardan foydalanilar edi. Bahorgi yumushlar qizigan mart – aprel

oylarida kunlar uzayib, havo harorati ham ko`tarilib borar, bunday sharoitda ayniqsa qishdan “eti

yupun bo`lib, yoki yo`g`on cho`zildi – ingichka uzildi”[3] bo`lib chiqqan jonivorlarning

xizmatidan foydalanish barobarida ularni asrab – avaylash ham zarur bo`lgan.

Qadimgi buxoroliklar ishchi hayvonlarni yaxshi oziqlantirish bilan birga ularni salqin

vaqtda, ko`proq tunda va erta saharda ishga solganlar. Bahorgi yumushlar qizigan pallada ishga

solingan ho`kizlarga nisbattan “gava pushtash oftoba

nabinad” - Ho’kizning tanasi quyosh

ko’rmasin iborasi shundan shundan kelib chiqqan bo`lib, ho`kizlarni, umuman ishchi jonivorlarni

quyosh tig`ida ishlatmasdan, ularni asrab – avaylash, ishni salqin vaqtda amalga oshirish lozimligi

nazarda tutilgan [4].

Erta bahorda yerlarni ekishga tayyorlash, ekishni o`z vaqtida o`tkazish ham alohida

tayyorgarlik va tajribalarni talab qilgan. Buxorolik Bobodehqonlar bahorning har bir lahzasidan

unumli foydalanib ekish – tikish ishlarini o`z vaqtida amalga oshirishga harakat qilganlar.

Bahorning har daqiqasini g`animat bilib, ekishni ertaroq amalga oshirishga intilganlar. Xalqda

“sepilgan urug` ho`kizning

tanasiga tegmasin”

[5] iborasiga bahorgi ekish paytida erga sepilgan

urug` ishchi jonivorlarning tanasiga tegilib erga tushguncha vaqt boy beriladi, degan ma`no

anglatgan.


background image

293

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Yerga ishlov berish, ekinlarni parvarishlash borasida ham an`anaviy usullar asosida katta

tajriba to`plangan. Ota bobolarimiz bir qator agrotexnik usullarni kashf qilganlar. Shulardan biri

oq jo’xori ostini to`pchalash usulidir.

Ma`lumki, xalqimiz oshxonasida go`ja taomi qadimdan mavjud bo`lib, uni asosan oq

jo`xoridan tayyorlashgan va qatiq qo`shib iste`mol qilingan. Oq jo`xorini yetishtirish esa boshqa

ekin turlariga qaraganda alohida agrotexnika talab qilgan. Buning uchun mahalliy o`g`itdan

yaxshilab to`yintirilgan, suvga qulay joy tanlanib ekin ekilgan. Ekin qator orasi, butalar oralig`i

40 -50 sm dan kam bo`lmasligi kerak bo`lgan. Ekin unib chiqqandan so`ng uni yagonalab, begona

o`tlardan tozalab turilgan.

Buxoroning issiq va quruq havo sharoiti, suv tanqisligi davrida balandligi bir metrcha

keladigan oq jo`xorining har bir tubiga alohida – alohida ishlov berilib, osti yumshatilib, yumshoq

tuproqdan kunda ostiga tortilib, to`pcha qilingan. Buning natiasida nam uzoq saqlangan va

butaning mustahkamligi, shamol va tabiiy ofatlarga bardoshligi oshgan. Oq joxori 2 - 2,5 metr

balandlikkacha o`sib , har bir tubi 3 – 4 tagacha bosh bog`lagan yoki har bir tubdan kamida bir

kilogacha hosil olingan. Qishloq joylarida yashovchi buxoroliklarning ayvonida uzun qator qilib

osib qo`yilgan oq jo`xori boshlarini kech kuzgacha uchratish mumkin edi. Yozning issig`ida

obdon qurigan oq jo`xori boshlari yanchilib, doni sovurilib olingan, yaxshilab tozalanib, alohida

quruq joyda saqlangan. Kuz va qish mavsumlarida uning donidan go’ja taomi pushirilib iltemol

qilingan

Buxoro an`anaviy dehqonchiligining yana bir usuli poliz mahsulotlaridan qovun va tarvuz

etishtirishda qo`llangan “Varqoni” usulidir. Bu usul haqidagi ma`lumotlarni tarixiy yozma

manbalarda uchratmadik. Axborotchilarning xotiralariga suyanib fikr yuritdik [7].

Buxoro vohasining o`ziga xos iqlimi va tuproq sharoitida poliz mahsulotlari yetishtirish

alohida qunt va tajriba talab qilgan. Zarafshon daryosining serunum tuproqli adog`lari, katta

kanallarning to`g`on atroflari suvga serob, sernam va yumshoq bo`lib, daryo va kanallar oqizib

kelgan loyqadan to`yinib, unumdorligi oshgan joylar edi. Bunday joylarda poliz ekinlaridan qovun

va tarvuz ekilsa yuqori hosil berar edi. Ekilgan qovun unib chiqib, palak otib gulga kirgach, suvga

bostirib sug`orilgan yoki toshqin bo`lsa suv ostiga qolgan. Bu holda yer tobga kelgach ag`darma

chopiq qilinib, har bir tup ostiga tuproq to`pcha qilingan. Bu usulni suv inshootining bosh qismi

to`g`on nomi bilan yoki qadimgi so`g`diy tilida “varq” - “to`g`on nomi bilan “Varqoni”

deyilgan. Varqoni – to`g`on boshi dehqonchiligi bo`lib, etishtirilgan poliz mahsulotlari serob va

nihoyatda mazali bo`lgan. An`anaviy Buxoro dehqonchiligida poliz ekinlarini yagonalashda

alohida e`tibor qaratilgan. Xalqda “bir palakdan ikki qovun, ikki palakdan bir

qovun”[4] iborasida

qovun,tarvuz,qovoq va boshqa ekinlarni o`z vaqtida yagonalashning nihoyatda zarurligi

ko`rsatilgan.


background image

294

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Haydalgan erdagi kesaklarni ezish, erni tekislash hamda urug‘ sepilgandan so‘ng ustidan

tuproq tortish uchun mola ishlatilgan. Molaning ikki xil turi mavjud bo‘lgan: biri katta, uzunligi 3

- 3,5 metr ko‘p yillik tut yoki o‘rik yog‘ochidan yasalgan (yo‘g‘on tanali tut yoki uning tanasi

poytesha bilan yo‘nilgan). Molaning eni 40 – 60 sm bo‘lgan. Molani xo‘kizlar tortgan. Ho‘kizlarni

bir kishi etaklagan, mola ustida ham bir odam o‘tirgan. Mola aksariyat lalmikor erlarda, qatqaloq

va xashakli erlarda ishlatilgan. Bahorgi ekinlar ekiladigan erlarda mola o‘rnida shox-shabbali

kichik daraxt tanasi ishlatilgan. Mola yasashga imkoni bo‘lmagan kambag‘al xo‘jaliklar

omochning shotisidan mola sifatida foydalanishgan. Molaning kichigi 2 - 2,5sm chamasi bo‘lgan.

Buni qo‘sh ho‘kiz, ot yoki tuya tortgan.[6]

Buxoro vohasida qadimdan ishlatilib kelayotgan er yumshatgich vositasi belkurakdir. Bu

asbob temirdan yasalgan bo‘lib, ishlatuvchining xohishiga qarab, maxsus quloq yasatilgan. Quloq

belkurakning o‘ng yoki chap tomonida bo‘lgan. Ba’zi xonadonlarda ikki tepki quloq ishlangan

belkurak bo‘lgan. Belkurak erni kovlash, aravaga go‘ng yoki tuproq ortish, ariq qazish va paxsa

devor qurishda qo‘llanilgan. Belkurakning uzunligi 25 – 27 sm, eni 20 – 23 sm atrofida bo‘lgan.

Dastasining uzunligi 1,3 - 1,5 metrni tashkil etgan. Loy ishlarida belkurakdan farqliroq,

loyni kesishga qulay va engil bo‘lgan kapcha ishlatilgan.

Qadimda dehqonchilikda keng ishlatiladigan mehnat quroli ketmon bo‘lib. Buxoro vohasi

ziroatchilari uchun ham bu qurolning xizmati katta bo‘lgan. Bog‘dorchilik, polizchilik,

sabzavotchilik va g‘allachilikda, umuman, er ishlarida ketmon ishlatilgan. Ketmonlar ham shakli

va hajmiga qarab bir – biridan farqlangan. Eni 30 – 32 sm, uzunligi 25 – 27 sm bo‘lgan ketmonlar

tuproq yuklarida, ayniqsa, jo‘yak olish, uvat ko‘tarish, egat olish vaer tekislashda ko‘proq

ishlatilgan. Hajmi kichik ketmonlar esa o‘simliklarning tagini yumshatish va chopiq qilishda

qo‘llanilgan. Ketmon dastasi asosan tol daraxtidan tayyorlangan. Voha dehqonlari erdan ko‘proq

hosil olish uchun unga sifatli ishlov berishgan. Tadbirkor boylar kuzda erni bir – ikki marta ko‘sh

bilan haydashgan. Mola bosish, dalalrga suv tarqatish va mahalliy o‘g`itlarni berish ishlari ham

tajribali dehqonlar maslahati bilan amalga oshirilgan. Almashlab ekish ham dehqonchilikda asosiy

o‘rinda turgan. O‘simliklarning mavsumiy xususiyatlaridan kelib chiqib, birining o‘rniga

ikkinchisini ekishgan. Albatta, bu jarayonda ob – havoning qanday kelishi va tuproqning o`ziga

xos xususiyatlari ham hisobga olingan.

O‘rta Osiyodagi barcha xalqlar singari Buxoro vohasi dehqonlari ham XX asrning

boshlarida donli ekinlarni ko‘proq ekishgan. Kuzda haydalgan erlarga bug‘doy, arpa ekilgan.

Urug‘ qo‘l bilan sepilgan va ustidan mola tortilgan. Don ekilgan to‘qay erlar asosan. maysa

unib chiqqach, boshoq olish oldidan va don xamirga aylanganidan so‘ng 2-3 marta sug‘orilgan.[6]


background image

295

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Axborotchilarimizning ta’kidlashlaricha, obikor erlarga oq bug‘doy lalmikor erlarga

«qizil bug‘doy», «qora qiltiq bug‘doy» ekilgan. Hosil yig‘ib olingandan keyin bo‘shagan erlarga

mosh, kunjut, uch oylik oq jo‘xori. tariq ekilib. yaxshi hosil olingan. Ba’zi dehqonlar qayta ekishga

sabzavot va poliz ekinlarini, xususan, sabzi, sholg‘om, tarvuz kabilarni ekishni ma’qul

ko‘rishgan.[9] XX asrning boshida asosiy maydonlarga bug‘doy, arpa bilan birga no‘xat, zig‘ir,

kunjut, makka, kungaboqar kabi donli va boshoqli ekinlar ham ekilgan. Hosidandan bo‘shagan

paykallarning barchasida qayta ekish to‘liq amalga oshirilmagan. Chunki qayta ekish uchun

dehqonlarning hamma vaqt ham imkoniyati bo‘lmagan. Paykallarning asosiy qismi o‘rimdan

so‘ng sug‘orilgan, qo‘sh bilan 2-3 marta haydalgan. Noyabr oyining oxiri, dekabr oyi ichida yerga

«yaxob» suvi berilgan.[10] Albatta, sug`origan erlar bahorgi ekish mavsumi boshlangunga qadar

dam olib yotgan.

XIX asrning oxirlarida Turkiston o‘lkasida sug‘oriladigan barcha maydonning 70 foiziga

g‘o‘za ekilgan, xolos. Paxta maydonlari Buxoro amirligida 62 foiz, birgina Qashqadaryo vohasida

esa 2 ming gektarni tashkil etgan.[8] XX asrning boshlarida Buxoro amirligi Angliyaga va

boshqa chet mamlakatlarga turli xil qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotgan. Mahsulotlar ichida

paxta ko‘p bo‘lgan. Bu esa o‘z navbatida Buxoro vohasining Qorako`l, Olot, Romitan kabi

tumanlarida paxtaning ko‘p ekilishiga sabab bo‘lgan. Vohada «Mavri g‘o‘za», «Malla paxta»

navlari ekilgan. Chorikorlar etishtirgan paxta hosili katta er egalari tomonidan sotilgan. Boylar

korxonalar (paxtani qayta ishlaydigan kichik korxona) qurib, paxtani chigitdan ajratishgan va

olingan toladan ip yigirishgan. Iplardan shoyi matolar to‘qishgan. O‘rta Osiyo xonliklari bilan

savdo-sotiqni rivojlantirish masalasini o‘rganish uchun yuborilgan polkovnik Strukovning

yozishicha,«Osiyoliklar keltirayotgan turli xil to‘qima matolarni oddiy xalq juda xush ko‘rib

ishlatadi, chunki ular yumshoq va chidamli bo‘lgani uchun davlatdagi armiya uchun juda zarur

bo‘lgan kanop mato o‘rnini bosa oladi»[9].Rus zobitining bu fikrlarini axborotchtarimizdan

olingan ma’lumotlar ham tasdiqlaydi.

Yashash sharoiti qanchalik og‘ir bo‘lmasin, voha ziroatchilari hamisha bir-biriga yordam

qo‘lini cho‘zib kelgan. Ariq ochish, tozalash ishlari kuzning oxiri va qish davri hamda erta bahorda

hashar yo‘li bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, xirmondagi donni ajratish, g‘o‘zani chopiq qilish,

ko‘sak chuvish, tok, anor, anjirlarni ko‘mish va ochish, daraxtlarga ishlov va shakl berish kabi

ishlarni ham dehqonlar hamjihat bo‘lib bajarishgan.

Birinchi jahon urushi arafasida Rossiyaning Turkistonda olib borgan mustamlakachilik

siyosati boshqa soha vakillari kabi dehqonlarning ham ahvolini og‘irlashtirgan. Soliqlarning

haddan ortiq ko‘payganligi ekin maydonlarining qisqarishiga olib keladi.


background image

296

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Xalq bir amallab tirikchilik o‘tkazish uchun ishchi ho`kiz o`rnida hattoki o‘zlarini omochga

qo‘shib er haydaganliklari, ketmon bilan ertayu – kech er chopganliklari haqidagi ma’lumotlar

axborotchilarimiz xotiralarida saqlangan.

Almashlab ekish an’anasiga rioya etilmaganligi natijasida g‘o‘zaning yomon parvarish

qilinishi dalalarning quvvatsizlanishiga, paxta hosilining pasayishi va majud navlarning

buzilishiga, shuningdek, boshqa sifat ko‘rsatkichlarining yomonlashuviga olib keldi. 1916 yildagi

ob – havo sharoiti (ko‘klamning kech va sovuq kelishi, yozdagi qurg‘oqchilik, chigirtka bosishi)

iqtisodiyotning va paxtachilik agrotexnikasining ahvolini yanada og‘irlashtirdi.

Butun Turkiston o‘lkasi uchun berilgan bu tavsif Buxoro vohasidagi ahvolni ham

ifodalagan, desak xato bo‘lmaydi.

Xulosa:

XIX asr oxiri- XX asrning boshlarida Buxoro vohasida g‘alla, paxta yoki boshqa

poliz ekinlarini ekib parvarishlash dehqonlar uchun qo`l mehnati bilan bajariladigan mashg`ulotlar

ancha og‘ir bo‘lgan. Sug‘orish shoxobchalarining talabga javob bermaganligi, unumdor erlarning

boy – badavlat kishilar tomonidan bo‘lib olingani, Buxoro amiri tomonidan undirilgan

soliqtarning haddan ortiqligi, qishloq xo‘jalik texnikasi va ish qurollarining oddiyligi madaniy

ekinlar hosildorligini oshirishga imkon bermagan.

Dono xalqimiz, tadbirkor bobo dehqonlarimiz ming yillar davomida yerga ishlov berish,

ekin ekib mo`l hosil olishning o`ziga xos usullari va tadbirlarini yaratib, Quyi Zarafshonning

murakkab tabiiy sharoitida ham jahon ziroatchilik madaniyatiga o`ziga xos munosib hissa

qo`shganlar, og’ir sharoitlarga qaramay o’zlarining asriy tajribalari asosida an`anaviy

dehqonchilik usullari yordamida mo’l - ko’l hosil yetishtirishga muvaffaq bo’lganlar.

REFERENCES

1.

XX асрнинг бошларида Ўзбекистоннинг суғорилиш тарихи хақида қуйидаги

тадқиқотчилар атрофлича фикр билдиришган: Дингельштедт Н. Опьт изучения

ирригации Туркестанского края //Сирдарьинская область. ч. 1-2. СПб.. 1898; Пален

К.К. Орошение в Туркестан (Отчет по ревизии Туркестанского края;. СПб., 1910:

Маллицкий Н.Г. Обычное право водопользования в Ташкентском районе и отношение

его к шариат //Вестник ирригации, -1925. -N^4. - С. 14; И.Дембо. Земельний строй

Востока. -Л., 1927; Ғуломов Я. Хоразмнинг суторилиш тарихи. - 1959;

Муҳаммаджонов А. Қуйи Зарафшон водийсининг суғорилиш тарихи. -Т..1972. Ўша

муаллиф. Ўзбекистоннинг кадимги гидротехника иншоотлари. -Т., 1997;

2.

Дала этнографик маълумотлари,ахборотчи Шоди Рўзиев,190 й (Аҳмад Жумаевниг

шахсий архивидан).

3.

Дала этнографик маълумотлари, ахборотчи Аҳмад Жумаевниг 2012йил.


background image

297

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

4.

Дала этнографик маълумотлари, ахборотчи Раҳмон Жўраев, 2003 йил

5.

Дала этнографик маълумотлари, 1997 йил. Коракул тумани.

6.

Дала этнографик маълумотлари, 1998 йил Ромитан тумани Ромиш қишлоғи

7.

Жабборов И. Ўзбек халк этнографияси.-T., 1994. -Б. 102.

8.

Шаниязов К.Ш. Узбеки - карлуки. -T., 1964. -Б. 169.

9.

Рожкова М.К. Экономическая политика царского правителства на Среднем

10.

Востоке во второй четверти XIX века и русская буржуазия. - М. Л . 1949. -С. 41.

11.

Ahmadovna, J. N., & Axmatovna, J. N. (2024). BUXORO VOHASI DEHQONCHILIK

MADANIYATI TARIXIDAN

12.

Жумаева, Н. А. (2022). БУХОРО ВОҲАСИДА ЗИРОАТЧИЛИК ҲОМИЙСИ-

БОБОДЕҲҚОН БИЛАН БОҒЛИҚ УРФ-ОДАТ ВА МАРОСИМЛАР (ХIХ аср охири

ХХаср бошлари): https://doi. org/10.53885/edinres. 2022.10. 10.037

13.

Жумаева Нилуфар Ахматовна, БухДУ Археология ва Бухоро тарихи кафедраси катта

ўқитувчиси.

Образование и инновационные исследования международный научно-

методический журнал

, (10), 30-39.

14.

Ahmadovna, J. N. (2022). QUYI ZARAFSHON VOHASI AHOLISINING YER–SUVDAN

FOYDALANISH BILAN BOGLIQ AN’ANALARI (XIX ASR OXIRI-XX ASR

BOSHLARI).

International Journal of Intellectual Cultural Heritage

,

2

(3), 23-31.

15.

Жумаева, Н. А., & Утаева, Ф. Х. ЗИРОАТЧИЛИК ҲОМИЙСИ-БОБОДЕҲҚОН

БИЛАН БОҒЛИҚ УРФ-ОДАТ В А.

ЎТМИШГА НАЗАР

, 49.

16.

Джумаева, Н. А. (2023). Об Обычаях, Связанных Со Сбором Колосовых Культур В

Бухарском Оазисе (Конец XIX Века, Начало XX Века).

Central Asian Journal of Social

Sciences and History

,

4

(3), 10-13.

17.

Akhmatovna, D. N., & Bahriddinovna, T. G. (2020). Traditions related to harvesting grain

crops in Bukhara region (The end of XIX century and the beginning of XX

century).

Academy

, (6 (57)), 39-40.

18.

Ahmadovna, J. N., Xolmamatovna, U. F., & Bahriddinovna, T. G. (2021). From the history

of the culture of farming in the Oasis Of Lower Zarafshan.

Central asian journal of social

sciences and history

,

2

(2), 74-80.

19.

Ahmadovna, J. N., Xolmamatovna, U. F., & Bahriddinovna, T. G. (2021). From the history

of the culture of farming in the Oasis Of Lower Zarafshan.

Central asian journal of social

sciences and history

,

2

(2), 74-80.

20.

(XIX ASR OXIRI-XX ASR BOSHLARI).

Journal of Innovation in Education and Social

Research

,

2

(4), 5-10.

References

XX асрнинг бошларида Ўзбекистоннинг суғорилиш тарихи хақида қуйидаги тадқиқотчилар атрофлича фикр билдиришган: Дингельштедт Н. Опьт изучения ирригации Туркестанского края //Сирдарьинская область. ч. 1-2. СПб.. 1898; Пален К.К. Орошение в Туркестан (Отчет по ревизии Туркестанского края;. СПб., 1910: Маллицкий Н.Г. Обычное право водопользования в Ташкентском районе и отношение его к шариат //Вестник ирригации, -1925. -N^4. - С. 14; И.Дембо. Земельний строй Востока. -Л., 1927; Ғуломов Я. Хоразмнинг суторилиш тарихи. - 1959; Муҳаммаджонов А. Қуйи Зарафшон водийсининг суғорилиш тарихи. -Т..1972. Ўша муаллиф. Ўзбекистоннинг кадимги гидротехника иншоотлари. -Т., 1997;

Дала этнографик маълумотлари,ахборотчи Шоди Рўзиев,190 й (Аҳмад Жумаевниг шахсий архивидан).

Дала этнографик маълумотлари, ахборотчи Аҳмад Жумаевниг 2012йил.

Дала этнографик маълумотлари, ахборотчи Раҳмон Жўраев, 2003 йил

Дала этнографик маълумотлари, 1997 йил. Коракул тумани.

Дала этнографик маълумотлари, 1998 йил Ромитан тумани Ромиш қишлоғи

Жабборов И. Ўзбек халк этнографияси.-T., 1994. -Б. 102.

Шаниязов К.Ш. Узбеки - карлуки. -T., 1964. -Б. 169.

Рожкова М.К. Экономическая политика царского правителства на Среднем

Востоке во второй четверти XIX века и русская буржуазия. - М. Л . 1949. -С. 41.

Ahmadovna, J. N., & Axmatovna, J. N. (2024). BUXORO VOHASI DEHQONCHILIK MADANIYATI TARIXIDAN

Жумаева, Н. А. (2022). БУХОРО ВОҲАСИДА ЗИРОАТЧИЛИК ҲОМИЙСИ-БОБОДЕҲҚОН БИЛАН БОҒЛИҚ УРФ-ОДАТ ВА МАРОСИМЛАР (ХIХ аср охири ХХаср бошлари): https://doi. org/10.53885/edinres. 2022.10. 10.037

Жумаева Нилуфар Ахматовна, БухДУ Археология ва Бухоро тарихи кафедраси катта ўқитувчиси. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (10), 30-39.

Ahmadovna, J. N. (2022). QUYI ZARAFSHON VOHASI AHOLISINING YER–SUVDAN FOYDALANISH BILAN BOGLIQ AN’ANALARI (XIX ASR OXIRI-XX ASR BOSHLARI). International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(3), 23-31.

Жумаева, Н. А., & Утаева, Ф. Х. ЗИРОАТЧИЛИК ҲОМИЙСИ-БОБОДЕҲҚОН БИЛАН БОҒЛИҚ УРФ-ОДАТ В А. ЎТМИШГА НАЗАР, 49.

Джумаева, Н. А. (2023). Об Обычаях, Связанных Со Сбором Колосовых Культур В Бухарском Оазисе (Конец XIX Века, Начало XX Века). Central Asian Journal of Social Sciences and History, 4(3), 10-13.

Akhmatovna, D. N., & Bahriddinovna, T. G. (2020). Traditions related to harvesting grain crops in Bukhara region (The end of XIX century and the beginning of XX century). Academy, (6 (57)), 39-40.

Ahmadovna, J. N., Xolmamatovna, U. F., & Bahriddinovna, T. G. (2021). From the history of the culture of farming in the Oasis Of Lower Zarafshan. Central asian journal of social sciences and history, 2(2), 74-80.

Ahmadovna, J. N., Xolmamatovna, U. F., & Bahriddinovna, T. G. (2021). From the history of the culture of farming in the Oasis Of Lower Zarafshan. Central asian journal of social sciences and history, 2(2), 74-80.

(XIX ASR OXIRI-XX ASR BOSHLARI). Journal of Innovation in Education and Social Research, 2(4), 5-10.