Authors

  • Maftuna Ergasheva
  • Iroda Barakayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.48129

Keywords:

Tartib intizom mehnat intizomi obyektiv zaruriyat subyektiv zaruriyat xodimlarning ehtiyoji rag‘batlantirish jazolash.

Abstract

Ushbu maqolada mehnat tartibi va mehnat intizomini ishlab chiqish zaruriyati, mehnat intizomiga oid asosiy qoidalar, mehnat intizomi obyektiv va subyektiv ma’nolari bo‘yicha bir-biridan farqlari, mehnat intizomini ta’minlash usullari haqida yoritilgan.

background image


Noyabr, 2024-Yil

580

MEHNAT INTIZOMI VA UNI TA’MINLASH USULLARI

Ergasheva Maftuna Xusan qizi

Barakayeva Iroda Karimqul qizi

Jizzax viloyati yuridik texnikum o‘quvchilari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14230846

Annotatsiya.

Ushbu maqolada mehnat tartibi va mehnat intizomini ishlab chiqish

zaruriyati, mehnat intizomiga oid asosiy qoidalar, mehnat intizomi obyektiv va subyektiv

ma’nolari bo‘yicha bir-biridan farqlari, mehnat intizomini ta’minlash usullari haqida yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Tartib, intizom, mehnat intizomi, obyektiv zaruriyat, subyektiv zaruriyat,

xodimlarning ehtiyoji, rag‘batlantirish, jazolash.

LABOR DISCIPLINE AND METHODS OF ENSURING IT

Abstract.

This article describes the need to develop labor procedures and labor discipline,

the main rules of labor discipline, the differences between the objective and subjective meanings

of labor discipline, and the methods of ensuring labor discipline.

Key words:

Order, discipline, labor discipline, objective need, subjective need, need of

employees, motivation, punishment.

ДИСЦИПЛИНА ТРУДА И МЕТОДЫ ЕЕ ОБЕСПЕЧЕНИЯ

Аннотация.

В данной статье описывается необходимость разработки трудового

порядка и трудовой дисциплины, основные правила трудовой дисциплины, различия между

объективным и субъективным значениями трудовой дисциплины, а также методы

обеспечения трудовой дисциплины.

Ключевые слова:

Порядок, дисциплина, трудовая дисциплина, объективная

потребность, субъективная потребность, потребность работников, мотивация,

наказание.

Mehnat tartibi va mehnat intizomi korxonalarda ishlab chiqarishning zaruriy sharti hamda

jamiyatdagi huquq-tartibotning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Mehnat intizomi shunday

tashkiliy va bog‘lovchi kuchki, uning ishtirokisiz jamoaviy mehnatni tasavvur qilish va jamoaviy

natijaga erishish mumkin emas. Mehnat intizomi tufayligina maxsus tartib o‘rnatiladi va ko‘p sonli

xodimlarning o‘zaro mehnatlarini muvofiqlashtirish va jamoaviy mehnatni tashkil etish mumkin

bo‘ladi.

Mehnat intizomi ishlab chiqarish jarayonidagi obyektiv zaruratdir. Chunki har qanday

ijtimoiy mehnat uning ishtirokchilari o‘rtasidagi harakatlarni kelishib muayyan tartib asosida


background image


Noyabr, 2024-Yil

581

amalga oshirishni, lozim darajada tashkillashganlik va boshqaruvni taqozo qiladi. Mehnat

jarayonida ishtirok etuvchilarning muayyan tartibga bo‘ysunmasligi, ishni tashkil etishda o‘zaro

uyg‘unlik va muvofiqlashganlikning mavjud emasligi, o‘rnatilgan xulq-atvor qoidalariga rioya

qilmaslik ijtimoiy mehnatning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish imkonini bermaydi.

Mehnat tartibi va mehnat intizomiga oid eng asosiy qoidalar O‘zbekiston Respublikasi

Mehnat kodeksining “Mehnat intizomi” deb nomlanuvchi 18-bobida o‘z aksini topgan. Mehnat

tartibi va mehnat intizomi bir-birini to‘ldiradigan va uzviy tushunchalar bo‘lib, mehnat tartibi

mehnat intizomining tarkibiy qismini tashkil qiladi. Mehnat intizomi va ichki mehnat tartibini bir-

biridan alohida holda ko‘rish mumkin emas. Zero, ishlab chiqarish va boshqaruv sohasida zarur

tartib ta’minlanmasa, mehnat intizomi bo‘lmaydi va ijtimoiy mehnat jarayoni buziladi.

Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida mehnat intizomi

tushunchasi berilmagan. Mehnat intizomi tushunchasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

tomonidan 1999-yil 14-iyunda 746-son bilan ro‘yxatga olingan “Idoraviy mansubligi, mulkchilik

va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining

Namunaviy qoidalari”da berilgan. Ushbu Namunaviy qoidalarga asosan “Korxonada mehnat

intizomi mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, jamoa shartnomasi shartlariga, ushbu Qoidalarga

va texnologiya intizomini, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish

sanitariyasi bo‘yicha talablar, shuningdek har bir xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi

shartlarini ko‘zda tutadigan korxonaning boshqa lokal hujjatlariga rioya qilishni o‘z ichiga oladi”.

Mehnat intizomi obyektiv va subyektiv ma’nolari bo‘yicha bir-biridan farqlanadi.

Obyektiv ma’noda mehnat intizomi – xodim va ish beruvchining mehnat majburiyatlarini

belgilab beruvchi normalar yig‘indisini o‘zida ifodalovchi mehnat intizomiga oid normativ

hujjatlar tizimi va korxonalarda belgilangan ichki tartibdan iborat. Ob’yektiv ma’noda mehnat

intizomi uning huquq instituti sifatidagi tushunchasiga mos keladi. Subyektiv ma’noda mehnat

intizomi mehnat tartibini belgilovchi normalarni har bir xodimga nisbatan qo‘llashni bildiradi.

Mehnat intizomining mazmunini mehnat vazifalarini halol va vijdonan bajarish yuzasidan

ish beruvchi va xodimning o‘zaro majburiyatlari tashkil qiladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi

Mehnat kodeksining 22-moddasida xodimning burchlari keltirilgan. Ushbu moddaga asosan

xodim o‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarishi, mehnat intizomiga rioya qilishi, ish

beruvchining qonuniy farmoyishlarini o‘z vaqtida va aniq bajarishi, texnologiya intizomiga,

mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilishi, ish

beruvchining mol-mulkini avaylab asrashi shart.


background image


Noyabr, 2024-Yil

582

Xodimning mehnat vazifalari ichki tartib qoidalarida, intizom to‘g‘risidagi ustav va

nizomlarda, korxonada qabul qilinadigan lokal hujjatlarda (jamoa shartnomalarida, yo‘riqnomalar

va hokazolarda), mehnat shartnomasida aniq belgilab qo‘yiladi.

Mehnat intizomini ta’minlash uchun normal ishlab chiqarish imkonini beradigan zarur

tashkiliy va iqtisodiy shartlarni amalga oshirish talab etiladi. Bunday sharoitlarni yaratish

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 295-moddasiga muvofiq ish beruvchiga

yuklatilgan. Mazkur moddaga asosan ish beruvchi xodimlar mehnatini tashkil qilishi, qonunlar va

boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini yaratib

berishi, mehnat va ishlab chiqarish intizomini ta’minlashi, mehnat muhofazasi qoidalariga rioya

etishi, xodimlarning ehtiyoj va talablariga e’tibor bilan qarashi, ularning mehnat va turmush

sharoitlarini yaxshilab borishi, ushbu Kodeksga muvofiq jamoa shartnomalarini tuzishi shart. Ish

beruvchi xodimdan uning mehnat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishni, qonunga

xilof yoki xodim va boshqa shaxslarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diruvchi, ularning

sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar qilishini talab etishga haqli emas.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 295-moddasida korxonalarda mehnat

intizomini ta’minlash usullari ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra mehnat intizomi halol mehnat uchun

rag‘batlantirish va mukofotlash usullari bilan normal tarzda ishlashga zarur tashkiliy va iqtisodiy

sharoitlarni yaratib berish, noinsof xodimlarga nisbatan jazo choralarini qo‘llash orqali

ta’minlanadi. Mazkur modda mazmunini tahlil qilish mehnat intizomini ta’minlashning ikki usuli

mavjudligini ko‘rsatadi. Bular:

1) rag‘batlantirish;

2) jazolash.

Normal tarzda ishlashga zarur tashkiliy va iqtisodiy sharoitlarni yaratib berish mehnat

intizomini ta’minlashning asosiy sharti bo‘lib hisoblanadi. Ish beruvchi xodimlarni mehnat

majburiyatlarini amalga oshirish imkonini beradigan asbob-uskunalar, boshqa vositalar, texnik

hujjatlar bilan ta’minlashi; mehnat muhofazasi va gigiyenasi, mehnat xavfsizligi bilan ta’minlashi;

xodimlarga ish haqini o‘z vaqtida va to‘la hajmda to‘lash ishlash uchun zarur tashkiliy va iqtisodiy

sharoitlarni yaratishga kiradi. Mehnat intizomining holati ish beruvchi tomonidan aynan ushbu

majburiyatlarni bajarilishiga bog‘liqdir. Normal tarzda ishlashga zarur tashkiliy va iqtisodiy

sharoitlarni yaratib berish keyinchalik xodimlarni rag‘batlantirish yoki ularga nisbatan intizomiy

jazo choralarini qo‘llash imkonini beradi. Mehnat intizomini ta’minlash usullari bo‘lgan

rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralarini qo‘llash keyingi paragraflarda ko‘rib chiqiladi.


background image


Noyabr, 2024-Yil

583

Mehnat to‘g‘risidagi va boshqa qonun hujjatlarida ish beruvchi va xodimlarning mehnat

intizomiga rioya qilish majburiyati, avvalo, ham ish beruvchining, ham xodimlarning ish beruvchi

tomonidan o‘rnatilgan tartibga rioya qilish majburiyatidan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi

Mehnat kodeksining 296-moddasiga muvofiq korxonada mehnat tartibi ish beruvchi kasaba

uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlaydigan ichki

mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi.

Ichki mehnat tartibi qoidalarining asosiy maqsadi xodimlarni mehnatga ongli munosabatda

bo‘lish ruhida tarbiyalash, mehnat intizomini yanada mustahkamlash, mehnatni ilmiy asosda

tashkil etish, ish vaqti va dam olish vaqtidan oqilona foydalanish, yuqori ish sifatiga erishish,

mehnat unumdorligi va ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdan iboratdir.

Ichki mehnat tartibi qoidalari ish beruvchi tomonidan tasdiqlanadigan lokal normativ hujjat

bo‘lib, uni ishlab chiqish va qabul qilishning maxsus tartib-taomili mehnat to‘g‘risidagi qonun

hujjatlarida belgilanmagan. Shu bois ichki mehnat tartibi qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash

korxonada lokal hujjatlarni qabul qilish uchun belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.

Ichki mehnat tartibi qoidalari bilan bir qatorda xalq xo‘jaligining ba’zi tarmoqlarida

xodimlarning ayrim toifalari uchun intizom to‘g‘risidagi ustav va nizomlar amal qiladi. Odatda

intizom to‘g‘risidagi ustav va nizomlar O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan

tasdiqlanadi. Ushbu hujjatlar ba’zi tarmoqlardagi ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan ortiqcha

talablarni nazarda tutadi. Ularga nisbatan yuqori talablar qo‘yilishining sababi ushbu korxonalarda

o‘rnatilgan tartibning buzilishi og‘ir va boshqa salbiy oqibatlarga olib keladi.

Har bir xodim o‘ziga yuklatiladigan mehnat vazifalari doirasi bilan oldindan tanishtirilishi

lozim. Ishga kirayotgan har bir xodim ichki mehnat tartibi qoidalari yoki intizom to‘g‘risidagi

ustav va nizomlar bilan imzo qo‘ydirish orqali tanishtiriladi. Bunda ish beruvchi xodimni ichki

mehnat tartibi qoidalari bilan taraflar o‘rtasida mehnat shartnomasi imzolangunga qadar

tanishtiradi. Ya’ni mehnat munosabatlariga kirishgunga qadar xodim o‘zining qanday huquq

hamda majburiyatlarga egaligi, mazkur ish beruvchidagi ish rejimi, qanday rag‘batlantirishlarning

mavjudligi haqida oldindan tasavvurga ega bo‘lishi lozim.

Mehnat intizomini ta’minlash usullaridan biri rag‘batlantirish hisoblanadi. O‘zbekiston

Respublikasi Mehnat kodeksining 299-moddasiga asosan ishdagi yutuqlar uchun xodimga

nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin. Mehnat uchun rag‘batlantirish – xodim

xizmatlari jamoa tomonidan tan olinishidir. Rag‘batlantirish xodimga nisbatan nafaqat ijobiy ruhiy

ta’sir etadi, balki o‘zida muayyan imtiyoz va afzalliklarni ham ifodalaydi.


background image


Noyabr, 2024-Yil

584

Mehnat vazifalarini halol va vijdonan bajarganlik uchun rag‘batlantirish xodimni xizmat

bo‘yicha yuqori pog‘onaga ko‘tarishda yoki shtatlar soni qisqarganda xodimni ishda olib qolishda

afzallik sifatida inobatga olinadi.

Rag‘batlantirish nafaqat rag‘batlantirilayotgan xodimga, shuningdek boshqa xodimlarga

ham mehnat intizomiga rioya qilish, o‘ziga yuklatilgan mehnat majburiyatlarini vijdonan

bajarishda rag‘bat bo‘lib hisoblanadi.

Rag‘batlantirish turlari, qo‘llash tartibi, afzallik va imtiyozlar berish jamoa shartnomalari,

ichki mehnat tartibi qoidalari va boshqa lokal hujjatlarda, jamoa kelishuvlarida, intizom

to‘g‘risidagi ustav va nizomlarda belgilab qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat

kodeksida rag‘batlantirish turlari nazarda tutilmagan, aksincha intizomiy jazo choralari aniq

belgilab qo‘yilgan. Ta’kidlash lozimki, intizomiy jazo choralari Mehnat kodeksida belgilangan

hamda ularning ro‘yxati lokal hujjatlar orqali kengaytirilishi mumkin emas. Rag‘batlantirish

turlari esa lokal normativ hujjatlar orqali belgilanishi bois ularning ro‘yxati ish beruvchi va

xodimlar vakillik organlari tomonidan kelishib kengaytirilishi mumkin. Shuningdek, intizomiy

jazo choralaridan farqli ravishda bir vaqtning o‘zida xodimga nisbatan bir necha rag‘batlantirish

turi qo‘llanilishi mumkin. Masalan, xodimlarni rag‘batlantirishning moddiy (pul mukofoti bilan

taqdirlash) va ma’naviy (minnatdorchilik) turlarini bir vaqtda qo‘llash mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 299-moddasi 3-qismiga asosan ish haqi,

mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa

to‘lovlar rag‘batlantirish turlariga kirmaydi. Shuningdek, xodimning mehnatda erishgan yutuqlari

uchun emas, balki alohida muhim sanalar yoki boshqa voqealarni nishonlash munosabati bilan

beriladigan mukofotlar ham rag‘batlantirish turi hisoblanmaydi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, xodim har qanday intizomga xilof nojo‘ya harakat

uchun intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Intizomga xilof harakat natijasida ish beruvchi

uchun muayyan salbiy oqibatlarning kelib chiqish yoki kelib chiqmasligi ahamiyatga ega emas.

Ya’ni intizomiy javobgarlik formal javobgarlik hisoblanib, buning uchun muayyan oqibat

kelib chiqishi shart emas, balki intizomiy jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash uchun

korxonada o‘rnatilgan tartib-qoidalar buzilishining o‘zi yetarlidir.

REFERENCES

1.

Mehnat huquqi. Darslik. Mas’ul muharrir: prof. M.A.Usmanova. –T.: TDYuU nashriyoti,

2019. – 521 bet.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 18-bobi.


background image


Noyabr, 2024-Yil

585

3.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 985, 1007-1011, 1021-1022-moddalari.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4652-son qarori bilan

tasdiqlangan «Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya

xizmati va boshqa xodimlarning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi yoki ularning og‘ir

ahvolga tushishi va sog‘lig‘i tiklanmaganligi munosabati bilan bir yo‘la beriladigan

qo‘shimcha to‘lovlar miqdori».

5.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-sonli qarori

bilan tasdiqlangan «Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda

jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi

tufayli yetkazilgan zararni to‘lash qoidalari».

6.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi 195-sonli qarori

bilan tasdiqlangan Mehnatda mayib bo‘lgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning

kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom.

References

Mehnat huquqi. Darslik. Mas’ul muharrir: prof. M.A.Usmanova. –T.: TDYuU nashriyoti, 2019. – 521 bet.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 18-bobi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 985, 1007-1011, 1021-1022-moddalari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4652-son qarori bilan tasdiqlangan «Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi yoki ularning og‘ir ahvolga tushishi va sog‘lig‘i tiklanmaganligi munosabati bilan bir yo‘la beriladigan qo‘shimcha to‘lovlar miqdori».

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash qoidalari».

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi 195-sonli qarori bilan tasdiqlangan Mehnatda mayib bo‘lgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom.