Authors

  • Zarif Ahrorov
  • Ashraf Turdialiyev
  • Nodirbek Xasatullayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.48657

Keywords:

Moliyaviy inqiroz Moliya bozori beqarorligi Kredit riski Likvidlik muammosi Bankrotlik Moliyaviy tartibga solish Inflatsiya Deflyatsiya Valyuta inqirozi Iqtisodiy o‘sishning pasayishi Xalqaro qarz Davlat qarzi Bank tizimi islohoti Foiz stavkalari Investitsiya kamayishi Kapital oqimi Xavf-xatarlarni boshqarish Moliyaviy siyosat Korporativ qarzlar Ipoteka kredit Qayta tiklanish jarayonlari.

Abstract

Ushbu maqola jahon miqyosidagi eng katta moliyaviy inqirozlar, ularning kelib chiqish sabablari va mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’sirini haqida ma’lumot beradi. Insoniyat tarixida ko’plab moliyaviy inqirozlar bo’lib o’tgan misol uchun 1973-Neft inqirozi, 2010-Yevropa qarz inqirozi va 2020-COVID-19 pandemiyasi sababli iqtisodiy tushkunlik va boshqalar. Bu maqolada biz eng yirik uchta inqiroz haqida gaplashamiz, Jumladan 1929-yilgi “Buyuk depressiya” nima uchun boshlangan va u insoniyatga qanday ta’sir qildi, bundan tashqari 1997-yilgi “Osiyo moliyaviy inqirozi” va 2008-yildagi “Jahon moliyaviy inqirozlari” haqida qimmatli tushunchalarni ko’rib chiqamiz. Eng asosiysi ular nima oqibatlarga olib keldi va ular nima sababdan boshlangan kabi qiziqarli savollaringizga javob topasiz va siz o’zingizning moliyaviy savodxonligingizni oshirishingiz mumkin.

background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


38

MOLIYAVIY INQIROZLAR, ULARNING SABABLARI VA ULARNING

MAMLAKATLAR IQTISODIYOTIGA TA’SIRI

Ahrorov Zarif

Toshkent davlat iqtisodiyot Universteti Samarqand filiali dotsenti.

Turdialiyev Ashraf

Toshkent davlat iqtisodiyot Universteti Samarqand filiali Moliya va moliyaviy texnologiyalar

yo’nalishi talabasi.

Xasatullayev Nodirbek

Toshkent davlat iqtisodiyot Universteti Samarqand filiali Moliya va moliyaviy texnologiyalar

yo’nalishi talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14277901

Annotatsiya.

Ushbu maqola jahon miqyosidagi eng katta moliyaviy inqirozlar, ularning

kelib chiqish sabablari va mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’sirini haqida ma’lumot beradi. Insoniyat

tarixida ko’plab moliyaviy inqirozlar bo’lib o’tgan misol uchun 1973-Neft inqirozi, 2010-Yevropa

qarz inqirozi va 2020-COVID-19 pandemiyasi sababli iqtisodiy tushkunlik va boshqalar. Bu

maqolada biz eng yirik uchta inqiroz haqida gaplashamiz, Jumladan 1929-yilgi “Buyuk

depressiya” nima uchun boshlangan va u insoniyatga qanday ta’sir qildi, bundan tashqari 1997-

yilgi “Osiyo moliyaviy inqirozi” va 2008-yildagi “Jahon moliyaviy inqirozlari” haqida

qimmatli tushunchalarni ko’rib chiqamiz. Eng asosiysi ular nima oqibatlarga olib keldi va ular

nima sababdan boshlangan kabi qiziqarli savollaringizga javob topasiz va siz o’zingizning

moliyaviy savodxonligingizni oshirishingiz mumkin.

Kalit so’zlar:

Moliyaviy inqiroz, Moliya bozori beqarorligi, Kredit riski, Likvidlik

muammosi, Bankrotlik, Moliyaviy tartibga solish, Inflatsiya, Deflyatsiya, Valyuta inqirozi,

Iqtisodiy o‘sishning pasayishi, Xalqaro qarz, Davlat qarzi, Bank tizimi islohoti, Foiz stavkalari,

Investitsiya kamayishi, Kapital oqimi, Xavf-xatarlarni boshqarish, Moliyaviy siyosat, Korporativ

qarzlar, Ipoteka kredit, Qayta tiklanish jarayonlari.

FINANCIAL CRISES, THEIR CAUSES AND THEIR IMPACT ON THE ECONOMY OF

COUNTRIES

Abstract.

This article provides information about the major global financial crises, their

causes, and their impact on economies. Specifically, it explores the origins, consequences, and

effects of the 1929 "Great Depression," the 1997 "Asian Financial Crisis," and the 2008 "Global

Financial Crisis." Additionally, it highlights the lessons learned from these crises and the changes

they brought to financial systems. Through this article, readers can enhance their financial

literacy and gain a deeper understanding of the global economic system.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


39

Keywords:

Financial Crisis, Financial Market Instability, Credit Risk, Liquidity Problem,

Bankruptcy, Financial Regulation, Inflation, Deflation, Currency Crisis, Declining Economic

Growth, International Debt, Public Debt, Banking System Reform, Interest Rates, Investment

decline, Capital flow, Risk management, Financial policy, Corporate debt, Mortgage loan,

Recovery processes.

ФИНАНСОВЫЕ КРИЗИСЫ, ИХ ПРИЧИНЫ И ВЛИЯНИЕ НА ЭКОНОМИКУ

СТРАН.

Аннотация.

В данной статье представлена информация о крупнейших мировых

финансовых кризисах, их причинах и влиянии на экономику. В частности,

рассматриваются причины, последствия и влияние "Великой депрессии" 1929 года,

"Азиатского финансового кризиса" 1997 года и "Мирового финансового кризиса" 2008 года.

Также обсуждаются уроки, извлечённые из этих кризисов, и изменения, которые они

внесли в финансовые системы. Эта статья поможет читателям повысить свою

финансовую грамотность и глубже понять глобальную экономическую систему.

Ключевые слова:

финансовый кризис, нестабильность финансового рынка,

кредитный риск, проблема ликвидности, банкротство, финансовое регулирование,

инфляция, дефляция, валютный кризис, снижение экономического роста, международный

долг, государственный долг, реформа банковской системы, процентные ставки, снижение

инвестиций, поток капитала, Управление рисками, Финансовая политика, Корпоративный

долг, Ипотечный кредит, Процессы восстановления.

Kirish:

Moliyaviy inqirozlar insoniyat tarixida iqtisodiy taraqqiyot jarayonini

pasaytiruvchi, ko‘plab mamlakatlar iqtisodiy tizimini izdan chiqaruvchi murakkab hodisa

hisoblanadi. Ular ko‘pincha bank tizimlarining zaiflashishi, investorlar ishonchining pasayishi va

global bozorlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik natijasida yuzaga keladi. Moliyaviy inqirozlar global

iqtisodiy tizimning eng zaif nuqtalarini yuzaga chiqaruvchi hodisalardir. Ularning kelib chiqishi

nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy va ijtimoiy omillar bilan ham chambarchas bog‘liq. Moliyaviy

inqirozlar, ko‘pincha iqtisodiy inqirozlar deb atalib, milliy iqtisodiyotlarga jiddiy zarar yetkazishi

mumkin. Bunday inqirozlar odatda haddan tashqari qarz olish, spekulyativ bozor pufakchalari va

noto‘g‘ri iqtisodiy boshqaruv kabi bir nechta omillarning kombinatsiyasi natijasida yuzaga keladi.

Tarixda ko‘plab davlatlar moliyaviy inqirozlarni boshdan kechirgan bo‘lib, ularning

oqibatlari global miqyosda sezilgan.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


40

Buyuk depressiya:

Dastlabgi moliyaviy inqiroz “Buyuk depressiya” moliyaviy inqirozi

barcha mamlakatlar iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan ayniqsa Kanada, Buyuk Britaniya,

AQSh, Germaniya va Fransiyaga eng yirik qurbonlari hisoblanadi. 1929-yil AQShda boshlangan

va 1939 - yilgacha davom etgan. 1929-yil 24-oktabrda Nyu-York fond birjasidagi "Qora

payshanba" kuni aksiyalar narxining keskin tushishi bilan boshlandi. Bank tizimining zaiflashishi,

kreditlar hajmining ortishi va ko‘plab banklarning bankrot bo‘lishi iqtisodiyotni chuqur

turg‘unlikka olib keldi. Aholining daromadi pasayib, iste’mol va investitsiyalar qisqardi, natijada

bizneslar yopildi, ishsizlik darajasi AQShda 22%ga yetdi.

AQShda 1910—1960-yillardagi ishsizlik darajasi

Xalqaro savdoga bojxona tariflarining oshirilishi ham zarar yetkazdi. Depressiya davomida

millionlab odamlar ishsiz va qashshoqlikda yashadi, qishloq xo‘jaligi esa, ayniqsa, AQShda "Dust

Bowl" bo‘ronlari tufayli katta zarar ko‘rdi. Siyosiy tizimlarga bo‘lgan ishonch pasaydi va

ekstremistik g‘oyalar tarqaldi.

Buyuk Depressiyaning boshlanishiga ushbu to’rtta omillar sabab bo‘lgan. Birinchidan,

1920-yillarda AQShda iqtisodiy yuksalish davomida aksiyalar narxi sun’iy ravishda ko‘tarildi.

Investorlar qarz olib, aksiyalarga ko‘p mablag‘ sarfladi, bu esa spekulyativ pufakchani yuzaga

keltirdi. 1929-yilda aksiyalar narxi haddan tashqari oshib ketganida, investorlar ulardan qutulishni

boshladi, bu esa narxlarning qulashi va fond bozorining inqiroziga olib keldi.

Ikkinchidan, Banklar kreditlash siyosatini nazoratsiz kengaytirib, ortiqcha xavfli qarzlarni

berishdi. Fond bozorining qulashi bilan ko‘plab banklar katta yo‘qotishlarga uchradi va bankrot

bo‘ldi, bu esa aholi omonatlarini yo‘qotishga olib keldi.

Uchinchidan, O‘sha davrda moliyaviy tizim ustidan davlat nazorati juda zaif edi. Fond

bozori va banklarning faoliyati deyarli tartibga solinmagani tufayli iqtisodiy xavflar yig‘ilib bordi.

To’rtinchidan, AQSh iqtisodiyotidagi inqiroz boshqa mamlakatlarga ham tez tarqaldi.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


41

Jahon urushidan keyin xalqaro savdo va moliya tizimlari AQSh iqtisodiyotiga kuchli

bog‘liq bo‘lgan, shuning uchun bu inqiroz global tus oldi. Bundan tashqari AQSh hukumati o‘z

iqtisodiyotini himoya qilish uchun 1930-yilda Smoot-Hawley bojxona qonunini qabul qildi. Bu

qonun xalqaro savdoni qisqartirib, iqtisodiyotni yanada og‘ir ahvolga solib qo‘ydi.

Davlatlar iqtisodiyotiga ta’sirlari:

Sanoat shaharlari eng ko‘p zarar ko‘rdi, bir qator

mamlakatlarda qurilish deyarli to‘xtadi. Talabning qisqarishi tufayli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari

narxi 40-60 foizga arzonlashdi.

1929—1932-yillar oraligʻida butun dunyo boʻylab yalpi ichki

mahsulot (YaIM) taxminan 15 % ga kamaydi. Taqqoslash uchun, jahon yalpi ichki mahsuloti

2008-yildan 2009-yilgacha Buyuk turgʻunlik davrida 1 % dan kamroq kamaydi. Ayrim iqtisodlar

1930-yillarning oʻrtalariga kelib tiklana boshladi. Biroq, koʻplab mamlakatlarda Buyuk

Depressiyaning salbiy oqibatlari Ikkinchi Jahon urushi boshlanishiga qadar davom etdi. Vayron

qiluvchi taʼsir boy va kambagʻal mamlakatlarda shaxsiy daromad, narxlar, soliq tushumlari, foyda

va narxlarning pasayishi bilan kuzatildi. Xalqaro savdo 50 % dan koʻproq kamaydi.

Dunyo boʻylab shaharlar, ayniqsa ogʻir sanoatga qaram boʻlgan shaharlar qattiq zarbaga

uchradi. Koʻpgina mamlakatlarda qurilish deyarli toʻxtatildi. Dehqon jamoalari va qishloq joylari

ekin narxi taxminan 60 % ga tushishi sababli zarar koʻrdi. Talabning keskin kamayishi va ish

oʻrinlarining kamligi bilan birlamchi sanoat tarmoqlariga qaram boʻlgan hududlar eng koʻp zarar

koʻrdi. Iqtisodiy tarixchilar odatda Buyuk Depressiya katalizatorini 1929-yil 24-oktyabrdan

boshlab AQSH fond bozori narxlarining toʻsatdan halokatli qulashi deb hisoblashadi. Biroq,

baʼzilar bu xulosaga eʼtiroz bildirishadi va qimmatli qogʻozlarning qulashini Buyuk Depressiyada

sabab emas, balki alomat deb bilishadi.

Osiyo moliyaviy inqirozi:

1997-yilda Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo

mamlakatlarini qamrab olgan yirik moliyaviy krizis bo‘ldi.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


42

Ushbu inqiroz 1997-yil iyul oyida Tailandda boshlangan va qisqa vaqt ichida boshqa

davlatlarga ham tarqaldi. Bu holat butun dunyoda iqtisodiy tanazzul xavotirlarini kuchaytirdi.

Osiyo moliyaviy inqirozining asosiy sabablari bu valyuta kurslarining beqarorligi va

ko'pchilik mamlakatlarda qisqa muddatli tashqi qarzlarning o‘sishi bo’lgan. 1997-yilgi Osiyo

moliyaviy inqirozining asosiy sababi valyuta kurslarining noto‘g‘ri boshqaruvi bo‘lib, bu

inqirozga olib kelgan eng muhim omil edi. Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari, jumladan Tailand,

Janubiy Koreya va Indoneziya, o‘z milliy valyutalarini AQSh dollariga bog‘lagan holda qattiq

valyuta siyosatini olib borishdi. Bu siyosat dastlab iqtisodiy barqarorlik va xorijiy investitsiyalarni

jalb qilishda muvaffaqiyatli bo‘lib ko‘rindi, biroq uzoq muddatda iqtisodiy muvozanatni buzdi va

moliyaviy tizimning zaif tomonlarini ochib berdi.

Birinchidan, dollar bilan bog‘langan valyutalar qimmatlashib, bu mamlakatlarning eksport

mahsulotlarini jahon bozorida raqobatbardosh bo‘lmay qolishiga olib keldi. Natijada,

iqtisodiyotning muhim qismi hisoblangan eksport sektori zarar ko‘ra boshladi. Shu bilan birga,

qimmat valyutalar import mahsulotlarini arzonlashtirdi, bu esa mahalliy ishlab chiqaruvchilarga

bosim o‘tkazdi va iqtisodiy nomutanosiblikni kuchaytirdi.

Ikkinchidan, ushbu mamlakatlarda tashqi qarzlarning keskin ko‘payishi kuzatildi. Valyuta

kursi barqarorligiga ishonch sababli, hukumatlar va korporatsiyalar katta miqdorda tashqi qarz

olishni davom ettirdilar. Bu qarzlarning aksariyati qisqa muddatli va AQSh dollarida edi. Lekin

valyutalar qadrsizlana boshlagach, qarzlarni qaytarish qimmatlashdi va moliyaviy tizimga katta

zarar yetkazdi.

Uchinchidan, kapital oqimining beqarorligi muhim rol o‘ynadi. Xorijiy investorlar valyuta

barqarorligini inobatga olib, qisqa muddatli kapitalni mamlakatlarga olib kirdilar. Biroq,

valyutalar qadrsizlanishi boshlanganda, bu kapital mamlakatlardan tezda chiqib ketdi, bu esa bank

tizimini inqirozga olib keldi.

Nihoyat, spekulyativ hujumlar vaziyatni yanada og‘irlashtirdi. Valyutalar real iqtisodiy

qiymatdan ortiqcha baholanganini payqagan moliyaviy spekulyatorlar, bu valyutalarni ommaviy

sotib, ularning qadrsizlanishini tezlashtirdilar. Tailandda baht valyutasi birinchi bo‘lib quladi,

chunki hukumat dollar kursini ushlab qolishga urinishda katta miqdordagi zaxiralarni yo‘qotdi.

Oxir-oqibat, ular kursni bo‘sh qo‘yishga majbur bo‘ldi. Bu inqiroz boshqa davlatlarga ham tez

tarqaldi.

Shunga qaramay, 1998—1999-yillarda mintaqadagi tiklanish tez amalga oshdi va iqtisodiy

tizimlarning parchalanishi bo‘yicha xavotirlar tezda barham topdi. 1997-yil 2-iyulda Tailandda

boshlangan va "Tom Yam Kung" inqirozi deb atalgan moliyaviy inqiroz Tailand hukumati chet el

valyutasi yo‘qligi sababli bahtni o‘zgartirishga majbur bo‘lganidan so‘ng, Tailand bahtining


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


43

moliyaviy qulashi natijasida yuzaga keldi. Tailand valyutasining AQSh dollariga bog‘lanishini

qo‘llab-quvvatlashga urinib, kapitalning tez parvoz qilishini boshladi, bu esa xalqaro iqtisodiyotda

zanjir reaktsiyasini keltirib chiqardi. Tailand tashqi qarz yukini o‘z zimmasiga olgan bo‘lib,

inqirozning tarqalishi bilan boshqa Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarida ham valyutalar pasayib,

fond bozorlari va boshqa aktivlar bahosi tushdi, xususiy qarz esa keskin o‘sdi. 1993–1996-yillarda

ASEANning to‘rtta yirik iqtisodida tashqi qarzning YaIMga nisbati 100% dan 167% gacha

ko‘tarildi, inqirozning eng yomon davrida esa 180%dan oshdi. Janubiy Koreyada bu ko‘rsatkichlar

13% dan 21% gacha ko‘tarildi va keyin 40%ga yetdi. Inqirozdan eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlar

Janubiy Koreya, Indoneziya va Tailand bo‘ldi, Gonkong, Laos, Malayziya va Filippin ham zararni

boshdan kechirdi. Xitoy va Yaponiya kabi ba’zi davlatlar kamroq zarar ko‘rgan, lekin ular ham

mintaqadagi talab va ishonchning yo‘qolishidan aziyat chekdi. Xitoy, o‘zining valyutasini

qadrsizlantirmaslik va 4 milliard dollar miqdorida qutqaruv pullari qo‘shish orqali mintaqadagi

obro‘ni oshirdi. Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ) Janubiy Koreya, Tailand va Indoneziyaning

valyutalarini barqarorlashtirish uchun 40 milliard dollarlik yordam dasturini ishga tushirdi. Ammo,

global iqtisodiy inqiroz Indoneziyadagi ichki vaziyatni barqarorlashtirishga unchalik yordam

bermadi va 1998-yil may oyida Indoneziya prezidenti Suxarto rupiyaning keskin devalvatsiyasi va

narxlarning oshishi ortidan iste’foga chiqdi. 1998-yilda Filippinda iqtisodiy o‘sish deyarli nolga

tushdi. Singapur esa zarbadan nisbatan izolyatsiyalangan bo‘lishiga qaramay, Malayziya va

Indoneziya bilan geografik yaqinligi tufayli jiddiy zarblar oldi. 1999-yilda esa Osiyo iqtisodlari

tiklana boshladi va mintaqadagi davlatlar moliyaviy barqarorlikni yaxshilash yo‘lida hamkorlikni

kuchaytirdi.

Jahon moliyaviy inqirozi:

Jahon moliyaviy inqirozi global iqtisodiyotga katta ta’sir

ko‘rsatgan murakkab jarayondir. Bunday inqirozlar odatda moliyaviy tizimlarning zaifligi,

iqtisodiy siyosatdagi xatoliklar va xalqaro moliyaviy bozorlar muvozanatsizligi natijasida yuzaga

keladi.

Moliyaviy inqirozlar sabablari xilma-xil bo‘lib, ularning asosiy omillari kreditlashning

nazoratsiz o‘sishi, moliyaviy xavflarning noto‘g‘ri boshqarilishi va siyosiy noaniqlik bilan bog‘liq.

Bundan tashqari, bank tizimining yetarli darajada barqaror emasligi, geosiyosiy ziddiyatlar

va xomashyo narxlarining keskin o‘zgarishi kabi omillar ham muhim rol o‘ynaydi.

Moliyaviy inqirozlar tarixida 1929-yildagi Buyuk depressiya va 2008-yildagi global

moliyaviy inqiroz alohida o‘rin egallaydi. Buyuk depressiyada AQShda aksiyalar bozorining

qulashi natijasida global iqtisodiyot inqirozga uchragan, ko‘plab banklar yopilgan va ishsizlik

darajasi keskin oshgan. 2008-yildagi inqiroz esa ipoteka bozoridagi muammolar sababli yuzaga

kelib, butun dunyo moliyaviy tizimiga zarar yetkazgan.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


44

Bu inqirozning eng asosiy sababi 2008-yilda ipoteka kredit siyosatida juda katta xato

qarorlar qabul qilinishi bo’ladi. Usha paytda AQSH banklari ipoteka kreditini qaytarish

qobiliyatiga ega bo’lmaganlarga ham bera boshlaydi jumladan uysizlar va boshqa qashshoq

aholiga ham, tabiiyki ular uylarni qaytara olishmaydi va banklar o’sha uylar ipoteka bozoriga

chiqaradi keyinchalik bu ipoteka bozori inqiroziga sabab bo’ladi. Hozirgi globallashgan davrda

barcha iqtisodiyotlar bir-biri bilan bog’liq va AQSHdagi inqiroz barcha iqtisodiyot sektorlariga

undan keyin boshqa davlatlar iqtisodiyotiga katta ta’sir qilgan.

Bunday inqirozlarning oqibatlari jiddiy bo‘lib, iqtisodiy o‘sishning sekinlashuvi,

ishsizlikning oshishi va ijtimoiy muammolarning kuchayishi bilan namoyon bo‘ladi. Moliyaviy

inqiroz korxonalarning yopilishi, aholi daromadlarining pasayishi va qashshoqlik darajasining

o‘sishiga olib keladi.

Moliyaviy inqirozlarning oldini olish uchun moliya tizimini mustahkamlash, moliyaviy

xavflarni boshqarish mexanizmlarini joriy etish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish muhim

ahamiyatga ega. Shuningdek, bozorlarni shaffof boshqarish va kreditlash jarayonlarini nazorat

qilish ham inqirozlarning oldini olishga yordam beradi.

Inqirozdan chiqish uchun AQSh va Yevropa Ittifoqi qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi.

Yirik tijorat banklarini qutqarish maqsadida ularning aksiyalari davlat tomonidan sotib

olinib, byudjet mablag‘lari hisobidan likvidli aktivlar bilan ta’minlandi. Shuningdek, tijorat

banklari kreditlariga davlat kafolatlari tizimi joriy etildi. Masalan, AQShda Federal zaxira tizimi

xususiy sektorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy yordam ko‘rsatish maqsadida qimmatli qog‘ozlar

xarid qildi. Buyuk Britaniya hukumati esa banklar va moliyaviy institutlar aksiyalariga 37 mlrd.

funt sterling sarmoya kiritdi. Germaniya hukumati bank sektorini qo‘llab-quvvatlash uchun 500

mlrd. evro miqdorida investitsiyalar va kreditlar ajratdi. Ushbu davrda Yevropadagi ko‘plab yirik

banklar davlat tasarrufiga o‘tkazildi. Inqiroz oqibatlarini yengillashtirish uchun davlat tomonidan

iqtisodiyotni tartibga solish usullari faol qo‘llanildi. Rivojlangan mamlakatlar inqirozni bartaraf

etish uchun katta hajmdagi moliyaviy resurslarni safarbar qilishdi. Xususan, AQSh hukumati

inqirozga qarshi 3539 mlrd. dollar sarflab, bu mablag‘ mamlakat yalpi ichki mahsulotining 25%

ini tashkil etdi. O‘zbekiston ham xalqaro iqtisodiy tizimning bir qismi sifatida inqirozning

mahalliy iqtisodiyotga salbiy ta’siridan butkul xoli bo‘lishi mumkin emas edi.

Xulosa:

Moliyaviy inqirozlar iqtisodiy tizimga katta zarar yetkazadi va jamiyatni uzoq

muddatli ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarga duchor etadi. Ushbu maqolada keltirilgan tarixiy

inqirozlar, jumladan “Buyuk depressiya”, “Osiyo moliyaviy inqirozi” va “Jahon moliyaviy

inqirozi” ularning sabablari, oqibatlari hamda xalqaro miqyosdagi ta'siri batafsil tahlil qilindi.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


45

Moliyaviy inqirozlarning asosiy sabablari sifatida noto‘g‘ri boshqaruv, spekulyativ

pufakchalar va haddan tashqari qarz olish ko‘rsatildi. Bu holatlar iqtisodiy barqarorlikning

zaifligini va moliyaviy tizimlardagi strukturaviy muammolarni ochib berdi. Bu davrda ayrim

davlatlarning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) sezilarli darajada qisqargan, bu esa keng ko‘lamli

ijtimoiy muammolar, jumladan ishsizlikning oshishi va aholining umumiy tushkunlik kayfiyatiga

olib kelgan. AQSHning 44-prezidenti Barack Obama ushbu inqiroz haqida “Uning ildizi

mas’uliyatsizlik va ehtiyotsizlikda” ekanligini ta’kidlagan va bunday holatlarning takrorlanmasligi

uchun muhim darslar chiqarish zarurligini alohida ta'kidlagan. Shuningdek, “Buyuk depressiya”

va “Osiyo moliyaviy inqirozi” misollari ham inqirozlarning sabablari noto‘g‘ri qarorlar va

boshqaruvning zaifligi bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. “Buyuk depressiya”da AQSH va

Yevropadagi iqtisodiy qiyinchiliklar global miqyosda ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, “Osiyo moliyaviy

inqirozi” Osiyo davlatlaridagi moliyaviy bozorlarning zaifligini va valyuta siyosatidagi

muammolarni ochib berdi. Ushbu inqirozlar milliy iqtisodiyotlardan tashqariga chiqib, global

miqyosda iqtisodiy hamkorlik va tartibga solish tizimlarining yetarlicha samarali emasligini

namoyon qildi. Kelajakda bunday inqirozlarning oldini olish uchun samarali tartibga solish, global

moliyaviy hamkorlikni kuchaytirish va moliyaviy bozorlarni yanada shaffoflashtirish muhim

ahamiyatga ega. Bunda xalqaro moliyaviy institutlarning hamkorligi va rivojlangan

texnologiyalardan foydalanish o‘ziga xos rol o‘ynaydi. Shu yo‘l bilan nafaqat iqtisodiy

barqarorlikni ta'minlash, balki xalqaro moliyaviy tizimni mustahkamlash, moliyaviy

inqirozlarning salbiy oqibatlarini kamaytirish va kelajakda ularga qarshi immunitet hosil qilishga

erishish mumkin bo‘ladi.

REFERENCES

1.

Jo'rayev.T.T

. Iqtisodiyot nazariyasi

(o'zbekcha). Toshkent: Fan va Texnologiyalar, 2018-

yil — 352-357-bet.

ISBN 978-9943-11-903-1

.

2.

Brian Duignan

„financial crisis of 2007–08“

(inglizcha).

britannica.com

. Qaraldi: 7-aprel

2023-yil.

3.

Karimov, Islom

. JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZI, O‘ZBEKISTON

SHAROITIDA UNI BARTARAF ETISHNING YO‘LLARI VA CHORALARI

, O'zbekiston,

Toshkent: O'zbekiston, 2009.

4.

Wenjie Chen, Mico Mrkaic, and Malhar Nabar (mart 2019-yil).

„The Global Economic

Recovery 10 Years After the 2008 Financial Crisis“

. IMF Working Paper. № WP/19/83.

15-bet. Qaraldi: 7-aprel 2023-yil.

5.

„Buyuk Depressiya tarixi“.

Tarix. 2022-yil 20-mayda olindi.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


46

6.

Jon A. Garrati, Buyuk Depressiya (1986).

7.

Duhigg, Charlz (2008-yil 23-mart).

„Depressiya, deysizmi? Xavfsizlik tarmoqlarini

tekshiring“.

The New York Times.

8.

Eichengreen, Barry J. (2015).

„Koʻzgular zali: Buyuk Depressiya, buyuk tanazzul, tarixdan

foydalanish va notoʻgʻri foydalanish“.

Nyu-York, Nyu-York: Oksford universiteti

nashriyoti.

9.

Rojer Louenshteyn.

„Tarix takrorlanadi“.

Wall Street Journal 2015-yil 14-yanvar.

10.

Garrati, Buyuk depressiya (1986).

11.

Frank, Robert X.; Bernanke, Ben S. (2007). Makroiqtisodiyot tamoyillari (3-

nashr). Boston: MakGrou-Xill/Irvin. 98-bet.

12.

„Tovar maʼlumotlari“.

AQSh Mehnat statistikasi byurosi.

13.

Cochrane, Willard V. (1958). „Fermer narxlari, afsona va haqiqat“: 15.

14.

"Jahon iqtisodiy tadqiqoti 1932-33". Millatlar Ligasi: 43.

15.

Mitchell, Depressiya oʻn yilligi.

16.

„Buyuk Depressiya“.

Encyclopædia Britannica.

References

Jo'rayev.T.T. Iqtisodiyot nazariyasi (o'zbekcha). Toshkent: Fan va Texnologiyalar, 2018-yil — 352-357-bet. ISBN 978-9943-11-903-1.

Brian Duignan „financial crisis of 2007–08“ (inglizcha). britannica.com. Qaraldi: 7-aprel 2023-yil.

Karimov, Islom. JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZI, O‘ZBEKISTON SHAROITIDA UNI BARTARAF ETISHNING YO‘LLARI VA CHORALARI, O'zbekiston, Toshkent: O'zbekiston, 2009.

Wenjie Chen, Mico Mrkaic, and Malhar Nabar (mart 2019-yil). „The Global Economic Recovery 10 Years After the 2008 Financial Crisis“. IMF Working Paper. № WP/19/83. 15-bet. Qaraldi: 7-aprel 2023-yil.

„Buyuk Depressiya tarixi“. Tarix. 2022-yil 20-mayda olindi.

Jon A. Garrati, Buyuk Depressiya (1986).

Duhigg, Charlz (2008-yil 23-mart). „Depressiya, deysizmi? Xavfsizlik tarmoqlarini tekshiring“. The New York Times.

Eichengreen, Barry J. (2015). „Koʻzgular zali: Buyuk Depressiya, buyuk tanazzul, tarixdan foydalanish va notoʻgʻri foydalanish“. Nyu-York, Nyu-York: Oksford universiteti nashriyoti.

Rojer Louenshteyn. „Tarix takrorlanadi“. Wall Street Journal 2015-yil 14-yanvar.

Garrati, Buyuk depressiya (1986).

Frank, Robert X.; Bernanke, Ben S. (2007). Makroiqtisodiyot tamoyillari (3-nashr). Boston: MakGrou-Xill/Irvin. 98-bet.

„Tovar maʼlumotlari“. AQSh Mehnat statistikasi byurosi.

Cochrane, Willard V. (1958). „Fermer narxlari, afsona va haqiqat“: 15.

"Jahon iqtisodiy tadqiqoti 1932-33". Millatlar Ligasi: 43.

Mitchell, Depressiya oʻn yilligi.

„Buyuk Depressiya“. Encyclopædia Britannica.

Most read articles by the same author(s)