ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
191
NEGA 1 DOLLAR 7 SO’M EMAS
Turdialiyev Ashraf
Toshkent davlat iqtisodiyot Universteti Samarqand filiali,
Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi talabasi.
Xasatullayev Nodirbek
Toshkent davlat iqtisodiyot Universteti Samarqand filiali,
Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14307518
Annotatsiya
. Ushbu maqola inflatsiyaning iqtisodiy tizimdagi o‘rni, sabablari va
oqibatlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, unda O‘zbekistonning mustaqillikdan keyingi pul
siyosati tajribasi keng yoritiladi. Inflatsiya tushunchasiga turli iqtisodchi olimlar tomonidan
berilgan ta’riflar keltirilgan. Shuningdek, maqolada inflatsiyaning sabablari – davlatning
noto‘g‘ri iqtisodiy siyosati, monetar va fiskal siyosatdagi muammolar, tashqi iqtisodiy omillar,
talab va taklifning notengligi kabi jihatlar chuqur tahlil qilingan. Inflatsiyaning natijalari esa
aholi turmush darajasining pasayishi, korxona va tashkilotlarning iqtisodiy holatiga ta’siri,
iqtisodiy barqarorlikka putur yetkazishi kabi holatlar orqali tahlil qilinadi. Maqolada inflatsiyani
nazorat qilish usullari, xususan, inflatsion targetlash, monetar siyosatni muvozanatlashtirish va
narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha xalqaro va milliy tajribalar keltirilgan.
O‘zbekistonning mustaqillikdan keyingi yillarda inflatsiyani kamaytirish yo‘lidagi
islohotlari, pul islohati (denominatsiya), milliy valyuta barqarorligini ta’minlash choralari
alohida qayd etilgan.
Kalit So’zlar
: inflatsiya, deflyatsiya, sudraluvchi inflatsiya, shiddatli inflyatsiya,
giperinflatsiya, inflyatsiya ta’siri, monetar siyosat, inflatsion targetlash, denominatsiya.
WHY 1 DOLLARS NOT 7 SOMS
Abstract.
This article is aimed at studying the place, causes and consequences of inflation
in the economic system, in which the experience of monetary policy of Uzbekistan after
independence is widely covered. Definitions given by various economists are given to the concept
of inflation. The article also deeply analyzes the causes of inflation - wrong economic policy of the
state, problems in monetary and fiscal policy, external economic factors, imbalance of supply and
demand. The results of inflation are analyzed through such circumstances as the decrease in the
standard of living of the population, the impact on the economic condition of enterprises and
organizations, and damage to economic stability. The article presents international and national
experiences on inflation control methods, in particular, inflation targeting, monetary policy
balancing and price stability. Uzbekistan's reforms to reduce inflation in the years after
independence, monetary reform (denomination), and measures to ensure the stability of the
national currency are noted separately.
Key words:
inflation, deflation, creeping inflation, severe inflation, hyperinflation,
inflation effect, monetary policy, inflation targeting, denomination.
ПОЧЕМУ 1 ДОЛЛАР, А НЕ 7 СОМ
Аннотация.
Данная статья направлена на изучение места, причин и последствий
инфляции в экономической системе, в которой широко освещен опыт денежно-кредитной
политики Узбекистана после обретения независимости. Понятию инфляции даны
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
192
определения, данные различными экономистами. В статье также глубоко анализируются
причины инфляции - неправильная экономическая политика государства, проблемы в
денежно-кредитной и фискальной политике, внешнеэкономические факторы, дисбаланс
спроса и предложения. Результаты инфляции анализируются через такие
обстоятельства, как снижение уровня жизни населения, влияние на экономическое
состояние предприятий и организаций, ущерб экономической стабильности. В статье
представлен международный и национальный опыт методов контроля над инфляцией, в
частности, инфляционного таргетирования, балансирования денежно-кредитной
политики и стабильности цен. Отдельно отмечены реформы Узбекистана по снижению
инфляции в годы после обретения независимости, денежная реформа (деноминация), а
также меры по обеспечению стабильности национальной валюты.
Ключевые слова:
инфляция, дефляция, ползучая инфляция, жесткая инфляция,
гиперинфляция, инфляционный эффект, денежно-кредитная политика, инфляционное
таргетирование, деноминация.
Kirish:
Inflatsiya haqida turli iqtisodchi olimlar turli ta’rif berishgan: Inflyatsiya – bu pul
massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga nisbatan ortib ketishi natijasida pul birligining
qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining o‘sishidir
Inflyatsiya - lotincha “inflatio” so'zidan olingan bo'lib, “shishish”, “ko'tarilish” degan
ma'nolarni anglatib, mamlakatdagi tovar va xizmatlar bahosi umumiy darajasining oshishi
tushuniladi. Narxlarning umumiy darajasi ko'tarilishi natijasida mamlakat pul birligi xarid
qobiliyatining pasayishi ro'y beradi. Bu esa o'z navbatida, davlat pul birligining qadrsizlanishiga
olib keladi.
Xo'sh pulning qadrsizlanishi deganda nima tushuniladi?
Pulning qadrsizlanishi deganda, bir xil miqdordagi pulga vaqti kelib kamroq bo'lgan tovar
va xizmatlarni sotib olish, ya'ni sotib olinishi mumkin bo'lgan tovar va xizmatlar miqdorining vaqti
kelib kamayishi tushuniladi.
Misol uchun, yilning boshida 100 ming so'mga sotib olish mumkin bo'lgan kundalik
iste'moldagi tovar va xizmatlarning miqdori yilning oxiriga kelib kamayadi. Bu esa 100 ming
so'mga yilning oxirida yilning boshidagiga nisbatan xuddi o'sha tovar va xizmatlarni kamroq
miqdorda sotib olish demakdir. O’z navbatida inflatsiya darajasiga qarab 3 turga bo’linadi:
1. Sudraluvchi inflatsiya - (inflatsiya darajasi 5%- 10% bo’lgan holatda kuzatiladi)
2. Shiddatli inflyatsiya - (inflatsiya darajasi 10%- 200% bo’lgan holatda kuzatiladi)
3. Giperinflatsiya - (inflatsiya darajasi 200%dan katta bo’lgan holatda kuzatiladi)
Gperinflyatsiyaga misol qilib 1923-yildagi Germaniyada 2950%li inflatsiya bir oyda
kuzatilgan yoki 1994-yildagi Yugoslaviya, ushbu davlatda 313 000 000%ni ko’rsatgan
Deflyatsiya: inflyasiya davrida chiqarilgan muomaladagi ortiqcha qogʻoz pulni
kamaytirish, davlat tomonidan muomaladagi pul miqdorini kamaytirishga qaratilgan moliya va
pul-kredit tadbirlari, ya’ni inflyatsiyaga teskari holat hisoblanadi va bu vaziyatda pul padrlilanib
narxlar pasaya boshlaydi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
193
Bir qarashdan iqtisodiyotga foydalidek tuyulsa ham uzoq vali muddatda bu iqtisodiyotga
juda katta zarar kelitiradi chunki insonlar pulllarini ishlatmay saqlab tursa keyinroq narx tushadi
deb saqlaydi va bu bozorlarda savdo hajmi tushadi, tadbirkorlarga ishlab chiqarish uchun rag’bat
kam bo’ladi.
Inflatsiya oqibatlari va omillari: Ko’plab iqtisodchilar tomonidan mamlakatlar tanazzuli
sabablari so’ralganda ular shubhasiz inflatsiya va ishsizlik deb javob qaytaradi. Chunki inflatsiya
nafaqat istemolchilarning balki ishlab chiqaruvchilarning ham xarid qobiliyadtini pasaytiradi. Bu
vaziyatda shunaqa bog’liqlik borki ishlab chiqaruvchilar uchun xom ashyo narxi oshsa albatta
bozordagi tovarlar narxi ham oshadi. Aslida bunga keragidan ortiq pul emissiyasi sabab bo’ladi,
sodda qilib tushuntiradigan bo’lsak bozorda 100 so’mlik tovar va xizmatlar mavjud lekin markaziy
bank tomonidan 120 so’m pul emessiya qilingan bu o’z – o’zidan inflatsiya ya’ni narx oshishiga
olib keladi. Inflatsiyaga bir qancha omillar ta’sir ko’rsatadi, ular ichki va tashqi omillar.
Ichki omillar:
• Monetar siyosat
• Xo’jalik faoliyati
Inflyatsiyaning ichki omillari monetar pul siyosati bilan va xo'jalik faoliyati bilan bog'liq
turlarga bo'linadi. Xo'jalik faoliyati bilan bog'liq omillar bu xo'jalik va iqtisoddagi mutanosiblikni
buzilishi, ishlab chiqarishda yakka hukmronlikka yo'l qo'yish, iqtisodning siklik rivojlanishi,
investitsiyalashda nomutanosiblik, baholarni tashkil qilishda davlatning yakka hokimligi, kredit
siyosatining noto'g'ti olib borilishi va boshqalar hisoblansa, pul bilan bog'liq omillarga davlat
moliyasi sohasidagi krezislar, davlatning byudjet defitsiti, davlat qarzlarining o'sishi, pul
emissiyasi, pul muomalasi qonunining buzilishi, kreditlashda avtomatizmga yo'l qo'yish va
boshqalar kiradi. Inflyatsiyaning tashqi omillariga jahon iqtisodiyotida bo'lgan krezislar, (xom -
ashyo, yoqilg'l, valyuta bo'yicha) davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan
tashqi iqtisodiy faoliyati, oltin va valyuta zaxiralari bilan bo'ladigan noqonuniy operatsiyalar va
boshqalar bo'lishi mumkin.
Inflatsion targetlash: “Target” so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib, “maqsad” degan ma'noni
anglatadi. Inflyatsion targetlash rejimida inflyatsiyaning maqsadli ko'rsatkichi o'rnatiladi va
inflyatsiyani pasaytirishda samarali vosita sifatida foydalaniladi. Inflyatsion targetlash rejimining
oʻziga xos xususiyatlaridan biri shuki, markaziy bank kelgusi davr uchun inflyatsiya maqsadi va
inflyatsiyaning targetdan siljish oraligʻini oldindan eʼlon qilishi lozim. Shu oʻrinda tabiiy savol
tugʻiladi: inflyatsiya targeti qanday aniqlanadi va oʻrnatiladi? Inflyatsion targetni belgilashda
qanday omillar hisobga olinadi? Nima uchun mazkur rejimida pul-kredit siyosati yuritayotgan
davlatlarda inflyatsiya targeti turlicha belgilangan?
Ushbu savollarga javob topish maqsadida chexiyalik iqtisodchilar Roman Xorvatx va
Yakub Matejular 2011-yildagi tadqiqotida 19 ta davlatda inflyatsiya targetini belgilashda hisobga
olinadigan omillarni tahlil qilishgan. Ular “mamlakatlar inflyatsiya boʻyicha targetni tanlashda
oʻtgan davrlardagi inflyatsiya darajasi, uning tebranuvchanligi, yalpi ichki mahsulot oʻsishi va
tashqi inflyatsiya darajasi kabi makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni hisobga oladi” degan umumiy
xulosaga kelishgan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
194
O’zbekistonda pul siyosati va inflatsiya: O‘zbekiston Respublikasi 1991 yil 31 avgustda
mustaqillikka erishgani e’lon qilingach, mamlakatda sovet rubli pul birligi sifatida muomalada
qolavergan edi.
1992 yilning yanvaridan iste’mol bozorini himoyalash va mahsulotlarni faqat O‘zbekiston
fuqarolariga sotish uchun bir martalik kuponlar bosib chiqarilgan. 1993 yilning 15 noyabrida
so‘m-kupon chiqarilganidan so‘ng 1 hafta o‘tib — 22 noyabrgacha gazeta qog‘ozida chop etilgan
va tashkilotining muhri uriladigan kartochkasi qirqib olinuvchi bir martalik kuponlar amal qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi hududida
parallel to‘lov vositasi sifatida «so‘m-kuponlar»ni muomalaga kiritish to‘g‘risida»gi 1993 yil 12 -
noyabrdagi №550-sonli qaroriga ko‘ra, ichki bozorni ortiqcha rubl massasidan himoyalash,
aholiga pul mablag‘larini to‘lashni o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida 1961–1992 yillarda amalda
bo‘lgan sovet rubliga 1:1 nisbatda 1993-yil 15-noyabrdan boshlab muomalaga kiritiladi. So‘m-
kupon Angliyadagi «Harrison & Sons Ltd» bosmaxonasida chop etilgan. So‘m-kuponlar 9,5 oy
muomalada bo‘lib, 1994 yilning 1 iyulidan boshlab O‘zbekistonning milliy valutasi — so‘m
muomalaga kiritilganidan so‘ng ham, 1994 yilning 1 avgustiga qadar amal qilgan.
O‘zbekistonning amaldagi milliy valutasi so‘m — O‘zbekiston Respublikasi Oliy
kengashining 1993 yil 3 sentabrdagi №952-XII qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 1994 yil 16 iyundagi PF-870 sonli farmoniga binoan, 1994 yilning 1 iyulida,
o‘zigacha amalda bo‘lgan so‘m-kuponga 1:1000 nisbatda muomalaga kiritilgan. 1994 yilda
muomalaga kiritilgan 100 so‘mgacha bo‘lgan jamiki qog‘oz pullar Germaniyaning «Giesecke &
Devrient» firmasida chop etilgan. (Hozir bu yerda YeI valutasi — yevro ham chop etiladi). 1997
yili muomalaga kiritilgan 200 so‘mlikdan boshlab, keyingi barcha kupyuralar Toshkentdagi
«Davlat belgisi» DIChB davlat korxonasida bosilmoqda.
So’m muomilaga kirgan payt ya’ni 1994-yil 1-iyul kuni 1 USD 7 so’m bolgan 30 yildan
keyin hozirgi kunga kelib 1 USD 12 500 so’m bo’ldi shuncha vaqt davomida bizing milliy
valyutamiz qay tarzda buncha qadrsizlandi (1700 marta) va bunga nimalar sabab bo’lgan?
Yillar mobayida xronologiyasi:
0
2000
4000
6000
8000
10000
12000
14000
1994
1995
1996
1997
1998
1999
2000
2001
2002
2003
2004
2005
2006
2007
2008
2009
2010
2011
2012
2013
2014
2015
2016
2017
2018
2019
2020
2021
2022
2023
2024
Uzbek so'mining AQSH dollariga nisbatan
kursi 1994-2024
UZS
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
195
Xulosa:
Inflyatsiya mamlakat hududida pul birligi qadrsizlanganda yuzaga keladi va
albatta uni oldini olish va bartaraf etish bo'yicha hukumatimiz hamda O'zbekiston Respublikasi
Markaziy banki tomidan yuqorida keltirib o'tilgan kerakli chora - tadbirlar izchil amalga
oshirilmoqda.
Mamlakatimizda inflyatsiya ko'rsatkichi yildan yilga pasayib kelmoqda. Shunday ekan
bizning ishonchimiz komilki, biz tez orada ushbu maqsadga erishamiz. Nega 1 USD 7 so’m
emasligi sababi ham inflatsiya ya’ni bu vaziyatda ham har doimgi qoida ishlaydi Nima ko’p bolsa
qardi tushadi agar biz qarzlarni to’lsh va iqtisodiy inqirozdan chiqish uchun pul emissiyasidan
boshqa yo’l topsak, bundan tashqari eksport hajmini oshirib mamlakatda boshqa valyutalar kirib
kela boshlasa so’m qiymati oshadi va biror kunga kelib ya’na 1 USD 7 so’m bo’lib qolishi
mumkin.
REFERENCES
1.
Iqtisodiyot nazariyasi Sh. Shodmonov
2.
Hyperinflation
article
https://www.cnbc.com/2011/02/14/The-Worst-Hyperinflation-
3.
https://finlit.uz/uz/articles/monetary-policy/inflation-targeting/
4.
G‘ulomov, S. S., & Mamadqulov, S. M. (2018).
Makroiqtisodiyot
. Toshkent: O‘zbekiston
Milliy Ensiklopediyasi.
5.
Karimov, M. M., & Norqulov, S. N. (2017).
Pul va kredit
. Toshkent: Iqtisodiyot.
6.
Ergashev, Q. A. (2020).
Moliyaviy iqtisodiyot asoslari
. Samarqand: Zarafshon nashriyoti.
7.
Mishkin, F. S. (2019).
The Economics of Money, Banking, and Financial Markets
. Pearson
Education.
