ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
108
INKLYUZIV TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA KADRLARGA
QO’YILADIGAN TALABLAR MAZMUNI
Djurayeva Sohiba Barat qizi
JDPU Maxsus pedagogika kafedra o’qituvchisi.
Kubayeva Sarvinoz Baxodir qizi
JDPU Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda
xorijiy ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14306370
Annotatsiya.
Inklyuziv ta’lim umum o’rta ta’limni rivojlantirish va barcha bolalar uchun
mos bo’lgan ta’limdir. Imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim olishi uchun qulay bo’lgan
sharoitlarni yaratishda ta’lim-tarbiya beradigan kadrlar masalasi ham muhim o’ringa ega.
Ushbu maqolada Inklyuziv ta’limda bolalarga ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishda maxsus
pedagoglar va tyutorlar (yordamchi pedagog xodimlar), psixologlar yordam berishi haqida bir
qator fikrlar bayon etilgan.
Kalit so’zlar:
inklyuziv ta’lim, kadrlar, tyutor, imkoniyati cheklangan bola, sog’lom bola,
ijtimoiy muhit.
CONTENTS OF REQUIREMENTS FOR STAFF IN INCREASING THE EFFICIENCY
OF INCLUSIVE EDUCATION
Abstract.
Inclusive education is the development of general secondary education and
education suitable for all children. In creating favorable conditions for the education of children
with disabilities, the issue of personnel providing education has an important place. This article
presents a number of ideas about how special pedagogues and tutors (assistant pedagogical staff),
psychologists help children in learning educational programs in inclusive education.
Key words:
inclusive education, personnel, tutor, child with disabilities, healthy child,
social environment.
СОДЕРЖАНИЕ ТРЕБОВАНИЙ К ПЕРСОНАЛАМ В ПОВЫШЕНИИ
ЭФФЕКТИВНОСТИ ИНКЛЮЗИВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ
Аннотация.
Инклюзивное образование – это развитие общего среднего
образования и образования, пригодного для всех детей. В создании благоприятных условий
для обучения детей с ограниченными возможностями важное место занимает вопрос
кадров, обеспечивающих образование. В данной статье представлен ряд идей о том, как
специальные педагоги и тьюторы (помощники педагогического персонала), психологи
помогают детям в освоении образовательных программ инклюзивного образования.
Ключевые слова:
инклюзивное образование, персонал, воспитатель, ребенок с
ограниченными возможностями здоровья, здоровый ребенок, социальная среда.
Bugungi kunda O‘zbekiston ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq
tashqi siyosatga ega bo‘lgan kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish
maqsadida jamiyat hayotining barcha sohalarida bosqichma-bosqich islohotlarni amalga oshirib
kelmoqda. Jumladan inson manfaatlarini ko’zlash va himoyalash faoliyatida imkoniyati
cheklangan shaxslarni sog’lom insonlar qatori milliy ruhda tarbiyalash, ijtimoiy yordam ko’rsatish
ya’ni moddiy va ma’naviy jihatdan qo’llab-quvvatlash, axloqiy, aqliy, ruhiy va jismoniy jihatdan
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
109
kamol topishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda ijtimoiy jamiyatga yetuk, mustaqil
fuqaro darajasida tayyor bo’lib yetishishlarida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish
masalalariga hukumatimiz tomonidan jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar
davlatimizning mehr-
muruvvatga qaratilgan siyosati izchilligi va mantiqiy davomliligi belgisidir. Yurtimizda 2020-yil
23-sentabr kuni 11-bob va 75-moddani o’z ichiga qamrab oluvchi yangi tahrirdagi “Ta’lim
to’g’risida” O’RQ qonun qabul qilindi. Ushbu qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida
fuqarolarga ta'lim-tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini va ta'lim sohasidagi
davlat siyosatining asosiy prinsiplarini belgilash hamda har kimning bilim olishdan iborat
konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashdan iboratdir. Yangi tahrir ostida “Ta’lim to’g’risida”gi
O’zbekiston Respublikasi Qonunining 9, 20, 34, 38, 46, 50, 51, 52 va 55-moddalari imkoniyati
cheklangan shaxslar ta’lim-tarbiyasiga qaratilganligi,
hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan
ijtimoiy himoya siyosatining yaqqol isbotidir.
Jumladan 55-moddada Jismoniy, aqliy, sensor
(sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarni (shaxslarni) o‘qitish hamda tarbiyalash vazifasiga
qaratilgan bo’lib, Davlat jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning
(shaxslarning) davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus,
professional ta’lim muassasalarida inklyuziv shaklda bepul umumiy o‘rta, o‘rta maxsus,
professional va maktabdan tashqari ta’lim olishini ta’minlaydi. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki
ruhiy nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarni o‘qitish
hamda tarbiyalash uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tashkil etiladi. Ta’lim
oluvchilarni ushbu ta’lim muassasalariga yuborish va ulardan chetlatish ota-onasining yoki boshqa
qonuniy vakillarining roziligi bilan tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan
amalga oshiriladi.
Davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar davlat ta’minotida
bo‘ladi. deb belgilab qo’yilgan. Imkoniyati cheklangan shaxslarning jamoada teng huquqli hayot
kechirishlari uchun ijtimoiy moslashuv( adaptatsiya)ni shakllantirish, ular uchun maxsus ta’lim
tizimini takomillashtirish hamda inklyuziv ta’limni joriy qilish, pedagogik kadrlar sifatini
oshirish, reabilitatsion va abilitatsion tadbirlar faoliyatini kengaytirish va korreksion amaliyotga
innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish bo’yicha bugungi kunda ko’plab tadqiqot ishlari
amalga oshirilmoqda. Davlatimiz imkoniyati cheklangan bolalar to’g’risida alohida g’amxo’rlik
qiladi. Ya’ni ularning salomatligini saqlash, mehnat qilish, bilim olish va kasb o‘rganish, uy-joyli
bo‘lish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarni ro‘yobga chiqarishda to‘siqlarni bartaraf etish
maqsadida qonunlarda ko‘zda tutilgan shakllarda ularga ijtimoiy yordam berish yo‘li bilan
ularning xos kamol topishlari, ijodiy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini hamda qobiliyatlarini
ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoit yaratib beradi.
Respublikamizni ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishini, milliy qadriyatlarimizni e’tiborga olgan
holda xamda tarixiy shakllangan maxsus ta’lim tizimidan voz kechmasdan, qisqartirmasdan,
aksincha umumta’lim bilan uzviy bog’lanib hamkorlikda inklyuziv integratsiya ta’limiga
bosqichma-bosqich o’tib borishning milliy modulini yaratish maqsadga muvofivdir.
Kelajakda maxsus ta’lim muassasalari umumta’lim muassasalari uchun korreksion fanlar
uslublari bo’yicha maslahat beruvchi markaz vazifasini bajarishi lozim.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
110
Bugungi kunda Respublikamizda imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb
qilish borasida bir qator ilmiy-amaliy tajribalar olib borilmoqda. Juda ko’plab davlatlarda maxsus
yordamga mudtoj bolalarni kamol toptirishda kompensator imkoniyatlarni rivojlantirish hamda
ijtimoiy moslashtirishni to’laligicha yo’lga qo’yish maqsadida umumta’lim maktablarida ta’lim
berish davlat siyosati rejasiga kiritilgan. “Ta’lim tizimi, - deb yozadi L. S. Vigotskiy, - nuqsonli
bolani tarbiyalashning asosiy vazifasi boladagi nuqsonlarni kompensatsiya qilish va uning xayotga
integratsiyasini ta’minlashdan iboratdir. Buning uchun shunday ta’lim tizimini yaratish kerakki,
maxsus yordamga muhtoj bola o’qish jarayonida xar tomonlama rivojlansin. L.S. Vigotskiy
umumiy va maxsus ta’limni uyg’unlashtiradigan ta’lim tizimini tashkil etish maxsus yordamga
muhtoj bolalarni umumta’lim tizimida o’qitishni e’tirof etadi. Inklyuziv ta’lim bir qator kadrlar
jimmasiga ulkan mas’uliyatlarni yuklaydi. Hamda yordamchi pedagoglarga nisbatan ehtiyoj
tug’iladi. Inklyuziv ta’limda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga individual ta’lim
dasturlarini o‘zlashtirishda maxsus pedagoglar va tyutorlar (yordamchi pedagog xodimlar)
Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’z faoliyatlarini amalga oshirishadi. Inklyuziv sinf
o’qituvchisi umumiy o’rta ta’lim muassasa vazifalarini bajarish bilan birgalikda imkoniyati
cheklangan bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishini va bilish faoliyatini korreksiyalashi, ta’lim
samaradorligini oshiruvchi metodlarni qo’llashi hamda o’z-o’zini nazorat qila olish ko’nikmalarni
maxsus ehtiyojli bolalarda hosil qila olishi kerak. Inklyuziv sinf tarbiyachisi inklyuziv sinf
o’qituvchisi, maxsus pedagog, ota-onalar hamda boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda o’z
ishini amalga oshirishi lozim. Sog’lom va imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib boriladigan
mashg’ulotlarni rejalashtirishda tarbiyachi bolalar orasida ijobiy ijtimoiy muhitni yarata olishi
kerak. Inklyuziv ta’lim muassasasida psixolog faoliyati muhim o’ringa ega.
Chunki Psixologning faoliyati har bir bolaning ruhiy salomatligini himoyalash, ruhiy
rivojlanishidagi kamchilklarini bartaraf etish va korreksiyalashga qaratiladi. Psixolog imkoniyati
cheklngan bolani doimiy tarzda psixologik-pedagogik jihatdan kuzatib boradi, har bir bola uchun
individual rivojlantirish dasturlarini tuzadi. Imkoniyati cheklangan bolani oilada tarbiyalash
bo’yicha ota-onalarga maslahatlar beradi. Eng muhim vazifasi muaassasa tarbiyalanuvchilari
orasida psixik og’ishlarni oldini olish hamda me’yorida rivojlangan va imkoniyati cheklangan
bolalar orasida sog’lom inklyuziv-ruhiy muhitni yaratishdan iboratdir. Inklyuziv ta’lim
muassasasi shifokor-pediatri (psixonevrolog) har bir bolaning ruhiy asab holatini doimiy ravishda
tekshirib boradi. Zarurat bo’lganda davolash muolajalarini tavsiya etadi, korreksion pedagogik
ta’lim jarayonida bolalar sog’lig’ini nazorat qiladi, aqliy va jismoniy yuklamaning me’yorini
belgilaydi, ota-onalarga bolaning somatik hamda ruhiy salomatligini saqlash yuzasidan
maslahatlar beradi. Inklyuziv ta’limda kadrlarga qo’yiladigan asosiy talab, barcha bolalarning
rivojlanishi uchun qulay bo’lgan muhitni tashkil qilish, bolalarni ta’lim olish, mehnat qilishga
bo’lgan barcha ehtiyojlarini qondirish hamda ularni ijtimoiy qo’llab quvvatlash va jamiyatda o’z
o’rnini topishga ko’maklashishdan iboratdir.
REFERENCES
1.
«Maxsus ta’limning uzluksiz tizimi va mazmunini modernizatsiyalashtirish -
defektologiyaning dolzarb muammolari» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy
anjumanining makolalar tuplami Toshkent «CHASHMA PRINT» 2011
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
111
2.
https://lex.uz/docs/-5013007 O’zbekiston Respublikasi 2020-yil 23-sentabr yangi
tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida” O’RQ-637-sonli qonuni;
3.
R. Sh. Shomaxmudova “Maxsus va inklyuziv ta’lim xalqaro va milliy tajribalar”- Uslubiy
qullanma Toshkent
≪
Chashma print
≫
2011
4.
2020 yil 13 oktabrdagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4860-son qarori.
