ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
168
TIJORAT BANKLARI VA KRIPTOVALYUTALAR: RAQAMLI MOLIYAVIY
EKOTIZMNI RIVOJLANTIRISHDAGI HAMKORLIK
Ibroximov Ilxomjon Shavkatjon o’g’li
i.f.f.d.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
Sulaymonov Baxrom Ulug’bekovich
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14307074
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Tijorat banklari va kriptovalyutalarining birlashishi
raqamli iqtisodni va moliyaviy ekotizimni rivojlantirishdagi o’rni, foydali va zararli tomonlari
ko’rib chiqilgan. Mamlakatimizda bu birlashish mamlakat iqtisodiyoti, bank sohasini yanada
rivojlantirish va kambag’allikni qisqartirishda qanday yo’llarni ochishi o’rganilgan. Bu
birlashishda Markaziy bank o’rni qanday, mamlakatni siyosiy va iqtisodiy yo’llarida qanday
o’zgarish bo’lishlari haqida fikr yuritiladi.
Kalit so’zlar:
tijorat banklari, kriptovalyutalar,
blokchain, bitcoin, markaziy bank, kripto
aktiv, kripto birja, elektron xamyon, maxfiy pullar.
COMMERCIAL BANKS AND CRYPTOCURRENCIES: COOPERATION IN THE
DEVELOPMENT OF A DIGITAL FINANCIAL ECOSYSTEM
Abstract.
This article discusses the role of the merger between commercial banks and
cryptocurrencies in developing the digital economy and financial ecosystem, as well as its
advantages and disadvantages. It explores how this merger can open new paths for the country's
economy, further development of the banking sector, and poverty reduction. The role of the Central
Bank in this process and the potential changes in the country's political and economic directions
are also discussed.
Keywords:
commercial banks, cryptocurrencies, blockchain, bitcoin, central bank, crypto
assets, crypto exchange, e-wallet, confidential money.
COMMERCIAL BANKS AND CRYPTOCURRENCIES: COOPERATION IN THE
DEVELOPMENT OF A DIGITAL FINANCIAL ECOSYSTEM
Аннотация.
В этой статье рассматривается роль слияния коммерческих банков и
криптовалют в развитии цифровой экономики и финансовой экосистемы, а также его
положительные и отрицательные стороны. Изучены пути, как это слияние может
открыть новые возможности для экономики страны, развития банковского сектора и
сокращения бедности. Обсуждается роль Центрального банка в этом процессе и
изменения, которые могут произойти в политических и экономических курсах страны.
Ключевые слова:
коммерческие банки, криптовалюты, блокчейн, биткойн,
центральный
банк,
криптоактивы,
криптобиржа,
электронный
кошелек,
конфиденциальные деньги.
Kirish
Bugungi kunda XXI-asr axborot texnologiyalar davri hisoblanadi. Texnologiyalar
rivojlanish davri o’tgan asr oxiri ya’ni XX-asrga taqaladi. Axborot texnologiyalari ko’plab
sohalarda qulaylik va tezkorlikni yaratib berdi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
169
Biznes tashkilotlari, banklar, davlat tashkilotlari va boshqa turli sohadagi tashkilotlar o’z
ishlarining ko’p qismini axborot texnologiyalariga moslashtirishgan ya’ni raqamlashtirishga
o’tkazgan bu ularga juda qulaylik yaratgan. Hozirgi kunda turli xil innovatsiyalar, texnika-
texnologiyalar, robototexnika va suniy intellekt kabi texnologiyalar jadal rivojlanmoqda.
Bunga asosiy sabab 2008-yilgi butun jahon moliyaviy inqirozi sabab bo’lgan, bu
inqirozning sababi AQSH (Amerika Qo’shma Shtatlari)dagi banklaridagi ipoteka krediti asos
bo’ladi. Har bir asr, yil va oyda bo’ladigan har qanday inqiroz yangi imkoniyatlar kalitini va
qulayliklarni yaratib beradi. 2008-yilda bo’lib o’tgan butun jahon moliyaviy inqirozidan keyin,
ya’ni 2009-yilda blokchain, Bigdata, IoT (Internet of things), bulutli texnologiya kabi axborot
texnologiyalari rivojlanishni boshladi. O’sha vaqtda birinchi kriptovalyuta “bitcoin” ham
yaratilgan, bu kriptovalyuta blokchain dasturi orqali ishlay boshlagan va token qazib olish orqali
mavjud qilingan.
Kriptovalyutalar ommabopligining tez o'sishi davrida ularning huquqiy maqomi masalasi
dolzarb bo'lib bormoqda. Bitcoin va boshqa raqamli aktivlar investorlar va foydalanuvchilarni
o'ziga jalb qiladi va nafaqat investitsiyalar, balki to'lovlarni amalga oshirish uchun ham yangi
ufqlarni ochadi.
Bitkoindan qonuniy to'lov vositasi sifatida foydalanishga ruxsat bergan mamlakatlar
(Salvador va CAR). Ushbu mamlakatlarning rasmiylari Bitcoinni erkin muomalaga ega qonuniy
to'lov vositasi sifatida tan oldi. Ammo kriptovalyutalarni muomala vositasi sifatida qabul qilmagan
davlatlar ham bo’lgan, Dunyo bo'ylab kriptovalyutalar mashhurligining jadal o'sishiga qaramay,
ayrim davlatlar (Xitoy, Jazoir, Marokash Misr va boshqalar) ulardan foydalanish va o'z hududida
savdo qilishni qat'iyan man qildi.
Kriptovalyutalardan foydalanishni taqiqlash sabablari har xil:
Birinchi sabab, hukumatlar kriptovalyutalarning pul-kredit siyosatiga va moliya tizimining
barqarorligiga potentsial ta'siridan xavotirda. Kriptovalyutalarning markazlashtirilmaganligi
markaziy banklarning pul oqimlarini nazorat qilish imkoniyatlarini cheklashi mumkin.
Ikkinchi sabab, ayrim kriptovalyuta operatsiyalarining anonimligi pul yuvish, terrorizmni
moliyalashtirish va boshqa jinoiy harakatlar uchun sharoit yaratishi mumkin.[1]
Shu sababli hukumatlar pul tizimi va moliya bozorlarini tartibga solish mexanizmlari
ustidan nazoratni yo'qotmoqchi emas. Dunyo mamlakatlarida ushbu turdagi valyutalarni nazorat
qilish turli xil nazorat organlariga yuklatilgan masalan Amerika Qo’shma Shtatlarida Xavfsizlik
va ayirboshkash komissiyasi, Germaniyada Federal moliyaviy nazorat organi va Eronda
Kriptovalyutaning har qanday ko’rinishiga taqiq qo’yilgan. [2]
Mamlakatimizda kriptovalyutalardan foydalanish haqida O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining Qarori, (
03.07.2018 yildagi PQ-3832-son)
kripto-aktivlar bo‘yicha faoliyat va ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalari
sohasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, raqamli
iqtisodiyotda loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri
texnologiyalarini ishlab chiqish sohasida faoliyat ko‘rsatadigan yuqori malakali xorijlik
mutaxassislarni jalb qilish;
kripto-aktivlar aylanmasi maxsus normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
[3]
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
170
Davlatimiz rahbari kripto-aktiv bo’yicha faoliyatni rivojlantirish xalqaro va xorijiy
tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni ilgari surmoqdalar. Buning natijasida kripto birjalar tashkil
qilinishi va kriptovalyutalarni qonuniy oldi-sotdisi yo’lga qo’yiladi degan ma’noni bildiradi va
hozirda bir qancha kripto birjalar ham mamlakatimizda faoliyat yuritadi. (Bitget, WhiteBIT,
CoinEx, Bitfinex va boshqalar). Ushbu birjalar tijorat banklari bilan hamkorlikda faoliyat
yuritishlari jamiyatga, aholiga, davlat iqtisodiyotiga juda yaxshi foydali bo’ladi.
Tadqiqot
Mamlakatimizda tijorat banklari iqtisodiyotning katta qismini tashkil qiladi. Tijorat
banklari bankrotligi davlat iqtisodiyotini tanazzulga uchratishi hech gap emas. Shu sababli
banklarga katta ahamiyat beriladi va undagi bajariladigan operatsiyalar nazorati kuchli. Lekin
shunga qaramay banklarda muammolar uchrab turadi. Bu muammolarda biri kredit qaytmasligidir,
chunki aholining ko’p qismi ehtiyojga yetarli maosh olmasligi, tovar va xizmatlarni sezilarli
darajada narxi yuqoriligidadir.
Hozirgi kunda turli kriptovalyutalar (token)lar mavjud va yildan yilga yangi
kriptovalyutalar yaratilmoqda va bu xalqaro kriptobirjalarda sotuvga chiqarilmoqda. Bu tokenlarni
mayning qilish ya’ni “qazib olish”ning turli xil yo’llari mavjud bazi tokenlar o’yin ko’rinishida
bazilari ilova orqali amalga oshiriladi va bu oddiy aholi uchun ham unchalik qiyinchilik
tug’dirmaydi. Tijorat banklari va kripto birjalar hamkorlikda ish yuritishlari ikki tomon
manfaatlari uchun juda yaxshi va daromadli bo’ladi.
Ishlash tartibi quyidagicha ko’rinishda bo’lishi mumkin:
aholi ilova yoki o’yinlar orqali tokenlarni qazib olishadi kripto birjalar belgilangan narx
bo’yicha aholidan qabul qilib olishi yoki bank aholidan qabul qilib olishi ham mumkin. Bank qabul
qilgan tokenlarni o’zi hamkor bo’lgan kripto birjaga sotishi orqali daromadini oladi.
bu jarayonda kripto birja ham bank ham oz foydasini olishi mumkin va aholi ham bank
oldidagi majburiyatidan halos bo’ladi. Jarayonni amalga oshirish uchun hukumatning siyosiy
yondashuvi, Markaziy bank nazorati hamda kripto birjalarni ishonchliligi muhim ro’l o’ynaydi.
Kripto birjalar – bu kriptovalyutalar (token)larni oldi-sotdi qiluvchi markaz hisoblanadi.
Kriptovalyutalar bo’yicha real operatsiyalarini mustaqil ravishda amalga oshirish mumkin
bo’lgan bir qancha birjalar va ularning amashinuvi punktlari bilan tanishib, kriptovalyutalar
bozorida ishlashni boshlash uchun zarur bo’lgan eng muxim masalani ularni qanday qilib sotib
olish mumkinligini ko’rib chiqamiz:
Mitsubishi UFJ Financial Group banki xam o’z kriptovalyuta birjasini xamda milliy
valyutaga bog’liq bo’lgan tokenlarni ishga tushurishni rejalashtirmoqda. Aloxida bitcoin
akkauntlarni boshqaruvchi servis tashkil qilish xam ko’zda tutilyapti. Moliyaviy xizmatlar
bo’yicha agentlik FSA bu ishni ko’rib chiqmoqda. Bu kriptovalyutaning nomi bank
abbreviaturasidan kelib chiqqan xolda MUFG Coin deb nomlanar ekan ishonchlilikni ta’minlash
uchun bu kriptovalyuta yapon tangasi bilan 1:1 nisbatda bo’ladi va keyinchaklik kurs o’zgarishi
mumkin. Bunday qilishdan maqsad – narxlar tez-tez o’zgarishining oldini olish va
foydalanuvchilarning ishonchini qozonishdir. Shu servis tufayli savdolarni tashqi birjalarsiz
amalga oshirish mumkin bo’ladi va natijada barcha valyuta bank ixtiyorida bo’ladi.[4]
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
171
Bu loyiha juda yaxshi o’ylangan, ushbu loyihani mamlakatimizda Markaziy bank
tomonidan amalga oshirilishi ham maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki pul oqimi nazoratini
yoqo’tmaydi va hech qanday ishonchsizlik, gumon va shubhalar mavjud bo’lmaydi.
Kriptovalyutalar bu jismoniy mavjudligi bo’lmagan elektron pullar hisoblanadi. Bu
kriptovalyutalar blokchain axborot texnologiyasi orqali ishlaydi. Blokchain – taqsimlangan reestr
bo’lib u yerda bir-birlari bilan bog’langan bloklar shakllangan. Xar bir blokda ma’lumotlar
saqlanadi ya’ni pul o’tkazgan xamyon manzili, tuzilgan shartnoma, pul miqdori va oluvchining
manzili, u haqidagi ma’lumotlar saqlanadi. Ma’lumotlar esa bir-biriga bog’liq bo’lmagan minglab
tugunlardan saqlanadi. Blokchain – pulli va intellektual mulkni o’z ichiga olgan raqamli tovarlarni
tezkor, ishonchli va shaffof ravishda uzatishga imkon beruvchi texnologiyadir. Bu – biron-bir
shaxsga, davlatga tegishli bo’lmagan kompyuterlar klasteri tomonidan boshqariladigan o’zgarmas
yozuvlar to’plamidir. Ushbu ma’lumotlar bloklarning xar bir kriptografik prinsiplaridan (ya’ni
zanjirlardan) foydalangan xolda ximoyalangan va bir-biri bilan bog’langan. Blokchain tarmog’i
markaziy xokimiyatga ega emas (ya’ni markazlashmagan) bu demokrat tizim mevasi. Blokchain
umumiy va o’zgarmas jurnal bo’lganligi sababli, undagi ma’lumotlar xamma uchun va xamma
ko’rib turadi.
Demak, blokchainda ko’rilgan xar bir narsa ochiqdir va ishtirok etgan xar bir kishi o’z
qilmishlari uchun javobgardir. Minglab kompyuterlar tarmog’ida saqlanadigan (joylashtirilgan)
ma’lumotlar yangilanib turiladi, undagi yozuvlar ommaviydir va oson tekshirilib turadi.
Xakerlarning buzishi uchun ushbu ma’lumotlarning markazlashtirilgan versiyasi yo’q va
bu ma’lumotlardan internet orqali hamma foydalanishi mumkin. Blokchain uchta xususiyatga ega
– u markazlashmagan, oshkor va o’zgarmas. Blokchain birinchi marotaba Bitcoin
kriptovalyutasida nomoyon bo’lgan.
Bitcoin bu – 2009-yillarda Satoshi Nakamoto deb nomlangan shaxs yoki shaxslar guruhi
tomonidan murakkab kriptografik matematik xosib-kitoblar natijasida ishlaydigan yangi elektron
to’lov tizimini ommaga taqdim etgan va bu bitcoin deb nomlangan. Bitcoin kriptografik elektron
pul birliklari maxsus elektron xamyon (bu foydalanuvchining pul mablag’larini elektron shaklda
saqlash va ulardan turli to’lovlar uchun foydalanishga mo’ljallangan raqamli platforma yoki ilova)
larda saqlanib, bunday xamyonlarga pul tushurish va ularni turli xil maqsadlarda ishlatish
mumkin.[4]
Biz kriptovalyuta tarmog’iga ulanganimizda, barcha bitcoinlar oldi-sotdisini aniq va
ravshan ko’rishimiz va kuzatishimiz mumkin bo’ladi. Barcha bitcoin xamyonlar anonimdir (ya’ni
xamyonning egasi kim ekanligi aytilmaydi), shuning uchun ham biron bir tanishimiz qaysi
xamyon uniki ekanini aytmagan bo’lsa, biz bu haqda hech qachon bila olmaymiz.
Yil
YOY
Maqsadli narx
Jami ROI
2024
91.40%
2.47
+95.06%
2025
-32.20%
1.67
+32.25%
2026
28.80%
2.15
+70.34%
2027
36.40%
2.94
+132.35%
2028
54.80%
4.55
+259.67%
2029
-13.80%
3.92
+210.04%
2030
10.80%
4.34
+243.52%
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
172
2031
22.60%
5.32
+321.16%
2032
21.60%
6.47
+412.12%
1-
jadval. Bitcoinning kelajakdagi tahminiy narxlari (mlrd. so’m).
1
Bitcoin keyingi 10 yillikda sezilarli darajada narxi ko’tarilishi kutilmoqda. 16 yil avval
yaratilgan bitcoin bugungi kunda yuqori narxlar bilan, kelgusi yillarda yanada yuqori narxlar bilan
baholanmoqda. Demak, bitcoin 16 yilda narxi yuqori darajaga chiqqan, biz yaratishimiz kerak
bo’lgan token ham 15-20 yilda ko’tariladimi degan savol tug’ilishi mumkin. Bunga ba’zi omillar
to’sqinlik qilishi mumkin, lekin hozirgi kunda tokenni tanitish oson va bu bilan ko’proq auditoriya
yig’ish mumkin. Bitcoin uzoq vaqt oralig’ida ko’tarilganliging sababi bitcoin birinchi yaratilgan
tokenlardandir. Bitcoinni mayning (qazib olish) qilish kompyuter orqali amalga oshirilardi. O’sha
vaqtda bitcoin yaratilganligi dunyo aholisi uchun yangilik bo’lgan va ko’pchilikda bitcoinga
ishonch bo’lmagan va ko’pchilikda kompyuter mavjud bo’lmagan. Hozirgi kunda rivojlanib
borayotgan kriptovalyutalarni ommaga taqdim etish qulay. Bitcoinning bu ko’rsatkichlari unda
keying chiqqan tokenlarga (Ethereum, Tether USDt, BNB, Notcoin, HMSTR) ishonchni orttirib
bormoqda. Bu tokenlarni bitcoin kabi narxi oshishi uchun katta miqdorda investitsiya kiritilishi
kerak shu tariqa narxlar ko’tarilishi mumkin. Mamlakatimizda, Markaziy bank tomonidan
yaratilishi mumkin bo’lgan token (Uzcoin nomi bilan bo’lishi mumkin)ga investor yoki davlat
tomonidan katta investitsiya kiritilsa, yuqori narxlarga chiqishi mumkin.
1-rasm.
Bitcoinning 1 yillik prognozi.
2
1-rasmda ko’rinib turganidek 2024-yil 5-noyabrdan keyin bitcoin keskin ko’tarilib ketgan.
Bunga asosiy sabab siyosiy yondashuvdir, ya’ni AQSH (Amerika qo’shma shtatlari)
prezidentlik saylovlarida ustunlik qilgan Donald Trupmning siyosiy yondashuvi hisoblanadi.
Donald Trump 2019-yil prezidentlik davrida kriptovalyutalarga tanqidiy yondashgan. U Twitter'da
shunday degan edi: "Men Bitcoin va boshqa kriptovalyutalar tarafdori emasman. Ular pul emas,
ularning qiymati juda o‘zgaruvchan va asossiz."
Donald Trump ushbu texnologiyalarning noqonuniy faoliyatlar, xususan, giyohvand
moddalar savdosi va boshqa jinoyatlarni qo‘llab-quvvatlash ehtimoli haqida xavotir bildirgan.
2024-yilga kelib, Trumpning kriptovalyutalarga nisbatan pozitsiyasi tubdan o‘zgardi. U saylovoldi
AQShni "kriptovalyutalar poytaxti"ga aylantirishga va'da berdi va milliy darajada strategik bitcoin
zaxirasini tashkil qilish taklifini ilgari surdi.
www.bitget.com/uz/price/bitcoin/price-prediction
2
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
173
Bu o‘zgarishning yorqin namoyishi uning Nashvillda bo‘lib o‘tgan bitcoin 2024
konferensiyasidagi nutqi edi. Trump ushbu tadbirda kriptovalyutalarni AQSh iqtisodiyotiga
integratsiya qilish bo‘yicha o‘z qarashlarini taqdim etdi. Bu siyosiy yondashuv mamlakat
iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va yetakchi mamlakat o’rtasida yanada kuchli bo’lishga
qaratilgan yondashuv hisoblanadi.
Donald Trump kriptovalyutalar sohasini qo’llab- quvvatlash uchun yangi farmonlar
chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu farmonlarning asosiy maqsadi:
bank xizmatlariga kirishni yengillashtirish kripto kompaniyalari uchun bank tizimiga
osonroq kirishni ta'minlash nazarda tutilgan. Bu qadam sanoatning moliyaviy xizmatlarga bo'lgan
ehtiyojlarini qondirish va texnologik rivojlanishni tezlashtirish uchun muhim hisoblanadi;
regulyativ to‘siqlarni qisqartirish regulyatsiya jarayonlarini soddalashtirish orqali bizneslar
uchun yanada qulayroq muhit yaratiladi. Ayniqsa, muvofiqlik talablari bo‘yicha aniqlik kiritish va
texnologik innovatsiyalarni rag‘batlantirishga e’tibor qaratiladi. Bu esa kompaniyalarga o‘z
faoliyatini qonuniy asosda va samarali olib borishga yordam beradi;
raqamli aktivlarni moliyaviy tizimga integratsiya qilish davlat raqamli aktivlarni milliy
moliyaviy tizimning muhim qismiga aylantirishni maqsad qilmoqda. Bu esa nafaqat texnologik
rivojlanishga, balki yangi ish o‘rinlari yaratishga va iqtisodiy o‘sishga xizmat qilishi
kutilmoqda.[6]
Bank xizmatlariga kirishni yengillashtirish haqidagi rejalashtirilgan farmoniga e’tibor
qaratsak, bu farmon amalga oshirilganda nimalar yuz berishini ko’rib chiqamiz. Bunda:
banklar va kripto birjalar hamkorlikda ishlashni boshlaydi, aholi bank xizmatlaridan
foydalanishda (kredit so’ndirish, omonat qo’yish) kripto valyutalardan foydalanishi mumkin.
tokenlar oldi-sotdisini nafaqat kripto birjalarda balki banklarda ham amalga oshirilishi
mumkin.
banklarda kriptovalyutalardan foydalanish boshlanganda, chet el mamlakatlar bilan ham
oldi-sotdi jarayonini amalga oshirishda kriptovalyulalardan foydalaniladi va bu o’z-o’zidan
boshqa mamlakatlar ham o’z banklarida kripto valyutalardan foydalanishga ruxsat berishi
mumkin.
Bu hodisalar amalga oshishi jahon iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va shu o’rinda
mamlakat iqtisodiyotini kuchli mustahkam qilishi mumkin. Bu sohani amalga oshirishda
mamlakatimiz AQSH (Amerika qo’shma shtatlari) bilan hamkorlik orqali amalga oshirishi
yurtimizga juda katta foyda va o’zgarishlar olib kelishi mumkin.
Xulosa va takliflar
Kriptovalyutalarni nazorat qilish murakkab va bu tog’risida hukumatning siyosiy
yondashuvi ham muhim ro’l o’ynaydi. Kriptovalyutalar ishochliligi blokchain dasturiga
bo’glanganligidadir shu sababli xakerlar hujumiga uchrash xavfi yo’q ya’ni mayning qilingan
tokenlarni yo’qolib qolish ehtimoli mavjud emas. Lekin bir nechta xavfli turlari mavjud bo’lib
bular bozordagi talab va taklif orqali narxlar o’zgarishi yoki token almashinuv operatsiyasi
noqununiy shaklda amalga oshirilishida ya’ni jinoiy faoliyat, noqonuniy pullarni legallashtirish va
terrorizmni moliyalashtirish xavflari mavjuddir.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
174
Yaponiya kompaniyasi Mitsubishi strategiyasi orqali muammoni hal qilish yaxshi yechim
sanaladi. Yaponiya 2017-yilda bitcoinni qonuniy to'lov vositasi sifatida tan olgan birinchi
mamlakatlardan biri bo'ldi. Yaponiyada kripto birjalariga qat'iy qonunlar mavjud.
Tijorat banklari va kripto birjalar hamkorlik qilishi har tomonlama qulaylik olib keladi.
Ushbu strategiyani amalga oshirish uchun hukumat tomonidan kriptovalyuta oldi-sotdisi
uchun qonunlar ishlab chiqishi, Markaziy bank nazoratni o’z qo’liga olgan holda boshqaruv va
yaxshi uzoq muddatli strategiya olib borishi lozim boladi va ko’plab kripto birjalar ochish, chet el
investorlarini jalb qilish mamlakat iqtisodiyotining o’sishiga va tijorat banklarining yanada
rivojlanishiga jahon reytinglarida yuqori o’rin olishiga sabab bo’ladi.
Markaziy bank tomonidan yaratilishi mumkin bo’lgan token ham dunyo miqyosida yoki
mamlakat ichida bo’lishidan qat’iy nazar, investitsiya kiritilsa, qonun-qoidalar ishlansa yuqori
natijalarga erisha olishi mumkin.
AQSH (Amerika qo’shma shtatlari) prezident Donald Trumpning bu yondashuvini,
mamlakatimiz rahbari SH.M.Mirziyoyev ham o’z iqtisodiyotimiz, siyosatimiz va banklar holatiga
mos ravishda qonun-qoidalar joriy qilishlari yurtimiz iqtisodiyotini yanada kuchli, mustahkam
qilish mumkin.
Yana bir yo’llaridan biri mamlakatimiz va AQSH (Amerika qo’shma shtatlari) davlati
bilan bu soha bo’yicha hamkorlikda ishlashlari kelgusi yillarda mustahkam do’stlik va birlikni
keltirib chiqaradi.
REFERENCES
1.
https://cryptomus.com/uz/blog/list-of-countries-where-cryptocurrencies-
arelegalorprohibited?srsltid=AfmBOorYXomjEe7xzxNCOGMpR6XYpNdjk01VKyxwTH
EZm0P55iFpq1MC
2.
https://talimxabarlari.uz/11318/
3.
https://lex.uz/ru/docs/-3806053
4.
M. Bo’taboyev; F. Mulaydinov; G’. Zaxidov; X. Sattarova. Raqamli iqtisodiyot.
“innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi” Toshkent – 2021
5.
(359-360; 454-455; 490-betlar)
6.
https://www.bitget.com/uz/price/bitcoin/price-prediction
7.
https://montague.law/blog/donald-trump-crypto-2024/
