MARKAZIY BANKNING KRIPTOVALYUTA YARATISH TASHABBUSI: AN’ANAVIY VA RAQAMLI IQTISODIYOT O’RTASIDAGI KO’PRIKMI?

Annotasiya

Ushbu tezisda markaziy bank tomonidan kriptovalyuta yaratilishi an’anaviy va raqamli iqtisodiyot o’rtasida ko’prik bo’lishi mumkinmi yoki yoqmi degan savolga tushuncha va takliflar berib o’tilgan. Markaziy bank o’z kriptovalyutasini yaratishi mamlakatga qanday foyda yoki zarar olib kelishi haqida ma’lumotlar berib o’tilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
f
143-146
48

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Sulaymonov, B. (2024). MARKAZIY BANKNING KRIPTOVALYUTA YARATISH TASHABBUSI: AN’ANAVIY VA RAQAMLI IQTISODIYOT O’RTASIDAGI KO’PRIKMI?. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(12), 143–146. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/54417
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu tezisda markaziy bank tomonidan kriptovalyuta yaratilishi an’anaviy va raqamli iqtisodiyot o’rtasida ko’prik bo’lishi mumkinmi yoki yoqmi degan savolga tushuncha va takliflar berib o’tilgan. Markaziy bank o’z kriptovalyutasini yaratishi mamlakatga qanday foyda yoki zarar olib kelishi haqida ma’lumotlar berib o’tilgan.


background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

143

MARKAZIY BANKNING KRIPTOVALYUTA YARATISH TASHABBUSI:

AN’ANAVIY VA RAQAMLI IQTISODIYOT O’RTASIDAGI KO’PRIKMI?

Sulaymonov Baxrom Ulug’bekovich

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14420358

Annotatsiya.

Ushbu tezisda markaziy bank tomonidan kriptovalyuta yaratilishi an’anaviy

va raqamli iqtisodiyot o’rtasida ko’prik bo’lishi mumkinmi yoki yoqmi degan savolga tushuncha

va takliflar berib o’tilgan. Markaziy bank o’z kriptovalyutasini yaratishi mamlakatga qanday

foyda yoki zarar olib kelishi haqida ma’lumotlar berib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

markaziy bank, pul siyosati kriptovalyutalar, blokchain, an’anaviy

iqtisodiyot, raqamli iqtisodiyot, markaziy bank raqamli valyutasi (CBDC).

THE CENTRAL BANK'S INITIATIVE TO CREATE A CRYPTOCURRENCY: A

BRIDGE BETWEEN THE TRADITIONAL AND DIGITAL ECONOMY?

Abstract.

This thesis discusses whether the creation of a cryptocurrency by a central bank

could serve as a bridge between the traditional and digital economies. It provides insights and

suggestions on this question. It also covers the potential benefits or harms that the creation of a

central bank cryptocurrency may bring to the country.

Keywords:

central bank, monetary policy, cryptocurrencies, blockchain, traditional

economy, digital economy, central bank digital currency (CBDC).

ИНИЦИАТИВА ЦБ ПО СОЗДАНИЮ КРИПТОВАЛЮТЫ: МОСТ МЕЖДУ

ТРАДИЦИОННОЙ И ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКОЙ?

Аннотация.

В данной работе рассматривается вопрос, может ли создание

криптовалюты центральным банком стать мостом между традиционной и цифровой

экономикой. Предоставлены понятия и предложения по этому вопросу. Также

рассматривается, какую выгоду или ущерб может принести создание криптовалюты

центральным банком для страны.

Ключевые слова:

центральный банк, денежно-кредитная политика,

криптовалюты, блокчейн, традиционная экономика, цифровая экономика, цифровая

валюта центрального банка (CBDC).

KIRISH

Barchaga ma’lumki XXI-asr axborot texnologiyalar asri hisoblanadi, bu asrda yaratilgan

kriptovalyuta bugungi kunda omma e’tiborida bo’lib bormoqda.


background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

144

Kriptovalyutalar oldi-sotdi jarayoni virtual olamda telefon va kompyuterlarda amalga

oshiriladi. Kriptovalyutalar hech qanday davlat, tashkilot va muassasalar tomonidan boshqarish

imkoni mavjud bo’lmaga (markazlashmagan) pul hisoblanadi. Ammo, Yaponiya banklaridan biri

Mitsubishi UFJ financial group o’z kriptovalyuta birjasini va xamda milliy valyutaga bog’liq

bo’lgan tokenlarni ishga tushurishni rejalashtirmoqda. Alohida bitcoin akkauntlarni boshqaruvchi

servis tashkil qilish xam ko’zda tutilmoqda. Moliyaviy xizmatlari bo’yicha agentlik FSA bu ishni

ko’rib chiqmoqda. Bu kriptovalyutaning nomi bank abbreviaturasidan kelib chiqqan holda MUFG

Coin deb nomlanar ekan. Ishonchlilik ta’minlash uchun bu kriptovalyuta yapon tangasi bilan 1:1

nisbatda bo’ladi va keyinchalik kursi o’zgarishi mumkin. Bunday qilishdan maqsad narxlarni tez-

tez o’zgarishining oldini olish va foydalanuvchilarning ishonchini qozonishdir. Bankdan olingan

ma’lumotlarga ko’ra, u kriptovalyuta treyderlari uchun shaxsiy servis tashkil qilish ustida ham

ishlanmoqda. Shu servis tufayli savdolarni tashqi birjalarsiz amalga oshirish mumkin bo’ladi va

natijada barcha valyuta bank ixtiyorida qoladi.[1]

Ushbu Yaponiya banki tomonidan tuzilga va amalga oshirilishi kutilayotgan strategiya,

juda yaxshi o’ylanga bo’lib, bunda tashqi birjalar bilan oldi-sotdi qilmasdan amalga oshiriladi.

Hech qanday xavf-xatar, yo’qatishlar va nazoratsiz qolmaydigan pul oqimi mavjud bo’ladi.

Bundan tashqari, MUFG tomonidan ishga tushirilgan platformaning afzalligi shundaki, u

Progmat Coin orqali chiqarilgan yoki chiqarilmagan bo'lishi mumkin bo'lgan keng turdagi

kriptovalyutalar bilan xoch-zanjirli (cross-chain) o'zaro aloqalarni ta'minlaydi. Bu, shuningdek,

Yaponiya CBDC (markazlashtirilgan raqamli valyutasi), ya'ni raqamli yenni ham o'z ichiga oladi.

Yaponiya stablecoin chiqaruvchilariga cheklovlar qo'yadi. Avvalgi hisobotda, Yaponiya

hukumati raqamli yenani ishlab chiqarishni tezlashtirayotganini ko'rgan edik. Boshqa tomondan,

Nikkei Asia tomonidan e'lon qilingan hisobotga ko'ra, Yaponiya Tether kabi stablecoin

chiqaruvchilarining mamlakatda faoliyat yuritishi va xizmatlarini taqdim etishini cheklamoqda.

Ko'rinishidan, ko'plab davlatlar uchun stablecoin chiqaruvchilari jiddiy xavotir tug'diradi.

Bunday holatda MUFG stablecoin taqdim etishda yetakchi bo'lib chiqishi mumkinligi

muhimdir.

Yaponiya kompaniyalari kriptovalyutalarni tobora ko'proq qabul qilayotgani, yaqinda

Mitsui & Co. kompaniyasi oltinga bog'langan kriptovalyutani ishga tushirganini ko'rishimiz

mumkin.[2]

Kriptovalyutalar narxi talab va taklif asosida belgilanadi va ba’zan siyosiy yo’l bilan ham

narxlar o’zgarib turish ehtimoli mavjud.


background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

145

Bunga misol AQSH (Amerika qo’shma shtatlari) prezidenti Donald Trumpning

kriptovalyutalarga qaratgan e’tibori tufayli, mashhur kriptovalyuta bitcoin narxi sezilarli darajada

ko’tarilib ketdi. 2019 yilda, AQSh prezidenti bo'lgan Donald Trump ochiqchasiga

kriptovalyutalarni tanqid qilib, “Men Bitcoin va boshqa Kriptovalyutalarga muxlis emasman,

chunki ular pul emas va ularning qiymati juda o'zgaruvchan va havo asosida tashkil etilgan”, deb

bayonot berdi. Ularning noqonuniy faoliyatlarni, jumladan, giyohvand moddalar savdosi va

boshqa noqonuniy ishlarga imkon yaratish xususiyatidan xavotir bildirgan edi. Bu skeptitsizm

o'sha davrdagi kengaytirilgan tartibga solish muhitiga mos kelgan, chunki raqamli aktivlarga

nisbatan ehtiyotkorlik bilan yondashilgan edi. Ammo, 2024 yilga kelib, Trumpning nuqtai nazari

sezilarli darajada o'zgargan edi. Saylov kampaniyasi davomida u AQShni "sayyoradagi kripto

poytaxtiga" aylantirishga va'da berdi va strategik bitkoin zaxirasini tashkil etishni taklif qildi. Bu

o'zgarish, uning 2024 yilgi Bitkoin konferensiyasidagi Nashvilldagi nutqida aniq ko'rindi, u yerda

Trump kriptovalyutalarni milliy iqtisodiyotga integratsiya qilish bo'yicha o'zining rejasini taqdim

etdi. Reja shundan iboratki:

Bozorni rivojlantirish;

Siyosiy qo’llab-quvvatlash;

Iqtisodiy strategiya.[3]

AQSH (Amerika qo’shma shtatlari) ning JPMorgan Chase bankida ham kriptovalyuta

tokeni yaratilgan va hozirda undan foydalanilmoqda. JPM Coin — bu AQShning JPMorgan Chase

banki tomonidan ishlab chiqilgan dollar bilan ta'minlangan kriptovalyuta (stablecoin) bo'lib, 2019

yil fevral oyida institutlararo xizmat sifatida e'lon qilingan. JPM Coin Quorum konsortsiumi

blokcheynida qiymat tokeni sifatida ishlatilishi mo'ljallangan bo'lib, "Quorum" deb nomlangan

dasturiy ta'minot yordamida ishlaydi, bu dasturiy ta'minot ham JPMorgan Chase tomonidan ishlab

chiqilgan va Interbank Information Network (IIN) orqali banklararo to'lovlarni amalga oshirishda

foydalaniladi. 2023 yil oktabr holatiga ko'ra, JPM Coin har kuni taxminan 1 milliard dollar

miqdoridagi tranzaksiyalar uchun ishlatilmoqda.[4]

Xulosa

Ko’rishimiz mumkinki, bank sohasi va kriptovalyutalarni birlashtirish xavf bo’lmagan

yo’nalishlari va turlari ham muvjuddir. Xalqaro kriptovalyutalardan foydalanish (Bitcoin,

Ethereum, BNB, Notcoin, va boshqalar) tabiiy ravishda mamlakat markaziy banklari tomonidan

va boshqa moliyaviy tashkilotlar tomonidan nazorat qilinmaydi. Shu sababli ba’zi mamlakatlar bu

kriptovalyutalardan foydalanishni qat’iyan taqiqlab qo’ygan. Shunga qaramay xalqaro

kriptovalyutalardan foydalanishga ruxsat berganlar va qisman ruxsat bergan mamlakatlar mavjud.


background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

146

Mitsubishi UFJ financial group, JPMorgan Chase kabi banklar tomonidan markazlashgan

kripto valyutalarni yaratish va foydalanish mumkin Markaziy bank tomonidan pul oqimi

nazoratini boshqarish ham mumkin, hech qanday pul mablag’larni legallashtirish va terrorizmni

moliyalashtirish kabi noqonuniy faoliyatlar amalga oshirish imkoni bo’lmaydi. Mamlakatimiz

O’zbekistonda ham markazlashgan kriptovalyutani joriy qilish va bank sohasida foydalanish

imkoniyat mavjud. Buni amalga oshirishda mamlakat hukumati kerakli qonun-qoidalarni ishlab

chiqishi, faoliyat nazorati markaziy bank tomonidan amalga oshirilish va aholiga oson bo’lgan

tarzda tokenlarni mayning (qazib olish) qilish imkoniyatini yaratib berish maqsadga muvofiq

bo’ladi. Bu orqali banklarning daromadliligi oshishi, aholining yetarli ehtiyojini qondirish uchun

mablag’larga ega bo’lishi va mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga turtki bo’lishi mumkin.

Barcha harakatlar va strategiyalar amalga oshirilgan taqdirda, keyinchalik xalqaro darajada

pul oqimi nazoratini ushlab turgan xolda oldi-sotdi jarayonlarini amalga oshirish imkoniyatlari

ham chiqishi yoki yaratilishi mumkin. Ushbu ma’lumotlarga tayangan holda aytish mumkinki,

Markaziy bankning kriptovalyuta yaratish tashabbusi an’anaviy iqtisodiyot va raqamli

iqtisodiyot o’rtasida ko’prik bo’la oladi

REFERENCES

1.

M. Bo’taboyev; F. Mulaydinov; G’. Zaxidov; X. Sattarova. Raqamli iqtisodiyot.

“innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi” Toshkent – 2021

2.

https://cryptonary.com/japanese-bank-mufg-debuts-a-new-stablecoin-platform/

3.

https://montague.law/blog/donald-trump-crypto-2024/

4.

https://en.wikipedia.org/wiki/JPM_Coin

Bibliografik manbalar

M. Bo’taboyev; F. Mulaydinov; G’. Zaxidov; X. Sattarova. Raqamli iqtisodiyot. “innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi” Toshkent – 2021

https://cryptonary.com/japanese-bank-mufg-debuts-a-new-stablecoin-platform/

https://montague.law/blog/donald-trump-crypto-2024/

https://en.wikipedia.org/wiki/JPM_Coin