Authors

  • Nasiba Achilova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.53829

Keywords:

Ta’lim dastur qonun kadr masala sur’at maktab muvaffaqiyat samara talab ijodkor o’qituvchi jarayon odat dars usul texnologiya element ehtiyoj.

Abstract

Ushbu maqolada ona tilimizga yaratilayotgan imkoniyatlar, ona tilimizga doir amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ilmiy fikrlar bayon etilgan. Ilmiy fikrlar faktlarga asoslanib xulosalanadi.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

282

YURTIMIMIZDA ONA TILI FANIGA BO‘LGAN E’TIBOR

Achilova Nasiba Saidovna

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi,

ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.

achilovanasiba63@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14450727

Annotatsiya. Ushbu maqolada ona tilimizga yaratilayotgan imkoniyatlar, ona tilimizga

doir amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ilmiy fikrlar bayon etilgan. Ilmiy fikrlar faktlarga
asoslanib xulosalanadi.

Kalit so’zlar: Ta’lim, dastur, qonun, kadr, masala, sur’at, maktab, muvaffaqiyat, samara,

talab, ijodkor, o’qituvchi, jarayon, odat, dars, usul, texnologiya, element, ehtiyoj.

ATTENTION TO THE SCIENCE OF THE MOTHER LANGUAGE IN OUR

COUNTRY

Abstract. This article presents scientific opinions on the opportunities created for our

mother tongue, the reforms being implemented regarding our mother tongue. Scientific opinions
are concluded based on facts.

Keywords: Education, program, law, personnel, issue, pace, school, success, effect,

demand, creator, teacher, process, habit, lesson, method, technology, element, need.

ВНИМАНИЕ К НАУКЕ РОДНОГО ЯЗЫКА В НАШЕЙ СТРАНЕ

Аннотация. В данной статье представлены научные мнения о возможностях,

создаваемых для нашего родного языка, и реформах, проводимых в отношении нашего
родного языка. Научные заключения делаются на основе фактов.

Ключевые слова: Образование, программа, закон, персонал, проблема, темп, школа,

успех, эффект, спрос, создатель, учитель, процесс, привычка, урок, метод, технология,
элемент, потребность.


Bugungi kunda “Taʼlim toʼgʼrisida»gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da

ilgari surilgan masalalar jadal sur’atda umumtaʼlim maktablarida muvaffaqiyat bilan amalga
oshirilmoqda. Qonun talablariga muvofiq taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish shu
kunning talabi boʼlib qoldi. Bu maqsadni amalga oshirish oʼqituvchidan izlanishni, ijodkorlikni,
oʼz ustida tinmay ishlashni talab qiladi. Hozirgi oʼquv jarayonida odatdagi dars usullaridan
tashqari yangi texnologiya asosida noanʼanaviy darslarni tashkil qilish rivojlanib bormoqda.

Ona tili millatning birligi va birdamligining timsolidir. U millatni yagona xalq sifatida o’z

atrofida birlashtiradi va dunyoda borliqni ta’min etadi. Har bir millatning o’z Vatani, oilasi
bo’lgani kabi uning jonajon va betakror ona tili ham bo’ladi. Inson uchun uning vatani, ota-onasi,
oilasi qanchalik qadrli bo’lsa, uning ona tili ham shu qadar aziz va muqaddas bo’ladi. Hattoki,
go’dak ham o’z vatanini, ota-onasini, dunyoni o’z ona tili orqali anglaydi va atay boshlaydi.

Farzand tarbiyasida onaning o’rni beqiyos bo’lganidek, insonning hayotda o’z o’rnini

topishida, kamolotga erishuvida tilning o’rni ulkan ahamiyatga ega. Shu bois tilni, onaga qiyoslab
ona tili deb ataydilar. Til inson vujudida qon-qoniga singib oqadi. Jamiki, ezgu fazilatlar, avvalo,
ona allasi va ona tilining bebaho jozibasi orqali singadi. Inson qalbida ona tiliga nisbatan sof
tuyg’u, mehr-muhabbat alanga oladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

283

1989-yil 21-oktabrda o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. O’zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasida o’zbek tili maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yildi. O’zbek tili
haqidagi qonun qabul qilinganidan so’ng barcha davlat hujjatlari o’zbek tilida yuritiladi, gazeta va
jurnallar o’zbek tilida chop etila boshlandi. 1993-yil 2-sentabrda “Lotin tiliga asoslangan o’zbek
alifbosini tuzish tog’risida”gi qonun qabul qilingandan so’ng, mamlakatimiz har tomonlama
rivojlandi va jahon kommunikatsiya tizimidan munosib o’rin egallash muhim ahamiyatga ega
bo’ldi. Shu sababli chet ellerda ham o’zbek tiliga qiziquvchilar, uni o’rganuvchilar soni ortib bordi.

Dunyoda 5600 dan ortiq tillar mavjud bo’lib, bundan 200 tasigina davlat tili sifatida qabul

qilingan. Ularning orasida o’zbek tilining borligi uning naqadar sof, mukammal, purma’no va
jozibadorligidan darak beradi. Rossiyalik tilshunos olima, professor A. M. Kozlyanina “O’zbek
tili nafis va musiqa ohangidek jozibador” deb bejiz ta’kidlamagan. Shunday ekan ona tilimizning
shundayin go’zalligini, sofligini keying avlodlarga yetkazish bizning vazifamizdir. Negaki, ona
tilni ulug’lash, asrab-avaylash o’sha tilda so’zlashadigan har bir insonning burchidir.

Til muloqot vazifasi ham hisoblanadi. Hammamizga ma’lumki, mashhur bo’lgan A.

Navoiy bobomizga tegishli “Ko’ngil qulfi maxraning qulfi til va gulfin kalitin so’z bil”. Inson
qalbining xazinasi til, bu qalb xazinasining kaliti so’zdir. O’zbek tilining so’zlari shu qadar
ma’noli, ko’pki bitta ma’noga ega bo’lgan tushunchasi bir nechta so’zlar orqali ifodalash bo’ladi.

Masalan, birgina ko’z so’zining bir necha ma’nolari bor. Bilamizki bir tushunchaga tegishli

so’z, bir necha so’zlar bilan ifodalansa, ya’ni sinonim so’zlari qanchalik ko’p bo’lsa, ayni shu til
boy til hisoblanadi. Ko’plab adiblarimiz til haqida ko’plab hikmatli so’zlarni aytganlar va tilni
turlicha ta’riflaganlar. Masalan, “Til-millat ko’zgusi”, “Til-ma’naviyat ko’zgusi”, “Til-millatning
bebaho boyligi” va shu kabilardir. Shuni ta'kidlash kerakki, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining
berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘lgan
edi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham
muhim o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbek tilining xalqaro miqyosda obro‘si oshdi. “Davlat tili
haqida”gi qonun ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni
ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi. Olimlar va mutaxassislar
tomonidan ilm-fan va turli sohalarga oid ensiklopediya va lug‘atlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari
chop etildi. Mumtoz adabiyotimiz namunalari, sakson mingdan ziyod so‘z va so‘z birikmasini,
fan, texnika, sanoat, madaniyat va boshqa sohalarga oid atamalarni, shevalarda qo‘llaniladigan
so‘zlarni o‘z ichiga olgan besh jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” bu borada amalga oshirilgan
ishlarning eng muhimlaridandir.

Oʼquvchilarda taʼlim olishga boʼlgan ijobiy intilish va ehtiyojni shakllantirish, oʼzaro

bellashuv elementlarini joriy etish hamda oʼquvchilarda muntazam ravishda oʼqishga qiziqish
uygʼotish maqsadida yangi zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini izlashda ijobiy
faollikni oshirish zarur boʼlib qoldi. Taʼlim rivojining buguni va istiqboli bugun sinfda dars
berayotgan oʼqituvchiga koʼp jihatdan bogʼliq. Zero, oʼqituvchi maktabda asosiy figura hisoblanar
ekan, u oʼziga bildirilgan ishonch, yosh avlod tarbiyasidek murakkab, masʼuliyatli vazifani
sidqidildan bajarmogʼi zarur.

Oʼqish sifatini yanada oshirish davr talabi boʼlib qolgan shu kunlarda darslarni noanʼanaviy

usulda olib borish keng yoʼlga qoʼyilgan. Taʼlim jarayonini yangi mazmun va shaklda yoʼlga
qoʼyish masalasi, eng avvalo, ona tili taʼlimiga taalluqlidir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

284

O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov: “Ona tilining buyuk

ahamiyati shundaki, u maʼnaviyat belgisi sifatida kishilarni yanada yaqin jipslashtiradi...

Maʼnaviyatni mustahkamlash uchun mablagʼni ayash oʼz kelajagiga bolta urish demakdir”

, - deb aytgan edi.

Taʼlim mazmunining asosini dars tashkil etadi. Dars orqali ilmiy yangiliklar va axloqiy

tarbiya oʼquvchilarga yetkaziladi. Bugungi kunda darslarimizni zamonaviy ruhda tashkil etib,
noanʼanaviy usullardan foydalanmay, har bir darsni sanʼat darajasiga koʼtarmay turib, belgilangan
natijaga, koʼzlangan maqsadga erishib boʼlmaydi.

Oʼzbek xalqi yoshlarini har tomonlama barkamol inson etib tarbiyalash, yangi zamon

kishisini shakllantirish hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Sir emaski, yosh avlodni
toʼgʼri tarbiyalash va yuksak fazilatli insonni voyaga yetkazish juda murakkab va mashaqqatli
ishdir. shuning uchun masʼuliyatli masalaga har bir davrda zamonananing ilgʼor shaxslari
masʼuliyat bilan yondashganlar va taʼlimtarbiyaning qulay usullarini qidirganlar.

XV asrning mashhur mutafakkiri Davoniy kishi xususiyatlari ikki xil: biri tugʼma,

ikkinchisi hayot jarayonida paydo boʼladigan xususiyatlar deb ajratadi va tugʼma xususiyatlarni
tan olgan holda hayot jarayonida paydo boʼladigan xususiyatlarni inson kamoloti uchun eng
muhim omil deb hisoblaydi. Shu bilan birga yetuk inson boʼlish uchun har bir shaxs oʼzida
quyidagi hislatlarni tarbiyalash lozimligni aytib oʼtgan edi.

1. Zukkolik
2. Fahm tezligi
3. Zehn oʼtkirligi
4. Bilimni tez egallash qobiliyati
5. Qoʼyilgan muammoni tez anglash
6. Esda saqlash qobiliyati
7. Xotira
Shunday qilib, Davomiy haqiqiy baxt-saodatga erishaman degan inson yuqoridagi

fazilatlarni egallashga intilishi zarur deb hisoblaydi. Keltirilgan xususiyatlarni shakllantirish va
rivojlantirish inson tafakkurining oʼsishiga olib keladigan omillardandir. Lekin bu narsa oʼz-
oʼzidan boʼlavermaydi. Buning uchun tinimsiz mehnat, mashqlar zarur. mashhur Аmerika fizigi
T.Edison buyuk inson boʼlishga bir foiz talant va 99 foiz mehnat zarurligini taʼkidlagan edi.

Yuqoridagilardan xulosa qilib, shuni aytmoqchimizki, darslarni noanʼanaviy usulda tashkil

etish, darslarning turli bosqichlarida oʼyinlardan foydalanib, oʼquvchilarning tafakkurini oʼstirish
zarur. Xulosa qilib aytganda, o’quvchilarni ona tili fanidan yuksak bilim va salohiyatli qilish
bugungi kunning talabidir. Nega deganda, hozirda yurtboshimiz tomonidan yosh avlodning chet
tillarini bilish darajasini yaxshilashga e’tibor qaratilib, bugungi kunda yoshlarimiz ikkita emas,
to’rtta tilni bilishlari zarurligi uqtirilayotgan bir davrda , o’quvchilarning avvalo, o’z ona tillarini
yaxshi bilishlari va ona tilida ravon so’zlay va fikrlay olish qobiliyatlarining mavjudligi ularning
chet tillarini tez va oson o’zashtirishlariga zamin yaratadi. Bu esa maktablardagi ona tili va
adabiyot fani o’qituvchilariga katta mas’uliyatli vazifa yuklaydi.




background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

285

REFERENCES

1.

Mirziyayev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bo
sqichga ko’taramiz.//Toshkent - 2017, "O’zbekiston”, 593b.

2.

O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, 1997-yi, 29-avgust.

3.

Y. G’ulomov “O’zbek tili o’qitish metodikasi” Toshkent-1998-yil.

References

Mirziyayev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz.//Toshkent - 2017, "O’zbekiston”, 593b.

O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, 1997-yi, 29-avgust.

Y. G’ulomov “O’zbek tili o’qitish metodikasi” Toshkent-1998-yil.