277
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
O’ZBEKISTONDA TURISTLIK XIZMAT BOZORINING RIVOJLANISH
STRATEGIYASI
Olimova Sadoqat
Osiyo xalqaro universiteti magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14406240
Annotatsiya
. Turistlik firmalar sayohatlar tashkilotchisi va turistlarga xizmat ko’rsatuvchi
sifatida o’zida turistlik industriyasidagi bozor iqtisodiy munosabatlari tizimining asosiy halqasini
namoyon etadi.
Kalit so'zlar:
ilmiy yondashuv, qiyosiy tahlil, tahlil va sintez, tanlab olish, iqtisodiy-
statistik tahlil.
СТРАТЕГИЯ РАЗВИТИЯ РЫНКА ТУРИСТИЧЕСКИХ УСЛУГ В УЗБЕКИСТАНЕ
Аннотация
. Туристские фирмы как организатор путешествий и поставщик
туристских услуг представляют собой основное звено системы рыночных экономических
отношений в туристской индустрии.
Ключевые слова
: научный подход, сравнительный анализ, анализ и синтез, выборка,
экономико-статистический анализ.
STRATEGY FOR THE DEVELOPMENT OF THE TOURIST SERVICES MARKET IN
UZBEKISTAN
Abstract.
Tourist firms, as an organizer of trips and a service provider for tourists, manifest
in themselves the main ring of the system of market economic relations in the tourist industry.
Keywords:
scientific approach, Comparative Analysis, Analysis and synthesis, selection,
economic-statistical analysis.
Turistlik xizmat bozori bu turistlik xizmatlarning haridori-turistlar (talabni taqdim
etuvchilar) va sotuvchilarni-turoperatorlarni (mahsulot bilan ta‘minlovchi) birlashtiruvchi institut
yoki mexanizmdan iborat. Boshqa tovar bozorlaridan farqli o’laroq, turistlik xizmat bozori o’zida
tovarning sotuvchidan haridorga ko’chishini anglatmaydi. Aksincha, haridorlar zahiralangan
xizmatlarni olish uchun manziliga qarab harakat qilishadi. Bozor bu ayirboshlash sohasi bo’lib,
turistlik industriyasidagi turli korxonalar sayohatchilarning xilma-xil xizmatlar bilan qoniqtirishga
qaratilgan faoliyatini ifodalovchi turistlik xizmatlar turistlik bozorning ayirboshlash predmetidir.
Turistlik firmalar sayohatlar tashkilotchisi va turistlarga xizmat ko’rsatuvchi sifatida o’zida
turistlik industriyasidagi bozor iqtisodiy munosabatlari tizimining asosiy halqasini namoyon etadi.
Boshqacha qilib aytganda, turistlik xizmat bozori – bu turistlik mahsulot ishlab
chiqaruvchisi va iste‘molchisi o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar paydo bo’ladigan joydir.
278
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Turistlik mahsulotning har bir ishlab chiqaruvchi va iste‘molchisi o’zining iqtisodiy
manfaatlariga ega. Manfaatlar mos kelmasligi ham mumkin, lekin ular mos kelsa turistlik
mahsulotning savdo-sotiq akti amalga oshiriladi.
Shuning uchun bozor – bu ishlab chiqarish va iste‘molchi qiziqishlarini qondiradigan
o’ziga xos quroli bo’lib, mazkur xo’jalik yurituvchi hukumron turistlik sub‘ekt (turoperator,
turagent) uchun shu ho’jalik yurituvchi sub‘ektning turistlik mahsulotiga qiziqqan va uni ertami-
kech harid qilishga mablag’i yetadigan iste‘molchilar yig’indisini namoyon etadi.
Turistlik xizmat bozorining mohiyati uning vazifalarida ifodalanadi, quyidagilarni turistlik
xizmat bozorning asosiy vazifalari sifatida ko’rsatib o’tishimiz mumkin: - turistlik mahsulotning
tan narxi va iste‘molchi narxlarini amalga oshirish; - turistlik mahsulotning iste‘molchigacha yetib
borish jarayonini tashkil etish; - mehnatga bo’lgan moddiy manfatlarni iqtisodiy jihatdan asoslab
berish.
Turistlik xizmat bozorining birinchi vazifasini bajarish jarayonida narx harakati amalga
oshiriladi va bu narsa pulni turistlik mahsulotga almashtirishda aks etadi. Bu almashtirishning
amalga
oshirilishi
tovar-pul
munosabatlarining
tugallanishini,
turistlik
mahsulotda
mujassamlashgan narxning harakatini va mahsulot narxining iste‘molchi tomondan tan olinishini
ifodalaydi.
Natijada, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoning bir me‘yorda borishi ta‘minlanadi va
turistlik industriya rivojlanishi uchun pul mablag’lari paydo bo’ladi va jamg’ariladi. Turistlik
mahsulotning iste‘molchiga yetkazish vazifasi uni o’tkazish bo’yicha turagentlar va turoperatorlar
tarmog’ini yaratish orqali amalga oshiriladi.
Mehnatga bo’lgan moddiy raxbatlantirishlarni iqtisodiy ta‘minlash vazifasi turistlik xizmat
bozorda taqsimot «pul–turistlik mahsulot» almashinuvi jarayonida zaruriy faza sifatida
tugallangan ko’rinishda gavdalanadi. O’z mehnati uchun maosh oladigan turistlik firma
ishchilarida sifatni o’stirish va turistlik mahsulot sonini ko’paytirish, uni iste‘molchilar talablariga
binoan ishlab chiqarish uchun moddiy manfatlar yaratiladi.
Turistlik xizmat bozori sub‘ektlari, turistlik mahsulot ishlab chiqaradigan va iste‘mol
qiladigan jismoniy va yuridik shaxslar, mavjudligi bilan tafsivlanadi. Turistlik xizmat bozorining
uchta sub’ektini ajratib ko‘rsatish mumkin: turistlarning o‘zlari (turmahsulot iste’molchilari),
turoperator va turagentlar.
Turistlik xizmat bozorining ishlash mexanizmi deganda «pul oqimi va turistilik mahsulot
oqimi», «pul–turistlik mahsulot» almashinuviga, turistlik mahsulotga bo’lgan talab va taklifning
mutanosibligini ta‘minlash uchun bajariladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi tushuniladi.
279
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Turizm sohasining milliy iqtisodiyotning bir tarmog’i sifatida o’ziga xosligi uning
mahsuloti muayyan turdagi xizmatlardan foydalanishga beriladigan xuquq bo’lib, bu
xizmatlarning o’zi iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida yaratiladi. Turizmning milliy iqtisodiyotga
ko’rsatgan ijobiy ta‘siri mamlakatda u faqat har tomonlama rivojlangandagina ya‘ni, milliy
iqtisodiyotini xizmatlar iqtisodiyotiga aylantirmaganda amalga oshiriladi. Boshqacha qilib
aytganda, turizm samaradorligi uning mamlakatdagi boshqa ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlari bilan
parallel ravishda va o’zaro aloqada rivojlanishini taqozo etadi.
Jahon iqtisodiyotidagi strukturaviy o’zgarishlar, xususan turizmning yetakchi tarmoqlar
guruhiga kirishi, zamonaviy jamiyatning xususiyatlarini o’zgartira boshladi. Globalizatsiya,
axborotlashtirish, transport vositalarining rivojlanishi va jahon iqtisodiyotidagi strukturaviy
o’zgarishlar ta‘siri ostida jamiyat o’zining ming yilliklar davomidagi sivilizatsiyalarga xos
bo’lgan muqum holatini yo’qotdi.
Turizm ta‘siri ostida yer kurrasi aholisining katta qismi doimiy harakatda yashashni
boshladi va uzluksiz ravishda turistlar oqimini kengaytirib bormoqda. Insoniyat tarixida odamlar
o’rtasida o’rnashib qolgan aloqalar algoritmlari o’zgara boshladi. Milliy va jahon xo’jaligidagi
o’zgarishlar bilan bir qatorda turizm iqtisodiy va ijtimoiy jihatlaridan o’zgarib bordi.
Ko’pgina analitik-olimlarning fikricha, turizm taraqqiyotining negizida quyidagi
imkoniyatlar mavjud deb hisoblashadi:
1. Iqtisodiy o’sish va ijtimoiy taraqqiyot nafaqat xizmat safarlarini, balki bilishtanishish
maqsadida amalga oshiriladigan safarlar hajminining kengayishiga olib keldi;
280
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
2. Transport turlarining takommilashuvi safarlarning arzonlashishiga olib keldi va
aholining ko’p qatlamlari uchun safarlarga chiqish imkoniyatini yaratdi;
3. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar yollanma ishchi va xizmatchilar sonini
oshirdi hamda ularning moddiy va madaniy saviyasining o’sishi turizmga bo’lgan qiziqishni
o’sishiga olib keldi;
4. Mehnat intensifikatsiyasi va ishchilarning ta‘til muddatining uzayishi mazmunliroq
xordiq chiqarishga zaruririyat va imkoniyatni taqozo qildi;
5. Davlatlararo aloqalar va madaniy almashinuvning rivojlanishi shaxslararo aloqalar
kengayishiga olib keldi va buning natijasida turizmga bo’lgan ehtiyojlar ko’payadi;
6. Ko’pgina davlatlarda valyuta olib chiqishga cheklovning kamayishi va chegaral
rasmiyatchiliklarning soddalashuvi ham turizm rivojlanishini rag’batlantiradi.
REFERENCES
1.
Supiyevna, B. M. (2024). WAYS OF EMPLOYMENT OF THE POPULATION IN THE
DEVELOPMENT OF PRIVATE ENTREPRENEURSHIP IN UZBEKISTAN.
Gospodarka i Innowacje., 51, 131-137.
2.
Бозорова, М. С. (2021). Глава 10. Стратегия внедрения цифровых технологий и
современных методов в образовательный процесс. In
Инновационное развитие науки
и образования
(pp. 122-132).
3.
Supiyevna, B. M. (2024). TIZIMIDA BANK FINANCIAL SERVICE NUMBER:
DEVELOPMENT AND OLD TURGAN.
Gospodarka i Innowacje.
,
46
, 379-385.
4.
Supievna, B. M. (2023). MARKETING MANAGEMENT STRATEGY'S IMPORTANCE
AND MODERN CONCEPT.
Gospodarka i Innowacje.
,
42
, 381-386.
5.
Supiyevna, B. M. (2023). TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA PERSONALNI
BOSHQARISHNING O ‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
Gospodarka i Innowacje.
,
42
,
409-414.
6.
Supievna, B. M. (2023). EFFECTIVENESS OF USING PR-ADVERTISING SERVICES
IN THE PROCESS OF PRODUCT DELIVERY ON THE EXAMPLE OF BUKHARA
REGION.
7.
Базарова, М. С. (2020). Развитие внимания дошкольников посредством
дидактических игр. In
Исследования молодых ученых
(pp. 37-40).
8.
Supievna, B. M., & Firuza, S. (2023). STRATEGIC WAYS OF IMPLEMENTING
PERSONNEL POLICY IN COMMERCIAL BANKS.
THE THEORY OF RECENT
SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY
,
1
(7), 22-25.
281
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
9.
Bazarova, M. S., & Khudaiberdiyeva, O. Q. (2022). IMPROVEMENT OF THE
MECHANISM OF INNOVATIVE MANAGEMENT OF FOOD INDUSTRY
ENTERPRISES. In
Современные проблемы социально-экономических систем в
условиях глобализации
(pp. 464-467).
10.
Supiyevna, B. M. (2024). DISTINCTIVE FEATURES OF PERSONAL MANAGEMENT
IN THE ACTIVITIES OF COMMERCIAL BANKS.
Gospodarka i Innowacje.
,
47
, 134-
139.
11.
Nafisa, R. (2024). Formation of a Strategy for Sustainable Development of the National
Economy.
Miasto Przyszłości
,
54
, 764-771.
12.
Rakhmonkulova, N. (2024). Prospects for the Development of the Economy of
Uzbekistan.
JOURNAL OF INTELLECTUAL PRPERTY AND HUMAN RIGHTS
,
3
(10),
37-44.
13.
Nafisa, R. (2024). Defects in Administration in Economic Development.
International
Journal of Formal Education
,
3
(9), 17-24.
14.
қизи Рахмонқулова, Н. О. (2023). КИЧИК САНОАТ ЗОНАЛАРИНИНГ ҲУДУДЛАР
ИҚТИСОДИЁТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШДАГИ ЎРНИ.
" Экономика и туризм"
международный научно-инновационной журнал
,
6
(14).
15.
Raxmonqulova, N. (2023). DEVELOPMENT STRATEGY IN THE DEVELOPMENT OF
THE REGIONAL ECONOMY.
Modern Science and Research
,
2
(12), 301-305.
16.
Sh, Y. D., & Rakhmanqulova, N. O. (2021). XUSUSIY SHERIKCHILIK VA TURIZM
KLASTERI
SOHASIDAGI
TADBIRKORLIK
RIVOJIDA
DAVLATNING
O’RNI.
BARQARORLIK
VA
YETAKCHI
TADQIQOTLAR
ONLAYN
ILMIY
JURNALI
,
1
(2), 73-76.
17.
Sh, Y. D., & Rakhmankulova, N. O. (2021). Risks in the Process of Digitalization of
Business
Activities.
TA'LIM
VA
RIVOJLANISH
TAHLILI
ONLAYN
ILMIY
JURNALI
,
1
(2), 19-22.
18.
Явмутов, Д. Ш., & Рахманкулова, Н. О. (2021). КОНЦЕПТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ
РАСЧЕТА ПРОДУКЦИИ В ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ.
IJTIMOIY FANLARDA
INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI
,
1
(2), 12-17.
19.
Sh, Y. D., & Rakhmanqulova, N. O. (2021). Innovative approaches to the use of digital
technologies in theeconomy.
BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN
ILMIY JURNALI
,
1
(2), 77-80.
20.
Raxmonqulova, N. O. (2022). THE IMPACT OF THE DIGITAL ECONOMY ON
RESOURCE CONSUMPTION. In
Современные проблемы социально-экономических
систем в условиях глобализации
(pp. 476-480).
