Authors

  • Dildora Omonova
  • Sevara Rozzoqboyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.56674

Keywords:

xalqaro baholash dasturi PISA ahamiyat reyting o‘quv dasturi sinov tadqiqot bilim.

Abstract

Ushbu maqolada hozirgi kunda har bir davlat ishtirok etishi muhim bo‘lgan va mamlakatlarning ta’lim tizimidagi ahvolimizni ko‘rsatib turadigan xalqaro baholash dasturlarining ahamiyati va uning davr talabiga aylanib bo‘lishiga sabablari keltirib o‘tilgan.

background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

197

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINING

AHAMIYATI VA PISANING XALQARO BAHOLASH DASTURIDAGI O‘RNI

Omonova Dildora Nekmurodovna

Buxoro davlat pedagogika instituti

Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi dotsenti

Rozzoqboyeva Sevara Alijon qizi

Buxoro davlat pedagogika instituti

Maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim fakulteti

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishining 3-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14421008

Annotatsiya.

Ushbu maqolada hozirgi kunda har bir davlat ishtirok etishi muhim bo‘lgan

va mamlakatlarning ta’lim tizimidagi ahvolimizni ko‘rsatib turadigan xalqaro baholash

dasturlarining ahamiyati va uning davr talabiga aylanib bo‘lishiga sabablari keltirib o‘tilgan.

Kalit so'zlar:

xalqaro baholash dasturi, PISA, ahamiyat, reyting, o‘quv dasturi, sinov,

tadqiqot, bilim.

ВАЖНОСТЬ ПРОГРАММ МЕЖДУНАРОДНОЙ ОЦЕНКИ В НАЧАЛЬНОМ

ОБРАЗОВАНИИ И РОЛЬ PISA В ПРОГРАММЕ МЕЖДУНАРОДНОЙ ОЦЕНКИ

Аннотация.

В данной статье рассматривается важность международных

оценочных программ, участие в которых важно для каждой страны сегодня, и которые

показывают состояние системы образования нашей страны, а также причины, по

которым она стала студентом эпохи.

Ключевые слова

: международная программа оценки, PISA, важность, рейтинг,

учебная программа, тест, исследование, знания.

THE IMPORTANCE OF INTERNATIONAL ASSESSMENT PROGRAMS IN

PRIMARY EDUCATION AND THE ROLE OF PISA IN THE INTERNATIONAL

ASSESSMENT PROGRAM

Abstract.

This article discusses the importance of international assessment programs,

participation in which is important for each country today, and which show the state of the

education system of our country, as well as the reasons why it has become a student of the era.

Keywords:

international assessment program, PISA, importance, ranking, curriculum,

test, research, knowledge.


background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

198

Bugungi kunda ta’lim tizimi tezlik bilan rivojlanayotgan bir paytda dunyo hamjamiyatida

xalqaro baholash dasturlariga bo‘lgan talab yildan yilga kuchayib bormoqda. Xalqaro

oʻquvchilarni baholash dasturi (inglizcha:

Programme for International Student Assessment

) —

turli davlatlarda 15 yoshli oʻquvchilarning savodxonligini (oʻqish, matematika, tabiiy fanlar)

hamda bilimlarini amaliyotda qoʻllash qobiliyatini baholovchi dastur bo‘lib hisoblanadi.

Xalqaro baholash dasturlariga PISA PIRLS, TIMSS, EGRA, EGMA, TALIS kabi dasturlar

barcha davlatlarni qamrab olib ulardagi taʼlim tizimini baholab, rivojlanishiga katta yordam va

ko'zgusi vazifasini bajarib kelmoqda. Chunki bu tadqiqotlar har bir davlatning ta'limini ko'rsatib

ularni reytingdagi natijasida xulosa chiqargan holda darsliklarini va dasturlarini qayta yangilashiga

sabab bo'lyapti. Oxiri o'rinda turgan davlat yetakchi davlatning ta'lim tizimini olgan holda o'zining

ta'lim tizimidagi kamchiliklarini tuzatib kelmoqda. Shu jumladan biz ham hozirda yangi

darsliklarida quyidagi keltirib o'tilgan xalqaro baholash dasturlarining ahamiyatini bilgan holda

yangi topshiriqlarini kiritib kelmoqdamiz. Bu yurtimizdagi ta'lim tizimiga bo'lgan e'tiborini

ko'rsatib turibdi. Hozirda PISA dasturiga ham alohida e'tibor berilmoqda.

Xalqaro oʻquvchilarni baholash dasturi (inglizcha: Programme for International Student

Assessment) — turli davlatlarda 15 yoshli oʻquvchilarning savodxonligini (oʻqish, matematika,

tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qoʻllash qobiliyatini baholovchi dastur.PISA testlari

maktab oʻquvchilarining haqiqiy hayotda kerak boʻladigan hodisalarni tahlil qilish, ulardan xulosa

chiqarish va muloqotga kirishish koʻnikmalarini qay darajada egallayotganini, taʼlim tizimining

bu oʻzgarishlarga qanchalik moslashayotganini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. Ushbu dastur

1997-yilda joriy etilgan boʻlib, har uch yilda bir marta oʻtkaziladi, birinchi marta 2000-yilda

oʻtkazilgan. Har uch yilda bitta fan yoʻnalishiga afzallik berilib, jami testlar majmuasining deyarli

50% shu fanga mansub boʻladi. 2000-yilda ilk bor oʻqish savodxonligiga urgʻu berilgan.

Test Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan yetakchi xalqaro

ilmiy tashkilotlar bilan konsorsiumda, milliy markazlar ishtirokida tashkil etiladi. Tadqiqotda

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga aʼzo boʻlgan davlatlar, shuningdek, OECD

bilan hamkorlik aloqalari boʻlgan davlatlar ishtirok etadi. PISA tadqiqoti monitoring tadqiqoti

boʻlib, u turli mamlakatlardagi taʼlim tizimlarida sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni aniqlash va

solishtirish, taʼlim sohasidagi strategik qarorlar samaradorligini baholash imkonini beradi. 2000-

2015-yillar oraligʻida oʻtkazilgan tadqiqot natijalari boʻyicha bugungi kunda Sharqiy Osiyoda —

Xitoy, Koreya, Singapur, Yaponiya, Yevropada — Finlandiya, Estoniya, Shveysariya, Polsha va

Niderlandiya kabi mamlakatlarning oʻrta taʼlim tizimi yaxshi rivojlangan.


background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

199

PISA testlari 5 ta yoʻnalish boʻyicha oʻqish, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy fanlar,

hamkorlikda muammolarni hal qilish va moliyaviy savodxonlik oʻtkaziladi. Testlarda asosiy

eʼtibor oʻquvchilarning mazkur yoʻnalishlar boʻyicha eng asosiy tushunchalarni bilishi, bazaviy

bilim va koʻnikmalarni egallagani, ulardan hayotiy vaziyatlarda foydalana olishiga qaratiladi.

PISA

sinovlarida toʻrt xil sinov usulidan foydalaniladi:

1.Bir javobli testlar;

2.Bir nechta javobli testlar;

3.Qisqa yoki batafsil javob yoziladigan savollar;

4.Biror muammoning yechimi boʻyicha oʻquvchi fikri

(odatda bunday savollarda

tekshiruvchida umumiy javoblar boʻladi, oʻquvchi javobi test tuzuvchi javobiga aynan mos kelishi

talab qilinmaydi, oʻquvchi ijodkorligi qoʻllab quvvatlanadi).

Bundan tashqari testlar bilan bir vaqtda oʻquvchilardan anketalar ham olish nazarda

tutilgan. Oʻqish savodxonligi: Insonning matn shaklida berilgan maʼlumotlarni tushuna olish va

ularga reaksiya bera olish koʻnikmasi, jamiyat hayotida faol qatnashish jarayonida oʻqigan

maʼlumotlaridan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalana olish, bilim va imkoniyatlarini oshira olish

layoqati. Bu yerda,

oʻqish savodxonligi tushunchas

i keng maʼno kasb etadi. Bu yoʻnalish

maqsadi oʻquvchining berilgan badiiy asardan parcha, biografiya, xat, hujjat, gazeta va

jurnallardan olingan maqolalar, turli qoʻllanmalar, geografik kartalar kabi rang-barang

matematikadagi, tarkibida matnni ochib berishga moʻljallangan diagrammalar, rasmlar, kartalar,

grafik va jadvallar berilgan matnni tushinishi, mazmuni haqida fikr yurita olish, matn mazmuniga

baho berish va oʻqiganlari haqida oʻz fikrini bera olishi kabi kompetensiyalarini aniqlash

hisoblanadi. Hozirda yurtimizda bunga oid ko‘plab darslik va o'quv qo'llanmalar ishlab

chiqilmoqda.

Matematik savodxonlik

: Insonning matematikaning oʻzi yashayotgan olamdagi oʻrnini

bilishi, matematik jarayonlarni toʻgʻri va toʻliq asoslay olishini tekshiradi. Bu boʻlimdagi

savodxonlik terminidan bu boʻlim maqsadi odatda maktab dasturida beriladigan bilimlarni qay

darajada oʻzlashtirganini aniqlash emasligini koʻrsatish uchun foydalanilgan. Asosiy eʼtibor

matematik bilimlardan turli xil hayotiy vaziyatlarda fikrlash va intiutiv qaror qabul qilish talab

qilinadigan turli uslublaridan qoʻllagan holda foydalana olish nazarda tutiladi. Lekin bu turdagi

savollarga javob berishda maktab dasturida beriladigan bilim va koʻnikmalar zarur boʻlishi

mumkin.Hozirda olingan bilimlarini qoʻllash keng ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun ham

bizda ham bunga alohida e'tibor berilmoqda va darsliklarda bunday masalalarni alohida shartli

belgi asosida kiritib kelmoqdamiz.


background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

200

Tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi

: Hayotiy hodisalarda ilmiy usulda hal qilinishi mumkin

boʻlgan muammolarni aniqlash, kuzatuv va tajribalar asosida xulosalar chiqarishni o'z ichiga oladi.

2000-yilda 32 davlatdan 265 000 oʻquvchilar PISA test sinovidan oʻtgan. Ushbu yilda asosiy

mavzu — oʻqish va oʻqilgan narsalarni tushunish qobiliyati tanlangan boʻlib, test savollarining

uchdan ikki qismi aynan shu mavzuga bagʻishlangan. PISA-2003 da 43 mamlakatdan 275 000 dan

ortiq oʻquvchi ishtirok etdi. Oʻqish boʻyicha Finlandiya 543 ball bilan birinchi oʻrinni egalladi.

Rossiya — 442 ball, AQSh — 495 ball, Serbiya — 412 ball olgan.

Tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha Finlandiya yetakchilik qilgan (549 ball).Dunyoda yuzdan

ortiq davlat oʻz mamlakatida joriy etilgan taʼlim sifatini xolisona baholash maqsadida PISA,

TIMSS, PIRLS, TALIS, EGRA hamda EGMA kabi xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etadi.

Xulosa

: Xulosa qilib aytganda xalqaro baholash dasturining ahamiyati juda muhim

hisoblanadi. Hozirda yurtimizda bunga oid ko‘plab darslik bilan bir qatorda yangi milliy o'quv

dasturi ham ishlab chiqildi va ularga o‘zgartishlar kiritib kelinmoqda. Biz talaba va o'qituvchilar

ham buni bilgan holda olgan bilimlarimiz amalda qo'llab, ushbu dasturlarda ishtirokimizga o'z

hossamizni qo'shib o'quvchilarga bu baholash dasturlarining ahamiyati tuahuntiraylik.

REFERENCES

1.

Abdullayeva B.S, Saidova M.J, Dilova N.G‘. "Matematika o‘qitish metodikasi "darslik

Buxoro 2021

2.

Saidova M.J. " Xalqaro baholash tizimi" darslik Buxoro 2024

3.

Saidova M J. "Ta'limda multimediya texnologiyalardan foydalanish" darslik "Durdona"

2022

4.

Abdullayeva B.S, Saidova M.J. darslik 2022

5.

Kasimov F.M, Saidova G.E. darslik 2024

6.

"Xalq ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasinu tasdiqlash to‘g‘risidagi

5712 sonli " qarori.

7.

Saidova, G. E. (2021). BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA

O‘QUVCHILARNI MANTIQIY MASALALAR YECHISHNI O‘RGATISH. Scientific

progress, 2(6), 1021-1024.

8.

Ergashovna, S. G. (2021). Formation Of Concepts About Length In Primary School

Students, Developing Length Measuring Skills. European Scholar Journal, 2(4), 109-113.


background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

201

9.

Saidova,

G.

(2023).

BOSHLANG‘ICH

TA’LIMDA

MODULLI

TA’LIM

TEXNOLOGIYALARNI

JORIY

ETISHNING

ILMIY-PEDAGOGIK

ASOSLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 28(28).

10.

Saidova, G. E. (2021). BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA

O‘QUVCHILARNI MANTIQIY MASALALAR YECHISHNI O‘RGATISH. Scientific

progress, 2(6), 1021-1024.

11.

Saidova, G. E. (2023). BOSHLANG ‘ICH SINF O ‘QUVCHILARNING O ‘QUV

FAOLIYATINI

BAHOLASHDA

ZAMONAVIY

LOYIHALARDAN

FOYDALANISH. Conferencea, 33-37.

12.

Ergashovna, S. G. (2023, February). BOSHLANG‘ICH SINF TARBIYA DARSLARIDA

KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV. In E Conference Zone (pp. 1-4).

13.

Vikipediya ma'lumotlarini

References

Abdullayeva B.S, Saidova M.J, Dilova N.G‘. "Matematika o‘qitish metodikasi "darslik Buxoro 2021

Saidova M.J. " Xalqaro baholash tizimi" darslik Buxoro 2024

Saidova M J. "Ta'limda multimediya texnologiyalardan foydalanish" darslik "Durdona" 2022

Abdullayeva B.S, Saidova M.J. darslik 2022

Kasimov F.M, Saidova G.E. darslik 2024

"Xalq ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasinu tasdiqlash to‘g‘risidagi 5712 sonli " qarori.

Saidova, G. E. (2021). BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI MANTIQIY MASALALAR YECHISHNI O‘RGATISH. Scientific progress, 2(6), 1021-1024.

Ergashovna, S. G. (2021). Formation Of Concepts About Length In Primary School Students, Developing Length Measuring Skills. European Scholar Journal, 2(4), 109-113.

Saidova, G. (2023). BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA MODULLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 28(28).

Saidova, G. E. (2021). BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI MANTIQIY MASALALAR YECHISHNI O‘RGATISH. Scientific progress, 2(6), 1021-1024.

Saidova, G. E. (2023). BOSHLANG ‘ICH SINF O ‘QUVCHILARNING O ‘QUV FAOLIYATINI BAHOLASHDA ZAMONAVIY LOYIHALARDAN FOYDALANISH. Conferencea, 33-37.

Ergashovna, S. G. (2023, February). BOSHLANG‘ICH SINF TARBIYA DARSLARIDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV. In E Conference Zone (pp. 1-4).

Vikipediya ma'lumotlarini