Authors

  • Farrux Karimov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.56801

Keywords:

yengil atletika uzunlikka sakrash anatomik marfalogik xususiyatlar jismoniy rivojlanganlik metodika gipokineziya.

Abstract

yengil atletika, uzunlikka sakrash, anatomik marfalogik xususiyatlar, jismoniy rivojlanganlik, metodika, gipokineziya.

background image


Dekabr, 2024-Yil

632

UZUNLIKKA SAKROVCHI SPORTCHILARNI ANATOMIK MORFOLOGIK

XUSUSIYATLARI

Karimov Farrux Muxiddin o‘g‘li

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

O‘zbekiston. Chirchiq shahar

E-mail:

yengilatlet@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.14457273

Калит сўзлар: yengil atletika, uzunlikka sakrash, anatomik marfalogik xususiyatlar,

jismoniy rivojlanganlik, metodika, gipokineziya.

Ключевые слова:

легкая атлетика, прыжки в длину, анатомо-морфологические

особенности, физическое развитие, методика, гипокинезия.

KIRISH.

Bugungi kunda yengil atletikaning uzunlikka sakrash turi bilan shug’illanuvchi

sportchilarning jismoniy rivojlanish darajasida yoshga va jinsga bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlarini

aniqlash, ulardagi anatomik va fiziologik o‘zgarishlarni morfo-funktsional ko‘rsatkichlarini

kuzatish asosida baholash, hozirgi kunda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning istiqbolli

yo‘nalishlari sifatida qaraladi. Shu boisdan sport maktablari o‘quvchilarining salomatligini

aniqlashda jismoniy rivojlanganlik va tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, tibbiy-pedagogik

korrektsiya, profilaktika chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqish muhim ilmiy-amaliy

ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqot maqsadi:

Uzunlikka sakrovchi sportchilarni jismoniy, ruhiy-emotsional, tibbiy-

bialogik jihatdan sog‘lom rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni yaratish masalasi har bir sportchi

kelajagi uchun samarali va ustuvor metodikalar ishlab chiqishga e’tibor qaratilgan.

Tadqiqotni tashkil qilish uslublari:

Ta’lim olishva sport bilan shug’illanish jarayonida

maktab yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanish darajasi va salomatligi holatini doimiy ravishda

monitoring qilish maqsadida fiziometrik-antropometrik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish

ularning salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqish va amaliyotga

joriy etish, o‘z navbatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan turli xil kasalliklarning oldini olish nuqtai

nazaridan ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.

Tadqiqot natijalari va muhokamasi.

Jahonda ko‘pgina mamlakatlarda o‘tkazilayotgan

ilmiy tadqiqotlarda o‘quvchilarining jismoniy faollik darajasining optimal rivojlanishiga jismoniy

tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil qilishda maktab o‘quvchilarining fiziologik yoshiga bog‘liq

individual xususiyatlarini hisobga olishni taqozo etadi. Amalga oshirilgan tadqiqotlarda jismoniy


background image


Dekabr, 2024-Yil

633

faollik darajasining susayishi (gipokineziya) ta’sirida bolalar va o‘smirlar organizmida tayanch-

harakat apparatlari, organizmning asosiy funktsional tizimlarining faolligi pasayishi va o‘z

navbatida turli xil kasalliklarga chalinishga moyillik darajasining ortishini aniqlash imkonini

beradi.

Uzunlikka sakrashda yuqori tezlikda yugurish uchun kerak bo‘ladigan samarali

harakatlarni ta’minlovchi mushaklarning tez, kuchli qisqarishi natijasidir. Skelet mushaklarining

qisqarishidan sodir bo‘ladigan tezlik ko‘p jihatidan mushak tolalari xossalariga bog‘liq. Tez

mushak tolalari miqdorining proporsiyasi maksimal harakat tezligi bilan yaqindan bog‘liqdir

(Balsevich V.K.2000y). V.K.Balsevich fikricha mashg‘ulot jarayonida egallangan malakalar

mushak qisqarishlarining tezkor yugurish harakatlariga aylanishiga yordam beradi. Bu

qobiliyatlarni faqat mashqlar yordamida rivojlantirish zarur. Mashg‘ulotlar ham boshqa jismoniy

sifatlarni, jumladan kuch, koordinasiya va maxsus chidamlilikni oshirishi mumkin, bu sakrovchida

muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi. Undan tashqari, mashg‘ulot har xil tipdagi mushak

tolalari faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin. Umumiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinki, ularning mumkin

bo‘lgan qisqarish tezligi oshishi kuzatilar ekan. Mushaklar tarkibida ham nevrologik, ham

metabolik tarkib mavjud, ular ham uzunlikka sakrashni belgilab berishi mumkin.

K.T.Shakirjonova va boshqalar fikriga ko‘ra uzunlikka sakrashda qadamlar uzunligi va surati

orasidagi bog‘liqlik tajribalarda o‘rganilgan. Bu ko‘rsatkichlar sportchining bo‘yiga, oyoqlari

uzunligiga va yugurish tezligiga, qadam uzunligi esa son mushaklarining yozilish kuchiga xam

bog‘liq. Uzunlikka sakrashda uncha yuqori malakaga ega bo‘lmagan yuguruvchilarda sport

natijasini asosan kuch qobiliyatlarini mashq qilish yo‘li bilan qadamlar uzunligini oshirish orqali

yaxshilash zarur. (Bondarchuk A.P.2007y). Odatda, ayollarda erkaklarga nisbatan qadamlar

suratini oshirish osonroq. Yuqori malakali uzunlikka sakrovchilar qadamlar sur’atini saqlab

qolgan holda masofaning yakunlovchi fazalarida koordinasiyani yaxshilab olishlari kuzatilar ekan.

Uzunlikka sakrovchichi o‘g‘il bolalarda 10 yoshda maksimal qadamlar soni sekundiga 4,4-

4,5 qadamni, qizlarda esa sekundiga 4,0-4,1 qadamni tashkil qilishi ilmiy tadqiqotlarda

o‘rganilgan. Bu surat dunyoning eng yaxshi uzunlikka sakrovchi sportchilarda esa rivojlantira

oladigan suratdan juda kam farq qiladi. Uzunlikka sakrovchi sportchilarni qadam uzunligini

oshirish bo‘yicha mashg‘ulotlarni boshlash uchun optimal vaqt jinsiy yetuklik (yigitlarda taxminan

15-16 yosh, qizlarda 13-15 yosh) davri boshlangandan keyin davr hisoblanar ekan. (Bednenko

V.S.2001y) Har xil bo‘y uzunligigi va vazniga ega uzunlikka sakrovchilar, oyoqlar uzunligi

ko‘rsatkichlari turlicha bo‘la turib, Uzunlikka sakrashda katta natijalarga erishishi mumkin.

Sportchilarning bo‘y uzunligi va tana vazni ko‘rsatkichlari bo‘yicha sportchining uzunlikka


background image


Dekabr, 2024-Yil

634

sakrashga layoqatini aniqlash juda qiyin. Lekin tana tuzulishiga qarab, oyoqlar uzunligining

umumiy bo‘y uzunligiga nisbatini e’tiborga olib bu ko‘rsatkich sprintrlarda juda yuqori va 54-55%

qiymatga yetishini K.T. Shokirjonova. N.T. To‘xtaboyevlar o‘z tadqiqotlarida tadbiq etishgan.

Yaxshi sport natijalar ko‘rsatadigan uzunlikka sakrovchichilarda boldiri va soni katta uzunlikka

ega. Sportchilarni uzunlikka sakrashga ixtisoslashish uchun saralab olish davomida shuni e’tiborga

olish lozim.

1-jadval

Yuqori malakali uzunlikka sakrovchilar tana a’zolarining o‘rtacha qiymatlari (K.T.Shokirjonova

va boshqalar).

Sakrash turi

Tana a'zolari

Tana

Gavda

Qo‘llar

Oyoqlar

Sonlar

Boldirlar

Uzunlikka

sakrash

80,4±0,46

53,3±0,3

77,3±04

94,7±0,6

48,1±0,4

39,2±0,3

Uch hatkab

sakrash

81,0±0,3

53,8±0,2

78,6±0,3

96,8±0,4

49,0±0,3

40,6±0,3

Uzunlikka sakrovchichi sportchilarning antropometrik ko‘rsatkichlari genetik tarzda ota-

onalaridan o‘tadi. Maksimal tez xarakatlarda koordinasion imkonyatlarni ifoda etuvchi asab tizimi

xossasi sport mashg‘uloti jarayonida deyarli o‘zgarmaydi. K.Xess va A. Xeksli (Germaniya)

ma’lumotlariga ko‘ra, mashq qilish yo‘li bilan mavjud mushak tolalari turlarining nisbatini

o‘zgartirib bo‘lmaydi. V.G.Nikitushkin bergan ma’lumotlarda mushak tolasi tuzilishini o‘rganish

uchun olingan sinov mushak biopsiyasi deb ataladi va laboratoriya sharoitlarida maxsus aparatura

yordamida bajariladi. Ushbu tashxislash usuli sportda saralab olish amaliyotda keng

qo‘llanilmaydi. Yugurish skarashda deyarli barcha tana mushaklari ishtirok etadi. Biroq eng katta

yuklama oyoqlar mushagiga tushishi mumkin ekan. Yugurishda mushaklar ishi asosini

xarakatlarning chalishtirma koordinasiyasi tashkil etadi. Yugurishda va sakrashda sportchi

harakatlarining tashqi ko‘rinishini baholash, harakatlarining to‘liq ko‘rinishini baholash yoki,

mexanika tilida aytadigan bo‘lsak, harakat kinematikasini o‘rganish har doim ham to‘liq ma’lumot

beravermasligi kuzatildi. Tananing asosiy harakat dvigateli skelet mushaklarining qisqarish

faoliyati natijasi hisoblanar ekan. Inson harakat aparatining eng murakkab anatomik va fiziologik

tuzilmalari hozirgi vaqtda yugurishning xususiyatini yetarlicha aniq moddellashtirishga hamda

ta’riflab berishga imkon yaratmaydi. Yugurish va sakrashda ma’lumki, mushaklar ishida mushak

zo‘riqishi shunga olib keladiki, u o‘rab turgan bo‘g‘im burchagi kamayadi va u qisqaradi. Xar xil

xarakatlarda mushaklar yerga tushishni amortizasiyalashi yoki katta tezlik bilan harakatlanayotgan


background image


Dekabr, 2024-Yil

635

oyoqlarni to‘xtatishi kerak bo‘ladi. Buning natijasida zo‘riqqan mushak tashqi kuchlar ta’sirida

cho‘ziladi, bunday rejim fanda ekssentrik zo‘riqish, deb atalar ekan.( N.G.Ozolin va boshqalar.).

Amortizasiya fazasida boldir mushaklari ilik va kambalasimon mushaklar, shuningdek axill

paylari paylari asosiy yuklamani ko‘taradi, bunda boldir-kaft bo‘g‘imidagi burchak 34-38° ga

o‘zgaradi. Tana vazni og‘irligi ta’sirida zo‘riqqan boldir mushaklari, cho‘zila turib, ikkinchi fazada

depsinishida undan foydalanish maqsadida energiyani o‘zida saqlab qoladi. Tayanch davrida oyoq

azolarining tizza bo‘g‘imidan siljishi faqat 4-10° ga yetadi. Aniqlanishicha, Uzunlikka sakrashda

tayanch davrida boldir-kaft bo‘g‘imi mushaklari tizza bo‘g‘imi mushaklariga nisbatan 6 marta

ko‘proq ish bajaradi. Yugurishda depsinishning ikki fazasi orasida oldindan depsinish fazasi eng

muximi hisoblanadi. Maksimal tezlik bilan yugurishda samarali texnikada umumiy energiyaning

70% oldindan depsinish paytida to‘planadi va faqat 30% depsinishning yakunlovchi fazasida hosil

bo‘ladi. Shunday qilib, sportchi qancha ko‘p energiyasi to‘play olsa va mushaklar, boylamlari

xamda paylarining cho‘ziluvchanlik xususiyatlaridan qancha samaraliroq foydalansa olsa, uning

yugurish tezligi shuncha yuqori bo‘lishi mumkin emas. (Travin Yu.G. Korolev G.N 2009y)

Ekstrimal (favqulotda) sharoitlarda muntazam ishlash boldir mushaklari maksimal kuch

imkoniyatlarining ancha o‘sishiga olib keladi. Shuning uchun ilik mushaklari qattiqligiga ko‘ra

eng kuchli sprinterlar boshqa sport turi bilan shug‘ullanuvchi sportchilardan ancha ustun

hisoblanar ekan.

XULOSA

Xulosa qilib shun aytish mumkinki, jismoniy mashqlar insonlarning butun

hayoti davomida uzluksiz davom etadigan jarayon bo‘lishi kerak. Uni doimiy bajarib borish

organizmning morfologik va funksional sistemariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Harakat sifatlarini

tabiiy ravishda o‘sishini ta’minlaydi. Umumiy chidamlilik darajasi esa salomatlilikning asosiy

mezonidan biri bo‘lib, mehnatga qobilyatchanlik kasalliklarga chidamlilik stresslarga nisbatan

barqarorlilikni shaklantiradi. Go‘yoki, bu barcha asosiy yurak qon tomir, nafas olish nerv va

muskul sistemalarini funksional holatininig integral ko‘rsatkichi hisoblanadi. Jismoniy mashqlar

orqali chiniqishning etarli darajada bo‘lishi insonning jismoniy aqliy mehnat qobilyatini yaxshi

saqlab qolishini ta’minlaydi va bundan tashqari insonlarni erta qarish jarayonini sekinlashtiradi.

Hozirgi vaqtda birinchi o‘rinda turgan ba’zi kasalliklar (arterioskleroz, gipertoniya, semirish,

qandli diabet, nevroz va onkologik kasalliklar) rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Jismoniy masqlar

intensivligi yurak qon tomir tizimidagi funksiyalarini oshirib, yurak urushlar sonini zarbiga

muvofiq har minutda 120-170 zarbga kelishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, bu ko‘rsatkichlar har

bir kishining yoshi, jinsi va shaxsiy gigiena qoidalariga va individual fiziologik xususiyatiga ham

bog‘liq bo‘ladi.


background image


Dekabr, 2024-Yil

636

REFERENCES

1.

Каримов Ф. М. и др. БОШЛАНҒИЧ ИХТИСОСЛИК ГУРУҲИДАГИ УЗУНЛИККА

САКРОВЧИ ҚИЗЛАРНИНГ ДЕПСИНИШ КУЧИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ //Central

Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). – 2021. – Т. 1. – №. 4. –

С. 119-125.

2.

Ziyayev F. C. et al. O ‘RTA MASOFAGA YUGURUVCHI YENGIL

ATLETIKACHILARNI MUSOBAQA OLDI TAYYORGARLIGI SAMRADORLIGINI

OSHIRISH //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). –

2021. – Т. 1. – №. 4. – С. 78-90.

3.

Ch Z. F. YENGIL ATLETIKACHILARNI UZUNLIKKA SAKROVCHANLIGINI

MAXSUS MASHQLAR YORDAMIDA RIVOJLANTIRISH //PEDAGOGS jurnali. –

2022. – Т. 18. – №. 1. – С. 183-185.

4.

Karimov F. M. UZUNLIKKA SAKROVCHILARNI CHIDAMLIK SIFATINI

RIVOJLANTIRISH ME’ZONLARI //Educational Research in Universal Sciences. – 2023.

– Т. 2. – №. 1 SPECIAL. – С. 269-273.

5.

Ziyayev F. C. et al. BOSQON ULOQTIRUVCHI SPORTCHILARNI TAYYORLASHDA

MODELLASHTIRISH ORQALI SAMARADORLIGINI ANIQLASH //Central Asian

Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). – 2022. – Т. 2. – №. 10. – С. 280-

285.

6.

Ғанибоев И. Д. и др. МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИДА ЕНГИЛ

АТЛЕТИКА МАШҚЛАРИНИ ЎЗИДА МУЖАССАМЛАШТИРГАН ХАРАКАТЛИ

ЎЙИНЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ ОРҚАЛИ БОЛАЛАРНИ ЖИСМОНИЙ

СИФАТЛАРНИ ТАРБИЯЛАШ //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary

Studies (CARJIS). – 2022. – Т. 2. – №. 10. – С. 286-293.

7.

Xoʻjamkeldiyev G. S. et al. AHOLI OʻRTASIDA OMMAVIY YUGURISHNING

AHAMIYATI //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). –

2022. – Т. 2. – №. 10. – С. 120-125.

8.

G‘aniboyev I. D. et al. UZUNLIKKA SAKROVCHILARNI TAYYORLASH

SAMARADORLIGINI OSHIRISH //Educational Research in Universal Sciences. – 2023.

– Т. 2. – №. 14. – С. 725-729.


background image


Dekabr, 2024-Yil

637

9.

G‘aniboyev I. D. et al. YOSH YENGIL ATLETIKACHI SPORTCHILARNI

UZUNLIKKA SAKRASH TURIGA SARALASHDA JISMONIY SIFATLARINI

RIVОJLANTIRISH //Educational Research in Universal Sciences. – 2023. – Т. 2. – №.

14. – С. 736-741.

10.

G‘aniboyev I. D. et al. QISQA MASOFAGA YUGURISH TEXNIKASINI BOSHLANG

‘ICH

TAYYORGARLIK

BOSQICHI

SPORTCHILARIGA

O

‘RGATISH

SAMARADORLIGI //Educational Research in Universal Sciences. – 2023. – Т. 2. – №.

14. – С. 730-735.

11.

G‘aniboyev I. D. et al. G ‘OVLAR OSHA YUGURUVCHILARNI MUSOBOQALARGA

TAYYORLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH //Educational Research in

Universal Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 14. – С. 718-724.

12.

Muxiddin o‘g‘li K. F. Modern Methods of Organizing Track and Long Jumpers at the

Initial Preparatory Stage //Web of Semantics: Journal of Interdisciplinary Science. – 2024.

– Т. 2. – №. 3. – С. 34-38.

13.

KARIMOV F. BOSHLANG ‘ICH TAYYORLOV BOSQICHIDAGI UZUNLIKKA

SAKROVCHILARNI YILLIK MASHG ‘ULOTLARINI REJALASHTIRISHDAGI

MUAMMOLAR //News of the NUUz. – 2024. – Т. 1. – №. 1.10. – С. 88-91.

References

Каримов Ф. М. и др. БОШЛАНҒИЧ ИХТИСОСЛИК ГУРУҲИДАГИ УЗУНЛИККА САКРОВЧИ ҚИЗЛАРНИНГ ДЕПСИНИШ КУЧИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). – 2021. – Т. 1. – №. 4. – С. 119-125.

Ziyayev F. C. et al. O ‘RTA MASOFAGA YUGURUVCHI YENGIL ATLETIKACHILARNI MUSOBAQA OLDI TAYYORGARLIGI SAMRADORLIGINI OSHIRISH //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). – 2021. – Т. 1. – №. 4. – С. 78-90.

Ch Z. F. YENGIL ATLETIKACHILARNI UZUNLIKKA SAKROVCHANLIGINI MAXSUS MASHQLAR YORDAMIDA RIVOJLANTIRISH //PEDAGOGS jurnali. – 2022. – Т. 18. – №. 1. – С. 183-185.

Karimov F. M. UZUNLIKKA SAKROVCHILARNI CHIDAMLIK SIFATINI RIVOJLANTIRISH ME’ZONLARI //Educational Research in Universal Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 1 SPECIAL. – С. 269-273.

Ziyayev F. C. et al. BOSQON ULOQTIRUVCHI SPORTCHILARNI TAYYORLASHDA MODELLASHTIRISH ORQALI SAMARADORLIGINI ANIQLASH //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). – 2022. – Т. 2. – №. 10. – С. 280-285.

Ғанибоев И. Д. и др. МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИДА ЕНГИЛ АТЛЕТИКА МАШҚЛАРИНИ ЎЗИДА МУЖАССАМЛАШТИРГАН ХАРАКАТЛИ ЎЙИНЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ ОРҚАЛИ БОЛАЛАРНИ ЖИСМОНИЙ СИФАТЛАРНИ ТАРБИЯЛАШ //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). – 2022. – Т. 2. – №. 10. – С. 286-293.

Xoʻjamkeldiyev G. S. et al. AHOLI OʻRTASIDA OMMAVIY YUGURISHNING AHAMIYATI //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). – 2022. – Т. 2. – №. 10. – С. 120-125.

G‘aniboyev I. D. et al. UZUNLIKKA SAKROVCHILARNI TAYYORLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH //Educational Research in Universal Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 14. – С. 725-729.

G‘aniboyev I. D. et al. YOSH YENGIL ATLETIKACHI SPORTCHILARNI UZUNLIKKA SAKRASH TURIGA SARALASHDA JISMONIY SIFATLARINI RIVОJLANTIRISH //Educational Research in Universal Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 14. – С. 736-741.

G‘aniboyev I. D. et al. QISQA MASOFAGA YUGURISH TEXNIKASINI BOSHLANG ‘ICH TAYYORGARLIK BOSQICHI SPORTCHILARIGA O ‘RGATISH SAMARADORLIGI //Educational Research in Universal Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 14. – С. 730-735.

G‘aniboyev I. D. et al. G ‘OVLAR OSHA YUGURUVCHILARNI MUSOBOQALARGA TAYYORLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH //Educational Research in Universal Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 14. – С. 718-724.

Muxiddin o‘g‘li K. F. Modern Methods of Organizing Track and Long Jumpers at the Initial Preparatory Stage //Web of Semantics: Journal of Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 3. – С. 34-38.

KARIMOV F. BOSHLANG ‘ICH TAYYORLOV BOSQICHIDAGI UZUNLIKKA SAKROVCHILARNI YILLIK MASHG ‘ULOTLARINI REJALASHTIRISHDAGI MUAMMOLAR //News of the NUUz. – 2024. – Т. 1. – №. 1.10. – С. 88-91.